Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Quyosh paneli o‘rnatganlarga qanday soliq imtiyozlari bor va ulardan foydalanish tartibi qanday?

Batafsil videolavhada

©️Farg‘ona TV "Xayrli kun" dasturi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-sentabr

avgust oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2-qismlar);

- agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4-qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

III chorak uchun:

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YATTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-sentabr

sentabr oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirishda xodimlar ota-onalarining tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirda soliq tizimida mehnat qilayotgan yosh xodimlarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, shuningdek, uzoq yillar davomida tizimda samarali mehnat qilib kelayotgan tajribali xodimlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan soliq tizimida "mahallabay" va "korxonabay" ishlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilganligiga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda soliq tizimi xodimlari korrupsiya illatiga duch kelishlari mumkinligi, shu bois, yosh kadrlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratishda ota-onalarning ham ko‘magi zarurligi eslatib o‘tildi.

Shuningdek, mehnat faoliyati davomida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ygan sobiq soliqchilarning pushaymonligi haqida tayyorlangan hujjatli film ishtirokchilarga namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida xodimlarning ota-onalari uchun kofe-breyk tashkil etildi hamda ular farzandlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish, tizimda uzoq yillardan buyon mehnat qilayotgan xodimlar bilan dildan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#foyda_soligi #imtiyoz

Foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini kimlar qo‘llashi mumkin?

🔹F
oyda soligʻini 7,5% (pasaytirilgan ) stavkada qoʻllashga haqli:

▪️ Jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmagan, ilk marotaba* foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan AOS toʻlovchilar. Pasaytirilgan stavka soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi soliq davrida** qoʻllaniladi.

Misol uchun, korxona 2023-yil I chorak yakuni bilan ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan bo‘lsa, keyingi soliq davri (2024-yil)da foyda soligʻini 7,5 % stavkada to‘laydi.

▪️ Jami daromadi ilk marotaba* 10 mlrd soʻmdan oshgan QQS to‘lovchilari. Pasaytirilgan stavka joriy va keyingi yil uchun qoʻllaniladi. Ushbu yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, 2024-yil yanvarda faoliyati davomida jami daromadi ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan korxona 2024-2025-yillarda foyda solig‘ini 7,5 % stavkada to‘laydi.

🔹Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
▫️yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari;
▫️aksiz soligʻi toʻlovchilari;
▫️soliq toʻlovchi tugatilganda;
▫️pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlanganda.
👉 Soliq kodeksi 337-modda 11-qism

*mazkur soliq imtiyozi 2022-yil 1-sentabrdan keyingi davrlar uchun amal qiladi
**foyda soligʻining soliq davri
kalendar yil.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt