Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.03K subscribers
493 photos
376 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Bu – xato qilgach saboq olib, tavba bilan yangidan boshlash degani.

Ba’zan hech nima qilgingiz kelmaydi.
Ba’zida oldingizdagi muammolar yechimsizdek ko‘rinadi.

Ammo bunday paytda shuni unutmang:
Tugunlar – siz yechim uchlarini topishingiz uchun mavjud.

Qadrli bitiruvchilar, sodiq bo‘ling!

Hayot sizga qanday imkoniyatlar bersa ham,
ustozlaringizga, ilmga, yurtingizga, o‘zingizga, orzuingizga, Yaratganga sodiq qoling.
Sodiqlik – halollikning egizagidir.
Sodiqlik – umid so‘nayotgan paytda ham harakatda davom etishdir.

Orangizdan kelajakda ko‘plab imkon egalari chiqadi.
Shunda, iltimos, qobiliyatli bolalarning ta’limiga homiy bo‘ling!

– Ularga maktabga kirishga yordam bering.
– Imtihonga tayyorlovga yo‘l oching.
– Bir bolaning orzusiga ko‘prik bo‘ling.

Chunki siz bugun yurgan yo‘l – kim uchundir orzu. Har narsani zakoti bo’lganidek, bu ham ilmingizni zakotidir.

Ey erkaklar jamoasi, qizlaringizning ta’limiga befarq bo‘lmang.
Ularning orqasida tog‘ bo‘ling. Ko‘prik bo‘ling.

Ey ayollar jamoasi, ilmga g‘ayratingizni aslo to‘xtatmang.
Siz madrasasiz. Siz qulasangiz – jamiyat qulaydi.

Yo‘lingiz ravon bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!

Sizni eslashsin – yaxshi inson sifatida, foyda bergan inson sifatida.

Turib, o‘z tarixingizni o‘zingiz yozing.

O‘zingizning tarixingizni o‘zingiz yozing.
Shunda bir kun orqaga qarab:
“Shukrki, bu yo‘lni tanlaganman,” deb aytasiz.

Va Hamd bilan so‘zlaringizni yakunlash nasib qilsin.
❤‍🔥27🔥20👍3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Sodiq Podcast taqdim etadi!
2-mavsum, 1-son: Sodiq School’dan — Harvardgacha yo‘l

💡 Jasurbek Umarov — oddiy oilada ulg‘aygan, ammo katta orzulari bilan Harvardgacha yo‘l olgan o‘quvchimiz.

U bilan hayotdagi stereotiplarni qanday sindirgani, shaxsiy muvaffaqiyatining sirlarini, kasb tanlashdagi muhim jihatlar hamda kelajakdagi karyerasi va jamiyatdagi roli haqida suhbatlashamiz.

Bu podkast — o‘ziga ishonmayotganlar, imkoniyat yo‘q deb o‘ylayotganlar va hali yo‘lning boshida turganlar uchun.

💬 Jasurbek: “Agar men uddalasam — demak, siz ham uddalaysiz.”

To’liq video
👍13🔥9❤‍🔥1
#lifehack
Tadbirkor tanishlaringizni ishidagi muammolarini bilishni eng zo’r usuli - kattaroq summada qarz so’rab ko’ring…
🔥33👍14🥰10🤩3
SHAXSIY YORDAMCHI – SHOGIRD KERAK.

Ishni “0”dan boshlaymiz. Lekin cheksiz o‘sish imkoniyati bor. Men nima bilsam, unga o‘rgataman. Yurt ichidagi va xalqaro doiradagi tanishlarim orqali networking imkoniyati ochiladi. Tajriba, malaka va ko‘nikma orttiradi.

Kim kerak?
Men bilan birga yuradigan, ishlaydigan, o‘rganadigan, rivojlanadigan "soldat" izlayapman.
Yonimda bo‘ladi. Ishni ko‘radi. O‘rganadi.
Asta-sekin mas’uliyatli topshiriqlarni oladi.
Tayyor bo‘lgach – rahbarlik lavozimiga o‘tadi.

Talablar:

1. O‘z ustida ishlaydigan, doimiy o‘sishga ochiq
2. Tanqidni ko‘tara oladigan, maslahatdan qochmaydigan
3. Og‘ir paytda qochmaydigan, “qiyin”dan qo‘rqmaydigan
4. Ingliz tilini kamida B2 darajada biladigan
5. Word, Excel, Google Drive, ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter bilan yaxshi chiqisha oladigan
6. Raqam, tizim, vaqt va samaradorlikka e’tiborli

Ish vaqti – moslashuvchan (vaziyatga bog'liq) . Ammo to'liq vaqt ajratishi kerak. Part time kerak emas.

Nima beriladi?
1. Har kuni yonimda tajriba
2. Real muammolar, real mas’uliyatlar
3. Tanishuvlar, suhbatlar, networking
4. Turli sohalardagi bilimlar: menejment, ta’lim, kontent, marketing, loyiha boshqaruvi
5. Yaxshi o‘sishga qarab – ish haqi va lavozim

Kimlar murojaat qilsin?

Yaqin 3-5 yilda o‘zini lider sifatida tasavvur qilayotganlar
Vazifaga emas, maqsadga sodiq bo‘la oladiganlar
Qattiq mehnatga tayyorlar
Samimiy va sodiqlar.

Ushbu formani to'ldiring.
👍45🔥23🎉8
Intellektual o’yinlarda maktab jamoasi doimiy faol ishtirok etib keladi. Ko’plab turnirlarda jamoamiz nomi ancha taniqli hisoblanadi. Bugun Sodiq school jamoamiz Uzquiz mavsum finalida ikkita kubokni qo’lga kiritib, mutlaq chempionlik kamarani o’zida saqlab qoldi…
🔥57❤‍🔥8👍4🎉4
Endi seriali post chiqarishni boshlayman.

Mavzu: juda ko’p so’raladigan
Kasb tanlash, institut tanlash, yo’nalish tanlash haqida bo’ladi…

Ko’plab tadqiqotlar va faktlar asosida xulosalar qilib boramiz…

Tanishlaringizga ham ulashib boring…
🔥51❤‍🔥13👍7🎉5
“Major tier list”“ni ko’rib turibsiz. Sohalarni qiyinchilik darajasi deb tarjima qilsak ham bo’ladi.
Tabiiyki, eng qiyin sohalar muhandislik, bo’lib ham Aerospace engineering.
Eng osonlari esa ijtimoiy fanlarga oidlaridir.

Endi sizda savol paydo bo’ladi:
“Qaysi yo‘nalish eng foydali, qaysi birini tanlay?”

Avvalo bu iqtidorga, ehtiyoj va ihlosga bog’liq. Bu haqida alohida post qilinadi.

Endi yuqoridagi grafikni biroz tahlil qilsak:

🔴 1/6 – S TIER

Daraja: Strategik, chuqur, zarur
Nega?
– Katta intellektual kuch talab qiladi
– Bozor va jamiyatda yuqori talab
– Axloqiy va ijtimoiy foydasi aniq

Mutaxassisliklar:
– Elektr muhandisligi
– Fizika
– Matematika
– Kimyo muhandisligi
– Kompyuter fanlari
– Tibbiyot (shifokorlik)
– Ta’lim (ustozlik, tarbiya)
– Islom ilmlari (fiqh, tafsir, aqida – chuqur darajada)

🟠 2/6 – A TIER

Daraja: Kuchli, barqaror, istiqbolli
Nega?
– Ishga kirish imkoniyati kuchli
– Ilm-fan va iqtisodda rol o‘ynaydi
– Jamiyatda faol ishtirok etadi

Mutaxassisliklar:
– Biologiya
– Statistika
– Qurilish va arxitektura
– Iqtisodiyot
– Moliya (etika bilan)
– Dasturlash, sun’iy intellekt
– Arab, ingliz tillari (chuqur o‘rganilsa)
– Amaliy psixologiya

🟡 3/6 – B TIER

Daraja: Muvozanatli, foydali
Nega?
– O‘rtacha darajadagi foyda
– Tarbiya, ong va tafakkurga ta’sir qiladi

