Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.98K subscribers
493 photos
381 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pasportiz zo’r ekan nima ish qilasiz…)
🔥84❤‍🔥15🤩10🎉7👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davomi…)
🔥23❤‍🔥10👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSh elchixonasi ham Bunaqa hazil qilmagandi…)
🔥40🤩12❤‍🔥9👍3🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qizimiz ham 300 ming $ lik “full right scholarship” yutib o’qishga ketyabdi…)
❤‍🔥57🔥22👍14🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bularni qilgan ishini qarang…

Anchadan beri bunday xursand bo’lmagandim…
🔥78❤‍🔥33🥰13🤩9👍5
Kecha Grant imtihoni suhbatidan bir haqiqatni angladim:

Ba’zi bolalarni shaxsiyati kuchli*” bo‘lib ulg‘ayish sabablari:
- u uyda muzlatgich bom-bo‘sh turganini ko’p ko‘rgan,
- otasi eski, teshik tuflida ishdan qaytganini bilgan,
- onasi yolg‘iz yig‘laganini eshitgan,
- orzulari ustidan kulgan odamlar bilan yashagan.

Bu holatlar uni sindirmadi. Unga kuch berdi.

Ammo…
har kim bunday bo‘la olmaydi.
Ko‘pchilik shu sinovlarda cho‘kib, yo’q bo’lib ketadi.
Faqat yuragi toza, niyati mustahkamlargina bu “sinov”ni “ne’mat”ga aylantira oladi.

kuchli shaxsiyat - maqsadlari aniq, da'vosi bor, rejalari aniq, qadriyatli degani...
❤‍🔥56🔥27🥰4
Ayolingizni mehr bilan chaqirishdan uyalmang

Yillar davomida men ham ayolimni faqat oddiy ism bilan chaqirib keldim.
Yumshoqlikni “erkaklikka to‘g‘ri kelmaydi” deb o‘ylardim.

Ammo yaqinda safardan qaytgach, bir savol meni o‘ylantirdi:
Jamiyatimizda ko‘plab erkaklar o‘z ayollariga mehr bilan, erkalab, nozik so‘z bilan murojaat qilishga uyalishadi.
“Otasini ‘qiblagohim’,
onasini ‘jannatim’,
do‘stini ‘qiyomatligim’,
farzandini ‘jonim bolam’,
‘ko‘zmunchog‘im’ deb atagan til — nega o‘z ayolini mehr bilan chaqirishga qiynaladi?”


Tahminiy sababalri shulardan biri bo’lsa kerak:

1. “Xotinquli bo‘lib qolaman” degan xavotir
Yumshoqlik ko‘rsataman deb ayoliga tobelikka o‘tib qolishdan cho‘chiydi.
Bu qo‘rquv — noto‘g‘ri ijtimoiy stereotip va o‘ziga ishonchsizlik natijasida
Kelib chiqadi.

2. Masxara bo‘lishdan qo‘rqish
Atrofdagilarning “Sen kompotmisan?”, “Ayoling o’qitib qo’ymaganmi” degan kinoyalaridan qochadi. Jamiyat hissiy sovuqlikni erkaklik mezoniga aylantirib qo‘ygan.

3. Mehrga o‘rganmagan
Ko‘pchilik bolaligida bunday iliq so‘zlarni uyda eshitmagan.
Otasidan onasiga aralfan mehrli so‘zlarni eshitmaganlar — o‘zi ham ishlatishga qiynaladi.

4. Yillar davomida shakllangan sovuq uslub
Yillar o‘tib, mehrli so‘z aytmagan.
Endi esa birdan o‘zgartirish — o‘ziga g‘alati, sun’iy va noqulay tuyuladi.

5. “Erkaklik” tushunchasining noto‘g‘ri talqini
Ba’zilar erkaklar jiddiy va sukutli bo‘lishi kerak, yumshoqlik ayollik sifati deb noto‘g‘ri talqin qilinadi.

6. So‘z topa olmaslik
“Jonim”, “Gulim”, “Shirinim” deyishga tili bormaydi.
Nima deyishni, qaysi ohangda aytishni bilmaydi.

7. Munozarali munosabat yoki sabr yetishmasligi
Ba’zida erkak ayoliga nisbatan ruhan soviydi, ichida norozilik bo‘ladi.
Shu sababli mehrli so‘z aytish istagi yo‘qoladi.

8. Sunnatni bilmaslik
Ko‘pchilik erkaklar bilmaydi:
Rasululloh ﷺ Hazrat Oishani “Humayro” deb mehr bilan chaqirganlar.
Bu — payg‘ambar yo‘li. Bu — sunnat.

Men bu odatni o‘zgartirdim
Xatoyimni tan oldim.
O‘zim uchun mehrli so‘zlar ro‘yxatini tuzdim.
Ichidan eng samimiy va chiroylisini tanladim:

“Gulim”

Chunki u:
- chiroyli,
– go‘zallik timsoli,
– iforli,
– kayfiyat beruvchi,
– ammo mehrsiz qolsa so‘lib qoladigan nafis ne’mat.

Avvaliga bu so’zni ishlatish erish tuyuldi. O’rganmagan edim.
Ammo vaqt o‘tib odatlandim. Bu orqali ayolimning ko‘zlarida hursandchilikni sezdim.
Oddiy bir so‘z bilan munosabat yanada iliqlashdi.

Tavsiyam: Jur’at qiling va boshlang
- O‘zingizga mos mehrli so‘z tanlang
- Asta-sekin murojaat qiling
- Natijani ko’rasiz.

Erlik — mehrni yashirishda emas, uni odob bilan ayta olishdadir.
Oila munosabati — mehrli til bilan boshlanadi.
❤‍🔥27🔥15🥰3👍2🤩2🎉1