Guliston shahar|1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
827 subscribers
4.21K photos
450 videos
30 files
1.5K links
IMA, Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy sahifasi.
Direktor: Niyozov Tursunboy Yangiboyevich,
O‘IBDO‘: Jalilov Avazbek Ilhom o‘g‘li,
MMIBDO‘: Axmedova Zulfira Galiyevna
Maslahatchi: G‘oyibnazarov Lazizjon Tolibjon o‘g‘li
Download Telegram
Forwarded from TURSUNBOY YANGIBOYEVICH
❗️“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichiga taklif etilgan nomzodlar diqqatiga
#abituriyent

Suhbat bosqichiga o‘tgan ayrim nomzodlar murojaat yo‘llab, davlat oliygohiga ham hujjat topshirishgani, lekin test imtihoni bilan El-yurt umidi stipendiyasining suhbati bir kunga to‘g‘ri kelib qolganini, nima qilishni bilishmayotginin ma’lum qilishdi.

Mazkur masalani Jamg‘arma rahbariyatiga yetkazdim, ayni shunday bir paytga to‘g‘ri kelib qolganlar uchun yengillik berishni maslahatlashdik. Va Jamg‘arma rahbariyati bu kabi talabgorlar uchun suhbat sanasini o‘zgartirishga rozi bo‘lishdi.

Demak:

agarda suhbatga o‘tgan talabgorlar testga ham bir paytga kiradigan bo‘lsa, unda tasdiqlovchi hujjat sifatida abituriyent ruxsatnomasini ko‘rsatgan holda, suhbatga boshqa kuni kelishga ruxsat beriladi.

Masalani to‘g‘ri tushungan mas’ullarga rahmat.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from TURSUNBOY YANGIBOYEVICH
TURSUNBOY YANGIBOYEVICH
❗️“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichiga taklif etilgan nomzodlar diqqatiga #abituriyent Suhbat bosqichiga o‘tgan ayrim nomzodlar murojaat yo‘llab, davlat oliygohiga ham hujjat topshirishgani, lekin test imtihoni…
“El-yurt umidi” jamg‘armasi bu haqda rasmiy xabar berdi.

Test va suhbat bir kunga to’g’ri kelib qolgan nomzodlar oldindan Tanlov komissiyasiga @eyufadmissionbot bot orqali suhbatni boshqa sanaga koʻchirish haqida murojaat qilishi mumkin. Bunda nomzodlar tasdiqlovchi hujjat — abituriyent ruxsatnomasini ilova qilishlari kerak.


👉 @xushnudbek 👈
#Ta'lim_sayohati

✈️ "Raqamli avlod qizlari—2025" Respublika tanlovi g‘oliblari ta'lim sayohati uchun AQSHga jo‘nab ketdi.


Mazkur sayohat davomida MIT, Harward kabi universitetlarda yetakchi ekspert va professorlar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun: ushbu tanlovning 2025-yilgi mavsumi aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, unda ishtirok etish uchun 5000 dan ortiq arizalar kelib tushgan.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Al-Xorazmiy universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

⚡️
Al-Xorazmiy universiteti talabalarga 4 yillik 100% va 1 yillik tabaqalashtirilgan grantlarni taklif etadi.

Quyidagi talabgorlar 4 yil davomida 100% davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
🔹nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari;
🔹“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari;
🔹Prezident maktablari bitiruvchilari;
🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlari.

Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar kirish imtihonidan yuqori ball asosida qabul qilingan talabalarga quyidagi tartibda beriladi:
🔸Top 10% talabalarga 100% grant
🔸Keyingi 10% talabalarga 70% grant
🔸Keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda o'qiyotganida saqlanib qolishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

💥 Qabul davom etmoqda. O'qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/auth/university

🔁 English

#grantlar #qabul

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
#IChO_2025

✈️ IChO 2025: O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari oltin va kumush medallarni qo’lga kiritishdi

Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O’zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko’ra terma jamoamizning barcha a’zolari g‘oliblikni qo’lga kiritdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medal.

G‘olib o‘quvchilarimiz bilan quyida tanishing:


🥇Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal,
🥈Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.

🌐 G’oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz!

Bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍3🤩2
#ishga_taklif

🔔 HURMATLI ZAMONAVIY INNOVATOR O‘QITUVCHILAR!

📚 Siz ham kelajak avlod tarbiyasida o‘zingizning innovatsion yondashuvingiz bilan yetakchi bo‘lishni istaysizmi?

