Sahar vaqti edi.
Osh olgani bordim. Kassaga pul to'lab endi mashinaga o'tirmoqchi edim, bir yosh bola yonimga kelib:" Aka , sizga bitta iltimosim bor ", - deb qoldi. Uning muddaosi nima ekanligini tahmin qilganimchalik hozirda ko'p tarqalgan salbiy holatlar biri bo'lgan, otam nogiron doriga pul kerak deb qoldi. Dastlab e'tibor bergim kelmadi, ammo uni yonimga chaqirib biroz suhbatlashdim. Ismini, yoshini, qayerda o'qishini so'radim. Suhbatimiz tahminan quyidagidek davom etdi:
- 12 yosh bo'libsan, endi katta bolasan, yolg'on gap yaxshi emas, bunday qilma. Otamga dori kerak deyapsan, otang rostan ham kasal bo'lsa ham hamma pulingni doriga ishlatmaysan-ku... Undan ko'ra rostini aytishga o'rgan.
- Aka, men yolg'on gapirmayapman, otam rostan ham nogiron, ko'p dori kerak. Man xudodan qo'rqaman...
-Unda qara, men senga boshqa maslahat beraman, qilasanmi?
- Albatta, qilaman.
- Bu yerga nechta mashina keladi, bilasanmi?
- Yo'q, bilmayman.
- Qara, 4 ta qozonda osh qilinyapti, har biri 30 kg dan, jami 120 kg osh. 1 kg osh 10 ta odam yetadi. Demak 1200 ta odam keladi. Bitta mashinaga 4 ta odam kelsa tahminan 300 ta mashina kelishi kerak, shulardan yarmi mashinasiz keldi desak ham, kamida 150 ta mashina keladi.
- Mashinalarning menga qanday aloqasi bor?
- Sen mana bu 40 ming ni olginda, do'kondan bitta gupka va glitsirin olgin. Ertadan har kelgan mashinani balonini egasi osh olguncha qoraytirib qo'y, ammo egasidan bu uchun pul so'rama, o'zi bersa ol. Ko'rasan o'zing kutganda ko'proq pul topasan. Boshingni egib odamlardan pul so'raganingdan ko'ra bu ishing sen uchun ancha foydali bo'ladi. Ham boshing egilmaydi. Ammo menga 2ta narsaga va'da berasan , maylimi?
- Qanday va'da?
- Hozir sening vaziyatingda bu ish zarur, ammo bu ishni kelajakda kasb qilib olmaysan, senda hatto kattalarda ham kam uchraydigan, qat'iyat va mas'uliyat bor ekan, bu sifatlaring bilan, xudo xohlasa ,katta joylarda ishlaysan. Bunga shubham yo'q. Ikkinchisi esa maktabda yaxshi o'qishga va'da ber.
- Va'da beraman.
- Agar va'dangda tursang, insha Alloh , sen uchun hammasi zo'r bo'ladi. Kel, endi duo qilamiz.
Duodan so'ng, mashinaga o'tirib uyga ketdim. Ertasi kuni o'sha yerga bordim,aynan o'sha bolani kuzatgani, biroz uni topa olmadim, zimdan kutib turdim, qarasam qo'lida gupka bilan mashinalarning balonini tozalab yuribdi. Ko'rib xursand bo'ldim. Endi 2-va'dasiga amal qilishida Alloh o'zi unga madodkor bo'lsin.
Ummat bunday mardlarga muhtoj...
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok

👍7❤1
Ertalab uyg'ona olmaslikning sababi bitta!
- Ertalab uyg'ona olmayapsizmi?
- Sabab bitta - maqsadingiz yo'q!
☝️Chunki maqsadi bor insonning ertalab tura olmasligiga kech uxlagani yoki charchagani bohona bo'la olmaydi.
Borishni istagan manziliga shunchalik oshiqadiki, uxlash uchun ham vaqtini qizg'onadi.
Do'stimiz Temurbek aka Adhamov "Millat Umidi" loyihasining yangi soni mehmoni bo'libdilar.
Ushbu suhbatni to'liq holda Millat Umidi YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Insha Alloh ushbu suhbat yoshlarning - "Qanday qilib maqsadni topish mumkin?" - kabi savollariga javob topishlariga yordam beradi.
🔗 Havola: https://youtu.be/SAT9A7Lqi7w

YouTube
Ne'mat aslida moddiyyatda emas, ne'mat ilmda
#millatumidi #ilmliinson #saxovatliboy
👍1🤩1
Hasanxoʻja MuhammadSodiqning YouTubedagi rasmiy sahifasi
Ushbu kanalda;
- Foydali maslahatlar
- Shaxsiy fikrlar
kabi videolar ulashib boriladi.
YouTubeda ham bizni kuzatib boring 👇
https://youtube.com/channel/UCTXtPgnyDN-VzvrpUM-MISg

👍3❤1
Uyga qaytayotib ukamga telefon qildim.
Choyxonada ekan. Taxminan yarim soatlarda uyga borishini aytdi. Yo'l-yo'lakay uyimiz oldidagi korzinkaga kirdim. Uydan shu do'kongacha piyoda yursa 300 metrlik masofa. Ammo bu safar bozorlikni sal ko'proq qilganim tufayli yuklarim og'irlashib ketdi. Ukamga yana telefon qildim, unga qayerdaligim haqida indamadim, faqatgina qayerdaligini so'radim. U o'rtog'i bilan bir joyga ketayotganini aytdi. Kassaga pul tòlab boʻlgach, endi taksi tutsam kerak deb ko'chaga chiqishimga ukamning mashinasi turibdi. Avval nomerini tekshirdim. O'sha, borib salonini ham tekshirib ishonchim komil bo'ldi. Ukam hazillashyapti shekilli deb do'konga qaytib kirdim, uni topa olmadim. O'ziga telefon qildim.
-Qayerdasan?
-O'rtoģim bilan ketyapman
-Mashinang korzinkani oldida nima qilyapti?
-Hozir o'sha yerga qo'ydim. O'rtoģim bilan 2 ta mashinani ovora qilmaslik maqsadida, bittasini o'sha yerda qoldirdik.
-nega mashinangni qulflamading?
-bilmadim, qulflagan edim, yopilmabdi shekilli.
-ok, man haydab ketaman, uydan ovolarsan
-xo'p
Allohning qadarini qarangki, mashinani oyog'imning tagiga keltirib qo'ydi. Taxminan 100 dan ortiq mashinalar joylashtirish mumkin bo'lgan joydan, aynan mening ko'zim tushadigan joyga qoldirgani tasodif deb oʻylaysizmi?
Yoki mashinani qulflamay ketib qolishi-chi?
Aslo unday emas. Agar Alloh xohlasa o'z bandasini malollantirmay mushkulini hal qilib qo'yadi. Bunday holatlar hayotimizda ko'p sodir bo'ladi, ammo eʼtiborsizligimiz tufayli sezmay qolamiz.
Shu fikrlar hayolimga keldi-yu, SubhanAlloh deb qo'ydim....

👍9❤3
O'g'lim ismingni Muhammad Sodiq deb qo'yishimning sababini katta bòlganingda anglaysan.
Seni Hazratdek inson bo'lishingni Allohdan har kecha sajdamda so'rayman. Ustozning vafotlaridan so'ng o'zbek lug'atida "Hazratim" degan so'z yetim qolgan edi. To'g'ri men, hazratning otalari Muhammad Yusuf kabi bo'la olmasam ham, sen shu bo'shliqni to'ldirgin.
Senga vasiyatim shuki, yoki Muhammad Sodiq kabi bo'l, yoki Muhammad (s.a.v) ga sodiq bo'l.

🔥14👍7❤6
Rabbim, tingla soʻzimni,
Dilim iymonga toʻlsin.
Duo qildim oʻzimni:
Joyim jannatda boʻlsin.
Irshod yoʻlidan yursam,
Yuzimni Haqqa bursam,
Oʻlgach yana tirilsam,
Joyim jannatda boʻlsin.
Аrigʻida suv zilol,
Neʼmatning bari halol.
Qoʻymaydi oʻsha xayol...
Joyim jannatda boʻlsin.
Koʻshklar qursam Rizvonga,
Kelsa Rasul mehmonga.
Yetish uchun Rahmonga,
Joyim jannatda boʻlsin.
Tishi sadaf, durlardan,
Oʻzi mushk-u nurlardan.
Doʻst topaman hurlardan,
Joyim jannatda boʻlsin.
Yetmish libos- kimxoblar,
Kiyib jami ashoblar,
Jam boʻlganda sahoblar,
Joyim jannatda boʻlsin.
Dunyo-sinovli safar,
Kerak emas siymo zar.
“Qulimsan” desang agar,
Joyim jannatda boʻlsin.
Hurlar aro yuraman,
Muhammad(s.a.v)ni koʻraman,
Balki qoʻshni boʻlaman,
Joyim jannatda boʻlsin.
Oʻlimga yetsa navbat,
Аzroil qilsin shafqat,
Xushsurat kelsin faqat,
Joyim jannatda boʻlsin.
Аvval hidiga toʻyay,
Mahriga dunyo tutay,
Sir otdan toymay oʻtay,
Joyim jannatda boʻlsin.
Boʻyim oltmish ziroda,
Kaftim doim duoda,
Musofirman dunyoda,
Joyim jannatda boʻlsin.
Duo qildim oʻzimni:
Joyim jannatda boʻlsin.
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Dilim iymonga toʻlsin.
Duo qildim oʻzimni:
Joyim jannatda boʻlsin.
Irshod yoʻlidan yursam,
Yuzimni Haqqa bursam,
Oʻlgach yana tirilsam,
Joyim jannatda boʻlsin.
Аrigʻida suv zilol,
Neʼmatning bari halol.
Qoʻymaydi oʻsha xayol...
Joyim jannatda boʻlsin.
Koʻshklar qursam Rizvonga,
Kelsa Rasul mehmonga.
Yetish uchun Rahmonga,
Joyim jannatda boʻlsin.
Tishi sadaf, durlardan,
Oʻzi mushk-u nurlardan.
Doʻst topaman hurlardan,
Joyim jannatda boʻlsin.
Yetmish libos- kimxoblar,
Kiyib jami ashoblar,
Jam boʻlganda sahoblar,
Joyim jannatda boʻlsin.
Dunyo-sinovli safar,
Kerak emas siymo zar.
“Qulimsan” desang agar,
Joyim jannatda boʻlsin.
Hurlar aro yuraman,
Muhammad(s.a.v)ni koʻraman,
Balki qoʻshni boʻlaman,
Joyim jannatda boʻlsin.
Oʻlimga yetsa navbat,
Аzroil qilsin shafqat,
Xushsurat kelsin faqat,
Joyim jannatda boʻlsin.
Аvval hidiga toʻyay,
Mahriga dunyo tutay,
Sir otdan toymay oʻtay,
Joyim jannatda boʻlsin.
Boʻyim oltmish ziroda,
Kaftim doim duoda,
Musofirman dunyoda,
Joyim jannatda boʻlsin.
Duo qildim oʻzimni:
Joyim jannatda boʻlsin.
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍28🔥7❤2
⌛️ Bugun soat 21:45 da mnemonika ustasi Davronbek Turdiyev bilan kitob tanlash, ma'lumotlarni analiz qilish, ekspert va mashhurlarning farqi mavzusida kanalimizda suhbat bo‘lib o‘tadi.
☺️ Yuqoridagi mavzularga oid aniq va asosli fikrlar sizga qiziq bo‘lsa, ovozli chatimizga qo‘shiling!
☝️ Do‘stlaringizni taklif qilishni ham unutmang!
Suhbat linki: https://t.iss.one/hasankhojaBlog?livestream=56cc60fecd8fdbb6f9

👍54🔥28❤8🤩7🎉4
Samimiy suhbat
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Kitob tanlash va maʼlumotlarni analiz qilish | Davronbek Turdiyev
⏺ Ovozli chatdan yozib olindi
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
⏺ Ovozli chatdan yozib olindi
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍68🔥21🤩9❤5🎉4
Siz shu kungacha qaysi nuqtalarda qoqildingiz, qaysi xatolarga yoʼl qoʼydingiz, barini ibrat oʼlaroq eslang, ammo mahzunlanmang, Аllohning lutfidan umidsizlanmang, hali hammasi tugamay turib, xulosa yasamang...
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Аbu Sufyon ibn Xaris jannat yigitlarining sayyididir" deganlar, vaholangki, Аbu Sufyon roziyallohu anhu umrlaring yigirma yilini Islomga, Rasuliga adovat bilan oʼtkazgan edilar.
Taqdirlarning, amallarning, niyatlarning oʼzgarishi hammasini oʼzgartirib yuborishi mumkin, biz yoʼlning oxirini koʼrmay, manzilga yetmay kitob qanday yopilishini bilmaymiz. Siz xulosaga shoshilmang, hammasi yaxshi boʼladi, Аllohning rahmati keng...

👍79❤36🔥13🎉2🤩2