Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.62K subscribers
506 photos
390 videos
9 files
748 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Eng to’g’risi yashirin amallariga qarash kerak…
🔥49❤‍🔥16👍13
Forwarded from Orif Tolib
“E Voh” oʻzbek tili va adabiyoti olimpiadasi oltin medaliga Mansur Siddiqov sazovor boʻldi

Toshkent shahridagi “Sodiq School” maktabi oʻqituvchisi 30 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
❤‍🔥33👍22🔥14🥰3🤩2
Forwarded from ScholarConnect
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Stop right here — this might be your next big opportunity!

💡 ScholarConnect
is opening new Research Assistantship positions in Economics, Engineering, Finance, and more!

We’re connecting ambitious students from Uzbekistan 🇺🇿 and Kazakhstan 🇰🇿 with researchers from top universities worldwide 🌍.

Gain real research experience.
🤝 Build connections that matter.
🚀 Grow your future with us.

Ready to take the next step?
👉 Apply now at
scholarconnect.uz
👍5🔥1
Har bir rivoyat, har bir misol, har bir tarixiy voqea — bir ogohlantirishdir.

Agar eshitib, lekin yurakka solmasang — bu so‘zlar shamolga aytilgan.

Agar ko‘z yoshing chiqib, lekin hayoting o‘zgarmasa — demak ko‘ngil emas, faqat his-tuyg‘u ishlagan.

Hech bo‘lmaganda o‘zimizni emas, bolalarimizni, shogirdlarimizni shu xulosalar bilan tarbiyalaylik.

“Qissalarni eshitsangizu, ammo kerakli xulosalarni olmasangiz, umringizni zoye qilibsiz.”
🔥35❤‍🔥17👍9🤩3
Yigitlar lug’ati

Mayli” degani — “ko‘ramiz” degani,

Ko‘’ramiz” degani — “hali bilmadim” degani,

Hali bilmadim” degani — “yo‘q” degani,

Yo‘q” degani — “ha degani” emas.

Ba’zida esa “ha” degani — “hozir emas” degani bo‘ladi.

“Xo‘p” degani — “keyinroq” degani.

Keyinroq” degani — “esimdan chiqmasa” degani.

“Esimdan chiqmasa” degani — “unutaman” degani.

“Hali aniqmas” — deyarli “yo‘q” degani.

“Mayli, o’zing bilasan” — “men rozi emasman” degani.


Qizlar lug’ati

ha” degani — ha degani,

yo‘q” degani — ha degani,

ha” degani — yo‘q degani,

yo‘q” degani — “balki” degani,

balki” esa — ba’zan “ha”, ba’zan “yo‘q” degani.
🤩83👍32🔥16🥰8❤‍🔥2
Bosiqlik

Mashhur yunon faylasufi Ezop o‘zining “Masallar” kitobida quyidagi hikoyani keltiradi:

Shamol bilan uyqu kim kuchli ekanini aniqlash uchun bahslashib qolishadi. Ular bir tilla non ko‘targan bolaning ketayotganini ko‘rib, shunday kelishishadi: kim bolaning qo‘lidan nonni ola olsa, o‘sha kuchli.

Avval shamol urinadi. U kuchli esib, bolani ko‘tarib yerga uradi. Lekin bola juda och edi. U nonni qo‘ldan qo‘ymadi. Suyagi sinsin — noni tushmasin!

Shamol qancha urinsa ham foydasi bo‘lmaydi. So‘ng, navbat uyquga keladi. Uyqu bolani asta boshidan silab, mehr bilan uxlantiradi. Oradan bir daqiqa o‘tmay bola uxlab qoladi. Non yerga tushadi. Uyqu nonni olib, baland ko‘taradi va shamolga aytadi:

– Qaysi birimiz kuchli ekanmiz?

Shamol yutqazganini tan olib, sekin esib ketadi.

Hayotdagi ko‘p muammolar kuch bilan emas, aql bilan hal bo‘ladi. Bo‘ron eng katta kemani parchalasa ham, ipdagi tugunni yecha olmaydi.

Muammolarni yumshoqlik va muvozanat bilan hal qilish – zararini kamaytiradi. Qattiqqo‘llik muammoni yechsa ham, odamni sindiradi. Agar hal qilolmasa – muammoni kattalashtiradi.

Doimo “g‘alaba qozonish” niyatida yashaydigan odamlar – yolg‘iz yashab, yolg‘iz o‘ladilar.

Sokinlik har doim to‘liq yechim bermasa ham – muammoni avj oldirmaydi.

Rasululloh ﷺ hayotidan ibrat:

Payg‘ambarimiz ﷺ ayollaridan Oisha onamiz huzurlarida edilar. Shu payt boshqa bir onamiz xizmatkori orqali idishda taom yuboradilar. Oisha onamiz rashkdan idishni urib sindiradilar.

Qanday noqulay holat! Ko‘pchilik bu paytda g‘azabga berilardi.

Ammo Rasululloh ﷺ sindirilgan idishning bo‘laklarini birlashtirib, ichidagi taomni yig‘ib, sahobalarga aytdilar:

– Onangiz rashk qildi, yenglar.

Ular ovqatdan yeyishdi. Oisha onamizga esa:

– Singan idish o‘rniga boshqa idish bering, – dedilar.

Shunday qilib, U Zot ﷺ muammoni birinchi daqiqasidayoq “yerga ko‘mdilar”.

Xulosa:

Muammo kuch bilan emas – bosiqlik va muvozanat bilan yengiladi.
Kim muammoni chaqalog‘idayoq yechsa – u o‘zini va boshqani asraydi.

“Sokinlik muammoni yechmasa ham, uni kattalashtirmaydi.”

Aql bilan boshqarilgan his – eng katta kuch.

Har doim g‘alabani o‘ylaydiganlar – ko‘proq yo‘qotadi.

Yengil hal bo‘ladigan holatni ham qattiqlik bilan yondashsangiz, qalbni sindirasiz, jamoa buziladi, ishonch yo‘qoladi.

Bosiq bo‘laylik.
👍25🔥15❤‍🔥5
Buni riyo deyishadi

Har bir insonda shu mayl bor:

Ko‘rinsin. Maqtalsin. E’tirof etilsin.

Chunki riyo – ixlosning eng xavfli dushmani.
U insonni Alloh uchun qilinadigan amalni odamlar uchun qilinayotganga aylantiradi.

Lekin bundan ham xavfliroq holat bor:

Odamlarning qalbini hukm qilish.

Biror kishi ko‘pchilik oldida yig‘lab turgan bo‘lsa, darrov: “Riyo qilayapti,” — deb gumon qilamiz.
Lekin aslida u ixlos ila qilgan bo‘lishi mumkin.
Mak’hul rahimahulloh aytganidek:

“Bir kishining namozda yig‘layotganini ko‘rib, ichimda riyo qilyapti deb o‘yladim. Shu yomon gumonim sababidan bir yil yig‘lay olmadim.”

Riyo qalbdan chiqadi. Gumon esa ko‘zni qoraytiradi.

Shuning uchun…

Qilgan amalingizga Alloh rozimi – mana shu savolni bering.

Hech kimning qalbidagi niyatga hukm chiqarishga urinmang.

“Insonlar bir kishining obro‘sini ko‘tarishi ham, uni jamlanib qulatishi ham mumkin emas. Foyda va zarar faqat Allohdan.”

Shu tafakkur sizni riyo balosidan ham, gumon ilonidan ham asraydi.
❤‍🔥34🔥13👍7🥰3
Agar o‘qiyotgan kitoblaringiz:

Sizni Allohga yaqin qilmasa,

Nafsingizni tan olmay, uni quvvatlantirsa,

Shariat mezonlarini rad etib, “fikrim shunaqa”ni ustun qo‘ysa,

U holda:

Siz ilm o‘rganmagan ekansiz, balki fikrlar kolleksiyasi yig‘gansiz.

Siz tafakkur qilmagan ekansiz, balki o‘z egosini boqayotgan bo‘lgan ekansiz.

Siz o‘qimishli bo‘lgansiz, ammo aql bilan emas, shunchaki axborot bilan to‘yingansiz.

Siz maslahat bermaydigan, faqatgina munozara qiladigan insonga aylangansiz.

O‘qiganingiz foyda bermadi. Tavsiya qilganingiz zarar bo‘ldi. Gapirganingiz esa najot emas — fitna bo‘ldi.

Tavakkal emas — takabburlik o‘rgandiz. Haqiqat emas — o‘zingizga qulay talqin o‘rgandiz.

Shariat mezoni bilan baholamagan ilm — zulmatdir.
Nafsga yoqqan fikrni haqiqat deb o‘ylash — johillikdir.
Allohsiz o‘qilgan har bir kitob — umrni o‘g‘rilaydi, qalbni zaharlaydi.

So‘ngra o‘zingizga shunday savol bering:

Bu kitob menga taqvo olib keldimi?

Men uni o‘qigach, duo, tavba, sajda, halollik, hayoni oshirdimmi?

Yoki faqatgina bahslashishni, o‘zini ustun ko‘rishni, iblis kabi “men bilaman” degan kibrni o‘rgandimmi?

Balki endi… kitobni emas, qalbingizni oching. O‘qishni emas, uni tavsiya qilishni emas, balki sof tafakkurni boshlang.
🔥40❤‍🔥12👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalar!

Ob-havoning sovib borishi bilan bir qatorda, yuraklarni iliq qiladigan ezgu an’anamiz — xayriya tadbirlarini bu yil ham davom ettiramiz!

“Sodiq School” jamoasi sifatida har yili o‘tkaziladigan “Yordam qo‘li” aksiyasini boshladik. Ushbu xayrli ishda siz ham ishtirok etib, bir insonning yuzida tabassum, yuragida esa umid uyg‘otishingiz mumkin.

Agar siz ham savobli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, 8-noyabr sanasigacha quyidagi buyumlarni maktabimizga olib kelishingizni so‘raymiz:
• erkaklar kiyimlari
• ayollar kiyimlari
• bolalar kiyimlari
• bolalar o‘yinchoqlari

📍 Qabul joyi: “Sodiq School” binosi
🕘 Qabul vaqti: 09:00 — 17:00 (8-noyabrgacha)

Yig‘ilgan kiyim-kechak va o‘yinchoqlar uzoq viloyatlardagi ehtiyojmand oilalarga yetkaziladi.

🤍 Qilayotgan savobli amalingiz sizga va oilangizga xayr-u baraka, tinchlik va farovonlik olib kelsin!
Birgalikda — yaxshilik yo‘lida!
👍22🔥12
Ayt, bu qalb nega qattiqlashdi?

Sen do‘stlaring oldida eng yaxshi kitoblarni o‘qiyapsan,
Eng to‘g‘ri so‘zlarni gapiryapsan,
Eng aqlli fikrlar sening og‘zingdan chiqyapti.

Ammo kechasi yostig‘ing nam, sukunatda yuraging ezilgan.
Nega?

Yuzingda kulgu, yuragingda alam.

Sen rasmda tabassum qilgansan.
Lekin qalbing rasmga tushmaydi.
U yerda yolg‘on baxt yashaydi.
Xuddi ko‘zgu oldida bezanib, Allohdan uzoqlashgandek.
Axir: ‘4:38”

Riyo — bu qalbni so‘nishiga olib keladigan yong‘in.
Duo qilsang ham, ichingda birov maqtab yuborishini kutasan.
Til zikrda, yurak esa Instagramda.
Balki, shuning uchun duolaring Yuqoriga chiqmas.

Ichki yolg‘izlik bu jazodir

Sen hamma orasida yurasan, lekin hech kim seni tushunmaydi. Aksincha ham.

Chiroqlar yonib turgan joyda zulmat ham bo‘ladi.

Sen “dam olyapman” deysan,
Ammo ruhing charchagan.
Sen “ko‘nglimni ko‘taryapman” deysan,
Ammo qalbing qulab borayapti. 7’: 179

Ey Hakiym!
Bizni odamlarning nazaridan emas, Sen uchun yashaydigan bandalardan qil.
Riyodan qutqar, ikkilanishdan xalos et.
Ichki yolg‘izligimizni Sening huzuring bilan to‘ldir.
Ko‘ngil ochish bahonasida g‘aflatga botgan ko‘zlarimizni uyg‘ot.
O‘zini ko‘rsatayotganlardan emas, o‘zini Senga topshirganlardan qilgin.
❤‍🔥54🔥15🥰8👍5
Ayol kishi mantig’i

U nazarda tutmoqchi bo’lgan, ammo ayta olmayotgan gapini tushunmasang xafa bo’ladi. Darrov tushunib qolsang battar xafa bo’ladi…
❤‍🔥54🤩24🔥9👍6🥰5
Haqiqiy adolat – doim yangidan o‘lchashdir.

“Men taniydigan va aql bilan ish qiladigan birgina kishi tikuvchidir. U qachon borsam, mening o‘lchovimni yangidan oladi. Qolgan insonlar esa men haqimdagi eski o‘lchovlarini ishlatishadi. So‘ngra meni o‘sha o‘lchovlariga moslashtirishga harakat qilishadi.”

Jorj Bernard Shou

Har bir inson tikuvchiga o‘xshashi kerak — har safar uchrashganda yangidan o‘lchov oladigan. Shunda sen o‘sha insonning aslini ko‘rishga yaqin bo‘lasan.

Ko‘pchilik odamlar seni o‘zlarining eski taassurotlari, shaxsiy taxminlari, yoki sening o‘tmishing asosida baholaydi. Ular seni o‘zgargan, yetilgan, o‘rganib, tajriba orttirgan inson sifatida ko‘rishmaydi. Balki, seni o‘z shablonlariga solib, o‘zlarining yillar oldingi “o‘lchovlariga” sig‘dirishga urinadi.

Tavsiya:
Har bir odamga yangidan nazar sol.

Uni kechagi holatiga qarab emas, bugungi yondashuviga qarab bahola.

Ustozing, do‘sting, farzanding — bugun boshqacha fikrlayotgani bo’lishi mumkin. O‘zgargan, ulg‘aygan, anglagan bo‘lishi mumkin.

Aks holda, sen avvalgi taassurotlaringni himoya qilib, odamlarni ularga moslashtirishga urinaverasan.

“Odamlarning eng yomoni — o‘zgarishlarga ko‘z yumib, do‘stini kechagi xatolari bilan bugun jazolaguvchidir.”
❤‍🔥25🔥16
XODIM

Ba’zi xodimlar bo‘ladi — ular ketayotganida yuragingdan nimadir uziladi. Chunki u bilan sen nafaqat bir ishda, balki bir maqsadda, bir mas’uliyatda bo‘lgansan. Bunday holatda moliyaviy emas, ma’naviy aloqalar bog‘lanadi. Uning ketishi — yo‘qotishdir. Shunday hodim uchun odam ko‘ngliga sig‘may qoladi, yuragi siqiladi. Uning ketishi — jamoaviy yurak urishining bir notasi yo‘qolishidir.
O‘sha bo‘shliqni hech narsa to‘ldira olmaydi.
O‘z-o‘zingga savollar yog‘ilaveradi:

“Qanday qilib uni ushlab qolsam bo‘lardi?”

“Yana bunaqa sadoqatli insonni qayerdan topaman?”

“Nega ketdi? Qayerda adashdim?”

Ba’zi xodimlar esa — sinov edi.

Ular ketayotganida iching yengillashadi. Nafas olish osonlashadi. Chunki ular bilan har kuni ishlash og‘ir, munosabati sun’iy edi. Tilida “ha”, yuragida “yo‘q”, so‘zida “ustoz”, ammo qalbida “men, men, men…” hukmron edi.
Bunday odam ketganda jamoada toza havo ochiladi, suv tiniqlashadi. Uning ketishi jamoa uchun g‘am emas — najot bo‘ladi.
Bunday hodim ketgan kuni ich-ichingdan shukr aytasan:

“Alhamdulillah. Nihoyat…”

Yana ba’zilar bo‘ladi — ketayotganini eshitganingda beixtiyor “G‘ufronaka” duosini o‘qiysan. Ular haqida gapirishning o‘zi og‘ir. Chunki ular jamoa tinchligini yemirgan, g‘iybat, hasad va fitna bilan muhitni bulg‘agan, birlikni buzgan bo‘ladi.
Bunday inson sening vaqt-u sabringni, jamoaning birligini yeb bitirgan bo‘ladi. Uning ketishi — Allohning rahmatidir. U bilan birga bir davr, bir zulmat, bir fitna tugaydi.

Xulosa
Kim ketganda yuraging siqilsa — demak u senga baraka olib kelgan.

Kim ketganda yengil tortsang — demak u senga yuk bo‘lgan.

Kim ketganda shukr qilsang — demak u sendagi sabrni yegan.

Ketishlar — bizga kim kimligini ko‘rsatadi.
Odam yuzidan emas, ketishidan taniladi.

Alloh har bir hodim ketishida bizga basirat ato etsin.
🔥41❤‍🔥18
Kechirish va Unutish — Ularni farqlang

Ba’zan yurakdagi jarohat shunchalik chuqur bo‘ladi — uni vaqt ham, so‘z ham, masofa ham davolay olmaydi. Siz ilgari kechira olgan edingiz, ammo bu safar boshqasiz. Jimsiz — lekin ichingizda urush davom etmoqda.

Shariyat hech kimdan hamma narsani unutishni talab qilmaydi. Lekin u adolatli munosabatni saqlashni buyuradi.

Kechirish — bu qalbdan nafratni, adovatni bo‘shatishdir.

Unutish esa — xotiradan o‘chirishdir.

Har kim kechirishi mumkin, lekin har kim unutolmaydi. Ba’zan odamlar sizdan “kechir” deb emas, “unut” deb kutadi. Bu esa adolat emas.

Kechirgan inson — jazolash imkoniga ega bo‘la turib, buni qilmaydi.

Unutish esa yurakdagi izlarning yo‘qolishidir — bu esa vaqt, shifo va sabr bilan bog‘liq.

Payg‘ambarimiz ﷺ kechirganlar, ammo unutmaganlar

Rasululloh ﷺ Badr jangida eng sevimli amakilari Hamza roziyallohu anhuni yo‘qotdilar. Uni Vahshiy o‘ldirdi. Keyinchalik Vahshiy iymon keltirdi. Rasululloh ﷺ uning islomini rad etmadilar, qabul qildilar. Kechirdilar.

Ammo shunday dedilar:

“Ko‘zimga ko‘rinmay yurishga qodirmisan?”

Bu — kechirish edi, ammo unutmaslik edi. Bu — jarohat edi, ammo nafrat emas. Bu — inson qalbining samimiy haqiqatidir.


Payg‘ambarimiz ﷺ kechirganlar va unutganlar

Rasululloh ﷺ Makkani fath qilganlarida, yillar davomida u zotga dushmanlik qilgan mushriklarga qaradilar. O‘sha zulm va qiynoqlarni eslab turib:

“Bugun sizlarga malomat yo‘q. Barchangiz ozodsizlar!” — dedilar.

Bu faqat kechirish emas edi — bu unutish edi. Ularni yana birodar deb quchoqlash edi. Bu rahmatda yasalgan rahbarlik, qudratda saqlangan kamtarlik edi.


Qachon inson kechiradi, ammo unutmaydi?

Qachonki jarohat sog‘aymagan bo‘lsa.

Qachonki adolat yuzaga chiqmagan bo‘lsa.

Qachonki ichki og‘riq hali ham davom etayotgan bo‘lsa.

U kechiradi, lekin yuragi unutishga hali ruxsat bermaydi. Bu — kibr emas, bu — insoniy holat.


Qachon inson ham kechiradi, ham unutadi?

Qachonki Allohdan chin shifo so‘rab, ichki og‘riqlarini topshirsa.

Qachonki saboq olinib, o‘sha og‘riq vaznini yo‘qotsa.

Qachonki yurak sog‘lomlasha boshlasa, kechirish ham, unutish ham Allohning izni bilan sodir bo‘ladi.

Unutish — xotira ishi.
Kechirish — qalb ishi.
Qalb esa — Allohning mulki.

Xulosa:

Ba’zi og‘riqlar unut bo‘lmasligi tabiiy.

Ba’zi holatlar kechirilmasligi insonning zaifligi emas.

Ammo kechirish — Allohga yaqinlik, dilingga yengillik olib keladi.

Unuta olmasang ham, kechirishni tanla — bu seni emas, qalbingni saqlab qoladi.

Kechira olganlar — qalbi tirik insonlardir.

Unuta olganlar — yuragi sog‘ayganlardir.

Ammo Alloh uchun kechirganlar — kechirilganlardir.

Qoida:
Kechirimlilar — kechiriladi.
❤‍🔥48🔥11👍4🥰4
Doim haq bo‘lish — doim to‘g‘ri bo‘lish emas.
Har bahsda yutishga urinish — qalblarni yo‘qotishga olib keladi. Hakim odam bunday qilmaydi.

Ba’zan jim turish — eng katta jasoratdir.
Chunki ayrim g‘alabalar mehr evaziga keladi.

Inson bilan munosabat — jang emas.
Ba’zan haq bo’lsangda yutqazib berish — yaxshi munosabatni saqlab qoladi.

Haq bo‘lishga emas, qalbni saqlashga intil.
Chunki qalbni yutish — bahsni yutishdan ustun.
❤‍🔥54🔥26🤩11
Top universitetlarda o'qish hammaga ham tavsiya qilinmaydi

Alohida mavzuning navbatdagi sonida "Top universitetlarga kirish" mavzusida suhbat qildik. Suhbatda Millat Umidi universiteti asoschisi Umidjon Ishmukhammedov hamda Amerikaning Vanderbilt universitetida $373,000 grant yutgan Jamshidbek ham mehmon bo'lishgan.

Unda:
- qanday qilib to'g'ri yo'nalish va universitet tanlash;
- tayyorlarlik bosqichlari, xatolar, yechimlar;
- qanday qilib universitetga to'g'ri hujjat tayyorlash;
- o'qish davomida ahamiyat berish kerak bo'lgan muhim jihatlar va foydali maslahatlar haqida gaplashganmiz.


O'zimning dardim bo'lgan, kimlarga va nima uchun top universitetlarga kirish tavsiya qilinmasligi haqida ham aytib o'tganman.

Tomosha qiling. Top universitetlarda o'qishni istagan tanishlaringizga ulashing.

Havola: https://youtu.be/Bt-VHJ7uCtw
❤‍🔥16🔥4🥰1
Korzinka.uz asoschilaridan Alisher Hoshimov aka bilan suhbat xulosalari

(12.04.2025)

1. Yangi o‘yinchilarda doim eng zo‘r bo‘lish imkoniyati bor, chunki eski o‘yinchilar ishlayotgan tizimni buzishga ko‘zlari qiymaydi.

2. Taklifim: bitta sohada ishlang va shu sohaning eng zo‘riga aylaning.

3. Milliardlab daromad ko‘rgan kompaniyalarda ishlagan xodimlarni yollash kerak. Agar shunday kompaniyaga aylanishni istasangiz.

4. Katta tizimlarda menejer vakolati tobora kamayadi.

5. Har bir market xodimi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha alohida rahbariga bo‘ysinadi.

6. Hamma xodimlar KPI asosida ishlaydi. Komanda oyligi reja bilan bog‘langan. 100% dan yuqori har bir foiz uchun bonus beriladi.

7. Xodimlarga karyera qilish uchun imkon beramiz. Oddiy xodimlar orasidan menejer va head office vakillari chiqadi.

8. O‘sish bilan bog‘liq ravishda tayyor menejerlarni yollashni boshladik. Lekin ichki maktabdan chiqqan menejerlar ko‘proq samarali bo‘ladi.

9. Har bir xodimning razryadi va attestatsiya tizimi mavjud.

10. Qoidani buzgan xodim attestatsiyaga kiritilmaydi va bonuslardan mahrum qilinadi.

11. Nonvoylar tadbirkor sifatida mustaqil ishlaydi. Agar boshqa sohalarda ham nonvoylar modeli joriy qilinsa, samarali bo‘ladi. Chunki tadbirkorlar bilan ishlash oson.

12. SSSR davrida taksichilarning KPI’si ko‘proq benzin sarflash edi, natijada ariqlardan benzin hidi kelardi.

13. City Taxi loyihasida haydovchilarni tadbirkor emas, xodim sifatida ishlatmoqchi edik, lekin bu ishlamadi.

14. Operatsion direktor ishi aniq, sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Juda murakkab formulalarga hojat yo‘q.

15. Rahbarga faqat bitta odam yaqin bo‘lmasligi kerak. Aks holda faqat o‘sha soha rivojlanadi, boshqalar esa oqsoqlanadi.

16. Har bir rahbarning samaradorligini o‘lchash zarur.

17. Komandada har xil odamlar bo‘lishi kerak. Qarshi fikr bildiradiganlar ham kerak.

18. Avtokrat bo‘lsangiz, xatolarni ko‘ra olmaysiz.

19. “Xonlik” tizimiga aylanishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Xonliklar parchalangan.

20. Kengayishda siz zo‘r qilayotgan ishni bir xodimga topshiring. Dastlab sizdek qila olmasligi mumkin, lekin keyin sizdan ham yaxshi bajarishi mumkin. Fokus evaziga.

21. Xodimlar doimiy siz bilan qolishi uchun o‘z ustida ishlashi shart. Siz rejalaringizni ularga yetkazishingiz, o‘qish va rivojlanish uchun imkoniyat yaratishingiz lozim. Aks holda, o‘rnini o‘zlashtira oladigan kadrga topshirishga majbur bo‘lasiz. Agar vakolatni bermasangiz, sizning ham o‘sishingiz to‘xtaydi.

22. Ba’zi xodimlarning kompaniyadan chiqib ketishi tabiiy. O‘z ustida ishlamagan bilan xayrlashish ham shunday. Eng yaxshi holat — xodim va kompaniya bir tempda o‘sishi.

23. Alisher aka ham dastlab hamma ishni o‘zlari bajarganlar.

24. Kengaygan sayin barcha kadrlar “yulduz” bo‘lmaydi. O‘rtamiyona kadrlar bo‘lishi tabiiy.

25. Hozircha franshiza bermayapmiz. Samarqandni qaytarib oldik, Nukus ham tugatiladi. Franshiza bo‘yicha tajriba o‘xshamadi.

26. Eng sevimli ko‘rsatkichim: “viruchka” va cheklar soni.

27. Barcha instruksiyalarni bitta varaqda yozib chiqqanman. Hanuzgacha shundan foydalaniladi.

28. Biz organik o‘sganmiz. Trening markazi ham bitta varaqdan boshlangan.

29. Ketgan xodimlar tarixini HR yuritadi. Qayta yollashda bu hisobga olinadi. To‘g‘ri ketgan bo‘lishi kerak.

30. Farzandingiz bilan kelishgan holda yashash yaxshi: “Darsingni bajarganingdan keyin birga boramiz.”

31. Tarbiya gap bilan emas, ko‘rsatish bilan bo‘ladi.

32. Farzandimdan hech qachon pul berkitmaganman.

33. Farzandimiz qilayotgan ishining natijasidan rozi bo‘lsak, u mas’uliyatli bo‘ladi. Xodimlar bilan ham shu usul samarali.

34. Bitta yaxshi xodim, rahbari to‘yiga kelmagani uchun, 15 yillik ish faoliyatidan keyin ketib qolgan.

35. Xodim bilan yaqin bo‘lish kuchli effekt beradi, lekin badali ham og‘ir — unga tayyor turish kerak.

P.s. Mana nima uchun mutaxassis bilan suhbatlashish kerak…
👍28🔥21🤩1
ZAVOL.

Umaviy hukmdorlarning biridan so‘rashdi:
— Saltanatingiz nega zavolga yuz tutdi?
U javob berdi:
— Zavolimizga sabab o‘zaro ixtilofimiz va dushmanlarimizning bizga qarshi ittifoqi bo‘ldi.
🔥34👍13❤‍🔥3
BASIRAT.

U ustoziga dedi:
— Agar Dajjolning peshanasiga “kofir” deb yozib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘ylaymanki, unga hech kim ergashmaydi.

Ustozi unga dedi:
— Sigareta qutisi ustida “chekish o‘ldiradi” deb yozib qo‘yilgan. Shunday bo‘lsa ham insonlar uni chekayverishadi.

Ibrat ko‘z bilan emas, basirat bilan!
🔥60❤‍🔥17👍17