Mutaxassisliklar:
– Ekologiya / atrof-muhit ilmlari
– Tarix
– Siyosatshunoslik
– San’at (tarbiyaviy maqsadda)
– Musiqa (ma’noli ishlatilsa)
– Geologiya
– O‘qituvchilik (ustozlik)
– Falsafa

🟢 4/6 – C TIER

Daraja: Cheklangan, lekin ba’zan zarur
Nega?
– Ish bozori tor
– Foydasi yo‘q emas, lekin qisqa muddatli yoki maxsus vaziyatlarda

Mutaxassisliklar:
– Jurnalistika
– Sotsiologiya
– Arxeologiya
– Antropologiya
– Tilshunoslik (sayoz yondashuv bilan)
– Kommunikatsiya
– Zoologiya

⚫️ 5/6 – F TIER

Daraja: Kam ehtiyojli yoki zararli
Nega?
– Ishga joylashish imkoniyati past
– Yuzaki, manipulyativ yo‘nalishlar
– Jamiyatga foydadan ko‘ra ko‘proq shubha

Mutaxassisliklar:
– Yuzaki biznes (marketing, sotuvda halollik yo‘q)
– “Studies” degan yo‘nalishlar (sayoz asosda)
– Faqat sahna san’ati (faqat ko‘ngilocharlik)
– Psixologiya (faqat test va kontent bilan)
– G‘arbcha “gender/media” yo‘nalishlari (noaniq g‘oyalarga asoslangan)

🧭 6/6 – XULOSA

Savol: Qaysi yo‘nalish meni ummatga, oilamga, va jamiyatga foydali qiladi?

Faqat pul izlama.

Jamiyatga ta’sir qiladigan sohaga xizmat qil.

Halollik, ma’rifat va xizmat tamoyillarini tanla.

O‘zingga beriladigan eng muhim savol:

“Bu soha orqali kimlarga xizmat qilaman va jamoyayga qanday qiymat qo’shaman ?”
👍29❤‍🔥2🥰2
Ushbu grafik – 2005–2008 yillardagi GRE (Graduate Record Examination) Talabalarda akademik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rtacha intellekt darajasini taqqoslaydi
(Magistratura kirish imtihoni test natijalari asosida)

Endi tahlil qilamiz.

📊 GRAFIK TUZILMASI
X o‘qi (gorizontal): “Mean Intelligence” [O‘rtacha intellekt]
Y o‘qi (vertikal): Akademik yo‘nalishlar (GRE testda qatnashgan talabalar asosida)
• Har bir sariq nuqta — bitta yo‘nalish

ENG YUQORI INTELLEKTGA EGA YO‘NALISHLAR
(TOP 10)
1. Physics
2. History of Science
3. Classical Languages (lotin, grek)
4. Astrophysics
5. Mathematics
6. Atomic Physics
7. Solid State Physics (Qattiq jismlar fizikasi)
8. Biophysics
9. Classics (adabiy-falsafiy yo‘nalishlar)
10. Planetary Science

Xususiyatlari:
• Juda kuchli mantiqiy tafakkur talab etadi
• Qiyin matematik va nazariy bilimlarga asoslangan
• Ko‘p hollarda fundamental ilm-fan yo‘nalishlari

O‘RTACHA INTELLEKTLI YO‘NALISHLAR
(Average Intelligence Fields)

Misollar:
• Electrical Engineering
• Computer Engineering
• Geophysics
• Biochemistry
• Genetics
• Civil Engineering
• Botany
• Chemistry

Xususiyatlari:
• Texnik, ilmiy, amaliy asosga ega
• Talab katta, lekin fundamental fizikadan engilroq
• Akademik qiyinlik darajasi yuqori, lekin universal

🔻 ENG PAST INTELLEKT KO‘RSATKICHI
(BOTTOM 10
1. Physical Education
2. Criminal Justice
3. Social Work (Ijtimoiy ish)
4. Early Childhood Education
5. Special Education
6. Community Psychology
7. Counseling Psychology
8. Elementary Education
9. Communication
10. Nursing

Xususiyatlari:
• Odatda testda yuqori mantiqiy-matematik tayyorgarlik talab qilmaydi
• Ko‘proq insoniy ko‘nikmalar (soft skills [yumshoq ko‘nikmalar]) talab etiladi
• Ish bozori uchun foydali bo‘lishi mumkin, lekin GRE asosidagi intellekt ko‘rsatkichlari past

📌 MUHIM
1. GRE ≠ IQ
GRE [Magistratura testi] test verbal [og‘zaki], quantitative [matematik], analytical reasoning [tahliliy fikrlash] natijalariga asoslangan. Bu esa faqat mantiqiy-matematik salohiyatni o‘lchaydi.

2. High IQ → High Impact? [Yuqori IQ → Har doim katta ta’sirmi?]
Past intellekt ko‘rsatkichi bo‘lishiga qaramay, ko‘p jamiyatga foydali kasblar (masalan, o‘qituvchilik, parvarish, ijtimoiy ish) pastda joylashgan.

3. Fit > Score [Moslik > Ball]
Kishi o‘z salohiyatiga mos yo‘nalishda bo‘lsa, IQ dan ham muhim narsa — ta’sir va xizmatdir.

📌 TAVSIYA – Refleksiya uchun savollar
(O‘zini anglash savollari):


• Sizni yuqori darajadagi fikrlashmi (abstract reasoning [mavhum tafakkur]),
insonlar bilan ishlashmi (emotional intelligence [emotsional aql]),
yoki ijodkorlik (creativity [ijod]) qiziqtiradi?

• Sizning kuchli tomonlaringiz:
mathematics [matematika], communication [muloqot], leadership [boshqaruv]mi?

• Maqsadingiz:
impact [ta’sir], income [daromad], yoki Allah’s pleasure [Alloh rizosi]mi?

NIMA QILISH KERAK?

Agar siz ustoz, maktab rahbari yoki ota-ona bo‘lsangiz:
• Bu grafikni shunchaki test asosida tuzilgan bir mezon deb ko‘ring.

• Farzandingiz yoki o‘quvchilaringizga:
qobiliyat + niyat + xizmat” uchligini o‘rgating.

• Grafikni tarbiyaviy kontekstda tahlil qiling:

Intellekt – bu vosita. Maqsad esa – uni nima uchun ishlatishdir.
🔥16👍5❤‍🔥3🤩3
Grafik tahlili: Mutaxassisliklar bo‘yicha boshlang‘ich maoshlar

Quyidagi grafik turli yo‘nalishlarda o‘qigan bitiruvchilarning boshlang‘ich yillik maoshlari qanday taqsimlanganini ko‘rsatadi.

Grafikda nimalar ko‘rsatilgan?

Har bir soha uchun 5 ta percentil: 10%, 25%, 50% (median), 75%, 90%
Bu natijaning qanchalik noyob yoki keng tarqalganligini anglatadi:

10% – faqat 10 % odam yetolmaydi (quyi)
90% – faqat 10 % odam erishadi (yuqori)
Ranglar:
🔴 10% – eng quyi maosh
🟡 25% – quyi kvartil
🟢 50% – o‘rtacha maosh
🔵 75% – yuqori kvartil
💟 90% – eng yuqori maosh
⚫️ Qora nuqta – real median (odatdagi bitiruvchining daromadi)

Grafikni o‘qish:

Bar qancha o‘ngga siljigan bo‘lsa – maosh balandroq
Bar qancha uzun bo‘lsa – soha ichidagi daromad farqi katta

1. Aqliy daraja va maosh o‘rtasidagi bog‘liqlik
- IQ yuqori bo‘lgan sohalar (fizika, matematika, muhandislik, IT) – maoshi ham yuqori
- IQ pastroq bo‘lgan sohalar (san’at, xizmat, gumanitar) – boshlang‘ich maosh pastroq

Misollar:
- Computer Engineering – ≈ \$75,000
- Jurnalistika – ≈ \$40,000
- Chemical Engineering – 10% bitiruvchi ≈ \$50k, eng zo‘rlari ≈ \$190k

2. Tier (S-F) darajalari bilan bog‘liqlik
- S-Tier (masalan: fizika, matematika, kompyuter fanlari): yuqori aqliy salohiyat, yuqori daromad
- F-Tier (masalan: musiqa, nutq terapiyasi, jismoniy tarbiya): IQ va maosh pastroq

Misollar:
- Fizika – S Tier → yuqori IQ, yuqori maosh
- Tarix – C Tier → o‘rtacha
- Musiqa – F Tier → iste’dod bo‘lsa o‘sish mumkin, bo‘lmasa cheklangan

3. Soha tanlovi = Hayotdagi daromad sifati
- Muhandislik, IT, tibbiyot – o‘sish imkoniyati katta, talab yuqori
- San’at, jurnalistika, til – barqarorlik kamroq, daromad notekis

Misollar:
- Computer Science – boshlang‘ich daromad: \$65,000+
- O‘qituvchilik – boshlang‘ich daromad: \$35,000–40,000

4. Keng va tor daromad oraliqlari
- Ayrim sohalarda daromad farqi keng – bu sizning mehnat va mahoratingizga bog‘liq
- Boshqalarida tor – eng yaxshi mutaxassis ham cheklangan miqdorda oladi

Misollar:
- Engineering – yuqoriga chiqish imkoniyati katta (90%-tile: \$150–190k)
- Marketing – median \$50k, 90% ≈ \$110k

O‘quvchilar uchun 5 muhim savol:

1. Matematikani yaxshi ko‘rasizmi yoki odamlar bilan ishlashni?

2. Barqaror o‘rtacha maosh xohlaysizmi yoki risk qilib ko‘proq topish?

3. Menga ijodiy erkinlik kerakmi yoki aniq o‘sish yo‘li?

4. Qaysi percentil oraliq (🔴💟) menga mos: barqarorlikmi yoki imkon kengligimi?

5. qiziqish + iste’dod + bozor talabi – qayerda kesishadi?

Yakuniy xulosa:
- Tanlagan mutaxassisliging hayot sifatingni belgilaydi.

- “Yoqadi” degan sabab yetarli emas – bozor, salohiyat va xizmatga foyda ham muhim.

- Agar aqling kuchli, tafakkuring matematik bo‘lsa STEM yo‘nalishlarini tanla.

- Agar insonlar bilan ishlashni yoqtirsang – barqaror xizmat sohalarini tanla, lekin daromad shiftini bil.
❤‍🔥8🤩4👍1
Forwarded from Sodiq School
🎧 Sodiq Podkast | To‘liq suhbatni bugun tomosha qiling!

🎙 Podkast mehmoni: siyosatshunos Hamid Sodiq

🧭 Mavzu: Tarbiya, tafakkur va texnologiyalar chorrahasida — biz aslida qayerdamiz?

📌 Suhbat davomida:
• Tarbiya va siyosiy tafakkur o‘rtasidagi nozik bog‘liqlik
• “Testga emas, hayotga tayyorlaydigan” maktab qanday bo‘lishi kerak?
• O‘qituvchi va sun’iy intellekt — raqobatchimi yoki hamkor?

🧠 Har bir daqiqa — sizni o‘ylantiradi.
Bu suhbat — fikrga chorlaydi, tanlovga undaydi.

📺 Bugun soat 19:15 da — faqat Sodiq School YouTube kanalida tomosha qiling!
👍8🔥7❤‍🔥4
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Birinchi Harvard talabasini yetishtirdik. Farzandingiz — keyingisi bo‘lishi mumkin.

Sodiq School — O‘zbekistonda ilk bor Harvard University talabasi yetishgan xususiy maktab.

🚀 Bu tasodif emas. Bu — aniq metodika, o‘lchanadigan natijalar va xalqaro darajadagi ta’lim yondashuvining samarasidir.

🔹 IELTS, SAT, A-Level — 9–10-sinfdan boshlab
🔹AQSh, Angliya, Yaponiya, Qatar — Ta’lim sayohati
🔹 Bitiruvchilarning 70% dan ortig‘i — xalqaro universitetlarda
🔹 25 million dollardan ortiq grantlar — bu shunchaki raqam emas, yuzlab orzularning ro‘yobidir

💡 Farzandingiz salohiyatini ochishi, xalqaro standartlardagi ta’lim sifatida bilimga ega bo‘lishi va orzularini global sahnada ro‘yobga chiqarishi — aynan Sodiq Schoolda boshlanadi.

🔔 Sodiq School — bu marketing mahsuloti emas.
Bu — isbotlangan natija, haqiqatga aylangan orzular.

📢 Navbatdagi o‘quv yiliga qabul boshlandi.
Joylar soni cheklangan.

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥17👍9
Faqat 46% bakalavr bitiruvchilari hozirda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamoqda.

Demak, 54% odam mutlaqo boshqa sohada ishlayapti.


📌 Tahlil:
1. Mutaxassislik = Kasb degani emas

- Talabalar o‘qigan yo‘nalishi ko‘pincha ularning kelajakdagi ish joyiga to‘g‘ri kelmaydi.

- Masalan, tibbiyotda o‘qigan inson ta’lim sohasida ishlayotgan bo‘lishi mumkin.

2. Nima uchun bu holat yuz beradi?

- Mehnat bozorida ularning mutaxassisligi bo‘yicha ish topish qiyin.

- Ba’zilari o‘qigan sohasidan ko‘ngli qoladi.

- Ayrimlar boshqa yo‘nalishda ko‘proq pul topadi.

- Iqtisodiy bosim, vaqtinchalik ishlar, migratsiya va shaxsiy qarorlar bunga ta’sir qiladi.

3. Bu raqam nimani anglatadi?

- O‘quvchilar yo‘nalishni tanlashda faqat “yoqadi” degan mezon bilan emas, bozor talabi va real imkoniyatlarni hisobga olishlari kerak.

- Demak, faqat diplom emas, balki qobiliyat + moslashuvchanlik + strategik rejalashtirish muhim.

O‘quvchilar va ota-onalar uchun foydali savollar:

- Siz tanlagan soha bo‘yicha qaysi kasblar mavjud?

- Shu yo‘nalish bo‘yicha ishlayotganlar qancha?

- Agar bu sohada ish topilmasa, qanday boshqa yo‘nalishga o‘tish mumkin?

Xulosa:

Diplom — bu faqat boshlanish.

Mutaxassislikni tanlashda, faqat hozirgi istak emas, kelajakdagi ish bozori, daromad imkoniyatlari, va shaxsiy kuchli jihatlar hisobga olinishi kerak.

Aks holda, siz ham o‘qigan sohangizdan yiroqda ishlayotgan 54% ichida bo‘lishingiz mumkin.
Xuddi men kabi…)
🔥14❤‍🔥8👍3🎉2
1. 80 % talabalar kamida bir marta mutaxassisligini o‘zgartiradi
– Bu degani, aksariyat talabalar tanlagan yo‘nalishidan qoniqmaydi yoki boshqa sohaga qiziqib qoladi.
– Bu holat ko‘pincha noto‘g‘ri tanlov, yetarli maslahat olmaslik, yoki real tajriba yetishmasligidan kelib chiqadi.

2. 3 yil ichida 30 % bakalavrdagi talaba yo‘nalishini yana o‘zgartiradi
– Bu shuni ko‘rsatadiki, o‘qishning ilk yillaridayoq talaba nimani istashini tushunib yetmaydi.
– Dastlabki yillarda chuqur o‘ylab tanlanmagan yo‘nalishlar vaqt va pul yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Xulosalar:
• Talabalar uchun maslahat xizmatlari muhim.
Maktab va universitetlarda kasb tanlash, kuchli tomonlarni aniqlash, real soha vakillari bilan uchrashuvlar kerak.

• Keng ko‘lamli tanlov imkoniyati – foyda ham, xavf ham.
Tanlov imkoniyati ko‘p bo‘lishi yaxshi, lekin bu chalkashlik ham olib keladi. Shu bois, yo‘l ko‘rsatish zarur.

• Mutaxassislikni tanlashdagi “sinov” yondashuvi odatiy hol.

Ko‘pchilik avval bir sohani tanlab, keyinchalik o‘zini boshqa joyda topadi. Bu yomon emas, lekin qanchalik tez aniqlansa – shunchalik yaxshi.

• O‘qishdan oldin sohani amaliy ko‘rish kerak.

Stajirovka, yozgi kurslar, shadowing, real loyiha tajribasi – qaror qabul qilishda ancha yordam beradi.

Savollar:
• Men hozir tanlagan yo‘nalishda 3 yil o‘qib ishlashni xohlarmikanman?
• Shu soha bo‘yicha ishlayotgan odam bilan uchrashib suhbatlashganmanmi?
• Mening kuchli tomonlarim va qiziqishlarim bu soha bilan mos keladimi?


Ushbu statistika maktabda tanqidiy fikrlash va kasb tanlashga doir darslarning naqadar muhimligini ko‘rsatadi. Aks holda, yoshlar bir necha yil vaqtini yo‘qotib, keyinchalik qayta yo‘nalishga majbur bo‘ladi.

Statiskada ko'rinmagan boshqa faktlar
Chet el tajribasi: yo‘nalishni o‘zgartirish – normal holat

• Rivojlangan mamlakatlarda — ayniqsa AQSh, Kanada, Avstraliya va Yevropa universitetlarida — talabaning yo‘nalishni almashtirishi odatiy va institutsional qo‘llab-quvvatlanadi.

Akademik tizim moslashgan:
– Kredit tizimi asosida ko‘p fanlar umumiy bo‘lgani uchun o‘tish oson.
– Qo‘shimcha semester bilan yo‘nalish to‘liq o‘zgartiriladi, bu holat “kechikish” emas, balki “aniqroq tanlov” sifatida qabul qilinadi.

• Talaba – markazdagi shaxs:

Universitetlar talabaning ehtiyojiga qarab dasturlarni moslashtiradi. Yordam xizmatlari, kasbiy yo‘naltirish markazlari faol.

• Jamiyat buni odatiy deb qabul qilgan:
– “19–20 yoshda hayoting butun yo‘lini aniqlab bo‘lishing kerak” degan bosim yo‘q.
– Qayta yo‘nalish tanlash kuchsizlik emas, aksincha o‘z ustida ishlash sifatida ko‘riladi.

Nega?

Aksariyat o‘quvchilar 17–19 yoshda kim bo‘lishini aniq bilmaydi. Tizim bu noaniqlikni tabiiy deb qabul qilsa, o‘quvchi ham xotirjam qaror qiladi, hayotiy xatolar kamayadi.

O‘zbekiston ta’lim tizimi ham yo‘nalish almashtirishga moslashuvchan bo‘lishi kerak. Buning uchun:
• Kredit tizimini kuchaytirish
• Karyera yo‘naltirish xizmatlarini rivojlantirish
• Yo‘nalishlararo o‘tishni qulaylashtirish zarur

Bu yoshlarimizga o‘z qobiliyati va bozordagi ehtiyojga mos keluvchi sohani topishga yordam beradi.
❤‍🔥10🔥8👍4🤩1
Endi talabalar tanlagan sohasini nega o’zgartirishi haqidagi tadqiqotlar natijasi bilan tanishamiz

1. Akademik qiyinchilik (Academic Difficulty)

Talabaning tanlagan sohasidagi darslar og‘ir bo‘lishi ularni boshqa yo‘nalishga o‘tishga majbur qiladi.

Masalan: Fizika yoki muhandislik kabi yo‘nalishlarda matematikaga talab yuqori bo‘lishi ko‘pchilikni chekinishga majbur qilishi mumkin.

Xulosa: Har bir talaba o‘z imkoniyat va qiziqishlariga mos darajadagi yo‘nalishni tanlashi kerak. Raqamlar va texnik tahlillar sizga to‘g‘ri kelmasa, ijtimoiy fanlarga e’tibor bering.

2. Kasbiy qiziqishning o‘zgarishi (Career Exploration)

Talaba universitetda yangi fanlar yoki kasblar bilan tanishib, avval o‘ylamagan yo‘nalishlarga qiziqib qoladi.

Bu yangi qiziqishlar uni mutaxassislikni o‘zgartirishga undaydi.

Misol: Boshida huquqshunoslikni tanlagan talaba psixologiya darsidan zavq olib, psixolog bo‘lishga qaror qilishi mumkin.

Xulosa: Universitet davri — bu o‘zini sinab ko‘rish, ko‘proq sohalarni bilish va keyin to‘g‘ri tanlov qilish vaqti.

3. Mutaxassislik haqida noto‘g‘ri tushunchalar (Misconceptions about Majors)

• Ba’zi talabalar biror sohani noto‘g‘ri tasavvur qiladi. Masalan, marketingni faqat ijodiy ish deb biladi, lekin unda ko‘p statistik tahlil bo‘ladi.

• Reallikni ko‘rgach, boshqa yo‘nalishga o‘tishadi.

Xulosa: Tanlashdan oldin chuqur o‘rganish, real mutaxassislar bilan suhbatlashish va soha haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish juda muhim.

Umumiy xulosa:
Talaba tanlovida 3 omil juda muhim:
1. Shaxsiy imkoniyat (nima yaxshi chiqadi?)
2. Qiziqish (nimani sevaman?)
3. Haqiqiy tasavvur (bu soha aslida qanday?)

Shu omillar bo‘yicha sinchiklab fikr yuritilmasa, mutaxassislik almashtirish ehtimoli yuqori bo‘ladi.

📌 O‘zbekiston maktablarida tanqidiy fikrlash, kasb bilan tanishtirish, mentorlardan maslahat olish — bu ehtimolni kamaytirishga xizmat qiladi.
🔥10❤‍🔥1👍1
1. Institut tanlash – faqat reytingga emas, moslikka asoslansin

* Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori reytingli universitetga kirish va yuqori daromad o‘rtasida musbat korrelyatsiya bor (3–7%).
* Ammo bu sabab-natija emas. Ya’ni, “elit” institutga kirgan har bir talaba yuqori daromadga ega bo‘lmaydi.
* Bu farq ko‘pincha talabaning shaxsiy fazilatlari bilan bog‘liq bo‘ladi: mehnatsevarlik, motivatsiya, maqsadga sodiqlik.

Demak:
Talaba o‘zining qiziqishi, qadriyati va maqsadlariga **mos** institut tanlashi zarur, nafaqat obro‘li yoki ommabop bo‘lganini.

2. Statistika nimani ko‘rsatmoqda?

* Korrelatsiya bor: tanlab olinadigan institutlarda o‘qiganlar ko‘pincha ko‘proq daromad topadi.
* Ammo bu kafolat emas: Chunki ular shundoq ham "tanlab olingan" kuchli nomzodlar edi. Bular bilan natija qilish qiyin ish emas.
* Kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun esa tanlab olinadigan institutlar katta farq qiladi – daromaddagi o‘sish kuchliroq bo‘ladi.

Ya’ni:
Kimda imkon kam bo‘lsa – elit institut unga hayotni tubdan o‘zgartirib berishi mumkin. Kimda imkon va resurs ko‘p bo‘lsa – u har qayerda ham o‘z yo‘lini topadi.

3. Institut tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

* O‘quv dasturi sizning kelajak kasbingizga qanchalik mos?
* Universitetda amaliyot va real loyiha imkoniyatlari bormi?
* Moliyaviy imkoniyatingizni hisobga oldingizmi? (Har doim grant bo‘lmaydi.)
* Universitetda sizni rivojlantiradigan muhit bormi? (mentorlar, klublar, akademik erkinlik)---

Xulosa va tavsiyalar:

1. Institutsional nufuz (reyting) muhim, lekin shaxsiy xoslik va maqsad – undan muhimroq.
2. Kam ta’minlangan yoki resursi kam o‘quvchilar uchun yuqori reytingli institutlar katta imkoniyat yaratadi – bu isbotlangan.

3. Qaror qabul qilishda emotsiyaga emas, ma’lumotga tayaning. Bu ilmiy statistikalar — shunchaki raqam emas, balki hayotingiz yo‘nalishini belgilovchi dalillardir.


Oxirgi maslahat:
Maktabda o‘quvchilarga yo‘nalish tanlashdan oldin:

* o‘z kuchli va zaif tomonlarini bilish
* real hayotdagi kasblarni ko‘rish
* “elit universitet = muvaffaqiyat” degan stereotipdan chiqish kerak.

P.s. O‘zini tushungan, o‘z yo‘lini topgan o‘quvchi – qaysi institutda o‘qishidan qat’i nazar, o'zini kashf qila oladi.
❤‍🔥14👍8🎉4🔥2
Qisqa xulosalarni bu yerda kuzatib boring
👇👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥14