Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.99K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
#Shogirdlarimga_tavsiya

"Bu dunyoda Jannatlarda ham yo‘q bir lazzat bormi?"- deb so‘rasalar, hech ikkilanmay: "Ha bor, u ILM LAZZATI" deb aytgan bo‘lardim...

Nega deganda, ILM ibodat, Jannatda esa ibodat qilish yo‘q, faqat rohat-farog‘at...

Ilm olish va berish lazzatining o‘rnini hech bir lazzat bosa olmasligini ilm yo‘lida chindan riyozat chekkanlargina yaxshi bilishadi...

Mashaqqati lazzat bo‘lgan ibodatdir ILM...

Bu hammaga ham nasib etmagan baxt-saodatdir...

Agar Sizga bu ne'mat nasib etgan bo‘lsa, bilingki Siz dunyodagi eng boy kishilardansiz, garchi faqirona hayot kechirayotgan bo‘lsangiz ham, garchi hisob raqamingizda millionlaringiz bo‘lmasa ham, garchi dunyo tanigan va nomi chiqqan mashxur kishi bo‘lmasangiz ham, qimmatbaho markabingiz yoki biror mansabingiz bo‘lmasa ham, garchi kiyimlaringiz uniqqan, uylaringiz nuragan bo‘lsa ham...

Siz dunyodagi eng baxtiyor odamsiz! Chunki Siz ilm olish yo‘liga chiqqan kuningizdan boshlab Jannatga tomon yo‘lingiz osonlashdi, ilm tufayli Robbingizni tanidingiz, Unga yaqinlashdingiz, Sizni osmon ahli taniydi, farishtalar oyoqlaringiz ostiga qanotlarini yozadilar, Yer-u osmondagi zotlar haqqingizga istig‘for aytadilar, Oxiratdagi hisobingiz esa ajrlarga to‘lib bormoqda.
Aynan Siz uchun Jannatlarda dur-u yoqutlardan qasrlar barpo bo‘lmoqda, sundus va istabroqlardan bo‘lgan liboslaringiz, oltin markablaringiz, xuru-g‘ilmonlar Sizga mushtoq, muntazir...

Faqat Siz to‘xtamang! Aslo!

Bu nurli yo‘ldan og‘ishmay manzil tomon oshiqavering! Qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, oxir-oqibat dunyo va oxirat saodati Sizniki bo‘lishiga ishoning!...

ALLOH Sizdan rozi bo‘lsin, EY TOLIBI ILM!

Hasankhoja Muhammad Sodiq
👍10719❤‍🔥1👎1🔥1
#Farzandimga_nasihat

Jamiyatdan ayrilsang ham, jamoatdan ayrilma!!!
👍32🔥83❤‍🔥1
#tavsiya

Bir a'robiydan: “Robbingga chiroyli qilib duo qila olasanmi?” – deb so‘rashdi. “Ha”, degan edi, “Unda duo qil”, deyishdi. A'robiy: “Allohim, Sen bizga so‘ramasak ham Islomni berding. Endi Sendan so‘rab turganimizda bizni Jannatdan mahrum qilma!” – dedi.
Bundan go‘zal duoni eshitganmisiz?!
👍45🔥116❤‍🔥1
#qalb

Yetti yildan beri taroveh namozini mahallamizdagi masjidda òqib kelaman. Bu yili ham shu yerda òqiyman deb niyat qilib qòygandim. Nimadur bòlib ishdan kechroq chiqib qoldim. Odatda tahoratda yurganim bois, tòģri masjidga yòl oldim.
Namoz vaqtiga zòrģa yetib oldim. Yòlda oldingi safda qaniydi joy bòlsa degan hayol òtdi, chunki doimo avvalgi qatorlarda òqishga harkat qilganman.
Bu safar hech bòlmasa ulgura olganimga shukur qilib eng orqa safda òqisam ham mayli deb masjid eshigidan kirishim bilanoq iqomat aytib qolindi. Bir kishi menga ishora qilib yoniga chaqirdi, tezroq bòl bitta joy bor deb ishora qildi. Men ham shoshgancha òsha tomonga yurdim.
Allohning qudratiga tasbeh aytib qòydim...
Sababi, aynan men hayolimdan òtkazgan joyning òzi edi, naq imomning orqasida, birinchi safda.

Taroveh namozlarida jamoat kòp bòlishini va aynan ushbu saf avval tòlishini inobatga olsak, bu juda nodir holat edi...

Tòģrisi , ajablanmadim, chunki qalb Allohning huzurida ekanligiga iymonim bor.

Yodimdan òtgani esa, Oli Imron surasining 13-oyati bõldi:
"Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordur" bòldi.

Aytmoqchi bòlganim, Allohga bòlgan gumoningizni poklang, chunki U sizning gumoningizdadir, qalbingizdadir...

Salomat bòling!

Hasankhoja Muhammad Sodiq
👍4610❤‍🔥1
#Eslatma

Farzandlarining kundaligida yomon baho ko'rgan har qanday ota- ona g'azablanadi. O'zimizning kundaligimiz bo'lgan Nomai amallar yuqoriga, Alloh huzuriga ko'tarilganda nima qilarkanmiz....
👍143🔥3❤‍🔥2😢2
#Bugun_kozimga_yosh_keldi

Juma ajib kun.

Umrim davomida 2 bor JUMA kunini o'zgacha intiqlik bilan kutganman.
Biri, Sarvari olam Habibimizning muqaddas masjidlarida JUMA namozini o'qish. O'sha payt nimalarni his qilganman, tarifga so'z ojiz.

Ammo men uchun undan ham muhimroq bo'lgan JUMA bugun edi. Bu qanday JUMA bo'ldiki, xatto Masjidul Nabaviydagi JUMA namozidan ham afzal ko'rsam?

Bugun, ikki o'quvchim ilk bor, JUMA ga chiqishdi, aniqrog'i bu ularning ILK NAMOZLARI, Allohga qilgan ILK SAJDALARINI ado etishdi.
Allohning azaliy va abadiy ekanliginu rad qilishdan qaytib, unga iymon keltirgan ILK KUNLARI edi.

Muqaddas OYning Muqaddas kunida.
Qanday go'zal muqaddima...

To'g'risi ,anchadan beri ko'zimga yosh kelmagan edi, ammo bugun...

Alloh iymonlarini o'z dargohida qabul qilsin, o'zi ushbu yo'lda ularni sobitqadam qilsin, xalqqa, ummatga foyda tegadigan mo'minlardan bo'lishsin.

P.s. Dars jarayonida shogirtlarimga odatda faqat dars o'tmayman, mavzuga oid qiziq ma'lumotlar, hayotiy muhim prinsiplar, latifalar, ibratli hikoyalar, muhim tarixiy voqealar va samimiy maslahatlar berib borishga harakat qilaman.

Dars tugagach ikkisi yonimga kelib; "Sizni hurmat qilamiz, bizga yomonlikni ravo ko'rmasligingizni ham bilamiz, sizga havas qilamiz, shuning uchun biz shu qarorga keldik" - , deb aytib qolishdi.
Rosti, o'zimni boshqacha his qildim.

Hali ham shu eyfariyadaman....

Sizlarga ham ilindim.

"Diningizni gapirmang, diningizni ko'rsating" shiorining naqadar muhim ekanligini yanada ko'proq his eta boshladim...

18-Ramazon, 1442-hijriy yil.

Salomat bõling!

Hurmat ila,
Hasankoja Muhammad Sodiq
👍17🔥63😢2❤‍🔥1
Odamlar qani deyishsa, boshqalarning gʼamiga sheriklik, sevinchiga egalik qilaoladiganlarni koʼrsataman...Haqiqiy moʼminlik oʼshalarda...
❤‍🔥1
Siz shu kungacha qaysi nuqtalarda qoqildingiz, qaysi xatolarga yoʼl qoʼydingiz, barini ibrat oʼlaroq eslang, ammo mahzunlanmang, Аllohning lutfidan umidsizlanmang, hali hammasi tugamay turib, xulosa yasamang... Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Аbu Sufyon ibn Xaris jannat yigitlarining sayyididir" deganlar, vaholangki, Аbu Sufyon roziyallohu anhu umrlaring yigirma yilini Islomga, Rasuliga adovat bilan oʼtkazgan edilar. Taqdirlarning, amallarning, niyatlarning oʼzgarishi hammasini oʼzgartirib yuborishi mumkin, biz yoʼlning oxirini koʼrmay, manzilga yetmay kitob qanday yopilishini bilmaymiz. Siz xulosaga shoshilmang, hammasi yaxshi boʼladi, Аllohning rahmati keng...
👍5🔥5❤‍🔥1
Кечиккан имкон қаҳва ичилгач берилган шакарга ўхшайди...
❤‍🔥1
Na istak, na orzu, na hoyu havas,
Dunyoga zigʼircha ketmasin hushim.
Robbim, yolvoraman Sendan iltimos,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Qaysidir pastkashning ostonasida,
Yuzimga yopilgan darvozasida,
Jonimni hovuchlab oʼt orasida,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Mol—davlat demayman, sinoat bergin,
Bir burda nonga ham qanoat bergin.
Qiyomat kunida shafoat bergin,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Sinovlar kelsada, goʼzal sabr ber,
Oʼsha sabrlarga biroz ajr ber.
Qulingman, illo Sen shohdek qadr ber,
Mening hech birovga tushmasin ishim.

Faqirlik bersang—da, koʼnglimni toʼq qil,
Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil.
Sen qudrat sohibi, men koʼzi soʼqir
Аmmo hech birovga tushmasin ishim.

Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil,
Oʼzingdan oʼzgaga tushmasin ishim...
👍6❤‍🔥1🔥1💯1
Ey, nafsim, har rohatning ortida bir mashaqqat bor, boq, yoshlikning orti qariliq, quvvatning orti zaiflik, hayotning orti oʼlimga jipsdir. Faqat sabrning boshi mashaqqat adogʼi rohatligini unutma...
👍3❤‍🔥1