Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.73K subscribers
497 photos
385 videos
9 files
739 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Ustozim bilan uchrashib qoldim.
Suhbat chog‘ida mendan ranjiganlarini aytdilar.
Aslida men aytmagan gap — mening nomimdan yetkazilgan ekan.

Go‘yoki, men ustozga yaqin bo‘lganim uchun katta zarar ko‘rgandek shikoyat qilgan emishman.
Bu so‘z ustozimga og‘ir botgan, mehrlari bo‘lgani uchun ko‘ngillari og’ribdi.

Shu gapni eshitib ichim ezildi. Nahotki insonning yaqinligi unga qarshi qurol bo‘lib ishlatilsa?..
Nahotki qalblar shunday fitna bilan og‘ritilsa?..

Vaziyatni tushuntirdim, asl haqiqat ayon bo‘ldi. Ammo baribir qalbimda og‘riq qoldi.
Chunki yaqin deb bilgan do’stimizdan kelgan fitna eng og‘iri bo‘larkan.

Ichimdan yolg‘iz bir narsa o‘tdi:
“Alloh bizni fitnadan, beayb holda aybdor bo‘lishdan saqlasin.”

Ustozni nazaridan qolishdan katta jazo bo’lmasa kerak. Bu huddi kemani yelkanini olib qo’yishdek gap
🔥61❤‍🔥13👍12🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Harvard studentini rejimi qanday…?
🔥42👍18🥰8
Shogirdim bilan suhbat

Bu yilgi bitiruvchilarimizdan biri — Angliyaga ketayotgan o‘quvchim hayrlashgani keldi.
Bir oz suhbatlashdik. Juda odobli, yaxshi bola. Insha Alloh kelajagi porloq.

Unga savol berdim:
— Sodiq School’da 3 yil o‘qiding. Senga ko‘ra, maktabning eng asosiy vazifasi nima ekan?

U javob berdi:
— Uchta narsaga tayyorlash va o‘rgatish ekan.
1. TOP universitetlarga kira olishga ishonch berish va shunga mos ta’lim berish.
2. To‘g‘ri muhit yaratish orqali o‘zimga o‘xshagan do‘stlar bilan ta’lim va tarbiya olishni ta’minlash.
3. Katta hayotga tayyorlash.

“Ancha ulg‘ayibsan,” dedim. “Sen aytayotgan xulosalarga ba’zi maktab egalari ham hali yetib bormagan.”

So‘ng men qo‘shdim:
— Biz sizlardan talab qilganlarimiz — prinsiplarga sodiq qolish, vaziyatni tahlil qilish, empatiya, xatolardan saboq olish, to‘xtab qolmaslik, daxldor bo‘lish…
Bular sizlarga endi kerak bo’ladi.
Biz bergan zarbalar qo‘lqobli edi, og‘riqsiz edi. Hayot esa qo‘lqopsiz va ayovsiz uradi. Zarba yemayman deb o‘ylama. Zarba emas, zarbalar keladi. Gap zarbada emas, balki zarbadan keyin to‘xtab qolmaslikda.

— Eng og‘ir zarba qayerga keladi, bilasanmi?
— Qayerga?
— Qadriyatlaringga. Agar qadriyatlaring yiqilsa, sen ham yiqilasan. Qo‘rg‘oni qulagan davlat kabi. Shuning uchun, borgan yurtlarda qadriyatlaringga zarba berilganda yiqilma. Bu seni eng mustahkam qo‘rg‘oning bo‘lsin. U qorningdan, joningdan afzal bo’lsin.

U boshini quyi solib, “tushundim, ustoz,” dedi.

Men esa kuzatib qo‘ydim:
— Endi nima uchun yaratilgan bo‘lsang, o‘sha ish uchun xizmat qil. Alloh yo‘lingni fitnalardan saqlasin, fothlardan qilsin.

Shu tariqa yana bir askar yo‘lga chiqdi…
❤‍🔥56👍23🔥19
“Mansab, pul yoki ishonch qo‘lida bo‘lsa — hamma yaxshi ko‘rinadi.
Asl basharasi esa ularni qaytarib olganingda ochiladi.”


