Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.02K subscribers
493 photos
379 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
QO‘RIQCHISI QAROQCHIDIR!

"Insider" gazetasi bir xabarni nashr qilgan edi. Unga ko‘ra Meksika politsiyasiga "Zoochilpan" hayvonot bog‘idan birin-ketin to‘rtta Afrika buqasi, to‘rtta echki, bitta noyob kiyik, bitta zebra va yana bir necha hayvonlar yo‘qolgani haqida xabar kelib tushgan. Meksika politsiyasi darrov ishga kirishib jinoyatga aniqlik kiritgan. Ma’lum bo‘lishicha, "Zoochilpan" hayvonot bog‘i derektori qandaydir munosabatlar bilan bu hayvonlarni uyida so‘yib qarindoshlariga ziyofat bergan ekan!

Qachon Meksika haqida bir narsa o‘qisam uning sobiq prezidenti Porfirio Diasning bitta gapi yodimga tushaveradi:
"Bechora Meksika Xudodan uzoqda, AQSHning yaqinida joylashib qolgan!".

Porfirio Dias 1915 yilda, AQSH jug‘rofiy to‘siqlar rejasini qilishidan oldin, hamma davlatlarga yaqin bo‘lib ularga xalaqit qilishini ko‘rishdan ilgari vafot etib ketdi.

Ammo ularda ham, bizda ham asosiy dushman AQSH emas. Asosiy dushman ichimizdadir.

Yuqoridagi hayvonot bog‘ining mudiri qilgan ishda Amerika Qo‘shma Shtatlarining aloqasi yo‘q. Mustahkam qal’alar aslida ichidan buziladi. Tashqi dushmandan ichki dushman zararliroq va xavfliroq bo‘ladi.

Poraxo‘r mansabdor vatan dushmanidir.

Buzg‘unchi pudratchi vatan dushmanidir.

Beparvo muallim vatan dushmanidir.

Komandasida tenglik asosida muomala qilmaydigan vazir, mansablarga qarindosh-urug‘chilik va oshna-og‘aynigarchilik asosida tayinlanadigan idoralar, o‘z majburiyatini bajarmaydigan shahar boshqaruvi, e’tiborsiz ona, bezori ota, xiyonatkor xizmatchi, yolg‘onchi usta, ochko‘z shifokor, sotadigan va sotiladigan da’vatchilar vatan dushmanlaridir. Ular vatanga qarshi o‘q otishlari shart emas. Undan battar ishni qilib bo‘lishdi aslida!

Vatanparvarlik go‘zal xitoblar qilish, qaynoq she’rlar o‘qish, chiroyli jumlalarni terib tashlash emas. Vatanparvarlik oddiy ishlardan boshlanadi:

Chiqindini ko‘chaga emas, chiqindi idishiga solasiz, vaqtga va va’daga rioya qilasiz, svetoforlarga rioya qilasiz, kechasi mashinangizdagi ko‘zni ko‘r qilar darajadagi yaltiroq-oq chiroqlaringizni ro‘paradagi haydovchi ko‘ziga tutmaysiz, navbatni buzmaysiz va hokazo....

Qisqasi vatanparvarlik haqida gapirmaysiz, uni ko‘rsata bilasiz!
❤‍🔥22👍12🔥11
🟢Rahimov School Farg'ona filiali

SAT ustozlarini ishga
taklif etadi

Bizdagi imkoniyatlar

— Raqobatbardosh oylik maosh
— Moslashuvchan ish grafigi (Haftada besh kun 1 soat dars, 15:45-16:30)
— Maktab hududida tushlik. Maktab hisobidan 50% to'lab beriladi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Gadjet, telefon, avtomobil va uy olishda maktab tomonidan moliyaviy yordam
— Doimiy shaxsiy va professional o'sish imkoniyati
— Karyeraviy koʻtarilish
— Kuchli mentorlardan individual tavsiyalar

Talablarimiz

• Bakalavr darajasiga ega bo'lish
• Ta'lim sohasida 3 yil va undan ortiq ish tajribasi
• Xalqaro sertifikatlarga ega bo'lish (SAT 1500+, IELTS 7.5)
• Bolalar psixologiyasi va fiziologiyasini yaxshi bilish
• O'quvchilarni doimiy rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash qobiliyati
• Tashkilotchilik va ingliz tilida erkin muloqot qila olish

🟢 Ishga kirish uchun

— Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali Farg'ona filialini tanlab qoldiring va bilimingizni maxsus sinov testlarimiz orqali tekshirib oling.
— Yoki mos tanishlaringizga shu postni jo'natib qo'ying.

🟢 Bizdagi yangi vakansiyalarni kuzatib boring — @talim_ber
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥12👍10
ZIDDIYAT

Salohiddin Ayyubiy rohimahullohning nabirasi An-Nosir Yusuf musulmonlarga qarshi dushmanlar bilan til biriktirdi. Ayyubiylar hukmronligi uning sababidan quladi.

Hologuning amakivachchasi, Chingizxonning nabirasi, mo‘g‘ullar qo‘mondoni Barakaxon esa islomni qabul qildi. Mo‘g‘ullarga qarshi musulmonlar bilan ittifoq tuzdi.

Gohida kishining o‘z birodari yordam bermasdan xiyonat qilar ekan.

Gohida esa yordam dushman tomonidan ham kelar ekan!
❤‍🔥39🔥18👍11
Pul, kitob va statistika

Nisbiy qashshoqlik hissi nima? Nomi bilan aytib turganidek o'zini qashshoq his qilish. Chunki odam o'zini butun jamiyatga yoki insoniyatlarga emas, balki o'zidan ko'proq natijalarga erishgan odamlarga solishtiradi. U natijalarga qanday erishgani haqidaku unchalik bosh qotirmaydi. O'zini qishloqdagi yoki shahardagi eng boy odamga solishtiradiga, qanchalar qashshoq ekanligini his qiladi. Boshqalarni ayblashi ham mumkin ba'zilar.


Shu o'rinda ayrim qiziq statistikalar
Agarda bir inson bir yil davomida 60000$ pul topsa u butun dunyo aholisiga solishtirganda pul topish bo'yicha eng top 5% qatlamga kirar ekan. Uzbda esa top 1% ga kirar ekan (manba wid.world)


Yana bir qiziq mavzu bo'yicha statistika
AQSHda 2022 yilda odamlarni bir kunda kitob o'qishga qancha vaqt sarflashiga qarasak qiziq raqamlar ko'rinadi.
15-19 yoshlilar kitob o'qish uchun bir kunda o'rtacha 13 daqiqa,
20-24 yoshlilar esa 11 daqiqa,
25-34 yoshlilar esa 10 daqiqa,
35-44 yoshlilar esa 9 daqiqa vaqt sarflashgan ekan. (manba) (Uzb bo'yicha bunday statistikani topa olmadim)

Yanada qiziq mavzu bo'yicha statistika
Boy (puli ko'p) hisoblangan odamlarning 90% qismi kuniga kamida 30 daqiqa kitob o'qishadi. O'sha guruhdagi odamlarning 60% qismidan ko'prog'i kuniga internetdan bir soatdan kamroq foydalanadi. Ta'kidlab o'tish kerak bunga ishga va rivojlanishga oid foydalanish kirmaydi. Pulga qiynalayotganlarning 74% qismi internetdan kuniga 1 soatdan ko'proq foydalanadi. (manba Rich Habits by Tom Corley)

Bir o'ta muvaffaqiyatli millioner (Naval Ravikant) kuniga 1,5-2 soat vaqtini kitob o'qishga sarflaydi va o'zi aytishi bo'yicha bunday vaqt sarflashi uni kitob o'qish bo'yicha top 0,01% ga olib chiqadi. Topgan pullarini kitob o'qish orqali ekanligini qayta-qayta ta'lkidlaydi u.

P.s. lekin bizda OAV “kitob o’qimaganman” degan boylarni PR qiladi…
👍21🔥7❤‍🔥2
YAXSHIROQ

Shved rejissyori Ingman Bergman o‘z faoliyatining ilk davrlarida o‘z filmlaridan ham, filmlarida rol o‘ynayotgan aktyorlardan ham qanoat hosil qilmadi. Shuning uchun o‘zgacha yo‘lni tutishga qaror qildi. Ya’ni, Bergman film ssenariysini yozadi. Dialogni esa ochiq qoldiradi. Maqsad aktyorlar o‘z energiya va tajribalarini ana shu asosda ishga solishadi. Dialogni ular o‘z his-tuyg‘ulari aks ta’siriga muvofiq bo‘lishi uchun o‘zlari tuzishadi. Ana shunda film hayotiy chiqadi. Bu narsa ba’zan yozuvlarni o‘zgartirishni ham taqozo qilar edi. Ammo natija dahshatli bo‘lar edi.

Aktyorlarga bu uslub ma’qul keldi. Ular filmga uyg‘unlashib ketishar edi. Endi ular Bergmanning filmlariga suratga tushishni, u bilan birga ishlashni istab qolishdi. Rol ijro etish paytida ruhiyatlari tetiklashdi. Har-bir rol oldingisidan yaxshiroq chiqar edi. Endi ular quruq rol o‘ynayotganini emas, hayotiy filmda yashayotganini his qilmoqda edi. Mana shu uslub tufayli Bergmanning filmlari xalqchil filmlarga aylandi!

Bergman ishga solgan uslub bugun ham yaxshigina asos bo‘lishi mumkin. Ya’ni, bir ishdan mas’ul bo‘lgan kishi u ishning asosiy chegarasini qo‘yib beradi. Ammo chegara ichidagi chora-tadbirlarni tanlashni ishchilarning o‘z ixtiyoriga qo‘yadi. Bu ancha muvaffaqiyatli yo‘ldir. Bunda ishchilar o‘zlarini faqatgina buyruqni bajaradigan robot emas, balki ishning bir qismi deb o‘ylashadi.

Tabiiyki, mas’ul shaxs ularni doimo kuzatib turadi, takliflar beradi. Bu ishning ravnaqini yanada oshiradi.

Xalifa Umar ibn Xattob roziyollohu anhu ehtiyotkor, davlatchilikning barcha bo‘g‘imini qattiq tutgan, eng nozik tafsilotlarni ham nazardan qochirmaydigan inson edi. Ammo boshqaruvda ba’zan yuqoridagi uslubni qo‘llab turar edi. Umar roziyollohu anhu bir kuni Muhammad ibn Maslama roziyollohu anhuga dedi:
- Eng fikri mukammal inson, agar sohibi bilan ahdi va shartnomasi bo‘lmasa, undan buyruq olmagan bo‘lsa o‘zi ehtiyotkorlik bilan harakat qiladigan yoki gapiradigan insondir!

Muoviya ibn Abu Sufyon roziyollohu anhu Shomda boshqaruvga oid ba’zi yangiliklar qildi. Eshikka hojib tayinladi, qo‘riqchilar qo‘ydi. Shuni Umar roziyollohu anhudan so‘rab maktub yozganida hazrati Umar roziyollohu anhu unga shunday deb maktub bitgan edi:
- Ishingni o‘zing bilib, munosibini qilaver!

Abu Ubayda roziyollohu anhu dushmanni tog‘ so‘qmoqlari bilan ta’qib qilishga ruxsat so‘raganida hazrati Umar roziyollohu anhu unga shunday maktub bitgan edi:
"Sen u yerdasan, men esa yo‘q. Sen dushmaning oldidasan. Ko‘zlaring senga xabar berib turadi!".

Umar roziyollohu anhu unga vaziyatni hisobga olib harakat qilaverishini tayinladi!

Ozroq o‘zingizni bo‘sh qo‘ying. Qo‘l ostingizdagilar ham biroz nafas olishsin. Maydonni ularga bo‘shatib bering. O‘zlari qaror qabul qilishsin. Ammo sizda kuzatib nazorat qilib turish haqqi saqlanib turaveradi. Bu siz uchun ham, ular uchun ham yaxshiroqdir!
👍23🔥14❤‍🔥3
Siz uchun daxshatli statistika.

Odatda kitobni o’qiydigan qismi (mundarija, adabiyotlar ro’yhatidan tashqari) 250 bet bo’ladi.

Har bir betida 210-230 ta so’z bo’ladi. Bir daqiqada o’rtacha tezlik 250-270 ta so’z.

250 bet x 230 so’z = 57.500 ta so’z
57.500 : 260 = 221 daqiqa
221 : 60 = 3 soat 41 minut

Demak: 250 betlik kitobni 4 soatga yetmay tugatish mumkin.

Endi kuniga 40 daqiqa kitob o’qishni hisboni ko’raylik:

40 daq x 230 so’z x 365 kun = 3 mln 358 ming ta so’z yiliga

3.358.000 : 220 bet = 15260 ta bet

15.260 : 250 har bir kitob (o’rtacha) = 61 ta kitob yiliga.

Yana qiziq tajriba:
Mundarija, adabiyotlar ro’yhati va muqovasidan tashqari 250 bet bo’lgan 61 ta kitobni ustma-üst qo’ysa balandligi qanday bo’ladi, shuni hisoblaymiz
O’rtacha bunday kitob qalinligi taxminan 2-3 santimetr bo’ladi.

Faraz qilamizki, har bir kitobning qalinligi 2,7 sm.

Agar bitta kitob qalinligi 2,7 sm bo‘lsa:
2,8 x 61 = 170 cm

Shunday qilib, 61 ta kitob ustma-ust qo‘yilganda taxminiy balandlik 170 sm ga teng bo‘ladi.

Bir yilda bo’yingingizga teng kitob o’qigan bo’lasiz.

Odatda postni o’qiganlarning 99% “ha, yaxshi ma’lumot ekan” deb, o’tib ketadi. Faqat 1% esa sinab ko’radi. Yana ham qizig’i esa, shu sinab ko’rganlarni faqat 1% esa oxiriga yetkaza oladi.

Shu statiskani o’zi sizni 10 ming kishi dan ustun qilib qo’yadi. Buni bildingiz, ammo eng qiyini amal qilish.

Yuqoridagi raqamlar normal holatdagisi, agar siz uni 50% ga uddalay olsangiz ham, top-10 likda bo’lasiz…

P.s. ulashib qo’ying…
❤‍🔥76👍48🔥22🤩5🥰4
Do‘stlar
 
O‘zlikni bir on ham unutmang, do‘stlar,
Bor bo‘ling, ko‘p yashang, xo‘p yashang, do‘stlar.

Go‘rning zulmatlari kifoya bizga,
Yorug‘ bu jahonda yorishing, do‘stlar.

Qabrning torligi yetar insonga,
Qisqa bu hayotda keng bo‘ling, do‘stlar.

O‘lim ayirar tez birbiringizdan,
Hozir ajralishga shoshilmang, do‘stlar.

Haqiqat ochilar, oxirat yaqin,
Dunyoda yolg‘onga til burmang, do‘stlar.

O‘zgani qoralab, oqlamang o‘zni,
Siz ham bir o‘zgasiz, unutmang, do‘stlar.
 
Siz ham bir o‘zgasiz, unutmang, do‘stlar…

Husaynxon Yahyo Abdulmajid
🔥34👍19❤‍🔥8🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'zimiz podcast" — yoshlar, farzand tarbiyasi, o'zligimizni anglash va ilm olish yo'lida ilhomlantiruvchi insonlar bilan samimiy suhbatlarni o‘zida jamlagan yangi interaktiv podkast.

Podkastimiz ilk mehmoni Abdulbasit Vahidov bo'ldilar va ular bilan Yaponiyaning tarbiyaga kuchli e'tibor qaratganligi, jamiyatimizdagi o'spirin bolalarning muammolari hamda o'zimizning yoshligimiz haqida erkin suhbat qurdik.

Suhbatdan olgan insaytlaringizni videoning izohlarida qoldirishni unutmang!

Maroqli tomosha qiling: https://youtu.be/ANWWOqO87mo
👍16❤‍🔥2🔥2🤩1
O‘ZINGIZ BO‘LIB YASHANG!

Bu dunyoda...

Yusuf alayhis salom sotib yuboriladi...

Nuh alayhis salomni yolg‘onchi deyishadi...

Ibrohim alayhis salomni olovga uloqtirishadi...

Muso alayhis salomni sehrgarlikda ayblashadi...

Zakariyyo alayhis salomni arralashadi...

Yahyo alayhis salomning boshi kesilib zinokor ayolga mahr o‘laroq taqdim qilinadi...

Iyso alayhis salomni yerda yashagani qo‘yishmaydi. Qatl qilmoqchi bo‘lishganda Alloh samoga ko‘taradi...

Muhammad alayhis salomni toshbo‘ron qilishdi...

Shuncha ishdan keyin, ya’ni insonlar ichidagi eng pokiza zotlarga qilingan shunaqa muomalalardan keyin siz bu dunyodan boshingizni silashini kutayapsizmi?

Bu sayyora Robbisiga isyon qilib bo‘lgan. Alloh o‘z rahmati ila bu zaminni hosilni yig‘ish diyori emas, ekin ekish diyori qildi. Bunda ertaga sizni xursand qiladigan ekinlarni eking.

Bunda iffatli bo‘lsangiz: "Taqvodor bo‘lib qolgan", deb masxara qilishadi.

Bunda hijob o‘rasangiz: "Kecha ochiq-sochiq yurgan edi, bugun hayoli bo‘lib qolibdimi", deb istehzo qilishadi.

Diningizni qattiq tutsangiz: "Aqidaparast", deyishadi.

Vatanini himoya qilayotganlarni: "Terrorchilar" deyishayapti.

Sadaqa qilsangiz: "Riyo qilayapti", deyishadi.

Masjidga doimo qatnasangiz: "Bu nima yeyapti, qayerdan pul topayapti, qiladigan boshqa ishi yo‘qmi", deyishadi.

Kitob o‘qisangiz o‘zlari xuddi bir narsani qoyillatib qo‘ygandek sizni masxara qilib "kitob o‘qisangiz uyqu bosmaydimi, qanday o‘qiysiz, boshqa ishingiz yo‘qmi", deyishadi.

Ular oldida qadringiz tushsada, "o‘zingiz" bo‘lib yashashingiz, "ular" bo‘lib yashab o‘z nazdingizda qadringiz tushganidan ming karra yaxshiroqdir!
🔥61❤‍🔥21👍17🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizni baxt yaratgan… | She'r

Muallif: Usmon Azim
Ijro etdi: O’Imas Temur
👍16🔥4❤‍🔥1
MO‘MIN MO‘MINANI YOMON KO‘RMAYDI!

Nabiy sallollohu alayhi va sallam bir kuni sahobalarga dedilar:
“Mo‘min mo‘minani yomon ko‘rmaydi. Agar undagi bir xulq unga yoqmasa boshqasi unga yoqadi!”.

Siz ham mukammal emassiz, mukammallikni talab qilavermang. Siz ma’sum emassiz, ma’sumlikni talab qilavermang. Har-birimizning kimgadir yoqmaydigan tomonimiz bor. Kelin va kuyovning to‘yda kiyadigan kastyum-shimi va oq kuylagi eshigimiz ostonasigacha boradi. Undan keyin esa yaxshilik bilan, sabr bilan, chidam va ayblardan ko‘z yumish bilan hayot davom etadi.

Agar ayolingizning baland ovozi sizga yoqmasa undagi mehrni yodga oling. Agar undagi asabiylik sizga yoqmasa sizning obro‘yingizni omonatdorlik bilan saqlayotganini yodingizga oling. Agar u filmlardagi kabi romantik bo‘lmasa uning ota-onangiz va aka-ukalaringizni ehtirom qilishini yodga oling. Agar u doimiy sizga e’tibor bera olmasa uning onaligini yodga oling...

Hayot o‘zi shu. Uning sifati nuqsondan iborat. Uning sifatlaridan yana biri hech kimga vafo qilmasligidir. Agar ayolingizning bir aybi uchun taloq qilsangiz sizga jannatdagi ayb va nuqsonsiz hur turmushga chiqarmidi?!

Bir ayolni qaysidir aybi uchun tark qilsangiz boshqa bir aybli yolga uylanasiz. Hech kim mukammal emas do‘stim!

Nabi sallollohu alayhi va sallam ayollari bilan hajga chiqdilar. Yo‘lning ancha qismini yurgandan so‘ng karvonni boshqarishni Anjaga ismli g‘ulomlariga topshirdilar. Anjasha karvonni tez hayday boshladi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam Anjashaga:
- Ey Anjasha! Billurlarga hushyor bo‘l!-dedilar.

Hayot so‘qmoqlarida billurlarga hushyor bo‘ling. Bir martagina ovozi ko‘tarilsa ko‘tarilibdi, sabr qiling. Juda ham uzoq vaqt sizga sabr qilib yumshoq gapirib yurgan-ku axir.

Uy ishlarida kamchilikka yo‘l qo‘ysa bilmaslikka oling. Uy ishlari qiyin. Oila tashvishlari ezib yuboradi. Eng buyuk muhabbat qiyinchilik paytidagisidir.

Siz istagan kuylakni dazmollamagan bo‘lsa osmon uzilib yerga tushmabdi. Agar nonushtani vaqtida tayyorlamagan bo‘lsa qiyomat qoim bo‘lmabdi. Hatto sizga yoqmaydigan ish qilsa ham baqirish bilan emas, bitta o‘zgacha qarash bilan hal qiling!

Farzandlaringiz oldida xotiningizni tanqid qilmang. Sizga aytmasa ham bu uning qalbini jarohatlaydi!
❤‍🔥41👍24
YOMON GUMON

Nabiy sollallohu alayhi vasallam insonlarni qalbi tomonidan buzilishini bilar edilar. Shuning uchun ham sahobalarni turli buzuq xayollarga berilishdan qaytarganlar:
“Gumondan saqlaninglar, zero, yomon xayollar, shubhasiz, eng yolg‘on kalomlardir! Taxmin qilmang, josuslik qilmang, bir-biringiz bilan musobaqalashmang, bir-biringizga hasad qilmang, bir-biringizga jahl qilmang, dushmanlik qilmang. Ey odamlar, og‘a-ini bo‘linglar!”.

Ibn Qayyim rohimahulloh ko‘pincha Abu Bakr ibn Ayyoshning bir gapini takrorlaydi:
"Abu Bakr va Umar roziyollohu anhumo sizdan ko‘p ro‘zasi va ko‘p namozi tufayli o‘zib ketmagan. Ular qalbidagi narsa bilan sizdan o‘zib ketgan!".

Insonlar haqida yomon gumon qilish qalbni eng ko‘p buzuvchi narsa hisoblanadi.

Ahli xabarlar rivoyat qilishlaricha, Ibrohim ibn Adham rohimahulloh bir kuni as'hoblari bilan o‘tirganida ular o‘tirgan joydan as'hoblaridan biri o‘tib qoladi. U bularga salom bermasdan o‘tib ketadi. Shunda Ibrohimning as'hoblaridan biri shunday deydi:
- Ko‘rdingizmi, u bizni ko‘rib turib salom bermasdan o‘tib ketdi?
Ibrohim rohimahulloh dedi:
- Ehtimol biror tashvishi bordir. Tashvishi bor insonning ko‘ziga hech narsa ko‘rinmaydi.

So‘ngra Ibrohim ibn Adham uning ortidan borib so‘radi:
- Senga nima bo‘ldi. Bizni ko‘rib turib salom bermasdan o‘tib ketding?!
U dedi:
- Xotinim tug‘ayotgan edi. Menda unga lozim bo‘ladigan narsalar yo‘q!

Ibrohim rohimahulloh o‘tirgan majlisiga qaytib borib as'hoblariga dedi:
- Bir emas, ikki gunoh qilibmiz. Biri yomon gumon qilganimiz bo‘lsa. Ikkinchisi uni muhtoj bo‘lgunicha tashlab qo‘yganimiz, holidan xabar olmaganimizdir!

So‘ngra Ibrohim ibn Adham rohimahulloh darrov uyiga bordi. Uyida ikki dinor puli bor ekan. Ularni olib bozorga bordi. Bozordan bir dinorga go‘sht, asal, yog‘ va un sotib oldi. So‘ngra darrov haligi as'hobinikiga bordi. Eshigini taqillatganida ichkaridan to‘lg‘oq azobidan qiynalayotgan ayolning "Kim u?", degan ovozi eshitildi. Ibrohim: "Eshik oldidagi narsalarni olinglar", deb qaytib ketdi.

Ayol eshikni ochdi. Oziq-ovqatlar ustida bir dinor pul ham turgan edi. Ayol narsalarni olib duo qildi:
"Allohim! Ibrohim ibn Adhamning bu kunini unutma!".

Bu dunyo shafqatsiz dunyodir. Har kuni insonlarni yanchadi. Birovning uyida ijarada turib ijara pulini topa olmaydiganlar qancha. O‘ziga lozim bo‘lgan bir quticha dorini sotib ololmaydiganlar qancha. O‘g‘lining shartnoma pulini to‘lay olmay yurgan otalar qancha. Qarzini to‘lash vaqti kelib to‘lashga pul topa olmay yurgan qarzdorlar qancha. Bunaqalar ko‘p...

Endi shunaqalar ko‘chada oldingizdan qovog‘ini uyib, salom bermasdan o‘tib ketsa malomat qilasizmi?

Ehtimol gardanidagi g‘am va qarz yuki og‘irlik qilib sizni ko‘rmagandir. Insonlar haqida yomon gumon qilmang.

Sizni uyiga chaqirmaydigan kishi baxil bo‘lmaydi. Ehtimol faqirligini, uyining nurayotganini sizga ko‘rsatgisi kelmayotgandir.

Biror bir munosabat bilan uyushtirgan ziyofatingizga kelmagan kishi ehtimol sizga sovg‘a olishga pul topa olmagandir...

Insonlarga rahmingiz kelsin!
👍51❤‍🔥22🔥11🤩1
Almashtirmang

Xaroitiy o‘zining "Makorimul axloq" nomli kitobida keltiradi:

"Abu Bakr roziyallohu anhu o‘g‘lini qo‘shnisi bilan tortishayotganini ko‘rib qoldi. Shunda unga dedi:
- U bilan tortishma. U qoladi, boshqa insonlar esa ketishadi!".

Hayotingizda muqim va muhim bo‘lganlarni o‘tkinchilarga almashtirmang.

Bir umr yoningizda bo‘ladigan ayolingizni bir kechalik o‘tkinchi ayollarga almashtirmang.

O‘tkinchilar o‘tib ketaveradi. Akangiz, ukangiz, opa-singlingiz qoningizda, go‘shtingizda qolishadi. Ularni yo‘qotmang.

O‘tkinchi tanishlar kelib ketaveradilar. Ammo haqiqiy, vafodor do‘stingizga yengil boqmang.

Begonalar uzoqlashib ketaveradilar. Ammo qo‘shningiz darvozasi doim darvozangiz yonida turaveradi!

Sizga shart qo’yganlar kelib ketaveradi, ammo sizni shartlarsiz qabul qilganlar haqiqiydir.

Xulosa, Sodiqlarni ardoqlang, Sobiqlarni emas…

P.s. Sobiqlar - ishonchingizni amal qilish muddati tugagan barcha toifa (do’st, xodim, sherik v.b.) insonlardir….
🔥37👍21❤‍🔥10
Go’zal xotima

Bir kishi Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bilan Arafotda turgan edi. U ulovidan yiqilib tushib bo‘yni sinib vafot etdi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam: “Uni suv va sidr bilan yuvinglar. Ikkita kiyimda kafanlanglar. Unga xushbo‘ylik ishlatmanglar, boshini yopmanglar. U qiyomat kuni labbayka aytib tiriladi!”, dedilar.

Har zamon-har zamonda “falonchi sajdada vafot qilibdi”, “pistonchi ro‘za holida vafot qilibdi”, “falonchi faqirga sadaqa berayotib jon beribdi”, degan gaplarni eshitib qolamiz. Bu ishlar tasodif emas. Bu ishlar xizmatning nihoyasidagi mukofot. Kim qanday va nima asosida yashasa shu asosga ko‘ra o‘ladi.

Ammo bilishimiz lozimki, go‘zal xotima degani faqatgina insonning sajdada vafot qilishi yoki ro‘za tutgan holda o‘lishi, sadaqa berayotib o‘lishi yoki hajda o‘lishi emas. Go‘zal xotima bu o‘lim kelganida namozlarni tark qilgan holatda bo‘lmasliging, ro‘zadan qazolaring bo‘lmasligi, sadaqa va zakotlardan baxillik qilmagan bo‘lishing, qodir bo‘laturib hajni ortga surib yurgan bo‘lmasligingdir. Demak, Allohning amrini qoim qilib turgan holida vafot etgan kishining xotimasi go‘zal hisoblanadi.

Go‘zal xotima bu, o‘lim kelganida gardaningda birovning haqqi bo‘lmasligi, aka-ukalaring merosini egallab olmagan bo‘lishing, insonlarni obro‘siga tajovuz qilmagan holda bo‘lishing, g‘iybat bilan ularning go‘shtini yemagan bo‘lishingdir!

Go‘zal xotima bu, o‘lim kelganida qo‘shnilaring sening javringdan omonda bo‘lishlari, tengdoshlaringga qalbing va tiling bilan yumshoq muomalada bo‘lishing, ota-onangga xorlik qanotlarini past qilgan holatda bo‘lishing, qarindoshlaring bilan silai-rahmni uzmagan holda bo‘lishing, xotining bilan go‘zal muomalada bo‘lishing, farzandlaringni diyonatidan tashvishda bo‘lishing, ustozingni rozilik duosini olingdadir!

Go‘zal xotima bu, qanday o‘lishing emas, qanday yashashingdir.

Abu Bakr roziyollohu anhu to‘shakda vafot etdilar. Ammo u zot go‘zal xotima topdilar.

Umar roziyollohu anhuni chavaqlashdi. Ammo u zot go‘zal xotima topdilar.

Usmon roziyollohu anhuni so‘yishdi. Ammo u zot go‘zal xotima topdilar.

Ali roziyollohu anhuga xanjar suqishdi. Ammo u zot go‘zal xotimaga erishdilar.

Abu Ubayda roziyollohu anhu vabodan vafot etdilar. Ammo u kishi go‘zal xotima topdilar.

Xolid ibn Valid roziyollohu anhu yuzlab janglarda ishtirok qildilar. Lekin to‘shakda vafot etdilar. Ammo go‘zal xotima topdilar.

Go‘zal xotima bu, faqatgina Alloh yo‘lida o‘lish emas, balki Alloh yo‘lida yashash hamdir!

Avtohalokatda vafot etgan kishi ehtimol tasbih aytib ketayotgandir. Infarkt bilan o‘lgan kishi o‘sha onda faqirga sadaqa olib borayotgandir.

Biz insonlarni jannatga va do‘zaxga taqsimlashga mas’ul emasmiz.
Allohdan go‘zal xotima so‘raylik!
❤‍🔥51👍24🔥7🥰1
Anchadan beri bunday suhbat qilmagan edim. Aslida bu mavzu meni qadriyatimga yaqin. Shuning uchun bo’lsa ham kerak.
Vaqtingiz bo’lsa, ko’rib qo’yish tavsiya qilinadi, Ayniqsa har bir ota-ona ko’rishi shart bo’lgan mavzu bo’lgan…

To’liq videoni ko’rish
❤‍🔥20👍14🔥7
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Anchadan beri bunday suhbat qilmagan edim. Aslida bu mavzu meni qadriyatimga yaqin. Shuning uchun bo’lsa ham kerak. Vaqtingiz bo’lsa, ko’rib qo’yish tavsiya qilinadi, Ayniqsa har bir ota-ona ko’rishi shart bo’lgan mavzu bo’lgan… To’liq videoni ko’rish
Bu suhbatda tavsiya qilingan kitoblar ro’yhati

1.How to Teach Your Baby to Read - Book by Glenn Doman

2.Тридцать миллионов слов - Дана Саскинд

(Thirty Million Words: Building a Child's Brain
Author
Dana Suskind)

3. "Mind in the Making: The Seven Essential Life Skills Every Child Needs" by Ellen Galinsky

4. "How Children Succeed: Grit, Curiosity, and the Hidden Power of Character" by Paul Tough

5. "Simplicity Parenting: Using the Extraordinary Power of Less to Raise Calmer, Happier, and More Secure Kids" by Kim John Payne

6. "The Self-Driven Child: The Science and Sense of Giving Your Kids More Control Over Their Lives" by William Stixrud and Ned Johnson

7. "NurtureShock: New Thinking About Children" by Po Bronson and Ashley Merryman

8. "Grit: The Power of Passion and Perseverance" by Angela Duckworth

9. "Parenting with Love and Logic: Teaching Children Responsibility" by Charles Fay and Foster Cline

10. "The Gardener and the Carpenter: What the New Science of Child Development Tells Us About the Relationship Between Parents and Children" by Alison Gopnik

11."Last Child in the Woods: Saving Our Children from Nature-Deficit Disorder" by Richard Louv
👍27🔥7❤‍🔥1
LOQAYDLIK.

Martin Lyuter King aytadi:
Do‘zaxdagi eng yomon joy katta axloqiy muammolarga befarq bo‘lib chetda turgan loqayd kishilarga tayyorlab qo‘yilgan bo‘lsa kerak".

Martin Lyuter King asli Afrikalik bo‘lgan Amerika fuqarosi. U o‘tgan asrda Amerikada hurriyat va inson huquqlari uchun kurashgan ko‘zga ko‘ringan kishilardandir. U kuch ishlatishning barcha turiga qarshi edi. U hatto qurol ishlatish yo‘lini tutgan qora tanlilarning harakatiga ham qarshi chiqqan edi.

U Nobel mukofotini olgan eng yosh inson bo‘lgan. Ammo tinchlik uchun butun kuchini sarflagan bu inson irqchilikning qurboni bo‘ldi. Unga 1968 yil 39 yoshida suyuqasd uyushtirishdi.

Endi yuqoridagi uning gapiga qaytadigan bo‘lsak, men kishilarni jannatiy yoki do‘zaxiy deyishdan yiroqman. Illo vahiy bilan sobit bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

Ammo inson qilmishlari ichida eng yomoni befarqlik, loqaydlik, muammolardan chetda turish ekanini bilaman. Agar ta’bir joiz bo‘lsa uni xorlik degan bo‘lar edim.

Unday insonlarning hayotda o‘rni yo‘q. Dunyoda shunday muammolar borki, hatto hayvonlar va jonsiz predmetlar ham befarq bo‘lmaydi undan. Hayvonlar ham bu to‘g‘ri o‘z mavqifiga ega bo‘lmaslikni ayb hisoblaydi. Gaplarimdan ajablanmang. Hali dalil keltiraman bunga.

Nabiy sallollohu alayhi va sallam: "Uhud bizni yaxshi ko‘radi, biz Uhudni " deganlar.

Yana aytadilar:
"Men Makkada shunday toshlarni bilar edimki, ular menga payg‘ambarligimni aytib salom berar edi".

Toshalar haq bilan botil kurashida befarq bo‘lib, loqayd bo‘lib turishmayapdi.

Ba’zi insonlar esa dunyoda bo‘layotgan qirg‘in-barotni, qon to‘kilishini xuddi urush to‘g‘risida borayotgan qiziqali kinoni ko‘rayotgandek bemalol tomosha qilib o‘tiradi.

Ibrohim alayhis salom Namrud tomonidan olovga tashlanganlarida hatto hayvonlar va parrandalar ham befarq turmasdan olovni o‘chirishga harakat qilgan.

Tumshug‘ida bir tomchi suv tashiyotgan qaldirg‘ochni befarqlar tanqid qilishdi:
- Hoy nodon! Sen olib kelgan bir tomchi suv nimani hal qilar edi?!
Qaldirg‘och dedi:
- Bilaman, men olib kelgan bir tomchi suv bu olovni o‘chira olmaydi. Ammo men qaysi tomonda ekanligimni ko‘rsatmoqchiman.

Qiyomat yaqin qolganida musulmonlar yahudiylar bilan jang qilishadi. Unda yahudiylar berkinib olishadi. Shunda toshlar, daraxtlar, o‘simliklar tilga kirib: "Ey musulmon! Ey Allohning bandasi! Mana mening ortimda yahudiy yashirinib yotibdi" deb o‘zining befarq emasligini izhor qiladi.

Loqaydlar arzimas maxluqlardir.
Ammo bu degani har-bir janjalga burningni tiqaver degani emas. Ammo eng kamida o‘z fikriga ega bo‘lmoq bu muhimdir. Qolaversa niyat va tuyg‘ular insonni kishilarning xayoliga kelmagan maqomga ko‘taradi.

Imom Buxoriy rahimahulloh "Mag‘oziy" kitobida keltiradilar:
"Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotidan qaytayotib Madina tomon yurgach dedilar:
" Madinada shunday kishilar borki, ular siz bilan yurgan yo‘lingizda, bosib o‘tgan vodiyingizda birga bo‘lishdi".
Sahobalar so‘rashdi:
-Madinada turibmi?
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam :
- Ha, Madinada turib. Ularni uzrlari ushlab qoldi.
Usmonli sultonlardan biri o‘z ustozidan so‘raydi:
- Ustoz! Davlatni nima narsa tanazzulga olib keladi?
Ustoz dedi:
- "Menga nima".
Ya’ni, ustoz aytmoqchiki, "menga nima" deb mamlakat taqdiriga befarq bo‘lish mamlakatni tanazzulga olib keladi .

Gapimni Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning bir gaplari bilan yakunlayman:
"Loqayd inson botilga yordam bermadi, ammo haqni yordamsiz qoldirdi".
❤‍🔥33🔥13👍6