Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.02K subscribers
493 photos
379 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
#tavsiya

Safar davomidagi tavsiyalar:

Airportdan tushganingizda ilk qiladigan ishingiz internetga ulanish. Buni uch bosqichda amalga oshirasiz

1-bosqich
Airport bepul Wi-Fi ga ulanish. (Ko'pincha shundoq wi-fi tugamsini bosib ulanishni o'zi yetarli emas. Ism, e-mail kabi ma'lumotlarni kiritish kerak bo'ladi. Qo'rqmasdan to'ldiravering)

Ulanganingizdan so'ng quyidagi ishlarni oson bajarasiz:
a) uydagilarga yetib kelganingiz haqida xabar berish yoki ularga bog'lanish
(Ularni xotirjam qilasiz)

b) O'sha vaqtdagi valyuta kursini bilub olasiz.
(Airportdagi banklar taklif qilayotgan kursda qancha farq borligini aniqlab olasiz)

c) Namoz vaqtlarini aniqlab olasiz.
(Qancha vaqtingiz borligini aniqlaysiz)

d) mehmonxonaga qancha vaqtda yetib olishingizni aniqlab olasiz
(Ado qilishga ulgurasizmi yo'qmi, shunga yordam beradi)

2-bosqich
Bojxonadan o'tib yuklaringizni olganingizdan so'ng ilk qiladigan ishingiz SIM karta olish. Bunda quyidagilarga e'tibor bering:
a) faqat internet paket oling.
(Odatda mahalliy yoki xalqaro qo'ng'iroqlarni qo'shilgan paketlar qimmat bo'ladi)

b) O'zbekistonda odatda ishlatadigan meyoringizdan 2 baravar ko'proq paket tanlang. Sababi tabiiy, ko'p ishingiz internet orqali bitadi. Rasm va videolar jo'natasiz. Sizga qimmatdek ko'rinishi mumkin. Lekin buni tabiiy qabul qiling.
(20+ GB 50-100$ turadi. Sizga ko'p harajatlarni tejab beradi)

c) internetdan boshqa mahalliy kompaniya paketlarini ham tekshirib eng maqulini oling.
(Odatda katta farqlar bo'ladi)

3-bisqich
Mexmonxona wi-fi ga ulanib oling.
(Telefondagi internetni tejab qolasiz)

Yoki O'zbekistondagi sim kartangizga "Rouming" xizmatini yoqib qo'yish orqali ham bu ishni hal qilishingiz mumkin. Faqat internet paketlar rouming xizmati uchun biroz qimmatroq.
(5 GB internet 400 ming edi adashmasam)

davomi bor...
🔥42👍24❤‍🔥7
Hasankhoja Muhammad Sodiq pinned «#tavsiya Safar davomidagi tavsiyalar: Airportdan tushganingizda ilk qiladigan ishingiz internetga ulanish. Buni uch bosqichda amalga oshirasiz 1-bosqich Airport bepul Wi-Fi ga ulanish. (Ko'pincha shundoq wi-fi tugamsini bosib ulanishni o'zi yetarli emas.…»
O'zgaruvchan matematika

Matematika nega aniq fan deyiladi, bilasizmi?
Sababi uning qonuniyatlari zamon va makon tanlamaydi, yani o'zgarmaydi.

Faqat bir joyda unday emas

Misolda ko'ramiz.

3 ming > 39 ming
(11/09/2001) (7/11/2023)

Istisno qayerda ekanligini bildingiz...
🔥39👍8
Tsinizm (cynicism) - bu tushkunlikni bir turi bo’lib, odatda inson biror vaziyatga yechim topa olmasa, savollari javobsiz qolsa bu holatga tushib qoladi. Buning oqibatida u hech narsa qilgisi kelmay, siqilib qoladi. Qo’li biror ishga bormaydi.

Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, Yevropaliklar bu salbiy holatda alamini sigaret yoki spirtli ichimliklardan olar va yurak kasalliklarini orttirib olishar ekan.

