ILMI AVLAVIYYOT
Imom Zahabiy rohimahulloh o‘zining "Tarixul islom" kitobida keltiradi:
"Yazid ibn Habib al-Azdiy bemor bo‘ldi. Misr amiri Havsara ibn Suhayl uni ko‘rgani keldi. Havsara paytdan foylananish uchun Yazid ibn Habibdan so‘radi:
- Ey Abu Rajo! Kishining kiyimiga burganing qoni tegsa nima bo‘ladi?
Yazid dedi:
- Har kuni qancha-qancha insonlarni qonini to‘kasan. Yana mendan burganing qoni haqida so‘raysan!".
Ichimizda bunga o‘xshaganlar juda ko‘p. Bittasi birovlarning haqqini qo‘rqmasdan yeydi. Ammo Ramazonda unutib suv ichib qo‘ysa nima bo‘ladi, deb so‘raydi.
Boshqa birovi qo‘rqmasdan zino qilib yuradi. Ammo sochni bo‘yasa yoki soch ulasa bo‘ladimi, deb sizdan so‘raydi.
Boshqa birovi ota-onasini qariyalar uyiga eltib qo‘ygan. Sizdan javrabga mas'h tortish haqida so‘raydi.
Bittasi qarindoshlar bilan aloqani uzgan. Ammo sizdan soqolni bo‘yasam bo‘ladimi, deya so‘raydi.
Bu dindagi hech narsaga yengil qaramoqchi emasmiz. Savolda so‘ralgan ishlarni tahqirlamoqchi ham emasmiz. Ammo bu dinda avlaviyyot ham bor. Muhim ishlar juda ko‘p. Ular qolib ancha keyingi darajali ishlardan savol qilib yurish biroz mantiqsizroq.
Oldin zarur va muhim ishlarga e’tiborni qaratishimiz lozim. So‘ngra ikkinchi darajali ishlarni qilsak va so‘rasak bo‘ladi!

👍38🔥9❤🔥6
Shogirdlardan iltimos.
Loyiq ko’rsangiz, “Sodiq school” uchun ovoz bering…
https://t.iss.one/edustatbot?start=poll_8_1153
P.s. Ertaga so’ngi kuni ekan

Telegram
Edustat | Abituriyent | Talaba | Maktab | Ta'lim
Taklif va murojaatlar uchun:
@Talimuz_murojaatbot
@Talimuz_murojaatbot
👍47🔥11❤🔥6🤩3🥰1
👆👆👆
Nobodosiga oila a’zolaringiz ovozi ham harnada, yoki 2-profilingizniki ham…)

👍23❤🔥5🔥4
Asrimiz vabosi — qisqa videolar: shorts, reels va shunga o‘xshash qisqa videolar
Ularning ko‘rinmas oqibatlari va ularning sabablari bo‘yicha tadqiqotlar va foydali manbalar:
1. Zaiflik
• Miyaga doimiy “tezkor zavq” berilishi uzoq muddatli diqqat va mehnat qobiliyatini zaiflashtiradi.
• Manba: How Instant Gratification Harms Productivity
2. Qo‘rqoqlik
• O‘zini boshqalar bilan solishtirish va ijtimoiy tarmoqdagi “ideal hayotlar” yoshlarning o‘ziga ishonchini pasaytiradi.
• Manba: Social Comparison Theory
3. Xotiraning zaiflashishi
• Katta hajmdagi tezkor va qisqa ma’lumotlar miyani chuqur fikrlash va eslab qolish qobiliyatidan mahrum qiladi.
• Manba: The Impact of Digital Media on Memory
4. Stressga moyillik
• Doimiy dopamin oqimi miyani charchatadi va oddiy hayotdan zavqlanishni qiyinlashtiradi.
• Manba: How Dopamine Affects Stress and Behavior
5. O‘ziga ishonchsizlik
• Ideal tasvirlar va yutuqlarni ko‘rib, inson o‘zini ortda qolayotgandek his qiladi.
• Manba: Social Media and Self-Esteem
6. Qat’iyatsizlik
• Miyani tez o‘zgaruvchi axborotga o‘rgatish natijasida uzoq muddatli e’tiborni jamlash qobiliyati yo‘qoladi.
• Manba: Attention Span in the Digital Age
7. Shaxvoniy ehtirosning ortishi
• Platformalarda noto‘g‘ri tarkibning mavjudligi yoshlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir qiladi.
• Manba: Effects of Exposure to Inappropriate Content
8. Sabrsizlik
• Tezkor natijalarga o‘rganish uzoq muddatli mehnat va sabrni qiyinlashtiradi.
• Manba: Instant Gratification vs Delayed Gratification
9. Ijodkorlikning pasayishi
• Miyani tayyor ma’lumot bilan “to‘ldirish” o‘z fikrlash va ijod qilish qobiliyatini pasaytiradi.
• Manba: How Digital Media Stifles Creativity
10. Vaqtni samarasiz sarflash
• Platformalar foydalanuvchini uzoq ushlab turish uchun maxsus algoritmlar ishlab chiqadi.
• Manba: The Attention Economy Explained
11. Uyqu buzilishi
• Telefon ekrani chiqaradigan ko‘k nurlar melatonin ishlab chiqarishni kamaytirib, uyqu sifatini buzadi.
• Manba: Blue Light and Sleep Disruption
12. Muloqot qobiliyatining yo‘qolishi
• Ekran bilan ko‘p vaqt o‘tkazish jonli muloqot ko‘nikmalarini yo‘qotadi.
• Manba: How Screens Harm Social Skills
13. Ruhiy tushkunlik (depressiya)
• Ijtimoiy tarmoqlardagi ideal tasvirlar va hayotlar depressiyani kuchaytirishi mumkin.
• Manba: Social Media Use and Depression
14. Axloqiy qadriyatlarning yemirilishi
• Noto‘g‘ri axloqiy xulq-atvorni targ‘ib qiluvchi kontent yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
• Manba: Media Influence on Youth Behavior
15. Moliyaviy isrofgarchilik
• Reklamalarga qaramlik yoshlarni keraksiz xaridlarga moyil qiladi.
• Manba: The Psychology Behind Impulse Buying
Xulosa:
Qisqa videolar nafaqat yoshlarning diqqatini, balki ruhiy, aqliy va ijtimoiy salomatligini ham yemiradi. Ushbu balodan avval o‘zingizni, keyin esa farzandlaringizni asrang.
Qo‘shimcha foydali resurslar:
• How Social Media Affects Brain Development

PubMed Central (PMC)
Dens in dente: A minimally invasive nonsurgical approach!
Dens invaginatus, also known as dens in dente, is a rare anomaly affecting human dentition. The condition results in invagination of an amelodental structure within the pulp. This case report discusses the current management protocol of dens ...
👍32🔥8❤🔥2
#safardagi_shogirdlarimga
Imom Molik rohimahulloh aytadi:
«Tolibi ilm faqirlik ta’mini tatib ko‘rmaguncha, - ilmga erisha olmaydi».

🔥59❤🔥11👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar hali ham shukr qiluvchilardan bo’lmasak vayl bo’lsin…
❤🔥59🔥20👍9
Жамолиддин Муҳаммаджон
Биз болаликни ҳозирги даврдан бутунлай бошқача тарзда ўтказганмиз. Мактабга кетишда уйдан пул олмаслик ёки мактаб ошхонасидан овқат сотиб олмаслик биз учун мутлақо оддий ҳол эди. Бу ҳеч қачон ғам ёки тушкунлик келтириб чиқармаган. Биз айтган сўзларимиз учун…
Buning asosiy sabablaridan biri shudir…
Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Asrimiz vabosi — qisqa videolar: shorts, reels va shunga o‘xshash qisqa videolar
Ularning ko‘rinmas oqibatlari va ularning sabablari bo‘yicha tadqiqotlar va foydali manbalar:
1. Zaiflik
• Miyaga doimiy “tezkor zavq” berilishi uzoq muddatli diqqat va mehnat…

❤🔥6👍1
Bir narsani anglab yetyapman:
biz hammamiz kutishdan charchamadikmi? Kimdir kelib muammoni hal qiladi, deb o‘tiraveramizmi?
Yo‘q! Bu muammoni siz hal qilishingiz kerak. Shuni siz o‘zgartirishingiz kerak. Boshqalardan umid qilishni bas qiling!
– Oilangizdagilar ibodatni boshlashni kutmang, o‘zingiz boshlang!
– Jigarlaringiz orasida ayoliga go‘zal muomala qiladigani bo‘ling!
– Qarindoshlar ichida kamchiqim, xurofotsiz to‘y qilgani siz bo‘ling!
– Qishlog‘ingizda chet elga ishlash uchun emas, o‘qish uchun ketgan ilk kishi bo‘ling!
– Ishxonangizda halol ishlaydigan, boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zadigan inson bo‘ling!
Siz boshlaganingizda boshqalar ham o‘rnak oladi. Siz ergashiladigan, namuna bo‘ladigan insonga aylanasiz. Kichik bir qadam katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Bahona qilishni to‘xtating. Hech kim sizning o‘rningizga bu ishni qilmaydi! O‘zgartirishni o‘zingiz boshlang. Agar boshlamasangiz, hech qachon hech narsa o‘zgarmaydi.
Jamiyatni, hayotni, kelajakni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, birinchi qadamni siz tashlang! Qahramon bo‘lishni istamaysizmi? Unda shunchaki jim turing va boshqalarning qilganiga tan berib yashang. Lekin esda tuting: tarix jim o‘tirganlarni emas, jasorat qilganlarni eslaydi!

❤🔥43👍22🔥15🥰3
Yaponiya: haftalık taassurotlarim:
Ijobiy holatlar:
1. Odamlari o’ta odobli: Navbatda turish nafaqat metroda, balki do’konda, kassa oldida, chorraxada, hullas, hamma yerda. Menimcha, bu maktabda o’qitiladigan odob emas, balki milliy mafkurasida.
2. Sizga doim tabassum qilib muomila qiladi: Do’konga kirsangiz, bir qoida mavjud — mijoz huddi qirol. Bir xizmatdan foydalanib chiqib ketayotganimda, o’sha yer hodimi lift kelib tushib ketguncha tazim qilib turdi.
3. Baland ovozda gapiradiganini deyarli ko’rmadim: Juda oxista, shoshmay va hotirjamlik bilan gapiradi.
4. Birovni haqqiga hiyonat yo’q: Sayohatimiz davomida, AirPod Max, Telefon, 1000$ pul, sotib olingan kiyimlar, sumka odam gavjum joyda qolib ketdi, ammo hech kim tegmadi.
5. Ko’chada tirbandliklar yo’q: Jamoat transporti juda zo’r rivojlangan. Narhi ham qimmat emas, bekarlar soniga qarab 0.8$ dan 4$ gacha.
6. Yordamga doim tayyor: Uzoqroq masofaga metro orqali qaysi yo’nalishga bilet olishimni so’ragan edim, kassiri tashqariga chiqib, bilet sotadigan aparat oldiga kelib hammasini o’zi qilib berdi. Oddiy tuyulishi mumkin, ammo minglab odam o’tadigan joyda sizga bunday munosabat qilish haqiqatda oliyjanoblik.
7. Qo’lingizga qaytim, plastik, chek yoki tashrif qog’ozini ikki qo’lda boshini egib qaytaradi: Yuqori xurmat.
8. Gavjum ko’chalarning istalgan joyida chakish mumkin emas: Maxsus yopiq zonalar bor, faqat o’sha yerda chakishingiz mumkin.
9. Kamtar: Katta tashkilot rahbari bilan ko’rishib gaplashdim. Ko’rinishidan juda oddiy kiyingan. Samimiy va kulib gapiradi. Hamma savollaringizga to’liq javob beradi. Yonida o’zingizni noqulay sezmaysiz.
10. Havosi toza, chang yo’q.
11. Yapinlarning insofi uncha-muncha musulmon odamlarnikidan ustun ekan: Boshqacha qilib aytganda, ularda islom yuqori darajada bor, ammo iymon yo’q. Bizda iymon bor, ammo islom juda past darajada ekanligini his qilasiz.
12. Islom dini juda keng ommalashayotgan ekan: Haftasiga 30-40 ta yapon qabul qilayotgan ekan.
Salbiy holatlar:
1. Musulmonlar uchun ovqatlanish qiyinroq: Ammo biz markazda turganimiz uchun turk restoranlari bizni bu masaladan qutqardi.
2. O’yin-kulguga juda mubtalo bo’lgan: Yoshu-qari, erkak-ayol hammasi knopkali o’yin jinnisi ekan. Shunday joyda kirib ko’rdim, taxminan 300 tacha o’yin stolining barchasi band edi.
3. Ayollari juda kalta kiyar ekan: Menga g’alati tuyulgani, ko’cha -11° bo’lsa ham, ustida qalin kurtka, ammo pastida yupqa va kalta yupka kiyishi. Balki shu sabab, statistik ma’lumotlarda aks etayotgan jinsiy zo’ravonliklar juda katta raqamlarni tashkil qilayotgandir.
Jinsiy zo’ravonlik statistikalari: Tadqiqotlarga ko’ra, Yaponiyada ayollarning 7,8% va erkaklarning 1,5% hayoti davomida kamida bir marta jinsiy zo‘ravonlikka uchraganliklarini tan olishgan. Bu holatlar aksariyat hollarda politsiyaga xabar qilinmaydi. Agar xabar qilinmagan holatlar ham hisobga olinsa, haqiqiy miqyos 7-10 barobar katta bo’lishi mumkin.
4. Kosmetikadan xatto erkaklari ham ko’p foydalanar ekan.
5. Juma, Shanba, Yakshanba — bu xalq boshqa qiyofaga kirar ekan: Deyarli hammasi ichib, o’yin-kulgu, karaoke, xullas ayshu-ishtar juda a juda bo’lar ekan
6. Yuqoridagi haftaning dam olish kunlari ko’chalar juda shovqin va spirt hidi bo’lib ketadi.
7. Odamlarida work and life balance yaxshi emas: Ish juda stressli. Shuning uchun ham dam olish kunlarini shu orqali o’tkazar ekan. Suitsid ham yuqori darajada.
8. Odamlarining ko’pi ingliz tilini, xatto u 2-til bo’lsa ham, yaxshi bilmas ekan: Markazdagi do’kon sotuvchilari ham arang gaplashyapti.
9. Taksi xizmati juda qimmat: Airportdan mexmonxonagacha 216$ ko’rsatdi. Metroda poyezdda esa 18$ ga ekspres yetib keldim.
10. Oylik kam: O’rtacha ish haqi 10-12$ soatiga. Migrant bo’lib ishlaydiganlar o’rtacha 2000-3000$ atrofida topar ekan. Ta’limdagi professorlar 4000$ oylik olar ekan.
11. Juda ko’p joyda qari ishchilar mavjud: Demografik inqiroqga uchramoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra 8 yildan beri aholi o’sishi minus holatda, ya’ni tug’ilishlar soni o’limlar sonidan kam.

👍23❤🔥15🔥8
12. Yuqoridagi holat xatto davlatni ham o’ylantirib qo’ygan: Agar hozir jiddiy choralar ko’rmasa, eri uchun ayanchli holatlar yuz beradi.
13. Yuqoridagi holat uchun 2025-yildan Tokyo shahri sinov tariqasida 4 kunlik ish rejimiga o’tadi. Ko’p yaponlar juda kech oila qurishini sababi 2 ta ekan: birinchisi — ish tufayli vaqti juda kamligi bo’lsa, ikkinchisi — bolani ortiqcha tashvish deb bilishar ekan.
14. Ko’chada biror kichik chiqindini tashlaydigan idish topa olmaysiz: Juda qiyin. Do’konda ichidagi idishga tashlab chiqadigan bo’ldik. Parodoksal holat shuki, odamlar ham chiqindi idish yo’q ekan deb ko’chaga tashlab ketmayapti
15. Bu yerdagi o’zbeklar bilan ham gaplashdim: Migrantlarga munosabat salbiy tomonga o’zgargan. Bunga sabab aynan o’zbek migrantlari qilayotgan xungrizliklar ekan. Biri o’g’irlaydi, biri noqonuniy ish qiladi, biri aldaydi. Shuning uchun so’ngi paytlarda o’zbeklarga visa berish jarayoni qiyinlashgan ekan.
Bularni barchasi subyektiv fikrlar.
Xulosa o’rnida, Yaponiya kelib, bir aylanib ketishni tavsiya qilaman.

❤🔥28👍16🔥15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Spoiler
Sizlarga bir yaxshi xabarni dalolat qilib qo’yay.
Do’stim Aziz Rahimov bilan birga, hamkorlikda yangi formatdagi maktab tashkil qilishni kelishib oldik. Ikkimiz ham asoschi, ham boshqaruvchi bo’lamiz.
Sodiq school va Rahimov school ham o’z faoliyatini davom ettiraveradi.
Qoida hali ham o’zgarmagan:
Yuksalib birlashishdan ko’ra birlashib yuksalish ko’lamliroqdir.
Insha Alloh bu ish yaqin yillarda amalga oshadi.
Sizlardan esa avvalo duo, so’ngra qo’llovni so’raymiz.

🔥115👍31🤩14🥰5🎉5
Eng iste’dodli yoshlardan biri Abdulloh Mahmudovni dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lmish Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT)ga (Class 2029) o‘qishga qabul qilinganligi bilan tabriklaymiz! 🏛 ✨
📌 Iqtidorimizning yutuqlarini sanab oʻtsak:
🚀 Abdullohning MITga qabul qilinishi nafaqat uning shaxsiy hayotidagi muhim voqea, balki butun O‘zbekiston uchun faxrli lahzadir. 🇺🇿
🏅 Oltin medal — Xalqaro kimyo olimpiadasi (2023)🏅 Oltin medal — ARBICHO olimpiadasi (2023)🏅 Davlat mukofoti "Mard o‘g‘lon" — O‘zbekiston Prezidenti tomonidan taqdim etilgan (2023)🏅 Oltin medal — Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi (2023)🥈 Kumush medal — Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi (2022)🥉 Bronza medal — Xalqaro o‘quvchilar ilm-fan olimpiadasi (IJSO, 2021)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93❤🔥27🔥17🎉7🤩5
USTINGDA KO‘RINSIN!
Molik ibn Nazla roziyollohu anhu Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga eski kiyimda keldi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam undan so‘radilar:
-Moling bormi?
-Ha!
-Qanaqa turidan?
-Har qanaqa turidan. Tuya, qul, ot va qo‘ylar...
-Agar Alloh senga mol bersa uning ta’siri ustingda ko‘rinib tursin!
Amr ibn Shu’ayb otasidan, otasi esa bobosidan rivoyat qilishicha, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam shunday deganlar:
“Alloh taolo ne’mati asarini bandasining ustida ko‘rinib turishini yaxshi ko‘radi!”.
Ne’matni ko‘rsatish uning shukrining bir qismi hisoblanadi. Alloh insonga mol ato qilsa u yaxshi kiyimlar kiyishi lozim. Yaxshi kiyim boshqa, qimmati boshqa. Turli markalar, brendlar va moda orqasidan yugurish, bozorda go‘zal va bejirim kiyimlar bo‘laturib turli brendlarni qimmatga sotib olish ahmoqlik va isrofdir. Afsuski, turli brendlarni insonlar boylarning pulini shilish maqsadida o‘ylab topishgan. Faqirlar esa bunga aldanib qolishgan. Bugun hatto yoshlar faxrlanish uchun kuchi yetmaydigan narsalarni ham sotib olib riyo qilishga urinishmoqda. Bugun qizlarimiz faqatgina “Shanel” va “Dior”ning sumkalarini ko‘tarishmoqda. To‘g‘ri, go‘zallik yaxshi, ammo zo‘rma-zo‘rakilik yomon!
Ne’matni zohir qilishda muhtojlarga yordamlashish bor. To‘g‘ri, yashirin sadaqa Allohga maqbul va suyukli. Ammo inson boylikda ma’lum bir darajaga yetganida ko‘pchilik manfaati yetadigan umumiy loyihalarga pul tikishga majbur bo‘ladi. Shifoxona qurish, uzoq qishloqlarda artezian qudug‘i kovlash, masjid qurish, kutubxona uchun binolar qurib berish, maktablar qurish va hokazolar shular jumlasidandir. Bu kabi ishlar Alloh taoloning: “Sadaqani oshkora qilsangiz qandoq ham yaxshi!”, oyatining ostiga kiradi. Alloh bergan har-bir narsa ne’mat. Ne’matlarga shukr qilish ham o‘sha ne’matlardan!
Shifokorda bir oyda bir kunini bemorlarga bepul xizmat qiladigan kun qilib qo‘yish imkoni bor. Universitet professorida leksiyasiga uzri tufayli kela olmagan talabalarga auditoriyadan tashqarida leksiya o‘qish imkoni bor. Mansabdor va nufuzli kishilarda bir bechoraning mushkulotini hal qilish uchun o‘rtakash bo‘lish imkoni bor. Boy savdogarda har oy iffatli bir faqirning oilasini ta’minotini qilib turish imkoni bor. Korxona rahbarida Ramazon oyida ishchilarga yengillik berish imkoni bor. Ishchilarga mas’ul shaxsda ishchilar bilan suhbatlashish, hazillashish va ularga lutf ila muomala qilish imkoni bor...
Xullas, Allohga olib boradigan yo‘llar maxluqlar nafasi miqdorichadir. Shukr qilinadigan har qanday ne’mat muhofaza qilinadi. Ne’matlarni asraylik!

❤🔥39👍21🔥6🤩2🎉1
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sodiq school 4 oyda nimalarga erishdi!
🏆Maktabimiz o'quvchilarning har tomonlama bilimli va yuksak salohiyatli bo’lishlari yo’lida harakat qiladi. Buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib beradi.
Bu esa ajoyib natijalarga sabab bo’ladi.
📈 O’tgan ikkita choraklik davomida maktabimiz o’quvchilari katta natijalarga erishdi; IELTS va SATdan yuqori darajali sertifikatlarni qo’lga kiritdi; Xalqaro olimpiadalar g'olibi bo'ldi; Respublika fan olimpiadalarida g’alaba qozondi; Ta'lim safarlarida ishtirok etdi.
📹 Natijalar haqida batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin!
Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
☎️ Bog'lanish uchun: 788888080
🏆Maktabimiz o'quvchilarning har tomonlama bilimli va yuksak salohiyatli bo’lishlari yo’lida harakat qiladi. Buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib beradi.
Bu esa ajoyib natijalarga sabab bo’ladi.
📹 Natijalar haqida batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin!
Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
☎️ Bog'lanish uchun: 788888080
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍3🎉1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitobga navbat turmagan jamiyat, “zapravka”ga navbatga turishga mahkumdir…
To’g’risi bunday holatlar meni mag’zun qiladi…
P.s. najot faqat ilmga sodiqlarda…

👍40🔥17🎉7