Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.96K subscribers
493 photos
381 videos
9 files
737 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Forwarded from Sodiq Academy | Rasmiy kanal (Shohjahon Alimov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAT darslarni o’zi yetarlimi?

Ko’p o’quvchilarda uchraydigan muammolardan biri shuncha-ki SAT testidan tashqari GRANT yutish uchun kerak bo’ladigan muhim ko’nikmalarni yoddan chiqarishlari.

Siz nafaqat SAT dan yuqori ball, balki GRANT yutishingiz muhim.

Bu borada biz sizga nafaqat SAT dan saboq beramiz, balki sizni kelajak uchun ham tayyorlaymiz.

📞Ma’lumot uchun:

+998 90 819 22 22

@sodiq_academy
👍11🔥3🤩1
Yaqinda uzoq davom etgan safardan qaytdim.
Bir tanishim juda ko’p narsalar olib kelgandirsan deb so’rab qoldi. Men esa, bir chemadon bilan ketib ikki chamadon bilan qaytganimni aytdim. U tabiiyki nimalar olganimni so’radi. Javobim esa uni hayratlantirdi. Bir chemadon kitob, ya’ni 86 ta kitob, 23 ta mashhur gazeta, 8 ta jurnal va ularni tahminiy narhi 1680$ ni tashkil qiladi. Shuncha pulga Iphone 15 pro max olsa bo’ladiku deydi.
To’g’ri aytyapsan deb barchasiga kulib qo’ydim…)

P.s. maktabdagi o’quvchilar maza qiladigan bo’lishdi…
❤‍🔥124👍59🤩23🔥22🎉2
Bo’ydoqqa maslahat

Uchrashuvda quyidagilarga e’tiborli bo’l

• O’zini chiroyli ko’rsatishga harakat qilmaydigan bo’lsin (Qanday makiaj qilganidan aniqlab olish mumkin)

• Qomatini berkitadiganini qidir.
(Keng kiyinganidan aniqlab olish mumkin)

• Qaysidur institutni tugatgan bo’lishi shartmas, lekin ilmga qiziqadigan bo’lsin.
(Oxirgi o’qigan kitoblari ro’yhatidan aniqlab olish mumkin)

• serial, ashula va vaynlarga qiziqss, izlashda davom etaver. 
(Bo’sh paytida nima ish qilishini so’rab aniqlash mumkin)

• artist, qo’shiqchi va vaynchilarni yaxshi tanisa, tanlovingni almashtirish haqida o’ylab ko'r
(Kimlarni yoqtirishi, kumirlari haqida so’rab aniqlab olish mumkin)

• silai-rahmni yaxshi ko’radiganni tanlash kerak
(Ota-ona bilan turish va alohida turishni +/- lari haqida savol berib aniqlab olish mumkin)

• ertalab ishga emas, bomdodga uyg’ota oladiganini tanla
(Asr namozini vaqti nechchida o’qilayotgan edi deb bilib olish mumkin)

Va eng muhimi o’zingni to’g’irlab ol. Shu savollarni ba’zilari senga ham berilsa javobing qanday bo’ladi.

Bomdod payti pishillab uxlab yotadigan bola soliha qiz qidirishi aptekaga kirib kolbasa so’rashdek ish…
(Unutma 24:26)

P.s. bu dastlabki xulosalar uchun kerak. Keyingi bosqich xulosalar uchun alohida post yozarman. Hafsala qila olsam albatta…
🔥195👍61🤩12❤‍🔥9🎉2
- Qishni yaxshi ko’rasanmi?
- Yo’q!
- Nega?
- Yoshligimda etigim bo’lmagan…
❤‍🔥142👍46🔥30🥰3
Telefon
Ba’zi tavsiyalar

1. Telefon qildingiz. Ko’tarmadi. Darrov yana qaytib qilmang. Agar shoshilinch bo’lsa, nega qilganingiz haqida SMS yozing. Qayta qo’ng’iroqni 20-30 daqiqada amalga oshiring.

2. Ikkinchi liniyaga tushsangiz, darrov o’chiring. Ko’targuncha kutmang. Ikki kishi suhbatiga aralashuv hisoblanadi.

3. Vaqtga qarang. Telefon qilayotgan odamingiz shu vaqtda aynan bir ish bilan band bo’lishini bilsangiz, qilmang balki biroz kuting. Misol uchun, namoz vaqtida telefon qilmang.

4. Odatdagi telefon qilish diapazoni 07:00-22:00.

5. Telefonni ko’targanida, gapni cho’zib yubormang. Biroz salomlashing va nega qilganingiz haqida darrov ma’lumot bering.

6. Agar suhbat uzoq davom etishini bilsangiz, avval sherigingizni ogohlantiring, ya’ni, tahminan 10-15 daqiqa vaqtingiz bormi deb so’rang.

7. Suhbatni “Alo” dan ko’ra, “Assalomu alaykum” dan boshlagan ma’qul.

8. Javob berilmagan qo’ng’iroqlarga, albatta qaytib qiling. SMS ga ham

9. Agar antena uziladigan joyda bo’lsangiz, yoki telefoningiz quvvati oz bo’lsa, avvaldan ogohlantirib qo’ying “telefonim o’chib qolishi mumkin” deb

10. Telefon uzulib qolsa, telefon qilganni qaytib qilishini biroz kuting. Qilmasa, keyin siz qaytib qiling…
👍111❤‍🔥24🔥19🤩5🥰1
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy SAT va IELTS imtihonlari endi maktabimizda ⚡️

"Sodiq School" o’quvchilari uchun super qulaylik! IDP IELTS test markazi va AQSHning COLLEGE BOARD xalqaro tashkiloti bilan memorandum shartnomasidan keyin yana bir dadil qadam tashlandi: maktabimiz endi Toshkentdagi rasmiy SAT test topshiradigan muassasaga aylandi. 🤝

Endi o’quvchilarimiz SAT va IELTS imtihonlarini maktabimizda topshirish imkoniyatiga ega. Bu esa natijalar yanada yaxshilanishiga yordam beradi deb ishonamiz. 🚀

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

☎️ Bogʻlanish uchun: 788888080
🔥45👍13🤩2❤‍🔥1🎉1
Oson va qiyin

Shogirdlarimga doim aytib kelaman, agar sen bir ish qilmoqchi bo’lsang, senda doim ikkita yo’l bo’ladi. Biri oson, ikkinchisi qiyin. Sen doim qiyinini tanla.

Matematika jihatdan ushbu vaziyatda malsimum 4 xil holat yuzaga kelishi mumkin. Har birini alohida ko’rib chiqamiz.

1. Oson yo’lni tanlading va u o’xshadi.

Bu holatda sen ko’p foyda ololmaysan. Sababi, oson bo’lgani uchun seni raqobatchilaring seni qiynab qo’yadi. Bozor qoidalariga ko’ra esa taklif ko’p bo’lgani uchun ham foyda kam bo’ladi.

2. Oson yo’lni tanlading va u o’xshamadi.

Bu ishdan ko’p tajriba ololmaysan. Arzon xulosalarga ega bo’lasan. Sendagi bu xulosalar boshqalarda ham bor. Bu omadsizlik seni kuchli qilib qo’ymaydi, balki sindirib duhingni olib qo’yadi. Shu oddiy ishni ham eplolmadim degan ichki qo’rquv tufayli ancha depressiyaga tushib qolasan.

3. Qiyin yo’lni tanlading va u o’xshamadi.

Ikkita katta narsaga ega bo’lasan: tajriba va dars. Senda ko’pchilikka qiziq bo’lgan ko’p savollarga aniq javoblaring bo’ladi. Sendagi bu raqamlarni, xattoki sotib olishga tayyor insonlar topiladi.

4. Qiyin yo’lni tanlading va o’xshadi.

Tabiiyki, eng omadli holat shu. Bu seni ham muvaffaqiyatli, ham boy, ham kamyob insonlardan biriga aylantiradi.

Hech e’tibor qilganmisan, sahnadagi inson ko’proq mehnat qilganmi, yoki unga qarsak chalayotgan insonmi?

Blog, shorts, podkast tomosha qilish osonmi, yoki uni tayyorlash?

Post o’qib uni tanqid qilish osonmi, yoki uni yozib like olish?

Bo’sh vaqtingda instagram, tik tok da reels ko’rish osonmi yoki kitob o’qish…

Bu prinsipni nafaqat kelajakda sen qilmoqchi yoki tanlamoqchi bo’lgan kasbga, balki quyidagilarga ham qo’llasa ham bo’ladi:
Til o’rganish, institut tanlash, munosib juftni qidirish, do’st va ustozga ergashish…

Agar nima demoqchi bo’ganimni tushunmagan bo’lsang, senda ikkita variant bor:
1-si: bu postni tushunguncha qayta o’qish;
2-si: boshqa birorta vayn ko’rish;
🔥83👍37❤‍🔥7🥰3🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3 : 92
❤‍🔥47👍20🔥9🤩1
👍13❤‍🔥4🥰1
Hasankhoja Muhammad Sodiq
3 : 92
Bu bo’yicha ko’pchilik yana o’z xissasini qo’shmoqchi ekanligini shaxsiy xabarda bildirdi. Ochig’i xursand bo’ldim.

Aslida bu videoni qo’yishdan maqsad ham boshqalarga ibrat bo’lish, sababchi bo’lishni niyat qilgan edik.

Shuning uchun, ularni ihloslarini qaytarmaslik uchun yana bir shunday hayriya ishini tashlil qilmoqchimiz.

Agar sizda kiyishga yaroqli bo’lgan:

-erkaklar kiyimi
-ayollar kiyimi
-bolalar kiyimi

yoki

-bolalar o’yinchoqlari

bo’lsa, 21-dekabr (Payshanba) kuniga qadar Sodiq school maktabimizga olib kelib berishingiz mumkin.

Olib kelingan kiyimlarni qabul qilib olish vaqti :
09:00-20:00

P.s. Manzil bu yerda

Yordamini pul ko’rinishida yetkazmoqchi bo’lganlar uchun:

8600 1402 9089 8619 (Uzcard)

4854 7007 1736 6169
(Visa
)
Khasan Nasriddinov
🔥21👍12🥰6
Doimgi hech qachon

Katta bo’lsam hammasi yaxshi bo’ladi deb o’ylaysan. Aslida esa hammasi endi boshlanayotgan bo’ladi.

Ilm olsam hamma muammoyim hal bo’ladi deb o’ylaysan, aslida esa ishing yanada murakkablashadi. Shu ilmga mos bo’lish, uni tarqatish va amal qilish kerak

Mansabga erishsam hammasini to’g’irlayman deb o’ylaysan, ammo endi yanada katta mas’uliyat bor, kibr qilmaslik va adolat qilish arosatida qolib jang qilishing kerak.

Pul hamma qiyinchiliklarimni ketkazadi deb o’ylaysan. To’g’ri. Hozirgi qiyinchiliklaringni ketkazadi, ammo senga yangi muammolarni ham “hadya” qiladi. Nafsinga qarshi kurashish, do’stlaringni ajratib olish, oilangga sadoqatli bo’lish, ehsoningni ko’paytira olish.

Biznesimni rivojlantirsam o’z o’rniga tushib ketadi degan ishonchdasan. Endi sen uni tizimlashtirish, kadrlarni munosibini qidirish kabi doimiy muammolar girdobida qolib, oilangga, do’stlaringa vaqt ajrata olish, hobbiying bilan shug’ullanish kabi muhim ishlarni qurbon qilasan.

To’yimdan so’ng hammasi iziga tushadi deb o’ylaysan. Mas’uliyat ikki xissa, javobgarlik esa 3 xissa oshishini keyin tushunib yetasan.

Xuddi shu kabi, o’qishga kirish, ishga kirish, uy olish, mashhur bo’lish kabi ishlarda ham shunday.

Bularni o’qib, hayron qolma, harakat qilish kerak emas ekan deb tushunma.

Hayotda muammolardan qochish uchun emas, balki yangi muammolarga tayyor bo’lish uchun kurash. Bu sinovlar seni shaxs sifatida shakllanishinga, inson sifatida komil bo’lib borishinga yordam beradi.

Eng muhimi esa, shu sinovlar fonida asl qadriyatlaringni, o’zligingi yo’qotib qo’ymaslikdir…
👍86🔥24❤‍🔥11🤩2
1 va 0 lar

Hayotda shunday soft skillar bo'ladiki, uni o'rganayotganingda senga qiymati 0 bo'lib ko'rinaveradi.

Misol uchun:

Hozir ingliz tilini o'rganyapsan, ammo senga berayotgan manfaatini his qilmayapsan.

Matematikani nega o'rganish kerak, kalkulyato bor joyda?

Huddi shu kabi kitob o'qiyapsan, ammo senga qiymat bermayotgandek

Yoki potensial do'stlar yonida yurish seni "duhingni" tushirib qo'yayapti.

IT ni o'rganish qiyin bo'layapti, baribir dasturchi bo'lmaysan.

Ota-onang talabi (iltimosi) ga ko'ra qo'shimcha kurslarga borayapsan, do'stlaring o'zi qiziqqan sohada mazza qilyapti.

To'g'ri yuoqridagilar ayni o'rganilayotgan paytda qiymati 0 ga teng.

Ammo hayotingda shunday vaziyat bo'ladiki, buni balki omad, balki imkoniyat deb nomlash mumkindir. Uni qiymati 1 ga teng va u sen to'plagan 0 lar oldiga qo'shilib seni qiymatingni ko'rsatib beradi.

Faqat bu yerda bir nozik jihat bor. Shu 1 ga teng holat odatda juda kamyob hodisa bo'ladi va takrorlanmaydi. Uni mahkam tutib olishing kerak.

Yaqin do'stlarim va shogirlarim hayotida bunday misollar juda ko'p:

- Muhammad Ali Eshonqulovni "Osmondagi bolalar" ko'rsatuvida chiqishi,
- Aziz Rahimovni maktab ochishi,
- Temurbek Adhamovni karantindan avval "Najot Ta'lim" ga asos solishi,
- Gulruhbonuni "Prezident bilan uchrashuvi",
- Abdukarim Mirzayev akani "karantinda ijtimoiy tarmoqlardagi bo'shliqni to'ldirishi"...

Yuqoridagilar, agar yoshligida 0 larga e'tibor qilmaganida, hozir bu maqomda bo'lmas edi.

Senda ham, albatta 1 ga teng holat ro'y beradi. Shunda o'sha payt qiymating qaysi holatda bo'lishini o'zing belgilaysan: 10 mi, 100 mi, 1000 mi yoki 10000000...

Yoshliging ekin payti, g'alla emas. 0 larni ko'paytir...
👍60🔥20❤‍🔥5
Navigator

Karantindan avval 1.5 yil kirakashlik qilganman (ishdan so’ng). Shuning uchun shaharni ko’p joylarini yaxshi bilaman. Adashishsiz bemalol topib bora olaman.

Lekin shunga qaramay, qachon moshina haydasam, navigator yoqib oladigan bo’ldim. Sababini tushuntiraman.

1. Bormoqchi bo’lgan manzilimga hayoliy marshut tuzaman, ammo navigator boshqa qulayroq yo’lni tavsiya qiladi. Bu yo’lni bilsamda, uzoqroq bo’lsa kerak degan fikrda o’ylamagan bo’laman.

2. Yurishdan avval menga variantlar taklif qiladi. Tezroq borishim kerakmi, eng kam masofada borishim kerakmi, yoki odatiy yuradigan yo’limdan yurishim kerakmi? Vaziyatga qarab birini tanlaysiz.

3. Yo’lda ko’p havflardan ogohlantirib turadi: radar, yo’l belgilari, avariyalar, to’siqlar.

4. Manzilga qanchada yetib borishim haqida aniq ma’lumot berib turadi.

Miyyamiz orqali buncha funksiyani aniq va tez amallay olmaymiz. Ham ortiqcha yuk.

Qachonki navigatorsiz yo’lga chiqsam ko’p afsuslandim.

Endi senga vazifa. Yuqoridagi matnni qayta o’qi, faqat sharti, “yo’l, manzil” so’zlari o’rniga “hayot, maqsad”,
“navigator” so’zini o’rniga “ustoz” deb o’qi.

Nima demoqchiligimni tushunding.
🔥118👍39❤‍🔥11🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nimani tushundingiz…?
👍29❤‍🔥10
#qizimga

Hozir 3 yoshdasan. Ovqatimni yedirib qo’yasan. Hozir men uchun qo’llarimsan.

Umid qilamanki katta bo’lganingda qaddim va boshim bo’lasan.

Ular hech qachon egilib qolmasin, balki mag’rur va fahr ila dadil tursin
👍113❤‍🔥51🔥15🥰14
#qornimga_emas

Yoshligimizda dodam va buvim boshlaridan qiyin damlarni o’tkazganliklarini, sinovli kunlarga sabr bilan bardosh berganliklari haqida ko’p gapirib berishgan.

Bu kabi ko’plab asosli hikoyalarni eshitib, men esa hayron qolar edim, shunaqa ham bo’lishimi mumkinmi deb.

Ajib. Bizni nevaralar ham zerikib qolmaydiganga o’xshamoqda. Hali ular bizdanda ko’p hayratlanishsa kerak…
👍85🔥19❤‍🔥15🥰3
#sarkazm

Aslida 2023-yil juda ham yomon o’tmadi. Bunga tez orada guvoh bo’lasiz…
🔥70👍13🤩3
Shaxmat

Shaxmatdagi dastlabki 3 yurishdagi xato o’yin oxirigacha ta’sir qiladi.

Hayotda ham shunday. Dastlabki uch yurish bular:
ustoz (ta’lim) , ilm (kasb) va uylanish (juft)

Shu uchchalasida xato qilishing shart emas, birortasida xato qilsang ham yetarli.

Xushyor bo’l. Yoshliging, vaqting, sog’lig’ing va kuching. Shu to’rt narsani qanday ishlatganing javobini berasan. O’lib ham qutulmaysan. Qocha olmaysan.

O’rtacha umrni 75 yosh desak, 25 yoshgacha nima olgan bo’lsang, qolgan 50 yil shunga to’g’ri proporsional bo’ladi.

Kitob o’qimayapsan, til o’rganmayapsan, shogird bo’lib hunar orttirmayapsan.

Alam qilsin, ertaga bundanda ko’p alam qiladi.
Huddi men kabi…
🔥80👍26❤‍🔥10
O’zlashtirish piramidasi

Bir mavzuni/sohani yaxshi o’zlashtirish bosqichlari.

1. Leksiya eshitsangiz - 5%
2. Kitob o’qisangiz - 10%
3. Video/podcast eshitsangiz - 20%
4. Demonstratsiyada - 30%
5. Muhokama qilsangiz - 50%
6. Ko’p mashq qilsangiz - 75%
7. Dars bersangiz - 90%
8. Kitob yozsangiz - 99%

Nega uyga vazifa qilish kerak?
Nega podcastlar rivojlanmoqda?
Nega ba’zi ustozlarni darsi zerkarli?
Nega sheriginga o’rgatishing kerak? degan savollarga yetarli javob shu yerda.

P.s. Ilm o’rganayotganlarga foydali bo’lgani uchun ulashib qo’ydim.
👍120🔥43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥136👍34🤩8❤‍🔥5🎉3
Javobingizni kutib qolaman!
🔥97👍25🤩2