Hasankhoja Muhammad Sodiq
6K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Location
Shu manzilda ko’rishamiz…
🔥7
Forwarded from Najot Ta'lim
Nega tandiqiy fikrlash kerak?

💬 Ma'lumotlarni filtr qilmasdan qabul qilish inson miyasida chalkashliklarni yuzaga keltiradi. Tanqidiy fikrlash bu holatga yechim bo'la oladi.

🎙 Yuqoridagi mavzu bo'yicha "Osmondagi bolalar" loyihasi mehmoni, SAT bo'yicha mutaxassis, "Sodiq School" asoschisi Hasanxo'ja Muhammad Sodiq bilan suhbat bo'lib o'tadi.

🗓 Qachon: 17-avgust, shanba, 10:30
🙋‍♂️ Kimlar uchun: Barcha uchun ochiq
📍 Manzil: «Najot Ta'lim» Chilonzor filiali
🪙 Ishtirok uchun: 4 XP

👉 Ro'yxatdan o'tish

O'z o'rningizni band qilib qo'yishni unutmang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥7🥰3🎉1
Forwarded from Maktabda bir kun… (Hasankhoja Muhammad Sodiq)
Shu kungacha shogirdlardan olgan eng zo’r va “hissiyotga boy” hadya shu bo’ldi. Har kuni ozginadan o’qiyapman-ki, qaniydi tugab qolmasa…
❤‍🔥52👍11🤩11🔥10🥰1
Forwarded from Sodiq School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
100% Ta’lim granti

O’z bilimingizni sinab ko’ring va Sodiq Schoolda o’qish imkoniyatiga ega bo’ling.


Imtihon fanlari:
▫️Matematika
▫️Ingliz tili
▫️Tanqidiy fikrlash

📍Manzil: Sodiq School
🗓Sana va vaqt: 25-avgust, yakshanba, 11:00

❗️Muhim: Grant har bir sinf uchun 1 tadan oʻquvchiga beriladi

Tezroq ro'yxatdan o'ting
: sodiq.school

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080
👍14❤‍🔥8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sof va o’zgarmagan fitrat shunday bo’ladi, menimcha…

P.s. Shunday insoningiz bo’lsa, hamd aytib qo’ying
🔥54👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥰15👍11🤩9🔥3🎉1
Suhbat uchun ro’yxatdan o’tgan edingizmi?

🔗 Ro’yxatdan o’tish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🎉3❤‍🔥2
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ Soha tanlashda nima muhim?

Hozirgi kunda ko'plab yoshlar yaxshi daromad topishni maqsad qilib, dasturlashni o'rganishni xohlashadi.

Biroq, ko'zlangan maqsadga erishish uchun shu sohadagi o'zingizga mos keladigan va shu bilan birga talabgir yo'nalishni aniqlab olish kerak.

📺 Bugun soat 20:30 da "Najot Ta'lim" YouTube sahifasida aynan shu mavzuda jonli efir bo'lib o'tadi.

Pastdagi havola orqali yopiq kanalga qo'shilib oling.

👉 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3🎉1
Agar siz

– kutubxonachi
– psixolog
– hamshira


bo’lsangiz, sizga yaxshi taklifimiz bor.

"Sodiq school"ning ahil jamoasiga qoʻshilish va samimiy muhitda ishlash imkoniyatingiz bor.
Yaxshi ish haqi va muhitdan tashqari quyidagi qoʻshimcha bonuslar ham sizniki:

– bepul tushlik;
– farzandingizning maktabimizdagi ta’limi uchun 50% chegirma;
– bepul treninglar.


Murojaat uchun:
@Buttefle
👍20🔥7❤‍🔥5
Shu ishga ham 3 yil bo’libdi…
❤‍🔥76🔥16👍13🥰3🎉2
#tavsiya
Shu jadvalga amal qilmagunimcha samaradorlik juda past edi.
P.s. Grafikni tushunish uchun matematikadan eng kamida 3 olgan bo’lishi kerak…)
👍40🔥12🤩2
Imom Shomil rus generalidan so‘radi: "Bizning yurtga nega bosqinchilik bilan keldingiz?"

