Hasankhoja Muhammad Sodiq
O’zim tahsil olgan maktab tamiri uchun open budjetda ovoz yig’ishda yordam berishingizni iltimos qilar edim. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/511eb9ab-ae5a-4bc6-82d9-7fa3bbb8fed8 https://bit.ly/ochiq_budjet
Iloji bölganida har bir yordamga bittadan kitob sovġa qilar edim…
Qöllab yurborsangizlar xursand bo’lar edim…

👍58🔥7
Forwarded from Sodiq School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩Yangi loyihaga asos soldik – SS podcast
Samimiy suhbat
✅1-son.
Bu sonda biz ona tili va tilshunoslik orasidagi farq, darsliklar, davlat tili, alifbo va yozuv turlarining o‘zgarish tarixi hamda oqibatlari, yangi lotin alifbosi islohi haqida suhbatlashdik.
Katta xatoliklarga sabab bo‘luvchi “yumshoq” h va “qattiq” x haqida ham fikrlashdik.
P.S. Tilshunos sifatida qancha pul ($) topish mumkinligi haqida mutaxassisdan javob ham bor. Aytish kerakki, katta summa.
Spikerlar:
Orif Tolib
muharrir, @oriftolib sahifasi asoschisi
Mansur Siddiqov
"Sodiq school" maktabi o‘qituvchisi, ona tili darsliklari muallifi
Shokir Tursun

Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq
“Sodiq school” maktabi asoschisi
https://youtu.be/tcFEBGkWGJo?feature=shared

👍20🤩7❤🔥5🔥5
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Albatta dunyo shirindir. Alloh esa qilayotgan amallaringizga qaraydi. Bas, shunday ekan, (mol-)dunyodan, ayollardan ehtiyot bo‘linglar! Sababi bani Isroilda eng birinchi fitna ayollar (sababi)dan boshlangan”, deyilgan (Muslim rivoyati).
Yana bir boshqa hadisda: “Men o‘zimdan keyin erkaklar uchun ayollardan ko‘ra zararliroq fitnani qoldirmadim”, deyilgan (Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyati).

❤🔥34👍17🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar bu video sizga ta’sir qilmasa, unda qalbizga “g’ufronaka” duosini o’qib qo’ying
Agar ta’sir qilsa unda Ijtimoiy tarmoqlarda to’kin dasturxonini reklama qilayotganlar,
Farzandini ovqat tanlash injiqligiga ko’z yumayotgan ota-onalar fikr qiling va eng kamida tiyiling…

❤🔥65👍16🔥6
Ustozlarga
Shogirdlaringizga narsalarning narxini emas, qiymatini o‘rgating.
Garchi butun dunyodagi dorilarni sotib olishga puling bo‘lsada, salomatlik qimmatroqdir.
Garchi eng qimmat mebel va divanlarni sotib olishga qodir bo‘lsangda, uyqu ulardan qimmatroqdir.
Dunyoning vijdonini sotib olishga puling bo‘lsada, vijdon qimmatroqdir.
Dunyoning yolg‘onlarini sotib olishga davlating bo‘lsada, rostgo‘ylik qimmatroqdir.
Mol bilan yo‘ldosh sotib olish mumkin, ammo do‘st sotib olib bo‘lmaydi.
Mol bilan yer sotib olish mumkin, ammo vatan sotib olib bo‘lmaydi.
Mol bilan oltin sotib olish mumkin, ammo suyukli yor sotib olib bo‘lmaydi.
Mol bilan uy sotib olish mumkin, ammo oila sotib olib bo‘lmaydi.
Ularga qiymatni qidirishni o‘rgating, narxni emas. Ularni inson qiling, mol jamlaydigan asbob emas. Mol hayot g‘ildiragi hisoblansada, hayot emas.
Dunyoda qiymatga ega, ammo narxi yo‘q narsalar bor:
Ona duosining narxi qancha?
Otaning shafqati narxi qancha?
Solih farzand va taqvodor qizning narxi qancha?
Seni o‘z olamiga aylantiradigan xotinning narxi qancha?
Seni o‘z olamiga aylantiradigan erning narxi qancha?
Kechaning yarmida turib o‘qiladigan ikki rakaat namozning narxi qancha?
Yashirin sadaqaning narxi qancha?
Suyukli insonning nasihati qancha?
Sadoqatli do‘stning narxi qancha?
Bu narsalarni sotib olib bo‘lmaydi!

👍88🔥32❤🔥22🎉4
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Iloji bölganida har bir yordamga bittadan kitob sovġa qilar edim… Qöllab yurborsangizlar xursand bo’lar edim…
Men tahsil olgan maktab ham g’olib bo’libdi. Ochig’i xursand bo’ldim. Ovoz bergan barchaga tashakkur.
👍49🔥7❤🔥4
Hasankhoja Muhammad Sodiq
TUZ HАQQI Usmoniylardan qolgan bir goʼzal odat bor. Erkak kishi Ramazon hayitidan uyiga qaytganida xotini uylarni tozalab, chiroyli kiyimlarini kiyib unga bir finjon qahva tutadi. Qahvani ichgan er uni boʼsh qaytarmaydi. Finjonning ichiga yo tilla uzuk,…
Shuni odatga aylantira olsak yaxshi bo’lar edi…
❤🔥23👍8
JAMIYAT
Agar ovqat yetkazib berish xizmati tez yordamdan avval kelsa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Agar maktab va kasalxonalar ta’mir bo’lishi uchun ko’chada ovozlar yig’ilsayu, hokimlar lyuks mashinalarni birgina qaror bilan sotib ololsa, bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Yuzdan ortiq kitoblar yozgan, asosiy vazifasi “uyg’otish” deb bilgan insonni hayotiga bag’ishlangan filmdan ko’ra, birorta kitob o’qimagan insonni uzun videosi ko’p ko’rilsa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Ta’limga mas’ul bo’lganlar ta’limda xolis xizmat qilayotganlarni o’zi jazolab tursa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Ayollari mardikor bozorda, taksichilikda, erkaklari esa o’zga yurtda qora ishlar qilib yursa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Ajdodlari otning egari bo’lganlarni avlodlari hozirda taqa bo’lsa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Haqni gapirganlar jarimalar to’lab, millatni qadri, nomusi va urf odatiga tupurib ifloslarcha gapirayotgan atlaschi “erkak”lar jazolanmasa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Aql egalaridan ko’ra jasadi kuchli bo’lganlar ko’proq qadrlansa, mukofotlansa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Farzandlari tarbiyasi uchun ko’rsatgan matonatlaridan ko’ra, jihozlarini va to‘y xarajatlarini gapirib yuradigan ayollar bo’lsa, demak bu jamiyatga havas qilib bo’lmaydi…
Bu postni yozayotgan insonga ham…

🔥125👍32
Forwarded from Зиёвуддин Раҳим китоблари
Авваллари “лайк” босишга унча эътибор бермасдим. Энди имкон қадар маъқул келган пост, видео ва расмларга “лайк” босяпман ёки изоҳ ёзяпман. Чунки биз шундай ҳолатда турибмизки, бир-биримизни ҳар тарафлама қўллаб-қувватлашга, бирлашишга муҳтожмиз. Ҳозир талашиб-тортишадиган, беҳуда ихтилоф қўзғайдиган, бемаъни маълумотлар билан чалғийдиган вақт эмас. Миллат тақдири ҳал бўлиши мумкин масалалар атрофида ҳамжиҳат бўлишимиз, доим сергак ҳолда жаҳолатга, қабоҳатга, бузуқликка қарши бирга курашишимиз, юртни ёғийга бериб қўймаслигимиз керак... Киши билмас маънавий жанг кетмоқда. Майдон бўш қолмасин. Ғофил бўлишга ҳеч биримизнинг ҳаққимиз йўқ. Бу йўлда ҳар ким, ҳар бир соҳа вакиши ўз имконидан келиб чиқиб иш тутади, миллат учун, келажак авлод салоҳияти учун борини беришга интилади. Аллоҳ таоло бу йўлда барчамизга куч-қувват, ақл-идрок, фаҳм-фаросат ато этсин.
🔗 Ушбу маълумот сизга маъқул келган бўлса, уни яқинларингизга ҳам улашинг: https://t.iss.one/ziyovuddinrahimkitoblari

Telegram
Зиёвуддин Раҳим китоблари
Илм одоб билан камолига етади.
👍70❤🔥17🔥11
Ramazon, seni so’ginaman albatta, ammo aytishga uyalaman. Seni qadringcha hurmatingni qila olmadim. Loyiq bo’lganingcha amal qila olmadim. Baribir o’rning bo’lak.
Ramazon Hayiti, qalb sen olib kelgan sakinatni negadir avvalgidek xis qila olmadim. Sababini bilsang kerak. O’zing ularga nusrat barakangni ber.
Ayyomingiz muborak bo’lsin.

❤🔥103👍19🎉7🔥5🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko’p podkastlarda qatnashganman, ammo bunisida boshqacha bir mazza qilib suhbat qurdik. Balki mavzu matematikaga oid bo’lganidir. Ammo hamma ko’rishi kerak bo’lgan mavzular ko’tarilgan. Tavsiya qilaman.
To’liq videoni ko’rish
To’liq videoni ko’rish
🔥34👍14🤩7
Maktabimizda bolalarni ko’proq mohiyatni tushunishlariga, mantig’iga yetib borishlariga undaymiz. Har qanday odob doirasida ijod qilishlariga yo’naltiramiz. Ba’zan o’zim ham hayron qolaman, shu bizni o’quchilarmi deb. Siz ham ba’zilaridan bahra bo’ling deb sizga ulashmoqdaman.
Bu faqat rasmlari, yozgan fikrlarini keyinroq ulashaman…
Bu faqat rasmlari, yozgan fikrlarini keyinroq ulashaman…
Telegram
Sodiq School oʻquvchilari ijodi
Muallif: Muhammad Ali Gʻaybullayev (7-"A" sinf)
@ssijod
@ssijod
👍21❤🔥6
Forwarded from Sodiq School | Culture and Creativity Centre
🔥33❤🔥6👍4🤩2
Allohim bugun juda katta musibatdan o’zi saqlab qoldi. Alhamdulillah.
Farzandimni haqqiga duoda bo’lishingizni so’rab qolardim…

👍93❤🔥43
Xushyorlik
Maryamxon qizim bog’chaga boradi, uyda ukamni qizlari bilan birga o’ynaydi. Bolalik qilib so’ramasdan narsa olgan bo’lsa, bee’tibor qoldirmaylik degan maqsadda sumkasini onasi bilan birga tekshirdik.
Tabiiyki shubhamiz to’g’ri bo’lib chiqdi.
Qizimni chaqirdik, o’zidan o’yinchoqlar kimniki ekanligini so’radik. Opamniki deb javob berdi.
Boshqalardan so’ramasdan narsasini olish yaxshi emasligini, bu ishni boshqa qilmasligini, qayta qilsa undan hafa bo’lishimizni aytdim. Xo’p dedi. Keyin peshonasidan o’pib chiqib ketdim.
Kechasi onasi bilan suhbat davom etibdi. Noto’g’ri ish qilibmiz. Mendan hafa bo’libdi. Sababi o’yinchoqlarni opasini o’zi unga bergan ekan, uni ham chaqirib so’ramabmiz.
Shu gapni eshitdimu, biroz muzladim. 4 yashar qizim menga saboq berib qo’ymoqda. Men o’zimcha yaxshi ish qilaman deb kamchilikka yo’l qo’yibman.
Niyatni o’zi to’g’ri bo’lishi yetarli emas, uslub ham to’g’ri bo’lishi kerakligini qayta his qildim.
Mendan ko’ra qizim to’g’riroq ish qilganidan faxrlandim ochig’i

👍132❤🔥34🔥21🤩13🥰11