Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.99K subscribers
493 photos
380 videos
9 files
736 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi ishni ertaga qoldirmang

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
👍64🔥104🥰3🤩2😢1🐳1
#shunchaki

Qurʼonni birinchi marta ochiq tilovat qilgan zot Abdulloh ibn Masʼud Uqba ibn Muaytning qo‘ylarini boqadigan cho‘pon edi.

Hazrati Umar roziyallohu anhu "Sayyidimiz" deb alqaydigan Islomning ilk muazzini Bilol ibn Raboh roziyallohu anhu bir hovuch hurmo evaziga xojasining tuyalarini boqib yuradigan qul edilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Handaq g‘azotida maslahatchi bo‘lgan Solmon Forsiy qul bozorlarida qayta— qayta sotilgan haqiqat talabgori edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘z quvonchlari bo‘lgan Hazrati Fotimaning mahrlari uchun 480 dirhamni topolmay sovutlarini savdoga qo‘ygan Ali roziyallohu anhu Islom tarixida to‘rt halifaning birisi edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Abu Hirr" deb erkalatadigan, Islom tarixida eng ko‘p hadis rivoyat qilgan Abu Hurayra roziyallohu anhu ochlikdan qorinlariga tosh bog‘lab yurardilar.

Tundan tongga, qahratondan ko‘klamga, mahzunlikdan shodumonlikka chiqqanimiz kabi sohobalar kitobining boshqa bo‘limlarini varaqlasak, yuqoridagi maʼlumotlarga tamomila zid bo‘lgan tarixlarga duch kelamiz:

Madinaga kirib keladigan butun bir boshli karvonning va undagi yuklarning sohibi qalbi afif sahobiy janobi Usmon ibn Avfon roziyallohu anhu bo‘lardilar.

Makkadagi eng xushbo‘y atirlarni sepadigan va eng asl matolardan libos kiyadigan Musʼab ibn Umayr yaʼni Musʼabul xayr Xunos bintu Molikning taqchillik nimaligini bilmay o‘stirgan o‘g‘li edilar.

Xolid ibn Valid roziyallohu anhuning otalari Valid ibn Mug‘iyra qandayam badavlat edilar?! Ularga tegishli karvon kelsa, Makkaning bir emas, barcha darvozalari ochilardi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan "Ota—onam senga fido bo‘lsin" degan lutfni eshitgan koinotdagi yagona inson Saʼd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu vafot etganlarida qizlariga behisob davlat qolmaganmidi?!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Molinga baraka bersin" degan duolarini olgan Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhuning vafotlaridan so‘ng qoldirgan meroslari hozirgi zamonning Bill Geytsdek beshta milliarderlari to‘plagan mablag‘danam ko‘proq edi.

Barcha mulk Allohniki, U istaganiga istaganicha beradi. Sahobai kiromlar ham shu tafovut ichra yashashardi. Ammo bir—birini moli mulku uchun malomat etishmasdi. Sen nusrat ichra yashab biz mashaqqatda turgan holda bizga nasihat ham, maslahat ham berma, deyishmasdi. Ular shu fazilatlari bilan yuksak edi. Ne holki, biz qashshoq gapirsa nazarga olmay, boy gapirsa, toshbo‘ron qilishdan to‘xtamay qoldik. Yengillik ichra turgan odam Alloh bergan bo‘lsa, yetgan neʼmati uchun aybdor emas. Bizga noʼmalum, ammo Allohga maʼlum qancha yashirin ehsoni, ixlosla qilgan ibodati bordir. Malomat qilmaylik, xalqqa xayrixohlarni malomat qilmaylik!!!

(Murod Nazarovning insongarchilik yuzasidan bergan maslahatlarini inson sifatida to‘g‘ri qabul qildim)

Ummu Amina
👍8918🔥7😢7🕊3👎1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔉 Video montajni o'rganish vaqti keldi

Professional video montajni o'rganib sifatli ish va yaxshi daromad topishni istaysizmi?

💻 Yoki uydan turib freelancer bo'lib ishlash niyatingiz bormi?

⚡️ Unda siz uchun ajoyib taklif ⚡️
2 oylik "VIDEO MONTAJ" kursi!

Darslar online va bir yarim oy mobaynida olib boriladi!

Premiere proga asoslanib video montajni sirlarini 10 yillik tajribaga ega mutahasisdan o'rganasiz!

👉 Batafsil ma'lumotni quyidagi havoladan olishingiz mumkin: https://bit.ly/videomantajkursi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tila tilagingni

( Tilla baliq voqeasi )

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍45182🕊1
DUO

• Vino harom, sirka halol,
• Ikkisi ham uzum suvi.

• Kibr harom, viqor halol,
• Ikkisi ham inson ho‘yi.

• Qobil zolim, Hobil mazlum,
• Ikkisi ham inson so‘yi,

• Jahannam haq, jannat ham haq,
• Ikkalasi yo‘lning so‘ngi…

• Allohim! Amallarimizni riyodan, ko’zlarimizni zinodan, tillarimizni yolg’ondan, qalbimizni esa nifoqda O‘zing asra!

• Amiyn!!
• Amiyn!
• Amiyn!

https://t.iss.one/hasankhojaBlog
🔥9748👍35🕊10🤩5🏆2
#Murojaat
Yurtimmzda havoning keskin sovushi bir qator noqulayliklarni keltirib chiqardi. Аsosiy muammolar elektr, isitish va transport bilan bogʼliqligi kunday ravshan. Harorat bugundan biroz iligani bilan yoqqan qorlar eriguncha vaqt kerak. Shu sababli, hurmatli markabi bor birodarlar, yoʼl chetida turgan yoʼlovchilarni imkon qadar manziliga yetkazib qoʼying. Ob—havo taʼsirida taksi toʼlovlari ham sezilarli koʼtarilib ketdi. Yoʼl—yoʼlakay olib ketgan odamingizning yigirma ming pulini tejab bersangiz, bir haftalik yogʼining puli yo kartoshka va boshqa sabzavotlarining puli yoniga qoladi. Siz sababli qozoni qaynaydi, musofir talaba boʼlsa, savobga koʼmildim, deyavering. Insonga berilgan hamma neʼmatning zakoti bor, zora biroz yordamimiz markabimizning zakoti boʼlib qolsa. Xulosa oʼrnida bir vaʼdani qayta eslatsam,
Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallollohu alayhi vasallam:
«Kim bir moʼmindan bu dunyo mashaqqatlaridan bir mashaqqatni aritsa, Аlloh taolo undan qiyomat kuni mashaqqatlaridan birini aritadi», dedilar”. Bugun yoʼlovchilarning, qiyomatda haydovchilarning mashaqqatlari arisa, ne ajab...
👍13930🔥11💯10😢7
Ayrim musulmonlarning siz haqingizda tuhmat, boʻhton tarqatayotganini eshitib, sukut saqlamogʻingiz bir yaxshilik boʻlsa, ularning siz orqali gunohga botayotganini his qilib qaygʻurib, ular haqiga duoyi xayr qilishingiz eng zoʻr yaxshilik, haqiqiy moʻminlik belgisidir.

Alloh taolo barchamizni ana shunday moʻmin boʻla olish darajasiga koʻtarsin.

Ustoz Sayfulloh Nosir

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍10225🕊10🔥7💯5🥰4😢4👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PUBGNI qaysi vaqtda o'ynash kerak?!
Kerakmi o‘zi 🧐?!

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
👍80🔥177👎3🥰1😢1
KITOB HAQIDA 10 FIKR.

1. Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni oʻqib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz.

2. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning oʻqib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila oʻlchanadi.

3. Kitob oʻqishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.

4. Kitob kinodan afzaldir. Negaki, kishi tasavvurining koʻlami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi.

5. Qancha koʻp kitob oʻqisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.

6. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob oʻqiydiganlar va kitob oʻqiydiganlarning ogʻziga qarab yuradiganlarga boʻlinadi.

7. Soʻmni tiyin tashkil etsa, oʻqib chiqilgan kitob soni – bilimni.

8. Aql topish uchun kitob oʻqish – tana manfaatida badantarbiya bilan shugʻullanishdek gapdir.

9. Kishi aqlli boʻlib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. Oʻsha oʻntani topish uchun esa minglab kitoblarni oʻqib chiqishi kerak boʻladi.

10. Yaqin doʻsting boʻlmish kitobga ishon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil soʻzlab beradi senga..

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👍8624🔥10😢3👏2🏆21🕊1
Ba’zi insonlar bilan hayotingizni butun sezasiz, ba’zilarni esa butun hayotingiz davomida ham sezmaysiz...

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
👍5124😢1
Personal assistant needed!

Ta’lim sohasiga qiziqsangiz va eng muhimi men bilan birga shaxsiy rivojlanib tajriba olish istagida bo'lsangiz bu post aynan siz uchun.

Assistentning asosiy vazifalari nimadan iborat?

Asosiy vazifa:
- Meni shaxsiy ishlarimni bajarishga yordam beradi.
- Birga kitob o'qiymiz, tahlil qilamiz, ishlarni reja qilamiz, sayohat qilamiz, kofe break va etc...
- Ingliz tilini va kompyuter basic skill (word, excel, ppt) larni bilish shart

Qolgan savollarni muhokama qilishimiz uchun formani toʻldirishingiz kerak boʻladi.

👇👇👇
USHBU FORMANI to'ldiring

P.s. Shaxsan oʻzim koʻrib chiqib eng ma'qul 10 ta kandidatni qabulimga chaqiraman, va faqat 1 nafari assistent tanlab olinadi.
56👍33🐳3👎2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌛️ Hali ham kech emas!

Bu yil talaba bo‘lmoqchimisiz? 🎓
Ushbu imkoniyatni boy bermang!

Ustoz Hasakhoja Muhammad Sodiqdan matematika sirlarini o‘rganing va talabaga aylaning

🎯 Ushbu kursda darslar ustozning 10 yillik tajriba natijasida ishlab chiqilgan maxsus metodika asosida bo‘ladi, va matematika fani 0dan o‘rgatiladi

👉 Kursga ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/sHFMF5moaM6wcvET9

Shoshiling, joylar soni chegaralangan!

Telefon: +998908192222
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko'chasi 2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥84
Kitob o'qishni odat tusiga aylantiring!
#5_tavsiya

Jarayondan zavq olishni o'rganing! 📚

Kitob o'qishni odat tusiga aylantirish uchun har bir kitob mutolaasidan zavq ola bilishingiz kerak. Kitob o'qish bilan shunchaki shug'ullanishdan foyda kamroq, u sizning hordiq chiqarishingizda yordam beruvchi, muammolardan uzoqlashtiruvchi, yangi g'oyalar taqdim etuvchi va hayotga o'zgacha nazar tashlashga undovchi mashg'ulot bo'lishi kerak. Jarayondan zavq olishni uddalasangiz, mutolaa uchun vaqt ajratish siz uchun muammo bo'lmay qoladi.

Siz ham kitob o'qishdan zavq olasizmi?

Alloh ilmimizni ziyoda qilsin!
🔥70👍3614🕊43🐳3
Yuridik soha va adolat
1/3

Buxoroi Sharifdagi Chor Bakr majmuasining sharqida odamlar ziyorat qilib haqlariga hunuz duo qilishadigan yetti qabr bor. Bu qabr egalari kimligini bilasizmi: Qozilar. Oʼz vaqtida oʼsha tuproqda adolatli hukm chiqargan qozilar. Xalq bu maskanni “Mazoroti quzoti sabʼa” (“Etti nafar qozilarning mazorlari”) deb alohida ehtirom etishlari qozilarning oʼz davrida oʼrnatgan adolatlarining sharafidandir. Islom tarixi ham, qozilik tarixi ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan boshlanadi. U Zotning oʼzlari adolat borasida bashariyatga oʼrnak shaxs edilar. Moziy bitiklarida Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning "Аllohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima oʼgʼrilik qilsa ham, albatta, qoʼlini kesaman" degan xitoblari hanuz saqlanib qolgan. Islomda har bir masala adolat bilan koʼrilishi talab etilardi, Janobi Haq bu boradi: "Ey odamlar, albatta, sizdan oldin oʼtganlarning halok boʼlishlari ularning ichidan shariflar oʼgʼrilik qilishsa qoʼyib yuborib, zaiflar oʼgʼrilik qilsa jazoni qoim qilishlari sababidan boʼlgan edi"degandilar. Bu mezon U Zotdan oldin buzilgan edi, taassufki, bu oʼzgarish bizning davrimizdayam takror etilayotgandek...
Tariximizda koʼplab islohatlari bilan qolgan Hazrati Umar roziyallohu anhu joriy etgan qozilik vazifasi to bugunimizgacha mavjuddir. Biroq Umar roziyallohu anhudek adolatli qozilarni bashariyat qayta koʼrmadi. Ehtimol, shu sababdan ham Islom olamida «Moʼminlar amiri», «Haqni botildan ajratuvchi», «Odil xalifa» kabi nomlar bilan mashhur boʼlgan Umar ibn Xattob (r.a.) haqida Paygʼambar alayhissalom esa: «Koʼkda Umarni hurmat qilmagan farishta yoʼq, yerda undan hayiqmagan shayton yoʼq», deganlar. Tarix Hazrati Umarning adolatlarini takror etolmasligi shubhasizdir. U Zot haqida asriy davrdan beri juda koʼp yozishdi, tahlil qilishdi, qiyos esa hamon topilmadi. Shunga qaramay bu jabhada ishlovchilar silsilasi uzilmadi. Аbu Hanifa rahimahullohning oʼn toʼrt nafar shogirdlarini, Qozi Iyoz, Qozi Shurayh kabi ismlarini adolat mahkamalari faxriy nomlar sarasida yozishgan boʼlsa, adolatsizlik qilgan adolat peshvolarini unutishdi. Qozilik masʼuliyati juda ogʼir vazifa ediki, bizdan farqli oʼlaroq, tarixda yashagan zotlar bu lavozimni egallashdan choʼchishar edi. Bu vazifaning haqqini adolat bilan bajarishning qoʼrquvi sababli bu lavozim taklif etilganda, rad etishar edi. Bunga quyidagi hadis dalil boʼlgan boʼlsa, ajab emas:
Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Qozilik uch xil boʼladi: Ularning ikki xili doʼzaxda va bir xili jannatda boʼladi.
Bilib turib haqsiz tarzda hukm etuvchi qozi doʼzaxda boʼladi.
Bilmay turib, ammo insonlar huquqini paymol etuvchi hukm qiluvchi qozi ham doʼzaxdadir.
Haq hukm etuvchi qozi esa jannatda boʼladi».
Qozilar yurt taraqqiyotiga taʼsir koʼrsatadigan shaxslar edi. Qozilar bilan taraqqiyot oʼrtasidagi uzviy bogʼliqlik hamon saqlanib qolgan. Toki har ishda adolat oʼrnatilmas ekan, odamlar mahkama hukmlariga ishonmay chor tomonga tarqalib ketishadi, qonunlar zoʼravonlar tomonidan buzilaveradi. Dajla boʼyida qoʼy boqib yurgan choʼpon bir tong turib "Аrab yerlarida Hazrati Umar vafot etdi" deganda, shu tobgacha qoʼylariga yaqin kelmagan qashqirlar oʼsha oqshom ularni boʼgʼizlaganiga qarab xulosa qilganida yanglishgan edimi, yoʼq!!! Yoʼq! Hazrati Umarning adolatlari nafaqat qavmni, balki, mahluqotlar dunyosini ham qonun ustuvorligi degan tamoyilga boʼysundirgan edi.
Sakkizinchi asrga qaytib qudratli xalifa Аbu Jafar Аl-Mansurning oʼz qozisi Suvar ibn Аbdulloh bilan oʼrtalarida boʼlgan voqeani qayta eslasak. Hukmdor bir yerni bir harbiyning haqqiga oʼtkazishini soʼrab bir necha bor qoziga maktub yubordi. Qozi esa, yer savdogarga tegishli ekanini aytib rad etaverdi. Xalifaning "Bu yerda adolat shunchalik koʼpki, oʼz qozilarim meni ham adolatga qaytarishadi". Tasavvur qilayapsizmi, qozi bir fuqaroning haqqini hukmdorga qarshi borib oberayapti?!
👍27🔥75