Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.03K subscribers
493 photos
376 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
“Ota-bobolarimiz qiz farzandlarini ardoqlab, mehr bilan ‘karimamiz’ deb ataganlar
❤‍🔥63👍22🥰11🔥4🤩4
Sinov

Erkak kishi ayolining hastaligida sinovdan o‘tadi.

Ayol erining kambag‘alligidagi sinovdan o‘tadi.

Do‘st og‘ir kunlarda sinovdan o‘tadi.

Farzandlar esa ota-onasining qariligida sinovdan o‘tadi.

Aka-ukalar meros taqsimotida sinovdan o‘tadi.

Qarindoshlar g‘ariblikda sinovdan o‘tadi.

Haqiqiy muhabbat manfaat tugaganda sinovdan o‘tadi.

Sabr esa vaqt bilan sinovdan o‘tadi.

Yaxshi niyat amal bilan sinovdan o‘tadi.

Tavba vasvasa bilan sinovdan o‘tadi.

Ilm esa amal bilan sinovdan o‘tadi.

Ishonch sir bilan sinovdan o‘tadi.

Tarbiyachi esa o‘z farzandining xulqi bilan sinovdan o‘tadi.

Iymon esa vasvasali zamonda sobit turish bilan sinovdan o‘tadi.

Xodim esa — lavozim bo‘shaganida va foydasi qolmaganda qanday ketishi bilan sinovdan o‘tadi.
Kimdir duo bilan ketadi, kimdir dushmanlik bilan. Bu esa uning asl qadrini ko‘rsatadi.

Mo‘min kishi esa balolar ila sinovdan o‘tadi!!!
🔥80👍22❤‍🔥15🎉3🤩3
Muammo — ishni qayta boshlashda emas.
Muammo — qayerdan va qanday darajada boshlashda.

Kimdir yillar davomida ustoz edi.
Ilm berdi, jamoa bo‘ldi, hurmat qozondi.
Ketdi.

(Agar ishingizni diyonatan xatolik yuzasidan o’zgartimagan bo’lsangiz)

Ammo ketgach, o‘zi yaratgan darajani olib ketmadi.
Qaytib, nol nuqtadan boshladi.

Bu orqaga ketish.

Kirakash bo‘lish — ayb emas.
Ustozlikdan so‘ng kirakashlikda qolib ketish — muammo.

Yiqilish - muammo emas. Hammada bo'ladi. Yiqilgandan keyin, haydovchilikdan boshqasiga yaramaslik – katta muammo.

Tajriba zaxira bo‘lishi kerak edi.
Daraja — cho‘qqi bo‘lib qolishi kerak edi.
Lekin hammasi yerga teng bo‘ldi.

Xulosa:
Qayta boshlash kerak bo‘lsa — boshlang,
Lekin o‘zingizni yo‘qotgan holda emas.

Shunday bo’lsa,
pul sizni sotib olgan,
sevmagan kasbingizda ishlagansiz, shunchaki vaqt o‘tkazgansiz.
🔥42👍12❤‍🔥8
Erkin fikr, erkin ta’lim - Amerika kuchining ildizimi?

Bugungi kunda yoshlar ilm olish uchun emas, testdan o‘tish uchun, ball olish uchun o‘qishmoqda. Har yili minglab bitiruvchilar oliygohlardan diplom olib chiqadi. Ammo ularning nechtasi fikrlay oladi? Nechtasi mustaqil qaror qilishga tayyor?

Kelajakda erkin jamiyat qurmoqchimizmi? Unda erkin fikrga asoslangan ta’limdan boshlaylik.


Farid Zakariya Amerika ta’limini chuqur tahlil qilib, uni sir-asrorlarini aniq faktlar bilan bo’lishadi. Amerika yoshlari nega bunchalik novator? Amerika global yetakchiligi sababi nimada edi?

“Erkin ta’lim himoyasida” kitobi — bu jamiyatga tayyor ishchi emas, tayyor inson yetkazib beradigan tizim. Bu ta’lim - fikr yuritishni, tanqidiy qarashni, haqiqatni izlashni o‘rgatadi.

Erkin ta’lim himoyasida” kitobini “Mutolaa” ilovasida tinglashingiz yoki o’qishingiz mumkin.

Hoziroq kitobni marketdan -30% chegirma narxi bilan (30-iyungacha) xarid qiling:


🎧 Audio kitob: 30.000 so‘m / 21.000 so‘m
📚 Elektron kitob: 20.000 so‘m / 14.000 so‘m

• Havola: ustiga bosing
👍8🔥3🤩2
Taklifnoma bilan qabul qiladigan ta'lim markazi haqida eshitganmisiz?

Ta’limdagi eng katta xavotirimiz — sifatning pasayishi, o‘quvchining ilmga majburan emas, o‘z istagi bilan intilmasligidir. Shuning uchun ham ta’limda yangicha qarash va yondashuvlar zarur.

Shunday yondashuvlardan biriga Najot Ta’lim qo'l uribdi ya'ni majburan o‘qiyotgan, qiziqishi bo'lmagan o‘quvchilarni saralash va sifatni yanada yaxshilash maqsadida qabul tizimini tubdan o‘zgartirdi.

Endi Najot Ta'lim kurslariga yozilish uchun maxsus taklifnoma talab qilinadi. Taklifnoma bitiruvchida bo'ladi, u kimga berish-bermaslikni suhbat orqali hal qiladi, taklifnomani markazga olib kelib, kurslarga yozilish mumkin.

8500 dan ortiq bitiruvchi va ularning 85%-95%i kasbli qilgan Najot Ta'lim 25-iyun kungi taqdimotda markaz sun'iy intellektga integratsiya bo'lganini va bir qator yangi kurslarni e'lon qildi.
👍26🔥4
Kecha Sodiq school maktabimiz o‘zining uchinchi bitiruvchilarini katta hayot sari kuzatdi.
Yana bir avlod — ilm, orzu va mas’uliyat bilan yo‘lga chiqdi.

Bitiruv kechamizda qalbdan chiqqan tilaklar va ogoh so‘zlar yangradi.

Sahifamizdagilar uchun ham foydali bo‘ladi, degan umidda ulashib qo’yamiz.

Bismillah.

Aziz va qadrli bitiruvchilar!

Bugun maktabimiz devoriga sizlarning suratlaringiz joylashtiriladi. Oldingizda shu maktabdan o‘tgan juda ko‘plab bitiruvchilarning suratlari kabi, sizniki ham maktabimiz tarixining bir parchasi bo‘lib qoladi. Ammo shu suratlar orasida shundaylari ham borki, ko‘zimiz ularga tushganda hatto ismlarini eslashga qiynalamiz. Ba’zilarini esa gap ohangidan tortib, yurish-turishigacha go‘yo hozir ham ko‘z oldimizda jonlanadi. Xuddi ular yonimizda turgandek tuyuladi.

Endi men sizlardan bir narsani chin yurakdan so‘rayman:

Suratlaringizni faqat maktab devorida emas, odamlarning qalbida qoldiring!

Bu qanday amalga oshishi mumkinligini esa ustozlaringizning ko‘p bora ta’kidlagan nasihatlari orqali eslatmoqchiman:

Ishingizni doimo “Bismillah bilan boshlang va hamd bilan yakunlang.
Zero, biz ana shu ikki muborak so‘z orasida ekansiz, omonlikda yashaysiz.

Foydadan ko‘ra foydali bo‘lishni afzal ko‘ring.

Hozirda ko‘pchilikning asosiy savoli:
“Men bu narsadan qanday foyda ko‘raman?”
Ammo siz, azizlar, bu savolni boshqacharoq shaklda bering:
“Men bu yerga qanday foyda olib kela olaman?”

Shu yerda kichik bir misolni keltirib o‘tishni istayman:
Bir o‘quvchimiz darslardan keyin maktabimizda yosh o‘quvchilarga bepul ko‘ngilli mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi. O‘sha kundan boshlab uning hurmati ham yoshlarning qalbida oshdi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham ortdi. Beg‘araz qo‘shayotgan qiymati uchun bizning ham mehrimiz yuksaldi.

M unutmasligingiz kerakki, foydali inson bo‘lish uchun albatta katta mol-dunyo yoki alohida imkoniyat kerak emas.
Ba’zan oddiygina bir tabassum, samimiy bir so‘z yoki chin qalbdan uzatilgan bir yordam qo‘li insonlarning yuragida abadiy iz qoldirishga yetadi.

Foyda keltirish – bu ko‘z-ko‘z qilish emas.
Bu – qalbingizdagi samimiyat va insonlarga bo‘lgan muhabbatingizdan kelib chiqadi. Riyo orqali uni habata qilmang.

Maktabimizda shunday ustozlar bor, ularning o‘quvchilarga ko‘rsatgan kichik bir mehribonligi ham yillar o‘tsa-da, hanuz o‘quvchilarimiz xotirasida saqlanib qolmoqda.

Bugun, mana shu zalda sizlar tanlangan insonlarsiz.
Ammo sizga aytamanki: kelajakda tanlangan bo‘lish bilan kifoyalanmay, tanlovchi bo‘linglar.

Yaqindagina ikki taniqli universitet eng yaxshi bitiruvchilarimizdan birini talashib qoldi. Ana shunda bitiruvchimiz uchun tanlash imkoniyati tug‘ildi. Endi tanlash qarori unda. Haqiqatan, tanlangan bo‘lish go‘zaldir, ammo tanlovchi bo‘lish yanada go‘zaldir.

Pul – hamma narsa emas.
Ammo moliyaviy savodsizlik insonni o‘z nafsiga qul qilib qo‘yadi.

Daromad va savobni hech qachon bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymang.
Balki har ikkalasini chiroyli muvozanatda tutishni o‘rganing.

Qadriyatlaringizni sotmang.

Foyda katta bo‘lsa ham, rad qilish qiyin bo’lsada qadriyatingizga zid ishni tanlamang. Targ’ibida qatnashmang. Bir bloger akamiz yiliga yarim million dollarlik qimor o’yinlar reklamasi taklifiga rad javobini berganlari kabi.

Qiymat qo’shmaydigan sohalarni tanlamang.

Hayotingiz davomida hali juda ko‘p marralarni zabt etasiz.
Ammo bir muhim qoidani hech qachon unutmang:
Hayotning mohiyati nimagadir erishishda emas – o‘sha narsaga qanday erishganingiz va unga loyiq bo‘lishingizdadir.

Boylik, maqom, mansab – bu vosita. Ular siz uchun yaxshi ham bo‘lishi mumkin, yomon ham.

Barchasi siz qanday yo‘l bilan ularga erishganingizga bog‘liq.

– Hamma yaxshi juft istaydi. Ammo eng to‘g‘ri yo‘l – avval o‘sha ne’matga loyiq inson bo‘lishdir.

Do‘stingiz sizdan yaxshi natija qilayotgani uchun natijangizni yaxshilamang,
kimdir sizni maqtashi uchun ham ortiqcha harakat qilmang.

Soxta maqtovlarga aldanib o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang.


Biz ideal bo‘lishga buyurilmaganmiz.
Biz tavba qilishga buyurilganmiz.

Bu: “xato qilaveraver” degani emas.
❤‍🔥28🔥13👍7
Bu – xato qilgach saboq olib, tavba bilan yangidan boshlash degani.

Ba’zan hech nima qilgingiz kelmaydi.
Ba’zida oldingizdagi muammolar yechimsizdek ko‘rinadi.

Ammo bunday paytda shuni unutmang:
Tugunlar – siz yechim uchlarini topishingiz uchun mavjud.

Qadrli bitiruvchilar, sodiq bo‘ling!

Hayot sizga qanday imkoniyatlar bersa ham,
ustozlaringizga, ilmga, yurtingizga, o‘zingizga, orzuingizga, Yaratganga sodiq qoling.
Sodiqlik – halollikning egizagidir.
Sodiqlik – umid so‘nayotgan paytda ham harakatda davom etishdir.

Orangizdan kelajakda ko‘plab imkon egalari chiqadi.
Shunda, iltimos, qobiliyatli bolalarning ta’limiga homiy bo‘ling!

– Ularga maktabga kirishga yordam bering.
– Imtihonga tayyorlovga yo‘l oching.
– Bir bolaning orzusiga ko‘prik bo‘ling.

Chunki siz bugun yurgan yo‘l – kim uchundir orzu. Har narsani zakoti bo’lganidek, bu ham ilmingizni zakotidir.

Ey erkaklar jamoasi, qizlaringizning ta’limiga befarq bo‘lmang.
Ularning orqasida tog‘ bo‘ling. Ko‘prik bo‘ling.

Ey ayollar jamoasi, ilmga g‘ayratingizni aslo to‘xtatmang.
Siz madrasasiz. Siz qulasangiz – jamiyat qulaydi.

Yo‘lingiz ravon bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!

Sizni eslashsin – yaxshi inson sifatida, foyda bergan inson sifatida.

Turib, o‘z tarixingizni o‘zingiz yozing.

O‘zingizning tarixingizni o‘zingiz yozing.
Shunda bir kun orqaga qarab:
“Shukrki, bu yo‘lni tanlaganman,” deb aytasiz.

Va Hamd bilan so‘zlaringizni yakunlash nasib qilsin.
❤‍🔥27🔥20👍3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Sodiq Podcast taqdim etadi!
2-mavsum, 1-son: Sodiq School’dan — Harvardgacha yo‘l

💡 Jasurbek Umarov — oddiy oilada ulg‘aygan, ammo katta orzulari bilan Harvardgacha yo‘l olgan o‘quvchimiz.

U bilan hayotdagi stereotiplarni qanday sindirgani, shaxsiy muvaffaqiyatining sirlarini, kasb tanlashdagi muhim jihatlar hamda kelajakdagi karyerasi va jamiyatdagi roli haqida suhbatlashamiz.

Bu podkast — o‘ziga ishonmayotganlar, imkoniyat yo‘q deb o‘ylayotganlar va hali yo‘lning boshida turganlar uchun.

💬 Jasurbek: “Agar men uddalasam — demak, siz ham uddalaysiz.”

To’liq video
👍13🔥9❤‍🔥1
#lifehack
Tadbirkor tanishlaringizni ishidagi muammolarini bilishni eng zo’r usuli - kattaroq summada qarz so’rab ko’ring…
🔥33👍14🥰10🤩3
SHAXSIY YORDAMCHI – SHOGIRD KERAK.

Ishni “0”dan boshlaymiz. Lekin cheksiz o‘sish imkoniyati bor. Men nima bilsam, unga o‘rgataman. Yurt ichidagi va xalqaro doiradagi tanishlarim orqali networking imkoniyati ochiladi. Tajriba, malaka va ko‘nikma orttiradi.

Kim kerak?
Men bilan birga yuradigan, ishlaydigan, o‘rganadigan, rivojlanadigan "soldat" izlayapman.
Yonimda bo‘ladi. Ishni ko‘radi. O‘rganadi.
Asta-sekin mas’uliyatli topshiriqlarni oladi.
Tayyor bo‘lgach – rahbarlik lavozimiga o‘tadi.

Talablar:

1. O‘z ustida ishlaydigan, doimiy o‘sishga ochiq
2. Tanqidni ko‘tara oladigan, maslahatdan qochmaydigan
3. Og‘ir paytda qochmaydigan, “qiyin”dan qo‘rqmaydigan
4. Ingliz tilini kamida B2 darajada biladigan
5. Word, Excel, Google Drive, ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter bilan yaxshi chiqisha oladigan
6. Raqam, tizim, vaqt va samaradorlikka e’tiborli

Ish vaqti – moslashuvchan (vaziyatga bog'liq) . Ammo to'liq vaqt ajratishi kerak. Part time kerak emas.

Nima beriladi?
1. Har kuni yonimda tajriba
2. Real muammolar, real mas’uliyatlar
3. Tanishuvlar, suhbatlar, networking
4. Turli sohalardagi bilimlar: menejment, ta’lim, kontent, marketing, loyiha boshqaruvi
5. Yaxshi o‘sishga qarab – ish haqi va lavozim

Kimlar murojaat qilsin?

Yaqin 3-5 yilda o‘zini lider sifatida tasavvur qilayotganlar
Vazifaga emas, maqsadga sodiq bo‘la oladiganlar
Qattiq mehnatga tayyorlar
Samimiy va sodiqlar.

Ushbu formani to'ldiring.
👍45🔥23🎉8
Intellektual o’yinlarda maktab jamoasi doimiy faol ishtirok etib keladi. Ko’plab turnirlarda jamoamiz nomi ancha taniqli hisoblanadi. Bugun Sodiq school jamoamiz Uzquiz mavsum finalida ikkita kubokni qo’lga kiritib, mutlaq chempionlik kamarani o’zida saqlab qoldi…
🔥57❤‍🔥8👍4🎉4
Endi seriali post chiqarishni boshlayman.

Mavzu: juda ko’p so’raladigan
Kasb tanlash, institut tanlash, yo’nalish tanlash haqida bo’ladi…

Ko’plab tadqiqotlar va faktlar asosida xulosalar qilib boramiz…

Tanishlaringizga ham ulashib boring…
🔥51❤‍🔥13👍7🎉5
“Major tier list”“ni ko’rib turibsiz. Sohalarni qiyinchilik darajasi deb tarjima qilsak ham bo’ladi.
Tabiiyki, eng qiyin sohalar muhandislik, bo’lib ham Aerospace engineering.
Eng osonlari esa ijtimoiy fanlarga oidlaridir.

Endi sizda savol paydo bo’ladi:
“Qaysi yo‘nalish eng foydali, qaysi birini tanlay?”

Avvalo bu iqtidorga, ehtiyoj va ihlosga bog’liq. Bu haqida alohida post qilinadi.

Endi yuqoridagi grafikni biroz tahlil qilsak:

🔴 1/6 – S TIER

Daraja: Strategik, chuqur, zarur
Nega?
– Katta intellektual kuch talab qiladi
– Bozor va jamiyatda yuqori talab
– Axloqiy va ijtimoiy foydasi aniq

Mutaxassisliklar:
– Elektr muhandisligi
– Fizika
– Matematika
– Kimyo muhandisligi
– Kompyuter fanlari
– Tibbiyot (shifokorlik)
– Ta’lim (ustozlik, tarbiya)
– Islom ilmlari (fiqh, tafsir, aqida – chuqur darajada)

🟠 2/6 – A TIER

Daraja: Kuchli, barqaror, istiqbolli
Nega?
– Ishga kirish imkoniyati kuchli
– Ilm-fan va iqtisodda rol o‘ynaydi
– Jamiyatda faol ishtirok etadi

Mutaxassisliklar:
– Biologiya
– Statistika
– Qurilish va arxitektura
– Iqtisodiyot
– Moliya (etika bilan)
– Dasturlash, sun’iy intellekt
– Arab, ingliz tillari (chuqur o‘rganilsa)
– Amaliy psixologiya

🟡 3/6 – B TIER

Daraja: Muvozanatli, foydali
Nega?
– O‘rtacha darajadagi foyda
– Tarbiya, ong va tafakkurga ta’sir qiladi

Mutaxassisliklar:
– Ekologiya / atrof-muhit ilmlari
– Tarix
– Siyosatshunoslik
– San’at (tarbiyaviy maqsadda)
– Musiqa (ma’noli ishlatilsa)
– Geologiya
– O‘qituvchilik (ustozlik)
– Falsafa

🟢 4/6 – C TIER

Daraja: Cheklangan, lekin ba’zan zarur
Nega?
– Ish bozori tor
– Foydasi yo‘q emas, lekin qisqa muddatli yoki maxsus vaziyatlarda

Mutaxassisliklar:
– Jurnalistika
– Sotsiologiya
– Arxeologiya
– Antropologiya
– Tilshunoslik (sayoz yondashuv bilan)
– Kommunikatsiya
– Zoologiya

⚫️ 5/6 – F TIER

Daraja: Kam ehtiyojli yoki zararli
Nega?
– Ishga joylashish imkoniyati past
– Yuzaki, manipulyativ yo‘nalishlar
– Jamiyatga foydadan ko‘ra ko‘proq shubha

Mutaxassisliklar:
– Yuzaki biznes (marketing, sotuvda halollik yo‘q)
– “Studies” degan yo‘nalishlar (sayoz asosda)
– Faqat sahna san’ati (faqat ko‘ngilocharlik)
– Psixologiya (faqat test va kontent bilan)
– G‘arbcha “gender/media” yo‘nalishlari (noaniq g‘oyalarga asoslangan)

🧭 6/6 – XULOSA

Savol: Qaysi yo‘nalish meni ummatga, oilamga, va jamiyatga foydali qiladi?

Faqat pul izlama.

Jamiyatga ta’sir qiladigan sohaga xizmat qil.

Halollik, ma’rifat va xizmat tamoyillarini tanla.

O‘zingga beriladigan eng muhim savol:

“Bu soha orqali kimlarga xizmat qilaman va jamoyayga qanday qiymat qo’shaman ?”
👍29❤‍🔥2🥰2
Ushbu grafik – 2005–2008 yillardagi GRE (Graduate Record Examination) Talabalarda akademik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rtacha intellekt darajasini taqqoslaydi
(Magistratura kirish imtihoni test natijalari asosida)

Endi tahlil qilamiz.

📊 GRAFIK TUZILMASI
X o‘qi (gorizontal): “Mean Intelligence” [O‘rtacha intellekt]
Y o‘qi (vertikal): Akademik yo‘nalishlar (GRE testda qatnashgan talabalar asosida)
• Har bir sariq nuqta — bitta yo‘nalish

ENG YUQORI INTELLEKTGA EGA YO‘NALISHLAR
(TOP 10)
1. Physics
2. History of Science
3. Classical Languages (lotin, grek)
4. Astrophysics
5. Mathematics
6. Atomic Physics
7. Solid State Physics (Qattiq jismlar fizikasi)
8. Biophysics
9. Classics (adabiy-falsafiy yo‘nalishlar)
10. Planetary Science

Xususiyatlari:
• Juda kuchli mantiqiy tafakkur talab etadi
• Qiyin matematik va nazariy bilimlarga asoslangan
• Ko‘p hollarda fundamental ilm-fan yo‘nalishlari

O‘RTACHA INTELLEKTLI YO‘NALISHLAR
(Average Intelligence Fields)

Misollar:
• Electrical Engineering
• Computer Engineering
• Geophysics
• Biochemistry
• Genetics
• Civil Engineering
• Botany
• Chemistry

Xususiyatlari:
• Texnik, ilmiy, amaliy asosga ega
• Talab katta, lekin fundamental fizikadan engilroq
• Akademik qiyinlik darajasi yuqori, lekin universal

🔻 ENG PAST INTELLEKT KO‘RSATKICHI
(BOTTOM 10
1. Physical Education
2. Criminal Justice
3. Social Work (Ijtimoiy ish)
4. Early Childhood Education
5. Special Education
6. Community Psychology
7. Counseling Psychology
8. Elementary Education
9. Communication
10. Nursing

Xususiyatlari:
• Odatda testda yuqori mantiqiy-matematik tayyorgarlik talab qilmaydi
• Ko‘proq insoniy ko‘nikmalar (soft skills [yumshoq ko‘nikmalar]) talab etiladi
• Ish bozori uchun foydali bo‘lishi mumkin, lekin GRE asosidagi intellekt ko‘rsatkichlari past

📌 MUHIM
1. GRE ≠ IQ
GRE [Magistratura testi] test verbal [og‘zaki], quantitative [matematik], analytical reasoning [tahliliy fikrlash] natijalariga asoslangan. Bu esa faqat mantiqiy-matematik salohiyatni o‘lchaydi.

2. High IQ → High Impact? [Yuqori IQ → Har doim katta ta’sirmi?]
Past intellekt ko‘rsatkichi bo‘lishiga qaramay, ko‘p jamiyatga foydali kasblar (masalan, o‘qituvchilik, parvarish, ijtimoiy ish) pastda joylashgan.

3. Fit > Score [Moslik > Ball]
Kishi o‘z salohiyatiga mos yo‘nalishda bo‘lsa, IQ dan ham muhim narsa — ta’sir va xizmatdir.

📌 TAVSIYA – Refleksiya uchun savollar
(O‘zini anglash savollari):


• Sizni yuqori darajadagi fikrlashmi (abstract reasoning [mavhum tafakkur]),
insonlar bilan ishlashmi (emotional intelligence [emotsional aql]),
yoki ijodkorlik (creativity [ijod]) qiziqtiradi?

• Sizning kuchli tomonlaringiz:
mathematics [matematika], communication [muloqot], leadership [boshqaruv]mi?

• Maqsadingiz:
impact [ta’sir], income [daromad], yoki Allah’s pleasure [Alloh rizosi]mi?

NIMA QILISH KERAK?

Agar siz ustoz, maktab rahbari yoki ota-ona bo‘lsangiz:
• Bu grafikni shunchaki test asosida tuzilgan bir mezon deb ko‘ring.

• Farzandingiz yoki o‘quvchilaringizga:
qobiliyat + niyat + xizmat” uchligini o‘rgating.

• Grafikni tarbiyaviy kontekstda tahlil qiling:

Intellekt – bu vosita. Maqsad esa – uni nima uchun ishlatishdir.
🔥16👍5❤‍🔥3🤩3
Grafik tahlili: Mutaxassisliklar bo‘yicha boshlang‘ich maoshlar

Quyidagi grafik turli yo‘nalishlarda o‘qigan bitiruvchilarning boshlang‘ich yillik maoshlari qanday taqsimlanganini ko‘rsatadi.

Grafikda nimalar ko‘rsatilgan?

Har bir soha uchun 5 ta percentil: 10%, 25%, 50% (median), 75%, 90%
Bu natijaning qanchalik noyob yoki keng tarqalganligini anglatadi:

10% – faqat 10 % odam yetolmaydi (quyi)
90% – faqat 10 % odam erishadi (yuqori)
Ranglar:
🔴 10% – eng quyi maosh
🟡 25% – quyi kvartil
🟢 50% – o‘rtacha maosh
🔵 75% – yuqori kvartil
💟 90% – eng yuqori maosh
⚫️ Qora nuqta – real median (odatdagi bitiruvchining daromadi)

Grafikni o‘qish:

Bar qancha o‘ngga siljigan bo‘lsa – maosh balandroq
Bar qancha uzun bo‘lsa – soha ichidagi daromad farqi katta

1. Aqliy daraja va maosh o‘rtasidagi bog‘liqlik
- IQ yuqori bo‘lgan sohalar (fizika, matematika, muhandislik, IT) – maoshi ham yuqori
- IQ pastroq bo‘lgan sohalar (san’at, xizmat, gumanitar) – boshlang‘ich maosh pastroq

Misollar:
- Computer Engineering – ≈ \$75,000
- Jurnalistika – ≈ \$40,000
- Chemical Engineering – 10% bitiruvchi ≈ \$50k, eng zo‘rlari ≈ \$190k

2. Tier (S-F) darajalari bilan bog‘liqlik
- S-Tier (masalan: fizika, matematika, kompyuter fanlari): yuqori aqliy salohiyat, yuqori daromad
- F-Tier (masalan: musiqa, nutq terapiyasi, jismoniy tarbiya): IQ va maosh pastroq

Misollar:
- Fizika – S Tier → yuqori IQ, yuqori maosh
- Tarix – C Tier → o‘rtacha
- Musiqa – F Tier → iste’dod bo‘lsa o‘sish mumkin, bo‘lmasa cheklangan

3. Soha tanlovi = Hayotdagi daromad sifati
- Muhandislik, IT, tibbiyot – o‘sish imkoniyati katta, talab yuqori
- San’at, jurnalistika, til – barqarorlik kamroq, daromad notekis

Misollar:
- Computer Science – boshlang‘ich daromad: \$65,000+
- O‘qituvchilik – boshlang‘ich daromad: \$35,000–40,000

4. Keng va tor daromad oraliqlari
- Ayrim sohalarda daromad farqi keng – bu sizning mehnat va mahoratingizga bog‘liq
- Boshqalarida tor – eng yaxshi mutaxassis ham cheklangan miqdorda oladi

Misollar:
- Engineering – yuqoriga chiqish imkoniyati katta (90%-tile: \$150–190k)
- Marketing – median \$50k, 90% ≈ \$110k

O‘quvchilar uchun 5 muhim savol:

1. Matematikani yaxshi ko‘rasizmi yoki odamlar bilan ishlashni?

2. Barqaror o‘rtacha maosh xohlaysizmi yoki risk qilib ko‘proq topish?

3. Menga ijodiy erkinlik kerakmi yoki aniq o‘sish yo‘li?

4. Qaysi percentil oraliq (🔴💟) menga mos: barqarorlikmi yoki imkon kengligimi?

5. qiziqish + iste’dod + bozor talabi – qayerda kesishadi?

Yakuniy xulosa:
- Tanlagan mutaxassisliging hayot sifatingni belgilaydi.

- “Yoqadi” degan sabab yetarli emas – bozor, salohiyat va xizmatga foyda ham muhim.

- Agar aqling kuchli, tafakkuring matematik bo‘lsa STEM yo‘nalishlarini tanla.

- Agar insonlar bilan ishlashni yoqtirsang – barqaror xizmat sohalarini tanla, lekin daromad shiftini bil.
❤‍🔥8🤩4👍1
Forwarded from Sodiq School
🎧 Sodiq Podkast | To‘liq suhbatni bugun tomosha qiling!

🎙 Podkast mehmoni: siyosatshunos Hamid Sodiq

🧭 Mavzu: Tarbiya, tafakkur va texnologiyalar chorrahasida — biz aslida qayerdamiz?

📌 Suhbat davomida:
• Tarbiya va siyosiy tafakkur o‘rtasidagi nozik bog‘liqlik
• “Testga emas, hayotga tayyorlaydigan” maktab qanday bo‘lishi kerak?
• O‘qituvchi va sun’iy intellekt — raqobatchimi yoki hamkor?

🧠 Har bir daqiqa — sizni o‘ylantiradi.
Bu suhbat — fikrga chorlaydi, tanlovga undaydi.

📺 Bugun soat 19:15 da — faqat Sodiq School YouTube kanalida tomosha qiling!
👍8🔥7❤‍🔥4
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Birinchi Harvard talabasini yetishtirdik. Farzandingiz — keyingisi bo‘lishi mumkin.

Sodiq School — O‘zbekistonda ilk bor Harvard University talabasi yetishgan xususiy maktab.

🚀 Bu tasodif emas. Bu — aniq metodika, o‘lchanadigan natijalar va xalqaro darajadagi ta’lim yondashuvining samarasidir.

🔹 IELTS, SAT, A-Level — 9–10-sinfdan boshlab
🔹AQSh, Angliya, Yaponiya, Qatar — Ta’lim sayohati
🔹 Bitiruvchilarning 70% dan ortig‘i — xalqaro universitetlarda
🔹 25 million dollardan ortiq grantlar — bu shunchaki raqam emas, yuzlab orzularning ro‘yobidir

💡 Farzandingiz salohiyatini ochishi, xalqaro standartlardagi ta’lim sifatida bilimga ega bo‘lishi va orzularini global sahnada ro‘yobga chiqarishi — aynan Sodiq Schoolda boshlanadi.

🔔 Sodiq School — bu marketing mahsuloti emas.
Bu — isbotlangan natija, haqiqatga aylangan orzular.

📢 Navbatdagi o‘quv yiliga qabul boshlandi.
Joylar soni cheklangan.

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥17👍9