𝐅𝐈𝐊𝐑𝐀𝐓
16.2K subscribers
2.58K photos
328 videos
79 files
5.67K links
Xizmatimizdan manfaat topsangiz, Allohning fazlidan, xatolik topsangiz, bizning qusrimizdan biling!
Bog'lanish uchun
@UlugbekJamolidinov
Reklama va hamkorlik https://t.iss.one/fikrat_reklama
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suyuqlikka botirilgan jismga ta'sir etuvchi suzuvchi kuch shu jism tomonidan siqib chiqarilgan suyuqlikning og'irligiga teng.
Mana shu qarg‘a ushbu Arximed qonunini xayotda bizga ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Qurmag‘ur yaxshi o‘qigan ekan 😉


Fizikani o‘qish shart!

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
👍37🔥13😁10❤‍🔥21
EL

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.

G‘alati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!

Xayrulla Hamidov

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
42🔥20👍13❤‍🔥4💯2
Ayol kishi narsaning narxini tushirish uchun erkak sotuvchi bilan hazillashmog‘i yoki uzoq suhbatlashmog‘i durust emas. Chunki uning hayosi narsadan qimmatroqdir.

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
❤‍🔥46👏20👍157🔥3💯2
#kechki_mutolaa

SURAT

Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
– O‘tirsang-chi, bolam. Birpas o‘tirgin.
– Bo‘ldi, ketdim.
– Shoshma, bolam. – Onam ko‘zimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mung bilan termuldi. – Gap bor.

Tipirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o‘tish...
– Nima edi?
Onam ko‘zimga hamon mayus termilib o‘tirardi.
– Suratga tushaylik, – dedi to‘satdan.
Ajablandim.
– Nega?
– Yaqinda men o‘laman.

Onam bu gapni xuddi: «Qo‘shnikiga chiqib kelaman”, degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
– Qo‘ysangiz-chi, oyi.

Shunday dedim-da, chiqib ketdim.

Oradan ikki hafta o‘tdi-yu...
Kechalari uyg‘onib ketaman, o‘ylayman. O‘ylayman: sen nomard, sen ahmoq! Nima uchun, nima uchun o‘shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‘qmidi? Kerak bo‘lsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‘da, ko‘chada... Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta suratlaring yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‘q!

O‘tkir Hoshimov

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
😢5819👍9😭5🔥3❤‍🔥2🥰2👏1
#Kun_hadisi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Uch duo mustajobdir. Mazlumning duosi, musofirning duosi va ota-onaning farzandiga qilgan duosi", - dedilar.

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
61👍17💯12🥰6❤‍🔥5👏1
Erkaklik — bu ayolingni sendan qo‘rqishi emas, qo‘rqqan paytlarida sening yoningga kelishidir.

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
💯45❤‍🔥26👍169🥰2👏1👌1
#tanqid

Yo‘lni kesib o‘tayotgan edi, mashina urib ketdi. Lekin, ko‘pchilik mashinaga nima bo‘lgani bilan ovora… Uni esa, hech kim o‘ylamadi. Undan xabar ham olishmadi. U chekayotgan azob hech kimga qiziq emasdek go‘yo. Inson yaratgan mashinaga ko‘rsatilayotgan marhamatni Alloh subhanahu va taolo yaratgan go‘zal jonivorga ko‘rsatishmadi. Ming afsus!!!

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
😢111👍15💯103❤‍🔥3😭2👏1
#Shunchaki
Bir kuni zeriksang, odamlardan ko‘ngling
ranjisa va hamma narsangni yig'ishtirib
hech kim yòq taraflarga ketging kelsa,
Menga ham ayt. Birga ketamiz...

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
👍3524😁19❤‍🔥7😢7🤝3👏2
#kechki_mutolaa

Yaxshi amalning mukofoti


Go‘sht fabrikasida ishlaydigan bir ayol ish tugagandan so‘ng muzlatgichlarni tekshirish uchun kirganda eshik bexosdan yopilib ayol muzlatkichni ichida qolib ketdi. Ayol ovozi boricha baqirib yordam so‘radi. Muzlatkich eshigini tepdi, yig‘ladi, ammo hech kim eshitib yordamga kelmadi. Ish vaqti tugagani uchun hamma ishchilar uylariga ketib bo‘lishgan edi.
Oradan bir ikki soat o‘tgandan keyin muzlatkich eshigini eshik yonida turadigan qorovul ochdi. Ayol hayron bo‘lib qorovuldan so‘radi:
— Siz meni muzlatgichga qamalib qolganimni qaerdan bildingiz? Axir sex ichini tekshirish sizni vazifangizga kirmaydiku?
— Men o‘ttiz besh yildan beri shu yerda ishlayman. Bu yerga qanchasi kelib ketadi, lekin birortasi men eshik tagida turib ularni kelib ketishini kuzatishimni sezishmaydi. Go‘yoki men yo‘qdek odamman ularga… Ammo siz har kuni ertalab men bilan salomlashib kechki mahal xayrlashib ketasiz. Birgina sizni shu ko‘ngil uchun hol axvol so‘raganingiz uchun men o‘zim inson ekanimni his qilaman. Ertalab salom berib ishga kirib ketdingiz, ammo ish tugagandan so‘ng sizni xayrlashib chiqib ketishingizni ko‘rmaganim uchun ichkarida biror narsa bo‘lgandir deb xabar olib kirgandim — dedi.

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
👍7322❤‍🔥12😢10🔥7👏3🥰2
Do‘stlar yildan-yilga to‘kilib boraveradi:
Ba’zilari qalbdan to‘kiladi.
Ba’zilari xotiradan to‘kiladi.
Boshqa birovlari esa ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

Ana shunday paytlarda baxt-saodat do‘stlarning ko‘pligida emas, balki ularning qiymatida ekanini anglab yetamiz.

© Ikrom Sharif

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
🔥29👍13💯98👏7❤‍🔥21
Bizni yaxshiligimiz uchun emas, yaxshi bo‘lganimiz uchun yaxshi ko‘rishadi.


© Lev Tolstoy

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
28🔥8👏7👍3❤‍🔥1
Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmadi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz.

© Fransua Laroshfuko

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
18👏11💯8👍7😢2❤‍🔥1
Amerikada elektr stulga o‘tirg‘izib o‘ldirish jazosi berilgan bir jinoyatchiga hukm ijro etilishidan oldin so‘nggi so‘z berildi. U atrofga nazar tashladi. Bir qancha kishilar unga qarab turibdi. Qanchadan-qancha muxbirlar qo‘llarida qalam bilan u aytadigan so‘zni kutmoqda. Rasmchilar esa tinmay suratga olyapti. Shunda mahkum:
— Bilasizmi, agar men bolaligimda hozirgidek e’tibor ko‘rganimda edi, jinoyatchilar kursisida o‘tirmagan bo‘lardim, — dedi.

Farzandingizga bolaligidanoq e’tibor bering. Aks holda, kech bo‘lishi mumkin...

Internetdan.


👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
👍4617😐11👏5😢5💘4❤‍🔥21
Erkaklar urushib qolgandan keyin xafagarchilikni haftalab tahlil qilib, arazlab yuradigan "aqlli" ayollarni emas, tortishuvdan ikki soat o‘tar-o‘tmas, iljayib, choy quyib uzatadigan "tentak" ayollarni afzal ko‘radilar.

P.S. Oilangiz tinchligi uchun "tentak" bo‘lsangiz bo‘libsiz-da, begoyim...

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
😁64👍19🥰1474🤯3❤‍🔥2🫡2👎1
#kechki_mutolaa

Qiz

— Qizim kontraktga kirsa ham o‘qitaman. Muhimi o‘qisin — er ayoli bilan suhbat boshlansa doim shunday derdi.
Kunlar o‘tdi. Imtihon bo‘ldi. Mandat chiqdi. Qiz o‘qishga kirdi. Kontkakt. Otasing do‘stlari ziyofatga kelishdi.
— Qizingni o‘qitmoqchimisan? — gap o‘qish haqida ochilib ketdi.
— Ha, nasib qilsa — shishadagi aroqni oxirini kosasiga quydi.
— Qiz bolaga o‘qishning nima keragi bor? Nima ahmoqmisan? Qiz bola boshi bilan shaharga yubormoqchimisan? Har xil odam bor-a? Xudo saqlasinu bitta yarimtasiga ilakishib ketsa…
— Tag‘in kontrakt, kappang kuyadi do‘stim.
— Shuncha yil pul to‘lab o‘qitasan, baribir boshqaga berib yuborasan-ku. O‘g‘il bola bo‘lsa ekan, chiqqan pullaringga achinmasding. Qiz boladan foyda yo‘q senga.
Biri olib, biri qo‘yib otaning fikridan qaytarishdi. Tun yarimlaganda bir qizning kelajagini, orzu-maqsadlarini “o‘g‘irlagan“ do‘stlari o‘z uylari tomon yo‘l olishdi.

Lolaxon OG‘ABOYEVA

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
😢7113😡5🤨3💔2❤‍🔥1🥴1

Joynamozga charchab yiqilib yig'layotganingizda u sizni tinglaydi.

... U hech qachon sizdan yuz o'girmagan va hech qachon sizni oʻzidan  haydamagan. U sizga doim neʼmat beruvchi,sizni kechirguvchidir

U Allohdir
va ugina faqat eng Buyukdir

Juma muborak!
91👍24🔥14❤‍🔥4🥰1
O‘zimiz yaxshi ko‘rgan kishilarning xatolarini ko‘rib turib, ularga biror narsa deya olmay, sukut saqlashimiz ularga nisbatan muhabbatimiz bo‘lsa, bu sukutimiz o‘zimiz uchun qanchalar iztirob xamdir! …
Aslida xar bir musulmon kishi o‘zining sadoqatli do‘stlariga: “Ayb-nuqsonlarim bo‘lsa, menga aytinglar!”, deb ularning va’dalarini olishi lozim.

Agar do‘stlarimiz o‘zlari kelib aybimizni aytmagan taqdirda ham (chunki ular xar doim xam bunga jur’at qila olmasligi mumkin) vaqti-vaqti bilan o‘zimiz ulardan so‘rab turishimiz lozimdir. Chunki najotimiz ham shundadir.

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
💯3016👍5❤‍🔥4🔥2👎1
"Kim odamlarni yomonlab gapirib yurgan bo‘lsa, albatta uning obro‘si to‘kilganini ko‘rdik!".

©Imom Ahmad ibn Hanbal rohimahulloh

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
👍40❤‍🔥10🎉98🕊5👏1
Boshingizga shunday zamon keladiki, unda keksalaringiz gunoh qiluvchi, olimlaringiz munofiq, kichiklaringiz kattalarni hurmat qilmaydigan va boylaringiz faqirlarga yordam bermaydigan bo‘ladi.

© Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
😢66🔥12💯11👍94❤‍🔥3
#kechki_mutolaa

Ulug‘larning onalari.

Har bir ota-ona farzandini yaxshi tarbiyalashni, orzularini jigarporasida ko‘rishni istaydi. Bu istakka yetish esa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, ota-onalardan o‘ta noziklik va hushyorlik talab qilinadi. Ular burchlarini sidqidildan bajarsagina maqsadlariga erishadi. Ayniqsa, bola tarbiyasida onalarning o‘rni muhim. Buyuk zotlarning ko‘plari ilm olib, yuksak martabalarga yetishuvida onalarining hissasi ko‘p bo‘lganiga tarixda misollar yetarli.
Hadis ilmi ustozlaridan Sufyon Savriyning onasi o‘g‘liga bunday degan ekan: “O‘g‘lim, ilm o‘rganing, ro‘zg‘or tashvishlarini o‘ylab, fikringizni bo‘lmang. Men, inshaalloh, ip yigirib sotib o‘qishingizga ko‘maklashaman”. Natijada uning o‘g‘li Sufyon yillar o‘tib Avzoiy ta’riflaganidek: “Islom ummati so‘zini bir ovozdan qabul qiladigan nodir olim” bo‘lib yetishdi.
Muhammad ibn Idris Shofi’iy otasidan juda erta yetim qoladi. Farzand tarbiyasidan xavotirlangan ona ikki yashar o‘g‘lini G‘azzadan Makkaga olib keladi. “Ota-bobolaring yurtida o‘sib-ulg‘ayganing yaxshi”, deydi. Shofi’iyning o‘zlari hikoya qilganlaridek: “Onam meni o‘qitishni juda-juda istardi. Lekin yetarli mablag‘i yo‘q edi. Mening o‘zim o‘qishga astoydil kirishdim”. Muzaniy deydi: “Shofi’iy yetti yoshida Quro’nni yod olgan, o‘n yoshida esa “Muvatto”ni yodlagan”.
Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbal hikoya qiladi (u kishi ham juda erta yetim qolgan): “Olti yoshimda onam meni tong sahar uyg‘otib, o‘zi tahorat oldirar edi. Tahorat olib bo‘lganimdan so‘ng chiroyli kiyimlarni kiygazib, qo‘limdan yetaklab masjidga olib kelardi. Meni xonaqoxga kirgizib, o‘zi masjidning pana joyiga o‘tib olardi. Bir ozdan keyin muazzin kelib, bomdod namoziga azon aytardi”.
Ibn Najiyya (Nujiyya) nomi bilan tanilgan ulug‘ olim Ali ibn Ibrohim davrining katta mufassir va voizlaridan bo‘lgan. Sulton Nuriddin Zinkiy va Salohiddin Ayyub hurmatiga sazovor bo‘lgan. Ana shu olim tafsir fanida katta yutuqlarni qo‘lga kiritishidagi sirni aytib, bunday deydi: “Tafsirni tog‘amdan ta’lim olganman. Darsdan qaytishim bilan onam so‘roqqa tutardi:
– Bugun qaysi surani o‘rganding?
Men darsni tog‘amdan qanday eshitgan bo‘lsam, shundayicha onamga aytib berardim. Onam so‘zlarimni oxirigacha tinglab bo‘lib, boshini chayqardi: “Yaxshi, lekin hamma bilganlarini aytmabdi-da. Men tafsirni tog‘ang bilan birga o‘rganganman. Aslida ulamolar bu oyat tafsirida bunday deyishgan, yana bunday deyishgan”, deb tog‘am aytganlariga qo‘shimcha qilib qo‘yardi”.
Bunday go‘zal ibratlar bilan tanishib, Payg‘ambarimizning “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, degan hadislarini yana ham teranroq anglaymiz. Hadisda ta’rifi kelgan onalar farzand tarbiyasi ulug‘ vazifa ekanini tushunib, burchlarini munosib bajargan onalardir.

Abdug‘afur Niyozqulov,

👉 FIKRAT.UZ- tafakkuringizni boyiting!
21🔥3❤‍🔥2👍2