Xuddi insonlarning asl qiyofasi uch holatda ayon bo‘lgani kabi:

1. Safarda birga bo‘lganda — charchoq va qiyinchilikda sabrini ko‘rasiz.
2. Oldi-berdi qilganda — halolligini va vafodorligini bilasiz.
3. Hamkorlik qilganda — sadoqati va rostgo‘yligi yuzaga chiqadi.
👍38🔥16❤‍🔥5
AQSh ga kelishning 2 usuli:
Bolajonlar o’qinglar…
🔥67🤩12❤‍🔥9👍4🎉1
Odamning qadri — cho‘ntagidagi pulda emas.
Daromadida ham emas.
Erishgan yutug’ida ham emas.

Qadringizni belgilaydigan narsa — qancha qiymat yaratayotganingizdir.

Qiymat — biror narsani yaxshilashga qo‘shgan hissangiz.

Pul vaqtinchalik.
Qiymat esa iz qoldiradi.

Topayotganingiz emas, qo‘shayotganingiz sizni belgilaydi.
🔥62👍21❤‍🔥10🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤‍🔥12🔥3
Forwarded from Qadriyatim
- Ona shakar qayerda?
- Tuz deb yozilgan kofe idish ichida…)
🥰32🤩18👍5❤‍🔥3
“Fir’avn madrasasi”dan sog‘lom jamoagacha

Tabriklayman.
Siz “fir’avn”ning rasadxonasida ishlayapsiz.

U yerda:

• Rahbar kichik ish qilsa — bayram qilinadi.

• Olqishlar, sovg‘alar, ta’zimlar yog‘iladi.

• Ammo u xato qilsa — “yo‘q, siz xato qilmaysiz” deb ko‘zga tik qaraladi.

• Haqiqatni ko‘rganlar jim. Ayta olmaydi. Duxi yetmaydi.

• Har bir qaror — faqat bir odamga qarab olinadi.

• Har bir fikr — “menimcha, meni fikrim” degan kalit so‘z bilan o‘ldiriladi.

• Har bir tashabbus — ruhsat kutadi. Har bir og‘iz — “rahbar nima deydi?” deb ochiladi.

Bu yerda: Ego qonun.

Bu jamoa emas. Bu ibodatxona.
Fir’avnga qilingan sajda joyi. Maddohlar makoni.

Shunday joyda ishlayotgan odamlar uchun bitta savol:

Siz fikr aytayapsizmi — yo faqat ruxsat kutayapsizmi?

Siz mas’ulsizmi — yo faqat ijrochisizmi?

Siz erkin fikr ayta olasizmi — yo ko‘z o‘ynatib, maddohlik qilyapsizmi?

Agar javobingiz yo‘q bo‘lsa, biling:
Siz erkin emassiz. Siz o‘zingizni sotgansiz.
Qo‘rquv evaziga tinchlik sotib olgan odamsiz.

Endi savol: Qanday chiqamiz bu qullikdan?

1. Rahbar Xudo emas.
U inson. Xato qiladi. Unga haqiqat kerak.

Maddohlik uni o‘stirmaydi — uni ishdan chiqaradi.
Haqiqat aytilmagan rahbar — zaiflashadi.

2. Ruxsat kutma. Mas’uliyat ol.

“Menga topshiriq bering” deb yashagan odam — hech qachon yetakchi bo‘lolmaydi.

3. Qo‘rquv emas, ishonch kerak.

Qo‘rquv natija chiqaradi.
Ammo ishonch — odam o‘stiradi.

Tanqid — xiyonat emas. Bu sadoqat shakli.

Jim turish — tizimni saqlamaydi. Uni ichkaridan yemiradi.


Va nihoyat — sog‘lom jamoa nimadan boshlanadi?

• Rahbar markaz emas. U — harakat maydonini ochuvchi shaxs.

• Fikr aytish — ruxsat emas, muhit masalasi.

• Jamoada eng muhim fazilat — haqiqatni aytishdan qo‘rqmaslik.

• Har kim o‘z ovoziga ega. Har kim o‘z nuqtasidan turib gapira oladi.

• Tashabbus — jazolanmaydi. Aksincha, qadrlanadi.

• Xato qilish — ayb emas. Yashirish — ayb.

Yakuniy savol:

Siz ishlayotgan joy — haqiqat ustida qurilganmi?
Yoki…
qo‘rquv, ruxsat, va yolg‘on olqishlar ustidami?
❤‍🔥17🔥15👍3
ISTISnoLAR

O‘yin qoidalari — oddiy. Hammaniki bir xil.
• 8 soat uxlasang – tetik bo‘lasan
• Har kuni o‘qisang – o‘sasan
• Harakat qilsang – natija bo‘ladi
• Yig‘masang – yo‘q bo‘ladi
• Raqobat qilmasang – ortda qolasan

Bular qonun.
Oddiy.
Sodda.
Senga, menga, unga — barcha uchun bir xil.

Ammo istisnolar seni aldab qo‘yadi.

Ular haqiqatni buraydi.
Ular qoidani yengil ko‘rsatadi.
Ular odamga “hech narsa qilmasang ham bo‘ladi” degan yolg‘onni sotadi.

Misollar bilan yolg‘on qanchalik chiroyli niqoblanishini ko‘r:

Bill Gates — maktabni tashlab boy bo‘lgan deyishadi.
Lekin aytishmaydi: Otasi milliarder huquqshunos, onasi IBM rahbariyatida bo‘lgan.

Ilon Mask — “qobiliyati bilan cho‘qqiga chiqqan”, deyishadi.
Lekin aytishmaydi: O‘qishga Rolls-Royce’da kelgan, otasi Janubiy Afrikadagi eng boy kon egalari qatoridan bo‘lgan.

Bobur — “o‘z iste’dodi bilan tarixda qoldi”, deyishadi.
Lekin aytishmaydi: U tug‘ilganda u uchun taxt tayyor edi. U shahzoda edi.

Navoiy — “kitob o‘qib o‘zini o‘stirgan”, deyishadi.
Lekin aytishmaydi: U o‘z davrining eng qudratli amaldorlaridan birining o‘g‘li edi. Vazir bolasi edi.

Steve Jobs — “qarovsiz bola edi”, deyishadi.
Lekin aytishmaydi: Uni muhandislar tarbiyalagan. Uni ota-onasi xususiy maktablarda o‘qitgan.

Mark Zuckerberg — “yakka holda Facebookni qurgan”, deyishadi.
Lekin aytishmaydi: Harvardda, kompyuter olimlarining o‘rtasida, eng boy infratuzilmada boshlagan.

Xulosa:

Agar sen ularning start nuqtasini e’tiborga olmasang,
ular erishgan manzilga noto‘g‘ri yo‘l bilan yurishni boshlaysan.

Sen o‘yin qoidalarini buzishni emas, ularning o‘rnini bosadigan ustunlikka ega bo‘lishni o‘rganishing kerak.

Tavsiya:

1. Istisnolarga emas, qoidalarga suyan.
Chunki qoidalar senga suyanadi.

2. Tartibli uxla. Doim o‘qi. Harakatdan to‘xtama.
Bu kuch — tanlanganlarga emas, istaganlarga ochiq.

3. Hech kimni manzili bilan o‘zingni yo‘lingni solishtirma.
Chunki ular ustida uchayotgandir, sen esa yerda yurasan.
Ammo sening har bir qadaming — haqiqatga yaqinroq.
❤‍🔥38🔥25👍12🤩2
Tavsiya

Agar sen yo meni yoki boshqa birovni tanlashda ikkilanayotgan bo‘lsang — boshqani tanlayver!
🔥58❤‍🔥17👍13🎉1
Alhamdulillah, biz so‘zimizni hamd bilan boshlaymiz — bu mavjudligimizga sabab bo‘lgan Zotga shukr.
Va salovotlarimizni insoniyatga nur olib kelgan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo ﷺga yuboramiz — chunki bashariyat nimaki yaxshilikka erishgan bo‘lsa, u Zotdan qarzdordir.

Bugun — Ustozlar kuni.
Bu sana — shunchaki bayram emas.
Bu — eslatma.
Kim ekanimizni,
qayerda turganimizni,
nima uchun ishlayotganimizni — yana bir bor esga soluvchi muqaddas lahza.

O’ylab ko’ring:

Ilk nozil bo‘lgan oyat — “Iqro’”, ya’ni “O‘qi!”.
Bu nafaqat Qur’onni boshlanishidir, balki insoniyat hayotida amal qilinadigan eng muhim ish — ilm olish va o‘rganish ekanligining isbotidir.
Chunki o‘qishsiz — anglash bo‘lmaydi.
Anglashsiz — o‘sish bo‘lmaydi.
O‘sishsiz — najot bo‘lmaydi.

Va Alloh taolo o‘zining ko‘p ismlaridan birinchisi sifatida “Rabb”, ya’ni tarbiyalovchi, murabbiy degan sifatni tanladi.
Bu bejiz emas. Chunki ilm yo‘q joyda zulmat bor. Tarbiya yo‘q joyda halokat bor.
Bu — ustozlik martabasining ilohiyligini anglatadi.

Ammo ustozlik — faqat lavozim emas.
Bugun biz ishlayotgan kasb — oddiy kasb emas.
Bu — ummat askarlarini tayyorlaydigan maydon.
Bu — ertangi kunimizni hal qiladigan bolalarni yetishtirish zaminidir.
Bu — inson qalbiga nurlar joylashidir.
Bu — sodiqlik sinovi.
Bu — fidoyilik yo‘li.
Bu — bir insonning ruhiy holatiga javobgar bo‘lish.

Bugungi ishimiz — xuddi jarrohlik amaliyotiga o‘xshaydi.
Qalam — bizning skalpel.
Sinf — bizning jarrohlik xonamiz.
O‘quvchi — bizning bemor.
Biz — u bilan o‘ynashmayapmiz.
Biz — uni yoki davolaymiz, yoki falaj qilamiz, yoki… o‘ldiramiz — ruhini, g‘ayratini, kelajagini.

Biz tarbiya qilayotgan bu yoshlar — ertaga:

• xalqni boshqaradi,

• ummatni yetaklaydi,

• dushmanga tik turadi

• tizim quradi yoki yo‘q qiladi,

• odamlarni davo bilan boshqaradi… yoki zahar bilan halokatga olib boradi.

Va bu ular emas — bizning bugungi ixlosimiz va mas’uliyatimizga bog‘liq.

Siz va biz — oddiy xodim emasmiz.
Biz — ummatning mo‘tabar me’morlarimiz.
Biz — zamonga javob beradigan, dinu vatan uchun g‘amxo‘r, ilmli, vijdonli avlod tayyorlayotgan jamoamiz.
Bizning har bir ishtiyoqimiz — bir ummatning kelajagiga sabab bo‘lmoqda

Shuning uchun:

• Ustozlik — sodiqlik talab qiladi: yaqinlarda emas, uzoqlarda natija berishini bilgan holda xizmat qilish.

• Ustozlik — fidoyilik talab qiladi: ko‘rinmaydigan ishga, e’tiborsiz sabrga, natijasi kech bo‘ladigan mehnatga sadoqat.

Xulosa:

Bu yo‘lning ikki yakuni bor:
Yoki ikki dunyo saodatiga sabab bo‘lamiz.
Yoki ikki dunyo azobiga.

Boshqa yo‘l yo‘q.
Tanlov yo‘q.
Shunchaki ishlash emas. Bu — javobgarlik bilan yashashdir.

Eslatma:

1. O‘z vazifangizni javobli, o‘z harakatingizni Alloh oldida savobli, kasbingizni muqaddas deb biling. Chunki bu kasb bilan Payg‘ambarlar shug‘ullangan

2. Har darsni ibodat deb qabul qiling. Chunki siz bergan har bir so‘z — kimningdir taqdirini o‘zgartirishi mumkin.

3. Har bir o‘quvchiga halol, pokiza niyat bilan, sabr bilan yondashing. Chunki u orqali tarix yozilmoqda.

4. Doimo eslang: sinfda o‘tirgan har bir bolaning kelajagi sizning bugungi holatingizga bog‘liq.

5. Jamoada sobit bo‘ling. Yolg‘iz emasligingizni biling. Siz bilan bir safda bir maqsad, bir missiya yo‘lida yurgan sodiqlar bor.

Alloh barchamizga sobitlik, ixlos, sodiqlik, fidoyilik ato etsin.
Ustozlar sha’ni baland bo‘lsin.
❤‍🔥32👍19🔥16🥰2