This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar bu video sizga ta’sir qilmasa, unda qalbizga “g’ufronaka” duosini o’qib qo’ying
Agar ta’sir qilsa unda Ijtimoiy tarmoqlarda to’kin dasturxonini reklama qilayotganlar,
Farzandini ovqat tanlash injiqligiga ko’z yumayotgan ota-onalar fikr qiling va eng kamida tiyiling…

❤🔥65👍16🔥6
Ustozlarga
Shogirdlaringizga narsalarning narxini emas, qiymatini o‘rgating.
Garchi butun dunyodagi dorilarni sotib olishga puling bo‘lsada, salomatlik qimmatroqdir.
Garchi eng qimmat mebel va divanlarni sotib olishga qodir bo‘lsangda, uyqu ulardan qimmatroqdir.
Dunyoning vijdonini sotib olishga puling bo‘lsada, vijdon qimmatroqdir.
Dunyoning yolg‘onlarini sotib olishga davlating bo‘lsada, rostgo‘ylik qimmatroqdir.
Mol bilan yo‘ldosh sotib olish mumkin, ammo do‘st sotib olib bo‘lmaydi.
Mol bilan yer sotib olish mumkin, ammo vatan sotib olib bo‘lmaydi.
Mol bilan oltin sotib olish mumkin, ammo suyukli yor sotib olib bo‘lmaydi.
Mol bilan uy sotib olish mumkin, ammo oila sotib olib bo‘lmaydi.
Ularga qiymatni qidirishni o‘rgating, narxni emas. Ularni inson qiling, mol jamlaydigan asbob emas. Mol hayot g‘ildiragi hisoblansada, hayot emas.
Dunyoda qiymatga ega, ammo narxi yo‘q narsalar bor:
Ona duosining narxi qancha?
Otaning shafqati narxi qancha?
Solih farzand va taqvodor qizning narxi qancha?
Seni o‘z olamiga aylantiradigan xotinning narxi qancha?
Seni o‘z olamiga aylantiradigan erning narxi qancha?
Kechaning yarmida turib o‘qiladigan ikki rakaat namozning narxi qancha?
Yashirin sadaqaning narxi qancha?
Suyukli insonning nasihati qancha?
Sadoqatli do‘stning narxi qancha?
Bu narsalarni sotib olib bo‘lmaydi!

👍88🔥32❤🔥22🎉4
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Iloji bölganida har bir yordamga bittadan kitob sovġa qilar edim… Qöllab yurborsangizlar xursand bo’lar edim…
Men tahsil olgan maktab ham g’olib bo’libdi. Ochig’i xursand bo’ldim. Ovoz bergan barchaga tashakkur.
👍49🔥7❤🔥4
Hasankhoja Muhammad Sodiq
TUZ HАQQI Usmoniylardan qolgan bir goʼzal odat bor. Erkak kishi Ramazon hayitidan uyiga qaytganida xotini uylarni tozalab, chiroyli kiyimlarini kiyib unga bir finjon qahva tutadi. Qahvani ichgan er uni boʼsh qaytarmaydi. Finjonning ichiga yo tilla uzuk,…
Shuni odatga aylantira olsak yaxshi bo’lar edi…
❤🔥23👍8
JAMIYAT
Agar ovqat yetkazib berish xizmati tez yordamdan avval kelsa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Agar maktab va kasalxonalar ta’mir bo’lishi uchun ko’chada ovozlar yig’ilsayu, hokimlar lyuks mashinalarni birgina qaror bilan sotib ololsa, bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Yuzdan ortiq kitoblar yozgan, asosiy vazifasi “uyg’otish” deb bilgan insonni hayotiga bag’ishlangan filmdan ko’ra, birorta kitob o’qimagan insonni uzun videosi ko’p ko’rilsa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Ta’limga mas’ul bo’lganlar ta’limda xolis xizmat qilayotganlarni o’zi jazolab tursa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Ayollari mardikor bozorda, taksichilikda, erkaklari esa o’zga yurtda qora ishlar qilib yursa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Ajdodlari otning egari bo’lganlarni avlodlari hozirda taqa bo’lsa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Haqni gapirganlar jarimalar to’lab, millatni qadri, nomusi va urf odatiga tupurib ifloslarcha gapirayotgan atlaschi “erkak”lar jazolanmasa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Aql egalaridan ko’ra jasadi kuchli bo’lganlar ko’proq qadrlansa, mukofotlansa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Farzandlari tarbiyasi uchun ko’rsatgan matonatlaridan ko’ra, jihozlarini va to‘y xarajatlarini gapirib yuradigan ayollar bo’lsa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Bu postni yozayotgan insonga ham…

🔥125👍32
Forwarded from Зиёвуддин Раҳим китоблари
Авваллари “лайк” босишга унча эътибор бермасдим. Энди имкон қадар маъқул келган пост, видео ва расмларга “лайк” босяпман ёки изоҳ ёзяпман. Чунки биз шундай ҳолатда турибмизки, бир-биримизни ҳар тарафлама қўллаб-қувватлашга, бирлашишга муҳтожмиз. Ҳозир талашиб-тортишадиган, беҳуда ихтилоф қўзғайдиган, бемаъни маълумотлар билан чалғийдиган вақт эмас. Миллат тақдири ҳал бўлиши мумкин масалалар атрофида ҳамжиҳат бўлишимиз, доим сергак ҳолда жаҳолатга, қабоҳатга, бузуқликка қарши бирга курашишимиз, юртни ёғийга бериб қўймаслигимиз керак... Киши билмас маънавий жанг кетмоқда. Майдон бўш қолмасин. Ғофил бўлишга ҳеч биримизнинг ҳаққимиз йўқ. Бу йўлда ҳар ким, ҳар бир соҳа вакиши ўз имконидан келиб чиқиб иш тутади, миллат учун, келажак авлод салоҳияти учун борини беришга интилади. Аллоҳ таоло бу йўлда барчамизга куч-қувват, ақл-идрок, фаҳм-фаросат ато этсин.
🔗 Ушбу маълумот сизга маъқул келган бўлса, уни яқинларингизга ҳам улашинг: https://t.iss.one/ziyovuddinrahimkitoblari

Telegram
Зиёвуддин Раҳим китоблари
Илм одоб билан камолига етади.
👍70❤🔥17🔥11
Ramazon, seni so’ginaman albatta, ammo aytishga uyalaman. Seni qadringcha hurmatingni qila olmadim. Loyiq bo’lganingcha amal qila olmadim. Baribir o’rning bo’lak.
Ramazon Hayiti, qalb sen olib kelgan sakinatni negadir avvalgidek xis qila olmadim. Sababini bilsang kerak. O’zing ularga nusrat barakangni ber.
Ayyomingiz muborak bo’lsin.

❤🔥103👍19🎉7🔥5🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko’p podkastlarda qatnashganman, ammo bunisida boshqacha bir mazza qilib suhbat qurdik. Balki mavzu matematikaga oid bo’lganidir. Ammo hamma ko’rishi kerak bo’lgan mavzular ko’tarilgan. Tavsiya qilaman.
To’liq videoni ko’rish
To’liq videoni ko’rish
🔥34👍14🤩7
Maktabimizda bolalarni ko’proq mohiyatni tushunishlariga, mantig’iga yetib borishlariga undaymiz. Har qanday odob doirasida ijod qilishlariga yo’naltiramiz. Ba’zan o’zim ham hayron qolaman, shu bizni o’quchilarmi deb. Siz ham ba’zilaridan bahra bo’ling deb sizga ulashmoqdaman.
Bu faqat rasmlari, yozgan fikrlarini keyinroq ulashaman…
Bu faqat rasmlari, yozgan fikrlarini keyinroq ulashaman…
Telegram
Sodiq School oʻquvchilari ijodi
Muallif: Muhammad Ali Gʻaybullayev (7-"A" sinf)
@ssijod
@ssijod
👍21❤🔥6
Forwarded from Sodiq School | Culture and Creativity Centre
🔥33❤🔥6👍4🤩2
Allohim bugun juda katta musibatdan o’zi saqlab qoldi. Alhamdulillah.
Farzandimni haqqiga duoda bo’lishingizni so’rab qolardim…

👍93❤🔥43
Xushyorlik
Maryamxon qizim bog’chaga boradi, uyda ukamni qizlari bilan birga o’ynaydi. Bolalik qilib so’ramasdan narsa olgan bo’lsa, bee’tibor qoldirmaylik degan maqsadda sumkasini onasi bilan birga tekshirdik.
Tabiiyki shubhamiz to’g’ri bo’lib chiqdi.
Qizimni chaqirdik, o’zidan o’yinchoqlar kimniki ekanligini so’radik. Opamniki deb javob berdi.
Boshqalardan so’ramasdan narsasini olish yaxshi emasligini, bu ishni boshqa qilmasligini, qayta qilsa undan hafa bo’lishimizni aytdim. Xo’p dedi. Keyin peshonasidan o’pib chiqib ketdim.
Kechasi onasi bilan suhbat davom etibdi. Noto’g’ri ish qilibmiz. Mendan hafa bo’libdi. Sababi o’yinchoqlarni opasini o’zi unga bergan ekan, uni ham chaqirib so’ramabmiz.
Shu gapni eshitdimu, biroz muzladim. 4 yashar qizim menga saboq berib qo’ymoqda. Men o’zimcha yaxshi ish qilaman deb kamchilikka yo’l qo’yibman.
Niyatni o’zi to’g’ri bo’lishi yetarli emas, uslub ham to’g’ri bo’lishi kerakligini qayta his qildim.
Mendan ko’ra qizim to’g’riroq ish qilganidan faxrlandim ochig’i

👍132❤🔥34🔥21🤩13🥰11
LIRIK ChЕKINISH.
KUYDIM
Men ishq elining nola-yu afg‘onida kuydim.
Ko‘ngil uyining otashi armonida kuydim.
Mehrin tilabon o‘tsa agar oshiqi zorlar,
Mehrimni berib men esa tovonida kuydim.
Mushkul edi yo‘l, ranj ila izhorig‘a yetdim,
Sizlar ko‘yida, men esa domonida kuydim.
Tashbehiga, holim budurur, o‘zga qiyos yo‘q,
Soch tolasiday choki giribonida kuydim.
Ishq ahli firog‘inda fig‘on etsa agar, men
Yonida yurib, yonida hijronida kuydim.
Dunyoyi azalning g‘azaliy matla’i buldur:
Boshlab hama ishni oni poyonida kuydim.
Ham mehnati, ham minnati, ham zahmati — borin
Jon jomig‘a jamlab, dag‘i ummonida kuydim.
Sirojiddin Sayyid
1988 yil.

👍31❤🔥18
Imkoniyatdan foydalaning
🔥 2023-yilda O’zbekistondagi "Eng yaxshi AyTi ta’lim markazi" nominatsiyasida g’olib bo’lgan «Najot Ta’lim» 18-may kuni katta yangilik e’lon qilish arafasida ekan. Bu qanday yangilik ekanligi juda qiziq.
👇 Ushbu yangilikni bilish va 50 ta sovg’alardan biriga ega chiqish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting.
🔗 Ro’yxatdan o’tish: 18-may.uz
Imkoniyatlar har doim ham bo'lavermaydi!
🔥 2023-yilda O’zbekistondagi "Eng yaxshi AyTi ta’lim markazi" nominatsiyasida g’olib bo’lgan «Najot Ta’lim» 18-may kuni katta yangilik e’lon qilish arafasida ekan. Bu qanday yangilik ekanligi juda qiziq.
👇 Ushbu yangilikni bilish va 50 ta sovg’alardan biriga ega chiqish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting.
🔗 Ro’yxatdan o’tish: 18-may.uz
👍22🔥3🤩1
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙️SS podcastimizning 3-soni
👀 Chet elda tahsil olmoqchi bo’lganlar albatta ko’rishi kerak
Mehmonlarimiz
Yusufbek Nasriddinov
Marifat Jamal
Hasanxo’ja Muhammad Sodiq
Podcastning to’liq holatini quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin
👇 👇 👇

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20❤🔥6👍5🥰1
Tanqidni qilishni yomon ko’raman, ammo ba’zi narsalar ushbu postni yozishga majbir qilmoqda. Aytishadiku, qorninga emas, qadringa yig’laysan deb.
2022-yilgi PISA natijalariga ko’ra, oxiridan 3-o’rinni egallagan ta’lim tizimimiz saviyasi haqida nafaqat o’zimiz, balki endi butun dunyo ham biladi.
86% o’quvchimiz “funksional savodsiz” deb berilgan xulosaga ko’ra, bizdagi ahvol fojiaviy, ammo ajablanarli emas.
Tasavvur qilyapsizmi, 9-sinf o’quvchilarimizni har 7 tadan 6 tasi savodsiz.
Tabiiy savol: kim/nima aybdor?
Bu savolga javob berishi kerak bo’lgan tashkilot, archani qanday bezatish kerakligi haqida emas, balki jiddiyroq ishlar bilan band bo’lishi kerak. Hech yo’qsa mutaxassislarni tavsiyasiga quloq solishi kerak.
Davlat maktablari binolarida ham mavjud bo’lmagan talablarni va standartlarni xususiy ta’limga majburiyat qilib qo’ymaslik kerak. Ularni o’ziga do’st va hamkor sifatida ko’rishi lozim.
NTM ning faoliyatiga, u yerda tahsil olayotgan o’quvchilar erishayotgan natijalar, bitiruvchilarni OTM larga kirish ko’rsatgichlari, xalqaro va mahalliy olimpiadalarda qo’lga kiritilayotgan yutuqlari orqali baho berilishi mantiqan to’g’ri ish bo’ladi.

Газета.uz
O‘zbekiston o‘quvchilar ko‘nikmasini baholash xalqaro dasturida ilk bor qatnashib, oxirgi o‘ntalikdan joy oldi
O‘zbekiston 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini xalqaro baholash dasturi (PISA)da ilk bor qatnashib, so‘nggi o‘ntalikka kirdi. Tadqiqot o‘quvchilar ko‘nikmalariga ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va…
🔥29👍19
Ulg’ayish
Kecha hayotimdagi eng muhim ishlardan birini qildim.
Onam bilan 5 soat vaqt o’tkazdim. Birga aylandik, bozorlik qildik, tushlik qildik.
Ko’p narsa haqida dildan suhbat qurdik. Yorqin xotiraga aylandi.
Ochig’i, o’zim juda mazza qildim. Balki bu, shu kungacha onam bilan birga o’tkazgan eng yaxshi damlarimdir, bilmadim.
Lekin bir narsani tushunib yetdim. Inson bu narsalarni anglashi uchun ulg’ayishi kerak, qadrlashi uchun esa yo’qotishi shart emas ekan.
Do’stim, tavsiya qilaman, sinab ko’ring. Afsuslanmayiz.
Faqat sharti, o’sha vaqtda boshqa hech narsaga chalg’imang: ishga, telefonga…

❤🔥114👍36🥰5🤩3