Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.97K subscribers
493 photos
381 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
#qornimga_emas

Yoshligimizda dodam va buvim boshlaridan qiyin damlarni o’tkazganliklarini, sinovli kunlarga sabr bilan bardosh berganliklari haqida ko’p gapirib berishgan.

Bu kabi ko’plab asosli hikoyalarni eshitib, men esa hayron qolar edim, shunaqa ham bo’lishimi mumkinmi deb.

Ajib. Bizni nevaralar ham zerikib qolmaydiganga o’xshamoqda. Hali ular bizdanda ko’p hayratlanishsa kerak…
👍85🔥19❤‍🔥15🥰3
#sarkazm

Aslida 2023-yil juda ham yomon o’tmadi. Bunga tez orada guvoh bo’lasiz…
🔥70👍13🤩3
Shaxmat

Shaxmatdagi dastlabki 3 yurishdagi xato o’yin oxirigacha ta’sir qiladi.

Hayotda ham shunday. Dastlabki uch yurish bular:
ustoz (ta’lim) , ilm (kasb) va uylanish (juft)

Shu uchchalasida xato qilishing shart emas, birortasida xato qilsang ham yetarli.

Xushyor bo’l. Yoshliging, vaqting, sog’lig’ing va kuching. Shu to’rt narsani qanday ishlatganing javobini berasan. O’lib ham qutulmaysan. Qocha olmaysan.

O’rtacha umrni 75 yosh desak, 25 yoshgacha nima olgan bo’lsang, qolgan 50 yil shunga to’g’ri proporsional bo’ladi.

Kitob o’qimayapsan, til o’rganmayapsan, shogird bo’lib hunar orttirmayapsan.

Alam qilsin, ertaga bundanda ko’p alam qiladi.
Huddi men kabi…
🔥80👍26❤‍🔥10
O’zlashtirish piramidasi

Bir mavzuni/sohani yaxshi o’zlashtirish bosqichlari.

1. Leksiya eshitsangiz - 5%
2. Kitob o’qisangiz - 10%
3. Video/podcast eshitsangiz - 20%
4. Demonstratsiyada - 30%
5. Muhokama qilsangiz - 50%
6. Ko’p mashq qilsangiz - 75%
7. Dars bersangiz - 90%
8. Kitob yozsangiz - 99%

Nega uyga vazifa qilish kerak?
Nega podcastlar rivojlanmoqda?
Nega ba’zi ustozlarni darsi zerkarli?
Nega sheriginga o’rgatishing kerak? degan savollarga yetarli javob shu yerda.

P.s. Ilm o’rganayotganlarga foydali bo’lgani uchun ulashib qo’ydim.
👍120🔥43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥136👍34🤩8❤‍🔥5🎉3
Javobingizni kutib qolaman!
🔥97👍25🤩2
Foydali to’siqlar

Bu so’zni odatda negativ uchun ishlatamiz.

Ba’zi to’siqlar borki, u inson foydasi uchundir, aniqrog’i yaxshi ham bor.

Safardamiz. Bolalar bilan baland binoning yuqori ochiq maydonli qavatiga chiqdik. Katta joy. Bolalar bemalol yurishdi.

Pol qismi shaffof oynadan yasalgan kichik qismidan biroz qo’rqishdi. Dadil yura olishmadi. Joy ham, tepalik ham o’zgarmadi,

Bu holat kanatda ham takrorlandi.

Hayot ham shunday. Undagi ba’zi (ko’zdagi parda, jinlar ko’rinmasligi uchun) to’siqlar bizni foydamiz uchun. Borligi bizni hotirjam qiladi.
🔥50👍17❤‍🔥11
Forwarded from Xushnudbek.uz
Rossiyaning bosqinchi propagandasi Markaziy Osiyo xalqlariga, jumladan, o‘zbeklarga ochiqdan-ochiq tahdid qilmoqda

Yaqindagina Zaxar Prilepin ismli ahmoq O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqida gapirgan edi. Va buni zaldagi boshqa ruslar qarsak chalib qo‘llab-quvvatlagandi.

Endi esa auditoriyasi katta bo‘lgan NTV telekanalida Mixail Smolin degan tovuq miya “1917-yilgacha o‘zbek va qozoq millat sifatida mavjud bo‘lmagan (ozarbayjonlar ham), rus inqilobidan keyin bu millatlar sunʼiy yaratilgan” debdi. Videosini kanalda berib o’tirmayman (menimcha, ko’rib ulgurdingiz), bunaqa jirkanch narsalarni tarqatishni xohlamayman.

Bu kabi holatlar shunchaki tasodif ekanligiga ishonish uchun aqli noraso bo‘lish kerak. Sog‘lom odam bularning barchasi nima uchun qilinayotganini yaxshi biladi. Chunki Ukrainaga bosqin ham aynan mana shu kabi umumiy tezislar asosida boshlangan. Yaʼni uzoq yillar shovinistik propaganda mashinasi tomonidan Ukrainaning davlatchilik tarixi yo‘qligi, millat sifatida mavjud emasligi, Lenin yaratgan sunʼiy davlat ekanligi haqidagi cho‘pchaklar rus xalqi ongiga singdirilgan va bugun buning oqibatini hammamiz ko‘rib turibmiz.

‼️ O‘rtoqlar, buni jiddiy qabul qilishimiz, hushyor bo‘lishimiz, kerakli choralarni ko‘rishimiz kerak. Uyg‘onaylik, xaloyiq, uyg‘onaylik! Ko‘zimizni kattaroq ochaylik. Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish uchun aqlimizni ishlataylik. Agar hozir aqlimizni ishlatmasak, ertaga Vatan himoyasi uchun qurol ishlatishga majbur bo‘lib qolamiz.

Nega biz mana shunaqa isqirtlarga qarshi biror chora ko‘ra olmaymiz? Nega doim rus shovinistlariga qarshi muloyim va bag‘rikeng munosabatda bo‘lamiz? Nega Rossiya elchisini “chaqirtirmaymizu”, shunchaki “taklif etamiz”? Nega butun boshli O‘zbekistonni bosib olish haqida gapirganlarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atmaymiz? Nega o‘zbek xalqini yerga urganlarni O‘zbekistonga kirishini taqiqlash haqida qarorlar qabul qilmaymiz? Nega doim qo‘rqib yashashimiz, “katta og‘a” nima derkin deb, og‘zini poylab turishimiz kerak?

Ijtimoiy tarmoqlarda ham doim Rossiyaning yonini oladigan, u nima qilsa to‘g‘ri deb hisoblaydigan va ming afsuski, millionlar afsuski, milliardlar afsuski, hatto O‘zbekistonni Rossiya bosib olishini ham qo‘llab-quvvatlaydigan yurtdoshlarimiz ham borki, ular ham ko‘zlarini ochishlari kerak. Sal odamga o‘xshab mantiqiy fikrlashni boshlashi, pushti ko‘zoynakni yechishi kerak. Vatanini sevishi kerak. Buning uchun esa eng avvalo iflos rus propaganda telekanallarini O‘zbekistonda cheklash kerak. Bu ilk qadam bo‘lishi shart!

Hooooy, g‘aflat uyqusidan uyg‘oninglar!


👉 @xushnudbek 👈
👍90🔥16❤‍🔥6
Prinsip

Ustozlardan eshitgan bir qoidam bor. Shuni hayot prinsipimga aylantirishga harakat qilaman, garchi zo’r uddalay olmasam ham.

Foniyga bog’lnagan narsa foniydir,
Boqiyga bog’langan narsa boqiydir.

Niyat, ish, amal, kasb, so’z, hammasi shu qoidaga buysunadi.

Foniy narsa bu - nafsdir, unga yoqmagan har narsada hayr bordir*.

Mezon shu bo’lishi kerak. Bu haqida eslatma ham bor (91, 9-10).
👍58🔥21❤‍🔥16
Forwarded from Ibrat Farzandlari
Siz kutgan intervyu!

🤵 Sodiq school" xususiy maktab asoschisi Hasanxo'ja Muhammad Sodiq bilan bo'lgan maxsus intervyu YouTube sahifamizga joylandi.

Quyidagi havola orqali hoziroq tomosha qilishingiz mumkin.

➡️ https://youtu.be/9k4ovML8eUE

P. S. SAT imtixoniga tayyorlanyotgan do'stlaringizga yuborib qo'ying, foydali bo'lishi aniq))

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28❤‍🔥8🔥2🎉1
Hech bir ota bu holatga rozi bo’la olmaydi, agar rozi bo’lsa, demak u haqiqiy ota emas.
Ammo barcha otalar esa hotirjam uxlamoqda…

P.s. bu postda ota=ummat
❤‍🔥78🔥23👍15
Shu qoidaga amal qilib doim yutdim.

Tavsiya qilaman…
❤‍🔥65👍25🔥12🤩4🎉2
Siqilib qolsangiz ushbu satrlarni qayta o’qing.

Qulga balo kelmas,
Haq yozmaguncha!
Haq balo yozmas,
Qul yoʻldan ozmaguncha!
Haq quldan intiqom,
Qul ila olur!
Dinu irfon bilmagan,
Buni Quldan (deb) bilur...

Mavlono Jaloliddin Rumiy

Qadarda bo‘lmasa boshingizga balolar kelmasdi. Bir tashvish keldimi, Allohdan deb, shunga ko‘ning. Zero, Yaratgan bandasidan intiqomni bandasi ila olur...
❤‍🔥90👍39🔥15
O’zi oson qilsin, yengillik bersin. Mushkulotdan tez orada qutulsinlar. Samimiy duodaman.
❤‍🔥100👍31🔥12🤩1
Better late than never. But never late is better...
👍67🔥27❤‍🔥7🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Uyg’onganda turadigan bo’lsa odamning umri o’tib ketadi”

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari
❤‍🔥60👍27🔥14
Rahbarlik

Uhud jangida maydonni tashlab uch kun Jalʼob togʼlarida turgan Usmon ibn Аffon(r.a) qaytib kelganlarida, Rasullulloh(salomlarimiz va duolarimiz boʼlsin) u kishiga qarab: “Siz togʼning etagini makon tutib bizdan uzoqlashdingiz” dedilar.

Xulqlari Qurʼon boʼlgan, Rasuli Аkrom(s.a.v)ga bir emas, ikki bor kuyov boʼlib “Zinnurayn” maqomlarini olgan Hazrati Usmondek jannatning mujdasini barhayot vaqtlarida olgan inson “Jasadlarimiz ustiga qushlar qoʼnganini koʼrsangiz ham, mendan buyruq kelmagunicha joyingizdan qimirlamang!" degan amrni eshitganlariga qaramay, jang maydonini tashlab ketib, xatoga yoʼl qoʼyib qoʼydilar.

Bu qilmishlariga nisbatan Janobi Paygʼambarimiz(s.a.v)ning jazolari esa ogʼriqli bitta tanbeh boʼldi, xolos. Xozir atrofimdagi, qoʼlostimdagi baʼzi insonlarning xatosini shu xatolik bilan taqqoslab koʼrib hukmining yengilligini, mening ularga bergan tanbehlarim Rasululloh(s.a.v)ning soʼzlaridan ancha ogʼirligini bilib, oʼzimda behad pushmonlik sezayapman...
👍59❤‍🔥25🔥8🤩2