Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq xizmati organlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari

©️Farg‘ona TV

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onada soliq xodimlarining "mahallabay" tizimi asosida ishlashi o‘z samarasini bermoqda

“Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi 1063 ta mahallaga 438 nafar soliq inspektori biriktirilgan. Ayni paytda ushbu xodimlar tadbirkorlarning soliq ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish, qonunchilikdagi o‘zgarishlarni tushuntirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida “mahalla yettiligi” bilan birgalikda ish olib bormoqda.

2024-yil yanvar-may oylarida “mahallabay” tizimi asosida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilganligi natijasida:

👉 vaqtincha moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan 4 892 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati tiklandi;

👉 xatlov natijasida 7 593 ta noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar aniqlanib, ro‘yxatdan o’tkazildi;

👉 19 953 nafar norasmiy ishchilar legallashtirildi;

👉 18,8 mlrd so‘mlik qo‘shimcha soliq manbasi aniqlandi.

Batafsil infografikada

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari Bag‘dod tumanida o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Bag‘dod tumani markazida joylashgan savdo kompleksi va chakana savdo shoxobchalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish berildi. Xususan, soliqchilar tomonidan xizmat vazifasini suiiste'mol qilish, tadbirkor faoliyatiga asossiz aralashish kabi holatlar kuzatilganda ijtimoiy tarmoqlar (@dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti) yoki ishonch telefoni (73-241-70-61) orqali xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliqchilar poraxo’r emas!

Es-es bilaman, bolalik yillarim qo’shni qishloqdan bir o’gri chiqqandi. O’sha kunlari ne bo’ldiyu oilaviy tadbir uchun, shu qishloqqa boradigan bo’ldik. Men esa “U yerdagilarni hammasi o’gri, men bormayman, o’yinchog’imni o’g’irlab qo’yishadi”, deb oyoq tirab turib oldim.

Shunda buvimning aytgan gaplari hech esimdan chiqmaydi: “Bolajonim, to’g’ri aytyapsan, qo’shni qishloqdan o’g’ri chiqqan, lekin bu u yerdagilarni hammasi shunday degani emas, u qishloqda ham yaxshi odamlar juda ko’p, bir kishiga qarab hammaga xulosa qilish yaramaydi, qachondir o’g’irlik qilgan, birovlarga yomonlik qilgan odamlar o’zimizning qishloqda ham topiladi”, degandilar.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda soliqchilar haqida tarqalayotgan xabarlarni ko’rib shu voqea esimga tushib ketdi. To’gri, soliqchilar davlat xizmatchisi, avvalo, xalq manfaati, yurt ravnaqi yo’lida halol xizmat qilishlari kerak. Lekin, besh qo’l baravar emas.

Albatta, soliq tizimida halol ishlayotgan, tadbirkorga yaqindan yordam berayotgan, aniqlanayotgan qo’shimcha soliq manbasi hisobiga qayerdadir maktab yoki bog’cha quriladi, biror shifoxona kapital ta’mirdan chiqadi, ijtimoiy himoyaga muhtoj biror fuqaroning og’iri yengil bo’ladi, Vatanim taraqqiyotiga oz bo’lsada hissa qo’shiladi deydigan xodimlar ko’plab topiladi.

Soliqchining noni qattiq, pul olgan odam hammaga ham yoqavermaydi. Abdulla Qahhor “O’g’ri” hikoyasida aytganidek, “Berganga bitta ham ko’p…”

Soliq tizimida mehnat qilishning yuki naqadar og’ir ekanligini faqatgina shu sohaga yaqin insonlargina biladi. Bir nechta xodimning qilgan nopok ishiga qarab butun tizimga baho berish naqadar o’rinli, naqadar asosli? Xulosa har kimning o’zi bilan.

Soliqchilar yurt ravnaqi yo’lida mehnat qilishdan, odimlashdan ortga chekinmaydilar!

Bekzod Qodirov,
Farg’ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Yozyovon tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida viloyatning barcha shahar va tumanlarida ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.

Yozyovon tumanida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham bevosita ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini yaqindan tingladi.

Qabul davomida boshqarma boshlig‘iga
👉 soliq imtiyozlari;
👉 QQSni qaytarish;
👉 noturar obyektlar uchun hisoblangan soliqlar;
👉 soliq qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar;
👉 soliq hisobotlari kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-iyun

may oyi uchun:


aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

iyun oyi uchun:

alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt