Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
Siz shu kungacha qaysi nuqtalarda qoqildingiz, qaysi xatolarga yoʼl qoʼydingiz, barini ibrat oʼlaroq eslang, ammo mahzunlanmang, Аllohning lutfidan umidsizlanmang, hali hammasi tugamay turib, xulosa yasamang... Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Аbu Sufyon ibn Xaris jannat yigitlarining sayyididir" deganlar, vaholangki, Аbu Sufyon roziyallohu anhu umrlaring yigirma yilini Islomga, Rasuliga adovat bilan oʼtkazgan edilar. Taqdirlarning, amallarning, niyatlarning oʼzgarishi hammasini oʼzgartirib yuborishi mumkin, biz yoʼlning oxirini koʼrmay, manzilga yetmay kitob qanday yopilishini bilmaymiz. Siz xulosaga shoshilmang, hammasi yaxshi boʼladi, Аllohning rahmati keng...
👍1
Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
2018-yil.
Tashkent City qurilishi munosabati bilan Markazimiz buzilib, boshqa sal noqulayroq joyga kòchishga majbur bòldik. Aslida eski markazimizdan uzoq emas, ammo transport kamqatnov joyda edi.
Barcha òquvchilarimni tòplab vaziyatni tushuntirdim. Ular ham tushunishdi. Menga tòlaydigan pulingizdan shu qòshincha yòlkiraga tòlayotgan pulingizni olib qolasizlar deb aytdim.
Kunlarning birida bir òquvchim menda gapi borligini aytib, chetga oldi. Eshitdim. Keyingi darsdan kela olmasligini aytib qòymoqchi ekan. Sababni sòrasam bir narsalarni bahona qilgandek bòldi, ammo kòzi òqishni xohlab turganini bildirar edi. Aniq sababini aytishga majbur qildim. Yorildi. Yangi joyga kelish unga qimmatga tushib uydagilari sal qiynab qòyyayotganini aytdi.
Seni eshitdim, endi meni eshit, san kurslarni oxirigacha oborasan, shu yerda yonimda tugatasan, òqish pulini esa umuman olmayman, shu pulni yòl kiranga va boshqa ehtiyojlaringa ishlatasan dedim. U kònmadi, ammo Ustozlik mavqeyimdan foydalanib zòrģa kòndirdim. Òqishni davom ettirdi....
Barcha òquvchim imtihon topshirdi...
Hammasi òqishga kirdi.
Haligi bola òz yònalishida institutga 1-òrinda, grantga òqishga kirdi. Yonimga kelib, "Ustoz, yaxshi ham òsh payt mani olib qolgan ekansiz, ming rahmat òsha kunga", deb aytdi.
Ichimdan xursand bòldim, ammo bildirmadim...
Shu yildagi bolalarni boshqacha yaxshi kòraman, shuning uchun ham haligacha hammasi bilan har oyda yiģilishib turamiz....
Bunday voqealar har yili ham sodir bòlib turadi, ammo sal ssenariy boshqacharoq. Bu haqida keyingi safar batafsil yozib boraman..

🔥2👍1
Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
Ajib holat.
Tarovehni tugatib tashqariga chiqdim. Jiyanim amaki "morojniy" obering dedi. Eshikni tagida Andijon muzqaymoģi bor ekan. Navbatga turdik. Bizdan avvalgilar olib bòlgach navbat tegdi. Shu payt atrofni biroz kuzatdim. Qarasam 4 ta yosh bolalar navbatda turishibdi. Ularning faqat bittasini qòlida pul turibdi, yaxshilab qarasam 5 ming sòm, boshqa yòq. Bir-birining quloģiga nimadir deyapti, eshitilmadi.
Biz muzqaymoqni olib bòldik, jiyanimni san boraver man yetib olaman deb jònatib yubordim. Kuzatsam faqat bittasi muzqaymoq olmoqda, qolgan 3 tasi esa intiq bòlib qaramoqda. Vaziyatni tushunganday bòlib, sotuvchiga asta imo qilib, muzqaymoqni 4 tasi 5000 sòm deb ayting, qolganini men beraman deb aytdim. U ham tushunganday bolalarga 4 ta muzqaymoq solib berdi. Bolalar hayron. Ularga namozni zòr òqiganlaring uchun sizlarga skidka qilib berishdi deb aytdim. Ular xursand. Men oradagi farqni tòlab, agar ular ertaga ham kelishsa beravering, men ertaga yana tòlab ketaman deb aytdim. Bolalarning yuzidagi quvonchni kòrsangiz edi.... tòģrisi taroveh namozidan ham kòproq zavq oldim...
Aytmoqchi bòlganim, atrofimizga kòproq e'tiborlik bòlaylik, ayniqsa bolalarning kòngliga...
Ey, Allohim men diningni ana shunday tushunganman, meni johillardan qilib qòyma....

🔥4
Doim voqealarni solishtirishni, undan hikmat izlashni odat qilganman.
Meni bir savol doim òylantirib kelgan, avvalgilarda texnika bòlmagan, mashina bòlmagan ammo ular hamma ishlarini bitirishgan. Farzandlariga vaqt ajratishgan, eng muhimi kitob, Qur'ondan kunlik vazifalarini ham uddalashgan. Xullas vaqtlarida baraka bòlgan
Bizda esa aksi, na halovat bor, na tinim bor, na unum bor.
Hozirda ushbu savolga javobim quyidagicha:
Biz hozir ishlarimiz orasida namozlarimizni ado qilayapmiz, avvalgilar esa, namozlari orasida ishlarini bitkazishar edi....
Alloh òzing bizga tavfiq ber....
👉 @hasankhojaBlog

👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Masofalar olis bo‘lsa—da, duolarda uchrashuvchi ko‘ngillar bor.
Hazrat Rumiy
🥀Hazrat Rumiy
Forwarded from MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
Iqtiboslar
💫 Soʻz qudrati cheksiz. Shunday soʻzlar borki, kishi qalbida oʻchmas iz qoldiradi. Ba'zilari esa insonlarni kurashishga, rivojlanishga undaydi.
😊 Yoshlarimiz uchun ibrat boʻla oladigan, ularni harakat qilishga va ilm olishga undaydigan iqtibosli soʻzlaridan, sizlar uchun manfaatli bo'ladiganlarini tavsiya etdik.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
• Telegram - https://t.iss.one/hasankhojaBlog
• TikTok - https://tiktok.com/@hasankhoja_
• Instagram - https://instagram.com/hasankhoja?utm_medium=copy_link

Soat millari va hayot yo‘llari o‘rtasida vaqt tushunchasi farqlanadi. Soat millari vaqt o‘tib yana o‘z o‘rniga qaytib keladi, biroq hayot yo‘llarida aylanma burilish yo‘q. Yurish faqat oldingadir, shunday ekan, berilgan ne'mat va kelgan musibat ham to manzilga yetgunimizcha safarda uchragan oniy bir manzara hisoblanadi, o‘tkinchi yo‘lovchidek o‘tda, ket...
👍1
Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
#Farzandimga
Tadbir qilganimiz emas, taqdir qilgani nasibamiz bo‘ladi, rizq zahmati ibodat lazzatiga putur yetkazmasin, sizning faqat dunyo tashvishlariga ko‘milib qolishingiz bizni mahzunlantirishi yodingizdan chiqmasin...

Forwarded from Millat Umidi School | ex. CIC School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!
CIC school'da faoliyat olib boradigan ustozlar haqida ma'lumot berishni boshladik.
E'tiborli bòling, aynan shu Ustozlar sizlarga ta'lim beradi!
SAT va Matematika fani bòyicha ekspert Hasankhoja Muhammad Sodiq - ta'limda 12 yillik tajribaga ega bòlgan mutaxassis.
___________
🌐 www.college.cambridge.uz
📞 +99871 2000308
📍Alisher Navoi ko’chasi, «Matbaa-Noshirlik kasb-hunar kolleji» - 4 qavat
📌 @cic_school

Safarimizni Alloh xayrli qilsin. Biz qaytayapmiz. Duolaringizga muxtojligim bor. Insha Alloh bugun markazda kòrishamiz)
Allohning qadariga taslim bòlganmiz. Hech bir ish behikmat emas. Shuning uchun biror ishdan afsuslanmay qòyganman. Tòģri qaysidir ish meni kayfiyatimni buzishi yoki jahlimni chiqarishi mumkin, ammo, lekin bundan doim hayr qidiraman.
Men qaysi ishdan afsuslanaman?
-bekor òtgan vaqtimga, beamal bòlgan kunimga, ÒZIdan uzoqlashgan ishimga, Rasulu Akram Payģambarimizga ozor beradigan sòzimga, ota-onamni ranjitadigan amalimga, xabata bòlgan savoblarimga achinaman. Ilohim shulardan òzi asrasin, oxirimizni bahayr qilsin. MUFLIS lardan qilmasin....

Assalomu alaykum.
Shogirdlarimiz bilan birga ajr loyihasining “25+ Jannatdagi qasrlar” loyihasida ishtirok etdik. Hayrli ishga bosh qo‘shganlardan Allohning O‘zi rozi bo‘lsin.

👍2