Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.02K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Allohning uyida juda koʻpchilik oʻtirishi mumkin. Ammo Allohning huzurida faqat ayrimlargina boʻladi.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍7535🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imon yoshda emas, imon qalbda!

Kishining iymoni qachon mustahkam boʻlsa, u shunda yaxshi ishlarga, ezguliklarga harakat qilib boshlaydi.

Bizning oʻquv markazimizning oʻquvchilari ham hech kim undamasa ham, mustahkam imon ila muqaddas oyda savob ilinjida harakatga tushishgan.

😍 Bu videoni koʻrib beixtiyor "MashaAlloh" deysiz, ishonmasangiz, oʻzingiz vidoeni koʻring!

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍9132🔥5😢2👎1🥰1🤩1
😍 Ota-onalar va bolajonlarga ajoyib YANGILIK!

BOLAJON RTV
Telegram kanali endi yangi formatda oʻz faoliyatini boshladi. Ushbu kanalda:

🔹 Bola tarbiyasida ota-onalarga asqotadigan tavsiyalar;
🔹 Ijodkorlikni shakllantirish uchun topshiriqlar;
🔹 Bolalar bilishi kerak boʻlgan kundalik odoblar va duolar;
🔹 Hamda islomiy tarbiya ulashuvchi multfilmlar berib boriladi!

☺️ Farzandingiz tarbiyasiga bee'tibor boʻlmasangiz, unda bu kanal aynan siz uchun!

⤵️ Kanalga kirish uchun bosing:

👉 @RTVbolajon
👍203🔥2
Katta maqsadli yoshlar uchun katta imkoniyat

IT'ga qiziqishi bor, kelajagini shu soha bilan bog'lash niyatida yurgan barcha yoshlarni do'stimiz Temurbek aka Adhamov boshchiligidagi «Najot Ta'lim» markazi jamoasi katta formatdagi bepul ochiq darsga taklif qilmoqda.

Tadbir 8-may kuni soat 10:00 da Oʻzbekiston Milliy universiteti yonidagi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahri boshqarmasida boʻlib oʻtadi. Hoziroq ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qiling!

👉 Ochiq dars uchun roʻyxatdan oʻtish

Dasturlash sohasiga qiziquvchi barcha yoshlarga manfaatli bo'ladi, deb o'ylayman.

P. S. Aytgancha, 14-15-may va 21-22-may kunlari dasturlash, dizayn va marketing kurslari uchun kataa imtihonlar bo'ladi.

👉 Kirish imtihonlari uchun ro'yxatdan o'tish

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍16🔥5🎉1
Qadr kechasini foydali o‘tkazish uchun 25 tavsiya:

1. Qadr kechasida imkon qadar sadaqa berishni unutmang. Chunki bu kechada qilingan har bir amalning ajri ulug‘.

2. Alloh taolo sizni bu kechani ibodat bilan o‘tkazishga muvaffaq qilganiga shukrlar ayting, sizdan boshqa qancha-qancha kishilar bu baxtdan bebahra qoldi.

3. Bu kechani ibodat bilan o‘tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.

4. Barcha mo‘minlar va mo‘minalar uchun istig‘for va duoni ko‘paytiring.

5. Butun a’zolaringiz bilan Allohga yuzlaning, hattoki, aqlingiz va qalbingiz U Zotdan boshqasidan uzilsin.

6. Janjal va tortishuvlardan uzoqda bo‘ling, sizning haqqingizni poymol qilganlarni kechiring.

7. Fikringizni bir joyga qo‘yib, ibodat qiling, Qadr kechasida xayol boshqa narsalarda bo‘lib, yuz rakatni tugatib qo‘yishni foydasi yo‘q.

8. Duo va ibodatda ixlosli bo‘lish qalbingiz Allohdan boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lib rakatlarni ko‘paytirishdan muhimroq.

9. Qadr kechasida imkon boricha tahoratli bo‘lishga harakat qiling.

10. Duoingiz ijobat bo‘lishiga aniq ishoning. Chunki ijobat bo‘lishiga ishonmaslik duoning orasiga to‘siq paydo qiladi.

11. Alloh duolaringizni qabul qilib, ijobat qilishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

12. Duoda bor vujudingiz bilan yolvorib so‘rang, chunki Alloh azza va jalla yolvorib duo qilgan bandasini yaxshi ko‘radi.

13. Har bir gunohingiz uchun Alloh taologa istig‘for ayting, U Zot sizni afv qilishini so‘rang.

14. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oilalariga ko‘p salovot va salomlar ayting, sahobalarga Allohdan rozilik so‘rang (ya’ni “Roziyallohu anhu” deb aytish).

15. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib ortidan: “Allohumma innaka a’fuvvun, tuhibbul a’fva fa’fu annaa” (ya’ni: “Ey Alloh, albatta Sen gunohlarni afv qiluvchi zotsan, afv qilishni yaxshi ko‘rasan, bizlarni afv et”), duosini ko‘p ayting.

16. Alloh taolo barcha musulmonlarni do‘zaxdan ozod qilishini ko‘p so‘rang.

17. Halol rizqni oson qilib berishini va holatlarni yaxshi tomonga o‘zgartirishini so‘rab duo qilish.

18. O‘tgan ota-onalaringizning haqiga duo qilib, Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rang.

19. Duo qilganda ushbu duolarni ham aytish: “Robbanaa hab lanaa min azvajinaa va zurriyaatinaa qurrota a’yun”, (ya’ni, Ey Robbimiz, bizlarga jufti halollarimizdan, farzandalarimizdan ko‘z quvochnchlari ber).

20. Er yoki xotin bir-birining haqiga go‘zal holat, nafs va fikrning rohatini tilab duo qilishi kerak.

21. Sajda qilgan holatingizda ko‘p duo qiling. Chunki bandaning Robbisiga eng yaqin bo‘lgan holati sajda qilgan holatidir.

22. Sajdada uzoq vaqt duo qilib turing. Chunki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar: “Bellaringiz gunohlaringizdan og‘irlashib ketgan. Ularni sajdada uzoq turish bilan yengillatinglar”.

23. Bir soniyani ham zoye ketkazmang, vaqtni g‘animat biling. Chunki, ilohiy rahmat va shabbodalar bu tunda ochik bo‘ladi.

24. Qodir bo‘lganingizcha Qur’on o‘qing.

25. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish tong otgunicha davom etadi, o‘sha vaqtda farishtalar osmondan tushib, chiqib turishadi.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍7618🔥5🥰3😢3
Assalomu aleykum.

Xabaringiz bor 7-may barcha davlatlarda SAT imtihoni bo'ladi. Agarda siz SAT imtihonini Qozog'iston(Nazarbayev va Miras) yoki Qirg'iziston(O'sh) davlatida topshirayotgan bo'lsangiz, biz bilan birgalikda borib kelishni taklif etamiz. Talablar soniga qarab guruh tuziladi va birga borib kelinadi. Buning uchun quyida ko'rsatilgan akkauntga murojaat etishingiz mumkin.👇🏻

📌
@nazarovvna

(09:00 - 18:00)

📍Location:
https://goo.gl/maps/CMFdv2ZdY8gCV8naA
👍344
Ertaga oʻladigan bugun oʻlganni koʻmyapti.

Hasan Basriy rahimahulloh

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍56😢38🔥62
Assalomu Aleykum.
Hurmatli 7-mayda test topshiruvchi o'quvchilar.
Xabaringiz bor, yaqinda Qozog'iston Davlatiga siz bilan borib kelishimizni aytgan edik. Qozog'istonga chiqib kelish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:
1. Zagran Passportingiz
2. Ota-onagizdan chet davlatga chiqib kelishingiz uchun notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma (agarda 18 yoshga to'lmagan bo'lsangiz).
3. Qozog'istonga borish va qaytib kelish uchun umummiy miqdorda 500-600 ming so'm pul mablag'i.
4. 6-may, Juma kuni, biz bilan ketadigan barcha test topshiruvchilar, soat 15:00 da, bizning markazimizga kelishlari talab qilinadi.
5. Covid-19 uchun topshirilgan test javobi.
Qozog'istonga taxi orqali borib kelinadi.
Safimizga qo'shilishingiz uchun 3-maygacha ro'yhatdan o'tishingiz kerak.

To'liq ma'lumot uchun:

📌
@nazarovvna
📞:
(09:00-17:00)
📍Location:
https://goo.gl/maps/CMFdv2ZdY8gCV8naA

P.s: Biz bilan borib kelganingiz uchun sizdan hech qanday qo'shimcha haq olinmaydi. Faqatgina duolaringizda eslab qo'ysangiz kifoya)
👍287🤩2
Dunyo ishlari molning turiga qarab o'z o'lchovi bilandir.

Temir - tonnada
Meva - kilogrammda
Tillo - grammda
Olmos - karatda o'lchanadi.

Lekin oxiratning amallari esa zarralar bilan o'lchanadi :

"Bas kim zarra og'irligicha yahshilik qilsa ham ko'radi va kim zarra og'irligicha yomonlik qilsa ham ko'radi.
Allohning moli qimmat Allohning moli jannat"

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
👍6510🔥10🥰4😢4
Mendan nega aynan “Ustozlik” kasbini tanlaganimni so’rab turishadi…
To’g’risi, o’zim ham aniq sababini bilmayman, ammo bir narsa aniqki, shogirdlarimning quvontiradigan natijalarini ko’rganimda beixtiyor qalbimdan “hamd” aytaman va yuqoridagi savolga javob topganday bo’laman.
Quyidagi videoda eng yaxshi ko’rgan shogirdlarimdan birini ko’rib juda quvondim.
Menga aytmagan ham ekan, tasodifan ko’rib qoldim….
Haqqiga duo qilib qo’yinglar….

AzonTV
https://youtube.com/shorts/U06KPPoQsj0?feature=share
🔥47👍187🤩6🎉4
Yurtimiz boʻylab Ramazon hayiti namozini oʻqish vaqtlari bilan tanishing

Yaqinlaringizga ham ulashing

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
👍29🔥10🥰1
Moʻminni sevdirgan mehr muborak,
Roʻzada asqotgan sabr muborak,
Bundan-da ajoyib, bundan-da goʻzal,
Ming kundan yaxshiroq Hayit muborak!

🌙 Aziz dindoshlar, barchangizni Hayit ayyomi bilan tabriklaymiz. Oilangizga qut-baraka, ishingizga taraqqiyot, oʻzingizga mustahkam sogʻlik tilab qolamiz!


👉 @hasankhojaBlog
👍589🥰9🎉5
Forwarded from Shaxzod Ne'matulloh
Assalomu alaykum.

SaaS proektlarda ishlagan tajribali Senior yoki Strong Middle dasturchilar kerak. Frontend va Backendga.

Texnologiyalar JS, React, Nodejs va Postgresql. Ish vaqti full yoki part-time. Ish vaqti va maosh kelishiladi.

Murojaat uchun: Telegram | Instagram
👍324🥰2🎉1
Ko’p bora aytilgan, agar kasbingizni Haqiqiy mutaxassisi bo’lsangiz bas…
👍14629🥰6🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
78 kunda 90 kitob

📚 Esingizda bo'lsa biz shogirtlarimiz bilan birgalikda 90 kunda 90 kitob marafonini tashkil qilgan edik

😊 Bugun shu marafonni birinchi natijalari bilan sizlarni tanishtirmoqchiman

📚 Challange hali ham davom etmoqda ilmingizni yanada boyiting zero kitob insonning eng yaqin do'stidir

Telegram | Instagram | YouTube
👍12322🔥10🥰6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota onamga yaxshi ko'rishimni ayta olmayapman

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
24👍14😢5🥰2👎1🎉1
#tahlil
Mana Ramazonni va Hayitni ham o‘tkazib oldik. Sizlarni bilmadim—u, menda g‘alati hislar kechdi: Oldingi hayitlar boshqacha(day) edi(mi)? Fayzi boshqacha, shukuhi boshqacha. Uyimizda hayitga tayyorgarlik ancha oldin boshlanardi, katta ro‘zg‘or edik, besh aka—uka va singlimiz Zuhra. Onam har birimizni maktabga birinchi sinf uchun tayyorlaganday hayitga yasantirib tayyorlardilar. Shirinliklar pishir, uylarni saranjom qil. Hadyalar ulash, qo‘ni qo‘shnnikiga chiq, ayniqsa, yangi kelinlari bor uylarda rosa bayram qilinardi. Hayit bilan samimiy qutlanardi.
Xozir ham shu kabi ishlar bor—u, odamlarning ishtiyoqi yo‘qday. Tabriklar bir xil shablon so‘zlardan iborat. Har eshikka kirib—chiqib butun mahalladan hayitlik yig‘adigan bolalar ko‘rinmaydi. Yosh onalar onamizdek ixlos bilan mehmon kutmaydi. To‘g‘ri, dasturxonlar oldingidan to‘kin—sochinroq, ammo o‘sha damlardagi oddiylikka bekingan muhtashamlik yo‘q. Qo‘llariga xina qo‘yib sochlarini mayda o‘rgan qizchalar, dasturxon boshida chakkasiga rayhon qistirgan buvilarim yo‘q. Butun qarindoshlar jamuljam bo‘lib katta sopol tavoqlardan qo‘lda osh yeydigan damlarni esladim. Hamma xotirjamlikda kun bo‘yi bayramni bayramdek xursandchilikda o‘tkazadigan kunlarni sog‘indim.
Xozir hatto bayram kuniyam ishimiz, tashvishimiz haqida o‘ylashdan bo‘shamay qoldik. Hatto bayram kuniyam vaqtimizga chegaralar qo‘ydik. Bu chegaralarni nafaqat o‘zimiz uchun, balki, farzandlarimiz uchun ham qo‘ydik. Ular bayramda bizdek eshikma—eshik chopishmaydi, to‘p—to‘p bo‘lib yig‘gan pullarini xo‘rozqandga sarflab ko‘cha boshida qator o‘tirib yalab o‘tirishmaydi. Ularam biz kabi jiddiy, qonun qoidali muhitga moslashib qolishdi...
Hayitda davlat rahbari qo‘shimcha besh kun dam olish berdilar. Besh kun rosa hayitlayman, degandim. Keyin hammasi o‘zgarib ketdi: Ulgurmagan ishlarimni tugatib olay, dedim. O‘sha besh kungayam odatdagi kunlarning zalvori soya soldi. O‘sha besh kunam odatdagi kunlarga qorishib ketdi. Ertaga yana ish kuni. O‘ylab o‘tiribman:
Biz uchun bayram qachon endi?

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
😢85👍4310