Farg‘ona shahrida stol tennis turi bo‘yicha havaskor yoshlar o‘rtasida “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Ayni paytda respublikamizning barcha joylarida sportning stol tennis turi bo‘yicha mahallalararo havaskor sportchi yoshlar o‘rtasida “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqalar Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilyapti.
E’tiborlisi, Tennis federatsiyasi, Sport vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqalarda viloyatimizning 800 nafardan ortiq havaskor tennischilari ishtirok etmoqda.
Bugun bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqaning Farg‘ona shahar bosqichida Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi G.Muqaddasova soliq boshqarmasi boshlig‘i M.Mamatxanovlar ishtirok etdi.
Mehmonlar Yurtboshimiz tomonidan yurtimizda sportga berilayotgan e’tibor va bu borada olib borilayotgan keng kolamli ishlar amalga oshiliyotganini ta'kidladi.
Quvonarlisi, bunday sport musobaqalarining tashkil etilishi yoshlarga nafaqat o‘yindan zavqlanish hissini bermoqda, balki ularning jismoniy faolligini oshirib, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilayapti.
Yakkalik bahslarining o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Teshaboyev Xasan, Sobirjonov Kamron, qizlar ortasida Adxomova Bibisora, Maqsudjonova Dilnuralar golib deb topilgan bolsa havaskorlar o‘rtasida bolib otgan bellashuvlarda Xomidov Solijon hamda Sulaymonova Nilufarlar g‘olib bo‘ldi.
Shiddatli va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#mahallabay #korxonabay
Har bir soliq to‘lovchining o‘z soliqchisi bor
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay" va “korxonabay” ishlash institutlari barcha soliq to‘lovchilarga soliq inspektorlari bilan individual ishlash imkonini berdi.
Xususan bugungi kunda
▪️“korxonabay” ishlash tizimida 182 mingta QQS toʻlovchi korxonaga 902 nafar,
▪️"mahallabay" tizimida esa 9 445 ta mahallaga 4 349 nafar soliq inspektori biriktirilgan.
Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.
Har bir soliq to‘lovchining my3.soliq.uz'dagi shaxsiy kabineti "Asosiy" sahifasida, o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan:
▫️“Korxonabay” tizimida "Mening soliq boshqarmadagi inspektorim" bo‘limida;
▫️“Mahallabay” tizimida "Mening mahalladagi soliq inspektorim" bo‘limida.
Soliq toʻlovchilar faoliyati
▫️“korxonabay” ishlash tizimi orqali 42 ta,
▫️"mahallabay" tizimida esa 25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.
Soliq to‘lovchilar uchun my3.soliq.uz portalida yaratilgan yana bir yangilik –
shaxsiy kabinetning "Asosiy" sahifasidagi “Xizmatlar” bo‘limida soliq to‘lovchilarning soliq organlariga murojaat yuborish shakli yangilandi.
Endilikda murojaat yuborishda uning qisqacha mazmunini bildiruvchi 40 ta mavzudan birini tanlash mumkin. Bunda 1,5 ming belgidan ko‘p bo‘lmagan matn va 5 MBgacha bo‘lgan fayl (xls/pdf/zip) biriktirish imkoni mavjud.
Yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq organining manzili soliq to'lovchining ro'yxatdan o'tgan joyi bo‘yicha avtomatik ravishda sozlanadi. Lekin soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, boshqa soliq organini - inspeksiya, boshqarma yoki Soliq qo'mitasini ham tanlashi mumkin.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM