Chet el maktablari bilan bizdagi maktablar o‘rtasidagi 10 ta konkret farq
1.Ta’lim usuli:
Chet elda: Darslar interaktiv, muhokamaga boy, savol-javoblar asosida o‘tadi.
Bizda: Asosan ma’ruza va yodlashga asoslangan.
2. Baholash tizimi:
Chet elda: Baholash – o‘quvchini o‘stirish vositasi (formatif assessment).
Bizda: Baholar – ko‘proq nazorat va jazolash vositasi sifatida qabul qilinadi.
3. Ijodkorlik va mustaqillik:
Chet elda: O‘quvchidan mustaqil fikr, muammo yechish, kreativlik talab qilinadi.
Bizda: Ko‘p hollarda "to‘g‘ri javob"ni yodlash va takrorlashga undaladi.
4. O‘quvchi markaziy o‘rinda:
Chet elda: Dars o‘quvchiga moslashtiriladi (differensial yondashuv).
Bizda: Dars rejasi markazida o‘qituvchi turadi, hamma uchun bir xil usul.
5. Loyihaviy ishlash (Project-Based Learning):
Chet elda: Har semestrda katta loyiha ishlanadi, real hayotga bog‘lanadi.
Bizda: Loyiha ishlari ko‘p hollarda formal, amaliy natijasi yo‘q.
6. Ota-ona ishtiroki:
Chet elda: Ota-onalar ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi.
Bizda: Ota-onalar asosan nazorat yoki shikoyat bilan shug‘ullanadi.
7. O‘quvchilarni hayotga tayyorlash:
Chet elda: Maktabdan chiqadigan o‘quvchi mustaqil yashashga tayyor.
Bizda: O‘quvchi test yechishda zo‘r, lekin hayotiy ko‘nikmalari zaif.
8. Texnologiyadan foydalanish:
Chet elda: Har bir o‘quvchi kompyuter/tablet bilan ishlaydi, darslar raqamlashtirilgan.
Bizda: Raqamli texnologiyalardan foydalanish cheklangan, ko‘proq doska va daftar.
9. O‘qituvchi roli:
Chet elda: O‘qituvchi – mentor va yo‘l ko‘rsatuvchi.
Bizda: O‘qituvchi – axborot manbai va intizomni nazorat qiluvchi shaxs.
10. Tanqidiy fikrlash:
Chet elda: Har bir fikrga "nima uchun?" degan savol berishga undaladi.
Bizda: "Shu shunday bo‘lgan", "Kitobda yozilgan" kabi fikrlar yetarli deb hisoblanadi.

🔥43👍25❤🔥10🤩1
Xotira
O’zbek izohli lug’atida “Hazrat” so’zi tug’ilganiga 73 yil, bu so’z yetim qolganiga 10 yil bo’libi

❤🔥155👍27🔥18
Erta uylanish kerak(mi)?
Uylanish bu , Payg'ambarlar sunnati.
“Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir bo‘lsa uylansin. Chunki oila ko‘zni tiyuvchi, farjni (zinodan) saqlovchi (omil)dir. Kim qodir bo‘lmasa, unga ro‘za tutish lozimdir. Chunki ro‘za shahvatni sindiruvchidir”.
— Imom Buxoriy, Muslim rivoyati
Bu hadisda “yoshlikda uylanish” targ‘ib qilinmoqda.
Chunki:
- Yoshlikda shahvat kuchli bo‘ladi;
- Fasodga yo‘l ochilishi ehtimoli yuqori;
- Yoshlikda mas'uliyat olishga o‘rganiladi;
1.Ijobiy tomonlari:
- Gunohdan saqlaydi;
- Havas, shahvat va harom ko‘zlardan saqlaydi;
- Mas’uliyatni erta o‘rgatadi;
- Yosh turmush egasi boshqaruv, sabr, moliyaviy rejani o‘z vaqtida o‘rganadi;
- Ruhiy tayanch va yolg‘izlikdan chiqish;
- Hayotga erta kirib, uzoq muddatli reja tuzish imkoniyati
- Sog‘lom farzand - 20-30 yosh oralig‘i farzand ko‘rish uchun eng maqbul davr.
2.Salbiy tomonlari (agar tayyor bo‘lmasa):
- Moliyaviy muammolar (Ish yoki daromad manbasi bo‘lmasa, nikoh inqirozga yuz tutadi);
- Emotsional pishmaganlik (G‘azab, sabrsizlik, noto‘g‘ri qarorlar);
- Shaxsiy rivojlanish to‘xtashi mumkin (O‘qish, o‘z ustida ishlash orqaga surilishi mumkin);
- Ijtimoiy bosim (Yosh oilalar katta avloddan doimiy aralashuvga uchrashi mumkin);
3. Erta uylanish odamga nima beradi?
1. Nafsni nazorat qilish vositasi
Nikoh — dinining yarmi,
2. Qaror qabul qilish va mas’uliyatni erta o‘zlashtirish
Erta uylanganlar orasida yetakchilik qobiliyati yuqoriroq bo‘lishi kuzatilgan
3. Ruhiy barqarorlik va o‘zini topshiriq bilan band qilish
Yolg‘izlik, bekorchilik, fitna — yoshlikdagi eng katta xavf. Uylanish bunga qarshi qalqondir.
Xulosa:
Erta uylanish foydali bo‘lishi uchun 3 narsa muhim:
- Ruhiy va emotsional tayyorgarlik;
- Moliyaviy mustahkamlik (kamida asosiy ehtiyojlar);
- Hayotiy mas’uliyatni his qilish;
Kimga uylanish haqida esa keyingi postda ko'rishamiz...)
Uylanish bu , Payg'ambarlar sunnati.
“Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir bo‘lsa uylansin. Chunki oila ko‘zni tiyuvchi, farjni (zinodan) saqlovchi (omil)dir. Kim qodir bo‘lmasa, unga ro‘za tutish lozimdir. Chunki ro‘za shahvatni sindiruvchidir”.
— Imom Buxoriy, Muslim rivoyati
Bu hadisda “yoshlikda uylanish” targ‘ib qilinmoqda.
Chunki:
- Yoshlikda shahvat kuchli bo‘ladi;
- Fasodga yo‘l ochilishi ehtimoli yuqori;
- Yoshlikda mas'uliyat olishga o‘rganiladi;
1.
- Gunohdan saqlaydi;
- Havas, shahvat va harom ko‘zlardan saqlaydi;
- Mas’uliyatni erta o‘rgatadi;
- Yosh turmush egasi boshqaruv, sabr, moliyaviy rejani o‘z vaqtida o‘rganadi;
- Ruhiy tayanch va yolg‘izlikdan chiqish;
- Hayotga erta kirib, uzoq muddatli reja tuzish imkoniyati
- Sog‘lom farzand - 20-30 yosh oralig‘i farzand ko‘rish uchun eng maqbul davr.
2.
- Moliyaviy muammolar (Ish yoki daromad manbasi bo‘lmasa, nikoh inqirozga yuz tutadi);
- Emotsional pishmaganlik (G‘azab, sabrsizlik, noto‘g‘ri qarorlar);
- Shaxsiy rivojlanish to‘xtashi mumkin (O‘qish, o‘z ustida ishlash orqaga surilishi mumkin);
- Ijtimoiy bosim (Yosh oilalar katta avloddan doimiy aralashuvga uchrashi mumkin);
3. Erta uylanish odamga nima beradi?
1. Nafsni nazorat qilish vositasi
Nikoh — dinining yarmi,
2. Qaror qabul qilish va mas’uliyatni erta o‘zlashtirish
Erta uylanganlar orasida yetakchilik qobiliyati yuqoriroq bo‘lishi kuzatilgan
3. Ruhiy barqarorlik va o‘zini topshiriq bilan band qilish
Yolg‘izlik, bekorchilik, fitna — yoshlikdagi eng katta xavf. Uylanish bunga qarshi qalqondir.
Xulosa:
Erta uylanish foydali bo‘lishi uchun 3 narsa muhim:
- Ruhiy va emotsional tayyorgarlik;
- Moliyaviy mustahkamlik (kamida asosiy ehtiyojlar);
- Hayotiy mas’uliyatni his qilish;
Kimga uylanish haqida esa keyingi postda ko'rishamiz...)
Sunnah
Mishkat al-Masabih 382 - Purification - كتاب الطهارة - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و…
Hadith of the Prophet Muhammad (saws) in English and Arabic
👍61❤🔥19🔥13
12-15.docx
33.4 KB
2 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maxsus o‘yinlar ro‘yxati
👍33❤🔥11🔥7
Uylanish yoki turmush qurish.docx
17.7 KB
Uchrashuvga chiqqaningizda yigit yoki qizga beriladigan savollar ro‘yxati
🔥57👍17❤🔥10🤩3
Eng muhim qarorlardan biri — kimga uylanish. Bu faqat muhabbat emas — bu hayot yo‘ldoshi, farzandlar onasi, ruhi, e’tiqodi, tarbiyasi bilan bir umr birga yashaydigan inson haqida qarordir.
1. Qiz tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Hadis:
“Ayollar bilan to‘rt narsa sababli uylaniladi: mol-dunyosi, nasabi, husni va dini. Sen dindorini tanla, qo‘ling loyga botmaydi.”
— Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.
Asosiy mezonlar:
Diniyati: (1)
Hijob, ibodat, halol-harom tushunchasi — uyingizga baraka olib kiradi.
Aqliy yetuklik: (0)
Vaziyatni tushunish, sabr, murosa qilish qobiliyati.
Tarbiyasi va odobi: (0)
Yuzining chiroyidan ko‘ra, dilining pokligi oilani saqlaydi.
Gap-so‘zga munosabati: (0)
Har narsani hammaga aytadigan, g‘iybat qiladigan bo‘lsa — muammo.
Sabr va ixtiyor: (0)
Har muammo ustida yig‘laydigan emas, hamfikr bo‘ladigan inson kerak.
Oilaviy muhit: (0)
Uning uyidagi muhit kelajakdagi farzandlaringizga ko‘chadi
Chiroyli bo‘lishi — bonus, lekin asosiy mezon emas. (0)
2. Qizni ota-ona tanlab bergani ma’qulmi yoki o‘zimiz tanlashimiz kerakmi?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamizni o‘zlari tanlaganlar.
Nikoh — ikki tomonning roziligi bilan bo‘ladigan muqaddas ishdir.
Ota-ona tanlagan bo‘lsa Siz ham tanlang! Uchrashing, gaplashing, tanishing. Rozilik bilan bo‘lsa — ajoyib.
O‘zingiz topsangiz Ota-onaga ayting, maslahat so‘rang, duoni so‘rang. Ularning roziligi bo‘lsa, Alloh baraka beradi.
Demak:
“Ota-ona tanlasa — maslahat. Yigit tanlasa — qaror. Ikkalasi uyg‘unlashsa — baraka.”
Amaliy tavsiyalar:
Savollar ro‘yxatini tayyorlang (hayotiy qarashlari, sabrga munosabat, maqsadlari).
Ko‘proq eshiting, kamroq gapiring — u qanday fikr yuritishini tushunishga harakat qiling.
Dindorlik — faqat tashqi emas: ilmlilik, taqvo, muomalada samimiylik muhim.
Xulosa qiladigan bo'lsak, dunyoqarashimiz bir xil bo'lsa, ichki o’lchovlari qadriyatga mos bo’lsa, amal > fikr > so’z bo’lsa eng mubosib nomzoddir.
Kimningdir nomzodi: 1000, kimdadir 10 va afsuski yana kimdadir 000…

Telegram
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Uchrashuvga chiqqaningizda yigit yoki qizga beriladigan savollar ro‘yxati
👍28🔥12❤🔥5🥰3
Telefon o‘rniga ko‘proq kitob ushlash – qanday qilish mumkin?
1. Qanday qilib telefon o‘rniga ko‘proq kitobni ushlash mumkin?
✅ Reja bilan harakat qilish: Har kuni o‘qish uchun 20-30 daqiqa aniq vaqt ajratish. (Masalan: “har kecha soat 21:00 da 20 daqiqa kitob o‘qiyman”).
✅ Telefonni cheklash:
– Ekran vaqtini cheklovchi ilovalar o‘rnatish.
– Kitob o‘qiydigan vaqtda telefonni boshqa xonaga qo‘yish.
✅ O‘quv muhitini yaratish:
– Kitob o‘qiydigan burchak (yorug‘, tinch joy).
– Har doim qo‘lda bir kitob bo‘lishi.
✅ Audio va elektron kitoblar bilan tanishish:
– Transportda, yurish paytida, ovqat tayyorlayotganda audiokitoblar eshitish.
2. Bunday odatni qanday shakllantirsa bo‘ladi?
“Habit stacking” – odatlar ustma-ust
– Har bir mavjud odatga kitob qo‘shing: “Nonushtadan so‘ng 5 daqiqa kitob”, “Uyqudan oldin 10 bet kitob” kabi.
Maqsad emas, jarayondan zavqlanish
– “1 oyda 5 ta kitob o‘qiyman” emas, “Har kuni 15 daqiqa o‘qiyman” — bu uzoq muddatda yaxshi natija beradi.
O‘qigan kitobni belgilab borish
– Kunlik daftar, kalendar yoki ilova orqali o‘qilgan sahifalarni belgilab boring — bu rag‘bat beradi.
Kitobxon do‘stlar bilan davra tuzish
– Har oy bir kitobni birga o‘qib, muhokama qilish — odatni mustahkamlaydi.
3. Buning uchun birinchi qilinadigan ishlar:
Telefonni uzoqlashtiradigan joy tanlang (masalan, uxlayotganda boshqa xonada qoldirish).
Yuragingizga yaqin birinchi kitobni tanlang (qiziqarli, yengil, o‘zingiz xohlagan mavzuda).
Kundalik kitob vaqti belgilang (masalan: har kuni 21:00 dan 21:20 gacha).
Kitobxonlikni kuzatib boring (jurnal, Google Sheet, telefon ilovasi orqali).
Bu odatni oilaviy tarzda boshlang (farzandlar bilan birga “jim o‘qish vaqti”).
Kuniga 20 daqiqa kitob o‘qigan odam yilda qancha kitob o‘qiydi?
1. O‘rtacha kitob uzunligi:
– Odatda 1 ta kitobda 250–300 sahifa bo‘ladi.
2. O‘rtacha o‘qish tezligi:
– Ko‘pchilik kattalar 1 daqiqada 1 sahifa o‘qiydi (oddiy badiiy kitob uchun).
– Demak, kuniga 20 daqiqa = 20 sahifa.
3. Yillik umumiy sahifa:
– 20 sahifa × 365 kun = 7 300 sahifa o‘qiladi.
4. Bu qancha kitob degani?
– 7 300 sahifa ÷ 300 sahifa (har bir kitob) = 24–25 ta kitob
– Agar qisqaroq (250 sahifalik) kitob bo‘lsa: 7 300 ÷ 250 = 29 ta kitob
✅ Xulosa:
Kuniga atigi 20 daqiqa kitob o‘qigan inson, 1 yilda o‘rtacha 25–30 ta kitob tugatadi.
Bu — har oy 2-3 ta kitob degani! Uzoq yillarda bu odat hayotni butunlay o‘zgartiradigan kuchga aylanadi.
batafsil bu yerda: https://t.iss.one/hasankhojaBlog/1578

Siz uchun daxshatli statistika.
Odatda kitobni o’qiydigan qismi (mundarija, adabiyotlar ro’yhatidan tashqari) 250 bet bo’ladi.
Har bir betida 210-230 ta so’z bo’ladi. Bir daqiqada o’rtacha tezlik 250-270 ta so’z.
250 bet x 230 so’z = 57.500 ta so’z
57.500…

👍21❤🔥20🔥8🤩3
Bilmaganlarga eslatma: Ta'lim, farzand tarbiyasi va o'ta shaxsiy fikrlar uchun ochilgan bepul kanal bor:
P.S. Ertadan yangi chellanj ham boshlanyapti. Tandirdan uzilgan payti boshqacha bo'ladi, oma lekin...)

Maktabda bir kun…
Assalomu alaykum. Insha Alloh ijod uchun muhim bo'lgan - sog'liq, vaqt va xohish uchligi qayta bir joyga jamlandi. Endi aniq rejalar asosida ish olib boriladi. !00 kunlik #1_15_30_chellange ni boshlashni rejasini tuzib oldim. Bunda ta’lim, tarbiya, farzandlar…
👍13🔥5❤🔥2🥰1
Farzandni boshqalar bilan solishtirib gapirish – bu qanday ta’sir qiladi?
1. Bolaning ongi va ruhiy holatiga qanday ta’sir qiladi?
Solishtirish bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi
– “Qarang, qo‘shning bola darsini 5 ga oldi, sen-chi?” kabi gaplar bolaning o‘zini past baholashiga olib keladi.
Shaxs sifatida qadrsizlantirilganini his qiladi
– Bola o‘zini ota-onasining nazarida yaroqsizdek his qila boshlaydi: “Men qanday bo‘lsam ham, ular uchun yetarli emasman”.
Sog‘lom raqobat o‘rniga hasad, nafrat shakllanadi
– Boshqani yengish istagi emas, balki uni yoqtirmaslik hissi paydo bo‘ladi.
Ichki motivatsiya o‘rniga tashqi bosim paydo bo‘ladi
– Bola yaxshi bo‘lishni emas, tanbeh eshitmaslik uchun harakat qiladi. Bu esa yuzaki rivojlanish demakdir.
2. Solishtirish o‘rniga qanday yondashuv foydali?
✅ O‘tmishdagi o‘ziga solishtiring:
– “Avval bu masalada qiynalarding, hozir ancha yaxshilanding, barakalla!”
✅ Jarayonga e’tibor qarating, natijaga emas:
– “Topshiriqqa qancha vaqt sarflading? Qanday yo‘l bilan o‘rganganing menga qiziq.”
✅ Shaxsiy salohiyatiga ishon bering:
– “Sen o‘zing ham bunga qodirsan. Xohlasang, biz birga o‘rganamiz.”
✅ Qiziqishlari asosida yondashing:
– Har bir bola o‘z yo‘nalishida porlaydi. Kimdir rasmga, kimdir matematika yoki sportga qiziqadi.
Xulosa:
Farzandni boshqalar bilan solishtirish – bu uning ruhiy holatiga zararli “psixologik bosim”dir. U o‘zini kimnidir nusxasi sifatida emas, yagona va betakror shaxs sifatida his qilishi kerak.

❤🔥22👍14🔥6🥰2
Kitob o’qimaydiganlar uchun havfli kontent.
Kitob o’qimang, aks holda…
1. Haddan tashqari fikrlaydigan bo‘lib qolasiz
Axir mustaqil fikrlaydigan odamlar doim birovga noqulay bo‘ladi! Kitob o‘qigan odam “bu trend” degan gaplarga ko‘r-ko‘rona ishonmaydi. Bundaylar har narsada dalil izlaydi. Juda noqulay insonlarga aylanadi!
Statistika:
Tanqidiy fikrlovchilarning 83% doimiy kitobxonlardir.
2. Yolg‘on gap-so‘zga ishonmaslik “kasalligiga” yo‘liqasiz.
Reklamalarni ko‘rib birdan: “Dalili qani?” deb so‘rab qolishingiz mumkin. Qo‘rqinchli, to‘g‘rimi?
“Shunaqa deyishyapti” – deyishadi. Siz esa: “Kim aytyapti?”, “Qayerda yozilgan?” deb savol bera boshlaysiz. Bu juda charchatadi! O’zi shundog’am scrollholik bo’lish sizni yetarli charchatyapdi.
Statistika:
O‘qimaydiganlar soxta yangiliklarga 60% hollarda ishonadi, kitobxonlarda bu ko‘rsatkich atigi 18%.
3. “Soqov”ga aylanasiz, kamiga g’iybatga qolasiz.
Chunki siz siyosatdan tortib biologiyagacha bilib qo‘ygan bo‘lasiz – boshqalar esa TikTokdan chiqmaydi.
“Shortfikr”lar endi sizni “tushunib bo‘lmaydigan odam” deb e’lon qilishadi. Sizga zarurmi shu?
Statistika:
Kitobxonlar ko‘proq yolg‘iz qolishni, lekin chuqur suhbatni afzal ko‘radi.
4. Har narsaga “nega?” deb so‘ray boshlaysiz
Yashash soddaroq edi: aytishardi – ishonardik. Endi esa siz har bir gapga “dalil bormi?” deb turasiz. Tinchlik buziladi! Har bir narsani tekshirib chiqasiz – vaqt ketadi, asab buziladi. Nega kerak bu sizga? O’zi shundog’am boshqalarni muvaffaqiyati sizni bezovta qilib bo’lgan.
Statistika:
Kitobxonlar 3 baravar ko‘proq “nega?” bilan gap boshlaydi.
5. Atrofdagilar sizni “zamonaviy muammolarni tushunmaydi” deb o‘ylashadi.
Chunki siz 18-asr yozuvchilaridan iqtibos keltiryapsiz, “Dopaminquli”lar esa “trend”da qolishni xohlaydi.
6. Noqulay vaziyatga ko’p uchraysiz.
Izoh:
Siz haqiqatni aytishni boshlaysiz. Boshqalar esa: “Bu haddan oshyapti”, “Hamma narsaga e’tiroz bildiraveradi”, deyishadi.
Statistika:
Har 10 kitobxondan 6 tasi “noqulay savollar” bergani uchun ish joyida tanbeh olgan.
7. Hayotingiz ma’noga to‘lib ketadi.
Kitob o‘qigan odam bir joyda turmaydi. O‘rganadi, yangilanadi, savol beradi. Bu esa doimiy o‘sishga olib keladi – bu xavfli! Ortiqcha energies sarflash nega kerak o’zi? Siz shoshmay, o‘ylab, tafakkur bilan yashay boshlaysiz. Shoshqaloqlik, boshqalar bilan musobaqalashish yo‘qoladi. Sizni “sokin, lekin xavfli” deb bilishadi.
Statistika:
Kitob o‘qiganlar 5 baravar ko‘proq yangi ko‘nikma o‘rganadi.
Statistika:
Kitobxonlarda depressiya xavfi 30% kamroq bo‘ladi.

OECD
Centre for Educational Research and Innovation (CERI)
The Centre for Educational Research and Innovation (CERI) provides and promotes international comparative research, innovation and key indicators, explores forward-looking and innovative approaches to education and learning, and facilitates bridges between…
👍47🔥17❤🔥9
Skeptik bo‘lish kerak(mi)?
Skeptik odam — har bir gapga ishonib ketmaydigan, har narsaga “nega?”, “rostmi?”, “qayerdan bilasiz?” deb savol beradigan inson.
U har qanday axborotni darrov qabul qilmaydi — avval dalil, manba, mantiqiy asos izlaydi.
Bu salbiy narsa emas. Bu — fikrlovchi, mas’uliyatli odamning sifati.
Skeptik bo‘lish – inkor qilish emas.
Skeptik odam:
“Men ishonmayman” demaydi,
“Men tekshirib ko‘raman” deydi.
Shubhalanish — haqiqatga yetishish yo‘lidir.
Hayotdan 5 ta real misol – Skeptik qanday fikr yuritadi?
1. Vitamin reklamasi
Reklama: “Bu dori energiya beradi!”
Skeptik: “U sinovdan o‘tganmi? Tibbiy maqola bormi?”
2. Ko‘pchilik ishlatmoqda
Aytishadi: “Hamma shuni olgan!”
Skeptik: “Ko‘pchilik ishlatgani emas, qanday natija berayotgani muhim.”
3. TikTok trendlari
Aytishadi: “Trend bo‘lyapti – demak to‘g‘ri!”
Skeptik: “Trend haqiqat o‘rnini bosa olmaydi.”
4. Telegram postlari
Odamlar: “Telegramda chiqqan, rost bo‘lsa kerak.”
Skeptik: “Bu qayerdan chiqqan? Rasmiy manba bormi?”
5. Yer tekismi?”
YouTube aytadi: “Yer aslida tekis.”
Skeptik: “Ilmiy asos bormi? Qanday tajriba orqali bu isbotlangan?”
Skeptik odam qanday savollar beradi?
• Manbasi qayerda?
• Kim aytdi, qachon?
• Nima asosga tayangan?
• Dalili bormi?
• Bu rostmi yoki shunchaki fikrmi?
Skeptik bo‘lmaslik kerak bo‘lgan holatlar:
1. Qur’on va Hadis kabi muqaddas manbalarda
Misol:
Ustozingiz aytadi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ‘halollik rizqni ziyoda qiladi’ deganlar.”
Yondashuv:
Bu yerda “Isbot bormi?”, “Qani statistikasi?” deb so‘ramaymiz.
Izoh:
Muqaddas manbalar tafakkur bilan o‘rganiladi, ammo shubha bilan emas.
E’tiqodga dalil emas, is’temol, ya’ni iymon orqali yondashamiz.
2. Ota-onaning hayotiy nasihatlarida
Misol:
Onangiz deydi: “O‘g‘lim, hech qachon birovni haqqini yema.”
Yondashuv:
Bu yerda skeptik bo‘lib: “Nima uchun? Qanday oqibat bo‘ladi?” deyish o‘rinsiz.
Izoh:
Bunday nasihatlar – hayotiy tajriba, ko‘p narsa ko‘rgan qalbdan chiqadi.
Ular ustida shubhalanmaslik, balki qabul qilish va amal qilish kerak.
3. Ustozning ogohlantiruvchi maslahatlarida
Misol:
Ustoz aytadi: “Bu yo‘lga kirmang, bu sizni chalg‘itadi.”
Yondashuv:
“Qayerdan bilasiz? Statistikani ko‘rsatib bering,” deyish — bu adab doirasidan chiqish bo‘ladi.
Izoh:
Ustozning so‘zi — ilm va tajribaning yig‘indisi. Unda ko‘rinmaydigan, ammo chuqur asoslar bor.
4. Do‘stlik, sadoqat, va sabrga oid maslahatlarda
Misol:
Do‘stingiz aytadi: “Ishonch — munosabatning eng muhim tamal toshi.”
Yondashuv:
“Qani dalili? Qachon? Qachonlardir ishonch haqiqatan foyda berganmi?” deb skeptik bo‘lish munosabatni yemiradi.
Izoh:
Bunday fazilatlar – his qilish, his qilishga ishonish orqali yashaydi. Ularga faqat mantiq bilan emas, qalb bilan yondashish kerak.
5. Jamoat maslahatlari va umummillat qadriyatlarida
Misol:
Imom deydi: “Jamoat bilan namoz o‘qish savobi 27 barobar ortiq.”
Yondashuv:
“Qani, bu 27 barobarni qayerdan bilamiz?” deyish – imonga zid shubha keltiradi.
Izoh:
Bunday gaplar hadislarda keltirilgan, ularni isbotlash emas, anglash va amal qilish muhim. Bu ruhiy va ijtimoiy birlikni mustahkamlaydi.
Xulosa:
Skeptik bo‘lish — bu tafakkur belgisi.
Ammo har joyda emas.
Ba’zi joylarda e’tiqod, hurmat va sadoqat ustun bo‘ladi:
• Shubha emas — iymon kerak.
• Dalil emas — qalb qulog‘i bilan eshitish kerak.
• So‘roq emas — qabul qilish.
Mini test: Skeptik kim?
Qaysi biri skeptik?
1. “Reklamada aytgan, demak rost.”
2. “Hamma ishlatyapti, men ham.”
3. “Ilmiy maqola o‘qib ko‘rmoqchiman.” ← To‘g‘ri javob!
4. “Trend bo‘lyapti, demak haqiqat.”
Nega skeptik bo‘lish muhim?
Chunki haqiqat — savoldan boshlanadi.
Chunki yolg‘on — ishonuvchanlikdan kuch oladi.
Chunki skeptik — ongli qarorlar qiladi.
Chunki skeptik — aldanmaydi.
Xulosa:
Har eshitgan gapga ishonmang.
Har ko‘rgan videoni haqiqat deb qabul qilmang.
Savol bering. Tekshirib ko‘ring. Fikrlang.
Skeptik bo‘lish — bu tanqid qilish emas.
Bu haqiqatni izlashning eng muhim qadami.

🔥30👍17❤🔥1
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Skeptik bo‘lish kerak(mi)? Skeptik odam — har bir gapga ishonib ketmaydigan, har narsaga “nega?”, “rostmi?”, “qayerdan bilasiz?” deb savol beradigan inson. U har qanday axborotni darrov qabul qilmaydi — avval dalil, manba, mantiqiy asos izlaydi. Bu salbiy…
Skeptik bo’lmaslik kerak bo’lgan holatlar faqatgina: ishonchli insonlar tomondan aytilgan fikrlarga amal qilinadi.
Ular:
Ota-onalar, ustozlar, muallimlardir.
Misol uchun: Internetda bir hadis eshitib qoldingiz. Manba bermadi. Siz eng avvalo qiladigan ishingiz, shu maslada sizga ishonchli bo’lgan in sondan so’rab aniqlab olishdir. Agar manba bersa, manbani tekshirib ko’ring, ammo baribir ustozingizdan qayta so’rab qo’ying. Sababi uni sharhi boshqacha bo’lishi mumkin. E’tiqodiy masalarda jiddiy bo’lish kerak.
Asos:
“Albatta, bu ilm — dinning o‘zidir. Shuning uchun, dinlaringizni kimdan olayotganingizga qaranglar.”
“Bu ilm – din” – ya’ni, diniy bilim (fiqh, aqida, tafsir, hadis) insonning dinini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri shakllantiradi.
“Dinlaringizni kimdan olayotganingizga qaranglar” – ya’ni, har qanday o‘qituvchi, ustoz, shayxdan emas, balki:
• E’tiqodi to‘g‘ri
• Amali solih
• Ilmda sobit va adolatli
• Sunnatga sodiq
• Bid’atlardan uzoq bo‘lgan olimlardan oling.
Muhim nuqtalar:
• Ilm — hayot yo‘lini belgilaydi. Agar noto‘g‘ri olimdan o‘rgansa, din buziladi.
• Sahobalar va salaflar ham ilmni har kimdan olmay, faqat ishonchli roviylardan olgan.
• Bu hadis nafaqat ilm olishda, balki diniy fatvo, nasihat, tarbiya olishda ham amal qilinadi.
Amaliy ish:
• Siz o‘zingizni va farzandlaringizni ilmiy, aqidaviy, tarbiyaviy manba tanlashda ehtiyot qiling.
• Kitob, kurs, ustoz tanlayotganda avvalo, manbasini, ishonchliligini tekshiring.
• Internetdan eshitilgan har bir darsni, maqolani tan olmasdan oldin tekshirib ko‘ring: “Bu odam kim?”, “U qaysi e’tiqodda?”, “Uning manbalari ishonchli emasmi?”
Qo‘shimcha dalillar:
“Agar bilmasangizlar, ilm ahli (zikr ahli)dan so‘ranglar.”

Sahih Muslim Introduction 27 - Introduction - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)
Abū Ja’far Muhammad bin us-Sabbāh narrated to us, Ismā’īl bin Zakariyyā’ narrated to us, on authority of Āsim il-Ahwal, on authority of Ibn Sīrīn that he said: ‘They would not ask about the chains of narration, and when the Fitnah occurred, they said: ‘Name…
🔥27👍7
Suhbat
Maktab o’quvchisi so’rab qoldi:
“Kitob o’qilgach, undagi ko’p ma’lumotlar essan chiqib qoladi, buni nimasi yaxshi?”
- Eng kamida sen qaysi savolga, qaysi kitobda javob borligini, kimga qaysi kitobni tavsiya qilishni bilasan.
Ilmni qayerdaligini bilish ham aslida katta ilm.

🔥105👍23❤🔥18🥰6🤩6
SHOM dan keyin…
O’zbekistonga qisqa tashrif bilan kelgan bir akamiz bilan SHOM dan keyin ko’rishishga kelishdik.
Namozni o’qib yo’lga chiqdim. Orada Shom vaqti kirganidan 40-50 daqiqa vaqt o’tib belgilangan joyga yetib keldim.
Ammo do’stimiz SHOM vaqti kirishi bilan u yerga borgan ekanlar.
Kelishgan ishimiz amalga oshmay qoldi. Bu vaziyat ularni biroz jahllarını chiqarganini yuzlaridan sezdim, ham ochiq o’zlari buni takidladilar.
Shu SMS ni shaxsiylariga yozib yubordim. O’sha vaziyatda ham shu jumlalarni ham ishlatdim. Xato ishligini tan olib uzr so’radim. Ketdilar.
Bu vaziyatni biroz tafakkur qildim va ba’zi xulosalarni ulashaman:
1. Vaqtni yanada anqilashtirish kerak. Raqamlarda gaplashish to’g’riroq.
2. Uchrashuv joyiga yetib borilsa, uni ikkinchi tarafga xabar qilib qo’yish to’g’riroq ekan.
3. Aytilgan jumlalar zamon va makon urfida qanday qabul qilinishiga e’tibor qilinishi ham kerak ekan. Yuqoridagi holatdni 3-4 ta do’stlarimdan “SHOM dan keyin” jumlasini qanday tushunishi haqida so’rab ko’rdim. Bizdagi urfda SHOM namozi o’qilgandan keyingi holatni tushunishini aytishdi.
Bu holat shu yer urfiga xosligini, uzoq muddat bu yerda yashamagan inson tabiiyki, unday tushunmasligi mumkinligini fahmlashim va e’tibor qilishim kerakligini tushundim. U insondan ham hafa bo’lish noto’g’ri ekanligini esa oddiy haqiqat.
4. Har shunday holatda fikringizni bildirib, uzr so’rab qo’yish to’g’ri ekan.
5. Agar inson shu kabi tafakkurni odat qilsa, komilikka qarab yurar ekan.
6. “Beehtiyor xatolar” ham aslida nemat ekan, agarki tafakkur qilinsa.
7. “Beehtiyor xatolar” ham aslida balo va sinov ekan, agarki xulosa qilinmasa.
8. Mazhablar orasidagi ihtiloflar sababini ham tushungay bo’lyapman. Oddiygina “SHOM dan keyin” gapida shunday ikki xil bir-biriga yaqin ma’no chiqsa, o’ta balog’at va fasag’ot ilmidagi gaplarda farqlar va xulosalar turli bo’lishi tabiiy ekanligiga ishonchim komil bo’ldi.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Aka ming bor uzr so’rayman. Xato ish bo’ldi. O’zimni oqlamayman.
Shomdan keyin degan gapni Shom o’qib yo’lga chiqaman deb tushungan ekanman. Men ham shomni o’qib yo’lga chiqqan edim. Aniqlashtirib olmaganim xato bo’ldi. Ming bor uzr one more time…
Shu SMS ni shaxsiylariga yozib yubordim. O’sha vaziyatda ham shu jumlalarni ham ishlatdim. Xato ishligini tan olib uzr so’radim. Ketdilar.
Bu vaziyatni biroz tafakkur qildim va ba’zi xulosalarni ulashaman:
1. Vaqtni yanada anqilashtirish kerak. Raqamlarda gaplashish to’g’riroq.
2. Uchrashuv joyiga yetib borilsa, uni ikkinchi tarafga xabar qilib qo’yish to’g’riroq ekan.
3. Aytilgan jumlalar zamon va makon urfida qanday qabul qilinishiga e’tibor qilinishi ham kerak ekan. Yuqoridagi holatdni 3-4 ta do’stlarimdan “SHOM dan keyin” jumlasini qanday tushunishi haqida so’rab ko’rdim. Bizdagi urfda SHOM namozi o’qilgandan keyingi holatni tushunishini aytishdi.
Bu holat shu yer urfiga xosligini, uzoq muddat bu yerda yashamagan inson tabiiyki, unday tushunmasligi mumkinligini fahmlashim va e’tibor qilishim kerakligini tushundim. U insondan ham hafa bo’lish noto’g’ri ekanligini esa oddiy haqiqat.
4. Har shunday holatda fikringizni bildirib, uzr so’rab qo’yish to’g’ri ekan.
5. Agar inson shu kabi tafakkurni odat qilsa, komilikka qarab yurar ekan.
6. “Beehtiyor xatolar” ham aslida nemat ekan, agarki tafakkur qilinsa.
7. “Beehtiyor xatolar” ham aslida balo va sinov ekan, agarki xulosa qilinmasa.
8. Mazhablar orasidagi ihtiloflar sababini ham tushungay bo’lyapman. Oddiygina “SHOM dan keyin” gapida shunday ikki xil bir-biriga yaqin ma’no chiqsa, o’ta balog’at va fasag’ot ilmidagi gaplarda farqlar va xulosalar turli bo’lishi tabiiy ekanligiga ishonchim komil bo’ldi.
👍52🔥20❤🔥14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandi ta’limiga e’tiborsiz ota-onalarga jo’natib qo’yinglar…
👍22🔥11❤🔥4
Ba’zi sinovlar bizga emas, atrofimizdagilarga og'ir keladi.
Oxirgi kunlar juda sinovli.
Sukut saqlayapman. Ammo ichkarida bo‘ron.
Tanamga ta’sir qildi – iymonimga emas.
Men sinovni tan olaman.
Qabul qilaman. Hatto kafforot deb bilaman.
Muammo bu emas.
Asl sinovda – men emasman. Atrofimdagilar.
– "Yaqinlarim" saralanmoqda.
– Yuzlar ortidagi niyatlar ochilmoqda.
– Qadrini sinovda yo‘qotganlar fosh bo‘lyapti.
Bu kunlar o‘tadi. Ammo:
Saf toraymoqda.
Kurmaklar tushmoqda.
Yolg‘on tabassumlar qulayapti.
Qulaylikda sodiq bo‘lganlar, torlikda qochyapdi.
Do‘st niqobidagi kuzatuvchilar ketmoqda.
Men kuchsiz emasman.
Chunki men sabrga emas, O'z fazling bilan iymonimga tayanaman.
Ishdan kelgan sinov, xodimning xiyonatii, qarindoshning insofsizligi, o‘quvchi-ota-onaning bosimli munosabati…
Hech biri tasodif emas.
Bu Allohning qadari
Tozalash. Ajratish. Ko‘rsatish. O‘rgatish.
Va yakuniy iltijo:
Allohim, qalbimni o‘zgartirma. Atrofimdagilarni tanitganing uchun – shukr.
Iymonimni sinama. Ular ketaversin, Sen qolsang bas.

👍66❤🔥38🔥19