Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.96K subscribers
493 photos
381 videos
9 files
737 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
#ilm

Imom G‘azzoliy Rahimahulloh aytadilar

Ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir.

💬 Telegram 📹 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33🔥12🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun SAT o’qish kerak?

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 Telegram 📷 Instagram 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26👍9🥰2🤩2
BAZAN

Hayotimda eng ko’p foydali va kerakli xulosalarni Siyrat ilmidan olganman. Saodat asrini qancha o’rganishga kirar ekanman, hozirgi muammolarga asl yechimlar kelib chiqaveradi, xuddi qaynar kosadek tugab qolmaydi.

Misol uchun ba’zi xulosalarim:

Bazan qaror to’g’ri bo’ladi, ammo uslub xato bo’ladi. Bu esa aks natijaga sabab bo’ladi. Natija: manfiy

Bazan qarorlar to’g’ri bo’ladi, ammo kech qabul qilingan bo’ladi. Bu esa ziyondan boshqa narsa emas.
Natija: manfiy

1-xulosa. Qarorni to’g’ri bo’lishini o’zi yetarli emas. U o’z vaqtida qabul qilinishi va to’g’ri uslubda bajarilishi kerak.

Xushyor bo’ling. Bu uch xislatni jamlay olishni hamma ham uddalay olmaydi. Agar uddalay olsa, demak u haqiqiy Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam sifatlariga mos lider hisoblanadi. Siyratda bunga misollar shu qadar ko’pki, e’tiborsiz qolishi ilojsizdir.

Buni ko’pchilik bilmaydi. Sababi esa Siyratdan haqiqatda yaxshi xabardor emas

Asosiy xulosa: kelajak mavhum. O’tmishga qarang, o’tmishdagilardan xulosa oling. Adashmaysiz, eng kamida adashganlar ishini qilmaysiz…
👍43🔥16🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uylanish vojib bo’ladigan payt

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 Telegram 📷 Instagram 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAT o’qitadigan odam yo’q edi

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24👍17
Qachonlardir bu masala orzu edi
😄👉🔽🔽🔽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16🥰2
Professional liga yozgi mavsumida g‘oliblar aniqlandi!

Bugun Professional liga yozgi mavsumining so‘nggi turi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Jami 12 tur natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin - Sodiq school jamoasi;
2-o‘rin - Benom jamoasi;
3-o‘rin - Espero jamoasi.

💰Kuchli uchlikni egallagan jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - 20 million so‘m;
2-o‘rin - 15 million so‘m;
3-o‘rin - 10 million so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🔥33👍14🤩4🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAT nimaligini bilmaydigan markazlar ham bor

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥11🥰3
🥳 Instagram'da 20 000 ta bo‘ldik!

🤗 Shu o'rinda bizni kuzatib borayotgan obunachilarimizga o‘z tashakkurimizni izhor etamiz.

Insha'Alloh sahifalarimizda sizga foydali bo‘ladigan suhbatlar, maslahatlar ulashishga va shu bilan birga ilmlaringizni oshirishga harakat qilamiz.

😊 E'tibor uchun rahmat!

👉 Kuzatishda davom eting

💬 Telegram 📷 Instagram 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥29👍8🤩5
Forwarded from Sodiq School
🤩 Husayn Buxoriy ustoz bilan suhbatga marhabo!

Sodiq school o’quvchilari uchun ustoz Husayn Buxoriy bilan birgalikda suhbat tashkillashtirilmoqda.

Tadbir davomida ustoz vaqtdan unumli foydalanish, vaqt qadri, ilm va boshqa mavzularda foydali ilmlar ulashadilar.

Shuningdek, ustoz va oʻquvchilar oʻrtasida savol-javob ham oʻtkaziladi.

Suhbat payshanba soat 16:00 da Sodiq School maktabimizning “Faollar zali”da boʻlib oʻtadi.

Marhamat, ilm majlisiga tashrif buyuring!

📆 7-sentabr, soat 16:00
🔥22👍14🤩1
SAMIMIYAT.

Britaniya malikasi erining eshigini taqillatganda eri: "Kim?"-debdi. Malika: "Britaniya malikasiman"-debdi. Eri eshikni ochmabdi. Malika erining maqsadini anglabdi. U uyning ichida xotinini malika emas, oddiy ayol bo‘lishini istayotgan edi.

Malika yana taqillatibdi eshikni. Ichkaridan eri: "Kim?"-debdi. Shunda malika: "Men xotiningizman"-degan ekan, eri:" Endi kiring"-debdi.

