Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hayat

Shaxsiy masʼuliyat va tadbirkorlar ishonchi muhim omil


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha I yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bergan topshiriqlari ijrosini tashkil etish maqsadida Soliq qoʻmitasi Hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, barcha tuman, shaharlar soliq inspeksiyalari boshliqlari, tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Hayʼat yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan soliq organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha hududiy soliq idoralari rahbarlarining mahalliy Kengashlarga murojaatnomasini tashkil etish, davlat budjetiga belgilangan prognoz koʻrsatkichlari va qoʻshimcha daromadlarni soʻzsiz taʼminlash borasida har bir boshqarma boshligʻining taqdimotlari muhokama qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ortiqcha toʻlovga yoʻl qoʻymaslik, mehnat, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar koʻrilishi toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularning bartaraf etish ahvoli tanqidiy muhokama qilindi hamda Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari va hududiy soliq boshqarmalari boshliqlarining hisobotlari eshitildi.

Respublikadan yordam olayotgan eng ogʻir - Boʻzatov, Boʻston, Qorakoʻl, Konimex, Yangiobod, Mingbuloq, Payariq, Sariosiyo, Sardoba, Pskent, Soʻx va Yangibozor tumanlari tushumlarini 2 karraga oshirish boʻyicha qoʻmita va hududiy soliq boshqarmalari boshliqlarining shaxsan masʼuliyati belgilandi. Yirik soliq toʻlovchilar bilan ishlashda yondoshuv va ish uslubini tubdan oʻzgartirish taʼkidlandi.

Yigʻilishda, tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, xalqning, tadbirkorlarning ishonchiga erishib, ularga amaliy yordam koʻrsatib borish birinchi darajali vazifa etib belgilandi.

Prokuratura va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash, ish oʻrinlari va ish haqi fondini legallashtirish boʻyicha har bir masʼul va rahbarlarning shaxsiy masʼuliyati belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yigʻilish amaliy seminar tarzida davom ettirilib, hududiy soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyasi rahbarlari maxsus oʻquv dasturlari asosida:

▫️qoʻshimcha manbalarni aniqlash boʻyicha mavjud dasturiy mahsulotlar imkoniyatidan keng foydalanish;

▫️“mahallabay”, “korxonabay” ishlash institutlari samaradorligini oshirish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama amaliy koʻmak berish, har bir xodim faoliyati ular tomonidan baholanishi sababli o‘zaro ishonch va xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga koʻtarish;

▫️soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish va sud jarayonlarida budjet manfaatlarini himoya qilish;

▫️ish oʻrinlari va roʻyxatdan oʻtmasdan ishlayotgan fuqarolar faoliyatini legallashirish hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda manfaatdor idoralar bilan hamkorlik;

▫️korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mavzularida oʻquv-amaliy semenarlari oʻtkazildi.

Shuningdek, dolzarb vazifalarning sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Toshloq tumanida tadbirkorlar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida viloyatning barcha shahar va tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Toshloq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda soliq boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etib, tadbirkorlar murojaatlarini yaqindan tingladi.

Qabul jarayonida soliq imtiyozlarini qo‘llash, yakka tartibdagi tadbirkor uchun hisoblangan soliqlarni ko‘rib chiqish, soliq qarzdorligi kabi soliq ma'murchiligi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun amaliy yordam berish masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi hamda ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.