Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.03K subscribers
493 photos
376 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Dunyoda shu darajada ko'p ko'riladigan kino, o'qiladigan kitob, sayohat qilinadigan yer bor-ki, odam hayoti davomida ba'zilarini qilolmasligi sabab hafa bo'ladi...

Rimliklar bu holatni "Ars longa, vita brevis" deb nomlashgan. Sa'nat uzun - hayot qisqa degani.

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
👍62🔥14🤩52🎉2👎1
Admission for new SAT COURSES is open.
It is for those taking exam in March and May

- Reading (Abdul Aziyz Baxtiyor)
- Writing (Khafizulloh )
- Math (Hasankhoja Muhammad Sodiq and Muhammad Diyor)

Days: Everyday (including Sundays😎)
Duration: 2 hours
Venue: here📍

Contact: 94 695-75-75 @hasankhoja

P.S: 20 places are available
👍44🔥18🤩3🎉21👎1
Yaponiyaning bunchalik tez rivojlanishiga faqat ta'lim sabab bo'lgan

Ikkinchi jahon urushida eng katta zarar va yo'qotishlar bilan chiqqan yapon xalqining hozirda Top 7 davlatlar qatoridan joy olishiga birdan-bir sabab ta'lim va unga kerakli paytda qilingan investitsiya bo'lgan.

Men shogirdlarimiz va yoshlarimizdan ayni paytda ilm, kasb o'rganishlarini, bu uchun o'z vaqtida sarmoya qilishlarini so'rab qolardim.

Najot Ta'lim markazi ham shunday insonlarga yordam berishni xohlaydi. Markazda dasturlash kurslari uchun Foundation bosqichi va kirish imtihoni joriy qilingan. Imtihonlar orqali olishlarining sababi, sohaga oz bo'lsa-da potensiali bor va maqsadlari aniq bo'lgan insonlarga ta'lim berish.

Foundation imtihoni haqida jamoa a'zolari kreativ yonashuvda video-rolik ishlashibdi. Videodan barcha savollarga javob olsa bo'ladi.

23-yanvar kuni esa, ushbu bosqich uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tar ekan. Kelajakda dasturlash sohasi orqali jamiyat rivojiga hissa qo'shaman, degan insonlarning bu imtihonlarda qatnashishlarini maslahat beraman.

👉 Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

@hasankhojaBlog
👍22🔥6
Inson - Allohning yerdagi xalifasi, oliy va qudratli mavjudot, Alloh insonni o‘z fazilatlari bilan siylagan. Inson har narsadan yuksak. Laganbardorlik, xushomadgo‘ylik asl insonning ishi emas!

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍46🔥2510🎉3
Ey, nafsim, har rohatning ortida bir mashaqqat bor, boq, yoshlikning orti qariliq, quvvatning orti zaiflik, hayotning orti oʼlimga jipsdir. Faqat sabrning boshi mashaqqat adogʼi rohatligini unutma...

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍88🔥217
• Uy, mashina va oliy ma'lumot - mashhurlik va martabaning eskirgan ramzlari.

• Bugungi taniqlilikning ramzi - bu: vaqt, makon va moliyaviy erkinlikdir!

• Erkinlik va sog'lomlik - muvaffaqiyatning yangi ifodasi hisoblanadi.

• O'z erkingizni o'zgalar qo'liga topshirib qo'ymang!

• Kelajagingiz uchun bugundan aniq maqsad ila qaror qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
👍44🔥182
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchi bo'lish niyatim ham bo'lmagan. Misol yechishdan shunchaki rohatlanganman.

Ko'pchilik zamonaviy kasblarni o'rganish uchun biror fanni o'qish shart emas, kursga borasan, o'qiysan va pul topib ketaverasan, deb o'ylashadi.

Aslida ham shunday emasmi?! Universitetga tayyorlangandek yillab qaysidir fanlarni o'qish shart emas.

Lekin oxiri kim muvaffaqiyatga erishadi? Misol uchun arxitektura kursini boshlagan bir guruh o'quvchilarning barchasi muvaffaqiyatga erishadimi?

Yo'q, albatta. O'sha sohaning mutaxassisi bo'lish uchun o'tmishdagi mehnatlar kerak. Bu kasb atrofidagi fanlarni o'zlashtirgan bo'lishlik lozim.

Xuddi shuning misoli sifatida "Hammasi Najot Ta'lim boshlanadi" loyihasining yangi mehmonini ko'rish mumkin.

Bu yigitning ham maktab chog'idagi qiziqishi va mehnati kelajakdagi imkoniyatlarning qo'lidan tutishiga sababchi bo'libdi.

O'zi sevgan sohani qidirib yurgan barchaga ko'rishni tavsiya qilaman. Suhbat premyerasi bugun soat 20:00 da boshlanadi: https://youtu.be/4mEL5-CP3LI
👍33🔥53
"Ota-onam duolarini olishga ishqibozman..."

Inson zoti borki, duo olishga intilib yashaydi, agar u solih inson bo'lsa. Duolar ichida esa, eng ulug'i ota-onaning farzandiga qilgan duosidir. Ota-onangiz hayot bo'lsalar, tiriklik chog'larida qo'lingizdan kelganicha xizmatlarini qilib qoling, mehribon bo'ling.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida shunday deyilgan: “Uch narsa bor, kimda u bo‘lsa Alloh taolo unga rahmat nazari bilan qaraydi va jannatga kirgizadi.

1. Zaifga mehribon bo‘lish;
2. Ota-onaning duosini olish;
3. Qo‘l ostidagilarga yaxshilik qilish”.

"Ota-onam va ustozlarimning duosini olishga ishqibozman", — deydi "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi mehmoni va eng yosh Prezident maktabi direktori Sardor Sodikov.

Ko'pchilik yoshlarning chet elda ta'lim olishiga hissa qo'shayotgan, tom ma'noda vatanparvar inson bilan bo'lib o'tgan suhbatni ko'rishni samimiy tavsiya qilaman.

Premyerani bugun, 19:30 da tomosha qilishingiz mumkin. O'tkazib yubormang!

🔗 Havola:
https://youtu.be/E8h-C01iQEw
👍306🤩3
Boshqalarga foydali bo'lish haqida

Odamlarga foydang tegar ekan, javobi topilmas savollar, stress, yolg'izlik, maqsadning yo'qligi qiynamay qo'yadi seni.

Xo'sh, foydali bo'lishing uchun birinchi qadamlar nimalardan iborat bo'lishi kerak?

1. Taniqli bo'l

Hamma ishlaringni ommaga olib chiq ya'ni odamlarga ko'rsat, (maxfiy savoblardan tashqari albatta).
Qancha ko'p odamlarga tanilsang, shuncha ko'p foydang tegadi.

2. Boy bo'l

Kasbing yoki tadbirkorliging orqali boyib borayotganing, odamlarga katta foydang tegayotganini belgisi.

Halol boyishga harakat qilar ekansan, sen odamlarga foydali bo'lishga intilyapsan demak.

Boyib olgach, pullaringni foydali ishlarga sarfla. Boy bo'lishing endi jamiyatga ikki barobar foydali.

3. Keskin va kuchli fikrlar bildir.

Keskin fikrlaring odamlar uchun foydali.

Qaror qabul qila olmayotgan va ikki o't orasida yurganlar seni fikringni eshitib qaror qabul qilishlari osonlashadi.

Fikringigga qo'shilmaydiganlar esa, bahslashish orqali o'z fikrlarini mustahkamlab olishadi.

Fikrlaringni bo'lish.

4. Qimmat bo'l.

Odamlar ko'proq pul to'lab sotib olgan kiyimlari va buyumlarini yaxshiroq asrashadi.

Seminar qancha qimmat bo'lsa, bilet sotib olganlarning kelish ehtimoli shuncha oshadi.

Biror tekin maslahatni pulga bersang, amal qilish imkoniyati oshadi. (mana nega treninglar rivojlanmoqda).

P.S.
Endi senga foydasi tegayotgan har qanday taniqli odamni bir eslab ko'r. Yuqoridagilarni barchasini bajarib kelyapti. Navbat senga.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍44🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qizga uylanish kerak | Yigitlarga maslahat

👉 Yaqinlaringizga ulashing

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍76🔥219🎉2
Erkakni uylanishdan nima toʻsadi?

Ibrohim ibn Maysara aytadilar: Menga Tovus shunday dedilar: “Yo uylan yoki senga Umar ibn Xattob Abu Zavoidga aytgan quyidagi soʻzlarini aytaman:

“Uylanishdan faqat ojizlik yoki fujur-gunohgina toʻsadi”.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍56🔥2👎1
Vaqtini turli tillarni oʻrganishga sarflab, Qurʼondan ikki qatorni toʻgʻri oʻqib berolmaydigan kishi ziyondadir.

©Mubashshir Ahmad

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍7918🤩3
“Men uning muhabbati bilan rizqlandim”

Paygʻambar sallallohu alayhi va sallam Xadicha roziyallohu anhoga muhabbatlarini rizq deya hisobladilar va bundan sevindilar. Xadichani sevishlarini yashirmadilar va asʼhoblari oldida dil izhori qilishdan uyalmadilar.

Odamlar bugunda vafo xususidagi bu buyuk darsni olishga va Muallimi avval sallallohu alayhi va sallamdan uni oʻrganishga naqadar muhtojlar!

©Salmon Avda

“Xadichaning uyida” kitobidan

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍6321🔥3
Ishga kirayotganingizda vazifalaringizni qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, ishingizning mohiyati bitta — boshligʻingizni muvaffaqiyatli (boy) qilish.
Agar hamma narsa prioritetda boʻlsa demak hech narsa prioritetda emas, prioritet soʻzining maʼnosi qolgan hamma narsadan ustun bir narsa degani.

Hodimlar, doʻstlar va atrofdagilardan sodiq boʻlishni kutgandan koʻra sodiqlikni oʻzimizdan boshlashimiz jarayonni tezlashtiradi.

©️ Jofri jeyms, “Ortiqcha gapsiz biznes” kitobidan xulosalar.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍42🔥61🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqituvchi, ustoz, muallim
Ularni farqi bormi?

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍20🔥3🤩21
Hasanxo'ja MuhammadSodiqdan o'zingizni qiziqtirgan mavzuda savollaringizga javob olishni istaysizmi?

👉 Unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Kontentimizda nimalarni ko'rishni istaysiz?

Izohlarda fikringiz va savollaringizni yozib qoldiring

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍12🔥4
Beqarorlik

Erkak kishida boʻladigan bitta yomon xislat bor. U shunday xislatki 10 ta yaxshisini yuvib tashlaydi.

Bu qarorsizlik yoki bir qarorga tez kela olmaslik sifati. Sen chiroyli, omadli, aqlli boʻlishing mumkin, lekin qaror qabul qilishing qiyin boʻlar ekan – botqoqdagi nilufar guli boʻlib qolaverasan.

Biznesda ham eng muhim sifat hozirgi kunda – tez qaror qabul qila olish boʻlib qolmoqda. Oʻzi umuman tadbirkorlikni boshlash uchun ham qatʼiyat kerak.

Beqarorlik – oʻldiradi. Qaror qabul qilmas ekansan, yillab umr kasb, xotin, yashashga uy tanlash bilan oʻtib ketishi mumkin. Beqarorlik — koʻngil qolishi, maʼnaviy charchoq, va eng muhimi natijaning yoʻqligiga olib boradi.

Beqaror boʻlma. Yoqib qoldimi oldiga bor, oʻziga ayt. Sogʻindingmi – qoʻngʻiroq qil, Ish boshlamoqchimisan oʻylayvermasdan oz-ozdan harakatni boshla, kino yoqmadimi – turib chiqib ket. Gaplashging kelmayaptimi – xayrlashib shartta ketvor! Kitob haqida eshitdingmi – sotib olib oʻqishni boshla!

Gapirish oson. Lekin oʻzim ham ancha qaror qabul qilishga qiynalaman. Ortga oʻgirilib qarasam eng katta muvaffaqiyatlarim tez qaror qabul qilib shartta ishni boshlaganim uchun menga nasib qilgan ekan. Endi shu yoshga kirib, xatolarimni tushunib yetib mana shu yomon sifatim ustida ishlashni boshladim.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍82🔥144
Forwarded from MARS IT ⭕️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"IT sohasidagi insonlar zamonamiz qahramonlaridir" - Muhammad Ali Eshonqulov

Dunyoda IT mutaxassisligi shu qadar muhim sohaga aylandiki, biznes muvaffaqiyati bevosita IT ga bog'liq bo'lib qoldi.

"Kelajakda ikki xil biznes egalari qoladi. Birinchisi biznesini IT bilan bog'laganlar, ikkinchisi, biznesini yopganlar" - deydi, Muhammad ali Eshonqulov.

Agar siz farzandingizni zamonaviy texnologiylardan mustaqil va to'g'ri foydalanishini istasangiz, Mars IT School o'quv markazidagi kurlslarga ro'yxatdan o'ting!

👉 Yanvar oyi uchun kurslarga qabul uchun ro'yxatdan o'ting

🪐 Mars IT School — qadriyat va zamon uygʻunligi.

📞 Tel:
+998712091121
👍209🤩2🔥1