KITOB HAQIDA 10 FIKR.
1. Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni oʻqib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz.
2. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning oʻqib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila oʻlchanadi.
3. Kitob oʻqishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.
4. Kitob kinodan afzaldir. Negaki, kishi tasavvurining koʻlami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi.
5. Qancha koʻp kitob oʻqisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.
6. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob oʻqiydiganlar va kitob oʻqiydiganlarning ogʻziga qarab yuradiganlarga boʻlinadi.
7. Soʻmni tiyin tashkil etsa, oʻqib chiqilgan kitob soni – bilimni.
8. Aql topish uchun kitob oʻqish – tana manfaatida badantarbiya bilan shugʻullanishdek gapdir.
9. Kishi aqlli boʻlib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. Oʻsha oʻntani topish uchun esa minglab kitoblarni oʻqib chiqishi kerak boʻladi.
10. Yaqin doʻsting boʻlmish kitobga ishon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil soʻzlab beradi senga..
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok

👍2
Taqvo va Ilm
• Dushmaningni taqvo va ilm bilan mag'lub qil. Sen bunisi (ya'ni taqvo) va unisi (ya'ni ilm) bilan dushman ustidan g'olib bo'lasan. Yigit kishi biror narsani ilmni taqvo bilan bog'laganichalik bog'lamaydi.
©️ Unvanul bayon
• Xulosa: Insonda taqvo bo'lmasa, har xil mumkin bo'lmagan ishlarni qilib qo'yishi mumkin. Tushkunlikka tushganda ham taqvo yordamga keladi. Dunyodagi eng qiyin vaziyatdan ham taqvo va ilm bilan chiqiladi. Ilm olishni hech qachon to'xtatmang. O'z kasbingizdagilardan va tengdoshlaringizdan bir qadam oldinda yurasiz.

👍6
Umr temir bo'lsa ham, bir kun eriydi
Agar e'tibor berayotgan bo'lsangiz soatlar kunlarga, kunlar oylarga va oylar esa yillarga ulanib o'tib bormoqda. Daqiqalardan qanday foydalanish har kimning o'z ixtiyoridadir.
Hozirda yoshlar ko'p vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarga sarflab yuborishyapti va o'zlarining hayotdan maqsadlarini anglab yetishmayapti. Natijada yoshlar mas'uliyat tushunchasini unutib bormoqdalar.
Ushbu muammolarning yagona yechimi faqat ilm hisoblanadi. Biz bilgan milliarderlar ham faqat ilm orqali shu darajagacha yetib kelishgan.
Najot Ta'lim markazida har hafta tashkil qilinib kelayotgan master-klasslarning bu galgi spikeri "Osmondagi bolalar" loyihasi mehmoni Doniyor Nasriddinov bo'libdilar. Ushbu master-klass premyerasi orqali siz ilm olish borasida qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.
Suhbatni barcha ilm talabida bo’lgan yoshlar ko’rishi lozim. Premyera bugun, 9-dekabr, soat 20:00 da bo'lib o'tadi.
👉 Havola: https://youtu.be/qtFiwEkQNjM
t.iss.one/hasankhojaBlog

YouTube
Ilm olish sirlari — barcha ilm talabida bo'lganlar ko'rishi kerak bo'lgan suhbat
Suhbatni quyidagi mavzularda tomosha qilishingiz mumkin:
00:00 - Treyler
01:03 - Kirish
03:00 - Tanishtiruv
07:14 - Ilm olish sirlari haqida
09:40 - Time managment
10:56 - Vaqt haqida
30:55 - Ilm haqida
34:26 - Niyat
36:43 - Himmat haqida
39:40 - Ilmning…
00:00 - Treyler
01:03 - Kirish
03:00 - Tanishtiruv
07:14 - Ilm olish sirlari haqida
09:40 - Time managment
10:56 - Vaqt haqida
30:55 - Ilm haqida
34:26 - Niyat
36:43 - Himmat haqida
39:40 - Ilmning…
👍4
1xbet o'ynash va unda yutilgan pullar halolmi?
Bu o'yin haqidagi salbiy tushunchalar bisyor, qolaversa Islom dinida ham bandalarining bir birlarining molida ham jonida ham haqqi yo'q ekanligi ko'p takidlangan.
Biz fikr yuritish chog'ida o'zimizning holatimizdan ko'ra o'zga haqida ozgina chuqurroq fikr yuritsak yaxshi menimcha. O'zingiz bir o'ylab ko'ring, siz pul tikib yutgan chog'ingizda ham sizni yutug'ingizni o'sha faoliyat bilan shug'ullanuvchi kompaniya beryaptimi?
Yo'q albatta, u yerdagi sizning yutug'ingiz kimlarningdir mag'lubiyati.
Ya'ni birovning haqqini olyapsiz. Yutkazayotgan insonning holati sizga ayonmi? Yo'q, siz hattoki u insonning aqliy faoliyati, oilaviy ahvoli haqida ham bilmaysiz. Qayerdan bilasiz, balki kimdir o'zi uchun kerakli va qadrli narsasini sotib pulini tikgandur.
#Premyera | 1xbet haqiqatlari 2 - qism
Yangi videoni bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin!
O'tkazib yubormang 👇
https://youtu.be/Uvlbpire8Vs

👍5
Onam sut-qatiq sotib, meni o'qitgan
Ko'p suhbatlarimda, maqolalarimda farzand tarbiyasida ota-onaning o'rni va farzandlarimizga kerakli bo'lgan tarbiyani berish haqida ko'p gapirib o'taman. Moziyda bir ulamo aytgan ekan: "Bolangni tarbiya qilishing shart emas (ozgina mubolag'a qilingan to'g'ri), o'zingni tarbiya qilsang, shuni o'zi yetadi, bolang seni gapingdan ko'ra amalingga quloq soladi".
Yoshligimizda hatto gugurtga ham pul topolmay qolgan vaqtimiz bo'lgan deya o'z suhbatini davom ettirarkan "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi qahramoni, shu darajaga yetguncha ota-onasining boshidan kechirganlarini aytib, hayotida ularning o'rni qanchalik beqiyosligini so'zlab beribdilar. Koreyada onalar farzandlariga qay darajada e'tiborligi haqida ham juda yaxshi gaplar aytilibdi.
Premyerani bugun 20:00 da, bo'lib o'tadi! Farzand tarbiyasiga alohida e'tibor beradiganlar uchun ko'rishni tavsiya qilaman.
Havola: https://youtu.be/Znhcpqsy6z4
P.s. Juda ham manfaatli suhbat bo'lganiga ishonaman!😊

Telegram
Osmondagi bolalar
🚀 Maqsadimiz o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishgan insonlarni ommaga tanishtirishdan iborat.
👉 Osmondagi bolalar futbolkalari: @obshopbot
🤖 Rasmiy bot xizmati: @osmondagibolalarr_bot

👍1
Boshqalarga foydali bo'lish haqida
Odamlarga foydang tegar ekan, javobi topilmas savollar, stress, yolg'izlik, maqsadning yo'qligi qiynamay qo'yadi seni.
Xo'sh, foydali bo'lishing uchun birinchi qadamlar nimalardan iborat bo'lishi kerak?
1. Taniqli bo'l
Hamma ishlaringni ommaga olib chiq ya'ni odamlarga ko'rsat, (maxfiy savoblardan tashqari albatta).
Qancha ko'p odamlarga tanilsang, shuncha ko'p foydang tegadi.
2. Boy bo'l
Kasbing yoki tadbirkorliging orqali boyib borayotganing, odamlarga katta foydang tegayotganini belgisi.
Halol boyishga harakat qilar ekansan, sen odamlarga foydali bo'lishga intilyapsan demak.
Boyib olgach, pullaringni foydali ishlarga sarfla. Boy bo'lishing endi jamiyatga ikki barobar foydali.
3. Keskin va kuchli fikrlar bildir.
Keskin fikrlaring odamlar uchun foydali.
Qaror qabul qila olmayotgan va ikki o't orasida yurganlar seni fikringni eshitib qaror qabul qilishlari osonlashadi.
Fikringigga qo'shilmaydiganlar esa, bahslashish orqali o'z fikrlarini mustahkamlab olishadi.
Fikrlaringni bo'lish.
4. Qimmat bo'l.
Odamlar ko'proq pul to'lab sotib olgan kiyimlari va buyumlarini yaxshiroq asrashadi.
Seminar qancha qimmat bo'lsa, bilet sotib olganlarning kelish ehtimoli shuncha oshadi.
Biror tekin maslahatni pulga bersang, amal qilish imkoniyati oshadi. (mana nega treninglar rivojlanmoqda).
P.S.
Endi senga foydasi tegayotgan har qanday taniqli odamni bir eslab ko'r. Yuqoridagilarni barchasini bajarib kelyapti. Navbat senga.
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Odamlarga foydang tegar ekan, javobi topilmas savollar, stress, yolg'izlik, maqsadning yo'qligi qiynamay qo'yadi seni.
Xo'sh, foydali bo'lishing uchun birinchi qadamlar nimalardan iborat bo'lishi kerak?
1. Taniqli bo'l
Hamma ishlaringni ommaga olib chiq ya'ni odamlarga ko'rsat, (maxfiy savoblardan tashqari albatta).
Qancha ko'p odamlarga tanilsang, shuncha ko'p foydang tegadi.
2. Boy bo'l
Kasbing yoki tadbirkorliging orqali boyib borayotganing, odamlarga katta foydang tegayotganini belgisi.
Halol boyishga harakat qilar ekansan, sen odamlarga foydali bo'lishga intilyapsan demak.
Boyib olgach, pullaringni foydali ishlarga sarfla. Boy bo'lishing endi jamiyatga ikki barobar foydali.
3. Keskin va kuchli fikrlar bildir.
Keskin fikrlaring odamlar uchun foydali.
Qaror qabul qila olmayotgan va ikki o't orasida yurganlar seni fikringni eshitib qaror qabul qilishlari osonlashadi.
Fikringigga qo'shilmaydiganlar esa, bahslashish orqali o'z fikrlarini mustahkamlab olishadi.
Fikrlaringni bo'lish.
4. Qimmat bo'l.
Odamlar ko'proq pul to'lab sotib olgan kiyimlari va buyumlarini yaxshiroq asrashadi.
Seminar qancha qimmat bo'lsa, bilet sotib olganlarning kelish ehtimoli shuncha oshadi.
Biror tekin maslahatni pulga bersang, amal qilish imkoniyati oshadi. (mana nega treninglar rivojlanmoqda).
P.S.
Endi senga foydasi tegayotgan har qanday taniqli odamni bir eslab ko'r. Yuqoridagilarni barchasini bajarib kelyapti. Navbat senga.
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍6
Taqvo va Ilm
• Dushmaningni taqvo va ilm bilan mag'lub qil. Sen bunisi (ya'ni taqvo) va unisi (ya'ni ilm) bilan dushman ustidan g'olib bo'lasan. Yigit kishi biror narsani ilmni taqvo bilan bog'laganichalik bog'lamaydi.
©️ Unvanul bayon
• Xulosa: Insonda taqvo bo'lmasa, har xil mumkin bo'lmagan ishlarni qilib qo'yishi mumkin. Tushkunlikka tushganda ham taqvo yordamga keladi. Dunyodagi eng qiyin vaziyatdan ham taqvo va ilm bilan chiqiladi. Ilm olishni hech qachon to'xtatmang. O'z kasbingizdagilardan va tengdoshlaringizdan bir qadam oldinda yurasiz.
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
• Dushmaningni taqvo va ilm bilan mag'lub qil. Sen bunisi (ya'ni taqvo) va unisi (ya'ni ilm) bilan dushman ustidan g'olib bo'lasan. Yigit kishi biror narsani ilmni taqvo bilan bog'laganichalik bog'lamaydi.
©️ Unvanul bayon
• Xulosa: Insonda taqvo bo'lmasa, har xil mumkin bo'lmagan ishlarni qilib qo'yishi mumkin. Tushkunlikka tushganda ham taqvo yordamga keladi. Dunyodagi eng qiyin vaziyatdan ham taqvo va ilm bilan chiqiladi. Ilm olishni hech qachon to'xtatmang. O'z kasbingizdagilardan va tengdoshlaringizdan bir qadam oldinda yurasiz.
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍2
Na istak, na orzu, na hoyu havas,
Dunyoga zigʼircha ketmasin hushim.
Robbim, yolvoraman Sendan iltimos,
Mening hech birovga tushmasin ishim.
Qaysidir pastkashning ostonasida,
Yuzimga yopilgan darvozasida,
Jonimni hovuchlab oʼt orasida,
Mening hech birovga tushmasin ishim.
Mol—davlat demayman, sinoat bergin,
Bir burda nonga ham qanoat bergin.
Qiyomat kunida shafoat bergin,
Mening hech birovga tushmasin ishim.
Sinovlar kelsada, goʼzal sabr ber,
Oʼsha sabrlarga biroz ajr ber.
Qulingman, illo Sen shohdek qadr ber,
Mening hech birovga tushmasin ishim.
Faqirlik bersang—da, koʼnglimni toʼq qil,
Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil.
Sen qudrat sohibi, men koʼzi soʼqir
Аmmo hech birovga tushmasin ishim.
Meni bir oʼlikdek hojati yoʼq qil,
Oʼzingdan oʼzgaga tushmasin ishim...

Kecha savoblarni ko‘paytirish payida yurardim, bugun ko‘p gunoh qilmaslikka harakat qilayapman.
Kecha har narsaning eng yaxshilarini olardim, bugun boriga qanoat qilishni o‘rgandim. Kecha tengqurlarim bilan ko‘proq suhbat qilardim, bugun keksalarni tinglagim keladi. Kecha yuz yillar yashaydigan odamdek yurardim, bugun umrimning so‘nggi kunlari o‘tayotgandek tuyuladi. Kecha nasihat qilaverardim, bugun ibrat bo‘lishga intilaman. Kecha ko‘plarni tanqid qilardim, bugun o‘shalarni rag‘batlantiradigan bo‘lganman.
Kecha ko‘p bilishga qiziqardim, bugun boriga amal qilishga urinayapman. Kecha ko‘ngillarni qoldirishdan og‘rinmasdim, bugun ko‘ngillarni ololmayotganimdan siqilaman. Kecha xato qilishsa jazolardim, bugun tuzatishlariga imkon bergim keladi.
Kecha birovning joniga tegib hazil qilishga rag‘batim bor edi, bugun birovning sha'ni to‘kiladigan hazillardan nafratlanaman.
Kecha insonlarga ishonardim, bugun yuragimni faqat rahmonga ochaman. Kecha meni unutganlarni eslab o‘kinardim, bugun meni eslab yashaydiganlarniyam unutib qo‘yayotgandekman. Kecha bo‘sh vaqtimda qiladigan ishlarning rejasini qilardim, bugun rejadagi ishlarimni qilish uchun vaqt qidiraman. Kecha olimlarning ilmiga havas qilardim, bugun taqvodorlarning amaliga maftunman. Kecha Allohdan so‘rayverardim, bugun Alloh oldida so‘ralishim borligini o‘ylayman. Kecha sog‘inib yashashni bilardim, bugun sog‘intirib uzoqlashadigan bo‘lganman.
Kecha bilganlarimni boshqalarga o‘rgansin deb uzatardim, bugun boshqalardan nima o‘rgansam bo‘ladi deb kuzataman. Kecha ranjitishsa o‘zim hisob - kitob qilib olardim, bugun hammasini haqqa topshirib ketaveraman. Kecha ko‘zlarimga kabani ko‘rmoq orzusi tinchlik bermasdi, bugun ko‘nglimga kabani qurishni duoda so‘rayapman. Kecha yashashim kerakligini bilardim, bugun o‘lim muqarrarligini anglaganman...