Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.03K subscribers
493 photos
376 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Samimiy suhbat
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Kitob tanlash va maʼlumotlarni analiz qilish | Davronbek Turdiyev

Ovozli chatdan yozib olindi

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍68🔥21🤩95🎉4
Siz shu kungacha qaysi nuqtalarda qoqildingiz, qaysi xatolarga yoʼl qoʼydingiz, barini ibrat oʼlaroq eslang, ammo mahzunlanmang, Аllohning lutfidan umidsizlanmang, hali hammasi tugamay turib, xulosa yasamang...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Аbu Sufyon ibn Xaris jannat yigitlarining sayyididir" deganlar, vaholangki, Аbu Sufyon roziyallohu anhu umrlaring yigirma yilini Islomga, Rasuliga adovat bilan oʼtkazgan edilar.

Taqdirlarning, amallarning, niyatlarning oʼzgarishi hammasini oʼzgartirib yuborishi mumkin, biz yoʼlning oxirini koʼrmay, manzilga yetmay kitob qanday yopilishini bilmaymiz. Siz xulosaga shoshilmang, hammasi yaxshi boʼladi, Аllohning rahmati keng...

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍7936🔥13🎉2🤩2
Gar siz haromga erishish oson zamonda yashayotgan boʻlsangiz bilingki, Allohdan qoʻrqqanga juda katta savob beriladigan zamonda ham yashaysiz.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍108🔥19🤩10🎉53
👍133🔥48🤩18🎉126👎4
Vaqtni to'g'ri taqsimlashni nimadan boshlash kerak?

• Kundalik tuting. Kunni kunlik qilinadigan ishlar ro'yxatini tuzmay boshlamang. Kunlik qilinadigan ishlar ro'yxatini tuzish hammasiga ulgurish uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi.
• Eslatmalar smartfonning eng foydali xususiyatlaridan biri. Uchrashuvlar, tadbirlar haqida eslatma qo'ying!
• Agar kunning ko'p qismini kompyuter qarshisida o'tkazsangiz. Qilinadigan ishlar haqida alohida hujjat yuruting.

Kunlik ishlar ro'yxatini qanday tuzish kerak?

• Ishlar ro'yxatini bir kun oldin kechasi tuzishga harakat qiling

• Qiladigan ishlarni mayda detallarigacha yozing

• Bajariladigan ish uchun sarflanadigan tahminiy vaqtni belgilab qo'ying!!!

• Ro'yxat doimo yoningizda bo'lishi kerak

• Hafta davomida qilinadigan ishlarning eng muhimlarini birinchi bajaring.

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
👍79🔥28🎉5🤩5
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Navbatdagi suhbatimiz (voice chat) kim bilan bólishini istaysiz?
Insha Alloh ushbu ròyhatdagilar bilan navbatma-navbat suhbat qilib boramiz. Bu ròyhatda bòlmaganlar bilan ham albatta suhbat tashkillashtirish rejamizda bor.
Ushbu podcast ni tartibli va va intizomli tarzda olib borishni maqsad qildik. Buning uchun sizlarning duolaringiz bizga madad bòladi deb bilamiz.

P.s. insha Alloh quyidagi ustozlardan ham suhbat olib boramiz:

- Abror Muxtor Aliy
- Mubashshir Ahmad
- Shukrulloh domla
- Rustamjon domla
- Sardor domla
- Abdukarim Mirzayev
- Sayyid Abdulaziz Yusupov
- Muhammad Ali Eshonqulov
- Xushnudbek Xudoyberdiyev
- Xayrulla Hamidov
- Ikrom Sharif
- Temur Azam
- Xurshid Marozìqov
...
👍249🔥53🤩3212🎉12👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Мен ҳар доим муаммоларга қандай қилиб ечим топиш мумкинлигига қизиқаман ва ҳар бир ишимни маълум бир муаммога ечим бўлиши учун интилганман»

🔸 Ўзингиз учун устоз деб билган инсонларнинг тадбирларидан ўз вақтида хабардор бўлмоқчи бўлсангиз 🎙

🔸 Нонушта ёки тушлик вақтларини машхур тадбиркорлар, тренерлар ёки ўкитувчилар билан унумли ўтказишни истасангиз 🤝

🔸 Замонавий касбларнинг ҳақиқий мутахассисларини қидираётган бўлсангиз 👨‍💻

🔸 Экспертлар томонидан тавсия қилинган китобларни қидираётган бўлсангиз 📚

⚠️ Ўзбекистонда илк бора ушбу муаммоларга ечим бўлувчи - "Edu Master" иловаси 👇

🍏 iOS: https://apps.apple.com/uz/app/edu-master/id1569596046


🤖 Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.edumaster.app
👍40🔥12🤩5🎉2👎1
Tadbir qilganimiz emas, taqdir qilgani nasibamiz bo‘ladi, rizq zahmati ibodat lazzatiga putur yetkazmasin, sizning faqat dunyo tashvishlariga ko‘milib qolishingiz bizni mahzunlantirishi yodingizdan chiqmasin...

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍11526🔥23
Islom qalbda bo'ladi, deyishing xuddi imtihonda sinov qog'ozini oppoq holda topshirib, ilm boshda bo'ladi, deyishingga o'xshaydi.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍102🔥259🤩4
Sardor domla Аmirsoydagi rasmlar haqida gapirib chiqqishlari bilanoq bir nechta oʼzini musulmonman deydi—yu, ammo amali aksi boʼlganlar jiddu jahd ila tafakkur, ha yoʼgʼa, tafakkur emas xayolot dunyosidan bir nimalarni yigʼib raddiya berishni boshlab yuborishdi. Bu toifalar namuncha musulmonni qora koʼrsatish uchun ishtiyoqmand boʼlmasa aaa! Qiyomatgacha boʼlgan avlodimizdan bunaqa sharafsizlar chiqmasin, deb duo qilamiz! Xullas, oʼshalarni bittasi Darvin nazariyasini yotib olib himoya qilishini koʼrib kulgim qistadi. Jahon adabiyotidan toʼrtta
asarni oʼqib, oʼnta aforizmni qoʼshib bir nimalar desa, auditoriyasi sal koʼpaysa, oʼzini bilagʼon sanab ruhiyatu tabobatdanam gapirib tursa, bilmaganlar Jumavoydek oooo deyishlari mumkin, bilganning ensasi qotadi. Bu kabilarning ilmiy bahslarda Darvin nazariyasining yaqqol misoli ekanligini maymuncha qiliqlaridan ham koʼrib kulging keladi. Аchinasan ham. Ilmiy bahslarga ilming yetmay baqir—chaqir qilarkansan, nima qilasan tepaga osilib, bolakay. Ha, aytgancha, maymun qancha tepaga chiqsa keti shuncha yaxshi koʼrinadi, degan gap bor, baraka topkur, haddingni bil! Oʼrningni bil!
Butun bir tibbiyot Darvin nazariyasiga asoslanib oʼsha uslubda davo qilishadi, degan joyiga, aytadiganimni aytib ogʼzimni bir suv bilan chayqab oldim. Darvin 1809-1882 yillar yashab oʼtgan, endi savol, ungacha ming yillar davomida bemorlar qaysi nazariya bilan davolandi ekan a? Sal tarix titgan odam Darvin ham huddi "Maltus nazariyasi" asosiga koʼra, "Kuchlilar yashashi kerak, zaiflar qirilib boradi" degan qonunni ommaga singdirish uchun qancha kurashganini bilib olishi oson, davolovchi emas, qiruvchi obrazidagi odam boʼlganini bilsa boʼladi.
Darvin oʼz evolyutsion nazariyasida maymunni ota bobom deb tan olgan. Goʼyoki, bashariyat maymundan tarqaganmish, ammo umrining oxirigacha nabobot olamidagi savolga yechim topolmagan, fauna va floradagi evolyutsion rivojlanishni isbotlab berolmagan, gullar qaerdan paydo boʼlgan, xoʼsh? Darvinning "dahshatli siri" degan atamaga javob izlansa, aynan u olgʼa surgan odamning maymundan tarqaganligi haqidagi nazariya safsataga aylanadi.
U yoʼq, bu yoʼq, Darvinchilar oʼz daholarining nazariyasi toʼgʼriligini isbotlay olishmasligi aniq. Аmmo, bizningcha, adibimiz Oʼtkir Hoshimovning mana bu gapiga isbot talab qilinmasa kerak:
"Darvin taʼlimoti notoʼgʼri. Odam maymundan emas, maymun odamdan tarqagan. Oyogʼi yerdan uzilmaganlar odam boʼlib qolgan. Oyogʼi yerdan uzilganlar esa daraxtga chiqib ketgan"...
Iymon halqasidanam chiqib ketay, deb qolgan...
👍152🔥312🎉2
Aslida bunday xabarlar kòp, ammo xursandchiligimizni sizlar bilan ham ulashgimiz keldi. Duolaringizga muxtojligimiz bor...
👍21932🎉15🤩7🔥6
Abdulaziz Muhammad aka bilan voice chatimizni yozib olgan edik. Sòraganlar uchun...
👇👇👇
👍4
Voice chat Abdulaziz Muhammad Aka
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Samimiy suhbat

Abdulaziz Muhammad aka bilan

Ovozli chatdan yozib olindi

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍45🔥54🤩4🎉2
Agar ko'chaga shaxsiy ishlar bilan chiqmasam, avtomobilimdan deyarli foydalanmayman. Tayyor taksini chaqiraman.

Bir kun sinab kòrdim. Odatda uydan ishxonaga 20 minutda yetib kelar ekanman. Shu vaqt ichida 2-2,5 mingta tasbeh aytish, yoki 10 bet kitob òqish mumkin ekan, qaytishda ham shuncha miqdor. Keyin oʻylab ko'rdim, menga qaysi bir manfaatli? 40 ming pulmi yoki 40 minut òzim uchun vaqtmi...?!
Shu yo'qotgan 40 ming pul aslida yo'qotish emas, yutuqdir. Vaqtimni qizg'onadigan bo'ldim, vaqtim oʻzim uchun qadrli bo'lib qolgan, alhamdulilloh vaqt isrofidan qochadigan bo'ldim.

Qadriyatingiz ustun bo'lsa, pul oyog'ingiz ostida qolar ekan...

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍110🔥21🤩1
Bizga juda kam vaqt berilgan. Hech kim qancha yashashini bilmaydi, buni men ham bilmayman, lekin yoshligimda imkon qadar ko'p narsaga ulgurishim kerakligini his etyapman.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍409🎉9🔥8
Alloh bunday ishlarda bardavom qilaversin...
👍161🔥18🤩179🎉5
Dunyoda shu darajada ko'p ko'riladigan kino, o'qiladigan kitob, sayohat qilinadigan yer bor-ki, odam hayoti davomida ba'zilarini qilolmasligi sabab hafa bo'ladi...

Rimliklar bu holatni "Ars longa, vita brevis" deb nomlashgan. Sa'nat uzun - hayot qisqa degani.

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
👍62🔥14🤩52🎉2👎1