Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
Ajib holat.
Tarovehni tugatib tashqariga chiqdim. Jiyanim amaki "morojniy" obering dedi. Eshikni tagida Andijon muzqaymoģi bor ekan. Navbatga turdik. Bizdan avvalgilar olib bòlgach navbat tegdi. Shu payt atrofni biroz kuzatdim. Qarasam 4 ta yosh bolalar navbatda turishibdi. Ularning faqat bittasini qòlida pul turibdi, yaxshilab qarasam 5 ming sòm, boshqa yòq. Bir-birining quloģiga nimadir deyapti, eshitilmadi.
Biz muzqaymoqni olib bòldik, jiyanimni san boraver man yetib olaman deb jònatib yubordim. Kuzatsam faqat bittasi muzqaymoq olmoqda, qolgan 3 tasi esa intiq bòlib qaramoqda. Vaziyatni tushunganday bòlib, sotuvchiga asta imo qilib, muzqaymoqni 4 tasi 5000 sòm deb ayting, qolganini men beraman deb aytdim. U ham tushunganday bolalarga 4 ta muzqaymoq solib berdi. Bolalar hayron. Ularga namozni zòr òqiganlaring uchun sizlarga skidka qilib berishdi deb aytdim. Ular xursand. Men oradagi farqni tòlab, agar ular ertaga ham kelishsa beravering, men ertaga yana tòlab ketaman deb aytdim. Bolalarning yuzidagi quvonchni kòrsangiz edi.... tòģrisi taroveh namozidan ham kòproq zavq oldim...
Aytmoqchi bòlganim, atrofimizga kòproq e'tiborlik bòlaylik, ayniqsa bolalarning kòngliga...
Ey, Allohim men diningni ana shunday tushunganman, meni johillardan qilib qòyma....

🔥4
Doim voqealarni solishtirishni, undan hikmat izlashni odat qilganman.
Meni bir savol doim òylantirib kelgan, avvalgilarda texnika bòlmagan, mashina bòlmagan ammo ular hamma ishlarini bitirishgan. Farzandlariga vaqt ajratishgan, eng muhimi kitob, Qur'ondan kunlik vazifalarini ham uddalashgan. Xullas vaqtlarida baraka bòlgan
Bizda esa aksi, na halovat bor, na tinim bor, na unum bor.
Hozirda ushbu savolga javobim quyidagicha:
Biz hozir ishlarimiz orasida namozlarimizni ado qilayapmiz, avvalgilar esa, namozlari orasida ishlarini bitkazishar edi....
Alloh òzing bizga tavfiq ber....
👉 @hasankhojaBlog

👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Masofalar olis bo‘lsa—da, duolarda uchrashuvchi ko‘ngillar bor.
Hazrat Rumiy
🥀Hazrat Rumiy
Forwarded from MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
Iqtiboslar
💫 Soʻz qudrati cheksiz. Shunday soʻzlar borki, kishi qalbida oʻchmas iz qoldiradi. Ba'zilari esa insonlarni kurashishga, rivojlanishga undaydi.
😊 Yoshlarimiz uchun ibrat boʻla oladigan, ularni harakat qilishga va ilm olishga undaydigan iqtibosli soʻzlaridan, sizlar uchun manfaatli bo'ladiganlarini tavsiya etdik.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
• Telegram - https://t.iss.one/hasankhojaBlog
• TikTok - https://tiktok.com/@hasankhoja_
• Instagram - https://instagram.com/hasankhoja?utm_medium=copy_link

Soat millari va hayot yo‘llari o‘rtasida vaqt tushunchasi farqlanadi. Soat millari vaqt o‘tib yana o‘z o‘rniga qaytib keladi, biroq hayot yo‘llarida aylanma burilish yo‘q. Yurish faqat oldingadir, shunday ekan, berilgan ne'mat va kelgan musibat ham to manzilga yetgunimizcha safarda uchragan oniy bir manzara hisoblanadi, o‘tkinchi yo‘lovchidek o‘tda, ket...
👍1
Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
#Farzandimga
Tadbir qilganimiz emas, taqdir qilgani nasibamiz bo‘ladi, rizq zahmati ibodat lazzatiga putur yetkazmasin, sizning faqat dunyo tashvishlariga ko‘milib qolishingiz bizni mahzunlantirishi yodingizdan chiqmasin...

Forwarded from Millat Umidi School | ex. CIC School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!
CIC school'da faoliyat olib boradigan ustozlar haqida ma'lumot berishni boshladik.
E'tiborli bòling, aynan shu Ustozlar sizlarga ta'lim beradi!
SAT va Matematika fani bòyicha ekspert Hasankhoja Muhammad Sodiq - ta'limda 12 yillik tajribaga ega bòlgan mutaxassis.
___________
🌐 www.college.cambridge.uz
📞 +99871 2000308
📍Alisher Navoi ko’chasi, «Matbaa-Noshirlik kasb-hunar kolleji» - 4 qavat
📌 @cic_school

Safarimizni Alloh xayrli qilsin. Biz qaytayapmiz. Duolaringizga muxtojligim bor. Insha Alloh bugun markazda kòrishamiz)
Allohning qadariga taslim bòlganmiz. Hech bir ish behikmat emas. Shuning uchun biror ishdan afsuslanmay qòyganman. Tòģri qaysidir ish meni kayfiyatimni buzishi yoki jahlimni chiqarishi mumkin, ammo, lekin bundan doim hayr qidiraman.
Men qaysi ishdan afsuslanaman?
-bekor òtgan vaqtimga, beamal bòlgan kunimga, ÒZIdan uzoqlashgan ishimga, Rasulu Akram Payģambarimizga ozor beradigan sòzimga, ota-onamni ranjitadigan amalimga, xabata bòlgan savoblarimga achinaman. Ilohim shulardan òzi asrasin, oxirimizni bahayr qilsin. MUFLIS lardan qilmasin....

Assalomu alaykum.
Shogirdlarimiz bilan birga ajr loyihasining “25+ Jannatdagi qasrlar” loyihasida ishtirok etdik. Hayrli ishga bosh qo‘shganlardan Allohning O‘zi rozi bo‘lsin.

👍2
Avgust oyi juda barakali va ajoyib ôtdi. Quyidagilar qadrdon dôstlarimiz va ustozlarimiz bilan kôrishib suhbatlashish nasib qildi::
1. Abror Muxtor Aliy
2. Mubasshir Ahmad
3. Umidjon Ishmukhamedov
4. Abdukarim Mirzayev va "Registon Tv" jamoasil
5. Ikrom Sharif
6. Abdulaziz Muhammad va "Furqon" jamoasi
7. Xurshid Maroziqov (Girgitton asoschisi)
8. Sarvar Ruzmatov (PayMe asoschsi)
9. Muhammad Ali Eshonqulov
10. Temurbek Adhamov
11. Jahongir Pulatov
12. Davron Turdiyev
13. Rustam Rahmatov ( IMAN asoschisi )
14. Adham Shoisayev
15. Abdussattor Abdurahimov
16. Sardor Rahimxon va “Yurak amri” jamoasi
17.Abdumannon domla va “AsSodiq” jamoasi
18. Inoyotilla va "33 savol" jamoasi
19. "Yuksalish" jamoasi
20. "Patronlar" ligasi
21. "Self made top" jamoasi
22. "In Brain" asoschilari va jamoasi.
23. "Osmondagi bolalar" jamoasi
24. CIC va CIU jamoasi
25. "Take job" jamoasi
26. "Najot Ta'lim" jamoasi
27. "Mars IT" jamoasi
28. "Isystem" jamoasi
29. Edu Master" jamoasi
30. "Biznes kvadrat" jamoasi
31. "Mehr 2020" jamoasi.
32. "Sofia" asoschisi
33. Xayrulla Hamidov
34. Rizvon ukamiz.
35. Abdulbasir qori aka
Allohim ôzing bizlarni ôz holimizga tashlab qôymagin. Oxirimizni baxayr qilgin. Qiyomatda ham shu dòstlarimizni birga qilgin...

👍9🤩2❤1
Oxirgi vaqtlar barcha buyuklar, yaʼni buyuk shoir, buyuk adib, buyuk olim, buyuk mutafakkir, xullas, oʼz jamiyatidan yuqori fikrlaydigan, katta maqsadlar sari odimlaydigan odamlar hayotini oʼrganib bir xulosaga keldim:
Bu toifa insonlarga har qachon tosh otilaverar ekan.
Ular hech qachon yoppasiga xushnudlik bilan qarshilanmadi. Otilgan toshlardan kavushlari qonga toʼldi, Hadis ilmining buyuk muhaddisi Buxoroga qoʼyilmadi, G'azal mulkining sultoni, Tib ilmining bilagʼoni boʼlganlar ham ayrim koʼngillarni zabt etolmadi.
Zotan ,hech zamon hammaga birdek yoqishning chorasi topilmagan. Bu imkonsiz bir ishdir.
Shuni bilganim uchun ayni kunlarda zamonamiz Аbu Jahllarining birodarimiz Muhammad Аliga qilayotgan munosabatlari bizga hech gʼalati tuyilmayapti.
Faqat ikki ogʼiz aytarimiz bor, Muhammad Аli oʼz yoʼliga, oʼz soʼziga ega yigit. Minglab yoshlarni oʼziga ergashtira olgan yetakchi, koʼplab qalblarni zabt etolgan fotih. Shu inson sababli Аlloh qancha umidsiz koʼngillarda bir mujda bino qildi. Qancha buzilgan xulqlarni isloh qildi. Buning koʼp bora shohidi boʼldik. Shu sababli, Muhammad Аlining haqlariga doim yaxshi gumonda shohidlik beramiz. Qoʼlimiz qoʼllarida, doim yonidamiz. Tikan agar doʼstimizning tovonlariga kirsa, qoni bizning yuragimizda oqadi.
Siz bu yigitning soʼzlari tushunmasangiz, iltimos, boshingizdagi shlyapani yechib doʼppini kiying, tortilgan asab tolalari bir yayrasin. Koʼngilni keng qilinglar, yaxshilik yoʼlida yurgan bir insonga adolatsiz boʼlmanglar, Allohning adolati haq ekanligini eslang va bu sizlarga kifoya qilsin....