Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.02K subscribers
493 photos
379 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Bugun tushdan soʼng Аhmad Lutfiy Qozonchining "Soʼngi toʼfon" romanini oʼqishni boshlab, xozir bitirdim... Issiq uyida qorni toʼyib oʼtirganlar, har rejasining chorasini topganlar, otasini yomon, deb shikoyat etganlar, ona mehrining suratini chizolmaganlar, dunyodagi hech bir amal hisobsiz qolmasligiga shubhasi borlar, sizlarga ham oʼqib koʼrishni tavsiya qilaman... Oramizda odamiylikdan benasiba Tursunlar, Аbu Jahldan tugʼilgan Ikrima roziyallohu anhudek Hasanlar hamon bor, bu yaratilish silsilasi to qiyomatga qadar davom etishi ham muqarrardir, buni satrlarga bitib boradigan Qozonchi kabilar tugʼilar ammo oʼqiganning bari bir xulosadan nasibador boʼladimi, yoʼqmi bizga nomaʼlumdir. Tavsiya etamiz, xolos, hikmatini ochish Аllohning izni bilan albatta...
👍6🔥3🥰2❤‍🔥1
Gʼuluvuyat

Hazrat Аbu Bakr roziyallohu anhuga "Аllohning roziligi uchun" degan soʼz kifoya edi,
Hazrat Umar roziyallohu anhuga "Аllohdan qoʼrq" degan soʼz kifoya edi,
Аli roziyallohu anhuga "Аllohning yoʼlida" degan soʼz kifoya edi,
Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhuga "Аllohning huzurida guvohlik beraman" degan soʼz kifoya edi,
Salmon Forsiy roziyallohu anhuga "Аllohni esla" degan soʼz kifoya edi,
Аbdulloh ibn Umar roziyallohu anhuga "Аlloh kibrli va maqtanchoqni sevmas" degan soʼz kifoya edi,
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga "Mazlumning duosidan qoʼrq" degan soʼz kifoya edi,
Аbdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhuga "Аlloh afv qilganni afv qiladi" degan soʼz kifoya edi,
Sobit ibn Qays roziyallohu anhuga "Аllohning Rasuli huzurida dagʼal soʼz qilmang" degan soʼz kifoya edi...
Bizga bu nasihatlarning barini jamlasa—da, yetarli boʼlmay qoldi, Аlloh islohimizni tezlatsin ...
👍7❤‍🔥1🔥1
#hisobot

Ramazon oyi barakali bòlishda davom etmoqda:

Uchinchi hafta hisoboti:

- 7 ta òqituvchi oliy toifali nomzodlikni olishibdi. (Òz minnatdorchiliklarini bildirishdi)

- hozircha 12 ta abituriyentim imtixon topshirdi va hammasi òqishga kirdi.

- 4 ta òquvchim chet eldan grant yutib oldi.

- 870 bet kitob òqidim.

- 932 ta test tuzdim.

- 22 ta yangi òquvchi

- 22 pora xatmu Quron

Bularning barchasi shu 25 kun ichida sodir bòldi. Sizlarga aytishimdan maqsad, vaqtingizni qadrlang, uvol qilgan har bir soniyangizni ertaga baribir tòlaysiz, ammo qimmatga tushadi, aslo tekin deb òylamang. Alloh òzi adashtirmasin, duolaringizga muxtojligim bor.

3-may, 2021-yil, Toshkent shahri, Hasankhoja Muhammad Sodiq
👍5❤‍🔥1
#hisobot

Bu esa yanvardagi vaziyat...
👇👇👇

Bugungi kun tartibimiz haqida sòraganlarga qisqacha review:
1) 12 soat ofline dars (4 ta guruh)
2) 62 ta test tuzdim
3) 148 bet kitob òqidim
4) 11 ta yangi yòqlab kelganlar bilan suxbat
5) 4 ta ota-ona bilan suxbat
6) 5 ta yangi òquvchi qabuli
7) 38 ta telefonga javob
8) 142 ta telegram xabarlarga javob
9) Kanalga 24 ta material
10) Namoz
11) 4 Soat uyqu
12) Bir mahal taomlanish)
13. Shaxsiy va oilaviy hayotga oid ishlar(farzand va ota-ona)

P.s. Bugungi bajargan ishlariniz shular, faqat arifmetika jihatidan qarasak bir kunga siģmayapti...
👍18🔥63🕊1
Do‘st deb achchiq gapirganga emas, achchiqni shirin gapirganga aytiladi...
👍4❤‍🔥1
Dard koʼngildan ketmaguncha koʼzlarga kelaveradi...
👍5😢2❤‍🔥1
#ZIKR

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki so‘z tilga yengil, tarozida og‘ir, Rohmanga suyuklidir: «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil aziym», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar...
👍3❤‍🔥1
Baxtni izlash kerakligini uqtirishardi, ulg‘ayib angladimki, BAXTNI SEZISH KERAK ekan...
🔥3❤‍🔥1
#Farzandimga:
Bolam, odamlar ezgu maqsadlari yo‘lida yurishga hozirlanganda, sen o‘sha yo‘llarni qurishga odatlan...
❤‍🔥1
Hozir ikki qiyrot savob bilan ortga qaytdik.

Shogirtimizning onalari 42-yoshda uzoq davom etgan hastalikdan vafot etibdilar. Sònggi sòzlari shahodat kalimasi bòlibdi.

Qanday gòzal yakun...

Dòstlar, bizning navbat yanada yaqinlashdi.
Alloh òzi ushbu kunlar hurmatidan òzi ajrlar bilan mukofatlasin, oila a'zolariga jamil sabrlar bersin.


Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.
❤‍🔥1
Hazrat Alisher Navoiy agar xalq orasida zulm kòpaysa, qabristonga ziyoratni buyurgan ekanlar...

Bugun qabristonda yurib sezdimki, qalb ancha òrniga tushar ekan, òzini bosib olar ekan.
Bizni ham kelar joyimiz shu yer degan fikr iymonga yaqinlashtirar ekan.
Kuzatuvim davomida yana shuni tushundimki, shariatimiz ayol kishini naqadar uluģlagan, ehtiyot qilganki, hatto eng sònggi manzilga kuzatishda ham, uni begona kòzlardan satr qiladi.

P.s. Allohim bizni òzingga osiy bòlishdan asra....
❤‍🔥1👍1
Kishilar bilan qasdlashmang, do‘stlashish uchun qo‘l bering, rad etishsa yo‘l bering...
Ketishsin!
Ammo qasdlashmang, umr qisqa...
👍6❤‍🔥1
Ajib holat.

Tarovehni tugatib tashqariga chiqdim. Jiyanim amaki "morojniy" obering dedi. Eshikni tagida Andijon muzqaymoģi bor ekan. Navbatga turdik. Bizdan avvalgilar olib bòlgach navbat tegdi. Shu payt atrofni biroz kuzatdim. Qarasam 4 ta yosh bolalar navbatda turishibdi. Ularning faqat bittasini qòlida pul turibdi, yaxshilab qarasam 5 ming sòm, boshqa yòq. Bir-birining quloģiga nimadir deyapti, eshitilmadi.
Biz muzqaymoqni olib bòldik, jiyanimni san boraver man yetib olaman deb jònatib yubordim. Kuzatsam faqat bittasi muzqaymoq olmoqda, qolgan 3 tasi esa intiq bòlib qaramoqda. Vaziyatni tushunganday bòlib, sotuvchiga asta imo qilib, muzqaymoqni 4 tasi 5000 sòm deb ayting, qolganini men beraman deb aytdim. U ham tushunganday bolalarga 4 ta muzqaymoq solib berdi. Bolalar hayron. Ularga namozni zòr òqiganlaring uchun sizlarga skidka qilib berishdi deb aytdim. Ular xursand. Men oradagi farqni tòlab, agar ular ertaga ham kelishsa beravering, men ertaga yana tòlab ketaman deb aytdim. Bolalarning yuzidagi quvonchni kòrsangiz edi.... tòģrisi taroveh namozidan ham kòproq zavq oldim...
Aytmoqchi bòlganim, atrofimizga kòproq e'tiborlik bòlaylik, ayniqsa bolalarning kòngliga...

Ey, Allohim men diningni ana shunday tushunganman, meni johillardan qilib qòyma....
👍93❤‍🔥1😢1
#Farzandimga
Tadbir qilganimiz emas, taqdir qilgani nasibamiz bo‘ladi, rizq zahmati ibodat lazzatiga putur yetkazmasin, sizning faqat dunyo tashvishlariga ko‘milib qolishingiz bizni mahzunlantirishi yodingizdan chiqmasin...
❤‍🔥1👍1🔥1
#kecha_va_bugun_men

Kecha savoblarni ko‘paytirish payida yurardim, bugun ko‘p gunoh qilmaslikka harakat qilayapman.
Kecha har narsaning eng yaxshilarini olardim, bugun boriga qanoat qilishni o‘rgandim.
Kecha tengqurlarim bilan ko‘proq suhbat qilardim, bugun keksalarni tinglagim keladi.
Kecha yuz yillar yashaydigan odamdek yurardim, bugun umrimning so‘nggi kunlari o‘tayotgandek tuyuladi.
Kecha nasihat qilaverardim, bugun ibrat bo‘lishga intilaman.
Kecha ko‘plarni tanqid qilardim, bugun o‘shalarni rag‘batlantiradigan bo‘lganman.
Kecha ko‘p bilishga qiziqardim, bugun boriga amal qilishga urinayapman.
Kecha ko‘ngillarni qoldirishdan og‘rinmasdim, bugun ko‘ngillarni ololmayotganimdan siqilaman.
Kecha xato qilishsa jazolardim, bugun tuzatishlariga imkon bergim keladi.
Kecha birovning joniga tegib hazil qilishga rag‘batim bor edi, bugun birovning sha'ni to‘kiladigan hazillardan nafratlanaman.
Kecha insonlarga ishonardim, bugun yuragimni faqat Rahmonga ochaman.
Kecha meni unutganlarni eslab o‘kinardim, bugun meni eslab yashaydiganlarniyam unutib qo‘yayotgandekman.
Kecha bo‘sh vaqtimda qiladigan ishlarning rejasini qilardim, bugun rejadagi ishlarimni qilish uchun vaqt qidiraman.
Kecha olimlarning ilmiga havas qilardim, bugun taqvodorlarning amaliga maftunman.
Kecha Allohdan so‘rayverardim, bugun Alloh oldida so‘ralishim borligini o‘ylayman.
Kecha sog‘inib yashashni bilardim, bugun sog‘intirib uzoqlashadigan bo‘lganman.
Kecha bilganlarimni boshqalarga o‘rgansin deb uzatardim, bugun boshqalardan nima o‘rgansam bo‘ladi deb kuzataman.
Kecha ranjitishsa o‘zim hisob- kitob qilib olardim, bugun hammasini Haqqa topshirib ketaveraman.
Kecha ko‘zlarimga Kabani ko‘rmoq orzusi tinchlik bermasdi, bugun ko‘nglimga Kabani qurishni duoda so‘rayapman.
Kecha yashashim kerakligini bilardim, bugun o‘lim muqarrarligini anglaganman...
👍5🔥2❤‍🔥1
Bolalikda bir-birimizni ko‘p aldab hazillashardik, xozir ham ko‘p aldaymiz, ammo haqiqatdan...
❤‍🔥1
Bugun yana bir bor xushhabar.
Shogirtimiz 1-òrinda grantga òqishga kiribdi. Eshitib juda xursand bòldim.
👍4❤‍🔥1
#farzandimga

Òģlim ismingni Muhammad Sodiq deb qòyishimning sababini katta bòlganingda anglaysan. Seni Hazratdek inson bòlishingni Allohdan har kecha sajdamda sòrayman. Ustozning vafotlaridan sòng òzbek luģatida "Hazratim" degan sòz yetim qolgan edi. Tòģri men, hazratning otalari Muhammad Yusuf kabi bòla olmasam ham, sen shu bòshliqni tòldirgin. Senga vasiyatim shuki, yoki Muhammad Sodiq kabi bòl, yoki Muhammad (s.a.v) ga sodiq bòl.
18❤‍🔥1👍1
Saharlik uchun uyga osh olgani bordim. Kassaga pul to'lab endi moshinaga o'tirmoqchi edim, bir yosh bola yonimga kelib, aka sizga bitta iltimosim bor deb qoldi. Uning muddaosi nima ekanligini tahmin qilganimchalik hozirda ko'p tarqalgan salbiy holatlardan biri bo'lgan, otam nogiron doriga pul kerak deb qoldi. Dastlab e'tibor bergim kelmadi, ammo uni yonimga chaqirib biroz suhbatlashdim. Ismini, yoshini, qayerda o'qishini so'radim. Suhbatimiz tahminan quyidagidek davom etdi:

- 12 yosh bo'libsan, endi katta bolasan, yolg'on gap yaxshi emas, bunday qilma. Otamga dori kerak deyapsan, otang rostan ham kasal bo'lsa ham hamma pulingni doriga ishlatmaysanku... Undan ko'ra rostini aytishga o'rgan.

- aka men yolg'on gapirmayapman, otam rostan ham nogiron, ko'p dori kerak. Man xudodan qo'rqaman!

-Unda kel, men sanga boshqa maslahat beraman, qilasanmi?

- Albatta, qilaman!

- Bu yerga nechta moshina keladi, bilasanmi?

- Yo'q, bilmayman.

- Qara, 4 ta qozonda osh qilinyapti, har biri 30 kg dan, jami 120 kg osh. 1 kg osh 10 ta odam yetadi. Demak 1200 ta odam keladi. Bitta moshinaga 4 ta odam kelsa tahminan 300 ta moshina kelishi kerak, shulardan yarmi moshinasiz keldi desak ham, kamida 150 ta moshina keladi.

- Moshinalarni manga nima aloqasi bor?

- san mana bu 40 ming ni olginda, do'kondan bitta gupka va glitsirin olgin. Ertadan har kelgan moshinani balonini egasi osh olguncha qoraytirib qo'y, ammo egasidan bu uchun pul so'rama, o'zi bersa ol. Ko'rasan o'zing kutganda ko'proq pul topasan. Boshingni egib odamlardan pul so'raganingdan ko'ra bu ishing san uchun ancha foydali bo'ladi. Ham erkaklik boshing egilmaydi. Ammo menga 2ta narsaga vada berasan, maylimi?

- qanday vada?

- Hozir seni vaziyatingda bu ish zarur, ammo bu ishni kelajakda kasb qilib olmaysan, senda xatto kattalarda ham kam uchraydigan, qatiyat va ma’suliyat bor ekan, bu sifatlaring bilan xudo xohlasa, katta joylarda ishlaysan. Bunga shubham yo'q. Ikkinchisi esa maktabda yaxshi o'qishga vada ber.

- vada beraman.

- agar vadangda tursang, insha Alloh sen uchun hammasi zo'r bo'ladi. Kel endi duo qilamiz.

Duodan so'ng, moshinaga o'tirib uyga ketdim. Ertasi kuni o'sha yerga bordim,aynan o'sha bolani kuzatgani, biroz uni topa olmadim, zimdan kutib turdim, qarasam qo'lida gupka bilan moshinalarni balonini tozalab yuribdi. Ko'rib xursand bo'ldim. Endi 2-vadasiga amal qilishida Alloh o'zi unga madodkor bo'lsin, deb haqqiga duo qilib qaytdim…
Ummat bunday mardlarga muxtoj...
👍17😢4🔥2❤‍🔥1
Umrning salmog‘i kamayaversa ko‘ngilda yaxshi amallarga xayrixohlik kuchayib, hammaning sevinchiga vasila bo‘lishni istayverasiz ekan. Azizlar, jismimiz tuproqqa qorishsada, xotiralarimiz yuraklarga ko‘milishi uchun harakat qilaveraylik, zotan biz jonimizni jahannamdan xayrli amallarimiz bilangina qutqarib qolish imkoniga egamiz...
❤‍🔥1
Agar kòchaga shaxsiy ishlar bilan chiqmasam, avtomobilimdan deyarli foydalanmayman. Tayyor taksini chaqiraman. Bir kun sinab kòrdim. Odatda uydan ishxonaga 20 minutda yetib kelar ekanman. Shu vaqt ichida 2-2,5 mingta tasbeh aytish, yoki 10 bet kitob òqish mumkin ekan, qaytishda ham shuncha miqdor. Keyin òylab kòrdim, menga qaysi bir manfaatli? 40 ming pulmi yoki 40 minut òzim uchun vaqtmi...?!
Shu yòqotgan 40 ming pul aslida yòqotish emas, yutuqdir. Vaqtimni qizģonadigan bòldim, vaqtim o'zim uchun qadrli bòlib qolgan, alhamdulillah vaqt isrofidan qochadigan bòldim.
Qadriyatingiz ustun bòlsa, pul oyoģingiz ostida qolar ekan....
👍8❤‍🔥2