Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab- internati
520 subscribers
4.41K photos
182 videos
31 files
401 links
Download Telegram
Forwarded from Anorboyev Davron
#bizning_faxrimiz

⚡️9 NAFAR OʻQUVCHI TALABALIKNI NAQD QILDI

🏢 Guliston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9 nafar bitiruvchilari o‘zi tanlagan OTM yo‘nalishi bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega bo‘ldi.

❇️Barcha sertifikatlari bo’yicha 189 ballni muddatidan avval qo’lga kiritgan oʻquvchilar roʻyxati:

Bo'riboyev Xurshidjon;
Doniyorov Sardor;
Hafizqulov Nurbek ;
Mamirov Ziyodulla;
Qodirov Bekmurod;
Rasulov Azizbek;
O'rinboyeva Farangiz;
Yusupova Hayitgul;
Usmonov Jamshiddin;

💫 Oʻquvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kelgusidagi oʻqish va ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐Ijtimoiy tarmoq manzillari 👇

Telegram|YouTube | Facebook
🔥18🥰18👍9💯5👏31🤩1
👍31😨4🔥3🥰2😁2💯1
#ishga_taklif

🔔 HURMATLI ZAMONAVIY INNOVATOR O‘QITUVCHILAR!

📚 Siz ham kelajak avlod tarbiyasida o‘zingizning innovatsion yondashuvingiz bilan yetakchi bo‘lishni istaysizmi?

🔍Unda siz bilan kelajak ta’limini birga quramiz!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga fidoyi, ijodkor va zamonaviy fikrlovchi pedagoglarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjatlar qabuli 1-iyuldan boshlanadi
🌐 Platforma: job.piima.uz

📝 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓Kasbiy o‘sish uchun cheksiz imkoniyatlar – xalqaro tajriba almashinuvi, innovatsion metodikalar, mentorlik va doimiy malaka oshirish kurslari;

🌍 Xalqaro miqyosda rivojlanish – IELTS, CEFR, SAT kabi sertifikatlarni olish va xorijiy mutaxassislar bilan ishlash imkoniyati;

📖 Ta’limda yangi davrga qadam – ilg‘or STEM, CLIL, IB, PISA dasturlari asosida darslarni tashkil etish imkoniyati.

📎Talab qilinadigan hujjatlar:

🪪 Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat);
🎓 Pedagogik yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomi;
🧾Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
📄IELTS / CEFR sertifikati (xorijiy til o‘qituvchilari uchun zarur, boshqa fan o‘qituvchilarida mavjud bo‘lsa).

👩‍🏫Biz qanday o‘qituvchini izlayapmiz?
🔹 Halol, faol va fidoyi;
🔹 O‘z fanini mukammal biladigan, zamonaviy metodikalarni qo‘llay oladigan;
🔹 Zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan;
🔹 Yangi avlod bilan ishlashda yondashuvi zamonga mos, ochiq fikrli pedagog.

🗣Kelajak avlod tarbiyasida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz – zamonaviy o‘qituvchilikdagi yangi bosqichga qadam qo‘ying!

⚡️ Sizdek fidoyi ustozlar tanlovimizda ishtirok etishidan mamnunmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆 Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da

📞 Savollar bo‘yicha: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармони билан:

Хилола Уктамовна Умарова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг таълимни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимидан озод этилди;

Тамила Анваровна Алиева Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг тиббиётни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;

Тимур Нурйигитович Бутунбаев Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг сув таъминоти тизимини ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси сув хўжалиги вазирининг биринчи ўринбосари лавозимидан озод этилди;

Нодира Жалаловна Хакимова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг суд тизимини ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;

Шерзод Фарход ўғли Озодзода Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг тадбиркорлик лойиҳалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси иқтисодиёт ва тадбиркорлик соҳасида муҳим ташаббусларни ишлаб чиқиш бошқармаси бошлиғи лавозимидан озод этилди;

Дилноза Мурадовна Зиямухамедова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбари котибияти мудири лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёрдамчиси котибияти мудири лавозимидан озод этилди.

Facebook|Instagram|X
👍2🔥2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
💯1
Forwarded from Suxrobjon Asadullayevich
👮‍♀️Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.
Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.


Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

🔰Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
🔰Guliston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati ISHONCH raqami- 97 494 71 81


|Telegram| Facebook|
Вазирлар_Маҳкамасининг_2025_йил_14_июлдаги_440_сон_қарори.pdf
1.6 MB
Assalomu alaykum, barchaga.

Hurmatli ustozlar, hamkasblar va sinf rahbarlar ota -onalar diqqatiga!

Xabaringiz bo‘lsa Iyul oyida juda ko‘plab qonun va qarorlar hamda Prezident farmonlari va qarorlari, bundan tashqari ijtimoiy sohalardagi qonun loyihalariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi va yangilandi.

Sizlarga yuborayotgan  hujjatimiz O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyul kuni  qabul qilingan 440-sonli qarori.

Bu “Bolalarga nisbatdan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, zo‘ravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi qaror o‘qib tanishib chiqishingiz uchun yuborilmoqda.

Barcha pedagoglar ota-onalar ushbu hujjat bilan yaqindan tanishib chiqsa

Bu bo‘yicha Har bir o‘qituvchi va sinf rahbar ota- ona va tarbiyachi bilishi zarur!
👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ 30-iyul — Butunjahon Odam savdosiga qarshi kurashish kuni

Odam savdosi — bu zamonaviy qullik. U hayotlarni vayron qiladi, inson qadrini toptaydi.

Ba’zan bu — oddiy va’dadan boshlanadi: yaxshi ish, yuqori maosh, yangi hayot…
Ammo ortida aldash, zo‘ravonlik va erksizlik yotishi mumkin.

❗️ Ehtiyot bo‘ling. Har qanday shubhali taklif — xavf signalidir.

Agar siz yoki yaqinlaringiz odam savdosidan jabr chekkan bo‘lsangiz, yordam bor.

❗️ Odam savdosi jabrdiydalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi tomonidan shu kabi aldangan insonlarga xizmat ko‘rsatadi.

💚 Siz yolg‘iz emassiz. Biz siz bilanmiz.

🎬 30-iyul – Butunjahon Odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan, “Biz odam savdosiga qarshimiz” huquqiy-targ‘ibot oyligi doirasida Replay production jamoasi va IIV bilan hamkorlikda ushbu videorolik yaratildi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👫 Har bir bola himoyada: zo‘ravonlikka qarshi qat’iy va tizimli yondashuv

2025-yil 14-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 440-son qarori bilan muhim hujjat — “Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, xavf darajasini baholash, himoya rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi” toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Bu qaror — Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasini amalda ta’minlash uchun muhim qadamdir.


‼️ Quyidagi sxemada bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari yuzasidan tizimli va idoralararo hamkorlikda amalga oshiriladigan aniq qadamlar aks ettirilgan.

🔹 Zoʻravonlikdan jabrlangan yoki xavf ostida boʻlgan bola aniqlanganda — holat maxsus xabarnoma orqali vakolatli davlat organlariga zudlik bilan yetkaziladi.
🔹 Har bir holat bo‘yicha xavf darajasi baholanadi, individual himoya rejasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
🔹 Jarayonda ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, mahalla, ijtimoiy xizmatlar va boshqa mutasaddi organlar hamkorlikda harakat qiladi.

⚠️ Eslatma: “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasiga koʻra, bu tartibni buzgan shaxslar qonuniy javobgarlikka tortiladi.


👍 Bu mexanizm — bolalarni real himoya qilishga, har bir holatni e’tiborsiz qoldirmaslikka va institutlararo aniq hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

📎 Batafsil: ihma.uz

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tartibi tasdiqlandi

Avvalroq xabar berganimizdek,
Hukumatning tegishli qarori bilan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilangan edi.

🖋 Nizomga ko‘ra, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoxud o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan bolalar bevosita o‘zlari yoxud qonuniy vakillari "Inson" markazlari, ichki ishlar organlari va boshqa mas’ul organlarga murojaat qiladi.

☺️ "Inson" markazlari ichki ishlar organlari ishtirokida bolaning hayotiy vaziyatini 1 kun muddatda o‘rganadi.

↗️ Bunda "Inson" markazi bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi omillarni dastlabki baholashdan o‘tkazadi hamda xavf darajasini "past" yoki "yuqori" deb topishi mumkin.

☑️ Xavf darajasi "yuqori" deb baholanganida, ichki ishlar organi quyidagi choralardan birini ko‘radi:

😲 zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish hamda protsessual majburlov choralarini qo‘llash;

😲 bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini berish;

😲 bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan olib qo‘yish va uning xavfsizligini ta’minlash.

😲 Tahdid soluvchi omillar bartaraf etilgach, "Inson" markazi bolaning hayotiy vaziyatini 14 kalendar kun ichida kompleks baholashdan o‘tkazadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM