Guliston shahar 1-son IMI
746 subscribers
3.29K photos
352 videos
30 files
1.2K links
IMA, Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy sahifasi.
Direktor: Niyozov Tursunboy Yangiboyevich,
O‘IBDO‘: Jalilov Avazbek Ilhom o‘g‘li,
MMIBDO‘: Axmedova Zulfira Galiyevna
Maslahatchi: G‘oyibnazarov Lazizjon Tolibjon o‘g‘li
Download Telegram
Forwarded from Marjona
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 8-D sinf o'quvchisi Sadullayeva Lolaning 14-yanvar -Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan ,,Mening armiyam- mening tayanchim'' nomli tayyorlagan videoroligi
Tanishing!
Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari o‘rtasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan ,,Mening armiyam- mening tayanchim'', "Men ham askar bo‘laman" mavzularidagi videoroliklar tanlovi g‘oliblari:
1-o'rin -  5-"A" sinf  o‘quvchisi Botirbekov Vahobjon;
2-o'rin -7-D sinf  o‘quvchisi Davlanova Nozima hamda  5-"B" sinf o‘quvchisi Odiljonov Elshod, 7-B sinf o‘quvchisi Jumabekova Shabbona ;
3-o'rin- 5-"A" sinf o‘quvchisi O'ktamjonov Abrorbek hamda 8-D sinf o‘quvchisi Sadullayeva Lolalarga nasib etdi.
#Tashkentregion

Pharmaceutical Technical University on a Tour Across the Regions

The purpose of this visit was to inspire and engage with the talented students of the school, introducing them to the opportunities in the field of pharmaceutical and life sciences education. During the visit, university representatives conducted interactive sessions, shared insights about the programs offered, and highlighted the critical role of pharmaceutical innovation in improving healthcare globally.

Instagram|Facebook|You tube|Telegram|Website
🏢Guliston shahar 1 - son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Farmatsevtika texnika universiteti mintaqalar bo'ylab sayohatda


Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Farmatsevtika texnika universiteti vakillari tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan maqsad maktabning iqtidorli o‘quvchilarini ilhomlantirish va ular bilan muloqot qilish, ularni farmatsevtika va hayot fanlari ta’limi sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirish edi. Tashrif davomida universitet vakillari interaktiv sessiyalar o‘tkazdilar, taklif etilayotgan dasturlar haqida tushunchalar bilan o‘rtoqlashdilar va global miqyosda sog‘liqni saqlashni yaxshilashda farmatsevtika innovatsiyalarining muhim rolini ta’kidladilar.

|Telegram| Facebook|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA RESPUBLIKA
OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA

📣Ilg֥‘or va tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kimyo va fizika fanlaridan O’qituvchilar o’rtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!

❗️Olimpiadada davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridagi fizika hamda kimyo fani o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

⭕️⭕️⭕️
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar joriy yilning 1-fevraliga qadar ushbu elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish haqida videoyo‘riqnoma👈

📌Olimpiada hududiy va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi.

💠Olimpiada yo‘riqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

SHOSHILING!

Imkoniyatdan samarali foydalanish oʻz qoʻlingizda!

Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimiz olib borayotgan ochiq tashqi siyosat tufayli mamlakatimiz yoshlariga dunyoning nufuzli universitetlari eshik ochyapti. Ertadan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetining bir guruh talabalari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universitetida bir semestr mobaynida o‘qishni davom ettirishadi.

Talabalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarini tanlashgan. Yurtimizda bugun zamonaviy muhandislarga ehtiyoj katta.

Bundan 2 yil avval BAAga xizmat safarimiz davomida Xalifa universiteti bilan talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edik.

Kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, ikkala universitet o‘rtasida bundan-da yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

@hilola_umarova
🏢Guliston shahar 1 - son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Maktab-internatimiz o'quvchilari "Nippon Global Education And Assessment" (NGEA) ning respublika bosqichida 1-2-o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

"Nippon Global Education And Assessment" (NGEA) — bu Yaponiyada joylashgan va global ta'lim tizimlarida o'quvchilarni baholash, o'qitish metodologiyalari va ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tashkilot. Ushbu tashkilot turli mamlakatlarda o'quvchilar va ta'lim tizimlarini tahlil qilish, o'qish va yozishni rivojlantirish, shuningdek, ta'limga oid global standartlarni belgilash bilan shug'ullanadi.

NGEA ko'plab ta'lim tizimlari va dasturlarini taqqoslash, o'quvchilarni baholash va ularning akademik salohiyatini oshirishga yo'naltirilgan faoliyatlarni amalga oshiradi. Tashkilotning asosiy maqsadi global ta'lim sohasidagi yangiliklarni, ilg'or metodologiyalarni va samarali baholash tizimlarini taqdim etishdir.

|Telegram| Facebook|
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing

11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.

U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.

U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.

Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.

Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.

Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏢Guliston shahar 1 - son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

#Ota-onalar yig'ilishi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahar 1 - son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ota-onalar yig'ilishi o'tkazildi.

Bunda o'quvchilarning chorak davomida barcha fanlardan o'zlashtirishlari, maktabning ichki-tartib qoidasiga amal qilishlari hamda o'quvchilarning yutuq va kamchiliklari shuningdek mobil aloqa vositasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi mavzular muhokama qilindi.


|Telegram| Facebook|
Forwarded from Xushnudbek.uz
Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.

ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283


👉 @xushnudbek 👈