Fozilov Rakursi | No context
58 subscribers
308 photos
66 videos
50 links
Yangiliklar olamidaman. Keraklisini ulashaman.

Admin
God_skill: Ideas generator

The normal one)
Download Telegram
Buxoro shahrida koreys an’anaviy milliy o'yinlari va amaliy san’ati festivali bo'lib o'tyapti.

@fozilovrakursi
Yangi sektorlar

@fozilovrakursi
⚡️Viloyatimizning “Kamalak Shabnam Teks” kompaniyasi ilk bor O‘zbekiston hududida Germaniyaning Curt Bauer brendiga bo‘lgan eksklyuziv mulk huquqini qo‘lga kiritdi - "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi

Loyiha doirasida avtomobilsozlik, mudofaa sanoati, aviatsiya, tibbiyot va maishiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan poliyester va poliamid asosida yuqori sifatli texnik va uy to‘qimachiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyihaning muhim jihati — Germaniyaning Curt Bauer kompaniyasi aktivlarini to‘liq O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chirib kelinadi.

Curt Bauer kompaniyasi 1882-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u premium toifadagi uy to‘qimachilik mahsulotlari, maxsus damashq matolarini ishlab chiqarish bilan tanilgan.

@fozilovrakursi
Buxoroda pilla "plan"i bajarildi
MKBank 2025-yil 1-iyundan boshlab MAVRID ilovasida P2P o‘tkazmalari uchun bepul limit miqdorini 5 mln so‘mgacha oshirilganini ma’lum qildi.

@fozilovrakursi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy eksperiment (ko'cha so'rovi)

Sizdachi, ro'yxatingizdagilar nechta? Videogacha va videodan keyin?

@fozilovrakursi
Assalomu alaykum, qadrli buxoroliklar! Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Qurbon Hayiti bilan samimiy muborakbod etaman.

@fozilovrakursi
Buxoroda yomg'ir
Bugungi Buxoro. XXI an'anaviy xalqaro "Ipak va ziravorlar" festivalidan.

@fozilovrakursi
BLAST.tv Austin Major 2025, Quarter-Finals, Day 2 - Natus Vincere vs Team Vitality, FaZe vs Mongolz

Chorak final, bugungi o'yinlar (CS2):

1) NAVI (Natus Vincere) vs Team Vitality

2) FaZe vs Mongolz

👉https://www.youtube.com/watch?v=2CvomxKQrio

O'zim bugun NaVi bilan FaZe jamoalariga muxlislik qilaman. Agar ikkalasi ham yarim finalga chiqsa, S1mple sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi.

@fozilovrakursi
Forwarded from Uzb_Meteo
Эрон ва Исроил можараларининг минтақага таъсири.

Менга 'Эрон—Исроил' ўртасидаги кескинликлар, бўлиб ҳам Исроил томондан Эроннинг ядровий объектлари, уран кон захираларига ракета зарбалари фонида ўша объектларда қандайдир радиоактив катастрофалар бизнинг Ўзбекистонга ҳам таъсир этадими деган саволлар келиб тушмоқда.

Ҳа, таъсир бор. Бордию радиоактив нурланиш фаоллашса, муайян об—ҳаво шароитларида ана ўша ҳудудлардаги радиоактив нур бизнинг Ўзбекистонга кириб келиши мумкин. Бу, Ўзбекистонга кириб келувчи ва ривожланувчи 15 синоптик жараённинг 2—3 тасида рўй беради. Диссертация ишимда бу хақида тўлиқ маълумотлар бор.

Бу жараёнлар термик депрессия ва паст босимли кичик градиентли атмосфераси соҳаси жараёнларидир. Ушбу жараёнлар 11 ва 13 — тур синоптик жараёнлари дейилади. Бу икки жараён ёз ойларида бизни минтақада ҳукумрон жараёнлар экани инобатга олинса, ҳозирги шароитда Эрон ҳудудларидаги оқимларнинг бизнинг минтақага тўсиқларсиз бемалол кириб келишини тахмин қилиш мумкин. Бекорга халқ орасида ёз ойларидаги иссиқликлар "бизга Туркманистон орқали Эрон ҳудудларидан кириб келади" деган гап оммалашмаган.
Buxoro shahrida 2025-yil 23-27-iyun kunlari xorijiy ish beruvchi korxonalar tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar to‘g‘risida (Migratsiya agentligi tomonidan) .

Murojaat uchun: Buxoro shahridagi kasbiy ko'nikmalar markazi (Monomarkaz)ga borishingiz mumkin.

@fozilovrakursi
Joriy yil 1-sentyabrdan boshlab davlat xizmatchilarining o'zaro muloqoti va o'z ko'nikmalarini kuchaytirib borishlari uchun "Davlat xizmatchisi" mobil ilovasi ishga tushiriladi - Prezident Farmoni.

@fozilovrakursi
Davlat tashkilotlarida xodimlarning ishxonaga kirib-chiqishlari maxsus Face ID tizimi orqali kunlik tekshirib boriladi - Prezident Farmoni.

@fozilovrakursi
Bugun - iyun oyidagi eng issiq kun!

@fozilovrakursi
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
📣Diqqat, e'lon!

Bolalar Milliy tibbiyot markazi kardioxirurgi A.Sidiqov hamda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassisi L. Hamidov tomonidan yurakda tug‘ma nuqsoni bor bolalar uchun tekshiruv va bepul operatsiyalar amalga oshiriladi!

➡️Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida:
Buxoro, Kogon, Jondor, Olot va Qorako‘l tumanlari aholisi uchun tibbiy ko‘rik;
💬2025-yil 4-iyul.

➡️Gʻijduvon tuman tibbiyot birlashmasida:
Romitan, Vobkent, Peshku va Shofirkon tumanlari aholisi uchun tibbiy ko‘rik;
💬2025-yil 5-iyul.

👶Biz farzandlaringizning sog‘lom hayoti uchun qayg‘urgan holda ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

❗️Barcha tekshiruv va operatsiyalar bepul amalga oshiriladi.

🚨Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998909479967

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soat 14.00 holatiga dunyoda eng issiq nuqtalar beshligiga Buxoroning uch hududi ham kirdi.

Buxoroning uch kuzatuv stansiyasida soat 14.00 da havo harorati +46 daraja va undan yuqori ko‘tarilgan.

@fozilovrakursi
❗️Eng issiq hafta

Ob-havo prognozlariga ko‘ra, boshlangan haftaning ish kunlari davomida havo harorati yuqoriligicha qoladi, faqatgina dam olish kunlariga boribgina biroz pasayishi kutilmoqda.

Ushbu davrda harorat maksimumlari iqlimiy me'yorlardan 3-4 daraja yuqori bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Mamlakatning katta qismi, xususan, Toshkentda +43 darajagacha, janubiy viloyatlarda esa +45 darajagacha issiq bo‘ladi.

@fozilovrakursi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM