Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.02K subscribers
493 photos
379 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Saharlik uchun uyga osh olgani bordim. Kassaga pul to'lab endi moshinaga o'tirmoqchi edim, bir yosh bola yonimga kelib, aka sizga bitta iltimosim bor deb qoldi. Uning muddaosi nima ekanligini tahmin qilganimchalik hozirda ko'p tarqalgan salbiy holatlardan biri bo'lgan, otam nogiron doriga pul kerak deb qoldi. Dastlab e'tibor bergim kelmadi, ammo uni yonimga chaqirib biroz suhbatlashdim. Ismini, yoshini, qayerda o'qishini so'radim. Suhbatimiz tahminan quyidagidek davom etdi:

- 12 yosh bo'libsan, endi katta bolasan, yolg'on gap yaxshi emas, bunday qilma. Otamga dori kerak deyapsan, otang rostan ham kasal bo'lsa ham hamma pulingni doriga ishlatmaysanku... Undan ko'ra rostini aytishga o'rgan.

- aka men yolg'on gapirmayapman, otam rostan ham nogiron, ko'p dori kerak. Man xudodan qo'rqaman!

-Unda kel, men sanga boshqa maslahat beraman, qilasanmi?

- Albatta, qilaman!

- Bu yerga nechta moshina keladi, bilasanmi?

- Yo'q, bilmayman.

- Qara, 4 ta qozonda osh qilinyapti, har biri 30 kg dan, jami 120 kg osh. 1 kg osh 10 ta odam yetadi. Demak 1200 ta odam keladi. Bitta moshinaga 4 ta odam kelsa tahminan 300 ta moshina kelishi kerak, shulardan yarmi moshinasiz keldi desak ham, kamida 150 ta moshina keladi.

- Moshinalarni manga nima aloqasi bor?

- san mana bu 40 ming ni olginda, do'kondan bitta gupka va glitsirin olgin. Ertadan har kelgan moshinani balonini egasi osh olguncha qoraytirib qo'y, ammo egasidan bu uchun pul so'rama, o'zi bersa ol. Ko'rasan o'zing kutganda ko'proq pul topasan. Boshingni egib odamlardan pul so'raganingdan ko'ra bu ishing san uchun ancha foydali bo'ladi. Ham erkaklik boshing egilmaydi. Ammo menga 2ta narsaga vada berasan, maylimi?

- qanday vada?

- Hozir seni vaziyatingda bu ish zarur, ammo bu ishni kelajakda kasb qilib olmaysan, senda xatto kattalarda ham kam uchraydigan, qatiyat va ma’suliyat bor ekan, bu sifatlaring bilan xudo xohlasa, katta joylarda ishlaysan. Bunga shubham yo'q. Ikkinchisi esa maktabda yaxshi o'qishga vada ber.

- vada beraman.

- agar vadangda tursang, insha Alloh sen uchun hammasi zo'r bo'ladi. Kel endi duo qilamiz.

Duodan so'ng, moshinaga o'tirib uyga ketdim. Ertasi kuni o'sha yerga bordim,aynan o'sha bolani kuzatgani, biroz uni topa olmadim, zimdan kutib turdim, qarasam qo'lida gupka bilan moshinalarni balonini tozalab yuribdi. Ko'rib xursand bo'ldim. Endi 2-vadasiga amal qilishida Alloh o'zi unga madodkor bo'lsin, deb haqqiga duo qilib qaytdim…
Ummat bunday mardlarga muxtoj...
👍17😢4🔥2❤‍🔥1
Umrning salmog‘i kamayaversa ko‘ngilda yaxshi amallarga xayrixohlik kuchayib, hammaning sevinchiga vasila bo‘lishni istayverasiz ekan. Azizlar, jismimiz tuproqqa qorishsada, xotiralarimiz yuraklarga ko‘milishi uchun harakat qilaveraylik, zotan biz jonimizni jahannamdan xayrli amallarimiz bilangina qutqarib qolish imkoniga egamiz...
❤‍🔥1
Agar kòchaga shaxsiy ishlar bilan chiqmasam, avtomobilimdan deyarli foydalanmayman. Tayyor taksini chaqiraman. Bir kun sinab kòrdim. Odatda uydan ishxonaga 20 minutda yetib kelar ekanman. Shu vaqt ichida 2-2,5 mingta tasbeh aytish, yoki 10 bet kitob òqish mumkin ekan, qaytishda ham shuncha miqdor. Keyin òylab kòrdim, menga qaysi bir manfaatli? 40 ming pulmi yoki 40 minut òzim uchun vaqtmi...?!
Shu yòqotgan 40 ming pul aslida yòqotish emas, yutuqdir. Vaqtimni qizģonadigan bòldim, vaqtim o'zim uchun qadrli bòlib qolgan, alhamdulillah vaqt isrofidan qochadigan bòldim.
Qadriyatingiz ustun bòlsa, pul oyoģingiz ostida qolar ekan....
👍8❤‍🔥2
Ahli kibr bo‘ladigan xatardan ko‘ra, ahli qabr bo‘ladigan qadarga rozilik berganman...
❤‍🔥1
Mamnunlik ila boshlanib mahzunlik bilan tugaydigan ishni hikmat, aksi bo‘lsa, ne'mat bildim...
❤‍🔥1
Uyga qaytayotib yòlda iftorlikka non olish uchun tòxtadim. 4+2 ta non oldim.
Qarasam nariroqda qulupnay ham sotayotgan ekan. Sotuvchi bilan suhbatimiz quyidagidek bòldi:
- Assalomu alaykum, qulupnay narhi qancha bolayapti?

- kilogrami 30 ming.

- mazasi qanday chiqayapti?

-aka olavering, shirin chiqayapti

-ròzadormisiz?

-ha, albatta!

- unda, siz shirinligini qayerdan bildingiz?

- Hmmm....

- mayli anavi kichik idishdagisini bering, òshani olaman

- mayli aka unisiga 25 ming bera qoling.

-idishdagi 1 kg chiqadimi?

- bilmasam.

- unda qanday narhlayapsiz?

- sizga baribir arzonga tushadi.

- mayli taroziga qòying qancha chiqsa òshancha taòlayman, hijolatsiz boladi. Haqqimiz ozimiz bilan qoladi.

Elekrtron taroziga qòyib tortgan edi 21300 somlik chiqdi. Hijolat bòlib mayli aka 20 ming bera qoling

Aybini tushunganini sezgacha ortiqcha gap qilmadim

- unda yana alohida idishga 20 mingli tortib bering.

-kòproq bolsa ham maylimi?

-yòq, 20 mingdan oshmasin.

- aka 23,5 mingli bòlibdi, jami 45 ming bòldi

- qanday?

- boyagi 21,5 ming, bunisi 23,5 ming

- siz boyagini 20 mingga bermadingizmi?

- ha, berdim.

- unda nega yana 21, 5 ming hisoblayapsiz....

Jim qoldi.

Shunda men

Qarang, sizga aytgan pulingizni beraman, ammo aytganlarimni ketganimdan sòng bir òylab kòring, iltimos.

- birinchisi, òzingiz aniq bilmagan narsaga guvohlik bermang, shirin ekanligi haqidagi suhbatni eslang

- savdoda yolģon ishlatmang, baraka bolmaydi, oxir oqìbat topganlariz ziyoningizga ishlaydi.

- savdolashgan narsangizni yana qayta savdolashmang, 20 ming dedingizmi ortiģini qayta yana hisoblamang. Bu joiz emas. Keyin sizdan qancha tortib berishini sòrasa, òshancha qilib bering.

- sizga salom berishsa albatta, alik oling. Bee'tibor qoldirib gunohkor bòlmang.


Sotuvchi kòzimga qaragancha jim turib qoldi. Men esa 45 ming berdim va ortimga qarab ketdim.
👍86🔥3😢3❤‍🔥1
Gohida bitta g‘aflat g‘animatlarimizni yo‘qotib qo‘yish uchun yetadi... Atrofingizdagilardan xabardor bo‘lib turing, ulashilgan mehringiz kimgadir hayot berar, sizga esa oxiratda darajot bersin...Bugun qadrdonlarni yo‘qlaydigan kun,...ertaga qoldirmang balki fursat bo‘lmas, balki ular...
❤‍🔥2👍1
Qur'onda Matematika

“Nahl” surasidagi hayratli matematik hisoblar...
Qur'onning 16- surasi “Nahl” bo‘lib, u 128ta oyatdan tashkil topgan.
Bu sura singdirilgan ayrim mo‘'jizakor sonlar xususida so‘z:
1. Erkak arilarda xromosoma miqdori 16ta ekan, ajabo, Qur'ondagi ari ma'nosini anglatuvchi sura ham 16- raqam ostida kelgan.
2. Butun Qur'onda Nahl- ari so‘zi bir martagina eslatiladi. Bu o‘sha suraning 68- oyatida. Oyatdagi so‘zlar miqdori 13ta. Agar biz oyat va so‘zlar miqdorini ko‘paytirsak, 884 kelib chiqadi(68*13=884) Suraning boshlanishidan to 68- oyatdagi Nahl so‘zigacha 884ta so‘z kelganiga nima deysiz!!! Ajabo!
3. Qur'onda 16- oyati bor suralar soni 85ta ekan, ulardagi jami so‘zlar miqdori esa 884ga tengligi tasodif emasdir...
4. 68- oyati bor suralarning umumiy miqdori 13ta ekan, bu sonlarning ko‘paytmasi ham 884ga teng bo‘ladi(13*68=884)
5. Sura raqami 16, buni bir barobardan oshirib borib 128ni hosil qilishimiz mumkin: 16,32, 48,...80,96,112,128...Ushbu oyatlarda ishlatilgan (ya'ni har 16- oyatda) so‘zlar miqdori esa 119ga teng. Nahl so‘zining abjad hisobi 119ga teng
6. 5- punktdagi son(119) e'tiboringizda tursin! Qur'onning birinchi porasidan har 16talikda raqamlangan suralar miqdori to “Nahl”ning 128- oyatigacha 119tani tashkil etar ekan.
7. 2chi va 6- punktlardan foydalangan holda ba'zi kombinatsiyalarni ko‘rib chiqsak:
Demak, 16- oyati bor suralar soni 85ta, 16 va 85ning ko‘paytmasi 1360 (16*85=1360)
Yuqoridagi oyatlarning so‘z miqdorini 884 deb olgandik, 884ga 1360ni qo‘shsak, 2244 hosil bo‘ladi.
“Nahl” surasidagi jamiki so‘zlar 1844ta, biz bunga sura raqami(16)ni qo‘shsak, 1860 hosil bo‘ladi. 1860ni tepada keltirib chiqargan 2244ga qo‘shsak, 4104 paydo bo‘ladi. Xo‘sh, bu raqam nimani anglatadi?
A variant: 4104=19*216 Bilamizki, 216= 6*6*6 arilarning uyasi 6 burchakli katakchalardan iborat, 6 shunga ishoradir...
B variant: “Nahl” so‘zi ishlatilgan butun Qur'onimizdagi 68- oyatning abjad raqam hisobi esa 4104ga teng ekan...
Xullas, shunaqa gaplar...
😢5👍3❤‍🔥1🔥1
Biz kechirish kerak bo‘lgan joyda kechishni o‘rgandik...
❤‍🔥1
2018-yil.
Tashkent City qurilishi munosabati bilan Markazimiz buzilib, boshqa sal noqulayroq joyga kòchishga majbur bòldik. Aslida eski markazimizdan uzoq emas, ammo transport kamqatnov joyda edi.
Barcha òquvchilarimni tòplab vaziyatni tushuntirdim. Ular ham tushunishdi. Menga tòlaydigan pulingizdan shu qòshincha yòlkiraga tòlayotgan pulingizni olib qolasizlar deb aytdim.
Kunlarning birida bir òquvchim menda gapi borligini aytib, chetga oldi. Eshitdim. Keyingi darsdan kela olmasligini aytib qòymoqchi ekan. Sababni sòrasam bir narsalarni bahona qilgandek bòldi, ammo kòzi òqishni xohlab turganini bildirar edi. Aniq sababini aytishga majbur qildim. Yorildi. Yangi joyga kelish unga qimmatga tushib uydagilari sal qiynab qòyyayotganini aytdi.
Seni eshitdim, endi meni eshit, san kurslarni oxirigacha oborasan, shu yerda yonimda tugatasan, òqish pulini esa umuman olmayman, shu pulni yòl kiranga va boshqa ehtiyojlaringa ishlatasan dedim. U kònmadi, ammo Ustozlik mavqeyimdan foydalanib zòrģa kòndirdim. Òqishni davom ettirdi....
Barcha òquvchim imtihon topshirdi...
Hammasi òqishga kirdi.
Haligi bola òz yònalishida institutga 1-òrinda, grantga òqishga kirdi. Yonimga kelib, "Ustoz, yaxshi ham òsh payt mani olib qolgan ekansiz, ming rahmat òsha kunga", deb aytdi.
Ichimdan xursand bòldim, ammo bildirmadim...
Shu yildagi bolalarni boshqacha yaxshi kòraman, shuning uchun ham haligacha hammasi bilan har oyda yiģilishib turamiz....

Bunday voqealar har yili ham sodir bòlib turadi, ammo sal ssenariy boshqacharoq. Bu haqida keyingi safar batafsil yozib boraman..
👍4❤‍🔥2🔥2
Baxt axtarganlar uni topdimi yo‘qmi bilmadim, ammo tarqatganlar, shubhasizki, unga yetishdi...
❤‍🔥1🔥1
Muhammad Sodiq 5 yosh edi. Birga aylanib bòlgach uyga qaytayotganimizda:" ada chanqadim suv obering", deb qoldi. Yòl bòyidagi katta dòkonga kirdik. Shokolad otdelida turib 1-2 ta shirinlik tanlayapti, men esa kuzarib turibman. Shu payt yonimizdan Muhammad Sodiq qatori bòlgan bir bola bilan kamsiqimgina kiyingan otasi òtib qoldi. Òģli adasiga qarab:
- Ada bitta kinder obering, iltimos, oberaman degandizku.
Otasi:
- òģlim keyingi safar olib beray, hozir singlingga kasha olishimiz kerak, pulim bittasiga yetar ekan.
Òģliga bu gap yoqmagan bolsa ham "xòp, mayli" deb qòydi. Ular kasha tomonga òtib ketishdi.
Men kassaga borib kassir qizga, hozir anavi kishi (kòzim bilan imlab) bitta kasha kòtarib keladi. Siz bugun dòkonimizda aksiya ketayapti, bitta kasha olsangiz, ikkinchisi bepul berilyapti deb ayting, yetmaganiga men tòlayman, deb òģlimni oldiga ketdim. Muhammad Sodiq 3 ta shokolad va 2 ta detskiy sharbatdan olgan ekan, Biz ham kassaga bordik. Haligi kishini ortida navbatda turdik. Kassir qiz aksiya haqida aytganida xursand bo'lib ketdi. Singlim:"2-kashani o'rniga pampers olsam bo'ladimi?" deb so'rab qoldi, Kassir qiz esa darrov menga qaradi, men esa ko'zim bilan "ha" deganday ishora qildim. Qiz ham "ha bemalol", deb aytdi. Haligi kishi borib bitta pochka pampers olib keldi. U pulini berdi va ko'chaga chiqib ketdi. Navbat bizga keldi. Men ham to'lovni amalga oshirib o'g'lim bilan ko'chaga chiqdik. Keyin Muhammad Sodiqga:
- O'g'lim qara, san 3 ta shokolad olibsan, anu bola esa yo'q. Nima deb o'ylisan, nima qilsak zo'r ish bo'ladi?

- Ada man bitta shokoladimni unga bersam maylimi?

- Albatta, shokoladlar seniki nima xohlasang o'shani qil. Agar bermoqchi bo'lsang qo'lingdagi kinderni bergin. Agar olmayman desa, Buni men emas Alloh berdi deb ayt

U shu gapimni eshitib yugurib ketdi. Haligi bolaga qo'lidagi kinderni va bitta suvini ham berdi. Men esa kuzatishda davom etdim. Keyin yugurib oldimga xursand bo'lib qaytdi. O'sha bolaning otasi menga qarab "Rahmat" deganday qo'lini ko'ksiga qo'yib sal egilib qo'ydi. Hamma o'z yo'lida davom etdi. O'g'lim juda ham xursand edi, bu ko'zidan sezilib turardi. Yo'lda: "O'g'lim bugun zo'r ish qilding, Bu ishdan halagi bola ham, men ham , eng muhimi Alloh ham xursand bo'ldi. Shu doim esingda qolsin. Doim Allohni xursand qiladigan ishlarni qilgin. Shunda doim yutasan. Endi bu ishingdan keyin Alloh seni ham xursand qilsa kerak" deb aytdim. Uyga bordik. Unga anchadan beri olib bering deb aytayotgan o'yinchog'ini olib qo'ygan, ammo o'ziga hali aytmagan edim. Uyda biroz chalg'igach, so'ragan o'yinchog'ini oldim va ko'chadan kirganday bo'lib, o'g'limga qarab:
"O'g'lim qara bu nima?" deb qo'limdagini ko'rsatdim. U juda xursand bo'lib ketdi, chunki anchadan beri shu o'yinchog'ini kutayotgan edi.
- Ada buni qachon oldingiz?
- Buni men olmadim, buni senga Alloh berib yuboribdi, U sendan xursand bo'libdi...

O'g'lim shu gapni eshitib o'ylanib qoldi.


O'sha paytdagi o'glimning ko'zidagi quvonchi hali ham ko'zimni oldida turadi....
❤‍🔥3👍3
Robbim, tingla soʼzimni,
Dilim iymonga toʼlsin.
Duo qildim oʼzimni:
Joyim jannatda boʼlsin.

Irshod yoʼlidan yursam,
Yuzimni Haqqa bursam,
Oʼlgach yana tirilsam,
Joyim jannatda boʼlsin.

Аrigʼida suv zilol,
Neʼmatning bari halol.
Qoʼymaydi oʼsha xayol...
Joyim jannatda boʼlsin.

Koʼshklar qursam Rizvonga,
Kelsa Rasul mehmonga.
Yetish uchun Rahmonga,
Joyim jannatda boʼlsin.

Tishi sadaf, durlardan,
Oʼzi mushku nurlardan.
Doʼst topaman hurlardan,
Joyim jannatda boʼlsin.

Yetmish libos- kimxoblar,
Kiyib jami ashoblar,
Jam boʼlganda sahoblar,
Joyim jannatda boʼlsin.

Dunyo-sinovli safar,
Kerak emas siymu zar.
“Qulimsan” desang agar,
Joyim jannatda boʼlsin.

Hurlar aro yuraman,
Muhammad(s.a.v)ni koʼraman,
Balki qoʼshni boʼlaman,
Joyim jannatda boʼlsin.

Oʼlimga yetsa navbat,
Аzroil qilsin shafqat,
Xushsurat kelsin faqat,
Joyim jannatda boʼlsin.

Аvval hidiga toʼyay,
Mahriga dunyo tutay,
Sirotdan toymay oʼtay,
Joyim jannatda boʼlsin.

Boʼyim oltmish ziroda,
Kaftim doim duoda,
Musofirman dunyoda,
Joyim jannatda boʼlsin.

Duo qildim oʼzimni:
Joyim jannatda boʼlsin.
❤‍🔥1
Har darz ketgan munosabatdan bir dars oldim.
👍2❤‍🔥1
Yaxshi rafiqa tongda ishga yo nonushtaga emas, bomdodga uyg‘otganidir...
👍6❤‍🔥2
#farzandimga

Izzat istasang seni sevganlar, xizmat istasang sen sevganlar davrasida bo‘l!
❤‍🔥1👍1
Abu Sa'iyd roziyallohu anhu:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirgan edilar, birdan ansorlardan Abu Umoma deb ataladigan kishini ko‘rib qoldilar. Shunda u zot:
«Ey Abu Umoma! Masjidda namoz vaqtidan boshqa vaqtda o‘tirganingni ko‘ryapmanmi?» dedilar.
«Meni g‘amlar va qarzlar bosdi, ey Allohning Rasuli!», dedi.
«Senga agar aytsang, Alloh g‘amlaringni ketkazadigan va qarzlaringni uzadigan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi?» dedilar.
«Ha, ey Allohning Rasuli!» dedi.
«Tong ottirsang va kech kirtirsang «Allohumma! Innii a'uuzu bika minal hammi val hazani va a'uuzu bika minal ajzi val kasali va a'uuzu bika minal jubni val buxli va a'uuzu bika min g‘olabatid-dayni va qohrir rijali» degin», dedilar.
O‘shandoq qilgan edim, Alloh g‘amlarimni ketkazdi va qarzlarimni uzdi».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Sharh: Duoning ma'nosi: «Allohim! Sendan g‘am bosishidan, mahzunlikdan panoh so‘rayman. Ojizlikdan, dangasalikdan panoh so‘rayman. Qo‘rqoqlikdan, baxillikdan panoh so‘rayman. Qarzga botishdan va odamlarning g‘olib kelishidan panoh so‘rayman».
Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan ertalab va kechqurun o‘qib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.
Hadis va Hayot , 35-juz
❤‍🔥3👍1
Ayollar shunday ajabtovur hilqatki, ba'zisi butun suhbatingdan bitta so‘zingni tushunmaydi, ba'zisi esa bitta sukutingdan butun so‘zingni anglaydi...
❤‍🔥2👍2🔥1
Uyga qaytayotib ukamga telefon qildim. Choyxonada ekan. Tahminan yarim soatlarda uyga borishini aytdi.
Yòl-yòlakay uyimiz oldidagi korzinkaga kirdim. Uydan shu dòkongacha piyoda yursa 300 metrlik masofa. Ammo bu safar bozorlikni sal kòproq qilganim tufayli yuklarim oģirlashib ketdi. Ukamga yana telefon qildim, unga qayerdaligim haqida indamadim, faqatgina qayerdaligini sòradim. U òrtoģi bilan bir joyga ketayotganini aytdi. Kassaga pul tòlab bolgach, endi taksi tutsam kerak deb kòchaga chiqishimga ukamning mashinasi turibdi. Avval nomerini tekshirdim. Òsha, borib salonini ham tekshirib ishonchim komil bòldi. Ukam hazillashyapti shekili deb dòkonga qaytib kirdim, uni topa olmadim. Òziga telefon qildim.
-Qayerdasan?
-Òrtoģim bilan ketayapman
-Moshinang korzinkani oldida nima qilayapti?
-Hozir òsha yerga qòydim. Òrtoģim bilan 2 ta moshinani ovora qilmaslik maqsadida, bittasini òsha yerda qoldirdik.
-nega moshinangni qulflamading?
-bilmadim, qulflagan edim, yopilmabdi shekili.
-ok, man haydab ketaman, uydan ovolarsan
-xòp

Allohning qadarini qarangki, moshinani oyoģimning tagigia keltirib qòydi. Tahminan 100 dan ortiq moshinalar joylashtirish mumkin bòlgan joydan, aynan mening kòzim tushadigan joyga qoldirgani tasodif deb òylaysizmi?
Yoki moshinani qulflamay ketib qolishichi?
Aslo unday emas. Agar Alloh xohlasa òz bandasini malollantirmay mushkulini hal qilib qòyadi. Bunday holatlar hayotimizda kòp sodir bòladi, ammo e'tiborsizligimiz tufayli sezmay qolamiz. Shu fikrlar hayolimga keldiyu, SubhanAlloh deb qòydim....
👍13❤‍🔥3🔥2
#kun_duosi

عن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: من قال: رَضِيتُ بِاللهِ رَبًّا وَبِالإِسْلاَمِ دِينًا وَبِمُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ رَسُولاً وجبت له الجنة

Аbu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: «Rodiytu billahi robban va bil islami diynan va bimuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosula», desa, unga jannat vojib boʼladi», dedilar. Аbu Dovud rivoyat qilgan. Maʼnosi: Аllohni rabbim deb, Islomni dinim deb, Muhammad alayhissalomni rasul deb rozi boʼldim

P.s. Ushbu hadisdan bu duoni oʼqib farzlarni ado qilmasa ham jannat vojib boʼladi degan xayolga bormaslik kerak
❤‍🔥2
Shu kunlarda Falastinda bo'layotgan voqealarga:

Qur’onda o‘zgarmas azaliy hukm,
Bo‘lmagay yahudlar bizga aslo do‘st.
Jonim ming bo‘lakka bo‘lindi bugun,
Yana bir fitnaning qurboni Quddus.
Yaxshiyam, yer chidar, ketmas yorilib,
Qiyomat tuyular juda olisda.
Biz hali yuribmiz xayollar surib,
Nimalar bo‘lmoqda Baytul Maqdisda.
O‘yladim, bo‘lsalar Sarvari Olam,
Muslimlar ilkidan ketmasdi zafar.
Masjidul Haromdan Aqso tomonga
Shu on qilardilar yana bir safar.
O‘zlari bosh bo‘lib ushbu savdoning
Yechimin topsalar bo‘lar edi soz.
Necha payg‘ambarlar Isro tunidek,
Bu tarqoq ummatla o‘qisa namoz.
Biz qachon tosh otdik g‘ayridinlarga,
Sindirgan emasdik birorta xochni.
Masjidul Aqso bilan bir vaqtda
Boy berib qo‘ydikmi nahot Me’rojni?!
“Mudofa etamiz o‘zimiz uni”
Qur’on kafil bo‘lgan ushbu so‘zlarga.
Ka’bani holimiz bilgani uchun
Alloh ishonmagan ekan bizlarga!...
Yuragim Aqsodek omonat bugun...
❤‍🔥1