Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.02K subscribers
493 photos
379 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Dunyoda 17-o‘rinda turuvchi University of Hong Kongga 100% grant yutgan bitiruvchimiz!

🚀 Irgashev Mustafo – maktabimizning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchisi. U University of Hong Kongdan 100% grant yutdi!

📈 Mustafo maktabga kelganida hatto universitetga kirish bo‘yicha aniq tasavvurga ega emas edi.

🏆 Ammo 2 yil ichida yuqori natijalarga erishdi:
IELTS 7.5
SAT 1520

Bu Sodiq School ta’lim tizimi samaradorligining yorqin misoli!

📹 Videoda Mustafoning ushbu muvaffaqiyat yo‘lida Sodiq Schoolning o‘rni haqidagi fikrlarini tinglashingiz mumkin.

Sodiq School — Xalqaro ta’limga qadam!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥29🔥15👍12🤩2
Mustafo ismi bilan mashhur bo‘lgan shaxslar:

1. Muhammad al-Mustafa ﷺ – Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺning mashhur biri “al-Mustafa” (tanlangan, saralangan) bo‘lib, bu nom Islom olamida eng mashhur va sharafli ism hisoblanadi.

2. Mustafo Sabri Effendi (1869–1954) – Usmoniylar imperiyasining oxirgi Shayxulislomi (eng yuqori diniy ulamo lavozimi). Islomiy ilmlarda katta ta’sirga ega bo‘lgan olimlardan biri.

3. Mustafo al-A’zamiy (1930–2017) – Mashhur hadis olimi, hadis ilmining ishonchliligi va tarixiy ishonchliligini ilmiy jihatdan isbotlashga katta hissa qo‘shgan.

Murod ismi bilan mashhur bo‘lgan shaxslar:

1. Sulton Murad I (1326–1389) – Usmonli imperiyasining uchinchi sultoni bo‘lib, Islom dinining keng tarqalishida katta rol o‘ynagan.

2. Sulton Murad II (1404–1451) – Usmoniy sultonlaridan biri bo‘lib, ilm-fan va islomiy madaniyatni rivojlantirishga katta e’tibor bergan.

3. Sulton Murad IV (1612–1640) – Qur’onga va Islom qonunlariga qat’iy amal qilgan Usmoniylar sultoni. Alkogol, tamaki va qimorni taqiqlaganligi bilan mashhur.

4. Murad Hofiz (19-asr) – Qur’on qiroati bo‘yicha mashhur qori bo‘lgan.

Nomingiz kabi oqibatingiz ham o’xshash bo’lsin. Amiyn…

P.s. hali bu kabi ismlar haqida ko’p yozish nasib qiladi…
To’g’rimi bolajonlar…
🔥28👍15❤‍🔥6🥰3
Yaxshi ustoz bo’lish formulasi:

The students don’t care until they know how much you care…
🔥42❤‍🔥17👍7🤩4
Sodiq School’da “Tanqidiy fikrlash” fani alohida o‘tiladi. Bu fanda “Cause (Sabab) and Effect (Oqibat)” hamda “Inference (Xulosalash)” bo‘limlari mavjud.

Misol:
1. Oqibat (effect):
(Ba’zi) shogirdlar ortingdan g‘iybat qiladi, mahzun bo‘lasan.

Sabab (cause):
Yaxshi ustoz bo‘la olmadim.

Inference (xulosa):Jazosi

Mening xatoyim. Demak, ularga mehr bera olmadim, bu esa o‘zaro aloqalarni yomonlashtiradi.


2. Oqibat (effect)
Ba’zilari seni unutib yuboradi, tabiiy deb qabul qilasan.

Sabab (cause):
Ularga yetarlicha qayg‘ura olmadim.

Inference (xulosa): adolati

Mening xatoyim. Demak, ularga munosib e’tibor bera olmadim.


3. Oqibat (effect):
Ammo shundaylari borki, ular huddi farzanding kabi bo‘lib qoladi.

Sabab (cause)
Allohning fazli.

