Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#uchrashuv

Soliq qoʻmitasi raisi Fargʻonada xodimlar bilan uchrashdi

Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev rahbarligida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Soliq qo‘mitasi hamda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati, korxonalarga biriktirilgan xodimlar, shuningdek, boshqa hududiy soliq boshqarma boshliqlari va xodimlari (videokonferensaloqa orqali) ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay", “korxonabay” institutlari ijobiy natijalarga erishishda muhim rol oʻynayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, “DSB maʼmurchiligi” AT asosida "korxonabay” ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, III chorakda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Soliq tushumlarini oshirish uchun “korxonabay” ishlash asosida hali ishga solinmagan imkoniyatlar yetarli ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, yigʻilish davomida soliq toʻlovchilar bilan yaqindan hamkorlik masalalari, ulardagi kamchiliklarni bartaraf qilish orqali soliq solish bazasini oshirish, soliqchi koʻmakchi boʻlib ishlash, tadbirkorlarni barqarorlik reytingini oshirishga yaqindan yordam berishda olib borilgan suhbatlar, sohalar kesimida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda har bir yoʻnalish boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil qilindi.

“Korxonabay” ishlash tizimi boʻyicha joriy oyda samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) past boʻlgan, oʻtgan oylarida ham yaxshi natijalarga erishmagan xodimlar bilan birma-bir muloqot qilindi hamda ularning natijalari tanqidiy koʻrib chiqildi. Samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) past xodimlar lavozimidan ozod etildi.

Yigʻilishda soliq toʻlovchilarni maʼmurchilik yoʻnalishidagi kamchiliklarni bartaraf qilib, iyul oyida budjetga soliq tushumlari va “korxonabay” ishlashda yuqori samaradorlikni (KPI) taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

“Onlayn NKT va elektron cheklardagi xatoliklarni tuzatish tartibi va talablari” mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/live/gBzi9GaXGhM
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Порядок и требования по корректировке чеков онлайн-ККТ и маркетплейсов».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://www.youtube.com/live/gBzi9GaXGhM

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Ayni daqiqalarda, Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda viloyatdagi baʼzi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi pasaygani, ayrimlari ishlamayotgani, 3 ta loyihani ishga tushirish 4-5 yildan beri cho‘zilib kelayotgani tanqid qilinib, masʼul rahbarlar bunday korxonalarga yordamlashishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Ro‘yxatga olingan tadbirkorlarning muayyan qismi faoliyat yuritmayotgani, ayrimlarida esa aylanma va ish o‘rinlari qayd etilmagani “yashirin iqtisodiyot”dan dalolat berishi qayd etildi.

Mutasaddilarga bu holatlarni o‘rganib, “soyadan” chiqishga ko‘maklashish topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi

Bu yil “Tashabbusli budjet” doirasida Farg‘onadagi 266 ta loyihaga 340 milliard so‘m ajratildi.

Lekin uch oydan beri ko‘plab loyihalar bo‘yicha hali amaliy ish boshlanmagani qattiq tanqid qilindi.

Shu oyni o‘zida “Tashabbusli budjet”ga viloyat budjetidan hozirgacha berilmagan mablag‘larni o‘tkazib berish topshirildi.

Buning hisobiga 35 ta mahalladagi elektr, gaz va yo‘l masalasi hal bo‘ladi.

Umuman, tumanlar mahalliy budjetida mablag‘ni ko‘proq qoldirish maqsadida jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini yarmini tuman byudjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Quvada Prezidentimiz rahbarligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda qayd etilishicha, viloyatdagi yirik bog‘bonlarning yerida 50-100 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil qilish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Buni hisobiga ularni eksport salohiyati 2 karra oshadi, yo‘qotishlar 25 foizga qisqaradi, 4 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning og‘irini yengil qilish uchun yer solig‘i yarmiga kamaytirilsa, adolatdan bo‘lishi taʼkidlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
📢 Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha takliflaringizni yo‘llang va barqarorlikka o‘z hissangizni qo‘shing!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni qabul qilish maqsadida “yashirin_iqtisodiyot_takliflar” nomli telegram boti ishga tushirildi.

Ushbu bot orqali qurilish, farmasevtika, ulgurji savdo, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport sohasi, umumiy ovqatlanish, turizm, ko‘chmas mulk savdosi, alkogol, bozorlar, soliq imtiyozlari, soliq to‘lovlari, soliq tekshiruvlari, soliq ma’murchiligi, raqamlashtirishdagi mavjud muammolar, korrupsiyani oldini olish hamda ma’muriy tartib-taomillar kabi bir qator yo‘nalishlarda shakllangan xufiyona aylanmalarni oldini olishga qaratilgan takliflar bildirish mumkin.

❗️Eslatma: ushbu telegram bot orqali individual murojaatlar emas, balki tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#ochiq_muloqot

Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti oldidan qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda soha mutaxassislari va tadbirkorlar qurilish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, loyiha, arxitektura, dizayn va muhandislik yo‘nalishidagi tizimli muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘z takliflarini bildirmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda boshqa tegishli idoralar rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads