Hujjat topshirish jarayonlari
22.8K subscribers
159 photos
25 videos
114 files
871 links
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Download Telegram
Talabalar almashinuvi dasturi uchun insho namunasi

Talabalar almashinuvi dasturlari bir OTM talabasiga ikkinchi OTMda 1 semestr yoki 1 yil o'qish imkonini beradi. Bunday dasturlar odatda ikki universitet o'rtasidagi shartnoma asosida tashkil qilinadi. O'zbekistondagi juda ko'p OTMlarining xorij oliygohlari bilan ikki tomonlama shartnomasi mavjud.

Siz tahsil olayotgan universitetda ham almashinuv dasturi doirasida chet el universitetlaridan birida ma'lum muddat o'qish imkoni mavjud bo'lishi mumkin. Bunday dasturlar haqida universitetdagi xalqaro bo'limdan ma'lumot so'rashingiz kerak.

Almashinuv dasturiga ariza topshirishda, albatta, motivatsiya inshosi (motivation letter yoki letter of motivation) yoki shaxsiy bayonot (personal statement) ham so'raladi.

Talabalar almashinuvi dasturi uchun motivatsiya inshosi qanday yozilishiga qiziqayotgan bo'lsangiz, quyidagi namuna bilan tanishishingiz mumkin.

Insho muallifi Toshkent Moliya instituti talabasi sifatida Ruminiyaning Buxarest Iqtisodiyot Universitetida 1 semestr o'qish uchun Erasmus to'liq grantini yutib olgan.

👉 INSHO BILAN TANISHISH 👈

Eslatma: inshodan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini ko'chirib, o'ziniki sifatida topshirilgan holatlar maxsus dastur orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

@grantlar_namuna
​​#bepul_oliygohlar

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan Ludwig Maximilian University of Munich (LMU) universitetining magistratura bosqichida oʻqish haqida maʼlumot beramiz.

Hozirda 52 mingga yaqin talaba oʻqiydigan mazkur universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, LMU, 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, THE reytingi boʻyicha dunyoning eng yaxshi oliygohlari roʻyxatida 32-oʻrinni egallab turibdi.

Xarajatlar

– LMUda magistratura bosqichida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.

– Biroq talaba har semestrda semestr badali va transport chiptasi uchun toʻlov qilishi kerak. Bu toʻlov 2021-yil aprel oyi holatiga koʻra, quyidagicha (keyingi semestrlarda biroz oʻzgarishi mumkin):
a) semestr badali (1 semestr uchun) – 62 yevro;
b) transport chiptasi (1 semestr uchun) – 66,5 yevro. Chipta talabaga jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beradi.

Universitetda bundan boshqa toʻlov mavjud emas.

ESLATMA: Ayrim qoʻshma (boshqa taʼlim muassasasi bilan birga oʻtiladigan) magistrlik dasturlari uchun kontrakt summasi toʻlanadi. Bu summa LMUga emas, 2-taʼlim muassasasiga toʻlanadi.

Yoʻnalishlar

Magistrlik yoʻnalishlari nemis yoki ingliz tilida oʻqitiladi. Ayrim nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar ingliz tilini ham bilishni talab qilishi mumkin.

Hozirda universitet 34 ta ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik yoʻnalishlarini taklif etadi. Ularning toʻliq roʻyxati – BU YERDA.

Nemis tilida magistrlik oʻqitiladigan yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

Talablar

Ingliz tilidagi yoʻnalishlarda oʻqish uchun nomzoddan, yoʻnalishiga qarab, IELTS 6.5 yoki 7.0 soʻraladi.

Nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar uchun odatda nemis tilini C1 darajada bilish va buni til sertifikati (TestDAF yoki boshqa) bilan isbotlash lozim.

Qabulga oid boshqa talablar yoʻnalishga qarab nihoyatda farq qiladi. Shu sababli barcha talablar bilan kerakli magistrlik yoʻnalishi sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Hujjatlar

Barcha yoʻnalishda qabul uchun soʻraladigan hujjatlar quyidagilardan iborat:
– Onlayn ariza shakli (saytda toʻldiriladi)
– Bakalavriatdagi baholar
– CV
– Til sertifikati

Yoʻnalishga qarab, yuqoridagilardan boshqa hujjatlar ham soʻralishi mumkin.

Qabul sanalari

Aksariyat yoʻnalishlarga yiliga 2 marta – qishki va kuzgi semestr uchun qabul boʻladi.

Lekin qabul sanalari ham yoʻnalishga qarab juda farq qiladi. Masalan, hozir (2021-yil, 2-aprel) kuzgi yoki qishki semestr uchun hozirda ariza qabul qilinayotgan yoʻnalishlar ham, kuzgi semestrga qabul tugaganlari ham, qishki semestr uchun hali boshlanmaganlari ham bor.

Qabul sanalarni bilish uchun kerakli yoʻnalish sahifasiga tashrif buyuring (yuqorida nemis va ingliz tilidagi yoʻnalishlar uchun havola berilgan).

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Najot Taʼlim va Cambridge o'quv markazlaridan “Kelajak yoshlari” nomli 1 mlrd so'mlik ta'lim granti

Najot Taʼlim va Cambridge o'quv markazlari oʻzaro hamkorlikda kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qoʻyishida koʻmaklashish maqsadida, "Kelajak yoshlari" nomli umumiy qiymati 1 mlrd soʻmlik taʼlim grantini yo'lga qo'yganini maʼlum qildi.

Taʼlim aksiyasi orqali 60 nafar yoshlarga ingliz tili hamda IT sohalarini, jumladan: grafik dizayn va dasturlash yoʻnalishlarida, 1 yil davomida mutlaqo bepul taʼlim berish reja qilingan.

Ushbu xayriya aksiyasi har yili Ramazon oyida boshlanib, Ramazon oyida tugaydi.

“Kelajak yoshlari” taʼlim grantida 15 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan kam taʼminlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Nomzodlar granti ariza berishda soʻralgan maʼlumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni yuklashi kerak:
– Shaxsiy biografiya
– Motivatsiya xati
– Kam taʼminlanganlik/Boquvchisini yoʻqotganlik haqidagi hujjatingizning nusxasi

Talabgorlar Najot Taʼlim va Cambridge jamoalari HR boʻlimi aʼzolari tomonidan motivatsion xat va boshqa omillar orqali saralab olinadi. Loyihada qatnashish uchun arizalar aprel oyining 13-sanasigacha qabul qilinadi.

👉 “Kelajak yoshlari” granti uchun ariza topshirish

👨🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Telefon raqam: +998712001123
CV_Fulbright.pdf
238.6 KB
Fulbright grant dasturi AQShda magistraturada o'qish uchun to'liq grant hisoblanadi. Kanalimizda ushbu grant haqida ko'p berilgan savollarga javoblar uchun maxsus maqola ham tayyorlangan.

Bugun shu grantni yutib, hozir AQShda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabaning rezyumesi (CV) bilan tanishasiz.

Talabaning xohishiga ko'ra rezyumedagi shaxsiy ma'lumotlar o'chirilgan.

@grantlar_namuna
​​#bepul_oliygohlar

Bugun Rossiyada joylashgan navbatdagi oʻqish bepul oliygoh – Skolkovo fan va texnologiya instituti (Skoltech) haqida maʼlumot beramiz.

Mazkur oliygoh 2011-yilda AQSHning Massachusetts texnologiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, hozirda 1200 dan ortiq talaba tahsil oladi. Institutdagi darslarning barchasi ingliz tilida olib boriladi.

Skoltek oliygohi faqat magistratura va PhD dasturlarini taklif etadi, bakalavriat kursi mavjud emas.

Xarajat va imtiyozlar

– Skoltech institutida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham mutlaqo bepul. Yaʼni qabul qilingan hech bir talaba kontrakt summasi toʻlamaydi. Shuningdek, ariza topshirish uchun toʻlov ham, semestr badali ham mavjud emas.

– Qabul qilingan har bir talaba uchun tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplab beriladi.

– Qabul qilingan har bir talaba oylik stipendiya bilan taʼminlanadi. Mazkur oylik stipendiyaning eng kam miqdori 2021-yil holatiga koʻra quyidagicha:
a) Magistratura uchun – 40 000 rubl (taxminan 519 AQSH dollari);
b) PhD bosqichi uchun – 75 000 rubl (taxminan 973 AQSH dollari).

Nomzodning koʻrsatkichlariga qarab stipendiya miqdori bundan ham yuqori qilib belgilanishi mumkin.

2021-yil uchun 285 nafar magistrant va 114 nafar PhD bosqichi talabasi qabul qilinadi. Ularning barchasi yuqoridagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi.

Yoʻnalishlar

Magistratura bosqichida quyidagi 11 ta yoʻnish bor:
Data Science
Advanced Computational Science
Petroleum Engineering
Photonics and Quantum Materials
Mathematical and Theoretical Physics
Life Sciences
Space and Engineering Systems
Advanced Manufacturing Technologies
Materials Science
Internet of Things & Wireless Technologies

PhD bosqichida quyidagi 7 ta yoʻnalish mavjud:
Mathematics and Mechanics
Physics
Materials Science and Engineering
Life Sciences
Computational and Data Science and Engineering
Engineering Systems
Petroleum Engineering

Talablar

Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilar:
– Bakalavr (magistratura uchun) yoki magistrlik (PhD uchun) darajasiga ega boʻlish.
– Kamida IELTS 6.0/TOEFL iBT 80 balli sertifikat. Til sertifikatiga ega boʻlmaganlar sertifikatni keyinchalik taqdim etishi yoki universitetdagi ingliz tili testidan oʻtishi mumkin.

Qabul

Hozirda (2021-yil 8-aprel) oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda va bu yil oʻqishga kirganlar uchun oʻqish 2021-yilning noyabr oyida boshlanadi.

2021-yil uchun qabul sanalari quyidagicha:
– Magistraturaga 2021-yil 16-iyulgacha;
– PhD bosqichida 2021-yil 1-avgustgacha arizalar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
Onlayn ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ham ilova qilinadi:
– CV/rezyume.
– Motivatsion xat.
– 2 ta tavsiyanoma.
– Diplom yoki baholar (magistratura uchun bakalavriat, PhD uchun bakalavriat va magistratura diplomlari va baholari).
– Kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 80 ball. Nomzodda til sertifikati boʻlmasa, uni keyinchalik topshirishi yoki institutdagi TOEFL iTP testidan oʻtish mumkin.

Shuningdek, PhD bosqichiga ariza topshirishda tanlangan soha boʻyicha ilmiy rahbar koʻrsatilishi kerak. Ilmiy rahbarlar haqida ma’lumot PhD kurslarning sahifalarida mavjud.

Qabul bosqichlari

Magistraturaga
qabul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Kerakli hujjatlarni topshirish.
2. Onlayn test.
3. Saralash bosqichi. Bunda nomzodlar bilan suhbat qilinadi va ular ingliz tilidan test topshiradi.

PhD bosqichiga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Kerakli hujjatlarni topshirish.
2. Saralash bosqichi. Bunda nomzodlar suhbatdan oʻtadi. Til sertifikati yoʻqlar ingliz tilidan testidan ham oʻtadi.

Skoltech instituti, unga qabul jarayoni va boshqalar haqida oʻzbek tilida koʻproq maʼlumot olish uchun BU YERGA kiring.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Hurmatli obunachilar!

Ruminiyaning O'zbekistondagi elchixonasi Romanian Government Scholarship dasturiga hujjatlar qabuli tugaganini e'lon qildi.

Grantning umumiy yo'riqnomasida qabul 30-aprelgacha ekani yozilgandi.

Biroq elchixona hujjatlar 15-aprelgacha qog'oz shaklda Ruminiyaga yetib borishi kerakligi, shu sababli hozirda qabul yopilgani, hozir hujjatlarni qabul qilgani bilan, 15-aprelgacha yetkaza olmasliklarini ma'lum qildi.

Demak, mazkur grant uchun bu yilgi qabul tugadi.

@grantlar_namuna
Xotin-qizlar uchun o'zini himoya qilish boʻyicha bepul kurslar tashkil etildi

AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan xotin-qizlar uchun o'zini himoya qilish kurslari taklif etilmoqda. Dasturda xotin-qizlarga jismoniy tahdid va hujumlarga qarshi o'zini himoya qilish texnikalari va mashqlari oʻrgatiladi. Mashgʻulotlar professional Fudokan Karate-Do murabbiylari tomonidan olib boriladi.

Bundan tashqari, xotin-qizlarda oʻziga ishonchni shakllantirish maqsadida psixolog mutaxassis ham jalb etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar muammolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish koʻnikmalarini ham oʻrganadi.

Kurslarda qatnashish BEPUL.

Kurs may oyi o'rtalarida boshlanib, 3 oy davom etadi. Mashg'ulotlar Toshkent shahridagi BeFit Box zamonaviy mashg'ulotlar zalida o'tkaziladi (joy Makro supermarketlar tarmog'i tomonidan ta'minlanadi).

Ishtirokchilar

13-18 yosh va 18 yoshdan katta ishtirokchilar uchun jami ikkita guruh tashkil qilinadi. Har bir guruhga 30 nafargacha ishtirokchi arizasiga ko'ra saralab olinadi.

Mashg'ulotlar jadvali:

13-18 yoshlilar uchun:
Dushanba, chorshanba va juma kunlari 15:00 dan 16:00 gacha.

18 yoshdan kattalar uchun: Dushanba, chorshanba va juma kunlari 21:00 dan 22:00 gacha.

Ariza topshirish

Ishtirok etish uchun 20-aprelgacha ariza topshirish mumkin. Arizani bu yerda toʻldiring. Dastur haqidagi rasmiy eʼlonni bu yerda oʻqishingiz mumkin.

Ishtirokchilar topshirgan arizalari asosida saralab olinadi.

@grantlar_namuna
Young Professional Internship Program dasturi Toshkentda bo'ladigan, haq to'lanadigan amaliyot dasturi hisoblanadi. Amaliyot talabalar uchun mo'ljallangan. Bu dasturga arizalar joriy yilning 24-martigacha qabul qilingan edi.

Bugun shu dasturga hujjat topshirib, suhbat bosqichiga o'tgan nomzodlardan birining inshosi bilan tanishasiz. Suhbat natijalaridan qat'i nazar, insho muvaffaqqiyatli hisoblanadi, chunki suhbatgacha bosqichda saralash insho va boshqa hujjatlar asosida bo'ladi.

👉INSHONI KO'RISH👈

Shu dasturga qabul qilingan talaba bilan uyishtirilgan suhbatni bu yerda o'qishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
tanlov_ariza_namuna.docx
17.3 KB
“El-yurt umudi” jamgʻarmasi granti uchun topshiriladigan ariza shakli

Hozirda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi eʼlon qilgan 350 ta grantga hujjatlar qabul qilinmoqda.

Yuqorida mazkur grantlardan biriga hujjat topshirishda boshqa hujjatlar bilan birga taqdim etilishi kerak boʻlgan ariza shakli keltirilgan.

Maʻlumot uchun: Jamgʻarma grantlari uchun arizalar 2021-yilning 1-aprelidan 1-mayigacha qabul qilinadi. Saralash bosqichi esa 1-maydan 20-maygacha davom etadi.

@grantlar_namuna
Bir qancha obunachilar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi joriy yilda ajratgan 350 ta grantga ariza topshirish haqida savollar bilan murojaat qilishmoqda.

Aslida hujjat topshirish jarayoni boʻyicha jamgʻarma saytida batafsil yoʻriqnoma keltirilgan. Toʻgʻri, undagi ayrim hujjatlar juda uzun. Lekin chindan jamgʻarma grantini yutmoqchi boʻlsangiz, erinmasdan oʻqib chiqishingiz kerak boʻladi.

Quyida ushbu yoʻriqnoma qismlarini keltirib oʻtamiz:

👉 Grantga saralash tartibi boʻyicha Nizom. Mazkur nizomda nomzod va oʻqish mumkin boʻlgan oliygohlarga qoʻyilgan talablar, saralash tartibi, stipendiya turlari, hujjatlarni qabul qilish tartibi va boshqa barcha masala batafsil keltirilgan.

👉 Onlayn hujjat topshirish boʻyicha qoʻllanma. Qoʻllanmaga jamgʻarma grantlaridan biri uchun qanday qilib hujjat topshirish rasmlar bilan tushuntirilgan.

👉 Ajratilgan oʻrinlar soni. Bunda har bir bosqich va taʼlim sohalari boʻyicha nechta grant ajratilgani batafsil keltirilgan.

👉 Koʻp beriladigan savollarga javoblar.

👉 Jamgʻarma bilan bogʻlanish uchun kontaktlar.

👉 Grant uchun yoziladigan ariza shakli.

Grant uchun hujjatlar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.

@grantlar_namuna
#Avstriya

Avstriyada kontrakt summasi arzon yoki oʻqish bepul boʻlgan davlat universitetlari anchagina.

Oʻqish bepul universitetlarda talaba faqat Talabalar ittifoqi badalini toʻlaydi va bu badal odatda har semestr uchun 25 yevrodan oshmaydi.

Oʻqish pullik davlat universitetlarida ham kontrakt summasi qimmat emas – bir semestr uchun 730 yevro atrofida kontrakt toʻlanadi.

Lekin Avstriya universitetlarida aksariyat dasturlar faqat nemis tilida yoki nemis va ingliz tilida oʻqitiladi. Faqat ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar juda koʻp emas.

Quyida oʻqish bepul yoki kontrakt summasi arzon boʻlgan 3 ta Avstriya oliygohini keltirib oʻtamiz.

1. FH Vorarlberg University of Applied Sciences. Mazkur universitetda oʻqish bepul.

Mahalliy talabalar ham, xorijiy talabalar ham oʻqish davomida faqat Talabalar ittifoqi badalini toʻlaydi. Bu badal, 2021-yil aprel oyi holatida, 1 semestr uchun 20,7 yevroni (taxminan 25 AQSh dollari) tashkil qiladi.

Universitetda mavjud bakalavriat va magistratura kurslari roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

2. University of Vienna (Vena universiteti). Bu oliygohda Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari 1 semestr uchun 726,72 yevro (taxminan 872 AQSH dollari) kontrakt summasi (tuition fee) toʻlaydi.

Bundan tashqari, har semestr 20,2 yevro (taxminan 25 AQSH dollari) miqdorida Talabalar ittifoqi badali ham toʻlanadi.

Vena universiteti taklif etadigan barcha bosqichlardagi yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

3. Medical University of Vienna (Vena tibbiyot universiteti). Bu oliygohda Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari 1 semestr uchun 726,72 yevro (taxminan 872 AQSH dollari) kontrakt summasi (tuition fee) toʻlaydi.

Bundan tashqari, har semestr 20,2 yevro (taxminan 25 AQSH dollari) miqdorida Talabalar ittifoqi badali ham toʻlanadi.

Vena universiteti taklif etadigan barcha bosqichlardagi yoʻnalishlar bilan universitet veb-saytiga kirib, tanishishingiz mumkin.

Eslatma: Avstriyada faqat davlat universitetlarida kontrakt narxi arzon yoki oʻqish bepul. Xususiy universitetlarda kontrakt narxlari odatda yiliga 3000 yevrodan 35 000 yevrogacha boʻladi (universitet, yoʻnalishga qarab farq qiladi).

Post 2021-yil 15-aprelda tayyorlandi. Keyingi yillarda postda ko'rsatilgan summalar bir oz oʻzgarishi mumkin.

@grantlar_namuna
​​#bepul_oliygohlar

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Halle shahrida joylashgan Martin Luther University of Halle-Wittenberg (MLU) haqida maʼlumot beramiz.

1502-yil tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 19 300 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2022-yil mart oyi holatida, MLU QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 461-oʻrinni egallab turibdi.

Xarajatlar

– Mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham universitetda oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.

– Biroq talabalar har bir semestr uchun 56,1 yevro (taxminan 62 AQSH dollari) miqdorida semestr badali toʻlashi kerak.

– Shuningdek, har bir semestr uchun 60 yevro (taxminan 68 dollar) transport chiptasi uchun toʻlov qilinadi. Bu chipta talabaga shahardagi jamoat transportlaridan 1 semestr davomida bepul foydalanish imkonini beradi.

Universitetda oʻqish uchun bundan boshqa xarajatlar mavjud emas.

Yoʻnalishlar

Universitetda aksariyat yoʻnalishlar (kurslar) nemis tilida oʻqitiladi.

Biroq ingliz tilida oʻqitiladigan bir nechta yoʻnalishlar mavjud. Ular quyidagilar:

Bakalavriatda faqat 1 ta:
B.Sc. Business Economics

Magistraturada 5 ta:
M.Sc. Economics: Data Science and Policy
M.Sc. Pharmaceutical and Industrial Biotechnology
M.Sc. Polymer Materials Science
M.Sc. Molecular and Cellular Biosciences
M.Sc. Biodiversity Sciences

Nemis tilida oʻqitiladigan kurslar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Talablar

Ingliz tilida
oʻqitiladigan bakalavriat kursi uchun kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 72 talab etiladi.

Ingliz tilidagi magistrlik kurslarining ayrimlari uchun IELTS 6.0, baʼzilari uchun 6.5 talab etiladi. Aniq til talabini kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirib, koʻrib olish mumkin.

Nemis tilidagi kurslar uchun esa nemis tilini sertifikati topshirish lozim (yoʻnalish va bosqichlariga qarab, nemis tilini B2, C1 yoki boshqa daraja talab etilishi mumkin).

Qolgan barcha talablar bilan kerakli kurs sahifasiga kirib, tanishib olishingiz mumkin.

Qabul

Bakalavriat
bosqichi uchun qabul 15-iyulgacha davom etadi. 2022-yil qishki semestr uchun hozirda (2022-yil 11-mart holati) hujjatlar qabul qilinmoqda.

Magistratura kurslarining aksariyati uchun hujjatlar 30-aprelgacha qabul qilinadi. Biroq baʼzi yoʻnalishlar uchun qabul sanasi farq qiladi. Qabul sanasini aniq bilib olish uchun kerakli magistrlik kursining sahifasiga tashrif buyuring.

Mazkur universitetga toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirib boʻlmaydi. Universitetga kirmoqchi boʻlganlar Germaniyadagi Uni-assist tizimi orqali hujjatlarini topshirishi lozim. Qabul haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Vengriyada to'liq grant asosida o'qishga imkon beruvchi Stipendium Hungaricum dasturi haqida kanalimizda bir necha bor ma'lumot bergan edik. Shu dasturga hujjat topshirib, saralashning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan va suhbat (imtihon) bosqichiga taklif qilingan talabaning inshosini ham bu yerda va bu yerda e'tiboringizga havola qilgandik.

Bugun shu dastur bo'yicha magistraturaga topshirib, suhbat (imtihon) bosqichiga o'tgan yana bir o'zbekistonlik talabaning hujjatlari bilan tanishasiz (tahrir: 2021-yil iyulda yakuniy natijalar eʼlon qilingan va ushbu talaba grantni qoʻlga kiritgan))

E'lon qilinadigan hujjatlar:

Insho (letter of motivation)

Tavsiyanoma (letter of recommendation)

Eslatma: hujjatlardan o'rganish maqsadida foydalaning. Hujjat matnini ko'chirib, o'z arizasida topshirish plagiarizm hisoblanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi. Plagiarism maxsus dastur orqali yuqori aniqlik bilan tekshiriladi.

@grantlar_namuna
Stipendium Hungaricum:

Magistratura hujjat topshirib, keyingi bosqichga o'tgan talabaning inshosi.

👉 INSHONI KO'RISH 👈

@grantlar_namuna
tavsiyanoma (recommendation letter)(1).pdf
151.3 KB
Stipendium Hungaricum:

Magistratura hujjat topshirib, keyingi bosqichga o'tgan talabaning ustozi tomonidan yozilgan tavsiyanoma.


@grantlar_namuna
2 yil davomida 100 yevro oylik stipendiya bilan ta'minlovchi JACAFA grant dasturiga qabul 18-aprelda tugadi.

Ushbu grantga ariza topshirdingizmi?
Final Results
7%
Ha, topshirdim
3%
Tanishim topshirdi
14%
Grant talablariga mos emas ekanman
76%
Bu grantdan bexabar qolibman
Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?

Koʻpchilik bizdan qabul vaqtida til sertifikati talab etilmaydigan va oʻqish ingliz tilida boʻladigan grantlar/universitetlar bormi deb soʻraydi.

Bu savolga javob: Ha, bor.

Lekin yodda tuting: Qabul vaqtida til sertifikati topshirmasa ham boʻladi deyilgani bilan ingliz tilini yetarli darajada bilishingiz lozim.

Va til sertifikatining talab qilinmasligi holati bir necha turga boʻlinadi. Quyida shu turlarga alohida toʻxtalib oʻtamiz.

1-tur: til sertifikatini topshirish ixtiyoriy boʻlgan dasturlar. Bunday dasturlar agar til sertifikatingiz boʻlsa, topshiring. Boʻlmasa, topshirmasangiz ham boʻladi deb aytadi.

Odatda bunday dasturlarga qoʻyilgan til talabi ham u qadar yuqori boʻlmaydi. Nomzodning til bilish darajasi esa yozgan motivatsiya xati, shaxsiy bayoni yoki boshqa shu kabi hujjatlar asosida aniqlanadi.

Taʼkidlash joizki, bunday dasturlar koʻp emas.

Masalan, Ozarbayjondagi Hazar universiteti barcha bosqichlarda tahsil olish uchun toʻliq va qisman grantlar taklif etadi (darslar ingliz tilida). Va bu grantlarni yutish yoki universitetga kirish uchun IELTS/TOEFL boʻlishi shart emas. Agar bunday sertifikat bor boʻlsagina, topshirish soʻraladi, xolos.

Lekin til sertifikatingiz boʻlsa, albatta, topshirish kerak.

Eslatma: Hazar universiteti grantlariga qabulodatda har yili may-iyun oyigacha davom etadi.

Shuningdek, 120 ta grant taklif etayotgan Calabria universitetiga (Italiya) ham til sertifikati topshirish majburiy emas. Bu universitet grantlariga qabul har yili may oyi oʻrtalarigacha davom etadi.

2-tur: Til sertifikatingiz boʻlmasa, universitetning oʻz imtihonini topshirish taklif etiladi. Bunda nomzoddan IELTS/TOEFL soʻraladi. Lekin nomzod bunday sertifikatlarga ega boʻlmasa, universitetning oʻzi oʻtkazadigan til imtihonida qatnashishi va unda yetarlicha ball toʻplashi kerak.

Masalan, Rossiyada joylashgan Skoltech oliygohi magistratura va PhD bosqichi uchun bu yil 399 ta grant taklif qilmoqda. Bu grantlarni yutish uchun soʻralgan til sertifikatini topshirish, agar sertifikat boʻlmasa, oliygohning ichki til imtihonidan oʻtish kerak boʻladi.

Eslatma: Skoltech grantlariga qabul odatda 1-avgustigacha davom etadi.

3-tur: dastlabki bosqichlarda til sertifikati talab etilmasa-da, uni keyinchalik topshirish kerak. Masalan, Global UGRAD talabalar almashinuvi dasturiga qabul bir necha bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichi – hujjatlarni topshirish.

Mazkur dasturda TOEFL sertifikatini topshirish majburiy boʻlsa-da, hujjatlarni topshirish bosqichida bunday sertifikatingiz yoʻq boʻlsa ham hujjatlaringiz qabul qilinadi.

Lekin keyingi bosqichlardan ham muvaffaqiyatli oʻtsangiz, dasturga toʻliq qabul qilinishingiz uchun keyinchalik TOEFL imtihoniga kirib chiqishingiz kerak boʻladi. Bunda TOEFL imtihoni xarajati ham grant dasturi tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi.

Eslatma: Global UGRAD dasturiga qabul har yili mart oyi oʻrtalarigacha davom etadi.

4-tur: Til sertifikati oʻrniga suhbat qilinadi. Bunda nomzoddan til sertifikati soʻraladi, lekin nomzod sertifikatga ega boʻlmasa, onlayn yoki oflayn suhbat orqali uning til bilish darajasi aniqlab olinadi.

5-tur: oldingi bosqichni toʻliq ingliz tilida oʻqigan boʻlsangiz, til sertifikati topshirishdan ozod boʻlasiz. Masalan, bakalavriatni Toshkentdagi Vestminster universitetida oʻqidingiz (darslar toʻliq ingliz tilida). Magistraturani xorijda oʻqimoqchi boʻlsangiz, koʻpgina universitetlar sizni til sertifikatini topshirishdan ozod qiladi.

Shuningdek, bu holda universitet taklif etuvchi grantlar uchun ham til sertifikati shart boʻlmaydi: bakalavriatni toʻliq ingliz tilida oʻqiganingiz kifoya qiladi.

Lekin oldingi bosqichni toʻliq ingliz tilida oʻqigan boʻlsangiz ham, baʼzi dasturlar/grantlar til sertifikatini topshirishni talab qilishi mumkin.

Postimiz Siz uchun foydali boʻldi degan umiddamiz.

@grantlar_namuna
#Natija #1

Kanalimiz obunachilaridan biri – Shahzod Normamatov kanaldagi maslahatlar va hujjat namunalaridan foydalanib, bakalavriatda oʻqish uchun 50% lik grant yutib olganini maʼlum qildi.

Shahzod Yamanashi Gaikun universiteti (Yaponiya) tarkibidagi International College of Liberal Arts (iCLA) oliygohining Global Business and Economics yoʻnalishida (bakalavriat) oʻqishga kirgan.

Unga kontrakt toʻlovi va boshqa badallarning 50 foizini qoplab beruvchi grant taqdim etilgan (miqdori 7900 AQSH dollari, 2021-yil aprel holatida). Grant oʻzlashtirish darajasining talab darajasida boʻlishi sharti bilan oʻqish tugaguncha (4 yil davomida) amal qiladi.

Bugun Shahzodning mazkur oliygohga topshirgan hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz:

👉 Universitetga qabul uchun yozilgan insho

👉 Grant uchun yozilgan insho

👉 Tavsiyanoma 1

👉 Tavsiyanoma 2

👉 Maktabni 2021-yil bitirishi haqidagi maʼlumotnama

👉 Baholar

👉 Qoʻshimcha sertifikat

👉 Grant ajratilgani haqidagi xat

Hujjatlardagi ayrim shaxsiy maʼlumotlar oʻchirilgan.

Maʼlumot uchun: Shahzod hozirda (2021-yil, 22-aprel) 11-sinf oʻquvchisi. iCLA oliygohida topshirganida IELTS 7.0 sertifikatiga ega boʻlgan hamda olgan baholarning barchasi “aʼlo” (5) boʻlgan. Hali maktabni bitirmagani uchun oʻqishga shahodatnoma emas, hozirgacha oʻtgan fanlari va ulardan olgan baholarini topshirgan.

Hujjatlarini bizga ulashgani uchun Shahzodga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

@grantlar_namuna
University admission essay

International College of Liberal Arts oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovning universitet qabuli uchun yozgan inshosi.

Insho mavzusi: Why this university?

👉 INSHONI KO'RISH 👈

OGOHLANTIRISH: inshodan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini ko'chirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

@grantlar_namuna
Scholarship essay

International College of Liberal Arts oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovning grant uchun yozgan inshosi.

👉 INSHONI KO'RISH 👈

OGOHLANTIRISH: inshodan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini ko'chirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

@grantlar_namuna
Recommendation Letter.pdf
132.6 KB
Tavsiyanoma

International College of Liberal Arts (iCLA) oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovga maktab direktori tomonidan berilgan tavsiyanoma.

@grantlar_namuna