GulDPI yoshlari | yoshlar ittifoqi
1.01K subscribers
2.49K photos
486 videos
3 files
940 links
🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti Kengashi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi - sizning orzu istaklaringiz kaliti !

📝 @yi_axborotxizmati_bot
Download Telegram
#OTMYetakchilari #OʻquvSeminar

🎓 OTM yetakchilar forumi — yosh liderlarni birlashtiruvchi makon!

🗓 28-30-iyul kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari boshlang'ich tashkilot yetakchilari uchun “Yetakchilar forumi” o‘tkaziladi. Forum davomida yetakchilarga soha mutaxassislari tomonidan o‘quv-seminar va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📌 Xususan:
➡️ Liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish;
➡️ Yoshlar bilan ishlashda zamonaviy va innovatsion yondashuvlar;
➡️ Tashkiliy va huquqiy asoslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar;
➡️ Psixologik barqarorlik va jamoa boshqaruvi;
➡️ Axborot siyosati va hujjatlar bilan samarali ishlash;
➡️ Tarmoq va hududlar kesimida o‘zaro tajriba almashinuvi.

👋 Forumda respublikamizdagi barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etmoqda!

Bizning sahifalarimiz:
@guldpiyoshlari_yi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#OTMYetakchilari #Jarayon

🙋Yangi bosqich, yangi imkoniyatlar: liderlar bir safda!

👥 Oromgohda jarayonlar boshlab yuborildi. Netvorking jarayonlari orqali ishtirokchilar bir-biri bilan yaqindan tanishib, tajriba almashishmoqda.

👋 Forum davomida esa ularni turli maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar, treninglar va rivojlanishga xizmat qiluvchi mashgʻulotlar kutmoqda.

📍 Bu oromgoh – nafaqat dam olish, balki o‘z ustida ishlash, o‘zgarishlarga tayyor bo‘lish va kelajak lideriga aylanish uchun katta imkoniyat!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#OTMYetakchilari #Zakovat

💬 Nafaqat faol, balki bilimdon yetakchilar “Zakovat Quiz”da bellashishdi!

🙋 “Yoshlar yetakchilari forumi” doirasida navbatdagi qiziqarli tadbir — Zakovat Quiz intellektual o‘yini o‘tkazildi.

💬 Jarayonda faol va izlanuvchan yoshlar o‘z bilimi, mantiqiy fikrlashi hamda jamoaviy ishlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#OTMYetakchilari #IkkinchiKun

🙋 Yoshlar yetakchilari forumi — 2-kun!

👥 200 nafarga yaqin yoshlar yetakchilarini o‘zida jamlagan forumning ikkinchi kuni boshlandi!

💬 Qiziqarli seminarlar, treninglar va mahorat darslari bilan yosh yetakchilar o‘z salohiyatlarini oshirishmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#OTMYetakchilari #IkkinchiKun

👤 Yoshlar yetakchilari forumida navbatdagi mehmon spikerlar!

🙋 Yoshlar yetakchilari forumining navbatdagi mehmon spikerlari — Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi Asilbek Murtazayev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamovlar bo‘lishdi.

👋 Ular forum ishtirokchilarini samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilashdi. Mehmonlar yetakchilar bilan ochiq va do‘stona muloqotda bo‘lib, ular uchun foydali maslahatlar ham berishdi. Suhbat iliq muhitda, o‘zaro fikr almashuvga boy tarzda o‘tdi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#OTMYetakchilari #IkkinchiKun

🙋 Yoshlar yetakchilari forumining ikkinchi kuni ham mazmunli va faol tadbirlarga boy bo‘ldi

🎙 Ertalab ishtirokchilar salomatlik va ruhiy tetiklikni ta’minlash maqsadida badantarbiya mashg‘ulotlarida qatnashishdi. Tonggi mashg‘ulotlar forum qatnashchilariga yangi kunni energiya bilan qarshi olishga yordam berdi.

🔎 Shundan so‘ng, kunning asosiy qismi turli mavzulardagi seminar-treninglar bilan davom etdi. Bu seminarlarda yetakchilik ko‘nikmalari, jamoaviy ishlash, muammolarni hal qilish va kommunikatsiya kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

⚽️ Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Futbol o‘yinida yoshlar o‘z jismoniy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, do‘stona muhitda bellashish.

👋 Forumning ikkinchi kuni yoshlar uchun bilim va motivatsiyaga boy, harakatga to‘la tarzda o‘tdi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM