Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.03K subscribers
493 photos
376 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Go’zal xotima

Bir kishi Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bilan Arafotda turgan edi. U ulovidan yiqilib tushib bo‘yni sinib vafot etdi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam: “Uni suv va sidr bilan yuvinglar. Ikkita kiyimda kafanlanglar. Unga xushbo‘ylik ishlatmanglar, boshini yopmanglar. U qiyomat kuni labbayka aytib tiriladi!”, dedilar.

Har zamon-har zamonda “falonchi sajdada vafot qilibdi”, “pistonchi ro‘za holida vafot qilibdi”, “falonchi faqirga sadaqa berayotib jon beribdi”, degan gaplarni eshitib qolamiz. Bu ishlar tasodif emas. Bu ishlar xizmatning nihoyasidagi mukofot. Kim qanday va nima asosida yashasa shu asosga ko‘ra o‘ladi.

Ammo bilishimiz lozimki, go‘zal xotima degani faqatgina insonning sajdada vafot qilishi yoki ro‘za tutgan holda o‘lishi, sadaqa berayotib o‘lishi yoki hajda o‘lishi emas. Go‘zal xotima bu o‘lim kelganida namozlarni tark qilgan holatda bo‘lmasliging, ro‘zadan qazolaring bo‘lmasligi, sadaqa va zakotlardan baxillik qilmagan bo‘lishing, qodir bo‘laturib hajni ortga surib yurgan bo‘lmasligingdir. Demak, Allohning amrini qoim qilib turgan holida vafot etgan kishining xotimasi go‘zal hisoblanadi.

Go‘zal xotima bu, o‘lim kelganida gardaningda birovning haqqi bo‘lmasligi, aka-ukalaring merosini egallab olmagan bo‘lishing, insonlarni obro‘siga tajovuz qilmagan holda bo‘lishing, g‘iybat bilan ularning go‘shtini yemagan bo‘lishingdir!

Go‘zal xotima bu, o‘lim kelganida qo‘shnilaring sening javringdan omonda bo‘lishlari, tengdoshlaringga qalbing va tiling bilan yumshoq muomalada bo‘lishing, ota-onangga xorlik qanotlarini past qilgan holatda bo‘lishing, qarindoshlaring bilan silai-rahmni uzmagan holda bo‘lishing, xotining bilan go‘zal muomalada bo‘lishing, farzandlaringni diyonatidan tashvishda bo‘lishing, ustozingni rozilik duosini olingdadir!

Go‘zal xotima bu, qanday o‘lishing emas, qanday yashashingdir.

Abu Bakr roziyollohu anhu to‘shakda vafot etdilar. Ammo u zot go‘zal xotima topdilar.

Umar roziyollohu anhuni chavaqlashdi. Ammo u zot go‘zal xotima topdilar.

Usmon roziyollohu anhuni so‘yishdi. Ammo u zot go‘zal xotima topdilar.

Ali roziyollohu anhuga xanjar suqishdi. Ammo u zot go‘zal xotimaga erishdilar.

Abu Ubayda roziyollohu anhu vabodan vafot etdilar. Ammo u kishi go‘zal xotima topdilar.

Xolid ibn Valid roziyollohu anhu yuzlab janglarda ishtirok qildilar. Lekin to‘shakda vafot etdilar. Ammo go‘zal xotima topdilar.

Go‘zal xotima bu, faqatgina Alloh yo‘lida o‘lish emas, balki Alloh yo‘lida yashash hamdir!

Avtohalokatda vafot etgan kishi ehtimol tasbih aytib ketayotgandir. Infarkt bilan o‘lgan kishi o‘sha onda faqirga sadaqa olib borayotgandir.

Biz insonlarni jannatga va do‘zaxga taqsimlashga mas’ul emasmiz.
Allohdan go‘zal xotima so‘raylik!
❤‍🔥51👍24🔥7🥰1
Anchadan beri bunday suhbat qilmagan edim. Aslida bu mavzu meni qadriyatimga yaqin. Shuning uchun bo’lsa ham kerak.
Vaqtingiz bo’lsa, ko’rib qo’yish tavsiya qilinadi, Ayniqsa har bir ota-ona ko’rishi shart bo’lgan mavzu bo’lgan…

To’liq videoni ko’rish
❤‍🔥20👍14🔥7
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Anchadan beri bunday suhbat qilmagan edim. Aslida bu mavzu meni qadriyatimga yaqin. Shuning uchun bo’lsa ham kerak. Vaqtingiz bo’lsa, ko’rib qo’yish tavsiya qilinadi, Ayniqsa har bir ota-ona ko’rishi shart bo’lgan mavzu bo’lgan… To’liq videoni ko’rish
Bu suhbatda tavsiya qilingan kitoblar ro’yhati

1.How to Teach Your Baby to Read - Book by Glenn Doman

2.Тридцать миллионов слов - Дана Саскинд

(Thirty Million Words: Building a Child's Brain
Author
Dana Suskind)

3. "Mind in the Making: The Seven Essential Life Skills Every Child Needs" by Ellen Galinsky

4. "How Children Succeed: Grit, Curiosity, and the Hidden Power of Character" by Paul Tough

5. "Simplicity Parenting: Using the Extraordinary Power of Less to Raise Calmer, Happier, and More Secure Kids" by Kim John Payne

6. "The Self-Driven Child: The Science and Sense of Giving Your Kids More Control Over Their Lives" by William Stixrud and Ned Johnson

7. "NurtureShock: New Thinking About Children" by Po Bronson and Ashley Merryman

8. "Grit: The Power of Passion and Perseverance" by Angela Duckworth

9. "Parenting with Love and Logic: Teaching Children Responsibility" by Charles Fay and Foster Cline

10. "The Gardener and the Carpenter: What the New Science of Child Development Tells Us About the Relationship Between Parents and Children" by Alison Gopnik

11."Last Child in the Woods: Saving Our Children from Nature-Deficit Disorder" by Richard Louv
👍27🔥7❤‍🔥1
LOQAYDLIK.

Martin Lyuter King aytadi:
Do‘zaxdagi eng yomon joy katta axloqiy muammolarga befarq bo‘lib chetda turgan loqayd kishilarga tayyorlab qo‘yilgan bo‘lsa kerak".

Martin Lyuter King asli Afrikalik bo‘lgan Amerika fuqarosi. U o‘tgan asrda Amerikada hurriyat va inson huquqlari uchun kurashgan ko‘zga ko‘ringan kishilardandir. U kuch ishlatishning barcha turiga qarshi edi. U hatto qurol ishlatish yo‘lini tutgan qora tanlilarning harakatiga ham qarshi chiqqan edi.

U Nobel mukofotini olgan eng yosh inson bo‘lgan. Ammo tinchlik uchun butun kuchini sarflagan bu inson irqchilikning qurboni bo‘ldi. Unga 1968 yil 39 yoshida suyuqasd uyushtirishdi.

Endi yuqoridagi uning gapiga qaytadigan bo‘lsak, men kishilarni jannatiy yoki do‘zaxiy deyishdan yiroqman. Illo vahiy bilan sobit bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

Ammo inson qilmishlari ichida eng yomoni befarqlik, loqaydlik, muammolardan chetda turish ekanini bilaman. Agar ta’bir joiz bo‘lsa uni xorlik degan bo‘lar edim.

Unday insonlarning hayotda o‘rni yo‘q. Dunyoda shunday muammolar borki, hatto hayvonlar va jonsiz predmetlar ham befarq bo‘lmaydi undan. Hayvonlar ham bu to‘g‘ri o‘z mavqifiga ega bo‘lmaslikni ayb hisoblaydi. Gaplarimdan ajablanmang. Hali dalil keltiraman bunga.

Nabiy sallollohu alayhi va sallam: "Uhud bizni yaxshi ko‘radi, biz Uhudni " deganlar.

Yana aytadilar:
"Men Makkada shunday toshlarni bilar edimki, ular menga payg‘ambarligimni aytib salom berar edi".

Toshalar haq bilan botil kurashida befarq bo‘lib, loqayd bo‘lib turishmayapdi.

Ba’zi insonlar esa dunyoda bo‘layotgan qirg‘in-barotni, qon to‘kilishini xuddi urush to‘g‘risida borayotgan qiziqali kinoni ko‘rayotgandek bemalol tomosha qilib o‘tiradi.

Ibrohim alayhis salom Namrud tomonidan olovga tashlanganlarida hatto hayvonlar va parrandalar ham befarq turmasdan olovni o‘chirishga harakat qilgan.

Tumshug‘ida bir tomchi suv tashiyotgan qaldirg‘ochni befarqlar tanqid qilishdi:
- Hoy nodon! Sen olib kelgan bir tomchi suv nimani hal qilar edi?!
Qaldirg‘och dedi:
- Bilaman, men olib kelgan bir tomchi suv bu olovni o‘chira olmaydi. Ammo men qaysi tomonda ekanligimni ko‘rsatmoqchiman.

Qiyomat yaqin qolganida musulmonlar yahudiylar bilan jang qilishadi. Unda yahudiylar berkinib olishadi. Shunda toshlar, daraxtlar, o‘simliklar tilga kirib: "Ey musulmon! Ey Allohning bandasi! Mana mening ortimda yahudiy yashirinib yotibdi" deb o‘zining befarq emasligini izhor qiladi.

Loqaydlar arzimas maxluqlardir.
Ammo bu degani har-bir janjalga burningni tiqaver degani emas. Ammo eng kamida o‘z fikriga ega bo‘lmoq bu muhimdir. Qolaversa niyat va tuyg‘ular insonni kishilarning xayoliga kelmagan maqomga ko‘taradi.

Imom Buxoriy rahimahulloh "Mag‘oziy" kitobida keltiradilar:
"Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotidan qaytayotib Madina tomon yurgach dedilar:
" Madinada shunday kishilar borki, ular siz bilan yurgan yo‘lingizda, bosib o‘tgan vodiyingizda birga bo‘lishdi".
Sahobalar so‘rashdi:
-Madinada turibmi?
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam :
- Ha, Madinada turib. Ularni uzrlari ushlab qoldi.
Usmonli sultonlardan biri o‘z ustozidan so‘raydi:
- Ustoz! Davlatni nima narsa tanazzulga olib keladi?
Ustoz dedi:
- "Menga nima".
Ya’ni, ustoz aytmoqchiki, "menga nima" deb mamlakat taqdiriga befarq bo‘lish mamlakatni tanazzulga olib keladi .

Gapimni Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning bir gaplari bilan yakunlayman:
"Loqayd inson botilga yordam bermadi, ammo haqni yordamsiz qoldirdi".
❤‍🔥33🔥13👍6
Intizom (discipline)
 
Intizom o’zi nima? Intizom bu siz qilishingiz kerak bo’lgan lekin qila olmayotgan ishlarni qila olishdir. Masalan, men kitob o’qishni foydali ekanligini bilaman. Nima uchun o’qish kerakligini ham. Lekin o’qimayman. Chunki, miya oson narsalarni yaxshi ko’radi. Kam energiya sarflagisi keladi. Kitob o’qisa uni ichidagi ma’lumotlarni analiz qilish kerak uni o’rniga Instagramda reels ko’rgan osonroqku deydi. Chunki unda deyarli miyani ishlatish shart emas.
 
Intizomni boshlash qiyin emas, davom etish qiyin. Oddiy misol, o’quv markazlarida o’quvchilarni yarmidan ko’pi beginner va elementary kurslarida o’qishadi. Intermediate, upper-intermediatega qarab kamayib boradi.
 
Chekishni tashlash umuman qiyinmas men o’zim 72 marta tashlaganman :)
Mark Tven.
 
Odatni buzish odatni davom ettirishdan qiyin bo’lishi kerak. Masalan, bitta biznesmen aytgandi: “Men har kuni 5da turaman va 6gacha yugurib kelishim kerak. Agar men uxlayman desam baribir uxlay olmayman. Nima qilishni bilmay faqat postelda yotaman. Shuning uchun menga odatni buzishdan ko’ra davom ettirish osonroq” deydi. Agar siz kuningizni bo’lib olsangiz instagramda o’tirdingiz, YouTubeda video ko’rdingiz boshqa hamma ishlaringizni qilib bo’ldingiz endi qolgan vaqtga boshqa narsa belgilab qo’ya olasiz. Masalan 9gacha hamma ishlaringizni bitirib bo’ldingiz va 9dan 10gacha kitob o’qiyman deb belgiladingiz. Shunchalik darajada bo’lishi kerakki kitob o’qimasangiz boshqa qiladigan ish yo’q bo’lishi kerak.
 
Arzon dofaminni o’rnini qimmat dofamin bilan to’ldiring. Arzon dofaminga instagramda video ko’rish trash content vahokazolar ko’rish kiradi. Qimmat dofaminga esa kitob o’qish, biror kursni tugatish shunga o’xshagan narsalar kiradi. Qimmat dofaminni olish qiyin lekin o’sha kitob yoki kursni tugatkaningizda kayf qilasiz va ichingizda qanaqadir kuch paydo bo’ladi. Harkuni biror vaqtni belgilab o’sha payt faqat foydali ishlar qilishga sarflashingiz kerak telefonni narigi xonaga qo’yib ishingizni qilasiz. 

Detoxni kuchini ko’rish uchun boshida 1 hafta instagram teleram xullas barcha ijtimoiy tarmoqlar va internetdan voz kechib ko’rish tavsiya qilinadi. Keyin harkuni shu 4-5 soatdan detox qilaverasiz.
 
P.S. Detoxni sinab ko’rganlar biladi. O’ylashimcha faqat shu orqali qila olmayotgan ishlaringizni qilishingiz mumkin
👍38🔥18❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zimiz podcastining bugungi mehmoni Doniyor Nasriddinov, "Colba" xususiy maktabining asoschisi bo'ldilar.

Suhbat davomida: jamiyatdagi yoshlar, ilm olish, shaxsiyatni rivojlantirish, farzandlarimizga tarbiya mavzularini dildan gaplashdik.

Suhbatimiz sizga manzur bo'lsa, obuna bo'lib, layk bosishni unutmang.

Yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying, zero sizning birgina izoh yozishingiz ham loyihamizning rivojiga hissa qo'shadi.

Maroqli tomosha qiling: https://youtu.be/1Hyeu7MThMU?si=BNEytkMSNbcM1Q44
🔥17❤‍🔥6👍2
Opportunity cost

Hayotda tanlovlar qilishga majburmiz. Ba'zan kichik, ba'zan katta. Biror qarorga kelishga qiynalamiz. Ikkilanamiz. 

Ekonomikada tanlov narxi (opportunity cost) degan tushuncha bor. Mazmuni - qarshimizda ikkita tanlov turganda birini tanlashimiz tufayli ikkinchi tanlovdan keladigan foydadan quruq qolishimiz.

Misol qo'limizda 50 000 so'm pul bor, rosa pizza yegimiz kelyapti, narhi 50 000 so'm. Bugun instagramda bittasi qo'ygan kitobni ko'rdik, foydali ko'rindi, narhi 40 000 so'm. Bizda ikkita tanlov bor. 

Birinchi tanlov - hamma pulga pizza olib yeyish. Bunda "tanlov narxi" shuki kitobni sotib olish orqali oladigan foydaga erisha olmaymiz. 

Ikkinchi tanlov - kitob olamiz va qolgan 10 000 so'mga gumma olib yeymiz. "Tanlov narxi" pizza yeganchalik mazza qilmadik, pizzadan olishimiz mumkin bo'lgan kaloriyani ola olmadik. 

Misolda qaysi tanlov to'g'ri ekanligi aniqdek. Ammo tanlov paytida mavjud imkoniyatlar har doim ham aniq ko'rinavermaydi. 

Endi bir o’ylab ko’ring. Tanlovlaringiz siz uchun qanchalik qiymat olib kelmoqda, yanayam muhimi esa bu manfaatlarni umri qanday?

Shogirdlarimga aytadigan bir qoidani sizga ham eslataman.
👍28🔥6❤‍🔥1
ILMI AVLAVIYYOT

Imom Zahabiy rohimahulloh o‘zining "Tarixul islom" kitobida keltiradi:
"Yazid ibn Habib al-Azdiy bemor bo‘ldi. Misr amiri Havsara ibn Suhayl uni ko‘rgani keldi. Havsara paytdan foylananish uchun Yazid ibn Habibdan so‘radi:
- Ey Abu Rajo! Kishining kiyimiga burganing qoni tegsa nima bo‘ladi?
Yazid dedi:
- Har kuni qancha-qancha insonlarni qonini to‘kasan. Yana mendan burganing qoni haqida so‘raysan!".

Ichimizda bunga o‘xshaganlar juda ko‘p. Bittasi birovlarning haqqini qo‘rqmasdan yeydi. Ammo Ramazonda unutib suv ichib qo‘ysa nima bo‘ladi, deb so‘raydi.

Boshqa birovi qo‘rqmasdan zino qilib yuradi. Ammo sochni bo‘yasa yoki soch ulasa bo‘ladimi, deb sizdan so‘raydi.

Boshqa birovi ota-onasini qariyalar uyiga eltib qo‘ygan. Sizdan javrabga mas'h tortish haqida so‘raydi.

Bittasi qarindoshlar bilan aloqani uzgan. Ammo sizdan soqolni bo‘yasam bo‘ladimi, deya so‘raydi.

Bu dindagi hech narsaga yengil qaramoqchi emasmiz. Savolda so‘ralgan ishlarni tahqirlamoqchi ham emasmiz. Ammo bu dinda avlaviyyot ham bor. Muhim ishlar juda ko‘p. Ular qolib ancha keyingi darajali ishlardan savol qilib yurish biroz mantiqsizroq.

Oldin zarur va muhim ishlarga e’tiborni qaratishimiz lozim. So‘ngra ikkinchi darajali ishlarni qilsak va so‘rasak bo‘ladi!
👍38🔥9❤‍🔥6
Shogirdlardan iltimos.

Loyiq ko’rsangiz, “Sodiq school” uchun ovoz bering…

https://t.iss.one/edustatbot?start=poll_8_1153

P.s. Ertaga so’ngi kuni ekan
👍47🔥11❤‍🔥6🤩3🥰1
👆👆👆
Nobodosiga oila a’zolaringiz ovozi ham harnada, yoki 2-profilingizniki ham…)

https://t.iss.one/edustatbot?start=poll_8_1153
👍23❤‍🔥5🔥4
Asrimiz vabosi — qisqa videolar: shorts, reels va shunga o‘xshash qisqa videolar

Ularning ko‘rinmas oqibatlari va ularning sabablari bo‘yicha tadqiqotlar va foydali manbalar:

1. Zaiflik
• Miyaga doimiy “tezkor zavq” berilishi uzoq muddatli diqqat va mehnat qobiliyatini zaiflashtiradi.
Manba: How Instant Gratification Harms Productivity
2. Qo‘rqoqlik
• O‘zini boshqalar bilan solishtirish va ijtimoiy tarmoqdagi “ideal hayotlar” yoshlarning o‘ziga ishonchini pasaytiradi.
Manba: Social Comparison Theory
3. Xotiraning zaiflashishi
• Katta hajmdagi tezkor va qisqa ma’lumotlar miyani chuqur fikrlash va eslab qolish qobiliyatidan mahrum qiladi.
Manba: The Impact of Digital Media on Memory
4. Stressga moyillik
• Doimiy dopamin oqimi miyani charchatadi va oddiy hayotdan zavqlanishni qiyinlashtiradi.
Manba: How Dopamine Affects Stress and Behavior
5. O‘ziga ishonchsizlik
• Ideal tasvirlar va yutuqlarni ko‘rib, inson o‘zini ortda qolayotgandek his qiladi.
Manba: Social Media and Self-Esteem
6. Qat’iyatsizlik
• Miyani tez o‘zgaruvchi axborotga o‘rgatish natijasida uzoq muddatli e’tiborni jamlash qobiliyati yo‘qoladi.
Manba: Attention Span in the Digital Age
7. Shaxvoniy ehtirosning ortishi
• Platformalarda noto‘g‘ri tarkibning mavjudligi yoshlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir qiladi.
Manba: Effects of Exposure to Inappropriate Content
8. Sabrsizlik
• Tezkor natijalarga o‘rganish uzoq muddatli mehnat va sabrni qiyinlashtiradi.
Manba: Instant Gratification vs Delayed Gratification
9. Ijodkorlikning pasayishi
• Miyani tayyor ma’lumot bilan “to‘ldirish” o‘z fikrlash va ijod qilish qobiliyatini pasaytiradi.
Manba: How Digital Media Stifles Creativity
10. Vaqtni samarasiz sarflash
• Platformalar foydalanuvchini uzoq ushlab turish uchun maxsus algoritmlar ishlab chiqadi.
Manba: The Attention Economy Explained
11. Uyqu buzilishi
• Telefon ekrani chiqaradigan ko‘k nurlar melatonin ishlab chiqarishni kamaytirib, uyqu sifatini buzadi.
Manba: Blue Light and Sleep Disruption
12. Muloqot qobiliyatining yo‘qolishi
• Ekran bilan ko‘p vaqt o‘tkazish jonli muloqot ko‘nikmalarini yo‘qotadi.
Manba: How Screens Harm Social Skills
13. Ruhiy tushkunlik (depressiya)
• Ijtimoiy tarmoqlardagi ideal tasvirlar va hayotlar depressiyani kuchaytirishi mumkin.
Manba: Social Media Use and Depression
14. Axloqiy qadriyatlarning yemirilishi
• Noto‘g‘ri axloqiy xulq-atvorni targ‘ib qiluvchi kontent yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Manba: Media Influence on Youth Behavior
15. Moliyaviy isrofgarchilik
• Reklamalarga qaramlik yoshlarni keraksiz xaridlarga moyil qiladi.
Manba: The Psychology Behind Impulse Buying

Xulosa:
Qisqa videolar nafaqat yoshlarning diqqatini, balki ruhiy, aqliy va ijtimoiy salomatligini ham yemiradi. Ushbu balodan avval o‘zingizni, keyin esa farzandlaringizni asrang.

Qo‘shimcha foydali resurslar:
How Social Media Affects Brain Development
👍32🔥8❤‍🔥2
#safardagi_shogirdlarimga

Imom Molik rohimahulloh aytadi:

«Tolibi ilm faqirlik ta’mini tatib ko‘rmaguncha, - ilmga erisha olmaydi».
🔥59❤‍🔥11👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar hali ham shukr qiluvchilardan bo’lmasak vayl bo’lsin…
❤‍🔥59🔥20👍9
Bir narsani anglab yetyapman:

biz hammamiz kutishdan charchamadikmi? Kimdir kelib muammoni hal qiladi, deb o‘tiraveramizmi?

Yo‘q! Bu muammoni siz hal qilishingiz kerak. Shuni siz o‘zgartirishingiz kerak. Boshqalardan umid qilishni bas qiling!

– Oilangizdagilar ibodatni boshlashni kutmang, o‘zingiz boshlang!

– Jigarlaringiz orasida ayoliga go‘zal muomala qiladigani bo‘ling!

– Qarindoshlar ichida kamchiqim, xurofotsiz to‘y qilgani siz bo‘ling!

– Qishlog‘ingizda chet elga ishlash uchun emas, o‘qish uchun ketgan ilk kishi bo‘ling!

– Ishxonangizda halol ishlaydigan, boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zadigan inson bo‘ling!

Siz boshlaganingizda boshqalar ham o‘rnak oladi. Siz ergashiladigan, namuna bo‘ladigan insonga aylanasiz. Kichik bir qadam katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Bahona qilishni to‘xtating. Hech kim sizning o‘rningizga bu ishni qilmaydi! O‘zgartirishni o‘zingiz boshlang. Agar boshlamasangiz, hech qachon hech narsa o‘zgarmaydi.

Jamiyatni, hayotni, kelajakni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, birinchi qadamni siz tashlang! Qahramon bo‘lishni istamaysizmi? Unda shunchaki jim turing va boshqalarning qilganiga tan berib yashang. Lekin esda tuting: tarix jim o‘tirganlarni emas, jasorat qilganlarni eslaydi!
❤‍🔥43👍22🔥15🥰3
Yaponiya: haftalık taassurotlarim:

Ijobiy holatlar:

1. Odamlari o’ta odobli: Navbatda turish nafaqat metroda, balki do’konda, kassa oldida, chorraxada, hullas, hamma yerda. Menimcha, bu maktabda o’qitiladigan odob emas, balki milliy mafkurasida.

2. Sizga doim tabassum qilib muomila qiladi: Do’konga kirsangiz, bir qoida mavjud — mijoz huddi qirol. Bir xizmatdan foydalanib chiqib ketayotganimda, o’sha yer hodimi lift kelib tushib ketguncha tazim qilib turdi.

3. Baland ovozda gapiradiganini deyarli ko’rmadim: Juda oxista, shoshmay va hotirjamlik bilan gapiradi.

4. Birovni haqqiga hiyonat yo’q: Sayohatimiz davomida, AirPod Max, Telefon, 1000$ pul, sotib olingan kiyimlar, sumka odam gavjum joyda qolib ketdi, ammo hech kim tegmadi.

5. Ko’chada tirbandliklar yo’q: Jamoat transporti juda zo’r rivojlangan. Narhi ham qimmat emas, bekarlar soniga qarab 0.8$ dan 4$ gacha.

6. Yordamga doim tayyor: Uzoqroq masofaga metro orqali qaysi yo’nalishga bilet olishimni so’ragan edim, kassiri tashqariga chiqib, bilet sotadigan aparat oldiga kelib hammasini o’zi qilib berdi. Oddiy tuyulishi mumkin, ammo minglab odam o’tadigan joyda sizga bunday munosabat qilish haqiqatda oliyjanoblik.

7. Qo’lingizga qaytim, plastik, chek yoki tashrif qog’ozini ikki qo’lda boshini egib qaytaradi: Yuqori xurmat.

8. Gavjum ko’chalarning istalgan joyida chakish mumkin emas: Maxsus yopiq zonalar bor, faqat o’sha yerda chakishingiz mumkin.

9. Kamtar: Katta tashkilot rahbari bilan ko’rishib gaplashdim. Ko’rinishidan juda oddiy kiyingan. Samimiy va kulib gapiradi. Hamma savollaringizga to’liq javob beradi. Yonida o’zingizni noqulay sezmaysiz.

10. Havosi toza, chang yo’q.

11. Yapinlarning insofi uncha-muncha musulmon odamlarnikidan ustun ekan: Boshqacha qilib aytganda, ularda islom yuqori darajada bor, ammo iymon yo’q. Bizda iymon bor, ammo islom juda past darajada ekanligini his qilasiz.

12. Islom dini juda keng ommalashayotgan ekan: Haftasiga 30-40 ta yapon qabul qilayotgan ekan.

Salbiy holatlar:

1. Musulmonlar uchun ovqatlanish qiyinroq: Ammo biz markazda turganimiz uchun turk restoranlari bizni bu masaladan qutqardi.

2. O’yin-kulguga juda mubtalo bo’lgan: Yoshu-qari, erkak-ayol hammasi knopkali o’yin jinnisi ekan. Shunday joyda kirib ko’rdim, taxminan 300 tacha o’yin stolining barchasi band edi.

3. Ayollari juda kalta kiyar ekan: Menga g’alati tuyulgani, ko’cha -11° bo’lsa ham, ustida qalin kurtka, ammo pastida yupqa va kalta yupka kiyishi. Balki shu sabab, statistik ma’lumotlarda aks etayotgan jinsiy zo’ravonliklar juda katta raqamlarni tashkil qilayotgandir.

Jinsiy zo’ravonlik statistikalari: Tadqiqotlarga ko’ra, Yaponiyada ayollarning 7,8% va erkaklarning 1,5% hayoti davomida kamida bir marta jinsiy zo‘ravonlikka uchraganliklarini tan olishgan. Bu holatlar aksariyat hollarda politsiyaga xabar qilinmaydi. Agar xabar qilinmagan holatlar ham hisobga olinsa, haqiqiy miqyos 7-10 barobar katta bo’lishi mumkin.