Musulmon davlarida esa bunday holatdan jabr ko’radiganlar nisbatan kam ekan. Ochig'i bundan hayron qolmadim. Sababi nima ekanligini o’zingiz bilib turibsiz.

Bunday holatga siz ham tushib qolsangiz, tajribamdan o’tgan 2 ta yechim sizga yordam berishi mumkin.

1-yechim ( qimmat) :
Sayohat qiling. Salomat va rizqli bo’lasiz.

2-yechim (tekin) :
2 ni 2 da ishlating.

Lekin eng muhimi, 619-yilda Suyukligimiz o'z muRabbiylariga yuzlanganlari kabi, siz ham yuzlaning. Shunda siz ham "eng go'zal" (12) yechimga ega bo'lasiz...

P.s. ertaga Shanba. Kuningiz muborak bo'lsin)
👍24❤‍🔥7🥰2
#shogirdimga

Bahonasi bo'lganni kelajagi bo'lmaydi...
👍47🔥28❤‍🔥11
#tavsiya

Safar davomidagi tavsiyalar

b) ovqatlarga ehtiyot bo'ling.

Juda ko'p o'quvchilarimda uchragan holat shu bo'ldiki, faqat cho'chqa go'shti mumkin emas, tovuq yoki mol go'shtidan qilingani bor ekan deb sotib olmoqchi bo'lishdi. Agar alohida "halal verified" sertifikati bo'lmasa umuman yaqinlashmaslik kerak deb qattiq turaman. Xatto bezor qivoraman. O'zi tushunadigan tilda izohlab beraman.
(Ko'p brendlardan yeb ko'rmoqchi bo'ladi: Mac Donalds, Subway, Burger King, Pizza Hut...)

c) Tortinchoqlikdan qoching.

Ko'p ma'lumotlarni so'rab bilib olsa bo'ladi. Bolalar esa so'rashdan uyalib kelib mandan so'rashadi, men ham atayin borib o'zi so'rashiga majbur qilaman. Boshida qiynalashadi. Qilmagunicha kutib turaman. Sababi 3-devorni buzishni o'rgatmasa ertaga yanada qiynaladi. Xatto o'zim ham biladigan ba'zi ma'lumotlarni bilmaslikka olib ulardan so'rab kelishini aytaman. Qanchalik to'g'ri ma'lumot olishiga qarab yana qayta jo'nataman va oxirida xatosini tuzatib qo'yaman.
👍41🔥16
Matematiklar

Tajribamdan shuni ko'rdimki, Matematiklardan yaxshi hodim (ishchi) chiqmaydi. Ulardan yaxshi rahbar va manajerlar chiqadi.

Sababi esa quyida izohlangan:

Har bir sohaning hayotda o'z o'rni bor. Matematika - bu shunchaki aniq fan emas.

Matematika - bu til. Xuddi ona tili kabi bir til.
Matematika - mantiqiy fikrlash tili. Matematika tartibni o'rgatuvchi til. Ya'ni algoritmlar olamiga asos soluvchi fan. Qaysi mavzuga to'xtalmaylik, uning ichida albatta tartib bor.

Matematikada ko'paytirish amalining vazifasi bir xil sonlarni qulayroq qo'shish uchun ishlatiladi. Bu narsa ham doim bir xil. Zamon, shaxs, makonga qarab o' zgarib qolmaydi. Fizikada yoki kimyoda ba'zi tartiblar makonga qarab o'zgaradi. Lekin matematikada o'zgarmaydi. Hamma narsa aniq o'rnatilgan tartibda ishlaydi.

Ko'pincha o'quvchilarda menga trigonometriyani nima keragi bor deydigan savol bo'ladi. Albatta molboqarga, fermerga, qora ishchiga trigonometriyani keragi yo'q. Siz trigonometriyani qayerda ishlatilishini bilmasangiz demak sizdan molboqar chiqadi xolos.
Sizga nanotexnolog, yurak jarrohi, astrofizik, yadroshunos, kosmonavt, injener texnolog, programmist, kodirovshik, iqtisodiy tahlilchi kabi kasb egasi bo'lish nasib qilmaydi demak.

e (Eyler soni) sonini aynan nimaga ishlatilishini bilmagan bankir bankdan pul shilishdan uyog'iga o'tolmaydigan robot xodim xolos. U jamiyatimizni yaxshi tomonga o'zgartirishi qiyin.

Hayotda ikki toifa inson bo'ladi. Uchinchisi mavjud emas.
Learners (ergashuvchilar) and Thinkers (fikrlovchilar).
Ergashuvchilar hayotda doim boshqalar chizib bergan yo'lni ichidan chiqolmaydi. Ishi doim aytilganni bajarish bo'ladi.
Fikrlovchilar esa o'zi yo'l chizadi.

Matematika fikrlashni o'rgatuvchi til ekanligini hisobga olsak, uni bilmagan inson zamonaviy qul bo'lib qoladi.

Matematiklar ko'pincha hammani hatto rahbarni ham gapiga bo'ysunavermaydi. Bu bor gap. Buning asl sababi o'sha matematikning injiqligida emas. Uning shu fan bilan shug'ullanganligi uchun asossiz narsalarga bo'ysunmasligidadir.
Chunki fanni o'rganish jarayonida hayotga boshqacha qaraydi. Aniq faktlar talab qiladi. Mantiqiy asoslanmagan narsani rad qiladi. Ya'ni Ergashuvchi emas. Matematikdan zamonaviy qul chiqmaydi.

Siz har xil boshqotirmalar yechasiz, qiziq o'yinlar o'ynaysiz. Lekin bularning ko'pi shunchaki hayotdan yiroq mashqlar. Matematika esa insoniyat duch kelgan jumboqlardir. Qachonki inson katta muammoga duch kelsa buning yo'li matematikaning ko'chasidan o'tgan doim.

Xayolot bilimdan ustundir deydi Eynshteyn. Shuning uchun adabiyotshunoslar oldida tiz cho'kaman deydi. Lekin matematika adabiyotdan ustun aslida. Chunki o'sha xayolotni ro'yobga chiqarish matematikasiz bo'lmaydi.

Shu bilan birga matematika xayolot dunyosini ham tahlil qilishga urinib ko'rgan. Imaginary numbers (xayoliy sonlar) degan narsa matematikaning sonlar orqali xayolot dunyosiga kirib borishi hisoblanadi. Xayoliy sonlarni kim anglay olsa, olam sirlarini yangidan kashf qilishi aniq. Bizning ko'zimiz ko'rmayotgan olamlarga bu xayoliy sonlar orqali kirib bora olamiz xolos.

Xulosa shuki, zamonaviy davr insoni matematikasiz taraqqiyot unsurlariga yetishib yurolmaydi. Oliy zot hisoblangan inson bo'lib yashash ayni davrlarda hecham osonmas. Hayvonga o'xshab qorin dardida yurish va fikrlamaslik bu oliy zotlik emas.

Fikrlashga esa matematika mas'ul. Nega shunaqa degan savolga javobni matematika ko'chasidan topiladi. Insoniyat global isishni oldini ololadimi degan savollarga matematik aniqliklar javobgar. Sun'iy intellekt yaratish g'amini matematika o'ylaydi. Marsda inson yashashini matematika tashkillab beradi.

Xulosa shuki: borliqni aniq anglash uchun (54:49) dalilni o'zi yetarlidir...
👍50🔥12❤‍🔥11🤩1
Shogirdning fahmi
🔥59❤‍🔥18👍9
Ishq

Dunyoni arzimas narhga sotmoqlik bu - ishq
Boringni tashlab ketmoqlik bu - ishq

Qo'lingdagi shakarni berib,
O'zing zahar yutmog'ing bu - ishq

Balo yomg'ir kabi yog'gan zamonda
Boshingni unga tuqmoqlik bu - ishq

Bu olam go'yo olov dengizidir
Unga o'zingni otmoqlik bu ishq

Ey Ashraf o'g'li Rumiy bilki, haqiqat
Vujudni foniy etmoqlik bu - ishq
❤‍🔥42👍13🔥10
Uchlik

Iqtisodiyotdagi qonunga ko'ra Yuqori sifat, tezlik va arzon narh hech qachon bir nuqtada birlashmaydi. Ko'pi bilan uchburchak uchlari kabi 2/3 qismi birlash oladi.

Misolda tushuntiraman:

Safar qilishingiz kerak.
a) tez borish + biznes klas ≠ arzon
b) biznes klas + arzon ≠ tez
c) tez borish + arzon ≠ biznes klas

Siz taklif etayotgan mahsulot yoki xizmat qimmat bo'lishi uchun yuqoridagilardan eng kamida bittasi bo'lishi kerak. Agar ikkitasi borlashsa yanada qimmatlashadi.

Nega aviareyslar, temiryo'ldan qimmat?
Sababi tezlik bor.

Nega biznes klas ekonom klasdan qimmat?
Sababi qulaylik bor.

Nega samalyotni biznes klasi poyezddan ancha qimmat?
Sababi ham tezlik, ham qulaylik bor.

Hayotda ham shu kabi uchlik bor, bilasizmi?
🔥41👍8🤩5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday izohlagan bo'lardingiz...?
👍11❤‍🔥9🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizga savol: shu hisni sotib olish uchun qanchangizni bergan bo’lardingiz?

Ammo buni mahri pul bitarmidi?!

Shu kadrni qayta-qayta ko’rsam ko’zimga yosh kelaveradi…

P.s. Bir yorqin xotira bor, vaqti kelganida aytib berarman…
❤‍🔥55🔥14👍10🎉1
Bu yil ustozlikni boshlaganimga 15-yil bo'ldi.
5000+ o'quvchilarga dars beribman.

Shogirdlarimni va ular bilan bog'liq xotiralarni sog'indim.

Shuning uchun ular bilan ko'rishishni reja qilyapman.

Agar siz shogirdim bo'lsangiz, ikkita iltimosim bor:
1-si: imkoningiz bo'lsa albatta keling;
2-si: bexabar do'stingizga ushbu xabarni ulashib qo'ying.

Manzil: Sodiq school
Sana: 11-avgust
Vaqti: 11:00
🔥89👍28🥰6🤩2
Mana o’sha kechagi kubok.

P.s. Sodiq school ham ishtirok etdi…
❤‍🔥61👍16🔥15🎉7
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Location
Shu manzilda ko’rishamiz…
🔥7
Forwarded from Najot Ta'lim
Nega tandiqiy fikrlash kerak?

💬 Ma'lumotlarni filtr qilmasdan qabul qilish inson miyasida chalkashliklarni yuzaga keltiradi. Tanqidiy fikrlash bu holatga yechim bo'la oladi.

🎙 Yuqoridagi mavzu bo'yicha "Osmondagi bolalar" loyihasi mehmoni, SAT bo'yicha mutaxassis, "Sodiq School" asoschisi Hasanxo'ja Muhammad Sodiq bilan suhbat bo'lib o'tadi.

🗓 Qachon: 17-avgust, shanba, 10:30
🙋‍♂️ Kimlar uchun: Barcha uchun ochiq
📍 Manzil: «Najot Ta'lim» Chilonzor filiali
🪙 Ishtirok uchun: 4 XP

👉 Ro'yxatdan o'tish

O'z o'rningizni band qilib qo'yishni unutmang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥7🥰3🎉1
Forwarded from Maktabda bir kun… (Hasankhoja Muhammad Sodiq)
Shu kungacha shogirdlardan olgan eng zo’r va “hissiyotga boy” hadya shu bo’ldi. Har kuni ozginadan o’qiyapman-ki, qaniydi tugab qolmasa…
❤‍🔥52👍11🤩11🔥10🥰1