🔍Unda siz bilan kelajak ta’limini birga quramiz!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga fidoyi, ijodkor va zamonaviy fikrlovchi pedagoglarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjatlar qabuli 1-iyuldan boshlanadi
🌐 Platforma: job.piima.uz

📝 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓Kasbiy o‘sish uchun cheksiz imkoniyatlar – xalqaro tajriba almashinuvi, innovatsion metodikalar, mentorlik va doimiy malaka oshirish kurslari;

🌍 Xalqaro miqyosda rivojlanish – IELTS, CEFR, SAT kabi sertifikatlarni olish va xorijiy mutaxassislar bilan ishlash imkoniyati;

📖 Ta’limda yangi davrga qadam – ilg‘or STEM, CLIL, IB, PISA dasturlari asosida darslarni tashkil etish imkoniyati.

📎Talab qilinadigan hujjatlar:

🪪 Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat);
🎓 Pedagogik yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomi;
🧾Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
📄IELTS / CEFR sertifikati (xorijiy til o‘qituvchilari uchun zarur, boshqa fan o‘qituvchilarida mavjud bo‘lsa).

👩‍🏫Biz qanday o‘qituvchini izlayapmiz?
🔹 Halol, faol va fidoyi;
🔹 O‘z fanini mukammal biladigan, zamonaviy metodikalarni qo‘llay oladigan;
🔹 Zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan;
🔹 Yangi avlod bilan ishlashda yondashuvi zamonga mos, ochiq fikrli pedagog.

🗣Kelajak avlod tarbiyasida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz – zamonaviy o‘qituvchilikdagi yangi bosqichga qadam qo‘ying!

⚡️ Sizdek fidoyi ustozlar tanlovimizda ishtirok etishidan mamnunmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

4️⃣  SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga  qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


👉 @xushnudbek 👈
📣 RAHBAR XODIMLAR TANLOVI – II BOSQICHGA START BERILMOQDA!

Hurmatli nomzodlar!
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan e’lon qilingan rahbar xodimlar tanlovining ikkinchi — suhbat bosqichi joriy yilning 18-iyul sanasidan boshlab lavozimlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🗂 Ushbu bosqichda nomzodlarning kasbiy tayyorgarligi, rahbarlik salohiyati va ta’lim sohasidagi amaliy tajribasi har tomonlama sinovdan o‘tkaziladi.

🟢 Suhbat jarayonida har bir nomzodga 3 ta savoldan iborat bilet taqdim etiladi. Savollar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘ladi:

kasbiy, tashkiliy, rahbarlik, moliyaviy, pedagogik va shaxsiy salohiyatni baholash;

ta’lim tizimi rivojiga qo‘shgan amaliy hissa, ilgari amalga oshirgan loyihalar va tashabbuslar;

xorijiy tilni bilish darajasi va amaliy qo‘llash ko‘nikmalari.

🗣Suhbat jarayoni nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalar, strategik fikrlash qobiliyati va innovatsion yondashuvlarni aniqlashga qaratilgan.

❗️Maktablar kesimida tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan har bir nomzodga suhbat sanasi va vaqti yuzasidan xabar berilishini eslatib o‘tamiz.

💫 Ushbu tanlov — o‘z sohasida lider bo‘lishga intilayotgan, mas’uliyatli va tashabbuskor rahbar kadrlarga yo‘l ochadi.

✔️ Sizni ushbu muhim bosqichda ishtirok etishga tayyor turishingizni so‘raymiz va har biringizga omad tilaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Test sinovlari davom etmoqda!

🎓 Minglab yoshlar bugun orzular sari bir qadam yaqinlashmoqda. Har bir javob, har bir daqiqa – mehnat, sabr va umidning mevasidir.

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
#imtihon_natijalari

📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

🗓 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Natijalar bilan
shu yerda tanishishingiz mumkin.

1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/

Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

✔️ TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqim — ustozim.


👉 @xushnudbek 👈
👍3
Forwarded from TURSUNBOY YANGIBOYEVICH
#eslatma
#imtihon_2025

🔔 IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

7-, 8-, 9-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kunigacha;

📶 10-, 11-, 12-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 1-avgust kunigacha;

🔺 12-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 2-avgust kunigacha eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.


🔎 12-iyul kuni boʻlib oʻtgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabining 1-bosqich kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi.

📝Prezident maktablariga 6-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

🏛 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
👍5🤩1
Tanlov ustuvorligi qanday tanlanadi?

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.


Abituriyentga:

tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixiy islohotlarning markazida bo‘lmoqda, deyish mumkin. Davlat rahbarining har safar soha xodimlari bilan uchrashuvlari, taqdimot, tashrif va samimiy muloqotlarida buni his etamiz.

Ha, bugungi O‘zbekiston uchun ta’lim - strategik soha. Buni berilayotgan e'tibor, ijtimoiy soha uchun ajratilayotgan mablag‘lardan ham sezish mumkin.

Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar jadal davom etmoqda. Ta’limdagi bugungi yutuqlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir!

@hilola_umarova
🎉2
Forwarded from TURSUNBOY YANGIBOYEVICH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi


8-avgustgacha vaqtingiz bor!

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

🔁 Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy