GrantGO
41.6K subscribers
4.58K photos
135 videos
4 files
6.39K links
GrantGO.uz saytining telegram kanali

Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.

Reklama: @grantgo_reklama

Mentorlik: @mentorgouz

Tadbirlar: @eventgouz
Download Telegram
Ibrat Debate jamoasidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun volontyorlik dasturi

Talablar
— Yetakchilik qobiliyatiga ega barcha yoshlar qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini B2 darajada bilish lozim.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Top universitet talabalari, IELTS va SAT dan yuqori ball egalari hamda boshqa yuqori natijaga erishgan yoshlar bilan bir jamoada ishlash imkoniyati;
— Ibrat Debate Capm oromgohiga yo'llanma olish mumkin.

Oxirgi muddat
13.04.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/53567

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Barcha ingliz tili o'qituvchilari va mutaxassislari uchun AQSh elchixonasidan 8 haftalik OPEN Program bepul onlayn kursi

Talablar
— AQSh fuqarosi bo'lmagan barcha o'zbekistonlik ingliz tili o'qituvchilari va soha mutaxassislari qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (kamida CEFR B2 yoki 70 iBT);
— Onlayn munozaralarda qatnashish va yozma topshiriqlarni o'z vaqtida topshirish uchun ingliz tilida matn tera olishi kerak.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— AQSh davlat departamenti tomonidan elektron sertifikat beriladi;
— Ingliz tili sohasidagi eng so'nggi metodologiyalarni o'rganish imkoniyati.

Oxirgi muddat
17.04.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/14729

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
British Airwaysda onlayn amaliyot o'tash va ishlash imkonini beruvchi Data Science Virtual Job Simulation dasturi

Talablar
— Dasturda, asosan, onlayn amaliyot o'tash maqsadida bo'lgan va hozirda ta'lim olayotgan barcha davlatning o'quvchilari, talabalari, magistrantlari, doktorantlari va mutaxassislari qatnashishlari mumkin;
— Ingliz tilini dasturda qatnasha olish darajada bilish kerak.

Foydali tomonlari
Bepul, hech qanday vaqt chegaralari va bosimsiz, dunyoning istalgan burchagidan turib qatnashish;
— Dastur yakunida sertifikat;
— British Airwaysga ishga kirish imkoni.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/04723

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul #Buyuk_Britaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Google for Startups bilan hamkorlik dasturida startaplarni eng kuchli ekspert va murabbiylar bilan bepul rivojlantirish imkoniyati — Silkway Accelerator dasturi

Talablar
— Dasturda Markaziy Osiyo davlatlari hamda Gruziya, Ozarbayjon va Mongoliya mamlakatlari fuqarolari qatnashishlari mumkin;
— Nomzod dastur davomida Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tadigan tadbirlarda ishtirok eta olish lozim;
— Taqdim etilgan materialni o'zlashtirish uchun ingliz tilini mukammal bilish talab etiladi.

Foydali tomonlari
— Dasturda 3 oy davomida ishtirok etish mutlaqo bepul;
— Nomzodlar Google for Startups va Astana Hub ekspertlarining seminarlariga kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar;
— Ishtirokchilar Ostona shahrida turar-joy bilan ta'minlanadi.

Loyiha egalari $300,000 gacha boʻlgan moddiy yordam olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Oxirgi muddat
24.05.2025 22:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/12299

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Qozogʻiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
TOEFL imtihoniga tayyorgarlik uchun haqiqiy mutaxassislar tomonidan mutlaqo bepul imkoniyat — TOEFL iBT Test Preparation: The Insiderʼs Guide kursi

Talablar
— Mazkur kursda dunyo bo'ylab irqi, millati va dinidan qat'i nazar barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin;
— Dastur ingliz tilida bo'lib o'tadi va shu sababdan, nomzodlar tilni ma'lum darajada tushunishlari lozim.

Foydali tomonlari
— Nomzodlar ingliz tili bo'yicha bilimlarini mustahkamlashlari mumkin;
— TOEFL testining to'rtta bo'limida (o'qish, tinglash, gapirish va yozish) qanday qilib samarali harakat qilishni o'rganishlari mumkin;
— Ishtirokchilar TOEFL imtihoniga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradigan maslahatlar va b.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/76720

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Xitoy

Telegram | YouTube | Mentorlik
Dastlabki bosqichdagi startaplar uchun bir oylik gibrid akseleratsiya dasturi — Startap boost Uzbekistan

Talablar
— Dasturda butun O'zbekiston bo'ylab faoliyat yuritayotgan va kengayishni, shuningdek, investitsiya jalb qilishni maqsad qilgan dastlabki bosqichdagi startaplar qatnashishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Ekspertlar tomonidan 4 haftalik onlayn va oflayn treninglar olib boriladi;
— Dastur yakunida investorlar oldida taqdimot o'tkazish imkoniyati.

Eng yaxshi 3 ta startap dastlabki bosqichda investitsiya oladi!

Oxirgi muddat
25.04.2025

Batafsil
https://grantgo.uz/go/21166

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Massachusets texnologiya institutidan turli sohalarga tegishli kurs va ma'lumotlarni qulay hamda bepul topish imkonini beruvchi dastur

Talablar
— MIT OpenCourseWare (OCW) bepul platforma bo'lib, undan barcha foydalanishi mumkin;
— Ushbu platformadagi ma’lumotlar, ma’ruzalar, kitoblar va shu kabi ko'plab materiallarni shunchaki saytga kirish orqali yuklab olish mumkin. Ya’ni foydalanuvchilar uchun hech qanday talablar mavjud emas.

Foydali tomonlari
— Platformadagi materiallardan foydalanish mutlaqo bepul;
— Har qanday kurs yoki yo'nalishga oid ma’lumotlarni osongina yuklab olish mumkin;
— Ushbu platforma orqali turli sohaga oid materiallarni topish mumkin.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/99287

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
Yoshlar ishlari agentligidan professional rivojlanishni istaganlar uchun 4 oylik yozgi amaliyot dasturi

Talablar
— Dasturda professional o'sishni istagan yoshlar qatnashishi mumkin;
— Nomzoddan faol, g'ayratli va tashabbuskor bo'lish hamda o'zgarishlar qilishga tayyorlik talab qilinadi.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Real loyihalarda ishtirok etish;
— Tajribali mutaxassislar bilan yonma-yon ishlash;

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Batafsil
https://grantgo.uz/go/33532

#amaliyotlar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik
Barcha til o'rganuvchilari uchun CEFR standardlariga asoslangan bepul nemis tili kursi

Talablar
— Dasturda nemis tilini o'rganmoqchi bo'lgan barcha nomzodlar qatnashish huquqiga ega;
— Kursdan hozirgi paytda nemis tilini o'rganayotganlar qo'shimcha yoki asosiy kurs sifatida foydalanishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Dasturni onlayn tarzda bemalol, qulay vaqtda o'rganish mumkin;
— Kursda 25 000 dan ortiq til o'rganish va lug'at bo'yicha mashqlar; 150 dan ortiq grammatik mavzudagi testlar mavjud.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/28950

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Germaniya

Telegram | YouTube | Mentorlik
UZINFOCOM tomonidan IT sohasida tajribaga ega bo'lishni istagan ayol-qizlar uchun intensiv amaliyot dasturi

Talablar
— IT sohasiga qiziqqan talaba va bitiruvchi ayol-qizlar qatnashishi mumkin;
— Dasturda oflayn shaklda to'liq ishtirok etish talab qilinadi;
— Tegishli yo'nalish bo'yicha bilim va tajribaga ega bo'lish afzal ko'riladi.

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Yetakchi IT-kompaniya ish muhiti bilan tanishish;
— UZINFOCOM ning ilg'or loyihalarida haqiqiy tajriba o'tash;

Oxirgi muddat
Iloji boricha tez

Batafsil
https://grantgo.uz/go/54422

#amaliyotlar #bepul #Oʻzbekiston

Telegram | YouTube | Mentorlik