Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.62K subscribers
506 photos
390 videos
9 files
748 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Tavsiya

Agar sen yo meni yoki boshqa birovni tanlashda ikkilanayotgan bo‘lsang — boshqani tanlayver!
🔥63❤‍🔥20👍14🎉2
Alhamdulillah, biz so‘zimizni hamd bilan boshlaymiz — bu mavjudligimizga sabab bo‘lgan Zotga shukr.
Va salovotlarimizni insoniyatga nur olib kelgan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo ﷺga yuboramiz — chunki bashariyat nimaki yaxshilikka erishgan bo‘lsa, u Zotdan qarzdordir.

Bugun — Ustozlar kuni.
Bu sana — shunchaki bayram emas.
Bu — eslatma.
Kim ekanimizni,
qayerda turganimizni,
nima uchun ishlayotganimizni — yana bir bor esga soluvchi muqaddas lahza.

O’ylab ko’ring:

Ilk nozil bo‘lgan oyat — “Iqro’”, ya’ni “O‘qi!”.
Bu nafaqat Qur’onni boshlanishidir, balki insoniyat hayotida amal qilinadigan eng muhim ish — ilm olish va o‘rganish ekanligining isbotidir.
Chunki o‘qishsiz — anglash bo‘lmaydi.
Anglashsiz — o‘sish bo‘lmaydi.
O‘sishsiz — najot bo‘lmaydi.

Va Alloh taolo o‘zining ko‘p ismlaridan birinchisi sifatida “Rabb”, ya’ni tarbiyalovchi, murabbiy degan sifatni tanladi.
Bu bejiz emas. Chunki ilm yo‘q joyda zulmat bor. Tarbiya yo‘q joyda halokat bor.
Bu — ustozlik martabasining ilohiyligini anglatadi.

Ammo ustozlik — faqat lavozim emas.
Bugun biz ishlayotgan kasb — oddiy kasb emas.
Bu — ummat askarlarini tayyorlaydigan maydon.
Bu — ertangi kunimizni hal qiladigan bolalarni yetishtirish zaminidir.
Bu — inson qalbiga nurlar joylashidir.
Bu — sodiqlik sinovi.
Bu — fidoyilik yo‘li.
Bu — bir insonning ruhiy holatiga javobgar bo‘lish.

Bugungi ishimiz — xuddi jarrohlik amaliyotiga o‘xshaydi.
Qalam — bizning skalpel.
Sinf — bizning jarrohlik xonamiz.
O‘quvchi — bizning bemor.
Biz — u bilan o‘ynashmayapmiz.
Biz — uni yoki davolaymiz, yoki falaj qilamiz, yoki… o‘ldiramiz — ruhini, g‘ayratini, kelajagini.

Biz tarbiya qilayotgan bu yoshlar — ertaga:

• xalqni boshqaradi,

• ummatni yetaklaydi,

• dushmanga tik turadi

• tizim quradi yoki yo‘q qiladi,

• odamlarni davo bilan boshqaradi… yoki zahar bilan halokatga olib boradi.

Va bu ular emas — bizning bugungi ixlosimiz va mas’uliyatimizga bog‘liq.

Siz va biz — oddiy xodim emasmiz.
Biz — ummatning mo‘tabar me’morlarimiz.
Biz — zamonga javob beradigan, dinu vatan uchun g‘amxo‘r, ilmli, vijdonli avlod tayyorlayotgan jamoamiz.
Bizning har bir ishtiyoqimiz — bir ummatning kelajagiga sabab bo‘lmoqda

Shuning uchun:

• Ustozlik — sodiqlik talab qiladi: yaqinlarda emas, uzoqlarda natija berishini bilgan holda xizmat qilish.

• Ustozlik — fidoyilik talab qiladi: ko‘rinmaydigan ishga, e’tiborsiz sabrga, natijasi kech bo‘ladigan mehnatga sadoqat.

Xulosa:

Bu yo‘lning ikki yakuni bor:
Yoki ikki dunyo saodatiga sabab bo‘lamiz.
Yoki ikki dunyo azobiga.

Boshqa yo‘l yo‘q.
Tanlov yo‘q.
Shunchaki ishlash emas. Bu — javobgarlik bilan yashashdir.

Eslatma:

1. O‘z vazifangizni javobli, o‘z harakatingizni Alloh oldida savobli, kasbingizni muqaddas deb biling. Chunki bu kasb bilan Payg‘ambarlar shug‘ullangan

2. Har darsni ibodat deb qabul qiling. Chunki siz bergan har bir so‘z — kimningdir taqdirini o‘zgartirishi mumkin.

3. Har bir o‘quvchiga halol, pokiza niyat bilan, sabr bilan yondashing. Chunki u orqali tarix yozilmoqda.

4. Doimo eslang: sinfda o‘tirgan har bir bolaning kelajagi sizning bugungi holatingizga bog‘liq.

5. Jamoada sobit bo‘ling. Yolg‘iz emasligingizni biling. Siz bilan bir safda bir maqsad, bir missiya yo‘lida yurgan sodiqlar bor.

Alloh barchamizga sobitlik, ixlos, sodiqlik, fidoyilik ato etsin.
Ustozlar sha’ni baland bo‘lsin.
❤‍🔥40👍20🔥19🥰2🎉1
Saxiylik faqat mol bilan bo‘lmaydi

Saxiylik odatda mol bilan bog‘lanadi.
Ha, halol mol bilan saxovatli inson:

ochni to‘ydiradi,

bemorga davo olib keladi,

birovning qarzini to‘lab, obro‘sini saqlab qoladi.

Solih bandaning qo‘lida halol mol — eng go‘zal mol.

Ammo saxiylik — faqat mol bilan emas.

Saxiylik:

charchagan xotiningizga aytilgan shirin so‘zda ham bor;

jahl ustida sabr qilishda ham bor;

dars qilolmagan o‘g‘ilni quchoqlashda ham bor.
Chunki ba’zan tanbeh emas — mehr kerak.

Bekor bo‘lgan orzulari bilan qaytgan qizingizni bag‘ringizga olish —
bu ham saxiylik.
Chunki o‘sha paytda unga gap emas, mehrli quchoq kerak.

Saxiylik — ko‘rmaslikdan kelishda ham bor.
Ba’zan adashgan yaqinlaringizni jazolamaslik —
kelishmovchiliklarni qabrga ko‘mish bilan teng.

Do‘stingiz aqlini yo‘qotsa ham —
siz birga kulgan kunlaringizni unutmasangiz —
bu ham saxiylik.

Saxiylik — ukangiz yoki akangiz bilan janjalda mag‘lub bo‘lib berishdir.
Chunki siz g‘alabadan ko‘ra silai-rahmni ustun qo‘ygansiz.

Yomonlik qilgan qo‘shningizga sabr qilish,
hatto unga yaxshilik bilan javob qaytarish —
bu ham saxiylikning eng oliy shaklidir.

Xulosa:

Bu ishlar orqali muvozanat tiklanadi.
Dunyoning burni yerga ishqaladi.
Zolimlik emas — saxiylik yengadi.
👍27❤‍🔥16🔥6
Hayot siri:

Yevropa xalqlari orasida shunday hikoya yuradi:

Bir kampir nabiralariga dedi:
— Men hech qachon poyezdga minmaganman.

Nabiralari buvilarining bu orzusini hurmat qilib, unga yaqin shaharga chiptani olib berishdi. Kampir poyezdga chiqdi. Ammo u birinchi vagonda o‘rindiqlar yirtilganini ko‘rib, norozilik bilan boshqa vagon izlab chiqib ketdi. Yangi vagon — yana ko‘ngliga yoqmadi. Yana biriga o‘tdi. Unda esa stollar chizilgan edi. Kampir yana o‘rnidan turdi… Vagondan vagonga o‘tdi. Nihoyat, biriga joylashdi. Tashqariga qarasa — qishloq manzarasi, g‘o‘zal tabiat, ko‘ngilni ochuvchi sukunat.

Kampir endi manzaraga berilib qaray boshlagan edi, konduktor unga manzilga yetganini, tushish kerakligini aytdi.

Kampir ichida shunday dedi:
“Agar safarim qisqaligini bilganimda, vaqtimni shikoyat bilan emas, go‘zallik bilan o‘tkazgan bo‘lardim.”

Bu — hayot siringa ishora.

Tug‘ilgan kunimizdan to vafot etgunimizgacha bo‘lgan hayotimiz — xuddi o‘sha kampirning poyezd safariga o‘xshaydi.
Yo‘l bor. Manzara bor. Kamchilik ham bor. Go‘zallik ham.
Lekin ko‘p hollarda biz go‘zallikka emas — shikoyatga qaraymiz.
Shikoyatlar ichida yashab, rizoni yo‘qotamiz.
Va hayotimiz qanday o‘tib ketganini bilmay qolamiz.

Hayot siri — qarashda.

Ishingiz og‘ir, bilaman.
Lekin sizdan ham og‘ir holatda bo‘lganlar — ishsizlar qancha.
Siz og‘ir mehnatdasiz, ular esa maqsadsiz hayotda.

Eringiz asabiy.
Ammo u mard. Saxiy. Sodiq.
U sizni sevadi — hatto jahl bilan ham.
Oppoq sahifadagi bitta nuqta uchun butun sahifani yirtmaylik.

Uyingiz kichkina.
Ammo issiq. Oila — bor.
Millionlab insonlar hatto shinam burchakka ham ega emas.
Sizda esa — bosh egiladigan yelka bor.

Farzandlaringiz sho‘x. To‘kadi, to‘zitadi, charchatadi.
Ammo ular — sog‘lom.
Ular yugurgani uchun kiyim iflos bo‘ladi.
Sog‘lomligi uchun sizni ovqatga chaqirishadi.
Ba’zilarda esa farzand yo‘q. Yoki bor-u, nafas olmaydi.

Hayot siri nimada?

Hayot siri — manzara qandayligida emas, unga qarayotgan ko‘z qandayligida.
Hayot siri — qadahning bo‘shlig‘ida emas, yarmi to‘la ekaniga shukr qilishda.

Rizodan mahrum bo‘lgan kishi — sakiynatdan ham mahrumdir.
Ko‘ngli shikoyatda yashaydigan inson — barakatsizlikda yashaydi.
Shukr — rizqni, sabr — hayotni, qanoat — yurakni kengaytiradi.

Xulosa:

Hayotga qanday qarasang, u shunday o‘tadi.
Go‘zallik ham, zohiriy noqulaylik ham — vaqtinchalik.
Ammo ruhingni nima bilan to‘ldirsang, oxirda o‘zing bilan shuni olib ketasan.

Shikoyat — vaqtni yeb qo‘yadi.
Shukr esa — bor narsani ko‘rsatadi.
❤‍🔥49👍23🔥9
Forwarded from Sodiq School
🎧 Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan suhbat!

Google, Amazon va Meta’da dasturchi muhandis bo‘lib faoliyat yuritgan Azim Po‘lat bilan bo‘lgan eksklyuziv podcast — endi YouTube sahifamizda!

Bu suhbatda siz:
💡 Maktab va litsey davrida boshlangan orzular,
💰 Birinchi qarz va undan chiqish yo‘llari,
🎓 Universitetni tark etish sabablari,
🇵🇱 Polshada 200 ta kompaniyaga ariza yuborish tajribasi,
🚀 Va nihoyat — dunyo gigantlariga kirish yo‘lini eshitasiz.

Bu shunchaki intervyu emas — hayotingizni o‘zgartiradigan hikoya.

Premyerani tomosha qiling 👉🏻 https://youtu.be/I47YyE5SSKs?si=-Z4pSAmjFG3PTGCV
🔥5👍2
Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun
(إِنَّا ِلِلَّٰهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ)
🔥63❤‍🔥27👍10
Eng to’g’risi yashirin amallariga qarash kerak…
🔥49❤‍🔥16👍13
Forwarded from Orif Tolib
“E Voh” oʻzbek tili va adabiyoti olimpiadasi oltin medaliga Mansur Siddiqov sazovor boʻldi

Toshkent shahridagi “Sodiq School” maktabi oʻqituvchisi 30 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
❤‍🔥33👍22🔥14🥰3🤩2
Forwarded from ScholarConnect
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Stop right here — this might be your next big opportunity!

💡 ScholarConnect
is opening new Research Assistantship positions in Economics, Engineering, Finance, and more!

We’re connecting ambitious students from Uzbekistan 🇺🇿 and Kazakhstan 🇰🇿 with researchers from top universities worldwide 🌍.

Gain real research experience.
🤝 Build connections that matter.
🚀 Grow your future with us.

Ready to take the next step?
👉 Apply now at
scholarconnect.uz
👍5🔥1
Har bir rivoyat, har bir misol, har bir tarixiy voqea — bir ogohlantirishdir.

Agar eshitib, lekin yurakka solmasang — bu so‘zlar shamolga aytilgan.

Agar ko‘z yoshing chiqib, lekin hayoting o‘zgarmasa — demak ko‘ngil emas, faqat his-tuyg‘u ishlagan.

Hech bo‘lmaganda o‘zimizni emas, bolalarimizni, shogirdlarimizni shu xulosalar bilan tarbiyalaylik.

“Qissalarni eshitsangizu, ammo kerakli xulosalarni olmasangiz, umringizni zoye qilibsiz.”
🔥35❤‍🔥17👍9🤩3
Yigitlar lug’ati

Mayli” degani — “ko‘ramiz” degani,

Ko‘’ramiz” degani — “hali bilmadim” degani,

Hali bilmadim” degani — “yo‘q” degani,

Yo‘q” degani — “ha degani” emas.

Ba’zida esa “ha” degani — “hozir emas” degani bo‘ladi.

“Xo‘p” degani — “keyinroq” degani.

Keyinroq” degani — “esimdan chiqmasa” degani.

“Esimdan chiqmasa” degani — “unutaman” degani.

“Hali aniqmas” — deyarli “yo‘q” degani.

“Mayli, o’zing bilasan” — “men rozi emasman” degani.


Qizlar lug’ati

ha” degani — ha degani,

yo‘q” degani — ha degani,

ha” degani — yo‘q degani,

yo‘q” degani — “balki” degani,

balki” esa — ba’zan “ha”, ba’zan “yo‘q” degani.
🤩83👍32🔥16🥰8❤‍🔥2
Bosiqlik

Mashhur yunon faylasufi Ezop o‘zining “Masallar” kitobida quyidagi hikoyani keltiradi:

Shamol bilan uyqu kim kuchli ekanini aniqlash uchun bahslashib qolishadi. Ular bir tilla non ko‘targan bolaning ketayotganini ko‘rib, shunday kelishishadi: kim bolaning qo‘lidan nonni ola olsa, o‘sha kuchli.

Avval shamol urinadi. U kuchli esib, bolani ko‘tarib yerga uradi. Lekin bola juda och edi. U nonni qo‘ldan qo‘ymadi. Suyagi sinsin — noni tushmasin!

Shamol qancha urinsa ham foydasi bo‘lmaydi. So‘ng, navbat uyquga keladi. Uyqu bolani asta boshidan silab, mehr bilan uxlantiradi. Oradan bir daqiqa o‘tmay bola uxlab qoladi. Non yerga tushadi. Uyqu nonni olib, baland ko‘taradi va shamolga aytadi:

– Qaysi birimiz kuchli ekanmiz?

Shamol yutqazganini tan olib, sekin esib ketadi.

Hayotdagi ko‘p muammolar kuch bilan emas, aql bilan hal bo‘ladi. Bo‘ron eng katta kemani parchalasa ham, ipdagi tugunni yecha olmaydi.

Muammolarni yumshoqlik va muvozanat bilan hal qilish – zararini kamaytiradi. Qattiqqo‘llik muammoni yechsa ham, odamni sindiradi. Agar hal qilolmasa – muammoni kattalashtiradi.

Doimo “g‘alaba qozonish” niyatida yashaydigan odamlar – yolg‘iz yashab, yolg‘iz o‘ladilar.

Sokinlik har doim to‘liq yechim bermasa ham – muammoni avj oldirmaydi.

Rasululloh ﷺ hayotidan ibrat:

Payg‘ambarimiz ﷺ ayollaridan Oisha onamiz huzurlarida edilar. Shu payt boshqa bir onamiz xizmatkori orqali idishda taom yuboradilar. Oisha onamiz rashkdan idishni urib sindiradilar.

Qanday noqulay holat! Ko‘pchilik bu paytda g‘azabga berilardi.

Ammo Rasululloh ﷺ sindirilgan idishning bo‘laklarini birlashtirib, ichidagi taomni yig‘ib, sahobalarga aytdilar:

– Onangiz rashk qildi, yenglar.

Ular ovqatdan yeyishdi. Oisha onamizga esa:

– Singan idish o‘rniga boshqa idish bering, – dedilar.

Shunday qilib, U Zot ﷺ muammoni birinchi daqiqasidayoq “yerga ko‘mdilar”.

Xulosa:

Muammo kuch bilan emas – bosiqlik va muvozanat bilan yengiladi.
Kim muammoni chaqalog‘idayoq yechsa – u o‘zini va boshqani asraydi.

“Sokinlik muammoni yechmasa ham, uni kattalashtirmaydi.”

Aql bilan boshqarilgan his – eng katta kuch.

Har doim g‘alabani o‘ylaydiganlar – ko‘proq yo‘qotadi.

Yengil hal bo‘ladigan holatni ham qattiqlik bilan yondashsangiz, qalbni sindirasiz, jamoa buziladi, ishonch yo‘qoladi.

Bosiq bo‘laylik.
👍25🔥15❤‍🔥5
Buni riyo deyishadi

Har bir insonda shu mayl bor:

Ko‘rinsin. Maqtalsin. E’tirof etilsin.

Chunki riyo – ixlosning eng xavfli dushmani.
U insonni Alloh uchun qilinadigan amalni odamlar uchun qilinayotganga aylantiradi.

Lekin bundan ham xavfliroq holat bor:

Odamlarning qalbini hukm qilish.

Biror kishi ko‘pchilik oldida yig‘lab turgan bo‘lsa, darrov: “Riyo qilayapti,” — deb gumon qilamiz.
Lekin aslida u ixlos ila qilgan bo‘lishi mumkin.
Mak’hul rahimahulloh aytganidek:

“Bir kishining namozda yig‘layotganini ko‘rib, ichimda riyo qilyapti deb o‘yladim. Shu yomon gumonim sababidan bir yil yig‘lay olmadim.”

Riyo qalbdan chiqadi. Gumon esa ko‘zni qoraytiradi.

Shuning uchun…

Qilgan amalingizga Alloh rozimi – mana shu savolni bering.

Hech kimning qalbidagi niyatga hukm chiqarishga urinmang.

“Insonlar bir kishining obro‘sini ko‘tarishi ham, uni jamlanib qulatishi ham mumkin emas. Foyda va zarar faqat Allohdan.”

Shu tafakkur sizni riyo balosidan ham, gumon ilonidan ham asraydi.
❤‍🔥34🔥13👍7🥰3
Agar o‘qiyotgan kitoblaringiz:

Sizni Allohga yaqin qilmasa,

Nafsingizni tan olmay, uni quvvatlantirsa,

Shariat mezonlarini rad etib, “fikrim shunaqa”ni ustun qo‘ysa,

U holda:

Siz ilm o‘rganmagan ekansiz, balki fikrlar kolleksiyasi yig‘gansiz.

Siz tafakkur qilmagan ekansiz, balki o‘z egosini boqayotgan bo‘lgan ekansiz.

Siz o‘qimishli bo‘lgansiz, ammo aql bilan emas, shunchaki axborot bilan to‘yingansiz.

Siz maslahat bermaydigan, faqatgina munozara qiladigan insonga aylangansiz.

O‘qiganingiz foyda bermadi. Tavsiya qilganingiz zarar bo‘ldi. Gapirganingiz esa najot emas — fitna bo‘ldi.

Tavakkal emas — takabburlik o‘rgandiz. Haqiqat emas — o‘zingizga qulay talqin o‘rgandiz.

Shariat mezoni bilan baholamagan ilm — zulmatdir.
Nafsga yoqqan fikrni haqiqat deb o‘ylash — johillikdir.
Allohsiz o‘qilgan har bir kitob — umrni o‘g‘rilaydi, qalbni zaharlaydi.

So‘ngra o‘zingizga shunday savol bering:

Bu kitob menga taqvo olib keldimi?

Men uni o‘qigach, duo, tavba, sajda, halollik, hayoni oshirdimmi?

Yoki faqatgina bahslashishni, o‘zini ustun ko‘rishni, iblis kabi “men bilaman” degan kibrni o‘rgandimmi?

Balki endi… kitobni emas, qalbingizni oching. O‘qishni emas, uni tavsiya qilishni emas, balki sof tafakkurni boshlang.
🔥40❤‍🔥12👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalar!

Ob-havoning sovib borishi bilan bir qatorda, yuraklarni iliq qiladigan ezgu an’anamiz — xayriya tadbirlarini bu yil ham davom ettiramiz!

“Sodiq School” jamoasi sifatida har yili o‘tkaziladigan “Yordam qo‘li” aksiyasini boshladik. Ushbu xayrli ishda siz ham ishtirok etib, bir insonning yuzida tabassum, yuragida esa umid uyg‘otishingiz mumkin.

Agar siz ham savobli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, 8-noyabr sanasigacha quyidagi buyumlarni maktabimizga olib kelishingizni so‘raymiz:
• erkaklar kiyimlari
• ayollar kiyimlari
• bolalar kiyimlari
• bolalar o‘yinchoqlari

📍 Qabul joyi: “Sodiq School” binosi
🕘 Qabul vaqti: 09:00 — 17:00 (8-noyabrgacha)

Yig‘ilgan kiyim-kechak va o‘yinchoqlar uzoq viloyatlardagi ehtiyojmand oilalarga yetkaziladi.

🤍 Qilayotgan savobli amalingiz sizga va oilangizga xayr-u baraka, tinchlik va farovonlik olib kelsin!
Birgalikda — yaxshilik yo‘lida!
👍22🔥12
Ayt, bu qalb nega qattiqlashdi?

Sen do‘stlaring oldida eng yaxshi kitoblarni o‘qiyapsan,
Eng to‘g‘ri so‘zlarni gapiryapsan,
Eng aqlli fikrlar sening og‘zingdan chiqyapti.

Ammo kechasi yostig‘ing nam, sukunatda yuraging ezilgan.
Nega?

Yuzingda kulgu, yuragingda alam.

Sen rasmda tabassum qilgansan.
Lekin qalbing rasmga tushmaydi.
U yerda yolg‘on baxt yashaydi.
Xuddi ko‘zgu oldida bezanib, Allohdan uzoqlashgandek.
Axir: ‘4:38”

Riyo — bu qalbni so‘nishiga olib keladigan yong‘in.
Duo qilsang ham, ichingda birov maqtab yuborishini kutasan.
Til zikrda, yurak esa Instagramda.
Balki, shuning uchun duolaring Yuqoriga chiqmas.

Ichki yolg‘izlik bu jazodir

Sen hamma orasida yurasan, lekin hech kim seni tushunmaydi. Aksincha ham.

Chiroqlar yonib turgan joyda zulmat ham bo‘ladi.

Sen “dam olyapman” deysan,
Ammo ruhing charchagan.
Sen “ko‘nglimni ko‘taryapman” deysan,
Ammo qalbing qulab borayapti. 7’: 179

Ey Hakiym!
Bizni odamlarning nazaridan emas, Sen uchun yashaydigan bandalardan qil.
Riyodan qutqar, ikkilanishdan xalos et.
Ichki yolg‘izligimizni Sening huzuring bilan to‘ldir.
Ko‘ngil ochish bahonasida g‘aflatga botgan ko‘zlarimizni uyg‘ot.
O‘zini ko‘rsatayotganlardan emas, o‘zini Senga topshirganlardan qilgin.
❤‍🔥54🔥15🥰8👍5
Ayol kishi mantig’i

U nazarda tutmoqchi bo’lgan, ammo ayta olmayotgan gapini tushunmasang xafa bo’ladi. Darrov tushunib qolsang battar xafa bo’ladi…
❤‍🔥54🤩24🔥9👍6🥰5
Haqiqiy adolat – doim yangidan o‘lchashdir.

“Men taniydigan va aql bilan ish qiladigan birgina kishi tikuvchidir. U qachon borsam, mening o‘lchovimni yangidan oladi. Qolgan insonlar esa men haqimdagi eski o‘lchovlarini ishlatishadi. So‘ngra meni o‘sha o‘lchovlariga moslashtirishga harakat qilishadi.”

Jorj Bernard Shou

Har bir inson tikuvchiga o‘xshashi kerak — har safar uchrashganda yangidan o‘lchov oladigan. Shunda sen o‘sha insonning aslini ko‘rishga yaqin bo‘lasan.

Ko‘pchilik odamlar seni o‘zlarining eski taassurotlari, shaxsiy taxminlari, yoki sening o‘tmishing asosida baholaydi. Ular seni o‘zgargan, yetilgan, o‘rganib, tajriba orttirgan inson sifatida ko‘rishmaydi. Balki, seni o‘z shablonlariga solib, o‘zlarining yillar oldingi “o‘lchovlariga” sig‘dirishga urinadi.

Tavsiya:
Har bir odamga yangidan nazar sol.

Uni kechagi holatiga qarab emas, bugungi yondashuviga qarab bahola.

Ustozing, do‘sting, farzanding — bugun boshqacha fikrlayotgani bo’lishi mumkin. O‘zgargan, ulg‘aygan, anglagan bo‘lishi mumkin.

Aks holda, sen avvalgi taassurotlaringni himoya qilib, odamlarni ularga moslashtirishga urinaverasan.

“Odamlarning eng yomoni — o‘zgarishlarga ko‘z yumib, do‘stini kechagi xatolari bilan bugun jazolaguvchidir.”
❤‍🔥25🔥16
XODIM

Ba’zi xodimlar bo‘ladi — ular ketayotganida yuragingdan nimadir uziladi. Chunki u bilan sen nafaqat bir ishda, balki bir maqsadda, bir mas’uliyatda bo‘lgansan. Bunday holatda moliyaviy emas, ma’naviy aloqalar bog‘lanadi. Uning ketishi — yo‘qotishdir. Shunday hodim uchun odam ko‘ngliga sig‘may qoladi, yuragi siqiladi. Uning ketishi — jamoaviy yurak urishining bir notasi yo‘qolishidir.
O‘sha bo‘shliqni hech narsa to‘ldira olmaydi.
O‘z-o‘zingga savollar yog‘ilaveradi:

“Qanday qilib uni ushlab qolsam bo‘lardi?”

“Yana bunaqa sadoqatli insonni qayerdan topaman?”

“Nega ketdi? Qayerda adashdim?”

Ba’zi xodimlar esa — sinov edi.

Ular ketayotganida iching yengillashadi. Nafas olish osonlashadi. Chunki ular bilan har kuni ishlash og‘ir, munosabati sun’iy edi. Tilida “ha”, yuragida “yo‘q”, so‘zida “ustoz”, ammo qalbida “men, men, men…” hukmron edi.
Bunday odam ketganda jamoada toza havo ochiladi, suv tiniqlashadi. Uning ketishi jamoa uchun g‘am emas — najot bo‘ladi.
Bunday hodim ketgan kuni ich-ichingdan shukr aytasan:

“Alhamdulillah. Nihoyat…”

Yana ba’zilar bo‘ladi — ketayotganini eshitganingda beixtiyor “G‘ufronaka” duosini o‘qiysan. Ular haqida gapirishning o‘zi og‘ir. Chunki ular jamoa tinchligini yemirgan, g‘iybat, hasad va fitna bilan muhitni bulg‘agan, birlikni buzgan bo‘ladi.
Bunday inson sening vaqt-u sabringni, jamoaning birligini yeb bitirgan bo‘ladi. Uning ketishi — Allohning rahmatidir. U bilan birga bir davr, bir zulmat, bir fitna tugaydi.

Xulosa
Kim ketganda yuraging siqilsa — demak u senga baraka olib kelgan.

Kim ketganda yengil tortsang — demak u senga yuk bo‘lgan.

Kim ketganda shukr qilsang — demak u sendagi sabrni yegan.

Ketishlar — bizga kim kimligini ko‘rsatadi.
Odam yuzidan emas, ketishidan taniladi.

Alloh har bir hodim ketishida bizga basirat ato etsin.
🔥41❤‍🔥18