GrantGO
41.8K subscribers
4.59K photos
142 videos
4 files
6.41K links
GrantGO.uz saytining telegram kanali

Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.

Reklama: @grantgo_reklama

Mentorlik: @mentorgouz

Tadbirlar: @eventgouz
Download Telegram
Forwarded from GrantGO Mentorlik
Turkiya Burslari mentorlik kursi bo'yicha FAQ

1. Grantga kimlar topshira oladi?
Bakalavr bosqichiga topshirish uchun 21 yoshdan kichik va maktab baholaringiz o'rtachasi kamida 70% bo'lishi kerak
— Magistratura uchun 30 yoshdan kichik va bakalavr o'rtacha baholar kamida 75% bo'lishi kerak
— PhD bosqichi uchun 35 yoshdan kichik va magistr baholari kamida 75% bo'lishi kerak
— Tibbiyot talabalari uchun minimum baho talabi — 90%

2. Yuqoridagi talablarga javob bersam yutishim aniqmi?
➡️ Yuqoridagi talablar grant dasturiga topshirish uchun qo'yilgan minimum talablar, unga javob bermasangiz topshira olmaysiz. To'g'ri kelsangiz topshirgan hujjatlaringizga qarab saralashdan o'tkazishadi

3. Til sertifikati kerakmi?
➡️ Turkiya Burslariga topshirib, g'olib bo'lish uchun til sertifikatingiz bo'lishi shart emas. Lekin ingliz yoki turk tilini bilishingiz kerak. Turk tilidan C1 sertifikatga ega bo'lmagan g'oliblar o'qishni boshlashdan oldin bir yil turk tili o'qishi kerak bo'ladi (xarajatlari qoplangan holda)

4. Kurs bepulmi?
➡️ Afsuski yo'q. Kursga qatnashish uchun bir martalik quyidagi summada to'lov qilishingiz kerak bo'ladi
— Bakalavr bosqichi — 499,000 so'm 459,000 so'm
— Magistr bosqichi — 599,000 so'm 549,000 so'm
— PhD bosqichi — 699,000 so'm 649,000 so'm
ℹ️ Chegirma 15-yanvargacha to'lov qilganda amal qiladi. To'lovni 2 ga bo'lib to'lash imkoniyati mavjud!

5. Kursda qatnashsam g'olib bo'lishimga kafolat berasizlarmi?
Mentorimiz o'zi shu grant g'olibi va hozirda Turkiyada o'qiydi, sizga ham bilgan hamma narsasini o'rgatadi. Lekin natija har bir odamning o'zining shu paytgacha erishgan yutuqlari va buyog'iga qiladigan harakatlariga bog'liq.
Agar biz grant yutishingizga kafolat berganimizda kurs narxini ~$50 emas, kamida $5000 qilib qo'yar edik )

Eslatma: Nafaqat biz balki hech kim bu kabi xalqaro grantlarda g'olib bo'lish kafolatini bera olmaydi sizga. Shu sababli bunday va'da berganlarga ishonmang!

6. G'olib bo'lish foizi qanday?
Bu kabi xalqaro grantlarda ehtimollik degan narsani ishlatish to'g'ri bo'lmaydi. Sababi bu lotoreya yoki Green Card emas va g'oliblar tasodifiy tarzda tanlab olinmaydi. Agar kuchli nomzod bo'lsangiz va hamma hujjatni to'g'ri tayyorlasangiz g'olib bo'lish imkoniyatingiz baland, aks holatda past bo'ladi.
Kurs davomida qanday qilib shu imkoniyatingizni oshirishni o'rgatamiz.

7. Hujjatlarimni o'rnimga tayyorlab, topshirib bera olasizlarmi?
Mentorlik kurslari maqsadi — sizga yo'l yo'riq ko'rsatish. Lekin biz hamma o'z kelajagi uchun eng avvalo o'zi harakat qilishi kerak deb hisoblaymiz va shu sababli hech qachon kim uchundir hujjat tayyorlab yoki topshirib bermaymiz. Kurs davomida albatta hujjatlarni qanday tayyorlashni o'rgatamiz.
Agar hujjatlarni o'rningizga tayyorlab berganimizda yuqorida aytganimizdek narx bir necha 10 barobarga qimmat bo'lardi )

8. Kurs davomida hujjatlarni tekshirib berasizlarmi?
Kurs davomida mentor hujjatlaringizni ko'rib chiqib tuzatishlar bo'yicha maslahatlar berib boradi. Bunda maslahatlar telegramda chat yoki ovozli xabar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bitta hujjat 3 martagacha ko'rib beriladi. Agar sizga chuqurroq tahlil va yordam kerak bo'lsa quyidagi savolni o'qing.

9. Alohida o'zim bilan individual ishlaysizlarmi?
Umumiy kurs barcha boshqa kurslar kabi guruh bo'lib ishlashga mo'ljallangan. Lekin hech kim e'tibordan qolib ketmasligiga harakat qilamiz. Agar sizga individual yordam kerak bo'lsa, mentorlarimizdan soatbay individual konsultatsiya olishingiz mumkin. Bu bo'yicha @grantgo_mentor'ga murojaat qilishingiz kerak bo'ladi.

10. Kurs qachon boshlanadi va qancha davom etadi?
Kurs 15-yanvardan boshlanib, uzog'i 10-fevralgacha (reja bo'yicha 5-gacha) davom etadi. Undan keyingi dedlayngacha bo'lgan 5-10 kun ichida hujjatlar tekshirib berilishi ko'zda tutilgan. Kursga 31-yanvargacha yozilish mumkin!

Murojaat
✉️ @grantgo_mentor

Mentorlik kursi haqida to'liq ma'lumot
🎓 Turkiya Burslari Mentorlik Kursi

Turkiya Burslari hamjamiyati
💬 @Turkiya_Burslari

#mentorship #masters #grantgo #faq

Telegram | YouTube | Mentorlik | Hamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiya Burslari haqidagi ovozli chat videosi

Kecha kanalimizda Turkiya Burslari granti haqida dastur g'olibi — Ali Egamberdiyev bilan suhbat qilgan edik. Bugun sizlarga ushbu suhbat videosini taqdim etamiz.

Suhbat davomida
Turkiya Burslari granti haqida to'liq ma'lumot
Grant talablari va shartlari haqida eng ko'p so'ralgan savollarga javoblar
Hujjat topshirish jarayonlari bo'yicha Ali Egamberdiyev tajribasi
Turkiyadagi talabalik hayoti va taassurotlari
"Turkiya Burslari mentorlik kursi" haqida ma'lumotlar
Savol-javoblar

Suhbat videosi
📹 https://www.youtube.com/watch?v=L583Kjqm024

Mentorlik kursi bo'yicha savol-javoblar
https://t.iss.one/grantgo_mentorlik/9

Murojaat
@grantgo_mentor

❗️ Mentorlik kursimizga qiziqish bildirganlarga suhbatni ko'rib chiqishni qattiq tavsiya etamiz. Chegirma muddati tugashiga 2 kun qoldi!

#mentorship #masters #grantgo #faq #Turkiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fulbright va Humphrey dasturlari ovozli chat videosi

Bir necha kun oldin kanalimizda Fulbright va Humphrey dasturlari bo'yicha ovozli chat bo'lib o'tgan edi. Biroz kechikishlarga qaramay bugun sizlarga ushbu ovozli chatni taqdim qilmoqchimiz.

Suhbat davomida
dastur talablari
foydali tomonlari
tanlov kriteriyalari
dastur kalendari — muhim sanalar
hujjat topshirishda e'tibor berish kerak jihatlar haqida gaplashdik

Suhbat videosi
📹 https://www.youtube.com/watch?v=0Vf56Q37QEA

Dasturlar hamjamiyatlari
💬 Ingliz tilida | O'zbek tilida

Eslatib o'tamiz hozirda ushbu dasturlar uchun mentorlik kursizmizga qabul davom etmoqda!

Mentorlik kursi

🎓 Fulbright va Humphrey mentorlik kursi

Murojaat
@grantgo_mentor

❗️ Ovozli chat yozuvi kech qolgani sababli kurs chegirmasini hafta oxirigacha (05.05.2024 23:59) uzaytirishga qaror qildik!

#mentorship #magistratura #voicechat #Amerika

Telegram | YouTube | Mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM