Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.64K subscribers
506 photos
390 videos
9 files
747 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Top universitetlarda o'qish hammaga ham tavsiya qilinmaydi

Alohida mavzuning navbatdagi sonida "Top universitetlarga kirish" mavzusida suhbat qildik. Suhbatda Millat Umidi universiteti asoschisi Umidjon Ishmukhammedov hamda Amerikaning Vanderbilt universitetida $373,000 grant yutgan Jamshidbek ham mehmon bo'lishgan.

Unda:
- qanday qilib to'g'ri yo'nalish va universitet tanlash;
- tayyorlarlik bosqichlari, xatolar, yechimlar;
- qanday qilib universitetga to'g'ri hujjat tayyorlash;
- o'qish davomida ahamiyat berish kerak bo'lgan muhim jihatlar va foydali maslahatlar haqida gaplashganmiz.


O'zimning dardim bo'lgan, kimlarga va nima uchun top universitetlarga kirish tavsiya qilinmasligi haqida ham aytib o'tganman.

Tomosha qiling. Top universitetlarda o'qishni istagan tanishlaringizga ulashing.

Havola: https://youtu.be/Bt-VHJ7uCtw
❤‍🔥16🔥4🥰1
Korzinka.uz asoschilaridan Alisher Hoshimov aka bilan suhbat xulosalari

(12.04.2025)

1. Yangi o‘yinchilarda doim eng zo‘r bo‘lish imkoniyati bor, chunki eski o‘yinchilar ishlayotgan tizimni buzishga ko‘zlari qiymaydi.

2. Taklifim: bitta sohada ishlang va shu sohaning eng zo‘riga aylaning.

3. Milliardlab daromad ko‘rgan kompaniyalarda ishlagan xodimlarni yollash kerak. Agar shunday kompaniyaga aylanishni istasangiz.

4. Katta tizimlarda menejer vakolati tobora kamayadi.

5. Har bir market xodimi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha alohida rahbariga bo‘ysinadi.

6. Hamma xodimlar KPI asosida ishlaydi. Komanda oyligi reja bilan bog‘langan. 100% dan yuqori har bir foiz uchun bonus beriladi.

7. Xodimlarga karyera qilish uchun imkon beramiz. Oddiy xodimlar orasidan menejer va head office vakillari chiqadi.

8. O‘sish bilan bog‘liq ravishda tayyor menejerlarni yollashni boshladik. Lekin ichki maktabdan chiqqan menejerlar ko‘proq samarali bo‘ladi.

9. Har bir xodimning razryadi va attestatsiya tizimi mavjud.

10. Qoidani buzgan xodim attestatsiyaga kiritilmaydi va bonuslardan mahrum qilinadi.

11. Nonvoylar tadbirkor sifatida mustaqil ishlaydi. Agar boshqa sohalarda ham nonvoylar modeli joriy qilinsa, samarali bo‘ladi. Chunki tadbirkorlar bilan ishlash oson.

12. SSSR davrida taksichilarning KPI’si ko‘proq benzin sarflash edi, natijada ariqlardan benzin hidi kelardi.

13. City Taxi loyihasida haydovchilarni tadbirkor emas, xodim sifatida ishlatmoqchi edik, lekin bu ishlamadi.

14. Operatsion direktor ishi aniq, sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Juda murakkab formulalarga hojat yo‘q.

15. Rahbarga faqat bitta odam yaqin bo‘lmasligi kerak. Aks holda faqat o‘sha soha rivojlanadi, boshqalar esa oqsoqlanadi.

16. Har bir rahbarning samaradorligini o‘lchash zarur.

17. Komandada har xil odamlar bo‘lishi kerak. Qarshi fikr bildiradiganlar ham kerak.

18. Avtokrat bo‘lsangiz, xatolarni ko‘ra olmaysiz.

19. “Xonlik” tizimiga aylanishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Xonliklar parchalangan.

20. Kengayishda siz zo‘r qilayotgan ishni bir xodimga topshiring. Dastlab sizdek qila olmasligi mumkin, lekin keyin sizdan ham yaxshi bajarishi mumkin. Fokus evaziga.

21. Xodimlar doimiy siz bilan qolishi uchun o‘z ustida ishlashi shart. Siz rejalaringizni ularga yetkazishingiz, o‘qish va rivojlanish uchun imkoniyat yaratishingiz lozim. Aks holda, o‘rnini o‘zlashtira oladigan kadrga topshirishga majbur bo‘lasiz. Agar vakolatni bermasangiz, sizning ham o‘sishingiz to‘xtaydi.

22. Ba’zi xodimlarning kompaniyadan chiqib ketishi tabiiy. O‘z ustida ishlamagan bilan xayrlashish ham shunday. Eng yaxshi holat — xodim va kompaniya bir tempda o‘sishi.

23. Alisher aka ham dastlab hamma ishni o‘zlari bajarganlar.

24. Kengaygan sayin barcha kadrlar “yulduz” bo‘lmaydi. O‘rtamiyona kadrlar bo‘lishi tabiiy.

25. Hozircha franshiza bermayapmiz. Samarqandni qaytarib oldik, Nukus ham tugatiladi. Franshiza bo‘yicha tajriba o‘xshamadi.

26. Eng sevimli ko‘rsatkichim: “viruchka” va cheklar soni.

27. Barcha instruksiyalarni bitta varaqda yozib chiqqanman. Hanuzgacha shundan foydalaniladi.

28. Biz organik o‘sganmiz. Trening markazi ham bitta varaqdan boshlangan.

29. Ketgan xodimlar tarixini HR yuritadi. Qayta yollashda bu hisobga olinadi. To‘g‘ri ketgan bo‘lishi kerak.

30. Farzandingiz bilan kelishgan holda yashash yaxshi: “Darsingni bajarganingdan keyin birga boramiz.”

31. Tarbiya gap bilan emas, ko‘rsatish bilan bo‘ladi.

32. Farzandimdan hech qachon pul berkitmaganman.

33. Farzandimiz qilayotgan ishining natijasidan rozi bo‘lsak, u mas’uliyatli bo‘ladi. Xodimlar bilan ham shu usul samarali.

34. Bitta yaxshi xodim, rahbari to‘yiga kelmagani uchun, 15 yillik ish faoliyatidan keyin ketib qolgan.

35. Xodim bilan yaqin bo‘lish kuchli effekt beradi, lekin badali ham og‘ir — unga tayyor turish kerak.

P.s. Mana nima uchun mutaxassis bilan suhbatlashish kerak…
👍28🔥21🤩1
ZAVOL.

Umaviy hukmdorlarning biridan so‘rashdi:
— Saltanatingiz nega zavolga yuz tutdi?
U javob berdi:
— Zavolimizga sabab o‘zaro ixtilofimiz va dushmanlarimizning bizga qarshi ittifoqi bo‘ldi.
🔥34👍13❤‍🔥3
BASIRAT.

U ustoziga dedi:
— Agar Dajjolning peshanasiga “kofir” deb yozib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘ylaymanki, unga hech kim ergashmaydi.

Ustozi unga dedi:
— Sigareta qutisi ustida “chekish o‘ldiradi” deb yozib qo‘yilgan. Shunday bo‘lsa ham insonlar uni chekayverishadi.

Ibrat ko‘z bilan emas, basirat bilan!
🔥60❤‍🔥17👍17
Ayollikni Horun ar-Rashidning singlisi qisqa jumlada shunday ifodalaydi:
“Biz erlarimiz uchun ayolmiz. Boshqa nomahramlarga esa erkakmiz!”
🔥61❤‍🔥28👍11🎉4🤩3
Ne’mat

Har bir ota farzandining kamolini ko‘rishni istaydi. Lekin bu yo‘l uzoq, og‘ir va sabr talab qiladi. Har kim ham oxiriga yetolmaydi. Shu sabab natijalar ham bir xil bo‘lmaydi.

Men hali yosh otaman. Farzandlarimning ta’limi va tarbiyasi bilan bandman. Insha Alloh, kelajakda ularning ummatga foyda qo‘shayotganini ko‘rish niyatim bor. Bu yillar davom etadigan mehnat. Ammo men o‘sha tuyg‘uni bugunoq his qila boshladim. Kimlar orqali, bilasizmi? Shogirdlarim orqali.

Ularning natijalari, yaratgan qiymatlari, keltirayotgan foydalari, katta maqsadlari orqali men shu ne’matning ta’mini tatib turibman.
O‘zim ulgura olmagan, vaqt topa olmagan, uddalay olmagan ishlarni Alloh menga shogirdlarim orqali nasib qilmoqda.

Ular o‘sib, yuksalib borayotganida o‘zim ham yuksalayotganday bo‘laman.
“Ha, mening mehnatim zoye ketmayapti”, deb ichingdan aytasan. Bu odamga kuch beradi. Mas’uliyat yuklaydi. G‘urur beradi.

Rasululloh aytdilar:
“Odam o‘lgach amallari uziladi, uch narsa bundan mustasno: sadaqa jariya, foydali ilm va duoda bo‘ladigan solih farzand.”

Ulamolar aytadilar:
Foydali ilm bergan ustoz — shogirdlari qilgan har bir savobdan ulush oladi.”

Yana Rasululloh aytganlar:
“Kim bir yaxshilikka yo‘l ko‘rsatsa, uni bajarganlarning savobidan ulush oladi.”

Ibn Mas’ud (r.a.) deganlar:
“Ilmingdan foyda oladigan shogird — senga berilgan eng katta ne’matlardandir.”

Hasan Basriy aytganlar:
“Ilm egasining izidan yurayotgan shogird — uning hayotidan keyingi davomchidir.”

Ibn al-Muborak aytganlar:
“Ustozning haqiqiy merosi kitobi emas, balki komillikka intilayotgan shogirdidir.”

Shogirdlarning yaratgan qiymati, niyatlari va muvaffaqiyatlari — ana shu merosning tirik dalilidir.

Allohga hamd.
U meni foydali ilm yo‘lida xizmat qiluvchi qilib qo‘ydi.

Solih farzand qanday ne’mat bo‘lsa, solih shogird ham shunday buyuk ne’matdir.

P.s. bunga oddiy misol
🔥38❤‍🔥18👍16🤩1
❤‍🔥38👍14🥰4🔥2🤩2
Faxr

Oldinlari bunday xabarlar mening tasavvurimdan ham baland edi.
Bugun esa ular hayotimdagi eng katta quvonchlarimdan biriga aylanmoqda..

Bu qiz bilan 4 yil avval, uch duganosi bilan birga, tibbiyot yo‘nalishiga tayyorlangan edik. O‘sha paytda ular yo‘lini topishga urinayotgan uchta qiz edi, men esa imkon qadar ularga yo‘l ko‘rsatishga harakat qilardim.

Yaqinda Amerikada, aeroportda tasodifan yo‘limiz kesishdi. O‘zi tanib yonimga keldi, salom berdi, hol-ahvol so‘radi. Shu holning o‘zi ham ustoz uchun alohida qadrlidir.

Suhbat davomida kelishidan maqsadini aytganda esa, ichimda g‘alati bir sukunat, bir quvonch uyg‘ondi.

“Harvardga taqdimot qilish uchun keldim.”
Mavzu: “AI-Driven Imaging in Dentistry: Current Capabilities and Clinical Implications”

Bu oddiy voqea emas.

Harvardga ilm taqdim etish — eng yuqori maydonlardan biri.

Va mening shogirdim o‘sha yerda ilm haqida gapiryapti.

Bu — har kimga nasib bo‘lmaydigan maydon.

Bu kabi xabarlarni eshitganimda ichimda bir tuyg‘u paydo bo‘ladi:
“Mehnat zoye ketmayapti. Harakatlar samara beryapti.”

Madinabonu, sening hozirgi yutuqlaring — o‘sha yillarda qilgan mehnatingning tabiiy davomidir.
Men chin dildan quvondim.
Alloh seni ilmli, tirishqoq, e’tiqodli va xalqimizga foydali tibbiyot mutaxassisi bo‘lishingda madadkor bo‘lsin.
Yo‘ling ochiq bo‘lsin.
Ilming barakali bo‘lsin
❤‍🔥60🔥28🎉11👍3🥰1
3 yil oldingi xabar…)
🔥45❤‍🔥27👍11🥰2
Forwarded from Umida
Ассалом алекум. Ман Мадинабонуни ойисиман. Хасанхужака, сиз нафакат кизимиз, уни дугоналари, балки купчилик учун авторитетсиз. Сиз дарсларда гапирган балки сиз учун оддий туюлган нутклар, купчилик хаетида кескин узгаришларга сабаб булган булса ажабамас. Чет элда бакалавриат укишни умид килган кизларимизга шунака чиройли мотивациялар, тушунтиришлар берганингиз хали эсимда. Аллохга шукур хаммалари узларини чиройли йулларини топишди, келажак учун чиройли пойдевор гиштини куришмокда.
Урни келганда яна бир гапни езиб кетмокчиман, узизни эсизда булмасаям керак, Кизимизга SAT дан дарс утиб, имтихондан зур бахо опчиккани учун бир сум пул омаган устоз Сизсиз. Ушанда эткандиз, кизларни укитиш баробарида умматни укитгандейман дегансиз.
Бу учун Сизга алохида рахмат.
🔥41❤‍🔥12🤩7
Forwarded from .
Xurmatli Hasanhuja, assalomu aleykum. Farzandimni ushbu tadbirda qatnashganligi haqidagi ma’lumot https://t.iss.one/centralasianuni kanalida ham chop etildi, biroq ota urnida kuproq farzandimga nisbatan faxr hissini siz o’z kanalizda shu haqida chop etgan malumot berdi. Sababi bu yerda, ustoz sifatida shogirdlarni har bir yutigini befarq qoldirmaslikka bulgan etibor bor. JFK aeroportida kurishib qolinganda ham bildimki, u yerda ham shogirtlarni yutigi va maqsadlari ortidan Amerikaga tashrif buyurgan ekansiz. Ushbu faxrli va uz urnida mashaqqatli kasbizda omad va quch quvvat tilaymiz.
🔥27🥰10🤩3❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moliyaviy savodxonlik nima
uchun muhim?
❤‍🔥22👍8🔥4
Forwarded from Qadriyatim
#shogirdimga

Tanilishingizni o’zi yetarli emas, tan olinishingiz ham shart…
🔥46👍16❤‍🔥3
Qiziq xulosa

63 dagilar 109 dagilardan uzunroq va ko’proqdir

Shuning uchun 63 lardan ehtiyot bo’laverish kerak…
🔥41
Hurmat

Bir kishi xalifa Umar ibn Xattob roziyollohu anhuni maqtab: " Sizga o‘xshagan insonni ko‘rmaganman" , dedi. Shunda Umar unga: " Abu Bakrni ko‘rganmisan?" , dedilar. U : "Yo‘q" , dedi. Shunda Umar roziyollohu anhu unga:
"Agar " Abu Bakrni ko‘rganman", deganingda ta’ziringni berardim" , dedilar.

Rasululloh alayhis salotu vas salomdan so‘ng eng buyuk inson Abu Bakr Siddiq roziyollohu anhudirlar. U zotdan so‘ng hazrati Umar ibn Xattob roziyollohu anhudirlar. Haligi inson ana shu mezonni bilmagani uchun Umar roziyollohu anhu tanbeh berdilar.

Hurmat shaxsga qarab emas, mezonga qarab beriladi.

Sahobalar odamlarni solishtirishda hissiyotga emas, haqqoniy tartibga tayanishgan.

Umar roziyollohu anhu o‘zini emas, Abu Bakr roziyollohu anhuni ustun qo‘yishni talab qildi.

Bu kamtarlik emas.
Bu haqqni joyiga qo‘yish.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan keyin fazilat tartibi aniq.
Uni bilmaslik hurmatsizlikka olib boradi.

Siz kimnidir maqtab, boshqasining haqini yemayapsizmi.
Siz hurmat qilayotganda adolat mezonini yo‘qotmayapsizmi.

Sahobalardan o‘rganiladigan eng katta dars shu.
❤‍🔥37🔥15🤩3
#Hisob_kitob
"Horun ar-Rashid davrida davlatning yillik kirimi 7015 qintorga yetdi. Bir qintor u davrning hisobi bilan 10000 dinor bo‘ladi. Demak, jami 70 million 150 ming dinor bo‘ladi".

Ibn Xoldun.
"Muqaddima" kitobidan.


Bir dinor 2,25 g tilla
1 g tillaning narhi tahminan 120 dollar

Endi hisoblaymiz
70,15 mln x 2,25 x 120 ≈ 19 mlrd $
❤‍🔥18🔥17👍7