Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.96K subscribers
493 photos
381 videos
9 files
737 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Mana dunyo qanchalik o'zgardi: atigi 20 yil oldin dunyo aholisining 29 foizi o'ta qashshoqlikda yashagan. Hozir esa bu raqam 9 foizni tashkil etadi.

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onani oyoqlarini yuvish

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥8🥰4🤩1
Pessimist har imkoniyatda mashaqqat ko‘radi, optimist har mashaqqatda imkoniyat ko‘radi.

Siz qay birisiz?

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥33👍16🥰4❤‍🔥1
MA’SULIYAT

Vatan uch toifaning yelkasida turadi:

1). Uni boqadigan dehqonning.
2). Uni himoya qiladigan askarning.
3). Uni tarbiyalaydigan muallimning.
Bu uch toifa Allohdan qo‘rqsa demak vatan osoyishta, tinch va obod.

Agar dehqon diyonatsiz bo‘lsa yelkasiga yuklangan vazifani haqqoniy bajarmaydi. "Plan"ni faqat qog‘ozda bajaradi, soliqdan qochish uchun gektarni kamaytirib yozadi va hokazo. Natijada vatan muhtojlikda qoladi.Agar u Allohdan qo‘rqsa o‘z xizmatini astoydil, mas’uliyat bilan bajaradi. Unga qorovul shart emas. Allohning nazorati yetarli.

Askar ham shunday. U faqatgina buyruqni kutmay o‘zi ham sergak bo‘lishi lozim. Agar mushtarak farzlarga amal qilsa uning vatanni qo‘riqlashi har qanday nafl ibodatdan ustun turadi.

Muallim vatan ustozidir. Kelajak avlodimiz taqdiri ularga bog‘liq. Farzandlarimiz bilimli, go‘zal xulqli, diyonatli bo‘lib o‘sishida ularning o‘rni beqiyos. Ammo ular mas’uliyatni his qilishmasa bu musibatdir. Ular faqatgina maosh uchun, dars soatlari o‘tishi uchun harakat qilishsa va bolalarimizga e’tibor berishmasa ,o‘z ustilarida ishlashmasa oladigan maoshlari ularga halol bo‘lmaydi. Millatga xiyonat qilishgan bo‘lishadi.

Bu gaplarni har bir kasb egasiga tatbiq qilsa bo‘ladi. Buning uchun insonlar tepasiga nazoratchi qo‘yish emas, Allohning haqiqiy nazoratchi ekanini anglatishimiz lozim.!

Bayramingiz muborak bo’lsin MILLAT QAHRAMONLARI.

P.s. Yaqinda bir savol bilan murojaat qilishdi. Nimadan fahrlanasiz deb.
Javobim esa oddiy va qisqa bo’ldi:
Ustozlarimdan va ustozligimdan…

Alloh meni Muallimlik maqomiga loyiq ko’rganidan doim fahrlanaman. Garchi bu kasbni haqqini to’liq ado qila olmayapgan bo’lsamda Allohga ming shukrlar aytaman. Menga bu kasbim shunchalar qadrliki, xatto yo sajdada jon berish yo ta’lim berish vaqtida jon berish orasida ranlov qilib berilsa, hech ikkilanmay ikkinchisini tanlagan bo’lar edim. Chunki birinchisida nafsim g’ami bo’lsa, ikkinchisida ummat g’ami bor.
👍29🔥17🥰4
Forwarded from Zulfizar Ergasheva
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh, ustoz😊

😢Oldizga borolmadim...lekin hayotimda hech qachon unutmaydigan, unutolmaydigan ustozimni yozib bo'lsayam tabriklamoqchiman. Rahmat ustoz, manga qilgan har bir yaxshiligingiz uchun. Sizdan o'rganganlarimni har kuni foydasi tegyapti... matematika bo'ladimi, kanalingizda o'qigan postlarimmi, book clubda aytganlaringiz, hammasidan hozirgacha foydalanaman. Olloh bu uchun sizni eng yaxshi ko'rgan bandalaridan qilsin. Sodiq School ni judayam sog'inyapman, oldin o'qigan joylarimni hech sog'inmaganman qizig'i. Bu maktabdaqasini topolmayapman. Olloh sizdan rozi bo'lsin, ustoz😊
👍54🔥20🥰18
Forwarded from مُحَمَّد
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu 🕊

Qadrli ustozlarimiz. Yaxshimisizlar, ahvollaringiz yaxshimi. Bugungi bayram bilan hamda shu kungacha bizga bergan bilimlaringiz uchun sizlarga chin yurakdan rahmat aytib qolaman va tabriklayman.

Alloh sizlardan rozi bo'lsin. Hammangizga ming bor rahmat. Bizni qilg'iliqlarimizga chidagangiz, adashganimizda to'g'ri yo'l yo'riq ko'rsatganlaringiz uchun ming bor rahmat. Bergan o'gitlaringiz esa hali hanuz qulog'imiz ostida jarangaydi, yo'l ko'rsatadi. Sizlardan Alloh rozi bo'lsin, sizlar bizlardan rozi bo'linglar, biz sizlardan rozimiz qadrli muallimlarimiz.

Sodiq School dan keyin o'zimni avvalgidek his qilmayabman. Ichimda bo'shliq. Juda sog'inayabman, betashvish vaqtlar bo'lgan ekan

"Ko'zlaringda yosh bilan eslaysanlar, hali bu davrlaringni" degan edilar Hasanxo'ja ustoz rost ekan)

Faqatgina 1-oktabr emas har kuningiz shunday bayramlarga va tabriklarga boy bo'lsin.

Alloh ilmizngizni bundanda ziyoda qilsin 🫶
🔥36👍17
Forwarded from M_M
Assalomu Alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Bugun ustozlar kuni sizni tabriklayman ustoz, shu kunga qadar eng haqiqiy ustozlaring kim deyishsa men ikkilanmagan holatda 5 ustozimni sanab beraman, ulardan eng birinchisi eng yuqoridagi darajasi Rosullulloh sollallohu alayhi vasallam bo’ladilar, ular ummatning ustozilar, ikkinchisi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari, uchinchisi Hasanxo’ja Muhammad Sodiq ustoz, to’rtinchisi Shomirza ustozim va yana birlari, sizlar sababli biz shu darajaga yetdik, ilm yo’lini qanday ekanini tushundik, har bir bergan nasixat va maslahatingiz biz uchun eng qadirli ne’mat, ustoz sizga haqiqiy shogird bo’lish maqomiga yetishni Alloh nasib qilsin, har doim yuzingizni yorug’ qiladigan, siz bergan ilmlarni insonlarga yetkazib ustozimga savob keltiruvchi shogird, nafaqat bu dunyoda naf keltiradigan balki oxirat kuni ham foyda keltiradigan shogird bo’lish bizga nasib qilsin, Alloh oilangiz va ustozlaringizdan rozi bo’lsin, berayotgan har bir ilmingiz va biz uchun ketkazayotgan vaqtingiz uchun rozi bo’ling ustoz, sizga tashakkur aytaman, shunday ustozim borliklari uchun Allohga hamd bo’lsin, yana bir bor ustoz sizni tabriklayman, Alloh sizni aziz qilsin, va o’zining jamolini ko’rish bilan mukofotlasin
🥰22👍18🔥5
#imkoniyat

Bugun ko’plab tabriklar kelmoqda . Barchasi uchun tashakkur. Eng yaxshi tabrik egasiga bitta zo’r hadya tayyorlab qo’ydim. Kechgacha qabul qilinganlari ichidan tanlab olaman va egasiga shaxsan topshiraman…

P.s. yaxshi xotiralarni eslatilsa mamnun bo’lamiz…
👍43🔥20
Forwarded from Mushtariy
Assalamu alaykum ustoz!

Sodiq School desa birinchi bo'lib hayolimga siz kelasiz. Suhbatga borganimda, xuddi butun umrlik tanishiz bilan gaplashayotganday boshidan oxirigacha kulib gaplashganiz haliyam esimdan chiqmaydi.