General javob berdi: "Biz siz yovvoyilarga madaniyat va sivilizatsiya olib keldik".

Shunda Imom Shomil o‘z askarlaridan birini chaqirib, etigini va oyog‘idagi poytavani yechishni buyurdi. Kuniga 5 mahal yuviladigan oyoq top-toza edi. Keyin esa rus askaridan shunday qilishni so‘radi. Rus askarining oyog‘i kir edi va badbo‘y hid uzoqdan ham sezilardi. Shunda Imom Shomil rus generaliga qarab: "Sizlar bizga shu madaniyatni olib keldingizmi?" - dedi.

Imom Shomil nafaqat jangda, balki hozirjavoblikda ham ancha usta edi.
👍84🔥42🤩5🎉4🥰2
Shogirdim bilan suhbat

— Alloh har kimni biror maqsad uchun yaratgan bo‘ladi. Xo‘sh, o‘sha maqsadni qanday bilib olsak bo‘ladi?

— Alloh o‘sha ishni bandaga oson va yoqimli qilib qo‘yadi.

Xulosa:
Qilayotgan ishingiz sizga mushkul va yoqimsizmi, demak bu siz uchun emas!
🔥81👍18❤‍🔥4
Ertadan yangi o’quv yili boshlanadi. O’quvchilarga ustozlar tomonidan aytilganlarga amal qilishni tavsiya qilaman

1. O‘zgalarning siz haqingizdagi fikrlari ularning qarashlari xolos. Buni voqelikka aylanishiga yo‘l qo‘ymang. Kimdir sizni omadsiz desa, bunga o‘zingiz qaror bermaguningizcha bu fikr haqiqatga aylana olmaydi. Qanotingizni kesishlariga yo‘l qo‘ymang!

2. Moziyni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo undan foyda olish mumkin. Moziyda yashash kelajakni barbod qilishdir. Undan ibrat olish sizni kuchli qiladi. Shuning uchun o‘tgan sahifani yoping, ammo dars olishni unutmang!

3. Kishilarning narsalar haqidagi fikrlari, bizga narsalar haqiqatidan ko‘ra ko‘proq o‘sha kishilarning aslini fosh qiladi. Shuning uchun kishilarni anglash uchun ularga yaqinlashish shart emas. Ozgina e’tiborli bo‘lsangiz yetadi. Kishilar har bir beradigan fikri bilan zamirlaridagi noaniq tomonlarni aniqlashtirib borishadi!

4. Baxt yuqumlidir. Tashvish ham shunaqa. Negativ kishilardan yiroqlashib, pozitiv insonlarga yaqinlashing. Eynshteyn shunday deydi:
"Pozitiv insonlarda har muammoning yechimi bor. Negativlar esa har yechimda muammo ko‘rishadi!".

5. Baxt imkoniyat emas, aslida sizning qaroringizdir. Moddiylikni kamsitmoqchi emasman. Moddiy narsalar hayot g‘ildiragidir. Ammo shuni unutmaylik, ular hayotning o‘zi emas, g‘ildiragidir. Bizni baxtli qiladigan ko‘p narsalarni sotib olib bo‘lmaydi. Shuning uchun saodatimiz ham, tashvishlarimiz ham ichimizdan balqib chiqishini unutmasligimiz kerak!

6. Biz yiqilganimizda omadsiz hisoblanmaymiz, balki to‘xtab qolganimizda muvaffaqiyatni yo‘qotamiz. Shuning uchun inglizlar: "Qiynalganda to‘xtama, balki yetib borganda to‘xta!", deyishadi. Tomas Edison lampochkani ixtiro qilishdan avval minglab tajribalar o‘tkazgan, ammo omadi kelmagan. Edisonni bu narsa to‘xtata olmagan. U shunday degan edi: "Urinishlarim bekor ketmadi. Men endi lampochka yasab bo‘lmaydigan minglab yo‘llarni bilaman!".

7. Hayotingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz avvalo fiklashingizni o‘zgartiring. To‘g‘ri, Abu Bakr roziyallohu anhu Bilol roziyallohu anhuni ozod qildi, ammo bundan oldin Bilol roziyallohu anhu Allohga iymon keltirib nafsini ozod qilgan va o‘z-o‘ziga xo‘jayin bo‘lgan edi!

8. Dunyo charxpalakdir. Zamon esa aylanib turadi. Nima qilsangiz shuni ko‘rasiz. Ichadigan joyingiz shirin bo‘lsin uchun kishilarni chiroyli uslubda sug‘oring. Qachonlardir siz yaxshilik qilsangiz Alloh uni zoye qilishdan pokdir, odildir. Bugun yaxshilik taqdim qilsangiz bu o‘zingiz uchun kelajakda yaxshilikla uzatiladigan qo‘ldir aslida. Alloh istasa sizni hech kimga muhtoj qilmaydi. Siz o‘zgalardan yengillatgan dard ila Alloh sizni mubtalo qilmaydi inshaalloh

9. Tashvishlar xuddi tebratma kursiga o‘xshaydi. U sizni turgan joyingizda qimirlatishi mumkin, ammo bir qadam ham oldinga siljita olmaydi. Kelajakning rejasini qiling, o‘zingizni hozirlang, ammo unutmangki, ertangiz Alloxning qo‘lida. Siz Allohga o‘z ishingizni topshirganingizda U sizni dunyoga topshirib qo‘ymaydi, dunyo sizni o‘yin qilishiga yo‘l qo‘ymaydi!

10. Boshqalar bilan masofa saqlang. Birdaniga o‘zingizni ular hayotiga tashlamang. Tajribali haydovchilar yo‘lda masofa saqlashni tavsiya qilib buni "omonlik masofasi" deb nomlashadi. Buzilgan mashinani tuzatish mumkin. Ammo buzilgan qalbni tuzatadigan ustani topa olmaysiz. O‘zingizdan o‘zingizga joy qoldiring!
❤‍🔥39👍23🔥17
Bugun avtobusda uyga qaytdim. Yo’l-yo’lakay bir yo’lovchiga joy berdim. Birozdan so’ng menga ham joy berishdi.

Xulosa: Qaribmiz…)
🔥65👍44🤩11
"O‘SPIRINLIK" YOLG‘ONI.

Hozirda 14 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni " o‘smirlar" deyiladi. "O‘smirlik" bu g‘arbga oid termin bo‘lib yoshlarning beboshligini haspo‘shlash maqsadida o‘ylab topilgan. Islomda esa buyuklikka erishish uchun yosh cheklanmagan. Ummatimiz yoshlariga boqing, ular nelar qilishmagan:

1. Abdurrahmon Nosir. 21 yosh.

Uning asri Andalus davlatining oltin davri edi. U boshidan ko‘p iztiroblarni o‘tkazdi. Bunga qaramay o‘z davrida eng qudratli davlat barpo qilib ilmiy uyg‘onishga ham erishdi. Yevropa qo‘mondonlari unga havas ila boqishar edi.

2. Muhammad Fotih. 22 yosh.

Vizantiya poytaxti Konstantinopolni fath qildi. O‘sha paytgacha ne-ne katta yoshlilar uni fath qilishga urinishmagan deysiz.

3. Usoma ibn Zayd. 18 yosh.

Abu Bakr va Umar roziyollohu anhumo kabi katta sahobalar bo‘la turib yer yuzining eng katta qo‘shinlaridan biriga qarshi musulmonlar qo‘shinini boshqargan.

4. Muhammad Qosim. 17 yosh.

O‘z davrining malakali qo‘mondonlaridan bo‘lgan. Sindni fath qilgan.

5. Sa’d ibn Abi Vaqqos. 17 yosh.

Alloh yo‘lida birinchi bo‘lib kamon otgan inson. Olti sho‘ro sohiblaridan. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam unga ishora qilib: " Bu mening tog‘am. Sizlar ham menga tog‘angizni ko‘rsating" , degan edilar.

6. Arqam ibn Abil Arqam. 16 yosh.

Ketma-ket o‘n uch yil uyini Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga qarorgoh qilib bergan.

7. Talha ibn Ubaydulloh. 16 yosh.

Arablarning eng oliyjanob kishilaridan. Uhud g‘azotida Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga o‘lim uchun bay’at qilgan. U zotga kelayotgan nayzani qo‘li bilan qaytarib qo‘li ishlamay qolganida gavdasi bilan u zotga qalqon bo‘lgan.

8. Zubayr ibn Avom. 15 yosh.

Islomda birinchi qilich yalang‘ochlaganlardan. U Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning havoriylari edi.

9. Amr ibn Kulsum. 15 yosh.

Tug‘lab qabilasini boshqargan. U qabila haqida: " Agar islom kelmaganida Bani Tug‘lab insonlarni yeb qo‘yar edi" , deyishgan.

10. Muoz ibn Amr ibn Jamuh. 13 yosh va Muavviz ibn Afro. 14 yosh.

Badr jangida Abu Jahlni o‘ldirishgan. Abu Jahl o‘shanda mushriklar qo‘shini qo‘mondoni edi.

11. Zayd ibn Sobit. 13 yosh.

Vahiy kotibi bo‘lgan. O‘n yetti kunda suryoniy va ibroniy tilini o‘rgangan va Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga tarjimonlik qilgan. Allohning kitobini yod olgan. Qur’onning jamlanishida katta hissasi bor.

12. Itob ibn Usayd. 18 yosh.

Nabiy sallollohu alayhl va sallam uni Makkaga voliy qilib qo‘yganlar.

13. Molik inb Anas. 17 yosh.

Ana shu paytdan fatvo bera boshlagan. U zot: " Meni fatvo aytishim uchun Madinaning yetmishta ulamosi guvohlik bermagunicha fatvo uchun o‘tirmaganman" , degan.

14. Abdulhay Laknaviy. 17 yosh.

Bu yoshda sarf, nahv, maoniy, bayon, mantiq, hikmat, tib, fiqh, ilmi kalom, hadis, tafsir va boshqa ilmlardan forig‘ bo‘lgan. Sabiylik vaqtidayoq "Imtihanut talaba fiy siyag‘il mushkila" , " Tibyon fiy sharhil mezon" nomli kitoblarini yozgan. U zot 110 ta kitob yozib 39 yoshida vafot etgan.

Agar bu ro‘yxatni davom ettiraversak sizlarni zeriktirib qo‘yamiz.

Endi " bu hali yosh, tajribasi yo‘q, bu o‘spirin" kabi iboralarni lug‘atimizdan olib tashlab yoshligidan farzandlarimizga diniy va dunyoviy bilimlarni (aslida ilmni diniy va dunyoviyga bo‘linmaydi) o‘rgatib boraylik. Ana shunda inshaalloh ularni buyuk insonlar bo‘lganini ko‘rib " hali yosh, o‘smir, o‘spirin, sal ulg‘aysin " kabi so‘zlar farzandlarimiz kelajagini barbod qilayotgan so‘zlar ekanini ko‘ramiz.
👍63🔥24❤‍🔥9🎉5
Kecha maktabimizga bir katta amaldor akamiz farzandlari bilan yangi o’quv yiliga shartnomanani uzaytirgani keldilar. Biroz suhbatlashdik. Kuzatib qo’ydim. E’tiborimni torgan vaziyat ish kuni bo’lishiga qaramay shaxsiy mashinalarida kelibdilar. Odatda xizmat mashinasida yurardilar.
Nega bunday qilganlarini so’radim. Javoblari esa meni ham hursand qildi, ham ajablantirdi.

Nima deb o’ylaysiz, qaysi voqeani eslatdilar…?
🥰27👍10🤩4🎉2
Zamonaviy maqol

Bilagi zo’r mingni yengar
Bilimi zo’r birni yengar

P.s.
Sport olimpiadasiga 200 ming $
Bilim olimpiadasiga 10 ming $
👍70🔥19❤‍🔥6🤩5