4. Kosmetikadan xatto erkaklari ham ko’p foydalanar ekan.

5. Juma, Shanba, Yakshanba — bu xalq boshqa qiyofaga kirar ekan: Deyarli hammasi ichib, o’yin-kulgu, karaoke, xullas ayshu-ishtar juda a juda bo’lar ekan

6. Yuqoridagi haftaning dam olish kunlari ko’chalar juda shovqin va spirt hidi bo’lib ketadi.

7. Odamlarida work and life balance yaxshi emas: Ish juda stressli. Shuning uchun ham dam olish kunlarini shu orqali o’tkazar ekan. Suitsid ham yuqori darajada.

8. Odamlarining ko’pi ingliz tilini, xatto u 2-til bo’lsa ham, yaxshi bilmas ekan: Markazdagi do’kon sotuvchilari ham arang gaplashyapti.

9. Taksi xizmati juda qimmat: Airportdan mexmonxonagacha 216$ ko’rsatdi. Metroda poyezdda esa 18$ ga ekspres yetib keldim.

10. Oylik kam: O’rtacha ish haqi 10-12$ soatiga. Migrant bo’lib ishlaydiganlar o’rtacha 2000-3000$ atrofida topar ekan. Ta’limdagi professorlar 4000$ oylik olar ekan.

11. Juda ko’p joyda qari ishchilar mavjud: Demografik inqiroqga uchramoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra 8 yildan beri aholi o’sishi minus holatda, ya’ni tug’ilishlar soni o’limlar sonidan kam.
👍23❤‍🔥15🔥8
12. Yuqoridagi holat xatto davlatni ham o’ylantirib qo’ygan: Agar hozir jiddiy choralar ko’rmasa, eri uchun ayanchli holatlar yuz beradi.

13. Yuqoridagi holat uchun 2025-yildan Tokyo shahri sinov tariqasida 4 kunlik ish rejimiga o’tadi. Ko’p yaponlar juda kech oila qurishini sababi 2 ta ekan: birinchisi — ish tufayli vaqti juda kamligi bo’lsa, ikkinchisi — bolani ortiqcha tashvish deb bilishar ekan.

14. Ko’chada biror kichik chiqindini tashlaydigan idish topa olmaysiz: Juda qiyin. Do’konda ichidagi idishga tashlab chiqadigan bo’ldik. Parodoksal holat shuki, odamlar ham chiqindi idish yo’q ekan deb ko’chaga tashlab ketmayapti

15. Bu yerdagi o’zbeklar bilan ham gaplashdim: Migrantlarga munosabat salbiy tomonga o’zgargan. Bunga sabab aynan o’zbek migrantlari qilayotgan xungrizliklar ekan. Biri o’g’irlaydi, biri noqonuniy ish qiladi, biri aldaydi. Shuning uchun so’ngi paytlarda o’zbeklarga visa berish jarayoni qiyinlashgan ekan.

Bularni barchasi subyektiv fikrlar.

Xulosa o’rnida, Yaponiya kelib, bir aylanib ketishni tavsiya qilaman.
❤‍🔥28👍16🔥15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Spoiler

Sizlarga bir yaxshi xabarni dalolat qilib qo’yay.

Do’stim Aziz Rahimov bilan birga, hamkorlikda yangi formatdagi maktab tashkil qilishni kelishib oldik. Ikkimiz ham asoschi, ham boshqaruvchi bo’lamiz.

Sodiq school va Rahimov school ham o’z faoliyatini davom ettiraveradi.

Qoida hali ham o’zgarmagan:
Yuksalib birlashishdan ko’ra birlashib yuksalish ko’lamliroqdir.

Insha Alloh bu ish yaqin yillarda amalga oshadi.

Sizlardan esa avvalo duo, so’ngra qo’llovni so’raymiz.
🔥115👍31🤩14🥰5🎉5
Subhan Alloh

MIT ham o’zbeklar tomonidan ham zabt etilibdi.

Endi pingivin effektini kutib qolamiz…
🔥87👍14🎉12❤‍🔥6