Vahba Zuhayliy.
👍83🔥22
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishlar yurmasligiga sabab

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥10🥰3
Kechagina Ustoz Husayn Buxoriydan eshitgan bir jumla meni nafaqat titratib yubordi, balki g’aflatdan uyg’otdi. Avval ham bu so’zni eshitgan edim, ammo ustozni tillaridan eshitish o’zgacha ta’sir qildi.

Bu so’zlar qalbimga shunday bositirib kirdiki, u xatto qadriyatimni bir muhim ustiniga ham aylanib qoldi.

E’tiborli bo’lib o’qing.

Foniyga bog’langan narsa foniydir, Boqiyga bog’langan narsa boqiydir…

Bu dunyo "ijara dunyosi"dir. Biz uchun abadiy berilmagan, vaqtinchadir. Qanchalar o‘zingni bu dunyoga ega deb bilmagin baribir tashlab ketasan barini.

Dunyoda yiqqan mulkning mashaqqati va so‘rovi bizniki, lazzat va manfaati farzandlarimiznikidir. Ijara pulini biz to‘laymiz.

Haqiqiy "mulk dunyosi" biz uchun oxiratdir. Uni bino qilish bugun bizning qo‘limizda. Amalimizni go‘zal qilaylik.

Yer yuzida biz bilan birga yashaydigan oddiy insonlar bor. Ularda bu foniy dunyoda mol ham, obro‘ ham, mansab ham yo‘q. Ammo...

Ularning samodagi mulklari buyukdir. Ular qilayotgan zikrlar, tasbihlar, istig‘forlar, shirin so‘zlar va ochiq yuzlar sababli ularga qasrlar bunyod etilmoqda.

Yashirin amallarni ko‘proq qilaylik. Ular tekin va osondir!
👍74🔥42🥰3
QAHVA

Qahva tarkibi bir xil bo’lishi mumkin, ammo u kim bilan ichilayotganiga qarab ta’mi o’zgarib boraveradi…

Bir latoif esga tushib qoldi.

Bir kishi aytadi:
Bir munosabat bilan mehmondorchilikda edim. Mehmonlardan biri qahva bilan xurmoni juda ko‘p istemol qildi. Men unga:
- Xurmo bilan qahvani juda ko‘p istemol qilayapsiz?!-dedim.
U:
- Bilasizmi, bobom 100 ga kirganlar, dedi.
Men so‘radim:
- U kishi ham siz kabi qahva va xurmoni ko‘p yermidilar?
u dedi:
- U kishi boshqalarning ishiga burunlarini suqmas edilar!
👍82🔥31🤩9
-Yaxshi odatlar shakllantirishda qiynalyapsizmi?

-Shaxsiyatingizni rivojlantirishda ustozlarning maslahatlari kerakmi?

-Olgan maslahat va ilmlaringizga amal qilishda muammolarga duch kelyapsizmi?

- Intizomli hayotni boshlamoqchimisiz?

💪 "Aspiration" marafoni bu borada sizga yordam bera oladi.

🕐 15 kun davomida biz bilan birga bo’ling va intizomli hayot tarzingizni yarating.

🚀 Marafon 15-sentabrdan start oladi.

📅 Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu akkauntlarga murojaat qiling:

Ayollar uchun: @azizova_mubinakhon_07

Erkaklar uchun:
@Imron_Elamonov

Ilm va amal uyg’unligiga birgalikda intilamiz!

@aspiration_marafoni
👍25🔥4🥰1
BUGUNNING GAPI

"Bu ishni sen qila olmaysan, ovora bo‘lma!", deydiganlarning aksari o‘sha ishni qilishingni istamaydiganlardir.

Harakat qilaver! Natija Allohdan ekanligiga hech shubha qilma, sen faqat sabablarni qoim qilishga mas’ulsan.

Qila olmaysan deydiganlarga bazan achinaman, ularda xuddi Firavndan bir ulush bordek tuyuladi. Hukmni davol qilishadi.

So’zlariga ehtiyot bo’lmaydigan do’stim!
Hech xayolingga kelganmi, sening bitta latif jumlang yangi bir insonni bunyod qilishi mumkinligi?!

Tarihimiz bunday misollarga to’lib yotibdi.

So’zlaringizga e’tiborli bo’ling

Bir kuni Abdulloh ibn Mas'ud roziyollohu anhu Kufada yurib borayotib bir necha yoshlarni ko‘rib qoldi. Ular aroq ichib, qo‘shiq aytib o‘tirishgan edi. Ularga Zozon ismlik bir yigit ud sozi bilan qo‘shiq aytib berayotgan edi. Zozonning ovozi juda ham shiralik edi.
Uning ovozini eshitgan Abdulloh ibn Mas'ud roziyollohu anhu:
"Qanday yaxshi ovoz! Qani endi qur'onda ishlatilsa edi!"-deb ridosini boshiga yopib o‘tib ketdi.
Zozon Abdulloh ibn Mas'udning gapini eshitib so‘radi:
- Kim u?
Unga uning Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning sahobasi ekanligi aytishdi.
Zozon udni sindirib tashladi va Abdulloh ibn Mas'udning ortidan yugurdi. Unga yetib olib uning huzurida tavba qildi. Unga shogird tushib qur'onni o‘rgandi. Ilmda imom bo‘ldi. Ko‘pgina sahobalardan hadis rivoyat qildi.

"Qanday yaxshi ovoz. Qani endi qur'onda ishlatilsa edi!".
Mehr bilan aytilgan bu jumla Zozonni xonandalikdan qur'onga ko‘chirdi. Ud chalishdan hadis yozishga o‘tkazdi. Do‘mbira va naydan fiqhga naql qildi!

So‘zlarga e'tiborsiz bo‘lmang. Ular insonni o‘zgartiradi. Butunlay boshqa insonga aylantiradi.

Imom Buxoriy rohimahulloh aytadi:
"Ishoq ibn Rohuvayh huzurida edim. U shunday deb qoldi: " Qani endi birortangiz Nabiy sallollohu alayhi va sallamning sunnatlarini muxtasar qilib jamlaganida edi!".
Bu mening yodimda qoldi va bu kitobni (al-jomi'us sahihni) jamlashni boshladim" .

Albatta imom Buxoriyning bu mo‘'tabar kitobining dunyoga kelishida ibn Rohuvayhning ham hissasi bor va ajrdan u ham nasibador deb o‘ylaymiz.

Imom Shofi'iy rohimahulloh oldin she'rga qiziqib yurgan. U Mus'ab Zubayriyning huzurida she'r o‘qigan. Uning she'ri Zubayriyga yoqqan. Imom Shofi'iyda zakiylik va fahmni ko‘rgan. So‘ngra unga shunday degan:
"Ey Shofi'iy! Fiqhni o‘rgansang qanday bo‘larkin?!".

Bu gap Shofi'iyning qalbiga tushgan. Fiqhni o‘rganishga yeng shimargan. Dunyoni ilmga, fiqhga to‘ldirgan. Zubayriy ham savobga ega bo‘lishda o‘ziga daryo ochgan.

Imom Zahabiy rohimahulloh oldin imom Barzoliyning huzurida o‘qib yurgan. Barzoliy undan bir kuni bir risola yozib berishini so‘ragan. Zahabiy risolani yozib Barzoliyga topshirgan. Zahabiyning risolasini o‘qigan Barzoliy shunday degan:
"Ey Shamsiddin Zahabiy! Yozuving muhaddislar yozuviga o‘xshar ekan!".
Bu gap Zahabiyning qalbidan joy olgan. Hadis o‘rganishga kirishgan. Jarh va ta'dil ilmida imom bo‘lgan. So‘ngra bizga "Siyaru a'lomin nubalo"ni taqdim qilgan. Albatta Barzoliyga ham bulardan nasiba boradi inshaalloh!

Xulosa
Qobiliyatlarni to‘g‘ri yo‘naltiring. Qadamlarni yo‘lning boshiga qo‘ying. Uyog‘ini o‘zlari olib ketishadi. Kimdir boshqa birovning yaxshilik yo‘liga qadam tashlashiga sabab bo‘ladi. Buning ajri qiyomatgacha uzilmaydi. Bu yaxshilikdan meva uzib boraveradi. Bunga birgina so‘zingiz sabab bo‘lishi mumkin!
👍43🔥23
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’qishga kirgan va kira olmaganlar uchun tavsiya

💬 Telegram 📷 Instagram 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37🔥12
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍16🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilm olinadigan narsa emas, ilm faqat yuqadi

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥36👍12🥰6
Biz o’zimiz xohlamagan narsalarni sotib olamiz,
O’zimizda yo’q pulga,
O’zimiz yoqtirmagan odamlarga yoqish maqsadida.

➡️ Yaqinlaringizga ham ulashing

💬 @HasankhojaBlog - sahifamizga obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥40👍18