Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.28K photos
576 videos
43 files
2.65K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi

Ayni kunlarda yurtimizda buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan shu kunlarda mamlakatimiz va xorijda ulug‘ bobomiz merosini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda, uning nomi bilan bog‘liq maskanlar obod etilmoqda.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida ham xuddi shu mazmundagi tadbirlar tashkil etilmoqda, xususan, buyuk sarkarda va olimning hayot yo‘li yoritilgan teleko‘rsatuv xodimlar e’tiboriga havola etildi.

Bu kabi tadbirlar, albatta, davlat xizmatchilarining boy tariximizni o‘rganish, qolaversa, ma’naviy dunyoqarashlarini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Qo‘shtepa tumanida o‘tkazildi

Mazkur tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham ishtirok etib, muammoga yechim izlab qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, murojaatlarni o‘rgandi.

Qabul davomida boshqarma boshlig‘iga deklaratsiya, yer va mol-mulk soliqlari, faoliyatini qonuniy tugatishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🟦🟦🟦🟦🟦

🔎Xabar berilganidek, katta hajmdagi maʼlumotlarni yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktabr soat 18:30 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi.

Shuningdek, joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5- noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________________
#объявление

🔎Сообщалось, что большие данные переносятся на новые серверы.

В связи с этим с 18:30 часов 30 октября текущего года до 23:59 часов 5 ноября будет временно ограничена возможность корректировки чеков онлайн-ККТ.

Также с 23:00 часов 31 октября до 23:59 часов 5 ноября временно приостанавливается использование таких электронных услуг, как уплата налогов физическими лицами и индивидуальными предпринимателями, представление налоговой отчетности и декларации, получение электронной справки о налоговой задолженности и др.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onaliklar keshbek olishda yetakchilar qatorida

🗓Joriy yil boshidan (29-oktabr holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 701,1 mln chek uchun 717,8 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 87 mlrd so‘mi sentabr oyi uchun berilgan.
To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 283 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 72,6 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 63,4 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 52,7 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 35,9 mlrd so‘m.

👉 Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim

#raqamlashtirish #keshbek

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🟦🟦🟦🟦🟦

🔎Xabar qilganimizdek, katta hajmdagi maʼlumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
______
#объявление

🔎Сообщалось, что большие данные переносятся на новые серверы.

В связи с этим с 23:00 часов 31 октября до 23:59 часов 5 ноября временно приостанавливается использование таких электронных услуг, как уплата налогов физическими лицами и индивидуальными предпринимателями, представление налоговой отчетности и декларации, получение электронной справки о налоговой задолженности и др.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Umumiy ovqatlanish shoxobchasida to‘lovni amalga oshirganimda menga yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli terminal chekini berishdi. Tadbirkorlar bir-birlarining to‘lov terminallaridan foydalanishlari mumkinmi?

Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish hisoblanadi va mazkur soliq huquqbuzarligi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
📃Soliq kodeksi 221-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Stol tennisi boʻyicha U-15 “O‘zbekiston kubogi" Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladi

Joriy yil 9-14-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo'mitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida Farg'ona viloyatida 🏓stol tennisi boʻyicha U-15 “OʻZBEKISTON KUBOGI”🏆 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada mamlakatimizning 14 hududidan 15 yoshgacha bo'lgan professional sportchilar bahslarga kirishadi.

Sportchilarni qoʻllab quvvatlashga barchani taklif etamiz!

Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi axborot xizmati

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#imtiyoz

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga imtiyozlar taqdim qilinadi

Mikrofirma va kichik korxonalar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilsa va MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan (1 155 000 so'm) miqdorda oylik to‘lasa, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan JShODSning yarmi respublika budjetidan ish beruvchiga qaytarib beriladi.

Bunda soliq summasi har 1 xodim uchun BHMning 2 barobari (750 000 so‘m)dan oshmasligi kerak. Imtiyoz 2025-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
👉 PQ-7-son 9.01.2024 y.
————
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:
🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rini yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
🔹200 tadan ortiq ish o‘rini yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, ushbu dastur doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga qabul qilib ularga MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan (1 155 000 so'm) miqdorda oylik to‘lasa JShODS summasi (har 1 ishchi uchun BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda) respublika budjetidan ish beruvchiga qaytarib beriladi va ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytiriladi. Imtiyozlar 2025-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
👉 VMQ279-son 07.07.2023

Bundan tashqari, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”, shuningdek, “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar daftariga” kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlaganlik uchun tadbirkorlarga barqarorlik reytingida rag‘batlantiruvchi ballar beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt