Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.99K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Niyat > Amal

Makkalik bir kishi Ummu Qays ismli bir ayolni yaxshi ko‘rib qolib unga sovchi qo‘ydi. Ummu Qays muslima edi. U Madinaga hijrat qildi. Sovchi yuborgan kishiga agar Madinaga hijrat qilsa turmushga chiqishini shart qildi. Sovchi qo‘ygan erkak faqatgina Ummu Qaysga erishish uchun hijrat qildi. Madina ahli uni Ummu Qaysning muhojiri deb atashar edi. Mana shu hadis Nabiy sallollohu alayhi va sallamning: "Amallar niyatlarga bog‘liqdir..!", deb boshlanadigan hadislarining aytilishiga sabab bo‘lgan.

Gohida amallar bir xil bo’lishi mumkin. Natijalar orasi yer va osmoncha uzoq bo‘ladi.

Yusuf alayhis salom va Zulayxo eshik tomon yugurishdi. Ularning biri ma’siyatdan qochayotgan edi, boshqasi esa ma’siyatning ortidan yugurar edi. Ammo amal bir xil edi.

Bir qiz Alloh uchun hijobga kiradi. Boshqasi esa turmushga chiqish uchun.

Bir yigit Alloh uchun masjidga boradi. Boshqasi esa o‘zgalar ko‘rishi uchun.

Bir kishi Alloh uchun bir bemorni ko‘rgani boradi. Boshqasi esa qandaydir dunyoviy maqsadni ko‘zlab bemorning ziyoratiga boradi.

Hatto farishtalar ham niyatlarni ko‘ra olishmaydi. Faqatgina Alloh taolo bizni ichimizdan ham ko‘ra oladi va niyatimizga yarasha taqdim qiladi!
❤‍🔥77👍34🔥14
Shu rasmni saqlab qo’ying:

5-10 yilda Insha Alloh shu yerdagilarni eslataman…
👍93🔥40❤‍🔥6🤩6🎉5
Safarga ketgan shogirdlarimga…

1. Niyatni to‘g‘rilash

"Amallar niyatga bog‘liqdir..."
(Muttafaqun 'alayh)

ilmni faqat Alloh uchun va odamlarga foyda yetkazish uchun olish kerak.

2. Allohdan yordam so‘rash

"Allohim, menga foydali ilm ber, rizqingdan halolini nasib qil va amallarimda baraka bergin."
(Sahih Muslim)

3. Sabr va matonat

"Sabrlilarni hisob-kitobsiz mukofotlayman."
(Zumar, 10)

4. O‘qituvchiga hurmat

"Sizlardan hech biringiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ham yaxshi ko‘rmaguncha haqiqiy iymon keltirgan bo‘lmaydi."
(Muttafaqun 'alayh)

Bu hadisda ilmga va ilmni yetkazayotgan o‘qituvchiga hurmat qilish zaruriyati ko‘rsatiladi. Muallimni hurmat qilish va uning maslahatlariga amal qilish ilmning barakasini oshiradi.

5. Yaxshi muomala va odob

"Men chiroyli xulqni to‘kis qilish uchun yuborildim."
(Sahih Muslim)

Ilm olish yo‘lida ham, boshqalarga nisbatan odobli bo‘lish, sabrli va hurmatli bo‘lish har bir musulmonning farzidir. Bu nafaqat ilm olishdagi muvaffaqiyatga yordam beradi, balki musulmon shaxs sifatida qadringizni oshiradi.

6. Ilmni amalda qo‘llash

Ilm olishning maqsadi uni hayotda qo‘llashdir. Ilm amal qilinmasa, faqat bilim yig‘ish bilan cheklanib qoladi.
"Ular (olgan) bilimlari bo‘yicha amallarni qilmaydilar."
(Jumu'a, 5)

Ilm faqat nazariya bo‘lib qolmasligi kerak, uni odamlarga foyda yetkazish va Allohning yo‘lida qo‘llash lozim.

7. Ilmni boshqalar bilan baham ko‘rish

"Kimki biron bir ilmni o‘rgansa va uni boshqalarga ham o‘rgatsa, bu ilm o‘zi vafotidan keyin ham davom etadigan savob manbaidir."
(Sahih Muslim)

Ilmni faqat o‘zingizda saqlab qolmasdan, boshqalar bilan ham bo‘lishish juda savobli amal hisoblanadi.

8. Sog‘liqni saqlash va jismoniy kuch

"Ikki ne’mat bor, ko‘pchilik ular haqida aldangan: sog‘lik va bo‘sh vaqt."
(Buxoriy)

Shuning uchun ilm olish yo‘lida sog‘lom turmush tarziga e’tibor berish va tana quvvatini saqlash ham ilmga xizmat qiladi.

9. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash

Safar va ilm olishda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash zarur. Ilmning barakasi vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va har bir ishni o‘z vaqtida qilish bilan bog‘liq. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vaqtdan samarali foydalanishni o‘rgatganlar.

10. Safarda duo qilish

"Uch xil duoni Alloh rad qilmaydi: ota-onaning bolasiga qilgan duosi, ro‘zadorning duosi va musofirning duosi."
(Termiziy)

Shuning uchun safarda bo‘lganingizda ko‘proq duo qiling va ilmiy yo‘ldagi muvaffaqiyatni Allohdan so‘rang.

Xulosa:
Ilm olish uchun safarga chiqayotgan shogird har bir bosqichda Allohdan yordam so‘rab, sabrli, odobli, va niyati to‘g‘ri bo‘lishi kerak. O‘z niyati va amallari bilan Allohning roziligini qozonish, ilmni faqat bilim olish uchun emas, balki amalda qo‘llash va odamlarga foyda yetkazish uchun o‘rganish lozim.
👍55❤‍🔥11🔥4🥰4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha shogirdlar bilan qisqa suhbat qilgandik. Yozib olishibdi…)
🔥40❤‍🔥15🤩6👍3
E’tibor qilganmisiz, Alloh o’z kitobini “Rob” sıfatı bilan boshlagan. Boshqasi bilan emas.

Sabablari ko’p. Ulardan biri, bu olam ustozga muhtoj. Adashmaslik uchun, o’z vazifasida muqim turishi uchun.

Ustozlar, siz faqatgina bir kasb egasi emassiz. Siz shu “Rob”imizni yordamchilarisiz.
Shuni unutmang.

Sizni sharafli qilgan kuningiz muborak bo’lsin

Ba’zan sizni qadrlashmasligi, ba’zan shogirdlaringiz sizni g’iybat qilishligi, ba’zan to’kis hayot kechirmayotganingiz sizni hafa qilib qo’ymasin.

Siz shunday buyuk ish ustidasizki, buni dunyoviy biror o’lchov bilan ado qilib bo’lmaydi.

Zahmati foniy, mukofoti boqiy bo’lgan yo’ldasiz. Iltimos bu yo’lda toyilmang.

Siz millat muallimlarisiz, siz ummat bo’lajak lashlari qo’mondonlarisiz.
❤‍🔥86🔥22👍17
Kecha bir ish qildim. Undan ham hursand bo’ldim, ham hafa.

Ustozimdan xabar oldim. Mani ko’rib ko’zlaridan yosh chiqib ketdi. Eng ta’sir qilgan gaplari esa, “sani kutgandim, kelding-a” deganlari bo’ldi.

Litseyni bitirganimizga 15 yıldan oshibdi. Ustozim esa 66 ga kiribdilar.
👍75❤‍🔥38🥰11🔥9🤩9🎉2
Bu esa ustozim
Farida Zohidovna bo’ladilar.
❤‍🔥74👍23🔥11🥰6
Maktabda bir kun…
Challenge SAT math bo’yicha bir o’quvchim bilan sinov variantini o’tkazyapman. Rejaga ko’ra 22 kun mobaynida, to’liq kursni o’tib tugatish va minimum 750+ bal olishimiz kerak. Har kuni eng kamida 7-8 soat dars o’tmoqdamiz. O’quvchimga ham oson bo’lmayapti…
Bu kursimiz tugadi. Ertaga imtihonga kiradi.

7-oktyabrdan esa yangi 2 ta ofline kursga start beriladi.

1. Matematika
(abituriyent + ustoz)

2. Intensive SAT
(math + English + college application)

Vaqti: 17:00
Manzil: Sodiq school

Ro’yhatdan o’tish: 908194444
👍17🎉3
O’zingni bil…

Borliqqa nisbatan yer sayyorasi okeandagi bir tomchi suvchalik ham emas. Shunday bo‘lsada ana shu kichkina sayyoradagi bir bo‘kkan odamcha kishilarga: "Men sizning oliy robbingizman!", degan edi. Muhimi shuki, ana shu "men sizning robbingizman" degan odamchani bizning oliy Robbimiz dengizning sho‘r suviga bo‘ktirdi. So‘ngra uni insonlarga ibrat bo‘lishi uchun o‘chib qolgan jasad holida qirg‘oqqa uloqtirdi. Allohning biz bandalariga ibrati ko‘p. Ammo undan ibratlanadigan bandalari oz. Hali ham ba’zilar o‘zlarini borliqning markazi deb o‘ylashadi. Hamma go‘yo ularning atrofidan aylanishi shart.

Ulardan bo‘lib qolmaslik uchun doimo quyidagilarni ko‘z o‘ngimizda qo‘yishimiz lozim:

1. Muhabbatga erishmoqchi bo‘lsak uni avvalo o‘zimiz boshqalarga taqdim qilishimiz kerak.

Muhabbatni his qilishimiz uchun uni avvalo o‘zimiz boshqalarga his qildirishimiz lozim. O‘rog‘ing va boshqa asboblaringni ko‘tarib bir dona don tashlamagan, o‘zing ekmagan dalaga borib uyingga ko‘p hosil bilan qaytish uchun uni yig‘ishtirgani borishing ahmoqlikdir. Hosilni yig‘ishtirish uchun avvalo uni ekish kerak.

2. Insonlar doimiy o‘zgarib turadilar.

Oldingi o‘lchovlaring o‘zingniki, ularniki emas.

Sen mohir tikuvchi bo‘lgin. Sen bugun oldingi yildagi kabi emassan. Boshqalarni ham oldingidek deb o‘ylama!

3. Osmondan tushgan vahiyga yer yuzidagi ko‘pchilik unamadi. Vaholanki, u vahiy edi. Shunday ekan, ulardan sen har-bir gapingga qarsak chalishlarini kutma. Fikrlaring qanchalar to‘g‘ri bo‘lmasin, boshqalarning fikrini qabul qilmaganingni esla. Aslida ularning fikri to‘g‘ri bo‘lishi mumkin edi. O‘zing voz kecha olmaydigan haqlarni boshqalardan ham o‘zlashtirma.

4. Sen yurish uchun tanlagan yo‘ling bu sening yo‘lingdir. Bu sayyoradagi hech bir inson sen yurgan yo‘ldan yurishi talab qilinmaydi. To‘g‘ri, inson boshqalar haqida chiroyli gumon qilishi kerak. Ammo chiroyli gumon qilish boshqa narsa, insonlarni chiroyli gumoning ostiga kirishga majburlash boshqa narsa. Odamlarni o‘z qolipingga solishga urinma. Yer yuzida xuddi yolg‘izdek yur.

5. Ibn Xoldun rohimahulloh aytadi:
"Agar ta’m bilish turlicha bo‘lmaganida edi mol buzilar edi!".

Sen uchun muhim bo‘lgan narsalar boshqa shaxslar uchun ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Ular uchun muhim bo‘lgan narsalar esa sen uchun ahamiyatsiz bo‘lishi ham mumkin.

O‘zgalar hayoti ularning shaxsiy mulkidir. Ularni qo‘y, o‘zlari bilgandek yashashsin. Turlicha bo‘lish bu hayotning asosiy qismidir. Bunga o‘zingni moslashtir. Hech narsa hayotga chetdan kelgan emas.

6. Insonlar gohida o‘zlarini tushunishmaydi. Seni qayerdan ham tushunishsin?!

7. Sen suratning bir tomonini ko‘ra olasan. Holbuki, suratning boshqa tomoni ham bor. Ularni sen aniq ko‘ra olmaysan. Xuddi hamma narsani ko‘radigandek qaror chiqarma. Yoshligimda ota-onamga havas qilib: "Ularga mazza! Hech kim ularga ish buyurmaydi!", deb o‘ylar edim. Ota bo‘lganimdan so‘ng farzand bo‘lib qolaverish qanchalar oson ekanligini angladim. Ota bo‘lish qiyin ekan.

O‘quvchilik paytimda: "Muallimlarga mazza. Dars qilmaydi, yodlamaydi. Darsini sharhlab chiqib ketaveradi!", der edim. Katta bo‘lib o‘quvchi bo‘lish mazza ekanligini angladim.

8. Odamlarning aqli turlicha. Sen osongina tushunadigan narsani boshqalar qiyinchilik bilan tushunishadi. Boshqalar osonlik bilan tushungan narsani sen urinib ham tushuna olmasliging mumkin.

Shuning uchun ham Maykrosoftning egasi Bill Geytsdir, sen emassan!

9. Agar sen bir ishga qodir bo‘lsang, bu degani boshqalar ham bunga qodir degani emas. Futbolchilar to‘qson daqiqa maydonda yugurishadi. Sen bilan men esa yarim soatda bo‘larimiz bo‘ladi. Bordiyu sen bunga qodir bo‘lsang aniqki, yer yuzining yuzdan to‘qsoni bunga qodir emas.

10.Suhbatimiz boshida senga aytdimki, baxtli bo‘lmoqchi bo‘lsang eng avvalo baxtni boshqalarga taqdim qil.
Yaxshi, endi eshit:
"Hamma vaqt ham boshqalardan o‘zing qilgan muomalang kabi muomalani kutma!".

(Ustozlardan)
👍37🔥21❤‍🔥1
SAODAT

“Today” gazetasi tarixda eng uzoq vaqt davom etgan tadqiqot haqida xabar tarqatdi. Bu tadqiqot 85 yil davom etgan. Tadqiqotni Garvard universiteti olib borgan. Mavzu "haqiqiy baxt nimada?", degan mavzu edi!

Bu tadqiqotda yuzlab tadqiqotchilar ishtirok qilishdi. Minglab kishilarning hayot yo‘lini kuzatishdi. Yuzlab tahqiqlar va solishtirishlar olib borishdi. Ota-o‘g‘illarni, er-xotinlarni, bobo va nabiralarni, boylar va faqirlarni, mashhurlar va oddiy insonlarni o‘rgarishdi. Oxirida xulosa quyidagicha bo‘ldi:
"Saodat rohat va hordiq chiqarishda emas, saodat mol-davlatda emas, saodat ishdagi yutuqda emas ekan. Haqiqiy saodat o‘zaro aloqalarni shakllantirish, rohatbahsh do‘stlik va sevilish va sevishdadir!".

Atrofida ahboblari bo‘lgan kishilar omonlikdadirlar. Modomiki, xonadoningiz muhabbatla iliq ekan, tashqi sovuq aloqalar uni buza olmaydi!

Modomiki, oila mustahkam ekan, tashqaridan uni hech kim vayron qila olmaydi!

Modomiki, uyingiz jannat ekan, tashqi olamning do‘zaxligi unga ta’sir qila olmaydi!

Buning aksi ham bo‘lishi mumkin!

Oilangizda e’tiboringiz bo‘lmasa, butun olam sizni qadrlashining nima foydasi bor?!

Yaxshi shirkatingiz bo‘lsa-yu, uyingiz bir uyum tosh bo‘lsa bundan nima foyda?!

To‘g‘ri, mol juda muhim. Buni aqlli inson inkor qilmaydi. Diplom kerak bo‘ladi. Ishda muvaffaqiyat kerak. Ammo saodat bularga erishishda emas, ularni qanday ishlatishda!

Saodat senga ikki ko‘zini fido qila oladigan ayoling borligidadir!

Saodat tikanning qalbiga kirishiga rozi, ammo sening oyog‘ingga kirishiga rozi bo‘lmagan turmush o‘rtog‘ing borligidadir!

Saodat seni o‘ziga o‘rnak deb biladigan farzandlaring borligidandir!

Saodat senga tayanch bo‘la oladigan, dunyo yuz o‘girganda senga aso bo‘la oladigan do‘stlarning borligidadir!

Saodat bu sendan rozi otang va onangning borligida!

Saodat bu biringiz yurak, boshqa biringiz uning urishi kabi aka-ukalaringizning borligidadir!

Saodat muhabbat asosida jamlanadigan, bir-birining qo‘lidan tutadigan qo‘shnilaringizning borligidadir!

Saodat bu sizni o’z ota-onasidek yaxshi ko’rib, yoningizda yosh boladek turadigan shogirlaringiz borligidadir!

Saodat bu baxtli bo‘lish va baxtli qilishda, sevish va sevilishda, yoqtirish va yoqishda hamda bularning bari Alloh rizosi uchun bo‘lishidadir!
🔥42❤‍🔥18👍9
Gohida sabr kalitlarini yasash qiyin bo‘ladi. Eshikni tepib ochishni ham sinab ko‘r!
👍64🔥25❤‍🔥17
Insonni inson qiladigan - bu uch harf va besh nuqtadir….
👍27❤‍🔥5🔥2
EHTIMOL

Abu Muso Ash’ariy roziyollohu anhuning vafot qilish vaqti yaqinlashgach farzandlariga shunday dedi:
“Ey bolalarim! Non sohibini yodingizdan chiqarmang. U yetmish yil ibodatxonasida ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldi. Yilda bir marta insonlarning oldiga tushar edi. Shayton uning ko‘ziga bir ayolni ziynatlab ko‘rsatdi. Yetti kun o‘sha ayol bilan harom ish qildi. So‘ngra obidligi va ibodatxonasi yodiga tushdi. U shahardan chiqib tavba qildi. Ozgina yurib sajda qilar, Allohga zorlanar edi. Kechasi bir joyga yetib bordi. U yerda o‘n ikkita miskin bor edi. U juda ham qattiq charchagan edi. O‘sha kecha miskinlar orasida tunadi. O‘sha yerdagi bir rohib har kecha miskinlar holidan xabar olar, ularning har biriga bittadan non ulashar edi. Rohib tavba qilgan kishini ham miskinlardan biri deb o‘ylab unga ham bitta non berdi. Uning sababidan miskinlardan biri nonsiz qoldi. Non olmagan miskin rohibga dedi:
-Nega menga non bermading?
-Men sening noningni olib qolganim yo‘q. Sheriklaringdan so‘ra, balki birortasiga ikkita non berib yuborgandirman?!
Ular:
- Biz olmadik, deyishdi.
Rohib dedi:
-Men sizning adadingiz miqdoricha non olib kelgan edim!
Shunda tavba qilgan kishi olgan nonini miskinga qaytarib berdi. O‘sha kecha tavba qilgan kishi vafot etdi. Uning yetmish yillik ibodati zino qilgan kechalari bilan mezonda tortildi. Zino qilgan kechalari og‘ir keldi. So‘ngra zino qilgan kechalari miskinga qaytargan noni bilan mezonga qo‘yildi. Non og‘ir keldi!

Abu Muso roziyollohu anhu dedi: “Non sohibini yodingizdan chiqarmang!”.

Allohga eng maqbul amallardan biri ko‘ngil olish, birovlarning hojatini chiqarish, obro‘sini saqlash, xatosini kechirishdir. Bu ishlarni zero Robbimiz yaxshi ko‘radi. Kim bu kabi ishlarni qilsa Alloh undan rozi bo‘ladi va rozi qiladi. Garchi buyuklarga o‘xshashning o‘zi najot bo‘lsada, kishining Allohning bandalariga qilayotgan ezguligini muroqaba qilishi, o‘sha ezgulik kabi ezgulikni qilishga urinishi najotning boshidir!

Biz ertaga mezonda qaysi amalimiz tosh bosishini, qaysi biri to‘zon kabi sochilib ketishini bilmaymiz.

Ehtimol dorisini sotib olishga pul topa olmayotgan bemorga hech kimga ko‘rsatmasdan, yashirincha sotib olib bergan bir necha quti dorimiz mezonda barcha gunohimizdan og‘ir kelar!

Ehtimol erta qiyomat kuni Alloh sizning qarzingizni uzishi uchun, dunyoda qarzga botib qolgan bir bandaning qarzini uzishga yordamlashishingiz sizga kengligi yeru-osmonlarcha bo‘lgan jannatni sotib olib berar!

Qayerdan bilasiz, ehtimol qiyomat kuni Alloh sizni xalq oldida sharmanda qilmasligi uchun dunyoda birovning aybini yashirganingiz sizga u kunda istaganingizni berar va gardaningizni do‘zaxdan ozod qilar!

Ehtimol ishxonangizdagi oddiy bir ishchiga salom berishingiz...

Qobilyatli bolani ta’limiga homiylik qilishingiz...

Ko‘chalarni tozalaydigan farroshlarga kulib qarashingiz...

Ko‘chalarda ozgina narsani sotib o‘tirgan miskin bir sotuvchida ozgina pulingiz qolib ketganini bilmaganga olishingiz...

Va bu ishlarni ularning ko‘nglini olish uchun qilishngiz qiyomatda Alloh sizni xursand qilishiga va farishtalariga: “Bu bandam Men haqimda yaxshi gumonda bo‘ldi, uni jannatga kiritinglar!”, deyishiga sabab bo‘lar!

Qayerdan bilasiz, ehtimol kishilarga Allohni suydirish uchun bir gunohkorga lutf ila nasihat qilganingiz, ochiq yurgan ayolga odob bilan va’z qilganingiz, adashgan bir insonni go‘zal uslub bilan to‘g‘ri yo‘lga solib yuborganingiz Allohning sizga muhabbat qilishiga sabab bo‘lar!

Alloh sevgan insonlar naqadar baxtli insonlardir!
👍47❤‍🔥32🔥17
SEZILMAYDIGANI HAVFLISIDIR

Bir kishi Hasan Basriy rohimahullohning huzuriga kelib dedi:
- Mening eshitishimcha, har bir qilingan gunohning jazosi bor. Men Allohga ko‘p martalab gunohlar qildim, ammo U meni jazolamadi-ku?!
Hasan Basriy rohimahulloh dedi:
- Bolam! Alloh seni bir necha bor jazolagan, ammo sen bilmagansan:

1. U sendan munojot qilish halovatini tortib olmadimi?

2. Bir necha kunlar o‘tsada qur'onni Alloh uchun ochib o‘qimading. Bu jazo emasmi?

3. Bir qancha kechalar o‘tsada tahajjudga turmading. Bu jazo emasmi?

4. Alloh seni zikridan to‘sib qo‘ymadimi?

5. Seni molni, obro‘ni va shuhratni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘ymadimi?

6. Qalbingga toatni og‘ir bo‘lib qolganini sezmayapsanmi?

7. G‘iybat, chaqimchilik va yolg‘on gapirish senga oson bo‘lib qolmadimi?

8. Alloh senga oxiratni unuttirib, eng katta g‘amingni dunyo qilib qo‘ymadimi?

9. Ramazon, shavvolning olti kuni, zulhijjaning o‘n kuni kabi savob mavsumlari kelganida sen ularni g‘animat bilmading-ku! Shu jazo emasmi?

Allohning jazolarining eng yengili seziladigan, bilinadigan jazolardir. Jazolarning og‘iri sezilmaydiganidir.

Allohning jazosi sezilishdan ancha yuqori turadi. Oxiratni unuttiradigan dunyo ila seni mashg‘ul qilib qo‘yishi Uning iqobidir. Oxirat ilmlarini tark qilish evaziga seni dunyo ilmlari ila mashg‘ul qilib qo‘yishi Uning iqobidir. Senga ko‘p mol-dunyo berib ammo toatning lazzatini bermasligi Uning iqobidir. Robbim biz sezmay turib qancha-qancha jazolar ila jazolaydi. Alloh saqlasin!
❤‍🔥47👍27🔥8🥰1
Yoshligingizda ota-onagiz sizga qilib berganlari uchun xursand bo’lasiz

Katta bo’lganizda esa, qilib bermaganlari uchun xursand bo’lasiz.

Xulosa larga shoshilmang.
👍53🔥18❤‍🔥12
RIZQ.

Hasan Basriy rohimahulloh aytadi:
“Rizqimni mendan o‘zga hech kim olmasligini bilganimdan so‘ng xotirjam bo‘ldim!”.

Imom Shofi’iy rohimahulloh aytadi:
“Kim agar rizq kuch bilan keladi deb o‘ylasa bilsinki, chumchuq burgut bor joyda hech narsa yeya olmas edi”.

Shayx Sha’roviy rohimahulloh aytadi:
“Seniki bo‘lgan narsa zaif bo‘lsangda senga keladi. Seniki bo‘lmagan narsaga kuchli bo‘lsangda erisha olmaysan!”.

Biz rizqning ma’nosini tor olganmiz. Uni faqat molda deb o‘ylaymiz. Bu xatodir va rizq mazmuniga yuzaki qarashdir. Ko‘p rizqlar borki, biz ularni rizq sanamaymiz. Chunki biz faqatgina cho‘ntakka kirgan narsani rizq deb o‘ylab qolganmiz. Go‘yoki boshqa narsa rizq emas.

Olamda qalbi tosh xotinlar ko‘p. Ammo seni uyda kutib o‘tiradigan mehribon umr yo‘ldoshing rizqingdir.

Dunyoda qalbi qattiq erkaklar ko‘p. Agar seni himoya qiladigan suyukli ering bo‘lsa bu sening rizqingdir.

Ota-onasiga oq farzandlar tiqilib yotibdi. Agar sening solih farzandlaring bo‘lsa bu sening rizqingdir.

Buzuq qizlar ko‘p olamda. Agar seni jannatga olib kiradigan soliha qizing bo‘lsa bu sening rizqingdir.

Qancha-qancha ko‘zlar uxlay olmaydi. Agar sen kechasi yaxshi uxlayotgan bo‘lsang bu sening rizqingdir.

Atrofing to‘la bemor. Agar sen sog‘ va salomat bo‘lsang bu sening rizqing.

Dunyoda oyog‘i kesilganlar ko‘p. Sening oyog‘ing butun bo‘lsa bu sening rizqing.

Atrofingda ko‘rlar ko‘p. Sening ko‘zlaring ochiq bo‘lsa bu sening rizqingdir.

Sening mehribon onang bor. Qancha-qancha bolalarning onasi yo‘q. Bu sening rizqingdir.

Yetimlar dunyoni to‘ldirib turganida sening otang bor. Bu sening rizqingdir.

Sayyoraning ko‘p joylarida kishilar ochlikdan o‘lmoqda. Sening esa yeyishga bir necha xil taoming bor. Bu sening rizqingdir.

Atrofingda birodarlaring bor. Olamda esa yolg‘iz insonlar qancha! Bu sening rizqingdir.

Farzandlaringni ko‘ksingga bosayapsan. Qancha-qancha onalar guldek farzandlarini qabrga qo‘yishgan. Bu sening rizqingdir.

Bashariyatning yarmi o‘qishni bilmaydi. Sen esa o‘qishni bilasan. Bu sening rizqingdir.

Senda qanday ovqat tayinlash tanlovi bor. Qancha –qancha ayollar ovqat qilishga masalliq topa olishmaydi. Bu sening rizqingdir.

Farzanding maktabga borganida qaytmasligidan xavotir olib qo‘lingni qalbing ustiga qo‘ymasliging rizqdir.

Qancha-qancha bemorlar ovqat yeyishdan mahrum bo‘lishganda sening ishtaha bilan ovqat yeyishing rizqdir.

Qancha-qancha ayollar bolalariga nonushta topib bera olishmayotgan paytda sen ertalab qahva ichib o‘tirishing rizqdir.

Olamda ko‘p rizqlar borki, ularning qiymatini mol bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Alloh senga taqsim qilib bergan rizqqa rozi bo‘l, ana shunda eng boy inson bo‘lasan.

Boshqalar qo‘lidagi narsalarga boqma, saodatli bo‘lasan!
🔥61❤‍🔥21👍19🤩3🎉1
HASAD

Nabiy sallollohu alayhi va sallam sahobalar bilan masjidda o‘tirgan edilar. Ularga dedilar:
-Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi chiqadi!
Shu payt ansorlardan bir kishi chiqdi. Uning soqollaridan tahoratining suvlari oqib turar edi.

Ertasi kuni ham Rasululloh sallollohu alayhi va sallam sahobalarga dedilar:
-Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi chiqadi!

Yana kechagi ansoriy kirib keldi.
Uchinchi kuni bo‘lganda yana Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:
-Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi chiqadi!-dedilar.
Masjidga yana o‘sha ansoriy kirib keldi!

Majlis tarqalgach, Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyollohu anhu o‘sha ansoriydan so‘radi:
-Men otam bilan xusumatlashib qoldim. Uch kecha uning uyiga kirmaslikka qasam ichdim. Shu uch kunda senikida qolsam bo‘ladimi?
Ansoriy:
-Marhabo! Xush kelibsan!-dedi.

Abdulloh uning uyida uch kun turdi. Ansoriy kechasi ham, kunduzi ham biror-bir ortiqcha nafl ibodat qilmadi. Faqatgina kechasi uyg‘onganida Allohni zikr qilib qo‘yar edi. Toki muazzin bomdodga azon aytgunicha ana shu holatda tong ottirdi. So‘ngra turib bomdodni o‘qidi!

Uch kun o‘tganidan so‘ng Abdulloh uning qiladigan amallarini oz deb o‘yladi va ansoriyga dedi:
-Men bilan otam o‘rtasida hech qanday xusumat va kelishmovchilik bo‘lmagan edi. Ammo uch kun Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Hozir sizning huzuringizga jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi kiradi!”, dedilar. O‘sha uch kunda ham sen kirib kelding. Sen bunga nima bilan erishganingni bilmoqchi bo‘ldim!

Ansoriy dedi:
-Ko‘rib turganingdek ortiqcha amalim yo‘q. Ammo menda mo‘min-musulmonlarga nisbatan g‘ash-aldov yo‘q, Alloh ularga bergan narsalarda qalbimda hasad yo‘q!
Abdulloh ibn Amr roziyollohu anhu unga dedi:
-Sen mana shu amaling bilan jannatga erishgansan. Biz toqat qila olmaydigan narsa ana shu!

Qalbingizni isloh qiling. Ana shunda farzlardan boshqa ibodatlar qilmasangiz ham sizga zarar bermaydi. Insonlarning boshiga kelgan narsa qalblarining xarobligidan kelgandir!

“Ammo menda mo‘min-musulmonlarga nisbatan g‘ash-aldov yo‘q!”.
Ya’ni, muomalada rostgo‘ylik, savdoda rostgo‘ylik, maslahatda rostgo‘ylik, nasihatda rostgo‘ylik...
Hadisda keladi: “Kim bizni aldasa bizdan emas!”.
“Alloh ularga bergan narsalarda qalbimda hasad yo‘q!”.

Shirkdan keyin qalbdan joy oladigan eng yomon narsa hasaddir. Hasad Allohga qilingan birinchi gunohdir. Iblisning Odam alayhis salomni yomon ko‘rib qolishiga, Alloh unga Odam alayhis salomga sajda qilishni amr qilganida sajda qilmaganiga sabab hasaddir! O‘shanda u o‘zini Odam alayhis salomdan afzal deb o‘ylagan, bu maqomga o‘zini munosib deb bilgan edi!

Alloh sizga bergan narsaga qanoat qiling, kishilarning eng boyi bo‘lasiz. Boshqalarning qo‘liga qaramang. Agar boshqalarga berilgan ne’matlarga qarayversangiz o‘zingizga berilgan ne’matlarga shukr qilish uchun vaqt topa olmay qolasiz.

Hadisda keladi: “Hasaddan saqlaninglar! Chunki hasad olov o‘tinni yegani kabi yaxshiliklarni yeb bitiradi!”.
❤‍🔥45👍19🔥4
⭐️Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalar!

🌬️Yurtimizda ob-havo salqinlashishi sababli har yili maktabimizda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan xayriya tadbirlarini bu yil ham o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz!

🙌🏻Agar siz ham ushbu savobli ishda biz bilan hamrohlik qilishni xohlasangiz 25-oktabr sanasigacha kiyish uchun yaroqli bo’lgan:
-erkaklar kiyimi
-ayollar kiyimi
-bolalar kiyimi
-bolalar o’yinchoqlarini
maktabimizga olib kelishingiz kerak bo‘ladi.

📍Olib kelingan kiyimlarni qabul qilib olish joyi va vaqti:
Sodiq school 15-25 oktabr 09:00-17:00


Ehson uchun yig‘ilgan kiyimlar maktabimiz hududida joylashgan mahalalardagi, uzoq viloyatlardagi ehtiyojmand oilalarga taqdim etiladi.

📌Yordamini pul ko’rinishida yetkazmoqchi bo’lganlar uchun:
8600 1402 9089 8619 (Uzcard)
4854 7007 1736 6169
(Visa)
Khasan Nasriddinov

Qilayotgan savobli ishingizning xayr-u barokati ziyoda bo’lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥7🥰4❤‍🔥3
SABABLAR.

Hunayn g‘azoti Nabiy sallollohu alayhi va sallamning g‘azotlari ichida alohida o‘ringa ega. Masofa qisqa edi. Dushmanning soni ham, quroli ham oz edi. O‘sha kuni go‘yo natija oldindan ayon edi. Raqib go‘yo oson yutiladigan taomday, g‘alaba esa faqatgina vaqt edi xolos

Demak g‘alabaning barcha sabablari muhayyo edi. Hatto sahobalar roziyollohu anhum ham: "Shu ozgina qo‘shindan mag‘lub bo‘lamizmi?!", deya ozroq g‘ururga berilishdi.

Ammo sabablarning Robbi bu ummatni tarbiyalashni iroda qildi. U bizga sabablarni olishni o‘rgatdi, ularga suyanishni emas. Zero nusrat Uning qo‘lida edi, qilich va nayzalarda emas.

Ikki qo‘shin to‘qnashdi. Jang avvalida musulmonlar mag‘lub bo‘la boshlashdi. Hatto ba’zilar qocha boshladi. Ana shunda Nabiy sallollohu alayhi va sallam tuyalari bilan shunday deya jangga kirishdilar:
"Men rostdan ham Nabiyman. Abdulmuttolibning zurriyodiman!".

Ana shundan so‘ng musulmonlar uyg‘onib suyukli Nabiylari sallollohu alayhi va sallamning atroflarini o‘rab olishdi. Robbilariga nisbatan niyatlarini isloh qilishdi. Nihoyat g‘alabaga erishishdi.

Hunayn va Badr o‘rtasini yengilgina solishtirish bizga g‘alabaning sirini ochadi.

Badrda barcha kuch-quvvat sabablari quraysh mushriklarida edi. Musulmonlar esa ozchilik bo‘lib barcha umidlarini Robbilariga bog‘lagan edilar. Alloh taologa iltijo qilishgan edi.

Musulmonlarning o‘sha kundagi ahvolini Hamza roziyollohu anhuning quraysh qo‘shiniga qarab aytgan gapi ifodalaydi:
"Oldimizda turganlar meni qo‘rqitmaydi. To‘g‘ri, ular bizdan ko‘p. Ammo biz iymonimiz bilan ulardan kuchlimiz!".

Mana shu Allohga suyanishdir, sabablarga emas. Sabablar mahkam tutiladi, ammo unga suyanilmaydi. Nusratni jalb qilgan narsa shudir. Alloh ularning qalbini sobit qilib farishtalar bilan quvvatladi.

Hunaynda esa urushga nisbatan qarashlar turlicha bo‘ldi. Dushmanni oz hisoblashdi. O‘zlarini katta tutishdi. Alloh ularni o‘z holiga tashlab qo‘ydi. Hatto musibat bo‘lishiga oz qoldi. Ammo musulmonlar Rabboniy odobni yana mahkam tutishgach, darsni tezlik bilan tushunishgach, sabablarga suyanishni tashlab qalblarini Allohga bog‘lagach dushmanlari oldida avvalgi siyratlariga qaytishdi.

Ummatga aytilgan gap yakka shaxslarga ham taalluqlidir. Kim Allohga e’timod qilsa Alloh sabablarni muhayyo qiladi. Ular Allohga bo‘lgan e’tiqodlari samarasini albatta ko‘rishadi.

Kim sabablarga suyansa Alloh uni sabablariga tashlab qo‘yadi. Alloh insonga ikki martta odob beradi:
1. Sabablarga suyanib qolsa.
2. Sabablarni butkul unutsa.

O‘rganing, harakat qiling! Ammo muvaffaqiyat Allohning qo‘lidadir. Imtihonga aqlingizga suyanib kirmang. Allohga suyanib kiring!

Muolaja qiling, davo qidiring! Ammo shifo Allohning huzurida ekanligini unutmang!

Ishlang, tijorat qiling! Ammo Razzoq Allohdan ekanini unutmang! Rizq Allohning huzurida. Ishlash va harakat esa rizqning eshigi xolos!

Inson modomiki "men", "meniki", "mendan", "menda" der ekan Alloh unga albatta uning "men"i qanchalar zaif ekanligini ko‘rsatadi. Bandaning huzuridagi narsalar qanchalar oz, qanchalar kuchsiz ekanligini anglatadi.

Agar banda "bu Allohniki", "men Alloh bilanman", "men Allohga qaytaman" desa Alloh u bilan bo‘ladi.
Alloh bilan bo‘laylik!

Adham Sharqoviy.
👍35❤‍🔥8🔥5🥰1
HAZIL

"Xotiningiz mag‘rurlanib o‘zidan ketaversa uni birinchi xotin martabasiga ko‘taring!".

Afrika maqoli
------------------

Tag‘in amal qilib qo‘ymang. Bu O‘zbeklarning emas, Afrikaliklarning maqoli!

P/s: Maqollar geografiyasini aralashtirmaylik, Afrikaga qoldiraylik bu qoidani! 🌍
👍47🤩10❤‍🔥7🔥5🎉3🥰1