GrantGO
41.9K subscribers
4.65K photos
142 videos
4 files
6.51K links
GrantGO.uz saytining telegram kanali

Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.

Reklama: @grantgo_reklama

Mentorlik: @mentorgouz

Tadbirlar: @eventgouz
Download Telegram
Saytdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma

Yuqoridagi so'rovnomadan kelib chiqqan holda Siz qadrli foydalanuvchilarga saytimizdan foydalanish bo'yicha asosiy yo'riqnomalarni taqdim etmoqchimiz.

1. GrantGo saytidan qanday ro'yxatdan o'tiladi?

2. Tizimga qanday kiriladi (login)?

3. Profil ma'lumotlari qanday to'ldiriladi?

4. "Sevimlilar" va ularning oxirgi muddatlari haqidagi shaxsiy xabarnoma funksiyasi ishlatishdan oldin nimalar qilish kerak bo'ladi?

5. "Sevimlilar" va ularning oxirgi muddatlari haqidagi shaxsiy xabarnoma funksiyasini qanday ishlatish mumkin?

Saytimizdagi "Sevimlilar" orqali Siz o'zingiz yoqtirgan grant dedlayni haqida aynan o'zingiz xohlagan vaqtda (3 kun oldin, 1 hafta oldin, 1 oy oldin...) email yoki telegram botimiz orqali shaxsiy eslatmalar olib turishingiz mumkin.

Bu qanday qilinishi haqida yuqoridagi 4-5 savollarda batafsil to'xtalganmiz.

Savollaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin!

Hurmat bilan Effort Team ❤️

#faq #instructions #guide

Telegram | Facebook | Instagram
UGRAD dasturi bo'yicha eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar

Muqobillik shartlari

Kuni kecha bakalavr talabalariga AQSh'da bir semestr davomida to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi UGRAD dasturiga qabul ochilganini e'lon qilgan edik. Dasturga bo'lgan yuqori qiziqishni hisobga olib, u bo'yicha ba'zi savollarga javob berib o'tmoqchimiz.

1. UGRAD ga kimlar topshira oladi?
➡️ 18 yoshdan oshgan, O'zbekiston fuqarosi yoki doimiy yashovchisi bo'lgan, to'liq vaqtda (full-time) o'quvchi bakalavriat bosqichi talabalari. Magistrantlar yoki PhD talabalari topshira olmaydi.

2. Qaysi kurslar topshirishi mumkin?
➡️ O'qishning oxirgi yilida o'qimayotgan barcha bakalavriat bosqichi talabalari. 4 yillik bakalavriat uchun 1, 2, 3-kurslar. 5 yillik bakalavriat uchun 1, 2, 3, 4-kurslar va hokazo.

3. Kechki ta'limda o'qiyotgan talabalar topshira oladimi?
➡️ Kechki ta'limdagi yuklamangiz kunduzgi bilan bir xil bo'lsa, ya'ni o'qishingiz to'liq vaqt (full time) deb hisoblansa, bo'ladi. Bu bo'yicha universitetingizga murojaat qilib aniqlashtirishingiz mumkin.

4. Sirtqi ta'limda o'qiyotgan talabalar topshira oladimi?
➡️ Afsuski, faqat to'liq vaqt (full time) bakalavr bosqichi talabalari topshira oladi. Yuqoridagi qo'shimcha talablarni hisobga olgan holda.

5. Xususiy universitetlar talabalari topshira oladimi?
➡️ O'qiyotgan universitetingiz davlat akreditatsiyasidan o'tgan, litsenziyaga ega bo'lsa, albatta. Faqat yuqoridagi qo'shimcha talablarni hisobga olgan holda.

6. X yo'nalishda o'qiydigan talabalar topshira oladimi?
➡️ UGRAD uchun yo'nalish bo'yicha cheklov yo'q. Ya'ni istalgan yo'nalish talabalari topshirishi mumkin. Faqatgina tibbiyot talabalari Amerikada o'qish davomida bemorlar bilan to'g'ridan to'g'ri ishlaydigan yo'nalishlarda (hamshiralik, xirurgiya, stomotologiya...) emas, Public Health kabi umumiy yo'nalishlarda o'qishi kerak bo'ladi. Lekin bu narsa tibbiyot talabalari uchun dasturga topshirishda cheklov emas.

7. O'rtacha baho (GPA) minimum necha bo'lishi kerak?
➡️ UGRAD o'rtacha baho uchun minimum talab qo'ymagan. Chunki u faqat akademik dastur emas, shu sabab u sizni har tomondan (akademik yutuqlar, ijtimoiy faollik, yetakchilik va h.k) tekshirib ko'radi. Lekin albatta baholaringiz o'rtacha 70-75% dan baland bo'lishi maqsadga muvofiq, qancha baland bo'lsa shuncha yaxshi.

8. IELTS necha bo'lishi kerak?
➡️ UGRADga topshirishda til sertifikati (shu jumladan IELTS) umuman talab qilinmaydi, borligi rasman foyda ham bermaydi. Chunki g'oliblardan IELTS bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, TOEFL imtihoni olinadi. Lekin g'olib bo'lish uchun sizning ingliz tili darajangiz Intermediatedan baland bo'lishi kerak.

9. TOEFL dan minimum necha olish kerak?
➡️ TOEFL imtihonini faqat g'oliblar va alternativelar yoki intervyu bosqichidan keyin topshiriladi. Shu sababli hozir bu narsa haqida o'ylash payti emas. Lekin, odatda, g'oliblar ingliz tilini kuchli (C1+) darajada biladigan talabalar bo'ladi. Albatta, o'sha paytga kelib TOEFL imtihonidan qancha baland ball olsangiz shuncha yaxshi.

10. Birinchi yoki 3-4-kurslar topshira oladimi?
➡️ Dastur rasmiy talabi bo'yicha siz dastur boshlangunga qadar universitetda kamida to'liq bo'lgan bo'lishingiz va dastur tugagandan keyin yana kamida bir semestr o'z universitetingizda o'qishingiz kerak. Shundan kelib chiqib:
— birinchi kurslar topshira oladi;
— ikkinchi kurslar so'zsiz topshira oladi;
— uchinchi kurslar topshira oladi;
— to'rtinchi kurslar, agar bitiruvchi kurs bo'lmasagina, topshira oladi.

Eslatma!
Loyihamiz va Musayev blogi bilan hamkorlikda dasturga qiziquvchilar, nomzodlar va g'oliblarni bir joyga yig'ish hamda nomzodlarga yordam berish maqsadida UGRAD Hamjamiyatini tashkil qilganmiz.

Hamjamiyatga qo'shilish
💬 @UGRAD_Community

#course #UGRAD #AQSh #exchange #grantgo #faq

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍214
GrantGO
Siz kutgan yangilik — UGRAD mentorlik kursi 2.0 YuldoshevG va MrMusayev mentorligi hamda boshqa g'oliblar ishtirokida GrantGO loyihasi o'tgan yili UGRAD dasturi uchun tashkil qilingan mentorlik kursini taqdim etadi. Bu safar yana ham yuqori kayfiyat va sifat…
UGRAD mentorlik kursi bo'yicha eng ko'p so'ralgan savollarga javoblar

UGRAD dasturi bo'yicha tashkil qilingan "UGRAD mentorlik kursi 2.0" bo'yicha berilayotgan va sizga qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan savollarga javob berib o'tmoqchimiz.

1. Kursga bo'lib to'lash mumkinmi?
Kurs narxi talabalar uchun birdan to'lashga qimmatroq bo'lishini hisobga olgan holda bo'lib to'lash imkonini ham taqdim etamiz. Bunda kurs to'lovi 40-50%ini kursga yozilishdan oldin, qolgan qismni keyingi oy 10-sanasigacha qilishingiz mumkin bo'ladi.

2. Chegirma qilib bera olasizlarmi?
Kurs odatiy holda 499,000 so'm, 15-noyabrgacha (qisman bo'lsa ham) to'lov qilganlarga esa 50,000 so'm chegirma qilib beramiz. Kursda eng yaxshi ishtirok etgan 5 ta ishtirokchiga qo'shimcha 100,000 so'mdan pullari qaytib beriladi. Boshqa holdagi ondividual holatlardagi chegirmani ko'rib chiqa olmaymiz.

3. Kurs qachon boshlanadi va qancha davom etadi?
Kursning yangilangan materiallari eng kechi bilan 15-noyabrdan boshlab taqdim qilinadi va dedlayndan kamida bir hafta oldin to'liq taqdim qilib bo'lishi reja qilingan. Lekin kursga qo'shilganlar o'tgan yilgi kurs materiallaridan ham foydalanib turishlari mumkin. Kurs to'lovi bir martalik, oylik emas!

4. Kurs qanday shaklda bo'ladi?
Yangilangan materiallar oldindan yozib olingan darslar ko'rinishida taqdim etiladi va uni o'zingizga qulay, istalgan vaqtda ko'rib chiqishingiz mumkin. Har bir bo'lim oxirida esa qo'shimcha onlayn uchrashuvlar va g'oliblar bilan masterklasslar tashkil qilinadi.

5. Kursda qatnashsam UGRAD yuta olamanmi?
UGRAD raqobat juda kuchli va yutish qiyin bo'lgan dastur. Unda chin ma'noda kuchlililar g'olib bo'ladi. Kurs esa sizga yo'l yo'riq ko'rsatishga va o'zingizdagi potensialni ochib berishda yordam beradi. Yutish uchun kafolat berolmaymiz.

6. O'tgan yilgi qatnashuvchilardan kimdir g'olib bo'lganmi?
O'tgan yilgi kursdan 15 ta atrofida odam dasturga hujjat topshirgan va bitta ishtirokchi g'olib bo'lib (6%), hozirda Amerikada o'qishni davom ettirmoqda. O'tgan yili dasturga 1000 ga yaqin odam topshirib, atigi 5-6 ta g'olib (0.6%) tanlanganini hisobga olsak, bu yaxshi natija deyish mumkin. Albatta bu yil natijalarimiz yanada yaxshiroq bo'lishiga harakat qilamiz.

7. Hujjatlarni ham tekshirib berasizlarmi?
Albatta, hujjatlaringiz ko'rib chiqilib yaxshilash bo'yicha tavsiyalar berib boramiz. Bundan tashqari onlayn darslarda namunaviy tarzda nomzodlar xatlari chuqur va tanqidiy yondoshgan holda tahlil qilib ko'rsatiladi. Agar qo'shimcha individual tarzda hujjatlaringizni tekshirtirmoqchi bo'lsangiz, buning uchun ham alohida takliflarimiz mavjud.

8. Kursga qachongacha yozilish mumkin?
Umuman olganda bu yerda aniq chegara yo'q. Lekin biz qisman to'lov qilib bo'lsa ham iloji boricha ertaroq yozilish va tayyorgarlik ko'rishni tavsiya etamiz. Ayniqsa keyingi yillar uchun tayyorgarlik ko'rish uchun ham.

9. Kursga nechta odam qabul qilinadi?
Bu yerda ham chegara yo'q. Kurs onlayn va asosan oldindan yozib olingan darslar ko'rinishida bo'lgani uchun nechta odam bo'lishi sizning individual natijangizga salbiy ta'sir qilmaydi. Hujjatlarni tekshirishda esa hech kim chetda qolib ketmasligini kafolatlaymiz.

10. Keyinchalik ham materiallardan foydalana olamanmi?
Ha. Kurs materiallari doim siz uchun ochiq qoladi. Shu sababli tayyorgarlik ko'rib borish uchun ham kursga ertaroq qo'shilishingiz mumkin. Ammo materiallarni yuklab olish, saqlash va tarqatish uchun cheklov qo'yilgan.

Murojaat
✉️ @effort_uz

Kurs haqida batafsil
🎓 UGRAD mentorlik kursi 2.0

UGRAD Hamjamiyati
💬 @UGRAD_Community

#course #UGRAD #AQSh #exchange #grantgo #faq

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152
Forwarded from GrantGO Mentorlik
Turkiya Burslari mentorlik kursi bo'yicha FAQ

1. Grantga kimlar topshira oladi?
Bakalavr bosqichiga topshirish uchun 21 yoshdan kichik va maktab baholaringiz o'rtachasi kamida 70% bo'lishi kerak
— Magistratura uchun 30 yoshdan kichik va bakalavr o'rtacha baholar kamida 75% bo'lishi kerak
— PhD bosqichi uchun 35 yoshdan kichik va magistr baholari kamida 75% bo'lishi kerak
— Tibbiyot talabalari uchun minimum baho talabi — 90%

2. Yuqoridagi talablarga javob bersam yutishim aniqmi?
➡️ Yuqoridagi talablar grant dasturiga topshirish uchun qo'yilgan minimum talablar, unga javob bermasangiz topshira olmaysiz. To'g'ri kelsangiz topshirgan hujjatlaringizga qarab saralashdan o'tkazishadi

3. Til sertifikati kerakmi?
➡️ Turkiya Burslariga topshirib, g'olib bo'lish uchun til sertifikatingiz bo'lishi shart emas. Lekin ingliz yoki turk tilini bilishingiz kerak. Turk tilidan C1 sertifikatga ega bo'lmagan g'oliblar o'qishni boshlashdan oldin bir yil turk tili o'qishi kerak bo'ladi (xarajatlari qoplangan holda)

4. Kurs bepulmi?
➡️ Afsuski yo'q. Kursga qatnashish uchun bir martalik quyidagi summada to'lov qilishingiz kerak bo'ladi
— Bakalavr bosqichi — 499,000 so'm 459,000 so'm
— Magistr bosqichi — 599,000 so'm 549,000 so'm
— PhD bosqichi — 699,000 so'm 649,000 so'm
ℹ️ Chegirma 15-yanvargacha to'lov qilganda amal qiladi. To'lovni 2 ga bo'lib to'lash imkoniyati mavjud!

5. Kursda qatnashsam g'olib bo'lishimga kafolat berasizlarmi?
Mentorimiz o'zi shu grant g'olibi va hozirda Turkiyada o'qiydi, sizga ham bilgan hamma narsasini o'rgatadi. Lekin natija har bir odamning o'zining shu paytgacha erishgan yutuqlari va buyog'iga qiladigan harakatlariga bog'liq.
Agar biz grant yutishingizga kafolat berganimizda kurs narxini ~$50 emas, kamida $5000 qilib qo'yar edik )

Eslatma: Nafaqat biz balki hech kim bu kabi xalqaro grantlarda g'olib bo'lish kafolatini bera olmaydi sizga. Shu sababli bunday va'da berganlarga ishonmang!

6. G'olib bo'lish foizi qanday?
Bu kabi xalqaro grantlarda ehtimollik degan narsani ishlatish to'g'ri bo'lmaydi. Sababi bu lotoreya yoki Green Card emas va g'oliblar tasodifiy tarzda tanlab olinmaydi. Agar kuchli nomzod bo'lsangiz va hamma hujjatni to'g'ri tayyorlasangiz g'olib bo'lish imkoniyatingiz baland, aks holatda past bo'ladi.
Kurs davomida qanday qilib shu imkoniyatingizni oshirishni o'rgatamiz.

7. Hujjatlarimni o'rnimga tayyorlab, topshirib bera olasizlarmi?
Mentorlik kurslari maqsadi — sizga yo'l yo'riq ko'rsatish. Lekin biz hamma o'z kelajagi uchun eng avvalo o'zi harakat qilishi kerak deb hisoblaymiz va shu sababli hech qachon kim uchundir hujjat tayyorlab yoki topshirib bermaymiz. Kurs davomida albatta hujjatlarni qanday tayyorlashni o'rgatamiz.
Agar hujjatlarni o'rningizga tayyorlab berganimizda yuqorida aytganimizdek narx bir necha 10 barobarga qimmat bo'lardi )

8. Kurs davomida hujjatlarni tekshirib berasizlarmi?
Kurs davomida mentor hujjatlaringizni ko'rib chiqib tuzatishlar bo'yicha maslahatlar berib boradi. Bunda maslahatlar telegramda chat yoki ovozli xabar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bitta hujjat 3 martagacha ko'rib beriladi. Agar sizga chuqurroq tahlil va yordam kerak bo'lsa quyidagi savolni o'qing.

9. Alohida o'zim bilan individual ishlaysizlarmi?
Umumiy kurs barcha boshqa kurslar kabi guruh bo'lib ishlashga mo'ljallangan. Lekin hech kim e'tibordan qolib ketmasligiga harakat qilamiz. Agar sizga individual yordam kerak bo'lsa, mentorlarimizdan soatbay individual konsultatsiya olishingiz mumkin. Bu bo'yicha @grantgo_mentor'ga murojaat qilishingiz kerak bo'ladi.

10. Kurs qachon boshlanadi va qancha davom etadi?
Kurs 15-yanvardan boshlanib, uzog'i 10-fevralgacha (reja bo'yicha 5-gacha) davom etadi. Undan keyingi dedlayngacha bo'lgan 5-10 kun ichida hujjatlar tekshirib berilishi ko'zda tutilgan. Kursga 31-yanvargacha yozilish mumkin!

Murojaat
✉️ @grantgo_mentor

Mentorlik kursi haqida to'liq ma'lumot
🎓 Turkiya Burslari Mentorlik Kursi

Turkiya Burslari hamjamiyati
💬 @Turkiya_Burslari

#mentorship #masters #grantgo #faq

Telegram | YouTube | Mentorlik | Hamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2610🔥8🎉2
Turkiya Burslari haqidagi ovozli chat videosi

Kecha kanalimizda Turkiya Burslari granti haqida dastur g'olibi — Ali Egamberdiyev bilan suhbat qilgan edik. Bugun sizlarga ushbu suhbat videosini taqdim etamiz.

Suhbat davomida
Turkiya Burslari granti haqida to'liq ma'lumot
Grant talablari va shartlari haqida eng ko'p so'ralgan savollarga javoblar
Hujjat topshirish jarayonlari bo'yicha Ali Egamberdiyev tajribasi
Turkiyadagi talabalik hayoti va taassurotlari
"Turkiya Burslari mentorlik kursi" haqida ma'lumotlar
Savol-javoblar

Suhbat videosi
📹 https://www.youtube.com/watch?v=L583Kjqm024

Mentorlik kursi bo'yicha savol-javoblar
https://t.iss.one/grantgo_mentorlik/9

Murojaat
@grantgo_mentor

❗️ Mentorlik kursimizga qiziqish bildirganlarga suhbatni ko'rib chiqishni qattiq tavsiya etamiz. Chegirma muddati tugashiga 2 kun qoldi!

#mentorship #masters #grantgo #faq #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥4👏4🤩31🎉1🤣1
NSP — Slovakiya almashinuv dasturi va maqbullik shartlari bo'yicha savollarga javoblar

1. Dasturga kimlar qatnasha oladi? Qaysi bosqichda o'qish, yo'nalish va yosh chegarasi bormi?
➡️ Dasturga bakalavrning 2,5 yilini tugatgan talabalar, magistrlar qatnasha oladi. Yosh, yo'nalish bo'yicha chegara yo'q. Bahorgi qabulda bakalavr 3, 4-kurs, magistr va PhD talabalari topshirishi mumkin.

2. Hozir dasturga topshirsam qachon o'qishga ketaman?
➡️ 2024-yil sentabr-oktabr oylaridan kuzgi semestrda o'qish boshlanadi.

3. IELTS so'raladimi?
➡️ Dastur uchun hech qanday til sertifikati talab etilmaydi. Universitetdan qabul xati olayotgan paytda so'ralishi mumkin.

4. Men hozirda 1, 2-bosqich talabasiman? Dasturga topshira olamanmi?
➡️ Dastur talabiga ko'ra, bakalavrning 2,5 yilini tugatganlargina topshira oladi. Bu mavsum uchun faqat 3,4-kurslar (tibbiyot yo'nalishidagi 5-6-kurslar ham) qatnashishi mumkin. Kuzdagi qabulda esa bakalavr talabalaridan faqat 4-kurslar hujjat topshira oladi.

5. Men tarix, huquq va shu kabi yo'nalishlarda o'qiyman. U yerda qaysi yo'nalishga topshirsam bo'ladi?
➡️ Iloji boricha yo'nalishga aloqador soha tanlangani maqsadga muvofiq. Tarix va huquq yo'nalishidagilar uchun "Faculty of Law" kabi yo'nalishlar mavjud.

6. Men ingliz tili yo'nalishida o'qiyman. Dasturga shu yo'nalishda qatnasha olamanmi?
➡️ Ha, filologiya yo'nalishi ("Faculty of Art") mavjud.

7. Men tibbiyot yo'nalishida X bosqich talabasiman? Dasturga topshirsam bo'ladimi?
➡️ Ha, dasturda istalgan yo'nalish bo'yicha qatnashish mumkin. Faculty of medicine yo'nalishida o'qishingiz mumkin.

8. Qanday hujjatlar topshirish kerak bo'ladi?
➡️ CV, Slovakiya universitetidan qabul xati, Motivatsion xat, O'quv rejasi, Tavsiyanoma, hozirda o'qiyotgan universitetidan ma'lumotnoma va baholar kabi hujjatlar talab etiladi.

9. Qaytib kelgandan keyin o'qishimni davom ettira olamanmi?
➡️ Qaytib kelgandan keyin o'qishni davom ettira olish to'liq O'zbekistonda o'qiyotgan universitetingizga bog'liq.

10. Hozirda 4-kursman. O'qish boshlanguncha bu yerdagi o'qishim tugagan bo'ladiku
➡️ 4-kurs talabalari hozirda magistratura almashinuv dasturiga topshiradi va dastur boshlangunga qadar magistratura bosqichiga o'qishga kirganligi to'g'risida hujjat ko'rsatishi kerak

11. Slovakiyada hozirgi yo'nalishimdan boshqa yo'nalishda o'qishim mumkinmi?
➡️ Aynan shu yo'nalishda bo'lmasa ham mos yo'nalishda o'qishingiz kerak bo'ladi. Chunki avvalambor Slovakiya universiteti sizni qabul qilishi kerak va qaytganingizdan keyin o'qishingizni davom ettirib keta olishingiz muhim. Bunda fanlar farqi 70% atrofida mos kelishi tavsiya etiladi.

Dastur bo'yicha ovozli chatimizda qo'shimcha ma'lumotlar ham berib o'tilgan
💬 NSP dasturi haqida ovozli chat

Eslatib o'tamiz NSP mentorlik kursimizga chegirma muddati tugashiga 5 kun qoldi!

Mentorlik kursi haqida batafsil
🎓 NSP mentorlik kursi

Kursga yozilish va savollar bo'yicha
👉 @grantgo_mentor

#slovakiya #exchange #nsp #mentorlik #faq

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍157🔥4👏3🤩3🤔2
Nima uchun rivojlangan davlatlar grant ajratadi?

Juda ko'pchilik rivojlangan davlatlar DAAD, Fulbright, Chevening kabi hukumat grantlari doirasida millionlab dollar / yevro pulini nima uchun rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari o'qishi uchun sarflaydi deb qiziqadi. Bugun shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

➡️ Umumiy rivojlanish. Rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan davlatlardagi muammolar hal bo'lishidan qaysidir ma'noda manfaatdor. Biror davlatning iqtisodiy oyoqqa turib olishi dunyodagi umumiy ijtimoiy holatni yaxshilaydi va yordamga muhtoj davlatlar va odamlar sonini kamaytiradi. Buni esa o'sha davlatga to'g'ridan-to'g'ri pul bergandan uzoq muddatli investitsiya orqali qilgan yaxshiroq

➡️ Ekologik muammo va resurslar. Yuqoridagiga qo'shimcha sifatida agar rivojlanayotgan davlatlar o'z resurslaridan unumli va to'g'riroq foydalana boshlasa bu umumiy ekologiya uchun foydali bo'ladi va global isish kabi muammolarni yumshatadi

➡️ G'ayrioddiy iqtidor va liderlarni qo'llab-quvvatlash. U kabi davlatlar noodatiy iqtidor sohiblari, kelajak liderlari har qanday davlatdan chiqishi mumkinligini biladi va shu sabab bu kabi odamlarni qo'llab-quvvatlashga intiladi. Ular esa o'z navbatida nafaqat mahalliy balki global o'zgarishlar qilishda muhim figura bo'lishlari mumkin

➡️ Xalqaro talabalar sonini oshirish. Biror davlatda qay darajada xalqaro talabalar ko'p bo'lishi u davlatdagi universitetlar obro'siga katta ta'sir qiladi va u yerda o'qishga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Yuqoridagi kabi talabalar esa bu davlat va universitetlarning asosiy marketing hissadorlaridan bo'lib xizmat qilishi mumkin.

➡️ O'z madaniyati va tillarini yoyish. Albatta har qanday millat o'z madaniyati va tilini dunyo tanishini xohlaydi. Juda ko'plab hukumat grantlari aynan mana shu narsaga katta urg'u beradi. Ruminiya, Turkiya, Koreya, Irlandiya hukumati grantlari bunga yorqin misol

➡️ Xalqaro aloqalarni mustahkamlash. Hukumat grantlarining yana bir maqsadlaridan biri o'sha davlatdagi kelajakda hal qiluvchi o'rinlarni egallovchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash orqali bu davlat bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish

➡️ Yangi bozorlarga kirib borish. Iqtisodiy oyoqqa turishni boshlagan davlatlar va doimiy o'sishda bo'lgan bozorlar uzoq muddatli savdo-sotiq aloqalari va investitsiya kiritish uchun eng qiziq maydon hisoblanadi. Bu kabi davlatlar bilan yaqin hamkorlik qilgan davlat esa uning asosiy investorlaridan bo'lish uchun katta imkoniyatga ega bo'ladi.

🚫 Qayta ishlab berish va pulni qaytarish. Hukumat grantlari bo'ladimi yoki universitet moliyaviy yordamimi agar u ochiq-oydin qarz ekanligi yozilmagan bo'lsa g'olibdan keyinchalik ishlab berish yoki pulni qaytarishni kutmaydi. Bu orqali u davlatlar o'zlariga kadr yetishtirishni ham kutmaydi odatda, sababi ko'p hukumat grantlari yuqoridagi sabablarga ko'ra nomzod o'qishni bitirgan o'z davlatiga qaytishini yoki talab qiladi yoki kutadi.

Shu kabi javob berilishini xohlagan savollaringizni izohlarda yozib qoldiring!

@Musayev_Blogi
'dan maxsus GrantGO uchun tayyorlandi.

#faq

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥147🥰31👏1
— ChatGPTdan foydalansam plagiarism sifatida ko'riladimi?

— ChatGPT yoki boshqa SI vositalaridan yozma ishlarda foydalanish plagiarism sifatida qaralmaydi. Lekin to'liq ular tomonidan yozilgan ish boshqa asosga ko'ra qabul qilinmasligi mumkin. U haqida gapirishdan oldin plagiarism nima ekanini bilib olishimiz kerak.

🔍 Plagiarism — bu boshqa yozuvchi, mualliflar ishidan o'z yozma ishingizda (xat, essey, kurs ishi, ilmiy ish...) original ishga havola bermasdan foydalanish. Ya'ni boshqa odam mualliflik ishini o'zlashtirib olish degani. O'zbek tiliga o'girilsa — ko'chirmachilik.

📱 ChatGPT va boshqa shu kabi SI vositalari yozgan ishlar mualliflik ishi hisoblanmaydi va (odatda) plagirasimga sabab bo'lmaydi. Albatta, uning boshqa odamlar ishlariga havola bermasdan yozgan ishidan foydalansangiz, siz plagirasimda ayblanishingiz mumkin.

❗️Lekin hozirgi vaqtda yozma ishlarni avtomatik tekshiruvchi Turnitin kabi vositalar ularni plagiarismdan tashqari AI detectordan ham o'tkazadi va yozma ish tahminan necha foizi AI orqali yozilganini ko'p holatda aniq ko'rsatib bera oladi.

Agar motivatsion xatlar, tavsiyanomalarda bu ko'rsatkich tahminan 40-50% dan oshib ketsa, unda bu ish qabul qilinmaslik ehtimoli mavjud. O'qish muassasalarida bu talab 20-30%, ilmiy ishlar uchun esa 20% dan kamroq deb olinishi mumkin. Albatta, bu yerda AI detector faqatgina ma'lumot berish uchun ishlatiladi, yakuniy qarorni esa mas'ul odamlar qabul qilishadi.

🔥 Postimiz 400 tadan ortiq reaksiya yig'sa keyingi safar "Esseylar uchun ChatGPTdan to'g'ri foydalanish" haqida post yozamiz

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

#blog #FAQ #savol_javob #AI #essaylar #motivatsion_xat #tavsiyanoma #ChatGPT

💼 GrantGO | MentorGO | EventGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
227🔥188👍47🤩11🥴7🎉1