Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.01K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Kitob o'qishni odat tusiga aylantiring!
#5_tavsiya

Jarayondan zavq olishni o'rganing! 📚

Kitob o'qishni odat tusiga aylantirish uchun har bir kitob mutolaasidan zavq ola bilishingiz kerak. Kitob o'qish bilan shunchaki shug'ullanishdan foyda kamroq, u sizning hordiq chiqarishingizda yordam beruvchi, muammolardan uzoqlashtiruvchi, yangi g'oyalar taqdim etuvchi va hayotga o'zgacha nazar tashlashga undovchi mashg'ulot bo'lishi kerak. Jarayondan zavq olishni uddalasangiz, mutolaa uchun vaqt ajratish siz uchun muammo bo'lmay qoladi.

Siz ham kitob o'qishdan zavq olasizmi?

Alloh ilmimizni ziyoda qilsin!
🔥70👍3614🕊43🐳3
Yuridik soha va adolat
1/3

Buxoroi Sharifdagi Chor Bakr majmuasining sharqida odamlar ziyorat qilib haqlariga hunuz duo qilishadigan yetti qabr bor. Bu qabr egalari kimligini bilasizmi: Qozilar. Oʼz vaqtida oʼsha tuproqda adolatli hukm chiqargan qozilar. Xalq bu maskanni “Mazoroti quzoti sabʼa” (“Etti nafar qozilarning mazorlari”) deb alohida ehtirom etishlari qozilarning oʼz davrida oʼrnatgan adolatlarining sharafidandir. Islom tarixi ham, qozilik tarixi ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan boshlanadi. U Zotning oʼzlari adolat borasida bashariyatga oʼrnak shaxs edilar. Moziy bitiklarida Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning "Аllohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima oʼgʼrilik qilsa ham, albatta, qoʼlini kesaman" degan xitoblari hanuz saqlanib qolgan. Islomda har bir masala adolat bilan koʼrilishi talab etilardi, Janobi Haq bu boradi: "Ey odamlar, albatta, sizdan oldin oʼtganlarning halok boʼlishlari ularning ichidan shariflar oʼgʼrilik qilishsa qoʼyib yuborib, zaiflar oʼgʼrilik qilsa jazoni qoim qilishlari sababidan boʼlgan edi"degandilar. Bu mezon U Zotdan oldin buzilgan edi, taassufki, bu oʼzgarish bizning davrimizdayam takror etilayotgandek...
Tariximizda koʼplab islohatlari bilan qolgan Hazrati Umar roziyallohu anhu joriy etgan qozilik vazifasi to bugunimizgacha mavjuddir. Biroq Umar roziyallohu anhudek adolatli qozilarni bashariyat qayta koʼrmadi. Ehtimol, shu sababdan ham Islom olamida «Moʼminlar amiri», «Haqni botildan ajratuvchi», «Odil xalifa» kabi nomlar bilan mashhur boʼlgan Umar ibn Xattob (r.a.) haqida Paygʼambar alayhissalom esa: «Koʼkda Umarni hurmat qilmagan farishta yoʼq, yerda undan hayiqmagan shayton yoʼq», deganlar. Tarix Hazrati Umarning adolatlarini takror etolmasligi shubhasizdir. U Zot haqida asriy davrdan beri juda koʼp yozishdi, tahlil qilishdi, qiyos esa hamon topilmadi. Shunga qaramay bu jabhada ishlovchilar silsilasi uzilmadi. Аbu Hanifa rahimahullohning oʼn toʼrt nafar shogirdlarini, Qozi Iyoz, Qozi Shurayh kabi ismlarini adolat mahkamalari faxriy nomlar sarasida yozishgan boʼlsa, adolatsizlik qilgan adolat peshvolarini unutishdi. Qozilik masʼuliyati juda ogʼir vazifa ediki, bizdan farqli oʼlaroq, tarixda yashagan zotlar bu lavozimni egallashdan choʼchishar edi. Bu vazifaning haqqini adolat bilan bajarishning qoʼrquvi sababli bu lavozim taklif etilganda, rad etishar edi. Bunga quyidagi hadis dalil boʼlgan boʼlsa, ajab emas:
Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Qozilik uch xil boʼladi: Ularning ikki xili doʼzaxda va bir xili jannatda boʼladi.
Bilib turib haqsiz tarzda hukm etuvchi qozi doʼzaxda boʼladi.
Bilmay turib, ammo insonlar huquqini paymol etuvchi hukm qiluvchi qozi ham doʼzaxdadir.
Haq hukm etuvchi qozi esa jannatda boʼladi».
Qozilar yurt taraqqiyotiga taʼsir koʼrsatadigan shaxslar edi. Qozilar bilan taraqqiyot oʼrtasidagi uzviy bogʼliqlik hamon saqlanib qolgan. Toki har ishda adolat oʼrnatilmas ekan, odamlar mahkama hukmlariga ishonmay chor tomonga tarqalib ketishadi, qonunlar zoʼravonlar tomonidan buzilaveradi. Dajla boʼyida qoʼy boqib yurgan choʼpon bir tong turib "Аrab yerlarida Hazrati Umar vafot etdi" deganda, shu tobgacha qoʼylariga yaqin kelmagan qashqirlar oʼsha oqshom ularni boʼgʼizlaganiga qarab xulosa qilganida yanglishgan edimi, yoʼq!!! Yoʼq! Hazrati Umarning adolatlari nafaqat qavmni, balki, mahluqotlar dunyosini ham qonun ustuvorligi degan tamoyilga boʼysundirgan edi.
Sakkizinchi asrga qaytib qudratli xalifa Аbu Jafar Аl-Mansurning oʼz qozisi Suvar ibn Аbdulloh bilan oʼrtalarida boʼlgan voqeani qayta eslasak. Hukmdor bir yerni bir harbiyning haqqiga oʼtkazishini soʼrab bir necha bor qoziga maktub yubordi. Qozi esa, yer savdogarga tegishli ekanini aytib rad etaverdi. Xalifaning "Bu yerda adolat shunchalik koʼpki, oʼz qozilarim meni ham adolatga qaytarishadi". Tasavvur qilayapsizmi, qozi bir fuqaroning haqqini hukmdorga qarshi borib oberayapti?!
👍27🔥75
Yuridik soha va adolat
2/3 (davomi)

Endi yana oʼz holimizga boqamiz, bizda sud tizimlari oʼtgan yillarda naqadar ayanchli ishlagani hammaga maʼlum holatdir. Yangi Oʼzbekistonda yangi davrga, yangi islohotlar qilishga urinishlar boʼlayapti. Qaysidir maʼnoda natijalar koʼrinayapti. Biroq katta saltanatlarni parchalagan adolatsizliklar soyasi bizning mahkamalarga hamon tushib turibdi.
Bu mansabni egallaganlar chiqaradigan hukmlarning ayrimlari hukumat rahbarining siyosatlarini obroʼsizlantirishdan boshqa narsa emas. Oʼtmishda Salohiddin Аyyubiydek hukmdorlar shariat qozisi chiqargan qarorni Аgar musulmonlarda adolatga va Аllohning qonuniga asoslangan holda hukm chiqaradigan qozi boʼlsa, nima ham qilishim mumkin, men shariatning oddiy bandasiman" degan holatda, bizda prezident oʼz vaqtida stolbaniyam oborib qamashgani haqida tanqidiy chiqish qilganlari hammaning yodidadir.
Xulosa oʼrnida shuni taʼkidlashni istardikki, adolat masalasini Аdolatli Zotdan qoʼrquvchi insonlar hal etsin. Ularning soʼzi, qarori va qarorning ijrosi haqlar joy—joyiga qoʼyib bajarilsin. Shu oʼrinda adolat timsoli boʼlgan Hazrati Umarning hayotlariga yana bir yuzlanamiz: Xabar berishdiki, Nilda suv kamayibdi. Umari Odil maktub yozib Nilga tashlatdi. Unda "Ey, Nil oldin toʼlib oqarding, endi suving kamayganmish, agar ertaga yana toʼlib oqmasang, men seni quritaman, deyilgandi. Xat Nilga tashlandi Nil toʼlib oqaboshladi. Yana bir kun oʼtirganlarida oftob yelkalarini kuydirdi, unga gʼazab bilan boqqan edilar, oftob soʼndi. Koʼkdan Jabroil alayhissalom tushib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Umar roziyallohu anhu oftobga shafqat bilan qarashlarini soʼradilar. Hazrati Umar shafqatla qaragach, oftob qayta nurlandi. Bu hodisotlardan koʼramizki, aybdorlarga baʼzan tanbeh, baʼzan qayta imkon berilishi ham kerak, albatta oʼz oʼrniga qarab. Sud mahkamasi faqat jazolovchi tashkilot boʼlmasin, chunki sodir boʼlgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash bilan jinoyatchilik butkul yoʼqolmaydi. Tasodifan, ehtiyotsizlik orqasidan xatoga yoʼl qoʼyganlar taqdiriga boshqacha yondoshish kerakmikin, degan fikrlar keladi...
Ehtimol, siz boshqacha oʼylarsiz...
👍3310🔥2
3/3 (oxiri)

So’ngi so’z o’rnida quyidagi Hazrat Ali bilan bo’lgan voqeani eslatishni lozim deb bildim.

Bir kuni Hazrati Ali halifalik davrlarida bir hududdan aholi o’zlari dehqonchilik qiladigan yerlarida unumdorligi kamaygani, yaxshi holsil bermayotganidan shikoyat qilib kelishadi. Hazrat Ali ular bilan birga o’sha yerga boradilar va yerga cho’kkalab bir-ikki og’iz so’z aytib qaytib ketadilar. Natijada keyingi yil o’sha yer kutilgandanda ko’proq hosil berishni boshlaydi. Odamlar ushbu ishga ajablanib, Hazrat Alidan o’sha payt qanday duo o’qiganliklarini so’rashadi. Hazrat Alini javoblari esa hech qanday duo emas balki ogohlantirish bo’’lib chiqadi, ya’ni agar yer keyingi yil ham yana kam hosil bersa, shu yerga qozini olib kelib ko’mishlarini aytgan ekanlar.
Tasavvur qilyapsizmi, xatto yer ham qozini o’ligini qabul qilishni xohlamas ekan.
Shuning uchun bu sohaga kirayotgan shogirdlarimga tavsiya o’laroq aytamanki, ehtiyot bo’ling, adolatdan bir qadam ham chekinmang, aks holda siz ham shu holga tushib qolishingiz mumkin.

Hasankhoja Muhammad Sodiq
👍54😢12🔥544🕊3
Baʼzida aqlga kelgan narsalar haqiqatdan ham goʻzalroq boʻladi.

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
👏48🥰2014👍12🕊4🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bomdodni jamoat bilan o'qigan va o'qimagan inson farqi

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
👍74💯5🔥3😢1🐳1
Hayrli ishni kechiktirish uchun miyyangizga kelayotgan aqlli fikr va sabablar shaytondandir....
💯118👍29😢14🔥93👏2
Erkaklarga jannatda hurlar, ayollarga esa nima va'da qilingan?

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
89👍22🔥6🐳5🕊3
Forwarded from Temurbek Adhamov
Sizlarga nima yordam kerak?

Amaldorlar bilan ko‘rishib qolsam, ko‘pincha aytadigan bir gaplari bor: “Tadbirkorsiz, qanday yordam kerak, nimadir kerak bo‘lsa, ayting”, deyishadi. Ko‘p holatda tashakkur aytib, hammasi joyidaligini bildiraman. Aslida aytadigan gaplarim bor bo‘lsa ham...

Bugungi so‘zlarim aslida tushlarimda ko‘radigan “odil sudlov” haqida. Lekin mavzuni uzoqdan olib kelmoqchiman. Ayni paytda “Najot Taʼlim”da 330 nafar inson 2700 nafar o‘quvchiga dasturlash, dizayn, marketing bo‘yicha 11 xil yo‘nalishda taʼlim berib kelishmoqda. Bu O‘zbekistondagi eng ko‘p o‘quvchiga ega AyTi o‘quv markazi hisoblanadi. Bugun “Najot Taʼlim”ni rivojlantirishdagi eng katta muammo kadr masalasiga borib taqaladi. Taʼlim berish uchun tajribali dasturchi, dizayner, marketolog topish HR bo‘limining eng katta og‘riqlaridan biri. Vaholanki, bu bo‘limda 8 nafar inson ishlaydi.

Mavzuga sudlovni nima aloqasi bor, deyotgandirsiz. Kecha va bugun ikki yigitning “diniy materialni saqlash va tarqatish” bo‘yicha qamalgani haqida eshitdim. Biri SMM-menejer, ikkinchisi kuchli dasturchi yigit. SMM-menejer bo‘lgan yigit bundan 3 yil avval yuklab olgan nashidasi tufayli qamalgan bo‘lsa, dasturchi yigit insonlarga manfaat beradigan mobil ilova tayyorlash jarayonida hatto Din ishlari boʻyicha qo‘mitaning xabari bo‘lgan loyiha uchun qamalgan. Afsus, ming afsus... Eng ajablanarli tomoni shundaki, ikki sudda ham qoralovchi kamroq muddat so‘rasa ham, sudyalar ikki holat uchun ham 5 yil berishgan... Biz uchun kerakli bo‘lgan ikki kadr qamoqda o‘tiribdi, biz kadr izlab yuribmiz...

Mavzuning boshiga qaytgan holda aytaman! Bizga odil, mustaqil sudlov kerak. Nahotki shu yigitlar telegramdagi material uchun qamalishga loyiq deb topilgan bo‘lsa, yigitlar bo‘yicha ijobiy xulosalar ham sudda inobatga olinmagan bo‘lsa? Odil sudlov bo‘yicha kimga murojaat qilishimiz kerak o‘zi? Dardimizni kim eshitadi shu vaqtda? Axir inson achinadi yoshlar uchun...

Aslida mavzu juda keng, men deputatlar, quyi va yuqori palata vakillariga yuzlanmoqchiman. Nima uchun shunday qonun hali ham amalda ekan, siz jim o‘tiribsiz, nima uchun o‘sha qonunni o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqmaysiz? Agar tashabbus bilan chiqa olmasangiz, dardimizni eshitmasangiz, nima qilib o‘tiribsiz u yerda, xalqning pulidan oylik olib?

Sudlov tizimiga, qonun chiqaruvchi tizimga yuzlanib aytaman, dardimizni kimga aytaylik, qarg‘ashdan boshqa chora bormi bu kabi holatlar uchun?
🔥80👍41😢23🕊42🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu ka'bi insonlar jannatga kirmaydi

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
🔥42👍16😢15💯42🐳1
Qardosh Turkiya xalqiga hamdardligimizni bildiramiz!!!

Geçmiş olsuna Türkiyem 🇹🇷

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
👍66😢297🐳1
Forwarded from Istanbul Boshkonsulxonasi (СИА)
⚡️⚡️⚡️Ayni vaqtda Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo’lib turgan fuqarolar DIQQATIGA!!!

Kuchli zilzilala qayta sodir bo‘layotganligi sababli quydagilarga qat'iy rioya qilishga chaqiramiz!

Agar siz zilzila sodir bo’layotgan viloyatlarda bino ichida bo’lsangiz hujjatlar va zarur narsalarni olib, binodan tezda chiqing. Xonadan chiqayotganda liftda emas, zinapoyalardan foydalaning.
Ko'chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o'ting. Tinchlaning va boshqalarni tinchlantirishga harakat qiling!

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O’zbekiston Respublikasining Anqaradagi Elchixonasi Tel.:+905380358534
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasiga Tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39 murojaat qilishlari mumkin.
👍40😢211🐳1
#shogirdimdan

Assalomu alaykum,ustoz ,yaxshimisiz?
Ishlariz joyidami.
Ustoz bugun 7- fevral men uchun oʻzgacha kun .roppa rosa 2 yil oldin shu kuni hayotimga tup burilish yasagandim.Siznging menga bergan imkoniyatingiz bugungi erishganlarimning har biriga sababchidir.Siz tufayli Allohni,dinimni oʻrgandim .Oʻqishga grantga kirdim.Arab ,ingliz tillarini oʻrganyapman ,oʻqituvchilikdan ancha tajriba egalladim,oʻzimni angladim: nimalarni bilamanu,qayerda kamchiliklarim borligini.Koʻp kitob oʻqishni oʻrgandim dunyoqarashim ancha oʻzgardi....ehhe shu 2 yil ichida erishganlarim ancha .Barchasi siz tufayli .Menga bergan oʻsha imkoniyat uchun ,oʻzgacha mehr va cheksiz bilim uchun sizga ming raxmat ,borizga shukur .Alloh rozi bolsin .savob ajrini Allohim jannatida bersin.
Ustoz menga shunchasini berdizu ,men ahmoq sizga yaxshi shogird boʻlishga yaramadim.Meni kechiring.
👍15029🔥19😢13💯11👏8🥰7🕊6🎉1🐳1
Forwarded from Sayyora Azlarova | Psixolog
Парадокс.
Келин излаганда, иболи, ҳаёли, онаси ўпмаган иффатли қизни қидирадилар. Аммо, уйлангандан кейин, "жудаям совуқ, эътибор беришни билмайди, интим муносабатларга ёпиқ", деб шикоят қилиб келадилар. Ёки шикоят қилмасдан, иссиқ, тажрибали, муносабатларга очиқ бошқасига уйланишни истайдилар.

Онаси ўпмаган, иболи, иффатли қиз уятчан, хаёли, тажрибасиз бўлиши табиий. Уни эр-хотин муносабатларидаги нозик масалаларга назокат билан ўргатиш, тайёрлаш, сабр билан, ўша қиз тушунадиган тилда етказиш эрнинг вазифаси. Бунга эрнинг сабри етмаса, аёл янада ёпилиб, ўз қобиғига ўралиб, янаям уятчан бўлиб қолади. Ўзини жудаям паст бахолашни бошлайди.
Келин қанчалик ўзига паст бахо берса, бевосита куёвнинг хам ўзига бўлган ишончи пасая бошлайди.

Турмуш қуришдан аввал қизбола қанчалик ўзига ишонган, зукко, фаросатли бўлмасин, никохдан кейин унга эрининг берган ижобий ёки салбий бахоси жудаям қаттиқ тасир қилади. Чунки шу вақтга қадар у ўзини фарзанд, набира, дугона, ва хоказо ролларда намоён қилган ва бу ишни яхши эплаган. Тўйдан кейин эса, у аёл, келин, она сифатида ролларга кира бошлайди. Хар янги қадамида уни бахолайдиган эр, қайнона, ва бошқа мухим шахсларнинг муносабатига ўта сензитив бўлади.

Шу сабаб, яхши ақлли, зийрак қизни келин қилганда хам, унинг янги ролларни энди ўзлаштираётган, тажрибасиз инсондек қараб, кичик муваффақиятларини хам юқори бахолаб, рағбатлантирадиган оилаларда қизлар тезроқ мослашиб, ўз қобилиятларини юзага чиқара оладилар. Айниқса, ёнидаги эрнинг рағбатлантириши бунда жудаям муҳим. Бунинг учун албатта, қайнонага қарши чиқиб, намойишкорона химоя қилиш шарт эмас. Шунчаки, вақти вақти билан унга ишонишини ва хизматларини қадрлашини билдириб туриши етарли.
#Психологкундалигидан

👉 @azlarovasayyora
👍88🔥8🕊8🥰6🐳1
#Milliy_sertifikat

Bugun Matematika fanidan bo’lib o’tgan Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etdim. Ba’zi mulohazalarimni sizlar bilan bo’lishmoqchiman.

1. Imtihonni yakshanba kuniga qo’yilgani, ma’qul ish bo’lgan. Chunki test topshiruvchilarni ishiga (ustozlarni) ta’sir qilmaydi.
(10/10 ball)

2. Imtihon vaqti soat 13:00 ga qo’yilgani biroz noqulay, chunki imtihon 150 daqiqa davom etishi va rasmiyatchiliklari bilan yana bir soat qo’shimcha davom etishini hisobga olsak, peshin vaqti o’tib ketib qoladi. Shuni hisobga olib peshin namozini o’qib bordim, ammo arang ulgurdim.
(7/10 ball)

3. Imtihonga kirishdagi tekshiruv.
Xuddiki o’ta mahviy, o’ta sir saqlanadigan obyektga kirgandek his qildim. Sababi, kiraverishda milliy gvardiya tomonidan tekshiruvdan o’tasiz. Yoningizdagi elektron jihozlarni imtihonga olib kirish noto’g’riligini tushunsa bo’ladi, ammo, o’zingiz bilan olib borgan oddiy ruchka, qalam, plastik karta, karman, mashina kaliti, tanga, uzuk tasbehni olib kirishga taqiqni umuman tushunib bo’lmaydi. Qaysi mantiqga ko’ra bu narsalar mumkin emasligi haqidagi savolga esa, oddiygina “buyruq shunday, ichki tartib”, deb javob berishligi esa yanada ajib. Yuqoridagi buyumlar bilan imtihon natijasiga qanchalik tasir o’tkazish mumkin, haligacha hayronman.
(3/10 ball)

4. Imtihonga masul nazoratchilarning muloqot madaniyati juda yaxshi. Har bir savolimizga muloyim va odob bilan javob qaytarishdi.
(10/10 ball)

5. Imtihon juda shaffof tarzda o’tdi. Hech qanday shubhali vaziyatlar kuzatilmadi.
(10/10 ball)

6. Ustozlarni alohida guruhlarga, o’quvchilarni alohida guruhlarga ajratilgani ham to’g’ri qaror bo’lgan.
(10/10 ball)

7. Savollar darajasi.
Eng muhim va e’tirozli jihati shu.
Umumiy savollar soni 45 ta. Ochiq va yopiq savollardan tashkil topgan.
Savollar saviyasi ancha murakkab. Deyarli barchasi 3-darajali, ba’zilari esa 4- darajali misollar. Berilgan vaqt ichida ushbu misollarni to’g’ri yechish ancha murakkab. Vaqt noto’g’ri taqsimlangan. Bu masalana qayta ko’rib chiqish kerak. Xalqaro standartlarga ham to’g’ri kelmaydi. Xuddiki atayin yiqitish uchun tuzulganday xulosaga olib keladi.
Men o’tirgan xonadagi 60 ta matematika fani ustozlaridan, menimcha 90% kerakli natijani bajara olmasa kerak. Olimpiadaga tayyorlangan abituriyentlar yoki ustozlargina o’z vaqtida bajara oladi.
Bu yerda muammo savollar qiyinligida emas, balki unga ajratilgan vaqtdadir.
(Savollar darajasiga: 9/10 ball
Belgilangan vaqtga: 6/10 ball)

8. Ham abituriyentlarga, ham ustozlarga bir hil darajadagi savollarni taqdim qilish ham noto’g’ri hisoblanadi. Bularni ikki turga ajratish kerak.
(9/10 ball)

9. Ushbu testdan so’ng, ustozlar uchun maxsus tayyorlov kursini yo’lga qo’yish kerakligi haqida o’ylab qoldim.
Insha Alloh bu ishni yaqin kelajakda boshlasak kerak. Duo qilib qo’yinglar.

Xurmat bilan
Hasanxo’ja Muhammad Sodiq.
👍172🔥33🥰2🕊2🐳21
Qanday qilib o’qish uchun zo’r bloglarni topish mumkin?

Sizning qiziqishlaringiz asosida o'qish uchun eng yaxshi bloglarni topishning bir necha yo'li mavjud. Bu erda bir nechta takliflar mavjud:

1. Qidiruv tizimlaridan foydalaning: Qiziqishlaringiz bilan bog'liq bloglarni topish uchun Google kabi qidiruv tizimlaridan foydalanishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz ovqat pishirishga qiziqsangiz, ushbu turkumdagi mashhur bloglarni topish uchun "eng yaxshi oshpazlik bloglari" yoki "eng yaxshi ovqat bloglari" ni qidirib topishingiz mumkin.

2. Ijtimoiy media: Twitter, Facebook va Instagram kabi ijtimoiy media platformalar sizning qiziqishlaringiz bilan bog'liq bloglarni topish uchun ajoyib manbalardir.

3. Do'stlaringizdan tavsiyalar: Do'stlaringiz yoki hamkasblaringizdan sizning qiziqishlaringiz bilan bog'liq yaxshi bloglar haqida bilishlarini so'rang. Olingan tavsiyalar soni sizni hayratda qoldirishi mumkin.

4. Onlayn hamjamiyatlar: qiziqishlaringiz bilan bog'liq onlayn hamjamiyatlarga yoki forumlarga qo'shiling va boshqa a'zolardan sevimli bloglarini so'rang.

P.s. Tavsiyalarni topish uchun bloglarga oid mavzularni yoki muhokamalarni qidirishingiz mumkin. O'qish uchun eng yaxshi bloglarni topish vaqt va kuch talab etadi, lekin bu sizni qiziqtiradigan va ilhomlantiradigan kontentni topishga arziydi.
🔥36👍29👏5💯21🐳1
Zo’r ustoz bo’lish uchun yordam beradigan kitoblar bormi?

Zo’r o‘qituvchi bo‘lish uzluksiz o‘rganish va takomillashtirishni talab qiladigan jarayondir. Yaxshi o'qituvchi bo'lishingizga yordam beradigan ba'zi kitoblar:

1. Garri K. Vong va Rozmari T. Vongning "Maktabning birinchi kunlari" (The First Days of Schoo)- Bu kitob ijobiy sinf muhitini yaratish, tartiblarni o'rnatish va o'quvchilar uchun umidlarni belgilash bo'yicha amaliy maslahatlar beradi.

2. Dug Lemov tomonidan yozilgan "Chempionlar kabi o'rgating 2.0" (Teach Like a Champion 2.0) - Bu kitob sinfda samarali ekanligi isbotlangan o'qitish usullari va strategiyalari to'plamini taqdim etadi. Unda talabalar bilan munosabatlar o‘rnatish, o‘quvchilarni o‘qishga jalb qilish, yuqori talablar madaniyatini shakllantirish kabi mavzular yoritilgan.

3. Rosamund Stoun Zander va Benjamin Zander tomonidan "Imkoniyat san’ati" (The Art of Possibility)- Bu kitob o'qitish haqida emas, balki ijobiy fikrlash bilan qiyinchiliklar va imkoniyatlarga qanday yondashish haqida qimmatli fikrlarni taqdim etadi. Bu o‘qituvchilarni ijodkorlikka, har bir o‘quvchining salohiyatini ko‘rishga undaydi.

4. Kerol Dvekning "Tafakkur: Muvaffaqiyatning yangi psixologiyasi" (Mindset: The New Psychology of Success)- Bu kitob odamlarning fikrlash tarzi ularning hayotdagi muvaffaqiyatlariga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqidagi g'oyani o'rganadi. U o'qituvchilarga o'quvchilarning o'sish tafakkurini rivojlantirishga yordam berish va ularni qiyinchiliklarni qabul qilishga va xatolaridan saboq olishga undash uchun amaliy strategiyalarni taklif qiladi.

5. Ken Robinsonning "Element: O'z ehtirosingizni topish qanday qilib hamma narsani o'zgartiradi" (The Element: How Finding Your Passion Changes Everything) - Bu kitob o'z ehtirosingizni topish hayotda muvaffaqiyat va to'liqlikka erishish uchun muhim ekanligini ta'kidlaydi. Unda o‘quvchilarga o‘z ehtiroslarini kashf etish va iste’dodlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar berilgan.

P.s. Kitob sizni o’zgartirmaydi, balki kitob o’qish sizni o’zgartiradi…
👍55🔥157
Kecha yaxshi ustoz uchun o’qilishi shart bo’lgan kitoblarni tavsiya qilgan edim.
Bugun shu mavzuga mos keladigan filmlar ro’yhatini ham tavsiya qilaman.

1. O'lik shoirlar jamiyati (Dead Poets Society) (1989): Ushbu klassik filmda Robin Uilyams o'z shogirdlarini o'zlari haqida o'ylashga va o'z ehtiroslariga intilishga ilhomlantiradigan noan'anaviy ingliz o'qituvchisi rolini o'ynaydi.

2. Ozodlik yozuvchilari (Freedom Writers)(2007): Haqiqiy voqeaga asoslangan bu film xavf ostida bo‘lgan o‘quvchilariga yozish orqali umid va maqsad topishga yordam beradigan o‘qituvchi (Hilari Suonk o‘ynagan) haqida hikoya qiladi.

3. Turing va yetkazing (Stand and Deliver) (1988): Bu ilhomlantiruvchi film matematika o‘qituvchisining (Eduard Jeyms Olmos o‘ynagan) haqiqiy hikoyasiga asoslangan bo‘lib, u bir guruh nochor o‘quvchilarni matematik shivirlarga aylantiradi.

4. Janobga, muhabbat bilan (To Sir, with Love) (1967): Bu klassik filmda Sidni Poitier Londondagi og‘ir maktabda o‘z o‘quvchilarini mag‘lub etib, ularning noto‘g‘ri qarashlariga qarshi kurashuvchi qora tanli o‘qituvchi rolini o‘ynaydi.

5. Buyuk munozarachilar (The Great Debaters)(2007): Haqiqiy voqeaga asoslangan bu film 1930-yillarda shogirdlariga muvaffaqiyatli munozarachilar boʻlishga va irqchilikni yengishga oʻrgatgan oʻqituvchi (Denzel Vashington oʻynagan) haqida hikoya qiladi.

6. Menga suyaning (Lean on Me),(1989): Ushbu film Nyu-Jersidagi muvaffaqiyatsiz maktabni muvaffaqiyat tarixiga aylantirgan o'rta maktab direktorining (Morgan Friman o'ynagan) haqiqiy hikoyasiga asoslangan. Ushbu filmlar o'z o'quvchilariga ko'pincha qiyinchiliklarga duch kelganda muvaffaqiyatga erishishda yordam berish uchun yuqorida va orqada harakat qiladigan o'qituvchilarning ilhomlantiruvchi misollarini taqdim etadi.

7. "Good Will Hunting" (1997): Bu film g'amxo'r va fidoyi professor tomonidan boshqariladigan muammoli o'tmishdagi ajoyib yigit haqida hikoya qiladi.

8. Ron Klarkning hikoyasi (The Ron Clark story) (2006): Haqiqiy voqeaga asoslangan ushbu film shahar ichidagi maktabda o'z o'quvchilarining hayotini o'zgartiradigan innovatsion va ilhomlantiruvchi o'qituvchi haqida.

9. Taare Zameen Par (2007): Amir Xon rejissyorligida suratga olingan ushbu filmda disleksiya bilan kurashayotgan yosh bola va uning qiyinchiliklarini yengib o‘tishda san’at o‘qituvchisining sa’y-harakatlari haqida hikoya qilinadi.

10. 3 Idiots (2009): Mashhur komediya-drama filmi, Hindistonning raqobatbardosh ta'lim tizimi tazyiqlari va o'z ehtiroslari bilan shug'ullanayotgan uchta do'st haqida hikoya qiladi.

11. Nil Battey Sannata (2016): Qizini o'z orzulari sari ilhomlantirish uchun o'qishni yakunlash uchun maktabga qaytgan ona haqida ko'ngil ochuvchi film.

12. O’rtacha emas (Hindi Medium) (2017): Hindistondagi taʼlim tizimi haqidagi kinoya, bu film er-xotinning ijtimoiy mavqega ega boʻlish uchun qizlarini nufuzli ingliz tilidagi oʻrta maktabga oʻqishga kiritish uchun kurashlarini tasvirlaydi.

13. Men Kalamman (I am Kalam) (2010): Bu film Hindistonning sobiq prezidenti A.P.J.ning hayotidan ilhomlangan qishloqlik yosh bola haqida hikoya qiladi. Abdul Kalom va uning hayotini o'zgartirish uchun ta'lim kuchi.

14. Super 30 “Super 30” — 2019-yilda Bollivud filmi boʻlib, rejissyor Vikas Bax va bosh rolda Xritik Roshan ishtirok etadi. Film Biharlik matematika oʻqituvchisi Anand Kumarning haqiqiy hikoyasiga asoslangan boʻlib, u Super 30 dasturiga asos solgan boʻlib, unga bepul murabbiylik qiladi. kam ta'minlangan talabalar yuqori raqobatbardosh IIT-JEE (Hindiston Texnologiya Institutlari qo'shma kirish imtihoni) dan o'tishga intilishadi.

P.s. Barchasini ko’rishni tavsiya qilaman…
👍53👏11🔥85
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
35👍16🔥5🎉2
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Video message
Farzand tarbiyasi mavzusida syomkadamiz
50🔥13👍11🤩5