Inference (xulosa): Rahmati
Alloh mehribon. Allohning rahmati va fazli bilan ba’zi shogirdlar juda yaqin bo‘lib qoladi, sen ularga munosib bo’lmasang ham.

Umumiy xulosa:
xato va kamchiliklar - meniki, yutuq esa -Uniki.
❤‍🔥31👍13🔥13🎉3
Taksistlar bilan suhbat

Safarda odatda taksichilar bilan suhbatlashib ketaman. Ishoning, ular orqali juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘laman. Suhbatlar asosan hayotiy tajribalari, oilaviy sharoitlari va kelajakka bo‘lgan rejalari haqida bo‘ladi. Ba’zi hikoyalari bilan sizlarni ham tanishtirmoqchiman:

1. Akiki-Ugandalik – 34 yosh, uylanmagan. Dohada 4 yildan beri yashaydi. Oilasida 7 farzand bo‘lib, o‘zi to‘rtinchisi. O‘rtacha 800 dollar maosh oladi. Uylanishi uchun kamida 4 ta sigir, 3000 dollar pul va yana boshqa talablar bor ekan. Uning aytishicha, yurtida iqtisodiy ahvol past va korrupsiya yuqori. Rajasida 4-5 yılda uylanish ekan.

2. Muso – Efiopiyalik – 32 yosh, uylanmagan. 3 yildan beri Qatarda ishlaydi. Efiopiyada o‘rtacha oylik atigi 55 dollar, yaxshi maosh esa 80 dollar ekan. Xalqning aksariyati shaharlardan qochib, tog‘-u dalalarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib kun kechirar ekan. Bozor mahsulotlariga kam ehtiyoj seziladi, lekin korrupsiya juda yuqori, ahvol og‘ir, deydi. Hozir 800 dollar maosh oladi va uylanish uchun pul yig‘moqda.

3. Anil – Hindistonlik – 20 yildan beri Qatarda yashaydi. U 20 yillik tajribasi bilan taksichilikni professionallik darajasiga yetkazgan.

4. Mustafa – Turkiyalik – 28 yosh. 5 yil davomida taksichilik qilib, shu vaqt ichida Qur’onni to‘liq yod olib qo‘yibdi.

Bu hikoyalardan quyidagi his-tuyg‘ularni boshdan kechirdim:
1/4 – Rahmim keldi.
2/4 – Hayratlandim.
3/4 – Achindim.
4/4 – Havas qildim.

P.S. Siz ham sinab ko‘ring – Musofir taksistlar bilan suhbatlashib, ularning hayotiy tajribalaridan o‘zingiz uchun saboq oling.
👍61🔥21❤‍🔥16🥰3
Qimor

Shart asosida ovqatlanish – “agar shuni yesa, shuncha pul beraman; yesa olmasa, pulini qaytaraman” kabi tizimlarning zamonaviy savdoda uchrab turishi ma’qul emas. Ba’zilar bunday tizimning diniy va axloqiy hukmini tushunib ishtirok etsa, ba’zilari esa natijalarni anglamay, unga aralashmoqda.

Bunday shart asosidagi tartib insonlarni halol mehnatdan chalg‘itishi va jamiyatimizdagi qadriyatlarni susaytirishi mumkin. Shu bois, bu masala yuzasidan ishonchli ulamolarning fatvolariga murojaat qilish va ularning ko‘rsatmalariga amal qilish zarur.
🔥42👍21❤‍🔥10🤩2
Bu Xitoylashuv yaxshilikka emasligi aniq. Men yanada havotir olayapganim – ular ta’limga ham shunday jadal kirib kelishidir.

Hatto o’zbek tadbirkorlari ulardan investitsiya olish bahonasida bu ishga sherik bo’lib qolishlari esa absurddir.

Bu xuddi qorason kasalligiga o’xshaydi: “long term”dagi oqibatlari juda achinarli bo’ladi.

Xazrat Umar aytganlaridek, musulmon kishi aldamaydi, ammo aldanmaydi ham…
🔥65👍20
ScaleUp | Shohzod Po’latov
⚡️Nega hype abadiy, oddiy marketing esa “zerikarli”? Har yili yangi hype: Giveaway, kripto, NFT, Uzum, “pul beradigan” ilovalar, Xitoycha chatlar… Sanani olib tashlasang – farqi yo‘q. Bitta va o‘sha eski Charli shokolad fabrikasidagi “Golden ticket", faqat…
Saviyali kontentni ajratishda meni bitta “paradoksal” usulim bor:

Agar ko’rishlar soni kam yoki o’rtacha bo’lsa, demak yaxshi.

Agar ko’rishlar soni juda ko’p bo’lsa, demak hype yoki bachkana…

P.s. fikrlarga 100% qo’shilaman…
👍58🔥15
#Shogirdimga

Kunlik 32 dan 40 ga o’tadigan vaqti keldi…
(davomiy)
❤‍🔥30🔥5👍4🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sarkazm

Bizda muammoni shunday hal qiladiganlar ko’p topiladi, afsuski ta’limda…
Kamiga innovatsiya deyishadi..
👍24🔥4
Falastin 1927 yil.
U paytda Isroil, Amirliklar, Qatar, Bahrayn, Malayziya va Singapur degan tushunchalar yo‘q edi!
❤‍🔥77👍21🔥16
Masjidga tahoratsiz kirish oqil musulmonni ishiga xos bo’lmagani kabi, Ramazonga ham o’zgani ko’nglini hafa qilib kirish ham noto’g’ri ishdir

Joiz yoki nojoiz hafa qilgan barcha insonlarimdan uzr so’rayman. Kechirsangizlar lutf ko’rsatgan bo’lasiz…
❤‍🔥100👍31🔥20
DO‘STLAR

Xatib Bag‘dodiy o‘zining “Tarixu Bag‘dod” nomli kitobida keltiradi:
“Qozi Abu Abdulloh Voqidiy aytadi:
“Bir kuni xotinim menga dedi: “Hayit yaqinlashdi. Bizda hech narsa yo‘q!”.
Nihoyatda tang ahvolda qoldim. Bir savdogar do‘stimnikiga borib qarz so‘radim. Do‘stim menga bir hamyon berdi. Unda bir ming ikki yuz dirham bor edi. Hamyonni olib uyimga shoshildim. Uyimga kelishim bilan Hoshimiylardan bo‘lgan bir do‘stim eshigimni taqillatdi. Chiqib ochdim. Do‘stim mendan qarz so‘rab kelgan ekan. Men qaytib uyga kirdim va haligi hamyondagi pulning yarmini Hoshimiy do‘stimga bermoqchi ekanligimni xotinimga aytdim. Xotinim dedi:
“Siz hech bir ish qilganingiz yo‘q. . Ammo bir avom do‘stingizdan qarz so‘raganingizda u sizga bir ming ikki yuz dirham berdi. Axir bu kelgan do‘stingiz Hoshimiylardan-ku! U bilan Nabiy sallollohu alayhi va sallamning oralarida qarindoshlik bor-ku! Siz unga avom kishi sizga bergan narsaning yarmini berasizmi?!”.

Men Hoshimiy do‘stimga pulning hammasini berib yubordim. Haligi menga pul bergan savdogar do‘stim Hoshimiy birodarimning uyiga kelib pulga ehtiyoji borligini aytibdi. Hoshimiy birodarim unga men bergan hamyonni olib chiqib beribdi. Savdogar do‘stim o‘zining hamyonini tanibdi. So‘ngra u mening oldimga kelib bo‘lgan voqeani aytib berdi. Men ham unga Hoshimiy birodarim bilan bo‘lgan voqeani aytib berdim.

So‘ngra meni vazir Yahyo ibn Xolid Barmakiy chaqirtirdi. Mendan bo‘lgan voqeani so‘radi. Men vazirga do‘stlarim bilan bo‘lgan voqeani aytib berdim. Yahyo bizning qilgan ishimizdan xursand bo‘ldi. Keyin bir g‘ulomiga dedi: “Haligi pullarni olib kel!”.

G‘ulom o‘n ming dirham olib chiqdi. Yahyo menga dedi: “Mana bu ikki mingni ol. Ikki mingi savdogar do‘stingga, ikki mingi esa Hoshimiy do‘stingga. Qolgan to‘rt minggi xotiningga. U sizlarning ichingizda eng saxovatli insondir!”.

A’mash rohimahulloh aytadi:
“Shunday insonlarni ko‘rdim, agar ular bir-birlari bilan bir yoki ikki oy ko‘rishishmasa “qandaysan?” yoki “ahvoling qanday?”dan nariga o‘tishmas edi. Ammo molining yarmini so‘rasa bir-birlariga bera olishar edi. endi shunday insonlarni ko‘rayapmanki, ular bir-birlari bilan bir kun ko‘rishmasa hatto tovuqlarigacha so‘rashadi, ammo bir dirham so‘rashsa bir-birlariga berishmaydi!”.

Endi A’mash rohimahullohning zamonida insonlar shunaqa bo‘lib ketishgan bo‘lsa, bizning zamonimizda qanaqa deb o‘ylaysiz?!

Do‘st bu ruhning bir bo‘lagi, qalbning ulfatidir. Bugun muhabbat bilan bir joyda jam bo‘ladiganlar oldin ruhlar olamida jam bo‘lganlardir. Ruhlar qo‘shinlardir. Ulardan qaysi biri oldin ulfat bo‘lgan bo‘lsa dunyoda ham ulfat bo‘ladi, oldin bir-birini yoqtirmagan bo‘lsa dunyoda ham yoqtirmaydi!

Nabiy sallollohu alayhi va sallam aytadilar: “Birovga cho‘ntagingdagi narsaning ozini berib turib unga qalbingdagi narsani ko‘pini berma!”.
Do‘stlaringizni yo‘qlang!

Ularning ahvoliga ziyraklik bilan boqing!

Ular talab qilmasdan ehtiyojlarini qondirishga harakat qiling. Zero ba’zi nafslar aziz bo‘ladi. Dardini o‘zgalarga ochishni istashmaydi!

Oldingilar oldiga biror do‘sti ehtiyojini so‘rab kelsa uni darrov ravo qilar, so‘ngra uyga kirib “nega so‘rashidan oldin do‘stimning ahvolidan xabar olmadim”, deya
nafsiga itob qilar edi. Ular do‘stining o‘zidan boshqalar oldiga ehtiyojini so‘rab borishini o‘zlariga or bilishar edi, bunday holda o‘zini yomon do‘st deb hisoblashar edi.

Ular do‘stlarini ayblamoqchi bo‘lishsa ehtiyojlarini o‘zgalardan so‘rashar edi!
👍49❤‍🔥23🔥9
RASHK

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam xotinlarinikida navbati bilan tunar edilar. O‘shanda navbatlari Oisha onamiz roziyollohu anhoning hujralarida edi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bilan hujrada ba’zi sahobalari ham bor edi. Ular er-xotinlik hayoti haqida buyuk bir dars arafasida edilar.

Zaynab bint Jahsh roziyollohu anho onamiz taom pishirdilar. Nabiy alayhis salotu vas salom yemaslaridan u ovqatdan yeyish onamizga tatimadi. Bir tovoqda ovqatdan olib xodimlari orqali uni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga berib yubordilar. Bundan Oisha onamiz roziyollohu anhoning rashklari keldi. Bu endi kundoshlar orasida bo‘lib turadi. Buni Oisha onamiz o‘z haqlariga tajovuz deb bildilar. Xodimning qo‘lidagi tovoqni urib yubordilar. Idish yerga tushib chilparchin bo‘ldi. Ovqat yerga to‘kildi.

Endi o‘zingizni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning o‘rnilariga qo‘yib ko‘ring. Suyukli Nabiyyimiz sallollohu alayhi va sallam tang ahvolda qoldilar. Tasavvur qiling, mehmonlaringiz oldida xotiningiz boshqa xotiningiz berib yuborgan ovqatni yerga uloqtirdi. Shak yo‘qki, siz o‘zingizni xorlangan his qilasiz. Erkakligingiz yodingizga tushadi. Mehmonlar oldida xotiningizni ta’zirini berasiz. Bu uyning xo‘jayini kim ekanligini unga ko‘rsatib qo‘yasiz.

Ammo Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning tasarruflariga qarang va o‘rganing! U zot sallollohu alayhi va sallam tiz cho‘kib singan idishlarni terdilar, ovqatni ham terib oldilar. Atroflaridagi sahobalarga:
“Onangiz rashk qildi!”, dedilar.
So‘Nora ovqat olib kelgan xodimni ketib qolmasligini tayinladilar. Oisha onamizdan unga singan idishning o‘rniga boshqa idish berishlarini talab qildilar. Xodim idishni olib Zaynab onamizning xonalariga ketdi.

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam agar o‘zlarining bosiqliklari, muvozanatni saqlashlari va fiqhlari bilan o‘chirmasalar xotinlar orasida urush olovi yonib ketar edi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bunaqangi holatlarda ayol kishi rashk qilishini yaxshi angladilar. Ayol kishi rashk qilsa o‘zligidan chiqib ketishini bilar edilar. U zot sallollohu alayhi va sallam erkakliklarini isbotlash uchun Oisha onamiz roziyollohu anhoni urushmadilar. Balki mardliklarini boshqa yo‘l bilan isbotladilar. Holatni yaxshi angladilar, muvozanatga soldilar va muammoni oqilona hal qildilar.

Hayot bizni har kuni muammoga ro‘baro‘ qiladi. O‘sha muammoga nisbatan bizning reaksiyamiz o‘sha muammoni haqiqatga aylantiradi yoki uni olovga aylanmasligi uchun o‘chiradi. Er-xotinlik hayotini jang deb o‘ylaydiganlar, bunda g‘alaba qozonishim shart deb fikrlaydiganlar xato qilishadi. Aksincha, er-xotinlik hayoti bir-birining xatosidan ko‘z yumish bilan bardavom bo‘ladi. Er o‘z xotinining kamchiligidan ko‘z yumadi, xotin o‘z erining kamchiliklaridan ko‘z yumadi. Har bir ishda to‘xtalaversak, har bir gapdan ta’sirlanaversak hayotimiz do‘zaxga aylanadi.

E’tibor bersak, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Oisha onamizning xatolaridan ko‘z yumibgina qolmasdan, u kishini ma’zur ham deyaptilar. Idish rashk tufayli sindi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Oisha onamiz roziyollohu anhoning tabiatlarining rioyasini qilayaptilar.

Hayotda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan kishi ayollar tabiatini yaxshi anglashi lozim. Xotiniga do‘stiga qilgan muomalasini qilmasligi kerak. Farzandlariga hamkasblariga qilgan muomalasini qilmasligi kerak. Hayotdagi har bir guruhning, har bir ijtimoiy tabaqaning boshqalardan farqlicha bo‘lgan tabiati va tuyg‘ulari bor. Hammaga bir xil muomala qiladigan kishi xuddi barcha bemorga bir xil dori beradigan tabibga o‘xshaydi.

G‘azab aqlni ko‘r qiladi. G‘azab vaqtida suhbatlashmaslik kerak. G‘azab vaqtida suhbat qilmoqchi bo‘lgan kishi xuddi qaynab turgan suvda aksini ko‘rmoqchi bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Suv qaynashdan to‘xtasin, sovusin. Ana shundan so‘ng unga qarang. Er-xotinlik hayoti ham ana shunday!
❤‍🔥69👍32🔥16🥰4🤩4🎉2
RASHK-2

Nabiy sallollohu alayhi va sallam Safiyya bint Huyayy onamiz roziyollohu anhoning huzurlariga kirganlarida Safiyya onamiz yig‘lab o‘tirgan edilar. Nabiy sallollohu alayhi va sallam so‘radilar:
- Nega yig‘layapsan?
Onamiz javob berdilar:
- Hafsa meni "yahudiyning qizi" deb haqoratladi!
Nabiy alayhis salom dedilar:
- Sen payg‘ambarning qizisan, amaking ham payg‘ambar, ering ham payg‘ambar! Hafsa nimasi bilan senga faxrlana oladi?!

So‘ngra Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Hafsa onamiz roziyollohu anhoning oldilariga borib: "Ey Hafsa! Allohdan qo‘rq!", dedilar.

Ayollarning tabiati nozik bo‘ladi. Zero ular yurakka yaqin qovurg‘adan yaratilgan. Ular hissiyotga beriluvchan bo‘lishadi. Ularning yaratilishidagi hikmat shuni taqozo qiladi. Shuning uchun ular arzimagan ishlarga ham yig‘layverishadi.

Bu ahamiyatsiz narsa emas. Ba’zilar aytganidek, ayollardagi zaiflik ham emas. Bu narsa ulardagi achchiq kunlarga yirtqich onasher kabi qarshi chiqish iqtidorini kamaytirmaydi. Bor-yo‘g‘i ular bashariyatning shirin va nozik qismi xolos. Yig‘i esa ulardagi mana shu noziklikning ifodasidir. Ular bu bilan o‘zlariga e’tiborni tortmoqchi bo‘lishadi.

Ular yig‘lashganda beparvo bo‘lmang. Bu holat ularning qalbidan o‘rin olishning ajoyib imkoniyatidir. Ayolga qalbi orqali ega chiqsa bo‘ladi. Ular yig‘laydigan lahzalarda ulardan yuz o‘girib bo‘lmaydi. Bu borada Nabiy sallollohu alayhi va sallam bizga o‘rnak bo‘layaptilar: "Nega yig‘layapsan?!".

Xotinlari bo‘lgan voqeani aytganida uni shirin so‘zlar bilan yupatayaptilar. Xatoga esa rozi bo‘lib bo‘lmaydi. Hafsa onamizning xatolarini tuzatib qo‘ymoqdalar.

Bu hodisada kundoshlar orasidagi kelishmovchiliklarning guvohi bo‘layapmiz. Iymon darajasining bunda aloqasi yo‘q. Buning sababi tabiat va inson fitratidir. Ayol kishining iymoni qanchalar yuksalmasin uning tabiatida kundoshidan erini rashk qilish saqlanib qolaveradi.

Bundan bir necha asrlar muqaddam Sora onamiz Ibrohim alayhis salomni Hojar onamizdan rashk qilgan edilar. Bundan Ibrohim alayhis salom siqilgan edilar. Vaholanki, Sora onamiz tavhid va iymon qahramonlaridan edilar.

Mahzunlik paytida ko‘ngil olish naqadar ajoyib ibodat! Bu go‘zal xulq insonlarni naqadar bezaydi birodarlar!

Hayot mushkulotlariga mana shu tirqishdan qarashimiz lozim. Bu fursat yelkadosh bo‘lish fursatidir. Bu fursat ko‘ngil topish imkoniyatidir.

Rashk bu avvaldan bor bo‘lgan hayotiy bir ko‘rinishdir. Ba’zan u ayollarni chegarasidan chiqarib yuboradi. Uy ishlari uni charchatadi. Bolalar tarbiyasi uni horitadi. Bu erkaklar uchun hamdard bo‘ladigan qalbga aylanish fursatidir. Ularni suyaydigan mehribon yelkaga aylanish onidir. Bunday holda ayolingizga erkakligingizni, boshliqligingizni ko‘rsating. Uni peshanasiga labingizla muhr qo‘ying. Unga e’tiborli ekanligingizni ayting. Uni bag‘ringizga oling. Uni tashlab qo‘ymasligingizni ayting. "Men sen bilan birgaman, men sen bilan kuchliman, senga ehtiyojim bor", deng. Ko‘rasiz, uning yuzi xursandlikdan porlaydi. Tabassum qiladi, o‘tgan narsalarni unutadi!

Ayollarning yoshi qayerga yetmasin, ularning ichida go‘yo mehrtalab yosh qizaloqlar yashaydi. Shuni biz erkaklar unutmasligimiz lozim!
❤‍🔥34👍16🔥11
Ayol
ㅤㅤ
• Familiyasini o‘zgartiradi;
• Uyini o‘zgartiradi;
• Oilasini o‘zgartiradi;
• Siz bilan boshqa uyga ko‘chadi;
• Siz bilan bir o‘choq quradi;
• Siz uchun homilador bo‘ladi;
• Homiladorlik uning vujudini o‘zgartiradi;
• Tanadagi shishlar, og‘riqlar, chidab bo‘lmas to‘lg‘oq azobi,
Ikki yo‘l orasida qolib, sog‘lom chaqaloq dunyoga keltiradi,
Hattoki, tug‘ilgan chaqaloq ham sizning naslingizni davom ettiradi;
• O‘ladigan kuniga qadar..qiladigan barcha ishi, yemak pishirish, uyingizni tozalash, onangiz va otangizning xizmatida bo‘lish, farzandlaringizni katta qilish, tarbiya berish, sizning fe’lingizga moslashish, ko‘nglingizni olish, injiqliklaringizga ko‘nikish, huzuringizni ta’minlash, butun oila munosabatlarini bir maromda ushlab turish, sizga foydasi bo‘ladigan barcha narsani, hatto sog‘lig‘idan, go‘zalligidan, qiziqishlaridan kechib bo‘lsa ham, qiladi.
• Shuncha narsalardan keyin ham u siz uchun go‘zal va betakror bo‘lib qolishi kerak, buni uddalashi kerak.
Bu orada, uning ham og‘rib qoladigan boshi, tomog‘i, tishi, buziladigan asabi, huzursiz bo‘ladigan ko‘ngli bor..
• Sanab o‘tilmagan fazilatlari hali bisyor.
• Allohning amrlarini joy-joyiga qo‘yib bajaradigan, ilm talabida bo‘ladigan ayol haqida hali yozmadim.
• Hurmatli erkaklar, hayotingiz sherigi, umr yo‘ldoshingiz, dining izni yarmi bo‘lgan ayolingizni qiymatini biling.
• Ayol bo‘lish oson emas.
• Ayol bo‘lish bebaho narsa..
ㅤㅤㅤㅤ
🔥105❤‍🔥38👍31🥰7🤩7🎉1
Aql ishonishi qiyin bo’lgan tarixiy haqiqatni sizlarga bir eslatay. Zero, zakot va ehson oyida turibmiz. Bu insonni qilganlariga qarang:

1. Bir kuni u 40 ming dirham sadaqa qildi
(200 dirham zakot nisobi bo‘ladi).
40.000 : 200 = 200 ta nisob


2. O’z yerini 40 ming dinorga sotib, uni sadaqa qildi
(20 dinor zakot nisobi bo’ladi).
40.000 : 20 = 2000 ta nisob


3. Tabuk g’azoti uchun 200 uqiyya oltin ehson qildi
(bir uqiyya 119 gramm va 85 gramm tilla zakot nisobi bo’ladi).
200 x 119 : 85 = 280 ta nisob


4. Islom lashkarlariga 500 ot berdi.
(O’sha paytda bitta jangari otning narhi 60-70 dinor bo’lgan)
500 x 70 = 35. 000 dinor
35.000 : 20 = 1750 ta nisob


5. Boshqa bir jangda 1500 ta ulov berdi.
(Ulov odatda jihozlangan ot bo’lgan)
1500 x 80 = 120.000 dinor
120.000 : 20 = 60.000 ta nisob


6. O‘limi yaqin qolganida hisobsiz qul va cho‘rilarini ozod qildi. Ma’lumotlarga ko’ra 30 mingta qulni ozod qilgan ekanlar.
(Erkaklar O’rtacha 200 dirham, ayollar esa 100 dirham bo’lgan)

15.000 x 200 = 3.000.000 dirham
15.000 x 100 = 1.500.000 dirham

4.500.000 : 200 = 22.500 ta nisob


7. Badr ishtirokchilaridan tirik qolganlarga 400 dinordan vasiyat qildi. Ular hammasi oldi. Ular soni o‘shanda 100 ta edi.
400 x 100 =40.000 dinor
40.000 : 20 = 2.000 ta nisob


8. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zavjalarini ham yodda tutib, ularga o‘z bog‘ini vasiyat qildi – u **Madinadagi bir bog‘ini Ummuhotul Mo‘minin (Payg‘ambar onalari)ga bag‘ishlab qoldirgan bo‘lib, uning qiymati 400 ming dirhamga baholangan edi . Bu vasiyat natijasida Payg‘ambarimizning ayollari umrlarining oxirigacha moddiy ta’minotga ega bo‘ldilar.
Oisha onamiz :"Alloh uni "salsabil" suvi ila serob qilsin", deb duo qildilar.

400.000 : 20 = 20.000 ta nisob


9. Merosxo‘rlariga mingta tuya, yuzta ot, uch mingta qo‘y qoldi.
(Tuya=100 dirham, ot=300 dirham, qo’y=10 dirham)
1000 x 100 = 100.000 dirham
100 x 300 = 30.000 dirham
3000 x 10 = 30.000 dirham

160.000 : 200 = 800 ta nisob


10. Madina ahliga 700 talik tuyadan iborat karvonni mulklari bilan ehson qilib yubordi. Har bir tuyada o’rtacha 200 dinorlik mulk bor deb hisoblaymiz
700 x 100 = 70.000 dirham
70.000 : 200 = 350 ta nisob

700 x 200 = 140.000 dinor
140.000 : 20 = 7.000 ta nisob

11. Vasiyatiga ko‘ra, 50 ming oltin dinor mablag‘ “Alloh yo‘lida” ehson qilinishini aytdi
50.000 : 20 = 2.500 ta nisob


Endi umumlashtiramiz:
200 + 2000 + 280 + 1750 + 60000 + 22500 + 2000 + 20000 + 800 + 350 + 7000 + 2500 =119 380 ta nisob

Bugungi bitta nisob hisobi ≈ 4700 $

Demak:
119380 x 4700$ = 561  mln dollar.
(Bu ihtiyoriy berilgan ehsonlar ro’yhati)

Bu kishi o‘nta jannatiy deb bashorat qilingan sahobalardan biri, Hazrati Umar shahid bo‘lganlaridan so‘ng xalifalikka nomzod olti sahobadan biri, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga bir namozda imom o‘tish baxtiga musharraf bo‘lgan sahoba ABDURRAHMON IBN AVF roziyollohu anhudir.

P.s. raqamlar va ma’lumotlarni tekshirish uchun 2-3 soat vaqtim ketdi. Ilm bo’lib qolishi va ibratlanaylik degan maqsadda.
🔥75👍24❤‍🔥18🥰1
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Yutuqlarimiz tasodif emas!

⚡️ Har bir inson hayotida ikki yo‘l bo‘ladi: biri orzular sari intilish, ikkinchisi esa imkoniyatlarni boy berish. Biz o‘quvchilarimizga orzulari uchun harakat qilishni o‘rgatmoqdamiz.

🚀 Ular yutuq tasodifan kelmasligini anglab yetishdi. Maqsadga erishish uchun tinimsiz harakat qilish kerak va bugun ular mehnat natija berishini isbotlamoqda.

🎯 Natijalar shunchaki kelmadi – bu fidokor ustozlar, to‘g‘ri tanlangan maktab, intiluvchan o‘quvchilar va doimiy qo‘llab-quvvatlovchi ota-onalar mehnati natijasidir.

Bu bizning muvaffaqiyat formulamiz!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!


Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥28❤‍🔥7👍3🤩2