O'tgan yili yozda shu maktabda o'qishim aniq bo'lganda tezroq darslar boshlanishi va siz bilan uchrashishni istagandim. Boshida darslarizni uncha yaxshi tushunmasam ham, matematikaga bog'lab o'tadigan hayotiy darslarizni miriqib eshtishim; har darsdan keyin himmatim oshib, o'zimni qaydir darajada yaxshilashga harakat qilganim; doim kulib yurishiz va hazillar qilib ko'nglimizni ko'tarib turishiz; maktabda juda band bo'lib, u xonadan bu xonaga yugurib yurishiz, orada telefonga javob berib, yana misol ko'tarib kegan o'quvchilaga misollarini ishlab berishiz; guest lecture'larda savol beraverganimizda "bo'ldi bulani haydamasak uyiga ketmaydi" deb suhbatni tugatishiz; book clubdayam 8gacha qolib ketishimiz;
butun sinfga qarshi bitta o'ziz bilan Bilimdon (Zakovat) o'ynaganimiz; biza uchun yaratib bergan sharoitlariz;
bizaga bergan darslariz, maslahatlariz, nasihatlariz hamma hammasi uchun rahmat.. Alloh rozi bo'lsin, ustoz, sizni hech qachon unutmayman! 🥹

Chuqur ehtirom bilan, sizni duolarida eslab turuvchi betayin o'quvchingiz 💫
👍50🥰15🔥6🤩6
Forwarded from Ezoza
Assalomu aleykum ustoz yaxshimisiz, charchamabsizmi? Ustoz bayramiz bilan tabriklayman chin dildan. Manimcha ozbekchada ichimdagi narsalarni ifoda qilish juda juda qiyin boladi shunga ruschada yoza qolay.

Я искренне рада что Аллах послал мне такого человека как вы в моей жизни. Помню когда я в первые вошла в учебный центр и подошла к вам, вы начали общаться со мной словно вы знаете меня уже сто лет. Но потом узнала что это одно из качеств нашего Пророка (с.а.в), к которому вы как истинный мусульманин подражаете, потому что каждый кто общался с Пророком (с.а.в) думал он самый близкий человек к нему.

Помню, вы меня успокаивали, когда у меня были проблемы с получением визы, сказав что во всем есть свой хайр и не нужно никогда расстраиваться. Правда потом я еще больше плакала в добавок с мамой, из-за историй которые вы мне рассказали чтоб меня утешить😂. Вы были одним из первых кто искренне радовался за мои победы и поддержал меня в осуществление в своей мечты. И вот я в Америке, уже студентка второго курса. Сложно ли мне? Да, очень сложно, но я знаю что во всем есть что то хорошее о котором мы пока не знаем.

Вы для меня стали не только учителем математики, но и учителем жизни. Вы научили что каждый человек должен иметь свои ценности и принципы (qadriyatlar). Я убеждаюсь в какой раз, что честный человек никогда и нигде не пропадет, пусть это будет в разы сложнее чем просто добиваться чего то неправильным путем.

Огромное вам спасибо за вашу поддержку и знания. Обещаю стать хорошим честным доктором и также учить своих учеников как это делаете вы.
👍52🥰13🔥4
Mantiqiy savol.

Bu figura to'g'ridan-to'g'ri bir-birining ustiga o'rnatilgan bir xil o'lchamdagi bir nechta bloklardan iborat. Bu jami nechta blokdan iborat?

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Kulishni bilmaydigan odam-baxtsiz odam. Yig’lashni bilmaydigan odam esa ikki hissa baxtsiz!

#DaftarHoshiyasidagiBitiklar

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥59👍28
Millionlab kitobxonga ega bo‘lishga umid qilmagan yozuvchi biron satr ham yozmasligi lozim.

#Gyote

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥10
Bugun safardan qaytayotib shu kitobni nihoyasiga yetkazdim. Anchadan beri bu kabi ta’sir etgan kitob o’qimagan edim, xatto ko’zimdan yosh qalqib ketdi. Kim meni ustoz deb bilsa, har bir shogirdimga ushbu kitobni o’qishi shart deb bilaman.
👍138🔥41🥰1🤩1
Mantiqiy savol.

O'rdakning oldida ikkita o'rdak, orqasida ikkita va o'rtada bitta o'rdak bor. Jami nechta o'rdak bor?

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34🔥3🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hasanxo'ja Muhammad Sodiq dars berishga qaytdilar.

🔥Endilikda barchamiz kutgan Matematika kurslarimiz Hasanxo'ja ustozimiz boshchiligida olib boriladi.

🚀DTM yoki shu kabi imtihonlarga tayyorlargarlik ko’rayotganlar uchun ajoyib imkoniyat

📲Matematika fanini o'zlashtirish niyyatida bo'lsangiz, pastdagi link orqali ro’yxatdan o’ting!

https://forms.gle/bwidfRRDHUPzfbxr6

+998 90 819 22 22
👍28🔥16
Falastin arslonlari…
🔥119👍20🥰14
ENG ZAMONAVIY PARADOKS YOKI “TINCHLIKPARVARLAR”

Bernard Shou aytadi:
"Men Alfred Nobelning dinamit ixtiro qilganini kechirishim mumkin. Ammo Nobel mukofotini ixtiro qilganini kechira olmayman!".

Menimcha Nobel mukofoti ko‘pincha egiluvchan-cho‘ziluvchan me’yorlarga bo‘ysunadi. Menimcha eng to‘g‘ri berilgan mukofot turli ilmlar va tibbiyot sohasida berilgan mukofotlardir. Eng yolg‘oni esa tinchlik va adabiyot sohasida berilgan mukofotlardir.

Bu narsa ham albatta "Oq uy"ning va Tel-Avivdagi Isroil knessetining xohishlariga mos kelsagina bo‘lishi mumkin. Hech bo‘lmaganda bularga zid bo‘lmasligi kerak!

Agar bir yozuvchi yahudiylarning Gitler pechkalarida yondirilgani haqida roman yozsa va bu asar Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilsa, so‘ngra mubolag‘a qilingan qurbonlar sonida yozuvchi kishilarni shubhaga solsa shuning o‘zi yozuvchini Roji Garodi singari baloga giriftor bo‘lishiga kifoya qiladi.

Tinchlik borasida berilgan mukofotlarni so‘rab o‘tirma! Irgun guruhlariga boshchilik qilgan Isroilning sobiq bosh vaziri Menaxem Beginning qatliomlarini hali Falastin unutgani yo‘q. Ularning eng mashhuri Dayri Yasin qishlog‘ida bo‘lgan qatliom edi. Menaxem Begin buni o‘zining "Qo‘zg‘olon, Irgun qissasi" kitobida faxr bilan eslab o‘tgan. Shunga qaramay Begin tinchlik uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.

Xagana guruhlarining boshlig‘i Is'hoq Rabin qilgan xunrezliklarni Falastin unutgani yo‘q. Buni qutilib qolganlar emas, yahudiy tarixchisi Ilan Pappe o‘zining "Falastindagi irqiy tozalash" nomli kitobida aytib o‘tgan. Ammo Rabin shunga qaramay tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan.

Demonadagi yadro tadqiqot markaziga asos solgan va G‘azza va Qanada qonxo‘rlik qilgan Shimon Peresni barcha biladi. U ham tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti olgan.

Barak Abamani barcha biladi. U to‘kkan qonlar hali qurigani yo‘q. U ham tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan.

Qonxo‘rlar ro‘yxati tugamaydi. Ular ichida ayollar ham bor. Rohinja musulmonlarini qirg‘inbarot qilgan Birmaning bosh vazirasi ham tinchlik uchun Nobel mukofotini, fikr va e’tiqod erkinligi uchun Saxarov mukofotini, bashariyatga qilgan xizmatlari uchun Kongress medalini olgan!

Agar birov bilmasdan mushukni tepib yuborsa, so‘ngra dunyodagi o‘nta katta urushni to‘xtatsa uning mushukni tepib yuborgandagi jinoyatini bu urushlarni to‘xtatgani oqlay olmaydi. Uning Nobel mukofotini olishi muhol bo‘ladi. Ammo musulmonlar qoni yuqorida tepki yegan mushukning biqinidagi og‘riqdan ham arzon. Bizga yig‘laydigan hech kim yo‘q! Bizning o‘liklarimiz qonxo‘rlarni tinchlik uchun Nobel mukofotini olishdan to‘sa olmaydi!

Adham Sharqoviy.
👍40🔥19