Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.02K subscribers
493 photos
379 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Najot Ta'limdan yana bir yangi loyiha — Robbit!

Robbit akademiyasi 8-15 yoshli bolalar uchun robototexnika va AyTi kurslarini o'rgatishga ixtisoslashgan.

Akademiyaning asosiy maqsadi bolalar uchun kelajakda zarur bo'ladigan kreativlik, ixtirochilik, tanqidiy-tahliliy fikrlash ko'nikmalarini yoshlik chog'idan shakllantirishdir.

Robbit akademiyasining afzalliklari:
STEAM ta'lim metodikasiga asoslangan darslar;
• iqtidorli o'quvchilar xalqaro musobaqalarda bepul ishtirok etishi;
• maxsus tayyorlangan ustozlar dars berishi;
• bolalarda ilm-fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshiradi
.

Akademiya haqida batafsil ma'lumotni ushbu video orqali bilib oling:

👉 VIDEONI TOMOSHA QILISH

📞 78-777-3-777
👍18🥰6🤩4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diplomi boshqa, ishlayotgan sohasi esa boshqa bo’lgan 3 kishidan institut yoki yo’nalish tanslash haqida paradoksal maslahatlar. Tavsiya qilaman…

👇👇👇
To’liq videoni ko’rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥11❤‍🔥3
Forwarded from Maktabda bir kun…
9-sinf o’quvchimizning onasi bizdan hafa bo’lib murojaat qilibdilar:

“qizim nega IELTS dan 6,5 olyapti, natijasi pastku…”

Na hafa bo’lishni bilaman, na xursand bo’lishni….

Shunchaki kulib qo’ydim…)

@maktabda_bir_kun
🔥20👍9🤩7❤‍🔥4
👆👆👆
Maktab faoliyatiga bog’liq yangi kanal ochdim…
Unda ustozlik paytimda duch kelayotgan voqealar va ta’limga oid yangi ko’nikmalarni ulashib boraman….

Qiziq bo’lsa qo’shilib oling

@maktabda_bir_kun
🔥19👍4
Forwarded from Maktabda bir kun…
“G’azzoliy”

Bugun darsga bir o’quvchim kech qolib keldi.

- Nega kech qolding?
- uhlab qoldim. Kech uhlagan edim.
- nechida uhlading?
- 03: 00 da
- ungacha nima ish qilding?
- kino ko’rdim.
- qanday kino?
- ujas kino.
- Asadbek, kech uhlashini sababi uhlolmay chiqqaningdanmi yoki qo’rqqaningdanmi deb hazillashib o’tirishga ruhsat berdim.

Vohli yotib erta turishda baraka bo’lishi haqida Imom G’azzoliydan it va qo’ylar haqida so’ralgan savolni ibrat qilib aytmoqchi bo’lib gapni boshladim.

Imom G’azzoliydan so’rashgandi….
O’zi Imom G’azzoliyni taniysizlarmi deb savol berdim?

Sukunat.
Yoki hayo qilib, yoki bilmasdan javob bermayapsizlarmi deb qayta so’radim.

Yana jimlik.
Keyin individual 2-3 o’quvchidan so’radim. Bilishmadi.

Kech kelgan o’quvchimdan so’radim. Bilmadi.
Sinash uchun undan boshqacha usulda so’radim.
- harbiy bo’lganmi yoki yozuvchi?
- harbiy.
- kim bilan jang qilgan, Amir Temur bilanmi yoki Napaleon?
- Amir Temur bilan.

Boshqasidan so’radim.
- yozuvchi bo’lgan
- qaysi asarni yozgan, Otellonimi yoki Gamlet?
- Gamletni.

Yana boshqasi:
- manimcha shoir bo’lgan, sababi ismi G’azzoliy ekan, g’azal yozgan bo’lsa kerak.

Shu joyda suhbatni to’xtatdim. Bolalarga boshqa savol berdim.
Manqurt degan so’z bor, ma’nosini bilasizlarmi?

Ha bilamiz deb ko’pchilik aytdi. Ta’rifini to’g’ri aytishdi.

- Bolajonlar, agar biz o’z tariximizni bilmasak, o’z tilimizni anglamasak, o’z ajdodlarimizni, qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni unutsakmanqurtga aylanamiz. Bunday yashagan inson hayvondan faqri qolmaydi. Unday qilmanglar. Man bugungi javoblaringdan hafa bo’ldim deb gapimni tugatdim. Bolalar hijolatdan jimib qolishdi.

Keyin 2-3 boladan kelajakda kim bo’lishini so’radim. Maqsadlarini aytishdi. Bu suhbat ham biroz davom etdi. Bu haqda keyinroq batafsil yozaman.

Qo’ng’iroq chalinib qoldi. Darsni tugatdim. Bolalar uyga vazifani so’rashdi. Bugungi savollarga javob topib kelish deb xonadan chiqib ketdim.

Har safar darsni chiroyli tabassum bilan tugatar edim. Bu safar unday qila olmadim.

5-iyun, 2024
10-3 guruh.
Sodiq school
Toshkent.

@maktabda_bir_kun
👍58🔥21❤‍🔥10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Akmal aka bilan mazza qilib suhbatlashdik.
Maktab, xususiy ta’lim, chet elda o’qish va shu kabi mavzularda.
Vaqtingiz bo’lganida eshitib qo’yarsiz…
👍30🔥11❤‍🔥5
Shu kunlarda trendga chiqqan gap:
“Oddiylikda halovat bor”.

Buni biroz o’zgartirgan bo’lardim:
“Halollikda halovat bor”…
❤‍🔥113👍41🔥18🥰7🤩1
Forwarded from Maktabda bir kun…
Ilhomlantiring

So’ngi bir yarim oyda matematikadan 3-darajali guruhga maktabda dars o’tdim.

Ilk darsdan xis qildimki, bolalarda ishtioyq ancha pastlashib ketgan ekan. Buni davomat 52%, uy vazifalarni topshirish esa 37% ekanligidan tushunib olsa bo’lardi. Juda achinarli holat.

Bolalar bilan kelishib oldik. 2-darsdan davomat 95%ga, uy vazifalari esa 86% ga ko’tarildi.

10 ta mavzuni yaxshi o’zlashtirdik. Darsdan ortgan vaqtimizga jamoaviy IQ o’yin o’ynadik, xatto bitta darsda bolalar bilan volleybol o’ynadik ham.

Bolalar darsga ancha kirishib ketganligidan, avvalgi oylarda bajarilmagan uy vazifalarini ham topshirishni boshlashdi. Xayron qoldim

Eng quvonarlisi, bugun maktabimiz sifat nazorati bo’limi tomonidan may oyi uchun stipentiantlar taqdim etilganida, uchbu guruhdan naq 5 kishi bor ekanligini ko’rib, ochig’i juda xursand bo’ldim.

Dars davomida g’ayritabiiy hech narsa qilmagan, doimgiday qanday dars o’tsam shunday o’tgan edim.

Yagona qilgan ishim bolalarni ilhomlantirib, har bir harakatlarini rag’batlantirishni xohlagan edim. Sababini qilaver, natijani Alloh beradi degani shu bo’lsa kerak.

Xursandchiligimni sizlarga ham ulashib qo’ydim.

19-iyun, 2024
SS, Tosheknt
👍56🔥13❤‍🔥6🎉4
Kaizen metodi

Biznesda Kaizen metodi mavjud. Unga ko’ra isrofgarchilikni bartaraf etishga, mahsuldorlikni oshirishga va tashkilotning maqsadli faoliyati va jarayonlarida doimiy yaxshilanishga erishishga qaratilgan.

U quyidagi prinsip aspsida yuritiladi:

Rejala → Bajar → Tekshir→ Ijro et.

Bu Shewhart sikli, Deming sikli yoki PDCA (plan–do–check–act) sifatida ham tanilgan.

Buni o’z biznesida qo’llay olgan tadbirkorlar yuqori samaradorlikka erishishgan.
Do’stimiz Begzod aka ham Safia do’konlarini kengayishda Kaizenni o’rni beqiyos ekanligini tasdiqlagan edilar.

Shuni kunlik jarayonimizga qo’llash uchun kichik life hack:

Ishga (o’qishga) borib kelishda telefon o’ynash (ko’rish) o’rniga
- audio kitob tinglash
- podkast eshitish
- kunlik takrorlarni qilib ketish
👍31🔥5
Forwarded from Muhammad Kamil | Blog
Ko'z yoshga to'ldirdik

To'g'risi ko'zimga yosh keladi deb o'yalamagan edim. Bir tomondan hursandman 1 tomondan yurak o'rtanayabdi.

Bolalik tugadi hayotimning eng go'zal, muhim va Alloh tomonidan berilgan qiyinchiliklarga boy hayot so'qmog'i kutmoqda.

Lekin 1 yilgina bo'lsa ham birgalikda ta'lim olgan, qiyinchiliklar ko'rgan jigargo'sha bo'lib qolgan insonlar bilan ko'risha olmaslik odamni o'ylantirib qo'yar ekan. Qalbim yig'layabdi.

Sodiq School bu meni mendan qutqargan, sof sevgi nimaligini, atmosferaning insonga ta'sirini va odamlar shunchaki kelib ketmasligini tushuntira olgan hayotimni botqog'dan chiqarlilishida sabab bo'la olgan maskandir.

Sodiq School bu sodiqlar maktabi,
Sodiq School bu Muhammad Sodiqlar maskanidir.

25/06/2023
❤‍🔥55👍26🔥15
Bazan bilgan haqiqatlaringizdan ko’ra bilmagan haqiqatlaringiz voqelikga yaqinroq va muhimroq bo’ladi.

Bunday vaziyatda fitna bo’lmasligi uchun eng yaxshi yechim sukut hisoblanadi.
👍58🔥25❤‍🔥4
Forwarded from Maktabda bir kun…
Qaniydi…

Imom Buxoriy “Tarixi sag’iyr” kitobida Zayd ibn Aslam r.a. dan rivoyat qilgan:

Umar ibn Xattob bir to’p kishilar bilan o’tirganda, hamrohlariga qarab
“Orzu qilinglar dedilar”
Bir kishi, men bir uy to’la dirhamlarim bo’lishini xohlar edim, agar bo’lsa ularni Alloh yo’lida ehson qilar edim dedi.

Halifa aytdi, “Yana orzu qilinglar”
Yana bir kishi aytdi, men mana shu uy to’la oltinlarim bo’lishini va ularni Allohni yo’lida infoq qilishni xohlar edim dedi.

Halifa aytdi, “Yana orzu qilinglar”
Yana bir kishi aytdi, men mana shu uy to’la javharlarim bo’lishini vaularni Allohni yo’lida infoq qilishni xohlar edim dedi.

Halifa, yana orzu qilinlar dedi
Odamlar “Bundan boshqa orzularimiz yo’q” deyishdi.

Shunda Halifa aytdi, ammo men Mana shu uy to’la Abu Ubayda ibn Jarroh, Muoz ibn Jabal va Huzayfa ibn Yamon r.anhum kabi odamlar bo’lishini va ularni Allohni taoti uchun omil qilishni orzu qilardim dedi.
 
Men ham shunday degan bo’lar edim, qaniydi shu maktab to’la shu kabi bitiruvchilar bo’lsa, ramziy ma’noda maktabning eng ishonchli, eng ilmli va sirlarimiz sohibi kabi bo’lsa deb yana orzu qilaman.

Buni boshqa bitiruvchilarga ayta olmasam kerak…

Betayinlar hammanglarni sog’inaman.
Sizlarni buyuk yolg’oninglar bo’lmish “kelib turamiz” degan vadalaringa, garchi o’zimni aldasam ham, ammo yosh bolalardek ishonib yashayman.

Sababi sizlarni rostan ham kutaman, shuni unutmanglar.

Hurmat bilan “eng tartibli ustoz”laring…
 
🔥54👍17❤‍🔥8🥰6
EY XOIN!

Ibn Moja rohimahullohning “Sunan”ida keladi:
“Habashiston muhojirlari Makkaga qaytib kelgach, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ulardan so‘radilar:
-Habashiston zaminida bo‘lib o‘tgan qiziq narsalar haqida gapirib beringlar!

Sahobalardan biri dedi:
-Bir kuni gaplashib o‘tirgan edik. Oldimizdan bir rohiba kampir boshida ko‘za bilan o‘tib qoldi. Shunda o‘sha yerlik yigitlardan biri uning orqasidan kelib yelkasidan itarib yubordi. Kampir yiqilib ko‘za sinib ketdi. So‘ngra o‘rnidan turib yigitga qarab dedi:
-Ey xoin! Alloh taolo Kursisini qo‘ysa, avvalgilar va oxirigilarni jamlasa, qo‘l va oyoqlar qilmishidan so‘zlasa ana shunda bu qilmishing oqibatini ko‘rasan!

Shunda buni eshitgan Nabiy sallollohu alayhi va sallam dedilar:
-To‘g‘ri aytibdi, to‘g‘ri aytibdi. Zaifiga kuchlilaridan haqqini olib bermaydigan xalq qanday aziz bo‘lsin?!”.

Allohga hamdlar bo‘lsinki, oldinda qiyomat bor. U kun dahshatli bo‘ladi. Quyosh boshimizga yaqinlashtiriladi. U kunda shunaqa hodisalar bo‘ladiki, dahshatda yosh bolaning sochlari oqaradi. Alloh taolo otamiz Odam alayhis salomga: “Farzandlaringdan do‘zaxiylarini ajrat!”, deydi. O‘shanda har mingta odamdan bittasi jannatga, qolgani esa do‘zaxga ketadi.

Ammo o‘sha kun bo‘lmaganida hayotimiz yanada mashaqqatliroq bo‘lar edi. Bu mashaqqatli yo‘llardan o‘tishga mazlumlarning mana shu kunga bo‘lgan iymonlari dalda bo‘ladi!
“ Ey xoin!”.

O‘zingiz munosib bo‘lmagan mansabni pul bilan , qing‘ir yo‘llar bilan egallab olar ekansiz, siz xoinsiz. Hikoyangiz hali tugagani yo‘q. Qolgani oxiratda davom etadi!

Birovlarning molini nohaqdan o‘zlashtirayotganlar, aka-ukalarining merosdagi ulushini o‘zlashtirib olayotganlar, siz xoinsiz. Siz ishni shu yerda tugadi deb o‘ylayapsiz. Hali pardalar ko‘tariladigan kun keladi. Yeru-osmonlar Jabbori huzurida hali tik turasiz!

Pokiza ayollarga tuhmatlar qilganlar, pokiza qizlarimizning obro‘sini to‘kkanlar, siz xoinsiz. Siz “yetim jang”dagina g‘olib bo‘ldingiz. Hali urush tugagani yo‘q. Qolgani oxiratda davom etadi!

Xotiniga zulm qilganlar, ularning kunini qorong‘u qilganlar, siz xoinsiz. O‘ylamang, mazlum xotiningiz oxiratda sizga rahm qilib o‘tirmaydi. U yerda adolat qoim. Birovning haqqi birovda qolib ketmaydi!

Havoi-nafsini o‘ylab, ko‘ngil xushlash uchun “sevgi” nomi bilan boshqalarni aldab yurganlar, siz xoinsiz. U kunda mezon o‘rnatiladi. Ana o‘shanda qalbning nechog‘li tosh bosishini, Allohning nazdida qalbning o‘rnini qanaqaligini tomosha qilasiz!

Xodimlariga quldek muomala qiladigan, bir luqma beradigan taomi uchun ularni xorlaydigan, yuzlarining suvini to‘kilishiga sabab bo‘ladigan boshliqlar, siz xoinsiz. Erta qiyomatda jazoning o‘z jinsidan bo‘lishini hali tomosha qilasiz!

Ey pora oladigan sudyalar, mijozni aldaydigan muhandislar, puli yo‘q bemorlarni shifoxona eshigidan haydaydigan shifokorlar, ijara pulini vaqtida to‘lay olmagani uchun uysizlarni chiqarib haydaydigan boychalar, sehr va chaqimchilik bilan o‘zgalar uyini buzadigan ifloslar, qaynona va qaynotasiga zulm qiladiganlar, aka-ukalar orasini buzadigan kelinlar sizlar xoinsizlar.

Qiyomat aniq.
Habashistonlik kampirning “Ey xoin!”, degan gapini unutmanglar!
👍40🔥15❤‍🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Balki endi nolishni bas qilarsiz…
🔥40❤‍🔥19🥰10👍4
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Bitiruv marosimi eng hayajonli daqiqalardan biri. Shu hayajon ichidagi bitiruvchilarimizga qiziqarli savollar bilan yuzlandik

😃 “Chet elda o‘qish yoki BMW M5” shunday qiziq savollarga javoblar qiziq bo‘lsa videoni tomosha qiling

Ma’lumot olish uchun quyidagi raqam orqali bog'laning:
☎️ 788888080

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
sodiq.school
❤‍🔥24👍12🔥4🤩4
Afsus
Avvallari dunyoga chiqqan olimlarimiz mashhur edi, hozir esa shkafdan chiqqanlari…

P.s. kim edik, kim bo’ldik…
🔥91❤‍🔥11👍7🤩4